Научная статья на тему 'OLIY HARBIY TAʼLIM MUASSASALARIDA KURSANTLARNI MAʼNAVIY-AXLOQIY QADRIYATLAR ASOSIDA TARBIYALASHDA QOʻMONDONLIKNING ROLI'

OLIY HARBIY TAʼLIM MUASSASALARIDA KURSANTLARNI MAʼNAVIY-AXLOQIY QADRIYATLAR ASOSIDA TARBIYALASHDA QOʻMONDONLIKNING ROLI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

85
11
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
harbiy kadrlar / maʼrifiy saviya / shaxsiy va faoliyatli yondashuv / infratuzilmalar / iyerarxik munosabatlar / tarbiyaviy ishlar

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Feruza Mamurovna Qodirova

Mazkur maqola, oliy harbiy taʼlim muassasalarida taʼlim olayotgan kursantlarni maʼnaviy-axloqiy tarbiyalash va maʼnaviy-axloqiy qadriyatlar asosida tarbiyalashda qoʻmondonlikning roli hamda kursantlarni har tomonlama barkamol, yuksak ma’naviyatli inson, yuksak ma’naviyatli inson qilib tarbiyalashda qoʻmondonlikning roli haqida boʻladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «OLIY HARBIY TAʼLIM MUASSASALARIDA KURSANTLARNI MAʼNAVIY-AXLOQIY QADRIYATLAR ASOSIDA TARBIYALASHDA QOʻMONDONLIKNING ROLI»

OLIY HARBIY TA'LIM MUASSASALARIDA KURSANTLARNI MA'NAVIY-AXLOQIY QADRIYATLAR ASOSIDA TARBIYALASHDA

QO'MONDONLIKNING ROLI

Feruza Mamurovna Qodirova

O'zbekiston Respublikasi Jamoat Xavfsizligi universiteti katta o'qituvchisi

ANNOTATSIYA

Mazkur maqola, oliy harbiy ta'lim muassasalarida ta'lim olayotgan kursantlarni ma'naviy-axloqiy tarbiyalash va ma'naviy-axloqiy qadriyatlar asosida tarbiyalashda qo'mondonlikning roli hamda kursantlarni har tomonlama barkamol, yuksak ma'naviyatli inson, yuksak ma'naviyatli inson qilib tarbiyalashda qo'mondonlikning roli haqida bo'ladi.

Kalit so'zlar: harbiy kadrlar, ma'rifiy saviya, shaxsiy va faoliyatli yondashuv, infratuzilmalar, iyerarxik munosabatlar, tarbiyaviy ishlar.

KIRISH

Hozirgi vaqtda harbiy kadrlarga bo'lgan munosabat, maxsus Davlat dasturlari, qarorlarining qabul qilinayotganligi, bu qarorlarning bo'lajak ofitserlar tarbiyasida muhim ahamiyat kasb etishi tabiiydir. Jumladan, respublikamizda 2018 yilning 4 avgustida "O'zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiy xizmatchilarining ma'naviy - ma'rifiy saviyasini oshirish tizimini tubdan takomillashtirish

to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 3898 sonli Qarorida: ".....

harbiy ta'lim muassasalarida ma'naviy - ma'rifiy yo'nalishda dunyoqarashi va fikrlash doirasi keng bo'lgan ofitserlarni tayyorlash hamda O'zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tizimidagi ma'naviy - ma'rifiy va madaniy soha uchun zarur infratuzilmalar zamon talabiga javob bermasligi"[1] ko'rsatib o'tilgan.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Albatta, mustaqilligimizning ilk yillarida barcha sohalar kabi mudofaa va xavfsizlik ishlarida ham ko'plab og'ir muammolar mavjud bo'lgan. Shulardan biri Qurolli Kuchlarimizni milliy ofitser kadrlar bilan ta'minlash masalasi edi. O'tgan davr ichida mamlakatimiz rahbariyati tomonidan har tomonlama chuqur o'ylangan va uzoq muddatga mo'ljallangan strategiya natijasida harbiy kadrlarni tayyorlashning mustahkam tizimi barpo etildi. Endilikda, O'zbekiston o'z armiyasi uchun zarur kadrlarni o'zi tayyorlamoqda. Oliy harbiy ta'lim muassasalarimiz ko'p tarmoqli o'quv-ilmiy dargohlarga

June, 2022

213

aylantirildi. Qolaversa, harbiy kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirishning o'ziga xos tizimiga ham asos solindi. Bu jarayonga ilg'or xorijiy davlatlarning tajribalari singdirilib kelinmoqda.

V.I.Xalzov va T.L.Jenatovalarning fikricha, "qadriyatlar tizimi" va "qadriyat munosabatlari" kabi tushunchalar tushunchalari Oliy harbiy ta'lim muassasalari kursantlarini ma'naviy-axloqiy tarbiyalash kategoriyasining eng muhim elementlari hisoblanadi.[1] Moddiyat nuqtai nazardan qaraganda, ma'naviyat shaxs ehtiyojlari uchun zarur bo'lgan ikki asosiy elementdan tashkil topgan: bilimga bo'lgan ideal ehtiyoj va yashashga bo'lgan ijtimoiy ehtiyoj.

I.V.Pavlov va I.I.Pavlovalar talabalarda axloqni shakllantirishga qaratilgan tarbiyaviy ishlar mazmunini quyidagilarga ajratishgan:

1) davlatning olib borayotgan siyosatiga nisbatan munosabati;

2) Vatanga, shuningdek boshqa davlatlar va xalqlarga bo'lgan munosabati;

3) mehnatga bo'lgan munosabati;

4) ijtimoiy mavqega va moddiy qadriyatlarga munosabati;

5) insonlarga nisbatan munosabati;

6) o'z-o'ziga bo'lgan munosabat.[2]

Yuqorida sanab o'tilganlarning har biri, inson rioya qilishi kerak bo'lgan, uning hayoti va xulq-atvorining asosini tashkil etadiganbir qator normalar, qoidalar va talablarni o'z ichiga oladi.

I.V.Pavlo va I.I.Pavlovalarning fikricha, talabalarni ma'naviy-axloqiy tarbiyalashda ularning jamiyat normalariga mos keladigan ma'naviy-axloqiy tushunchalarini, mulohazalarini, his-tuyg'ulari va e'tiqodlarini, ko'nikmalari va xulq-atvor odatlarini rivojlantirishga qaratilgan bo'lishi lozim.[2]

Fikrimizcha, oliy ta'lim muassasalari kursantlarini ma'naviy-axloqiy tarbiyalash oliy ta'lim muassasasining yaxlit pedagogik jarayonida barcha o'quv fanlarini o'qitish jarayonida, auditoriyadan tashqari, ijtimoiy foydali mehnat ishlarida amalga oshiriladi.

Ma'lumki, qadriyatlarni tarbiyalab bo'lmaydi, ularga nisbatan munosabatni shakllantirish mumkin. Ma'naviy-axloqiy qadriyatlar tizimini shakllantirish shaxsiy fazilatlarning o'ziga xos tashqi ko'rsatichlariga ega bo'lib, ular orqali u o'zini boshqalar uchun ma'naviy va axloqiy shaxs sifatida namoyon qiladi.

Ma'naviy-axloqiy shaxs sifati - bu shaxsning qadriyatlarga barqaror iyerarxik munosabatlarning natijasidir. Ma'naviy-axloqiy qadriyatlar ko'lamidan foydalangan holda, kursant, o'z atrofidagi dunyoni tuzadi, hodisa ob'ektlarini ularning qiymati, ya'ni foydaliligi mezoniga ko'ra ochib beradi. O'tkazilgan so'rov natijalari shuni ko'rsatmoqdaki, harbiy oliy

June, 2022

Academic Research in Educational Sciences ISSN: 2181-1385

Volume 3 | Issue 6 | 2022 Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,12 | SJIF: 5,7 | UIF: 6,1

o'quv yurtlari bo'lajak ofitserlarining asosiy qadriyatlari sifatida - oila, do'stlar va moddiy boylik chiqmoqda. Beshinchi o'rinda - xizmat karerasi. Ko'rib turganimizdek, umuminsoniy qadriyatlar, ya'ni hayot, sog'liq, moddiy farovonlik kabilar harbiy oliy o'quv yurtlari bo'lajak ofitserlarining asosiy qadriyatlari hisoblanadi.

Harbiy oliy o'quv yurtlari mutaxassislarini tayyorlashni takomillashtirish yo'llarini belgilab, kursantlarda shaxsning axloqiy sifatida intizomni shakllantirish jarayoni ustuvor yo'nalishlardan biri sifatida qaralishi lozim.

TAHLIL VA NATIJALAR

Muammoni tahlil qilar ekanmiz, harbiy oliy o'quv yurti kursantlarida intizomni shakllantirish jarayoniga bir qator zamonaviy ilmiy-pedagogik yondashuvlarni aniqlash imkonini beradi. A.Y.Xusainov bu yondashuvlar orasida shaxsiy, faoliyatli, qadriyatli, insonparvarlik va kompleksyondashuvlarni ajratib ko'rsatadi.[4]

Shaxsiy yondashuv - shaxsning yo'nalganligi, uning qadriyat yo'nalishlari, hayot rejalari, o'rnatilgan munosabatlar kabi shaxsiy fazilatlarga tayanishni anglatadi. Ushbu yondashuv o'quvchining shaxsiyatini, uning shaxsiy-sub'ektiv sifatini o'quv jarayonining asosiy tashkiliy qadriyati sifatida tan oladi. Fikrimizcha, shaxsiy-yo'naltirilgan yondashuv - ta'lim jarayonini insonparvarlashtirishga, uni yuksak axloqiy va ma'naviy tajribalar bilan to'ldirishga, adolat va hurmat tamoyillarini o'rnatishga, shaxsning salohiyatini maksimal darajada oshirishga, uni rivojlantirishni rag'batlantirishga qaratilgan bo'lishi lozim.

Faoliyatli yondashuv - kelajakda sub'ekt siifatida shakllangan va shaxs o'zidagi davom etayotgan o'zgarishlarni uning faoliyatidagi o'zgarishlar bilan bog'laydigan muayyan faoliyat doirasidagina shaxsiy rivojlanish imkoniyatini belgilaydi.

Umuman olganda, faoliyatli yondashuv - kursant hayotining umumiy hayot jarayonida - manfaatlarni yo'naltirish, hayot rejalari, qadriyat yo'nalishlari, ta'lim va tarbiyaning mazmunini anglash, sub'ekt sifatida shakllanishga qaratilgan shaxsiy tajriba orqali maqsadli ta'lim-tarbiya faoliyatini tashkil etish va boshqarishni anglatadi.

Qadriyatli yondashuv ob'ektiv voqelikni insonning o'z-o'ziga ishonchi natijasi sifatida, shaxsiyatni esa, o'z taqdirini o'zi belgilash va amalga oshirish imkoniyati doimiy ravishda paydo bo'ladigan noyob tizim sifatida ko'rib chiqadi. Aynan qadriyat yondashuvi shaxsning atrofdagilarga va o'ziga bo'lgan munosabatini belgilab beradi.

June, 2022

Academic Research in Educational Sciences ISSN: 2181-1385

Volume 3 | Issue 6 | 2022 Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,12 | SJIF: 5,7 | UIF: 6,1

Ta'limning asosiy mexanizmi - o'quvchining har tomonlama rivojlanishi amalga oshiriladigan o'quv muassasasining ta'lim tizimi faoliyat ko'rsatishi hisoblanadi. Shunday ekan, kursantlar intizomini tarbiyalash jarayonida qadriyat yondashuvidan foydalanish ta'lim jarayonini axloqiy jihatlar bilan boyitishni o'z ichiga oladi.

Insonparvarlik yondashuvi - shaxsga insonparavar yondashuvda bo'lishni, uning huquq va erkinliklarini hurmat qilishni, amalga oshirilishi mumkin bo'lgan va asosli shakllangan talablarni belgilashni talab qiladi.

Kompleks yondashuv - tarbiyaviy o'zarobog'liqlikning maqsadi, vazifalari, mazmuni, usullar va shakllarining birligini nazarda tutadi.

Muxtasar qilib aytganda, Ushbu yondashuvdan foydalanganda asosiy e'tibor shaxsning individual fazilatlariga emas, balki yaxlit, bir butunshaxsni shakllantirishga qaratiladi.

REFERENCES

1. "O'zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiy xizmatchilarining ma'naviy -ma'rifiy saviyasini oshirish tizimini tubdan takomillashtirish to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 3898 sonli Qarori

2. Хальзов В.И., Женатова Т.Л. О духовно-нравственном воспитании личности учащихся в условиях военно-учебного заведения // Вестник Санкт-Петербургского университета МВД России №3 (39), 2008. С.208-214

3. Павлов И.В., Павлова И.И. Духовно-нравственное воспитание курсантов // Психопедагогика в правоохранительных органах, 2009. № 1 (36). С. 34-36.

4. Хусаинов А.Я. Методологические подходы процесса воспитания дисциплинированности у курсантов военного вуза как нравственного качественного качества личности // Вестник ПГГПУ. Серия №1. 2017. 147-151 стр.

5. Qodirova Feruza Mamurovna. (2022). OLIY HARBIY TA'LIM MUASSASALARI KURSANTLARINI MA'NAVIY—AXLOQIY TARBIYALASH METODIKASINI TAKOMILLASHTIRISH. EURASIAN JOURNAL OF ACADEMIC RESEARCH, 2(2), 160-163. https://doi.org/10.5281/zenodo.6105905

6. Кодирова Феруза Мамуровна. (2022, April 23). УЗБЕКИСТОНДА ТАЪЛИМ ТИЗИМИНИНГ ОММАВИЙ АХБОРОТ ВОСИТАЛАРИДА ЁРИТИЛИШИ. INNOVATIVE DEVELOPMENTS AND RESEARCH IN EDUCATION, Canada. https://doi.org/10.5281/zenodo.6473815

7. Qodirova , F. M. (2022). OLIY HARBIY TA'LIM MUASSASALARI KURSANTLARINI MA'NAVIY- AXLOQIY TARBIYALASH TUSHUNCHASI VA O'ZIGA XOS XUSUSIYATLARI. Academic Research in Educational Sciences, 3(4), 1159-1163. https://doi.org/10.24412/2181-1385-2022-4-

1159-1163

June, 2022

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.