Научная статья на тему 'MUSIQA TARBIYASINING O’QUVCHI YOSHLARNI KOMIL INSON QILIB TARBIYALASHDAGI O‘RNI'

MUSIQA TARBIYASINING O’QUVCHI YOSHLARNI KOMIL INSON QILIB TARBIYALASHDAGI O‘RNI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
1187
101
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Scientific progress
Область наук
Ключевые слова
musiqa / ta’lim / tarbiya / madaniyat / estetik did. / music / education / upbringing / culture / aesthetic taste.

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Ulug‘bek Jalolov

Maqolada musiqaning tarbiya bilan bog’liqligi va musiqa mashg’ulotlarining ta’lim tarbiyadagi ahamiyati haqida so’z yuritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE ROLE OF MUSIC EDUCATION IN THE EDUCATION OF STUDENTS AS PERFECT PERSONS

The article discusses the connection between music and education and the importance of music lessons in education.

Текст научной работы на тему «MUSIQA TARBIYASINING O’QUVCHI YOSHLARNI KOMIL INSON QILIB TARBIYALASHDAGI O‘RNI»

www.scientificprogress.uz

MUSIQA TARBIYASINING O'QUVCHI YOSHLARNI KOMIL INSON QILIB

TARBIYALASHDAGI O'RNI

Ulug'bek Jalolov

Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti Pedagogika fakulteti Musiqa

ta'limi yo'nalishi 3-bosqich talabasi [email protected]

ANNOTATSIYA

Maqolada musiqaning tarbiya bilan bog'liqligi va musiqa mashg'ulotlarining ta'lim tarbiyadagi ahamiyati haqida so'z yuritilgan.

Kalit so'zlar: musiqa, ta'lim, tarbiya, madaniyat, estetik did.

THE ROLE OF MUSIC EDUCATION IN THE EDUCATION OF STUDENTS

AS PERFECT PERSONS

Ulugbek Jalolov

rrl

Chirchik State Pedagogical Institute of Tashkent region, Faculty of Pedagogy, 3 year

student of Music Education [email protected]

ABSTRACT

The article discusses the connection between music and education and the importance of music lessons in education.

Keywords: music, education, upbringing, culture, aesthetic taste.

KIRISH

Musiqa ellarni-ellarga, dillarni-dillarga bog'lovchi kishi estetik didini tarbiyalovchi hamda madaniy saviyasini oshiruvchi mo'jizaviy vositadir. Musiqa bu tarbiyaning eng faol turi hisoblanadi. Bola tug'ilgandan so'ng ilk bor ona allasini tinglab orom oladi. Ona allasiga vatanga muhabbat ona yurtiga sadoqat kabi buyuk insoniy his-tuyg'ular mujassamdir.Musiqa ta'limi va tarbiyasi o'quvchi yoshlarni komil inson qilib tarbiyalashda muhim o'rin tutadi. Musiqa ta'limi asosan musiqa va san'at maktablarida darslardan tashqari tashkil etilgan. Musiqa to'garaklarida o'rgatiladi. Komil inson tarbiyasida ana shunday musiqa va san'at maktablari va to'garaklarning o'rni va ahamiyati katta. O'quvchilarni san'at maktablariga jalb qilish ularning bo'sh vaqtini mazmunli tashkil qilish samarali natijalar beradi.Tarbiya tizimi ta'lim tizimi bilan uzviy bog'liq. Tarbiyasi talab darajasida bo'lgan har qanday o'quvchi ta'limni

«SCIENTIFIC PROGRESS» Scientific Journal ISSN: 2181-1601 ///// \\\\\ Volume: 1, ISSUE: 3

juda yaxshi o'zlashtiradi. Shuning uchun komil inson tarbiyasida bu muhim ahamiyat kasb etadi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Yosh avlodni yuksak madaniyatli estetik didi yuqori darajada rivojlangan komil insonlar qilib tarbiyalashda musiqiy ta'limning ahamiyati beqiyosdir. Xususan o'zbek musiqa san'ati bu borada katta imkoniyatlarga egadir. Ma'lumki o'quvchilarni musiqiy estetik ruhda tarbiyalash jarayoni birinchidan musiqa pedagogikasining asosiy umumiy tamoyillariga rioya etilishiga ikkinchidan didni tarbiyalash bilan bog'liq bo'lgan maxsus shart-sharoitlarni ta'minlashga asoslanishi lozim. Musiqiy estetik didni shakllantirish jarayoni musiqani idrok etish qobiliyatini rivojlantirish bilan bevosita bog'liqdir. Bunda eng avvalo musiqiy idrokni ta'minlovchi tarkibiy qismlarini tamoyillarini tilga olish zarur bo'ladi.Ikkinchi tamoyil san'at pedagogikasi talablariga rioya qilishdan iborat bo'lib u idrok etishdagi yaxlitlikni obrazlilikni xissiy va anglangan taassurotlar birligini va ularning o'zaro bog'liqligini ta'minlashdan iborat.Uchinchi tamoyil bola shaxsini rivojlantirishning tabiiy va madaniy jihatlarini birga qo'shib olib boorish zarurligidir. Bu tamoyil boladagi tabiiy iste'dod, qobiliyatlar, xususiyatlardan musiqiy tarbiya jarayonida samarali foydalanishni ularni tashqi pedagogik ta'sirlar yordamida yanada rivojlantirishni taqozo etadi. Albatta musiqiy estetir didni shallantrish jarayoni musiqiy idrok etishning umumiy qonuniyatlari bilan bog'liqdir, lekin ayni paytda uning faqat o'zigagina xos bo'lgan xususiyatlarga ham egadir. Musiqiy estetik didni shakllantirish jarayoni ongli faol munosabat mavjud bo'lishi nazarda tutadi. Bu munosabat idrok etish jarayonini alohida (individual) estetik baho berish darajasigacha ko'tarilishi lozim. Shuning uchun ham kichik yoshdagi o'quvchilarning musiqiy estetik didini shakllantirishga bevosita bog'liq bo'lgan musiqa mashg'ulotlarida bolalarning bilish, his qilish faoliyatini kuchaytirish kerakki u umumiy va maxsus qobiliyatlarini rivojlantirishga va pedagogik ta'sir ko'rsatishni tashkil etish bosqichlariga bo'linadi. Pedagogik ta'sir ko'rsatishni tashkil etish bosqichiga musiqiy taassurotlarning to'planishi; o'quvchilarga turli xissiy holatlarni boshdan kechirishga imkon berish; xissiy musiqiy tasavvurlarga qaytilishi; «Tinglab tushunish» yoki «Ijro etib-tushunish» tajribasini boshqa asarlarga ham tatbiq etish jarayonini rag'batlantirish kabi shartlar kiradi. Kichik yoshdagi maktab o'quvchilarning musiqiy qobiliyatini shakllantirish tamoyillari vas hart-sharoitlariga muvofiq ravishda pedagogik ta'sir ko'rsatish usullarini aniqlashga harakat qildik. Chunki mashg'ulotlarning har bir turi muayyan pedagogik vazifalarini hal qilishga yordam beradi. Biz mashg'ulotlarning quyidagi turlarini alohida ajratib ko'rsatmoqchimiz: 1. An'anaviy tur- bunda musiqiy faoliyatning barcha ma'lum turlaridan muayyan izchillikka foydalaniladi; 2. Ustun tur-uning tarkibida musiqiy faoliyat turlaridan biri ustivor o'rin tutadi. 3. Mavzuli tur- u tarkibidan muayyan mavzu

tevaragidagi tashkil topadi. 4. Kompleks tur- xilma-xil san'at turlari materiallariga asoslansa ham muayyan mavzuni yoritishga qaratiladi. Mashg'ulotlarning birinchi an'anaviy turi musiqiy faoliyatning har xil turlariga doir bir qancha vazifani bir vaqtda bajarishni nazarda tutadi. Lekin u hamisha ham o'qituvchiga musiqiy tarbiya vazifasini to'liq darajada hal qilish imkonini bermaydi.Ikkinchi ustun turdan bolalar musiqiy faoliyatining birir turidagi qoloqligini barham toptirishga foydalanadi. Mazkur mashg'ulot turlariga muvofiq ravishda to'rtta variant mavjud bo'lib, ularning har birida musiqa tinglash, qo'shiq aytish bolalarning musiqa asboblarini chalishi musiqaga jo'r bo'lib harakat qilishi ustunlik qiladi. Mashg'ulotlarning uchinchi mavzuli turi darsining barcha tarkibiy qismlariga yaxlitlik bag'ishlaydi. To'rtinchi kompleks tur esa darsining ijodiy imkoniyatlarini kengaytiradi, xissiy tahliliy tafakkurni rivojlantiradi.

MUHOKAMA

Mashg'ulotlarni o'tkazishda musiqa o'qituvchisiga 1-4 sinflar nashr etilgan «Umumiy ta'lim maktablari musiqa dasturlari» 1992 yil yordam beradi. Darslarni o'tish tajriba o'tkazish jarayonida dasturlarda ko'rsatilgan asarlardan to'la foydalanish yoki aniq sharoitdan kelib chiqib, ulardan ayrimlarini boshqa maqbul asarlar bilan almashtirish ham mumkinligini unutmaslik lozim. Bunday repertuar tanlashda quyidagi mezonlarga rioya qilish zarur: - o'zbek musiqasi asarlarining yuksak badiiy va tarbiyaviy ahamiyati o'quvchilarning musiqa asarini idrok etish va ijro qilishi uchun qulay bo'lishi.Musiqa asarlari janr va turlarining xilma-xilligi. Xissiy esteti ta'sir ko'rsatish kuchi, yorqin va xilma-xil xissiyotlar uyg'onish imkoniyatlari darajasi musiqiy idrok va faoliyatning ijodiy tomonlarini faollashtirish imkoniyati.

NATIJA

Mazkur mezonlarni aniqlash uchun asos bo'lib ikki tamoyil asarlarni tanlashning estetik yo'nalishi, hamda o'zbek xalq va kompozitorlik musiqasining o'ziga xos xususiyatlarga ega ekanligi tamoyillari xizmat qiladi. Katta sinflarda esa o'zbek xalq qo'shiqlarini sevib tinglaydilar va tushunadilar. Ularda ashula va yalla, lapar va terma janrlaridagi turli asarlar ayniqsa zo'r qizitish uyg'otadi.Maktablarimizda yosh avlodni tarbiyalashning muhim tarkibiy qismi bo'lgan estetik tarbiya masalalarini muvoffaqiyatli hal qilishga katta ahamiyat berilmaydi.Musiqa tarbiyasi estetik tarbiyaning eng asosiy va ancha murakkab majmualaridan biri bo'lib, bolalarning musiqa san'ati asarlarini tushunishga ijro etishga o'rgatish ishlarini kichik yoshdan boshlashni taqozo etadi. Shunga ko'ra estetik tarbiyalash maqsadida Barcha maktablarda va maktabdan tashqari muassasalarda bolalarning badiiy musiqa, rassomlik, haykaltaroshlik bilan shug'illanishga sharoit yaratish alohida nazarda tutilgan. Musiqa bolalar va yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashning g'oyat

ta'sirchan va samarali vositasi sifatida ham ahamiyatga egadir. Maktabdagi musiqa ta'limi va tarbiyasi bo'yicha sinfda va sinfdan tashqari olib borilgan shular orqali Vatanga muhabbat hislarini, xalqlarga nisbattan do'stlik va hamkorlik munosabatlari, barcha millat xalqlarining huquqlari va erkinliklarini hurmat qilish bilan chambar-chas va uzviy bog'liqdir.O'quvcgilarda o'zbek musiqasi tilining o'ziga xos xususiyatlariga doir tushuncha va tasavvur hosil qilish ancha murakkab, uzoq vaqt davom etadigan jarayondir. Bunda vazifa o'quvchilarning musiqani ongli idrok etishlari elimentar tahlil qilishlari va ularning musiqa haqidagi bilimlarini boyitib borish asosiy vazifa deb bajarilishi qaraladi.

XULOSA

Biz xalqimizning dunyoda hech kimdan kam bo'lmasligi, farzandlarimizning bizdan ko'ra kuchli, ilmli, dono va albatta baxtli bo'lib yashashi uchun bor kuch va imkoniyatlarimizni safarbar etayotgan ekanmiz, bu borada ma'naviy tarbiya masalasi hech shubhasiz beqiyos ahamiyat kasb etadi.Musiqa ta'limi va tarbiyasi orqali yoshlarni komil inson etib tarbiyalash lozim musiqa ta'limi yoshlarni tarbiyalashda juda katta ta'sir etadi. Yoshlarni komil inson etib tarbiyalash eng avvalo tarbiyaga bog'liq. Men Abdulla Avloniyning : «Tarbiya biz uchun yo hayot, yo mamot, yo najot, yo halokat, yo sadoqat, yo falokat masalasidir» degan fikrini ko'p mushohada qilaman. Buyuk ma'rifatparvarning bu so'zlari asrimiz boshida millatimiz uchun qanchalar muhim va dolzarb bo'lgan bo'lsa, hozirgi kunda biz uchun ham shunchalik, balki undan ham ko'ra muhim va dolzarbdir.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI

1. www.library.uz

2. D. Omonullayeva Maktabda musiqa tarbiyasi metodikasidan leksiyalar kursi, 1990.

3. Махкамова, Ш. Р. (2020). МУСЩА ИЛМИ ВА ИСЛОМ ДИНИ: ТАЛЛИН МУАММОСИ. Academic research in educational sciences, (3).

4. Махкамова, Ш. Р., & Асадуллаева, М. А. (2020). «ВЕЛИКИЙ ШЁЛКОВЫЙ ПУТЬ»: ВЗАИМОДЕЙСТВИЕ КУЛЬТУР ЗАПАДА И ВОСТОКА В КОНТЕКСТЕ ПРОБЛЕМЫ МОДЕРНИЗАЦИИ МУЗЫКАЛЬНОГО ОБРАЗОВАНИЯ В УЗБЕКИСТАНЕ. Science and Education, 1 (Special Issue 4).

5. Махкамова, Ш. Р. (2020). ХАЗРАТ НАВОИЙНИНГ МУСИКИЙ ТАФАККУРИ. Science and Education, 1(Special Issue 4), 215-222.

REFERENCES

1. www.library.uz

2. D. Omonullayeva Maktabda musiqa tarbiyasi metodikasidan leksiyalar kursi, 1990.

3. Махкамова, Ш. Р. (2020). МУСЩА ИЛМИ ВА ИСЛОМ ДИНИ: ТАЛЛИН МУАММОСИ. Academic research in educational sciences, (3).

4. Махкамова, Ш. Р., & Асадуллаева, М. А. (2020). «ВЕЛИКИЙ ШЁЛКОВЫЙ ПУТЬ»: ВЗАИМОДЕЙСТВИЕ КУЛЬТУР ЗАПАДА И ВОСТОКА В КОНТЕКСТЕ ПРОБЛЕМЫ МОДЕРНИЗАЦИИ МУЗЫКАЛЬНОГО ОБРАЗОВАНИЯ В УЗБЕКИСТАНЕ. Science and Education, 1 (Special Issue 4).

5. Махкамова, Ш. Р. (2020). ХАЗРАТ НАВОИЙНИНГ МУСИКИЙ ТАФАККУРИ. Science and Education, 1(Special Issue 4), 215-222.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.