Научная статья на тему 'Bolada musiqiy didni shakllantirish'

Bolada musiqiy didni shakllantirish Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
1834
153
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Oriental Art and Culture
Область наук
Ключевые слова
musiqa / musiqiy tarbiya / did / musiqiy tanlov / musiqaterapiya / xalq o’yinlari. / music / music education / musical choise / music therapy / folk games

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Dilnoza Cho‘liyeva, Azimjon Alarov

Ushbu maqolada bolani yoshlik chog’laridanoq musiqiy bilim bilan tanishtirish va shu orqali uning estetik didni oshirish haqida so‘z yuritiladi. Yoshlarni jismonan sog’lom, ma’nan yetuk bo‘lib yetishishida, musiqa, xalq o‘yinlarining o‘rni xususida fikrlar bildirilgan. Bolaning intelektual salohiyatini oshirishdagi musiqaning ahamiyati haqida bayon qilingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

FORMATION OF MUSICAL RELIGION IN A CHILD

This article is about introducing a child to musical knowledge from an early age and thereby shaping his or her aesthetic taste. Music and folk dances are used to help young people become pyssical healthy and spiritually mature. The importance of music in enhancing a child’s intellectual potential.

Текст научной работы на тему «Bolada musiqiy didni shakllantirish»

'Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal - (3) III/2020

ISSN 2181-063X

BOLADA MUSIQIY DIDNI SHAKLLANTIRISH

Dilnoza Cho‘liyeva O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti

Azimjon Alarov Qarshi Davlat Universiteti

Annotatsiya: Ushbu maqolada bolani yoshlik chog’laridanoq musiqiy bilim bilan tanishtirish va shu orqali uning estetik didni oshirish haqida so‘z yuritiladi. Yoshlarni jismonan sog’lom, ma’nan yetuk bo‘lib yetishishida, musiqa, xalq o‘yinlarining o‘rni xususida fikrlar bildirilgan. Bolaning intelektual salohiyatini oshirishdagi musiqaning ahamiyati haqida bayon qilingan.

Kalit so‘zlar: musiqa, musiqiy tarbiya, did, musiqiy tanlov, musiqaterapiya, xalq o’yinlari.

FORMATION OF MUSICAL RELIGION IN A CHILD

Dilnoza Chuliyeva Uzbekistan State Institute of Arts and Culture

Azimjon Alarov Karshi State University

Abstract: This article is about introducing a child to musical knowledge from an early age and thereby shaping his or her aesthetic taste. Music and folk dances are used to help young people become pyssical healthy and spiritually mature. The importance of music in enhancing a child’s intellectual potential.

Keywords: music, music education, musical choise, music therapy, folk games.

Eng qadimgi zamonlardan buyon insoniyatning mavjudligi musiqa bilan chambarchasdir. Matematika va astronomiya fanlari qatorida musiqa san’ati ham antik davrning tarkibiy qismidir. Musiqa azal-azaldan xalqlarni, millat va elatlarni, dillarni bir-biriga bog’lovchi mustahkam ko‘prikdir. Musiqa nafaqat qalblarga orom beradi, balki estetik didni oshiradi, ruhni tarbiyalaydi, ma’naviy kamolotga yetkazadi va madaniy saviyani oshiradi. Musiqa inson tafakkurini va ongini rivojlantiradi. Bundan tashqari musiqa bola tarbiyasi uchun muhim vositalardan biridir. Bunga misol: bola tug’ilishi bilan u eshitadigan birinchi ovoz, birinchi kuy ona allasi. Ona allasi bilan birga uning qalbida ota-onasiga, vataniga muhabbat tug’iladi. Allada yaxshi tarbiya ko‘rgan bola jamoa o‘rtasida, to‘y tomoshalarda, ota-onaning obro‘si uning shuhrati sifatida ta’riflanadi. Alla bolani chaqaloqlik davridanoq ohanglar

г<м

112

HTTP://OAC.DSMI-QF.UZ

'Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal - (3) III/2020

ISSN 2181-063X

vositasida ezgulikka chorlaydi.Qulog’iga aytilgan azon ovozidan esa o‘zining kimligi-yu, qaysi millat farzandi ekanini his etadi.

Bundan tashqari, eramizdan avvalgi IVasr yunon faylasufi Aflotuun “Eng katta tarbiyaviy omilmusiqiy san’atda mujassamlashgan. Zeroki, ohang va uyg’unlik (garmoniya) bolalik chog’iga qalbga chuqur yo‘l topadi va salobat baxsh etib, uni ko‘rkam qiladi. Bu esa musiqiy tarbiyani to‘g’ri yo‘lga qo‘yishni taqozo etadi, aks holda uning teskarisi kelib chiqadi”, degan edi.

Darhaqiqat, musiqa murakkab hissiyotlarni o‘zida mujassamlashtirgan kayfiyatni ifodalashda keng ahamiyatga ega. Uning kuchi shunda-ki, shodlanish, qayg’urish, xayol surish, bardamlik, jasurlik, tushkunlik kabi ruhiy holatlarni o‘zaro bog’liqlikda ifoda etadi. Musiqiy tarbiyada bola o‘z hissiyoti va fikrlarini takomillashtirib boradi. Shuning uchun ham bola tinglaydigan musiqiy asarlar o‘z xarakteri, janriga ko‘ra uning aqliy, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlanishiga salbiy ta’sir ko’rsatmasligi kerak.

Bola kamolotida muhim o‘rin tutuvchi ma’naviy va axloqiy poklik, imon, insof, diyonat, or-nomus, oqibat singari fazilatlat o‘z-o‘zidan shakllanib qolmaydi. Balki unga ta’sir ko‘satadigan tashqi omillarga ko‘p narsa bog‘liq. Aytaylik, oiladagi sog’lom-nosog’lom muhit, kattalarning bir-biriga va yosh bolaga munosabati, bolani biror bir to‘garak yoki hunarga jalb qilish va h.k. Hozirgi tezkor davrda bolaning bo‘sh vaqtini foydali o‘tkazish uchun uni nimadir bilan mashg’ul qilish kerak. Aytmoqchimiz-ki, bekorchilik zerikish va uning oqibatida dangasalikni keltirib chiqaradi. Yohud bekorchilik turli buzg’unchiliklarning sababchisi, dangasalik esa bir necha xil kassalliklarning asosiy omilidir. Bunga befarq bo‘lish esa faqat bir oilaning emas, jamiyatning, millatning tanazzulidir.

Musiqa bilan tanishtirish, tarbiyalash yaxshi, albatta. Ammo har bir yoshga oid tinglanadigan musiqalar kategoriyasi bor. Yosh bolaga mumtoz yoki o‘ta sho‘x musiqa eshitirsangiz uni tushunmasligi tabiiy. Bundan tashqari o‘ta baland tovushlar, jazavali musiqalar, ma’nosini o’zi bilmaydigan chet el musiqa va qo’shiqlari bolaning (hatto har bir yetuk kishining) faqat eshitish qobiliyatiga ta’sir etibgina qolmay, ruhiy buzilish va zo‘riqishga olib keladi. Shu bois har bir yoshga mos musiqa tinglash maqsadga muvofiq. Ayniqsa, endigina shakllanayotgan bolaning miyasini jazavali musiqalar bilan zararlamaslik lozim.Buning uchun qilinadigan eng muhim ish bolada musiqiy didni, tanlov qobiliyatini shakllantirish hisoblanadi.

Boshlang’ich musiqamaktablarda o‘qitishesa musiqa madaniyatining asosiy poydevori shakllanadi. Ammo maktabgacha tarbiya inson shaxsi shakllanishining muhim, mas’uliyatli davri sifatida mustaqil ahamiyat kasb etadi. Chunki u boshlang’ich ta’limning tayyorgarlik bosqichidir.Boshlang’ich maktab musiqa darslarida bolalarning aqliy rivojlanishlari me’yoriga mos oddiy musiqiy bilim, tushuncha va malakalar tarkib toptiriladi. Musiqani tinglash, qo’shiq kuylash, oddiy

г<м

113

HTTP://OAC.DSMI-QF.UZ

'Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal - (3) III/2020

ISSN 2181-063X

cholg’ularda chalish orqali badiiy idrok etish, musiqadan olgan taassurotlari, bilganlari haqida gapirib berish, asarni badiiy baholash, musiqa ijodkorligi malaka-ko‘nikmalarini rivojlantirish amaliyotlari vositasida o‘quvchilarda musiqaga havas va badiiy ehtiyoj uygotiladi. Musiqa darslari maktabda teng huquqli fan hisoblanib, haftada ikki soatdan o’qitiladi, maktab o’quv rejalari va dasturlariga yozma ishlar, reyting hamda muqarrar va ixtiyoriy imtihonlar joriy etiladi .Iqtidorli va ishtiyoqmand o’quvchilar badiiy ehtiyojlariga qarab fakultativ darslar, musiqa to‘garaklari va boshqa mashg’ulotlarda badiiy rivojlantiriladi. O‘quvchilarni musiqiy rivojlantirish, badiiy ehtiyojini qondirish, iqtidorli o‘quvchilarni ijobiy rivojlantirish yo’lida tabaqalashtirib o‘qitish uchun zarur imkoniyatlar yaratiladi. Biroq bu degani hamma ma’suliyatni o’qituvchi yoki tarbiyachiga yuklab qo‘yish kerak degani emas. Oilada ota-ona yoki aka-opalar bilan birga shug’ullanish, ularning nazorati va albatta, rag’bati bilan bolada musiqaga qiziqish yuksaladi. Natijada esa musiqani his qilish, uni tushunish va mehr berish tuyg’ulari shakllanadi.

Musiqa bolaga har tomonlama yordam berib, tevarak-atrofni obrazli, emotsional idrok etish va bola xarakterning shakllanishiga ta’sir ko‘rsatish uchun musiqa tarbiyasining maqsadidan kelib chiqib, quyidagi vazifalar qo‘yiladi:

1. Bolada musiqiy qobilyatni rivojlantirish.

2. Bolalarni ashula aytish va musiqaviy ritmik malakalarga o‘rgatilib, ularda musiqani qabul qilishni his etish va tushinish qobilyatlarini tarbiyalash.

3. Bolada badiiy ijodiy qobilyatlarni rivojlantirish.

Musiqiylikning rivojlanishi tufayli bolalar musiqa obrazlarini, ularning atrofdagi qo‘shimcha, obrazlarni bolalar yorqin his eta boshlaydilar. Bu esa, o‘z navbatida ularning tevarak-atrofni bilishda, estetik baholanishni tarbiyalashda katta ahamiyatga ega.]1.

San’at va axloq. Bu ikki ma’naviy hodisa shu qadar mustahkam aloqadaki, biri ikkinchisining ishtirokisiz to‘laqonli mavjud bo‘lolmaydi. Har ikkalasini ham insonshunoslik deb atash mumkin, faqat ular anatomiya kabi odam a’zolarini emas, inson axloqiy — estetik-ruhiy muruvvatlarini, ya’ni uning ezgulik va go‘zallikka, yovuzlik va xunuklikka munosabatini aks ettiradi, o‘rganadi. Shu sababli axloqdan tashqarida san’atning mavjudligi mumkin emas, ayni paytda san ’atsiz axloq targ‘ibotdan mahrum bo‘lib qoladi va faollik xususiyatini yo‘qotadi. Zero, san’atning azaliy va abadiy bosh mavzusi ezgulik bilan yovuzlik o‘rtasidagi kurashdir, boshqa barcha insoniy muammolarning o'rtaga tashlanishi va hal etilishi badiiy asarda ana shu mavzuning ochib berilishi uchun yordamchi vazifasini o‘taydi.]2.

Tibbiyotda musiqaterapiya degan alohida yo‘nalish bor. Uni psixoterapiya sifatida, shuningdek og‘ir betob bo‘lgan bemorlarga yordam uchun qo‘llaniladi. Musiqaterapiyani yana bir qiziqarli metodi - bu ashulalar yozish. Bu metodni ayrim psixoterapevtlar ishtirokchilar bilan ishlashda qo‘llashadi. Agar inson o‘z

г<м

114

HTTP://OAC.DSMI-QF.UZ

'Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal - (3) III/2020

ISSN 2181-063X

hissiyotlami so‘z bilan izohlay olmasa unga musiqa yordamga keladi: u o‘z tarixini aytib berishga, chuqur hissiyotlarni boshdan kechirishga, o‘zini yaxshiroq tushunishiga muhim qaror qabul qilishga va o‘z qadriga yetishga yordam beradi. Musiqa bilan shug‘ullanish turli intellektual va ruhiy buzulishlari mavjud odamlarga, jumladan bolalarga jamiyatga yaxshi moslashish va kirishib ketishga yordam beradi. Sog’ligida, xarakterida, boshqalar bilan munosabatida yoinki ruhiyatida oqsash kuzatiladigan bolalarda o‘z vaqtida qo‘llangan musiqa terapiya ijobiy natijalar beradi.

Yana shuni ham aytib o‘tish joiz-ki, bolalarning intellektual salohiyatini oshirishda musiqa bilan birga xalq o’yinlarining ham o‘rni beqiyos. Xalq o’yinlari bolalarga bag’rikenglik, do’stona munosabatlar, va kirishimlilikni o’rgatadi. Bolalarni o’yinga jalb qilishda uning yoshi, jismoniy holati, xarakteri va bolalarning soni inobatga olinadi. An’anaviy va milliy o’yinlar bolalardagi bir qancha sifatlarni shakllantiradi:

> ma’rom tuyg’usini his qilish,

> raqs mahoratini o’stirish,

> shaxsni shakllantirish,

> harakatga undash,

> ruhiy jarayonlarning takomillashuvi,

> nutq ravonligi,

> tezkor fikrlash,

> jismoniy sifat va salomatligina yaxshilash,

> milliy qadriyatlar va an’analardan xabardolik,

> hamda eng asosiysi Vatan uchun hurmat tuyg’usi.

Umuman olganda an’anaviy xalq o’yinlari va milliy bellashuvlar inson hayotida nafaqat xalq madaniyati va san’atining azaliy ajralmas bo’lagi, shuningdek bolalar va kattalarni tarbiyalovchi muhim omil sifatida ham ahamiyat kasb etadi. Shundan kelib chiqib, sog’lom avlodni tarbiyalash jarayoniga milliy xalq o’yinlarini ham faol nadbiq etish lozim. Milliy xalq o’yinlari, kuy-qo‘shiqlari asrlardan-asrlarda o‘tib, xalqning dono tajribasini o’zida jamlagan. Ruhiyat, tanani chiniqtirish choralari sifatida asriy sinovlardan o‘tgan bu o‘yinlar. Yana ta’kidlab aytamiz-ki, yoshlarni jismonan sog’lom, ma’nan yetuk qilib tarbiylash bugun har doimgidan-da muhimroq. Chunonchi, millat kelajagi, yurt ravnaqi yoshlar qo’lida ekanligi his qilmog’imiz lozim.

Foydalanilgan adabiyotlar

[1] Nafisa Yusupova. Musiqa savodi, metodikasi va ritmika. Ikkinchi nashr.. «Musiqa» nashriyoti Toshkent 2017. 34.BET

[2] Abdulla Sher, Bahodir Husanov. Estetika. Uslubiy qo‘llanma. Ikkinchi nashr. Toshkent. O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati nashriyoti 2010. 141-bet

г<м

115

HTTP://OAC.DSMI-QF.UZ

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.