Научная статья на тему 'SHAXS MA’NAVIY KAMOLOTIDA MUSIQIY TA’LIM-TARBIYANING O’RNI'

SHAXS MA’NAVIY KAMOLOTIDA MUSIQIY TA’LIM-TARBIYANING O’RNI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
1208
109
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
o’quvchi / ma’naviy kamolot / musiqa / estetik tarbiya / estetik did. / pupil / spiritual maturity / music / aesthetic education / aesthetic taste.

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Anorov, To’lqin Norqo’chqorovich

Ushbu maqolada muallif tomonidan o’quvchilarni ma’naviy jihatdan tarbiyalashning dolzarbligi hamda bunda musiqa san’atidan foydalanishning zaruriyati asoslangan. Shuningdek, milliy musiqa san’atining shaxs ma’naviyatini rivojlantirishdagi pedagogik imkoniyatlari aniqlashtirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE ROLE OF MUSIC EDUCATION IN THE SPIRITUAL DEVELOPMENT OF THE PERSON

This article is based on the importance of educating pupils spiritually and the need to use the art of music. The pedagogical potential of the art of national music in the development of personal spirituality is also identified.

Текст научной работы на тему «SHAXS MA’NAVIY KAMOLOTIDA MUSIQIY TA’LIM-TARBIYANING O’RNI»

SHAXS MA'NAVIY KAMOLOTIDA MUSIQIY TA'LIM-TARBIYANING O'RNI

d 10.24412/2181 -1784-2021 -9-649-656

Anorov To'lqin Norqo'chqorovich

O'zbekiston Respublikasi Surxondaryo viloyati XTXQTMOHM "Maktabgacha, boshlang'ich ta'lim metodikalari" kafedrasi o'qituvchisi

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada muallif tomonidan o'quvchilarni ma'naviy jihatdan tarbiyalashning dolzarbligi hamda bunda musiqa san 'atidan foydalanishning zaruriyati asoslangan. Shuningdek, milliy musiqa san'atining shaxs ma'naviyatini rivojlantirishdagi pedagogik imkoniyatlari aniqlashtirilgan.

Tayanch so'z va tushunchalar: o'quvchi, ma'naviy kamolot, musiqa, estetik tarbiya, estetik did.

РОЛЬ МУЗЫКАЛЬНОГО ОБРАЗОВАНИЯ В ДУХОВНОМ РАЗВИТИИ ЧЕЛОВЕКА

АННОТАЦИЯ

В статье основана на важности духовного воспитания учеников и необходимости использовать музыкальное искусство. Выявлен педагогический потенциал национального музыкального искусства в развитии духовности личности.

Ключевые слова и понятия: ученик, духовная зрелость, музыка, эстетическое воспитание, эстетический вкус.

THE ROLE OF MUSIC EDUCATION IN THE SPIRITUAL DEVELOPMENT OF THE PERSON

ABSTRACT

This article is based on the importance of educating pupils spiritually and the need to use the art of music. The pedagogical potential of the art of national music in the development of personal spirituality is also identified.

Key words and concepts: pupil, spiritual maturity, music, aesthetic education, aesthetic taste.

KIRISH

Inson shaxsini, uning yuksak ma'naviy fazilatlarini kamol tortirish, milliy istiqlol mafkurasini shakllantirish, yosh avlodni boy madaniy merosimiz hamda tarixiy qadriyatlarimizga hurmat va e'tibor, mustaqil Vatanimizga mehr-muhabbat ruhida tarbiyalash dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Bu o'rinda milliy musiqa san'ati yosh avlod ma'naviyatini shakllantirish va yuksallantirishda katta tarbiyaviy va badiiy estetik imkoniyatlarga ega.

O'zbekiston Respublikasining "Ta'lim to'g'risida"gi Qonuni 1 da iqtidorli bolalarni izlab topish, ularning ijodkorlik qobiliyatlarini rivojlantirish kabi muammolar uzluksiz ta'lim tizimining muhim pedagogik vazifasi sifatida ko'rsatib o'tilgan. O'quvchilarning badiiy ijodiyot sohasidagi iqtidorlarini ro'yobga chiqarishda, ularning estetik ehtiyojlarini qondirishda musiqa ta'limi alohida o'rin egallaydi. Bunda, o'quvchi-yoshlar ijodiyot uylari, saroylari, o'lkashunoslik va sayyohlik markazlari, bolalar qo'g'irchoq va yosh tamoshabinlar teatrlari, klub va kutubxona, sport va musiqa maktablari, yozgi oromgohlar va boshqa muassasalar tomonidan olib boriladigan ta'lim-tarbiya va madaniy tadbirlarni tilga olish mumkin. Biroq, umumiy o'rta ta'lim maktablarida tashkil etilayotgan musiqa ta'limi va fan to'garaklari ular orasida ahamiyatli va samarali ekanligini unutmasiligimiz lozim. Chunki, o'quvchilar umumiy o'rta ta'lim maktablariga kelib, shu yerni o'zida tashkil etilgan musiqa to'garaklariga qatnashishi ularga ancha qulayliklar yaratadi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Milliy va jahon musiqa madaniyatining eng yaxshi namunalarini targ'ib qilish va ommalashtirish, yosh avlodni ma'naviy tarbiyalashning asosi bo'lmog'i kerak. Bu o'rinda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev tomonidan o'quvchi-yoshlarni ijodkorligini shakllantirish, ularni bo'sh vaqtlarini mazmunli o'tkazish, san'at turlari bo'yicha o'z iqtidorlarini namoyish etish borasida tavsiya etilgan 5 ta muhim tashabbusning birinchi tashabbusida yoshlarni musiqa, rassomlik, teatr va san'atning boshqa turlariga qiziqishlarini oshirish, qobiliyatlarini namoyon qilishni ta'minlash choralarini ko'rish kabi qator vazifalar belgilab berildi.

O'zbek xalqi milliy qadriyatlari tizimida milliy musiqa san'ati xalq hayotini barcha tomonlarini badiiy aks ettirishi bilan alohida ahamiyat kasb etadi. Unda xalqimiz hayotining turli davrlaridagi tarixiy-badiiy ko'rinishlari bilan birga xalq pedagogikasining eng ilg'or, oliyjanob g'oyalari umumlashganligi bois, ulardan yoshlarning badiiy-estetik va axloqiy, ma'naviy tarbiyasida foydalanish ta'lim

1 O'zbekiston Respublikasining "Ta'lim to'g'risida"gi Qonuni. (23.09.2020) // Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi, 24.09.2020., 03/20/637/1313-son.

sohasiga qo'yilayotgan ijtimoiy buyurtmani bajarishda qo'l keladi. So'ngi yillarda milliy musiqa boyliklarini tiklash, to'plash, nashr qilish hamda ta'lim-tarbiya maqsadlarida foydalanishning ilmiy pedagogik asoslarini o'rganish bo'yicha e'tiborga molik ishlar amalga oshirilgan bo'lsa-da, bu ulkan bebaho xazinaning qamrovi va ko'lami oldida qilinayotgan ishlar hajmi yanada kengayganligini, yanada aniqroq qilib aytadigan bo'lsak, mazkur masalada shaxsan O'zbekiston Resrublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning shaxsiy tashabbusi kuchayganligini ko'rish mumkin2.

Mazkur masala aynan umumiy o'rta ta'lim maktablari va unda taribyalanayotgan o'quvchi-yoshlarning milliy vatanparlik ruhiyatiga ham bog'liqlinini insoniyatning mavkuraviy hayoti ko'rsatmoqda. Aynan ular o'quvchi-yoshlarni ma'naviy hayotidagi ustuvor yo'nalishlarni aniqlash, ularning alohida turli qatlamlarga ta'sirini o'rganish manfaatlarimizga, hayot tarzimizga zid bo'lgan zararli g'oyalar va mafkuraviy hurujlarning mohiyatini ochib berish, davlat va jamoat tashkilotlari uchun tegishli tavsiya va takliflar tayyorlash masalasiga alohida e'tibor qaratilgan. Bu omil umumiy o'rta ta'lim maktablari ayniqsa, musiqa fani to'garaklari faoliyatida amalga oshiriladigan ta'limiy-tarbiyaviy jarayonlarda o'quvchi yoshlarning g'oyaviy tarbiyasiga e'tibor qaratish lozimligidan dalolat beradi.

Biz milliy ma'naviyatni har tomonlama yuksaltirish masalasini o'z oldimizga asosiy masala qilib qo'yar ekanmiz, bugungi kunda ma'naviyatimizni shakillantiradigan va unga ta'sir o'tkazadigan barcha omil va mezonlarni chuqur tahlil qilib, ularning bu borada qanday o'rin tutishini yaxshi anglab olishimiz maqsadga muvofiq bo'ladi.

Albatta, har qaysi millatning ma'naviyatini uning tarixi, o'ziga xos urf-odat va an'analari, hayotiy qadriyatlaridan ayri holda tasavvur etib bo'lmaydi. Bu borada, tabiiyki ma'naviy meros sifatida madaniy boyliklar, ko'hna tarixiy yodgorliklar eng muhim omillardan biri bo'lib xizmat qiladi.

Qadim-qadimdan Sharqning buyuk mutaffakirlari badiiy-estetik qadriyatlardan tarbiyaning muhim vositasi sifatida foydalanib kelganlar. Imom al-Buxoriy, Imom at-Termiziy, Abu Nasr Forobiy, Abu Ali ibn Sino, Yusuf Xos Xojib, Alisher Navoiy asarlarida Sharqona ma'naviyat asoslari o'z ifodasini topgan. Shu bilan birga xalq og'zaki ijodiyoti namunalarining yoshlarga ma'naviy-estetik va g'oyaviy-siyosiy tarbiya berishdagi o'rni beqiyosdir3. Milliy qadriyatlarning jamiyat taraqqiyotida o'ziga xos o'rni bor. Milliy musiqiy merosimizning asrlar davomida bizgacha

2 Mirziyoyev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz. Toshkent: "O'zbekiston", 2017. - 488 b.

3 Yusupov R. Xalq musiqa ijodiyoti va adabiyoti. - Toshkent, 2002. - 48 b.

651

kelganligi esa unga bo'lgan hurmat e'tibor ijobiy munosabatning mahsuli ekanligidadir.

Musiqa madaniy hayotimizda keng o'rin tutgan va inson shaxsiyatining shakllanishida muhim rol o'ynaydigan san'at turidir. Eramizdan oldingi IV asrdanoq yunon faylasufi Platon shunday degan edi: "Yoshlikda eng katta tarbiyaviy omil musiqiy san'atda emasmikan, zeroki, ritm va garmoniya hammadan ko'proq shu vaqtda qalbga chuqur yo'l topadi va salobat baxsh etib, uni ko'rkam qiladiki, agar tarbiya to'gri yo'lga qo'yilgan bo'lsa, aks holda uning teskarisi bo'lib chiqadi. Uning shogirdi Aristotel (Aflotun) komil ishonch bilan mazkur fikrni quvvatlaydi: "Musiqa kishi ruhining axloqiy tomoniga ma'lum darajada ta'sir etadi, bas shunday ekan, u yoshlarning tarbiyasiga o'z ta'sirini ko'rsatadi".

Shu o'rinda Abu Nasr Forobiyning musiqa haqidagi fikrlari e'tiborga loyiqdir. Forobiy musiqani tarbiyaviy fan deb ataydi va uning ahamiyati haqida shunday deydi: "Bu fan shu ma'noda foydaliki, kimning fe'l-atvori muvozanatni yo'qotgan bo'lsa, muvozanatga keltiradi, kamol topmaganlarni kamolga yetkazadi va muvozanatda bo'lmaganlarning muvozanatini saqlaydi. Bu tananing sog'ligi uchun ham foydalidir, chunki, tana kasalga uchrasa ruhan so'liydi, tana qiyinchilikka uchrasa, ruh ham azobga uchraydi. Shu sababli tananing davolanishi ruhni davolash orqali amalga oshiriladi, ovozlarning ta'siri ostida ruhiy quvvatlar o'z substantsiyasiga moslashadi va tartibga, muvozanatga keladi"4.

O'quvchi-yoshlarning ongiga musiqa orqali eng yaxshi insoniy fazilatlarni singdirish va ularni sog'lom qilib voyaga yetkazish to'g'risida Abu Ali Ibn Sinoning fikrlari diqqatga sazavordir. U "Donishnoma" asarida ilmlarni tasnif qilib, ilm o'rganish yo'llarini bosqichlarga bo'lib ko'rsatadi. Ilmga erishishning eng asosiy yo'li bolalarni yoshlikdan boshlab ta'lim-tarbiya ta'siri ostiga olishdir. Shuning uchun Ibn Sino bolani olti yoshdan boshlab muallim ixtiyoriga topshirilishi, ta'lim asta-sekinlik bilan berilishi kerakligi, birdaniga bolani kitobga bog'lab qo'ymaslik lozim ekanligini aytadi5. Ibin Sinoning bu tavsiyalari bugungi kunda musiqa san'atini sinfdan tashqari musiqa to'garaklarida nafaqat musiqiy ta'lim va tarbiya manbai sifatida, balki unda milliy ruh, milliy g'oyani anglash vositasi sifatida namoyon bo'ladi. Bu esa shaxs ma'naviy kamolotini shakllantirish uchun qulay imkoniyat yaratadi.

4Abu Nasr Forobiy. Fozil odamlar shahri. - T.: A.Qodiriy nomidagi xalq merosi nashrièti, 1993. - 222 b.

5 Hoshimov K. va boshq. O'zbek pedagogikasi antologiyasi. To'ldirilgan va qayta ishlangan nashri (II-jild). - T.: O'qituvchi, 2010. - 243-245 b..

O'quvchi-yoshlarni milliy ruhda tarbiyalash borasida bir qator olimlarimiz S.Mamashokirov, Q.Nazarov, N.Ortiqov, A.Ochildiyev, B.To'rayev, U.Ubaydullayev, Z.G'ofurov kabilarning ishlarida keng yoritilgan.

Pedagog olimlar Y.Aliyev, E.Abdullin, V.Beloborodova, N.Vetlugina, D.Kabalevskiy, V.Suxomlinskiy, O'zbekistonda yashab ijod qilgan rus musiqashunos olimlar E.Gliyer, N.Mironov, Ye.Romanovskaya, T.Solomonova, V.Uspenskiy va boshqalarning O'rta Osiyo xalqlari musiqasining o'ziga xos xususiyatlarini ilmiy tahlil qilib berishga qo'shgan hissalari beqiyosdir.

Umumiy o'rta ta'lim maktablari va sinfdan tashqari musiqa to'garaklarida o'quvchilar shaxsini shakllantirish, tarbiyalash borasida S.K.Anamuratova, S.Fayzulina, R.Hasanov, O.Musurmonova, S.Nishonova, I.Revis, Sh.Rahimova, Q.Mamirov, F.Halilov, D.Qodirov kabi ko'plab olimlar o'zlarining tadqiqot ishlarida yuqorida ko'tarilgan masalalar bo'yicha samarali natijalarga erishganllar.

Mustaqillik yillarida yoshlar ma'naviyatini yuksaltirish, ularni milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash yo'nalishi o'zining yangi sifat darajasiga ko'tarildi. Bu yo'nalishda pedagog va psixolog olimlar. Sh.Abdujalilov, Sh.Atajanova, M.Inomova, V.Karimova, A.Munavvarov, M.Muhammadjonova, A.Muxsiyeva, S.Ochilov, G'.Shoumarov A.I.Ostrovskiy, Q.Quronboyev, Z.Qurbonniyozova, Z.Qosimova. M.Abdujabborova, Q.Panjiyev va boshqalarning ilmiy izlanishlari natijalarida buning yorqin misolini ko'rish mumkin.

Yosh o'quvchilarni ma'naviy barkamol qilib tarbiyalashga ta'sir etuvchi omillar qatorida sinfdan tashqari musiqiy to'garaklar faoliyatining pedagogik imkoniyatlari alohida e'tiborga loyiq. Bunda milliy va jahon musiqa san'atiga o'quvchilar ma'naviyatini shakllantiruvchi vosita sifatida qarash, tarbiyalash imkoniyatlarini, asosiy yo'nalish va xususiyatlarini aniqlashga, o'quvchi shaxsiga ta'sir etish sifatlarini ochib berishga imkon beradi. Yosh avlodni kamolot sari yetaklashda tarbiyaning ko'plab omillari qatorida musiqa ham alohida o'rin tutadi. Shu o'rinda O'zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Islom Karimov takidlaganidek, - "... bugungi kunda musiqa san'ati navqiron avlodimizning yuksak ma'naviyat ruhida kamol topishida boshqa san'at turlariga qaraganda ko'proq va kuchliroq ta'sir ko'rsatmoqda"6. Darhaqiqat, musiqa o'zining betakror tabiati bilan o'quvchi-yoshlarning ma'naviy dunyosiga katta ta'sir qilish kuchiga ega. Zero, kuy va ohang ta'sirida o'quvchilarda hissiyot olamining o'sishi, idrok va tafakkurning shakllanishi, ezgulikka intilish, go'zallikni sevish, tabiatni asrash, Ona vatan ravnaqi uchun xizmat qilish istagi tobora ortib boradi. Musiqa to'garaklari vositasida musiqiy ta'lim va

6Karimov I.A. Yuksak ma'naviyat - yengilmas kuch. - Toshkent, Ma'naviyat, 2008. - 173 b.

653

Scientific Journal Impact Factor

tarbiya nafosat olamining asosiy va murakkab qirralaridan bo'lib, o'quvchini atrofdagi go'zallikni idrok etishga va qadrlashga o'rgatadi. Inson musiqa bilan ona allasi orqali tanishib, butun umr davomida undan zavq olib yashaydi. Shu bois o'quvchilarda musiqa madaniyatini shakllantirish musiqa tarbiyasining bosh maqsadi hisoblanadi. O'quvchilarni milliy ruhda tarbiyalashda musiqiy tushunchalarni shaxs ma'naviy madaniyatining ajralmas qismi, shaxs xulqini boshqarishga, shakllantirishga yordam beradigan, shaxsning ko'p qirrali sifati hisoblanib, uning umumiy yetuklik darajasini ifodalaydigan tarbiyalanganlik darajasini belgilab beradi.

Maqolaning ilmiy mohiyati. Milliy musiqa san'atida buyuk shaxslar (shoir, bastakor, xonanda), g'oyaviy, tarixiy mazmun, muayyan hissiyot, munosabat kabi axborotlarni "bayon etish" orqali tinglovchida, shu jumladan o'quvchi-yoshlar ma'naviyatini shakllantirishga samarali ta'sir etadi. Aynan sinfdan tashqari musiqa ta'limida amalga oshiriladigan tarbiyaviy ishlar orqali o'quvchilarda milliy g'oya tushunchalarini shakllantirishning didaktik qulayligi mavjudki, ular dars bilan sinfdan tashqari mashg'ulotlardagi musiqiy to'garaklar o'rtasidagi mantiqiy bog'liqlikda namoyon bo'ladi. To'garak mashg'ulotlari bilan dars o'rtasidagi umumiyliklarga mashg'ulotlarning tashkiliy shakli, to'garak rahbarlari qo'llaydigan metod va usullar, mashg'ulotlarda o'quvchining faolligi va tashabbuskorligiga erishish va unga tayanish, mashg'ulotlarni yangi xulosalar bilan yakunlanishi kabilar kiradi.

Yosh avlodni yuksak madaniyatli, estetik didi yuqori darajada rivojlangan komil insonlar qilib tarbiyalashda musiqiy ta'limning ahamiyati beqiyosdir. Xususan o'zbek musiqa san'ati bu borada katta imkoniyatlarga egadir. Ma'lumki o'quvchilarni musiqiy estetik ruhda tarbiyalash jarayoni birinchidan musiqa pedagogikasining asosiy umumiy tamoyillariga rioya etilishiga, ikkinchidan estetik didni tarbiyalash bilan bog'liq bo'lgan maxsus shart-sharoitlarni ta'minlashga asoslanishi lozim. Musiqiy estetik didni shakllantirish jarayoni musiqani idrok etish qobiliyatini rivojlantirish bilan bevosita bog'liqdir. Bunda eng avvalo musiqiy idrokni ta'minlovchi tarkibiy qismlarini, ya'ni tamoyillarini tilga olish zarur bo'ladi.

Ikkinchi tamoyil san'at pedagogikasi talablariga rioya qilishdan iborat bo'lib u idrok etishdagi yaxlitlikni, obrazlilikni hissiy va anglangan taassurotlar birligini hamda ularning o'zaro bog'liqligini ta'minlashdan iborat.

Uchinchi tamoyil bola shaxsini rivojlantirishning tabiiy va madaniy jihatlarini birga qo'shib olib borish zarurligidir. Bu tamoyil boladagi tabiiy iste'dod, qobiliyatlar,

xususiyatlardan musiqiy tarbiya jarayonida samarali foydalanishni, ulami tashqi pedagogik ta'sirlar yordamida yanada rivojlantirishni taqozo etadi7.

Yuqorida sanab o'tilgan tamoyillarni shakllantirish shart-sharoitlari o'quvchilarni musiqiy tarbiyalashning bosqichligi ulardagi o'ziga xos xususiyatlarni hisobga olish, o'quvchining ijodiy faoliyatini rivojlantirish darsda o'quvchi bilan o'quvchi aloqasining shakli bo'lgan muloqot etnopedagogik va etnopsixologik xususiyat usullarini hisobga olishni nazarda tutadi hamda o'quvchilarning musiqiy estetik didini shakllantirish jarayoni samaradorligini oshiradi. Bu kabi samarali pedagogik usullarni qo'llash jarayonida shu narsani hisobga olish muhimki musiqiy idrokning tarkibiy qismlarini rivojlantirish musiqaga bo'lgan hissiy ongli va ta'sirchan amaliy munosabatni shakllantirish vasifasini hal etishga qaratiladi. Mazkur jarayon yaqqol ifodalangan hissiy aniq-obrazli idrok etishdan yanada ko'proq anglab yetilgan idrok etish bosqichiga o'tishni o'z ichiga oladi.

Albatta musiqiy estetik didni shallantrish jarayoni musiqiy idrok etishning umumiy qonuniyatlari bilan bog'liqdir, lekin ayni paytda uning faqat o'zigagina xos bo'lgan xususiyatlarga ham egadir. Musiqiy estetik didni shakllantirish jarayoni ongli faol munosabat mavjud bo'lishi nazarda tutadi. Bu munosabat idrok etish jarayonini alohida (individual) estetik baho berish darajasigacha ko'tarilishi lozim. Shuning uchun ham o'quvchilarning musiqiy estetik didini shakllantirishga bevosita bog'liq bo'lgan musiqa mashg'ulotlarida bolalarning bilish, his qilish faoliyatini kuchaytirish kerakki u umumiy va maxsus qobiliyatlarini rivojlantirishga va pedagogik ta'sir ko'rsatishni tashkil etish bosqichlariga bo'linadi. Pedagogik ta'sir ko'rsatishni tashkil etish bosqichiga musiqiy taassurotlarning to'planishi; o'quvchilarga turli hissiy holatlarni boshdan kechirishga imkon berish; hissiy musiqiy tasavvurlarga qaytilishi; "Tinglab tushunish" yoki "Ijro etib-tushunish" tajribasini boshqa asarlarga ham tatbiq etish jarayonini rag'batlantirish kabi shartlar kiradi.

XULOSA VA AMALIY TAKLIFLAR

Musiqa to'garaklari vositasida o'quvchi-yoshlarning ma'naviyatini shakllantirish muammosi quyidagi jihatlarni muhim vazifa sifatida belgilaydi:

- o'quvchilarning bo'sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, kasbga yo'llash, ularda kreativlik (ijodiy) qobiliyatlarini tarkib toptirish, milliy ruhda taribyalashning pedagogik xususiyatlarini o'rganish, tahlil qilish va umumlashtirish, ta'lim tarbiya ishlarini olib borish;

7 Xamidov X. O'zbek an'anaviy qo'shiqchilik madaniyati tarixi. - Toshkent, 1996. - 54 b.

655

Scientific Journal Impact Factor

R

- o'quvchi-yoshlar ma'naviyatini shakllantirishda musiqa to'garaklarini faoliyatini o'rganish;

- musiqa to'garaklari asosida o'quvchilarning ijodkorlik qobiliyatlarini rivojlantirish va milliy ruhda tarbiyalash metodlarini takomillashtirishga yo'naltirilgan ilmiy-metodik tavsiyalar ishlab chiqish va boshqalar.

Sinfdan tashqari musiqa to'garaklari faoliyatini amalga oshirishda mahalliy xususiyatlarni, o'zining yo'nalishlarini, rivojlanish istiqbollarini, jamoa normalari, qoidalari va an'analarini, moddiy texnikaviy ahvolini, faoliyat dasturini hisobga olgan holda har bir umumiy o'rta ta'lim maktabida sinfdan tashqari musiqa to'garaklarining maqsadi va asosiy vazifalarini zamon asosida aniqlashtirish maqsadga muvofiq hisoblanadi.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasining "Ta'lim to'g'risida"gi Qonuni. (23.09.2020) // Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi, 24.09.2020., 03/20/637/1313-son.

2. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 31 dekabrdagi "Uzluksiz ma'naviy tarbiya kontseptsiyasini tasdiqlash va uni amalga oshirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi 1059-son Qarori 1-ilovasi. // Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi, 03.01.2020 y., 09/20/1059/4265-son.

3. Mirziyoyev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz. Toshkent: "O'zbekiston", 2017. - 488 b.

4. Karimov I.A. Yuksak ma'naviyat - yengilmas kuch. - Toshkent, Ma'naviyat, 2008. - 234 b.

5. Abu Nasr Forobiy. Fozil odamlar shahri. - T.: A.Qodiriy nomidagi xalq merosi nashrièti, 1993. - 222 b.

6. Hoshimov K. va boshq. O'zbek pedagogikasi antologiyasi. To'ldirilgan va qayta ishlangan nashri (II-jild). - T.: O'qituvchi, 2010. - 243-245 b.

7. Xamidov X. O'zbek an'anaviy qo'shiqchilik madaniyati tarixi. - Toshkent, 1996.

8. Yusupov R. Xalq musiqa ijodiyoti va adabiyoti. - Toshkent, 2002. - 124 b.

160 b.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.