Научная статья на тему 'Роль и значение национальной и классической музыки в развитии молодого поколения'

Роль и значение национальной и классической музыки в развитии молодого поколения Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
218
16
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Общество и инновации
ВАК
Область наук
Ключевые слова
музыка / классическая музыка / гармонично развитое поколение / молодежь / музыкальная культура / шашмаком / лапар. / music / classic music / competent generation / the youth / music culture / shashmaqom / lapar.

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Эльмурод Тожибоев

В статье обсуждается значение содержания нового образования, предусмотренного государственными образовательными стандартами, установленными в нашей стране, в развитии таких индивидуальных качеств, как наблюдательность, творческое мышление, инициативность, художественный и музыкальный вкус, а также в повышении уровня знаний и навыков. Будущее подрастающего поколения во многом зависит от потенциала учителя, его профессиональной подготовки, обучения и воспитания студентов, а также от передачи этого музыкального и культурного наследия следующему поколению в том виде, в каком мы его унаследовали.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

The role and importance of national and classical music in the development of young generation

The article discusses the significance of the content of the new education provided in the state educational standards established in our country in developing individual qualities such as observing, creative thinking, initiative, literal and musical taste as well as increasing knowledge and skills. The future of the younger generation depends in many ways on the teacher’s potential, professional training, teaching and educating students, and passing on this musical and cultural heritage to the next generation as we inherited it.

Текст научной работы на тему «Роль и значение национальной и классической музыки в развитии молодого поколения»

Жамият ва инновациялар -Общество и инновации -Society and innovations

Journal home page: https://inscience.uz/index.php/socinov/index

The role and importance of national and classical music in the development of young generation

Elmurod TOJIBOYEV1

Namangan State University

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Article history:

Received April 2021 Received in revised form 20 April 2021 Accepted 15 May 2021 Available online 25 June 2021

Keywords:

music,

classic music, competent generation, the youth, music culture, shashmaqom, lapar.

The article discusses the significance of the content of the new education provided in the state educational standards established in our country in developing individual qualities such as observing, creative thinking, initiative, literal and musical taste as well as increasing knowledge and skills. The future of the younger generation depends in many ways on the teacher's potential, professional training, teaching and educating students, and passing on this musical and cultural heritage to the next generation as we inherited it.

2181-1415/© 2021 in Science LLC.

This is an open access article under the Attribution 4.0 International (CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)

Milliy va mumtoz musiqaning barkamol avlod kamolotidagi o'rni va ahamiyati

ANNOTATSIYA_

Ushbu maqolada Respublikamizda ta'sis etilgan davlat ta'lim standartlarida nazarda tutilgan yangi ta'lim mazmunining o'quvchilarning musiqiy bilim va malakalarini o'stirish bilan birga ularda kuzatuvchanlik, ijodiy fikrlash, tashabbuskorlik, badiiy va musiqiy did kabi individual xislatlarni rivojlan-tirishdagi ahamiyati haqida so'z yuritilgan. Yosh avlodni kelajagi ko'p jihatdan o'qituvchiga uning salohiyatiga, kasbiy tayyor-garligiga, o'quvchilarni o'qitish va tarbiyalashga bog'liq bo'lib, maqsadimiz kelajak avlodga bu musiqiy madaniy merosni qanday olgan bo'lsak shunday yetkazishdir.

Kalit so'zlar:

musiqa,

mumtoz musiqa, barkamol avlod, yoshlar,

musiqa madaniyati,

shashmaqom,

lapar.

1 PhD Student, Namangan State University, Namangan, Uzbekistan. E-mail: [email protected].

Роль и значение национальной и классической музыки в развитии молодого поколения

Mamlakatimizda yangilangan, jahon andozalariga mos keladigan ta'lim mazmuni o'z-o'zidan emas, balki, ilg'or pedagog-olimlar, metodist o'qituvchilar va jahon miqiyosida orttirilgan pedagogik yutuqlar orqali takomillashib boradi. Shu bois ham ta'limni hozirgi bosqichida uni isloh qilish vazifalari yangicha fikrlovchi, shiddatli axborot va axborot texnologiyalari, kompyuterlashgan modelli o'qitish, tez rivojlanayotgan sharoitda yosh avlod ta'lim tarbiyasi uchun mas'ul ijodkor o'qituvchilarni shakllantirish vazifasini asosiy o'ringa qo'yilmoqda.

Mavjud tajribalar shuni ko'rsatadiki, ta'lim mazmuni qanchalik yangilanmasin, mukammal o'quv dasturlari, darsliklar yaratilmasin, o'quv - tarbiya jarayonining samaradorligini ta'minlashda o'qituvchining pedagogik mahorati, yangi ta'lim texnologiyalarini o'zlashtirishi va ulardan ta'lim jarayonida unumli va o'rinli foydalana olishiga bog'liq bo'ladi.

Mustaqilligimizning poydevorini mustahkamlashda O'zbekistonning buyuk davlatga aylanishida ta'lim-tarbiya ishlarini to'g'ri yo'lga quyish dolzarb vazifalardan biri bo'lib kelmoqda. Davlatimiz mustaqillikka erishgach, o'zbek xalqi o'z madaniyati va san'atini har tomonlama rivojlantirish, uni yangi mazmun bilan boyitish imkoniyatiga ega bo'ldi. 1996-yil 31-dekabrdagi "Respublikada musiqiy ta'limni rivojlantirish, madaniyat va san'at o'quv muassasalarining ish samaradorligini oshirish haqida"gi hamda 2008-yil 28-iyuldagi "Bolalar musiqa maktablarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va ularning ish faoliyatlari samaradorligini oshirish bo'yicha 2009-2014-yillarga mo'ljallan-gan Davlat dasturi haqida"gi farmoni, 2020-yil 25 maydagi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Madaniyat va san'at sohasining jamiyat hayotidagi o'rni va ta'sirini yanada oshirish chora-tadbirlari to'g'risida" PF-6000-sonli farmoni, 2021-yil 18-yanvardagi O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "O'zbekistonda yoshlarga oid davlat siyosatini 2025-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida"gi 23-son qarori, yoshlarimizga bo'lgan e'tiborni yanada kuchaytirish, ularni madaniyat, san'at, jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish, yoshlarda axborot texnologiyalaridan foydalanish ko'nikmalarini shakllantirish, yurtimiz yoshlari o'rtasida kitobxonlikni targ'ib qilish, xotin-qizlar bandligini oshirish masalalariga urg'u berildi. Turli ziddiyatlar kuchayib borayotgan bugungi dunyo manzaralarida yoshlarimizning ma'naviy immunitetini

АННОТАЦИЯ

Ключевые слова:

музыка,

классическая музыка, гармонично развитое поколение, молодежь,

музыкальная культура,

шашмаком,

лапар.

В статье обсуждается значение содержания нового образования, предусмотренного государственными образовательными стандартами, установленными в нашей стране, в развитии таких индивидуальных качеств, как наблюдательность, творческое мышление, инициативность, художественный и музыкальный вкус, а также в повышении уровня знаний и навыков. Будущее подрастающего поколения во многом зависит от потенциала учителя, его профессиональной подготовки, обучения и воспитания студентов, а также от передачи этого музыкального и культурного наследия следующему поколению в том виде, в каком мы его унаследовали.

kuchaytirish, ularning bo'sh vaqtini mazmunli o'tkazish har qachongidan ham dolzarbroq ekanini zamonning o'zi ko'rsatib turibdi. Shu bois prezident tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbus muhim ahamiyat kasb etadi. Ma'lumki, davlat rahbari ijtimoiy, ma'naviy-ma'rifiy sohalardagi ishlarni yangi tizim asosida yo'lga qo'yish bo'yicha 5 ta muhim tashabbusni ilgari surgan edi. Birinchi tashabbus yoshlarning musiqa, rassomlik, adabiyot, teatr va san'atning boshqa turlariga qiziqishlarini oshirishga, iste'dodini yuzaga chiqarishga xizmat qiladi, bu esa san'atga bo'lgan e'tiborni yanada yaqqol misoli bo'la oladi. O'zbek mumtoz musiqasining yetakchi janri hisoblangan maqom san'ati ham uzoq tarixga ega bo'lib, bugungi kunda ularni yosh avlodga o'rgatishdek ma'suliyatli vazifani bajarishda ustoz hofizlar, musiqa o'qituvchilari bilan birgalikda, Bolalar musiqa va san'at maktablari o'qituvchilari ham alohida o'rin egallaydi. Maqom san'atining hayotimizdagi o'rnini oshirishga qaratilgan O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 17-noyabr-dagi "O'zbek milliy maqom san'atini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-3391-sonli qarorida xalqimiz madaniy merosining ajralmas qismi bo'lgan milliy maqom san'ati o'zining qadimiy tarixi, teran falsafiy ildizlari, betakror badiiy uslubi va boy ijodiy an'analari bilan ma'naviy hayotimizda muhim o'rin egallashi shu bilan birga, ayni vaqtda xalqimiz, avvalo, yosh avlodimizni yuksak insoniy tuyg'ular ruhida tarbiyalash, uning estetik didi va tafakkurini shakllantirishda maqom san'atining keng imkoniyat-laridan yetarlicha foydalanilmayotgani keltirib o' tilgan.

Mazkur jarayonning xususiyatlariga ko'ra musiqa mazmuni ham turli - epik, dramatik, lirik belgilarga ega bo'lishi mumkin. Bulardan insonning ichki dunyosi, ruhiy holatlarini ifodalashga moyil bo'lgan lirika musiqaning "botiniy" tabiatiga ancha yaqindir. Musiqaning mazmuni-shaxsiy, milliy va umumbashariy badiiy qiymatlarning birligidan iborat bo'lib, bunda ma'lum xalq, jamiyat va tarixiy davrga xos ruhiy tarovat, sur'at, ijtimoiy fikr va kechinmalar umumlashgan holda ifodalanadi. Musiqa shakllari har bir davrning ma'naviy ma'rifiy talablariga javob bergan holda, ayni vaqtda inson faoliyatining ko'pgina jabhalari (muayyan jamoaviy tadbirlar, odamlarning o'zaro etik va estetik ta'sir etish, muloqot qilish jarayonlari) bilan mushtarakdir. Musiqaning , ayniqsa, insonning axloqiy va estetik didini shakllantirish, hissiy tuyg'ularini rivojlantirish, ijodiy qobiliyatlarini rag'batlantirish vositasi sifatida roli juda muhimdir.

Insonning musiqa faoliyati asosan 3 bosqichda amalga oshiriladi: ijod, ijro va tinglash (o'quv). Har bir bosqichda asarning mazmun va shakli o'zgacha ko'rinishga ega bo'ladi. Ijod bosqichida badiiy g'oya va shakl muallif ongida mushtarak holda tug'iladi. Ijro jarayonida shakl va mazmun ijrochi tomonidan uning dunyoqarashi, estetik tasavvurlari, shaxsiy tajriba va mahoratiga mos ravishda o'zgartiriladi. Musiqa ixlosmandlari ham ijro etilayotgan asarni o'zlarining xususiy didi, hayotiy va badiiy tajribasiga asoslanib qabul qilishadi. Shunday qilib, musiqa faoliyati hamma bosqichlarda ijodiy tabiatga ega bo'ladi.

Respublikamizda ta'sis etilgan davlat ta'lim standartlarida nazarda tutilgan yangi ta'lim mazmuni o'quvchilarning musiqiy bilim va malakalarini o'stirish bilan birga ularda kuzatuvchanlik, ijodiy fikrlash, tashabbuskorlik, badiiy va musiqiy did kabi individual xislatlarni rivojlantirishni ham maqsad qilib qo'yadi. Yosh avlodni kelajagi ko'p jihatdan o'qituvchiga uning salohiyatiga, kasbiy tayyorgarligiga, o'quvchilarni o'qitish va tarbiyalashga bog'liq.

Buyuk mutaffakkir shoir Alisher Navoiy o'z asarlarida musiqa tarbiyasining qirralarini chuqur o'rganib, shunday dedi: "Musiqa jamiyat hayotining muhim negizidir.

Faqat musiqagina odamning qalbiga tiniqlik, mutanosiblik va o'z-o'zidan qanot tuyg'usini olib kiradi va uni baxtiyor qiladi".

Har bir xalqning o'z milliy musiqa san'ati mavjudligi, musiqa har bir tarixiy davming badiiy aksi ekanligi haqida o'quvchilarda aniq tushuncha hosil qilishi lozim. Shu asosda o'zbek musiqasining qisqa tarixi cholg'u asboblari va o'zbek xalq musiqa janrlari, maqomlari, mumtoz qo'shiqlari, zamonaviy qo'shiqlarini taqqoslab ko'rsatish mumkin. Masalan: "Shashmaqom" tojik va o'zbek xalqlarining azaliy birodarlik ramzi ekanligi, ulaming ko'p cholg'u asboblari bir xilda ekanligi va boshqa xalqlar foydalanishi mumkinligi xaqida, xalq musiqasi asosida yaratilgan kompozitorlik asarlar, zamonaviy musiqa va Sharq xalqlari musiqasi bilan tanishtirish, taqqoslash lozim. Mumtoz musiqa o'z qadrini yo'qotmagan chuqur mazmunga ega bo'lgan yetuk namunaviy, uzoq tarixga ega bo'lgan asar. "Xorazm maqomlari" turkumi Komil Devoniy (XIX-asrning oxirida) ixtiro etgan "tanbur chizig'i" yozuvida (tabulatura nota yozuvi o'rta asrning XII-XIII-asarlarida mavjud bo'lgan) kuy, usul va ijro asoslari qonunlashtirilib, qonun-qoidalarga bo'ysungan holda mukammal ijro etilishi Xorazmda yo'lga qo'yilgan (mazkur yozuvlar V. Belyayev, I. Akbarov tomonlaridan zamonaviy nota yozuviga ko'chirishgan; keyinchalik Ozod Bobonazarov, Botir Rahimov, Rustam Boltayevlar ilmiy-ijodiy izlanishlar natijasida "tanbur chizig'i" yozuvlari yangicha tasavvurga ega bo'ldi). XX-asrning 30-yillarida Xorazm olti yarim va Dutor maqomlari Yelena Romanovskaya (1939), 50-yillardan boshlab Matniyoz Yusupov (1958) tomonidan yozib olinib, chop etiladi.

Mumtoz musiqa ikki xil shaklga ega. Ulardan biri cholg'u musiqasi bo'lsa, ikkinchisi ashula yo'lidir. Cholg'u musiqasi tarkibida eng sodda xalq kuylaridan tortib, to murakkab maqom namunalarigacha o'z ichiga oladi. Shular orasida maqom cholg'u yo'llari bilan birga, juda ko'p an'anaviy mumtoz asarlar ham bor. Mumtoz musiqani o'zbek bastakorlari turli davrlarda yaratganlar. Mumtoz kuylar azaldan o'zbek xalq cholg'ulari: tambur, dutor, rubob, doira, chang, surnay kabi sozlarda ijro etib kelingan. Bunday kuylarga "Choli-iroq", "Munojat", "Tanovar", "Jonon", "Mirzadavlat", "Rohat", "Aliqam bar" ka'bi asarlar kiradi. Bu kuylari ijro etgan va yaratgan bastakorlar Usta Olim Komilov, Yunus Rajabiy, Turg'un Alimatov, Muhammadjon Mirzayev, Komiljon Otaniyozov va boshqalar. Milliy va mumtoz musiqalar juda boy tarixga va inson ichki kechinmalari, ruhiyati, hayot tarzi va faqatgina kuy ohangida idrok eta olinadigan ajoyib sexrga ham egadir. Ulardan ayrimlari haqida fikr yuritildi holos. O'zbek milliy va mumtoz musiqasi vohalar shevasi hamda turlari jihatidan juda ham ko'pdir. O'quvchilar xalq qo'shiqlari, maqomlar, mumtoz xalq musiqasi haqida fikr yurita olishlar, musiqani badiiy jihatdan mustaqil tinglab, uni mukammal idrok etish, musiqaning tuzilishi, yangi qo'shiqlar, musiqa adabiyoti, musiqa savodi bilan tanishlari kerak. Lekin vokal-xor ishlarida, qo'shiq o'rgatish, ovoz sozlash jarayonida ularni ovozlarini ehtiyot qilish metodik to'g'ri yo'llanma berish lozim. O'quvchilar, o'zbek xalq qo'shiqlari, maqomlari, mumtoz ashulalari, yalla va laparlar, xalq musiqasining mahaliiy uslublari bilan tanishib, tuzilish mazmunini, tarixini o'rganadilar. Mumtoz ashulalar, maqomlar kuylab, o 'zbek xalq musiqasini durdona asarlaridan zavq oladilar.

Musiqa bilan tanishtirish, tarbiyalash yaxshi, albatta. Ammo har bir yoshga oid tinglanadigan musiqalar kategoriyasi bor. Yosh bolaga mumtoz yoki o'ta sho'x musiqa eshitirsangiz uni tushunmasligi tabiiy. Bundan tashqari o'ta baland tovushlar, jazavali musiqalar, ma'nosini o'zi bilmaydigan chet el musiqa va qo'shiqlari bolaning (hatto har bir yetuk kishining) faqat eshitish qobiliyatiga ta'sir etibgina qolmay, ruhiy buzilish va zo'riqishga olib keladi. Shu bois har bir yoshga mos musiqa tinglash maqsadga muvofiq.

Ayniqsa, endigina shakllanayotgan o'quvchining miyasini jazavali musiqalar bilan zararlamaslik lozim. Buning uchun qilinadigan eng muhim ish o'quvchida musiqiy didni, tanlov qobiliyatini shakllantirish hisoblanadi.

Musiqani qabul qilishdagi bu tafovutlar hayot, turmush, tarbiya, musiqiy qobiliyatlarning rivojlanganlik darajasi, musiqiy eshitish qobiliyati, musiqa san'atini tushunishga tayyorlik va bunga bo'lgan hohish bilan bog'liq bo'lgan bir qator ob'yektiv hamda sub'yektiv sabablarga ega.

Agar o'quvchi tabiatan musiqiy qobiliyatga ega bo'lmasa yoki musiqani yetarli darajada idrok etish qobiliyatiga ega bo'lmasa u o'quvchi musiqachi bo'la olmaydi. Musiqani yetarli darajada idrok etish qobiliyatiga ega bo'lmaslik, deganda o'quvchining eshitgan musiqani umuman eslab qola olmasligi, ritmni butunlay his etmasligi, tovushlarning baland yoki past ekanligini qoniqarli darajada farqlay olmasligi tushuniladi. Bunday o'quvchilarga o'zlarining qiziqishi hamda qobiliyatiga mos bo'lgan boshqa biror mashg'ulot bilan shug'ullanish, ya'ni boshqa sohadagi to'garaklarga qatnashish tavsiya etiladi. Musiqa, ayniqsa, milliy musiqa, o'quvchi tarbiyasiga benihoya katta ta'sir ko'rsatib, ularda yuqori darajadagi badiiy, estetik zavq va didni shakllantiradi, go'zallikni musiqa orqali idrok etishda yetakchi ro'l o'ynaydi. Misol uchun: chet el kompozitorlari ichida dunyoga mashhur bo'lgan kompozitor avstriyalik Volfgang Amadey Motsartdir. Motsart -ning musiqaga bo'lgan qobiliyati 3 yoshidan boshlab yaqqol sezilgan, 8 yoshli opasi Annaning chalgan kuylarini bir eshitishda xatosiz aynan qaytarib chalib bera olgan. Motsart uxlashni yaxshi ko'rardi - uni uyg'otish juda qiyin edi. Faqat bitta usul beg'ubor ishladi: akkord ijro etilishi bilanoq, bastakor bir zumda uyg'ondi va improvizatsiya qila boshladi. Bundan tashqari, Betxoven boshini muzli suv bilan to'ldirilgan katta havzaga botirgandan keyingina musiqa yaratishni boshladi. Ushbu g'alati odat bastakorga shunchalik mahkam o'rnashib oldiki, u butun istagi bilan uni butun umri davomida tark eta olmadi. Musiqaning inson ongi va tafakkuriga ta'sir etishidan dalolatdir. O'rta asrlardagi maqomot evolyutsiyasida uchta tarixiy davr ajralib turadi: VI-VII-asrlardan XIII-asr boshlarigacha, XIII-XV-asrlar va XVI-asrdan XX-asr boshlarigacha".

Masalan, musiqa san'ati boshqa san'at turlaridan idrok etilishiga ko'ra farq qiladi, ya'ni u boshqa san'at turlaridan o'zining ifoda vositalari, ya'ni "tili" bilan farq qiladi. Agar badiiy adabiyot so'z bilan, tasviriy san'at ranglar bilan, raqs san'ati harakat bilan ifodalansa, musiqa esa musiqiy tovushlarda vujudga kelgan ohang vositasida ifodalanadi. Yuqoridagi san'at turlarini ko'rish va eshitish orqali idrok etsak, musiqani faqatgina diqqat bilan tinglabgina ifoda etamiz. Shuning uchun, ko'zi ojiz kishilardan ham yetuk musiqachilar yetishib chiqqanligi bizga tarixdan ma'lum bo'ladi.

Avvalo milliy va mumtoz musiqa haqida ularda to'liq ma'lumot va tushuncha bo'lishi lozim. "Mumtoz musiqa" mohir sozanda, xonanda hamda bastakor ijodining eng nodir namunasi bo'lgan maqomlar, yirik shakldagi murakkab kuy va ashulalarni o'z ichiga oladi. Ular mazmunan va shaklan rang-barangdir. Ma'lumki, bizning diyorimiz sheva nuqtai nazaridan 4 ta katta vohaga bo'linadi. Bular: Buxoro-Samarqand, Xorazm, Surxandaryo-Qashqadaryo va Farg'ona-Toshkent vohalaridir. Sheva nafaqat tilda, balki musiqiy ohanglarda ham o'z aksini topgan. Mumtoz musiqa merosimiz kelajakda yaratiladigan barcha musiqiy asarlar uchun ohang-kuylar xazinasi hisoblanadi. Xalq san'atining ulkan bilimdoni ustoz Yusufjon qiziq Shakarjonov: "Milliy musiqa san'atimiz bamisoli birdaraxt bo'lib, uning tomiri Xorazm, tanasi Buxoro, shohlari Farg'onadir", - deb ta'riflagan ekanlar. Ustozning bu so'zlarida katta ma'no yotadi.

X asrda yashab ijod qilgan Muhammad Ibn Al Xorazmiy musiqa haqida asar yozib, o'zining "Mafotix ul ulum" deb atalgan qomusiy asariga asosiy boblardan qilib qo'shgan.

Xl-asrda dunyoga kelgan "Qobusnoma" asarining 36-bobi ham musiqa san'atiga bag'ishlangan bo'lib, unda kitob muallifi Kaykovusning cholg'uchi va hofizlarga qanday kuy tanlash va qachon, qaerda ijro etish hamda san'atkor odobi va madaniyatlari to'g'risidagi nasihatlari, o'sha davrda musiqiy san'atning taraqqiyoti yuksak darajada ko'taril-ganligidan dalolat beradi.

XlV-asr oxiri XV-asrda Farg'ona, Toshkent, Buxoro, Kesh va Xiva kabi Movarounnahrning boshqa viloyat va shaharlarida ham madaniy hayot, jumladan musiqiy madaniyat rivoj topdi.

Milliy cholg'ularimizning toifalari ko'pchiligi, turfa yakka va jurnavozlik ijro an'ana-larining o'ziga xosligi bo'yicha milliy musiqa san'atimizga dunyo uzra teng keladiganini topish qiyin. Sharq musiqa ilmining asoschisi deb butun jaxonda tan olingan vatandoshimiz Abu Nasr Forobiy, buyuk allomalarimizdan Abu Ali ibn Sino, Abdulqodir Marog'iy, Abduraxmon Jomiy, Alisher Navoiy, Zaynulobiddin Xusayniy, Kavkabiy Bu- xoriy, Darvish Ali Changiy va boshqalar sharqona jaxonshumul ahamiyatga molik noyob nazariy va estetik qarashlarni ishlab chiqqan holda mumtoz musiqiy asarlarning xam muallifi sifatida keng tanilgandirlar. Tarixdan ma'lumki, o'zbek xalqining musiqa merosi og'izdan-og'izga, ustozdan shogirdga, otadan-o'g'ilga, onadan-qizga o'tib kelgan ma'lum vaziyat va sharoit bilan chegaralangan (oilaviy marosim, mavsumiy marosim, mehnat qo'shiqlari hamda diniy aytimlar, erkin mavzuli lapar, yalla, terma, qo'shiq mumtoz ashula, terma va dostonlari, shashmaqom, Toshkent-Farg'ona maqomi, Xorazm maqomlari kabi ko'plab musiqiy janrlardagi asarlar musiqa san'atining an'anaviy va bardavomligini ta'minlab kelmoqda. Bugungi kunda ular milliy ma'naviy musiqa qadriyatlarimizning asosini tashkil qiladi. O'zbek mumtoz musiqasida xalqning ma'naviy madaniyatiga doir durdonalar to'plangan bo'lib, xozirgi mustaqillik davrida milliy o'zlikni anglash va milliy ongni taraqqiy ettirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI:

1. Metlov N.A. "Bolalar uchun musiqa", M., "Ta'lim", 1985.

2. Orlova T.M., Bekina S.M. "Bolalarni qo'shiq aytishga o'rgating". "5-6 yoshdagi bolalarda ovozni rivojlantirish uchun qo'shiqlar va mashqlar", M., "Ta'lim", 1987.

3. Omonullayev D., Nurmatov X., Mamirov K. "Umumiy o'rta ta'lim o'quv Dasturlari" T.: 1992.

4. Bekmatov S. "Hofizlik san'ati". O'quv-uslubiy qo'llanma. 2007.

5. I. Rajabov. "Maqom asoslari". T., 1992.

6. "O'zbek xalq musiqa ijodi" (H. Nurmatov, N. Yo'ldosheva).

7. G. Sharipova "Musiqa metodikasi". - T.: "O'zbekiston faylasuflar" nashriyoti, 2012.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.