YOSH AVLODNING MA'NAVIY YUKSALISHIDA JAHON TAJRIBASIGA
ASOSLANGAN MUSIQA TA'LIMI HAMDA ESTRADA SAN'ATINING
TA'SIRI
Yu. A. Bazarbekova
Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti "Musiqa madaniyati"
fakulteti o'qituvchisi
ANNOTATSIYA
Mazkur maqolada yoshlarning ma'naviy yuksalishida musiqa ta'limining o'rni. Musiqa ta'limini jahon tajribasi asosida rivojlantirish hamda maktab o'quvchilariga cholg'u ijrochiligini Estrada san'ati orqali singdirish.
Kalit so'zlari: Musiqa ta'limi, estrada, cholg'u, fortepiano, ijrochilik, umumta'lim.
THE INFLUENCE OF MUSIC EDUCATION AND POP ART BASED ON WORLD EXPERIENCE IN THE SPIRITUAL GROWTH OF THE YOUNG
GENERATION
ABSTRACT
This article discusses the role of music education in the spiritual development of young people. Development of music education on the basis of world experience and inculcation of instrumental music in schoolchildren through pop art.
Keywords: Musical education, variety, instrument, piano, executive, general education.
Yoshlarning ma'naviy yetukligi, ta'lim tarbiyasi davlatning iqtisodiy, aqliy va madaniy salohiyatini belgilovchi eng muhim ko'rsatkichlardan biri hisoblanadi. Prezidentimizning yangi 2021 yilni "Yoshlarni qo'llab-quvvatlash va aholi salomatligi" yili deb e'lon qilgani ham bejizga emas. Musiqa bu ta'lim tarbiyaning eng faol turi hisoblanadi. Chunki musiqa har bir elning milliy qadriyatlarini, tarixini insonning qalbiga yetkazib beruvchi vositadir. Musiqa ta'limi va tarbiyasi o'quvchi yoshlarni komil inson qilib tarbiyalashda muhim o'rin tutadi. Yosh avlodni yuksak madaniyatli estetik didi yuqori darajada rivojlangan yetuk inson qilib tarbiyalashda musiqiy ta'limning ahamiyati beqiyosdir. Forobiy musiqaga inson axloqini tarbiyalovchi, sihat-salomatligini mustahkamlovchi vosita deb qaragan.
Respublikamizning «Ta'lim to'g'risidavgi Qonuni, «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» talablari asosida ta'lim tizimida ro'y berayotgan o'zgarishlar umumiy o'rta ta'lim maktablaridagi boshqa o'quv fanlari qatori «Musiqa madaniyati va san'at » fanining
o'qitilishini ham tubdan yangilashni talab etmoqda. «Musiqa madaniyati va san'at» o'quv prcdmeti o'quvchilarning ma'naviy, badiiy va axloqiy madaniyatini shakllantirishga, milliy g'urur va vatanparvarlik tarbiyasini amalga oshirishga, ijodiy mahorat, nafosat va badiiy didni o'stirishga, fikr doirasini kengaytirishga, mustaqillik va tashabbuskorlikni tarbiyalashga xizmat qiladi. Ammo shunday bo'lsada tan olishimiz kerakki musiqa madaniyati va san'ati darslari yetarli darajada e'tibor berilmayapti.
Musiqa boshqa san'at turlaridan o'zining ifoda vositalari, ya'ni "tili" bilan farq qiladi. Agar badiiy adabiyot so'z bilan, tasviriy san'at ranglar bilan, raqs san'ati harakat bilan ifodalansa, musiqa esa musiqiy tovushlarda vujudga kclgan ohang vositasida ifodalanadi. Musiqani faqatgina tinglab idrok etib bo'lmaydi, chunki uning har bir ohangini mazmun-mohiyatini chuqur o'rganmasdan turib, ijro etib ko'rmay turib his etishning iloji yo'q. Xalqaro tajriba korsatkichlari buni isbotlab kelmoqda. Misol uchun Amerika Qo'shma Shtatlarini olsak, u yerdagi ta'lim tizimi biz o'rgangan tizimdan butkul farq qiladi. O'quv yurtlarining turli xil darajadagilari mavjud bo'lsada ularning hammasi "maktab" deb yuritiladi. Oliy o'quv yurtidagi bakalavr, magistr darajalarini beruvchi o'quv yurtlari ham oddiygina "yuqori maktab" deb ataladi.
Mazkur "maktab" larning o'quv dasturlarida musiqa ta'limi uzluksiz tarzda berib boriladi. Ya'ni musiqa ta'limi bizning musiqa maktablarimizdek alohida musiqani o'rgatadigan maktablarda emas, balki umumta'lim maktabining o'quv dasturlariga kiritilgan. O'quvchi kichik sinflarda unga ajratilgan fanlar bo'yicha dars oladi, ammo o'rta sinflarga o'tganda ular o'zlari qiziqishlariga qarab fanlarning soatini belgilab tanlashadi. O'quv dasturlariga muvofiq kichik sinflardagi har bir o'quvchi musiqa yo'nalishda davom ettirmasada, bemalol qaysidir cholg'u asbobida ijro eta oladi. Masalan, kimdir truba, saksafon, fortepiano, skripka va hokazoda ijro etishni yoki xor jamoasida kuylashni o'rganadi. Musiqa ta'limini chuqur egallashni xoxlayotgan hamda shu yo'nalishni o'ziga kasb qilib tanlashni xoxlagan o'quvchi maktabning simfonik orkestrida qatnashishni boshlaydi. Mana shunday asosiy fundamental ta'limnihar bir o'quvchi olsada, hamma ham kasb sifatda bu yo'nalishni tanlamaydi. Ammo musiqaning beqiyos tilini o'rganadi, dunyoqarashini kengaytiradi.
Ushbu dunyoning rivojlangan davlatida oliy ta'lim 3 bosqichga bo'linadi: undergraduate (demak boshlang'ich ya'ni bakalavr darajasini beruvchi 4 yil), graduate (2 yil magistratura darajasini beruvchi) hamda postgraduate (3 yillik hozirgi kundagi bizning Doktor PHD darajasini beruvchi). Oliy ta'limga o'tgan har qanday talaba musiqa olamining ranglarini yaxshi ajrata oladi. Ularda musiqiy did ham rivojlangan bo'ladi. Har bir musiqa asbobini ijro etish qay darajada murakkab hamda katta mehnat ortidan kelishini tushungan har bir o'quvchi musiqa ijrochilarini albatta katta hurmat bilan kutib oladi.
Zamonaviy hayotning globallashuv jarayonida jahon hamjamiyatida faol rivojlanayotgan ta'lim sohasidagi xorijiy tajribalarni tahlil qilish dolzarb mavzulardan
biridir. AQSH hamda Rossiya davlatlaridagi ta'lim tizimlarini, ya'ni musiqa ta'limini ham qiyosiy tahlil qilish davr talabidir. Musiqaning shaxs tarbiyasiga ta'siri, musiqiy asarlarni idrok etilganda, ulardagi umuminsoniy qadriyatlar shaxsning tafakkuridagi mulkiga aylanishi bu haqiqat. Musiqa san'ati xalqaro muloqotni o'zaro tushunish va yaqinlashtirishga yordam beradi, shuning uchun Qo'shma Shtatlardagi o'rta maktab o'quvchilarining musiqiy ta'lim tajribasini aniqlab, mamalakatimizdagi musiqa ta'limi nazariyasi va amaliyotini bilan solishtirib, bizning ta'lim dasturlarimizga to'g'ri keladigan yangiliklar bilan boyitish juda muhimdir.
Xorijiy mamlakatlarda hamma o'quv maskanlari bitta o'qub reja va dasturga amal qilinmaydi. Davlat maktablaridan tashqari ularda xususiy maktablar, kollejlar va oliy ta'lim dargohlari mavjud bo'lib, bu dargohlarda o'qituvchlarga keng ijodiy erkinlik berilgan. O'qituvchi ta'lim dargohida o'quvchilarning bilim saviyasiga qarab o'quv rejalariga o'zgartirishlar kiritish huquqiga egadir.
Xorij davlatlaridan yana biri Vengriyani misol qilib oladigan bo'lsak musiqiy ta'lim 1 sinfdan 11 sinfgacha davom etadi. Birinchi sinfdan uchinchi sinfgacha musiqaning asosiy nazariyasi hamda jamoa bo'lib kuylash o'rgatiladi. Uchinchi sinfdan boshlab esa har bir o'quvchi o'zi tanlagan cholg'u asbobidan ijro etishni o'rganishni boshlaydi.
Vengriya umumta'lim maktablarida musiqa ta'limi 1- sinfdan 11-sinfgacha davom
etadi
Asosiy o'tiladigan 1- 3- sinfgacha 3- Sinfdaan boshlab
yo'nalishlar musiqa tanlangan cholg'u
nariyasi ijrochiligi
Umumta'lim maktablari orasida musiqa-qo'shiqchilik to'liqsiz o'rta maktablari, ya'ni musiqani chuqur o'rganishga qaratilgan umumta'lim maktablari keng joriy etilgan. Ularda birinchi - to'rtinchi sinf o'quvchilari haftada olti soat, beshinchi-yettinchi sinflarda esa to'rt soat musiqa va ikki soat xor mashg'ulotlari bilan shug'ullanadilar.
Musiqa ta'limiga ixtisoslashtirilgan maktablarda o'quv dasturdagi soatlar
Sinflar Ajratilgan soatlar
1-4 Sinfda 1 Haftada 6 soat
5-7 sinflarda 1 haftada 4 soat musiqa 2 soat xor mashg'ulotlari
Maktablarda shuningdek, fortepiano, skripka, puflama musiqa cholg'ulari sinflari mavjud. Bunday maktablardagi sinflarda o'quvchilar soni umumta'lim maktab sinfidagi bolalar soniga nisbatan kamroq, ya'ni 26 o'quvchidan ortmaydi. Bundan tashqari, ularda umumta'lim yo'nalishdagi o'quv fanlarining soni ham barcha o'quv fanlaridan
bilim berayotgan o'qituvchi musiqa darsini ham o'tadi. Beshinchi - sakkizinchi sinflarda bu darslarini musiqa mutaxassisi olib boradi. Bolalarning musiqa savodini chiqarishda ustoz tomonidan qo'l harakatlari, maxsus imo - ishoralar keng qo'llaniladi. Bundan tashqari musiqa ta'limi chuqur o'rgatiladigan maxsus maktablar ham mavjud. Ushbu maktablar o'quvchilarni kasbga tayyorlaydi, u dargoh bitiruvchilari konservatoriyalarda o'qishni davom ettiradilar.
Ushbu kuzatuvlardan kelib chiqib Rossiya davlati ta'lim tizimi allaqachon musiqa darslarini amaliyot bilan bog'lashga ulgurdi. Hozirgi kunda umumta'lim maktabida tahsil olayotgan o'quvchilar cholg'u asboblarining ijrosini ham o'rganishmoqda. Ushbu ta'lim tizimini yo'lga qo'yish uchun albatta o'rgatish metodikalarni avvalambor ishlab chiqish zarur. Umumta'lim tizimida har bir o'quvhi bilan individual shug'ullanishning iloji yo'qligi barchamizga ma'lum. Shuning uchun cho'lg'u ijrochiligini eng oddiy elementlarini o'quvchida ko'nikma paydo bo'lishi uchun o'rgatish zarur. Ya'ni musiqa maktablari kabi kasbga yo'naltirib butun qonuniyatlarga rioya qiladigan repertuarlarmas balki o'quvchining xoxish-istagidan kelib chiqgan kichik asarlar tanlanishi zarur.
Hozirgi kunda butun dunyoda hamda mamlakatimizda Estrada san'atiga katta e'tibor berilmoqda. Ushbu e'tiborning asosiy sababi, yoshlarning bu san'at turiga qiziqish bildirayotganlaridir. Faqat bu san'at turini asl durdona asarlarining targ'ibotiga e'tibor ozgina kam. Saviyasi pastroq bo'lgan musiqa asarlariga yoshlarimizning qulog'i o'rganmasligi lozim. Buning oldini olishning eng samarali yo'li yoshlarni maktab paytidan nafaqat musiqa bilan tanishtirib, yuzaki musiqa olamida sayr qildirish, balki ularni shu asarlarni o'zlari ijro eta oladigan ta'lim tizimini yo'lga qo'yish orqali erishiladi. Bu tizimni yo'lga qo'yishni aynan yoshlar qiziqayotgan yo'nalishdan boshlash kerak deb hisoblaymiz. Bunda nafaqat o'quvchilarni qiziqishlarini ahamiyatga olgan bo'lamiz balki o'qituvchiga pedagogik faoliyatida ijodiy muhitni yaratishga ko'maklashgan bo'lamiz.
Albatta o'quvchi avvalambor musiqiy madaniyati milliy merosi, milliy madaniyatini yoritib beradigan asarlar bilan tanishishdan boshlash lozim. Chunki inson avvalambor o'zligini, kim ekanligini anglamog'i lozim. Shuning uchun ham hozirgi kunda milliy merosimiz bo'lgan maqom san'atining targ'ibotiga davlat darajasida katta e'tibor qaratilyapti. Maktablarda ham maqom san'atini targ'ib qiluvchi dars soatlari kiritilmoqda. Bundan tashqari o'quvchi asosiy fundamental bilimlar hisoblanmish klassik musiqa nazariyasi bilan ham yaqindan tanishib chiqishi lozim. Ammo bizning o'quvchilar dunyoqarashi keng, yetuk, zamonaviy fikrlaydigan hamda ziyoli avlod bo'lishlari lozim. Buning uchun esa ularning dunyoqarashlarini yanada boyitishimiz zarur. Dunyoning rivojlangan davlatlarining turmush tarzi ayniqsa madaniyati bilan yaqindan tanishtirishimiz zarur.
So'zimizning boshida musiqani o'zining "tili" borligi haqida so'z yuritgandek. Musiqaning tili shu qadar sehrli tilki uni tushunish uchun hech qanday lug'atning keragi
yoq. Chunki musiqani qaysi davlatda ijro etishimizdan qat'iy nazar u bir tilda so'zlaydi. Demak, musiqa xalqlarni bir biriga yaqinlashtiruvchi, madaniyatni yuksak bosqichlarga ko'taruvchi vositadir. Uning biz bilgan sehrli tovushlari davlatlararo do'stlikni mustahkamlaydi. Bundan tashqari o'z milliy madaniyatni dunyoga tanitish uchun ham musiqa katta bir quroldir. Shu sababli professional musiqa ijrochilarini yetishtirib chiqarish uchun avvalambor xalq ichida talab mana shu darajada bo'lishi kerak deb hisoblaymiz. Bunday talabni shakllantirish uchun esa barcha yoshlarimizni musiqaning haqiqiy durdona asarlari bilan yaqindan tanishtirish lozim
REFERENCES
1. Umumiy o'rta ta'limning davlat ta'lim standarti va o'quv dasturi. Musiqa 6-maxsus son. Toshkent "Sharq" 1999 yil
2. G. Sharipova. Musiqa o'qitish metodikasi. Toshkent 2009 yil
3. Кирилл Мошков. "Индустрия джаза в америке" 2013 г.