Научная статья на тему 'MALAKA OSHIRISH JARAYONIDA O‘QITUVCHILARNING MEDIAKOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISHNING O‘ZIGA XOS JIHATLARI'

MALAKA OSHIRISH JARAYONIDA O‘QITUVCHILARNING MEDIAKOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISHNING O‘ZIGA XOS JIHATLARI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
1044
136
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Malaka oshirish jarayoni / tinglovchi / o‘qituvchi / uzluksiz ta’lim / pedagogik faoliyat / kasbiy kompetentlik / mediakompetentlik. / Professional development process / student / teacher / continuing education / pedagogical activity / professional competence / media competence.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — T. B. Kadirov

Maqolada malaka oshirish jarayonida tinglovchilarning pedagogik va psixologik imkoniyatlarini aniqlash, hamda ularning sifatini nazorat qilish va baholash mexanizmlarini ishlab chiqish orqali umumta’lim maktablari o‘qituvchilarining malaka oshirish jarayonida mediakompetentligini rivojlantirishning o‘ziga xos kasbiy xususiyatlari va ularga qo‘yilgan talablarni aniqlash haqida so‘z yuritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

CHARACTERISTICS OF DEVELOPING MEDIA COMPETENCE OF TEACHERS IN THE PROCESS OF TRAINING

The article examines specific professional features and requirements for the development of media competence of teachers of secondary schools in the process of advanced training by identifying the pedagogical and psychological capabilities of students, as well as developing mechanisms for monitoring and assessing quality.

Текст научной работы на тему «MALAKA OSHIRISH JARAYONIDA O‘QITUVCHILARNING MEDIAKOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISHNING O‘ZIGA XOS JIHATLARI»

MALAKA OSHIRISH JARAYONIDA O'QITUVCHILARNING

MEDIAKOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISHNING O'ZIGA XOS

JIHATLARI

T. B. Kadirov

O'zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti ikkinchi bosqich tayanch

doktaranti

ANNOTATSIYA

Maqolada malaka oshirish jarayonida tinglovchilarning pedagogik va psixologik imkoniyatlarini aniqlash, hamda ularning sifatini nazorat qilish va baholash mexanizmlarini ishlab chiqish orqali umumta'lim maktablari o'qituvchilarining malaka oshirish jarayonida mediakompetentligini rivojlantirishning o'ziga xos kasbiy xususiyatlari va ularga qo'yilgan talablarni aniqlash haqida so'z yuritilgan.

Kalit so'zlar: Malaka oshirish jarayoni, tinglovchi, o'qituvchi, uzluksiz ta'lim, pedagogik faoliyat, kasbiy kompetentlik, mediakompetentlik.

CHARACTERISTICS OF DEVELOPING MEDIA COMPETENCE OF TEACHERS IN THE PROCESS OF TRAINING

ABSTRACT

The article examines specific professional features and requirements for the development of media competence of teachers of secondary schools in the process of advanced training by identifying the pedagogical and psychological capabilities of students, as well as developing mechanisms for monitoring and assessing quality.

Keywords: Professional development process, student, teacher, continuing education, pedagogical activity, professional competence, media competence.

Respublikamizda kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash — uzluksiz ta'lim tizimi turlaridan biri, xalq xo'jaligining barcha sohasida ishlovchi mutaxassislar va rahbar xodimlarning kasbiy bilim va ko'nikmalarini yangilash hamda chuqurlashtirish jarayoni. Kadrlarning raqobatbardoshlik sifatlari hamda bilim va ko'nikmalarining zamon talablariga javob bera oladigan darajada bo'lishini ta'minlaydi. Malaka oshirish va qayta tayyorlash har bir xodimning o'z mutaxassisligi bo'yicha so'nggi fan yutuqlari, yangiliklari bilan tanishish, ularni o'zlashtirish, yangi amaliy ish usullari, ilg'or ish tajribalarini o'rganishdan iborat ilmiy nazariy hamda amaliy tayyorgarlik jarayoni hisoblanadi.

"2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasi"da belgilangan1 uzluksiz ta'lim tizimini yanada takomillashtirish, sifatli ta'lim xizmatlari imkoniyatlarini oshirish, mehnat bozorining zamonaviy ehtiyojlariga mos yuqori malakali kadrlar tayyorlash siyosatini davom ettirish kabi muhim vazifalardan kelib chiqqan holda, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 25 yanvardagi "Xalq ta'limi sohasidagi ilmiy-tadqiqot faoliyatini qo'llab quvvatlash hamda uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimini

•y

joriy qilish chora-tadbirlari to'g'risida"gi 4963-sonli qarorida :

xalq ta'limi xodimlarining malaka oshirish bo'yicha ehtiyojlari o'rganiladi hamda "Uzluksiz kasbiy ta'lim" maxsus elektron platformasi orqali ularning individual kasbiy rivojlanish trayektoriyasi tuziladi;

har bir xalq ta'limi xodimining elektron portfoliosi shakllantiriladi va unga xodimning individual trayektoriyasi, kasbiy rivojlanish natijalari va o'zlashtirgan o'quv dasturlari to'g'risidagi ma'lumotlar kiritiladi;

xalq ta'limi xodimlarini ularning malaka darajasi, bilimi, ilmiy-pedagogik salohiyati, ish tajribasi, psixologik tayyorgarligi va individual kasbiy rivojlanish trayektoriyasiga mos keladigan tabaqalashgan malaka oshirish dasturlari bo'yicha o'qitish amaliyoti yo'lga qo'yiladi;

an'anaviy malaka oshirish bilan bir qatorda kasbiy o'qitishning uyg'unlashgan, ish jarayoni bilan birgalikda olib boriladigan, masofaviy va boshqa turlari joriy etiladi;

kelajak maktabi, uning rahbari va o'qituvchisining modelini yaratish asosida xalq ta'limi xodimlarining kasbiy standartlarini ishlab chiqish va doimiy tarzda rivojlantirib borish, ilmiy-tadqiqot faoliyatining ta'lim jarayoni bilan aloqalarini mustahkamlash;

xalq ta'limi xodimlarining malakasini oshirish faoliyati bilan shug'ullanayotgan nodavlat ta'lim tashkilotlari uchun namunaviy o'quv reja, dastur, o'quv-metodik va boshqa hujjatlarni ishlab chiqish, shuningdek, kurslarning o'quv-uslubiy ta'minotini doimiy yangilab borishga ko'maklashish kabi vazifalar belgilab berilgan.

Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishda kasbiy va shaxsiy kamolotini ta'minlash uchun zarur pedagogik shart-sharoitlarni yaratish, mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish mazmunini modernizatsiyalash, psixologik-pedagogik imkoniyatlarini aniqlash hamda uning sifatini nazorat qilish va baholash mexanizmini ishlab chiqish orqali pedagog mutaxassislarning kasbiy kompetentligini rivojlantirishning asosiy maqsadini belgilaydi.

1 O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi «O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha Harakatlar strategiyasi to'g'risida» PF-4947-son farmoni. // O'zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to'plami. 2017 y., 6-son, 70-modda.

2 O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 25 yanvardagi "Xalq ta'limi sohasidagi ilmiy-tadqiqot faoliyatini qo'llab quvvatlash hamda uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimini joriy qilish chora-tadbirlari to'g'risida"gi 4963-sonli qarori

Nazariy manbalar mazmuni bilan tanishish, malaka oshirish ta'limi jarayonida o'qituvchilarning mediakompetentligini rivojlantirishda bir qator qarama-qarshiliklar mavjudligini ko'rsatdi, xususan:

- pedagog mutaxassisning ma'lumoti darajasi bilan Davlat ta'lim standartining modernizatsiyalashgan mazmuni va hajmiga qo'yilayotgan me'yoriy talablar hamda uning shaxsiy imkoniyatlarini ro'yobga chiqarish darajasi o'rtasida;

- pedagog mutaxassisning kasbiy kompetentligini rivojlantirish jarayonida qo'llanilayotgan an'anaviy hamda innovatsion metodlar o'rtasida;

- o'qituvchi shaxsi va uning kasbiy kompetentligini rivojlantirishda pedagogik jihatdan qo'llab-quvvatlashga qaratilgan ta'lim muassasalari faoliyati bilan pedagog mutaxassisning malakasini oshirish jarayonini rivojlantirish mexanizmi hamda qonuniyatlari o'rtasida;

- pedagogik turkum fanlarning o'qituvchisi shaxsiy hamda kasbiy kompetentligini rivojlantirish borasida umumkasbiy va mutaxassislik fanlari bilan integratsiyalash imkoniyatlaridan yetarlicha foydalanilmayotganligi o'rtasida;

- ilmiy-texnik taraqqiyot, yangilanib borayotgan jamiyatning mahoratli pedagog shaxsiga nisbatan ortib boruvchi talablari bilan o'qituvchilari kasbiy kompetentligini rivojlantirish asosiy qismining o'z-o'zini rivojlantirib borish sharoitida faoliyat yuritishga tayyor emasliklari o'rtasidagi ziddiyatlar kabilarni ko'rsatish mumkin. Bu kabi qarama-qarshiliklarni bartaraf etish yo'llaridan biri bo'lajak mutaxassislar kasbiy kompetentliklarini rivojlantirishdan iboratdir.

Mediakompetentlik pedagogikada umumiy tarzda shaxsning turli ko'rinish, janr va shakllardagi mediamatnni tanlash, foydalanish, tanqidiy tahlil qilish, baholash, yaratish va uzatish, sotsiumda mediafaoliyatining murakkab jarayonlarini tahlil qilishga tayyorlikda namoyon bo'ladigan integrativ sifati tarzida qaraladi. Shuning uchun malaka oshirish ta'limi jarayonida o'qituvchilarining mediakompetentligini rivojlantirish masalasi fan va amaliyot oldida turgan dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Bunda zamonaviy ilmiy-texnik taraqqiyot talablariga mos holda malaka oshirish jarayonida o'qituvchilarining media borasidagi bilimlarini takomillashtirish orqali mediakompetentlikni rivojlantirish texnologiyasini yaratish pedagogik yo'nalishdagi tadqiqotlar orasida alohida ahamiyat kasb etadi.

Respublikamizda ta'lim tizimi tubdan isloh qilinib, uzluksiz ta'lim, jumladan, xalq ta'limi tizimida ham katta o'zgarishlar amalga oshirildi. Xususan, oliy o'quv yurtidan keyingi ta'lim tizimi yanada takomillashtirildi, maktabgacha ta'lim vazirligi tashkil etildi, maktab va kollejlar o'rtasidagi bog'liqliklarni mustahkamlash yo'lida o'n bir yillik ta'lim tizimiga o'tildi, ta'lim mazmunini yangilash hamda ta'lim jarayonlari samaradorligini oshirish bo'yicha olib borilgan islohotlar bugun o'z samarasini bermoqda. Mazkur jarayonlarni amalga oshirishda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari muhitidan samarali foydalanib, milliy kadrlarni tayyorlash, yosh avlodni

barkamol va yetuk etib voyaga yetkazish o'qituvchi-pedagoglarning asosiy vazifalari sirasiga kiradi.

Mutaxassislar mediakompetentligini rivojlantirish, malaka oshirish jarayonida ularning kasbiy va shaxsiy kamolotini ta'minlash uchun zarur pedagogik shart-sharoitlarni yaratish, mutaxassislarni malakasini oshirish mazmuni va tuzilmasini modernizatsiyalash, psixologik-pedagogik sharoitlarini aniqlash hamda uning sifatini nazorat qilish va baholash mexanizmini ishlab chiqish orqali mutaxassis mediakompetentligini rivojlantirishning asosiy maqsadini belgilaydi.

1-jadval

O'qituvchining kompetentlik turlari

Kasbiy kompetentlik Mafkuraviy kompetentlik Boshqaruv kompetentlig Mediakompetentlik

Kasbiy kompetentlik muayyan fan bo'yicha chuqur bilim, ko'nikma va malakaga egalligi (masalan, fizika, kimyo, tarix, matematika va boshqa fanlar) Mafkuraviy kompetentlik - g'oyaviy jihatdan aniq maqsadi bor, o'z irodasi, iymon-e'tiqodi, vijdoni, qarashlariga egaligi, yot mafkuralarga qarshi kurasha olishi Boshqaruv kompetentligi -o'qituvchining darsni boshqarishi, sinf jamoasini boshqarish uchun didaktik, psixologik, metodik, texnologik tayyorgarlikka ega bo'lish O'qituvchi (pedagog) mediakompetentligi -matbuot vakolatlari, uning sabablari, bilim, ko'nikma va malakalariga (ko'rsatkichlari: motivatsion, axborot, amaliy-tezkor, uslubiy faoliyati, ijodiy) ega bo'lib, barcha yoshdagi ta'lim oluvchilarga mediata'lim bilimlarini targ'ib qilish

Ta'lim-tarbiya beruvchi pedagog

Mutaxassislar kasbiy kompetentligini rivojlantirish, malaka oshirish ta'lim muassasalarida ularning kasbiy va shaxsiy kamolotini ta'minlash uchun zarur pedagogik shart-sharoitlarni yaratish, mutaxassislarni qayta tayyorlash mazmuni va tuzilmasini modernizatsiyalash, pedagogik-psixologik sharoitlarini aniqlash hamda uning sifatini nazorat qilish va baholash mexanizmini ishlab chiqish orqali mutaxassis mediakompetentligini rivojlantirishning asosiy maqsadini belgilaydi.

Agarda «medikompetentlik» tushunchasining kelib chiqishga nazar tashlasak, ular tasodifan yuzaga kelmaganligini anglash mumkin.

"Mediakompetentlik" umumiy ko'rinishda shaxsning turli ko'rinish, janr va shakllardagi mediamatnni tanlash, foydalanish, tanqidiy tahlil qilish, baholash, yaratish

va uzatish, sotsiumda medianing faoliyati murakkab jarayonlarini tahlil qilishga tayyorlikda namoyon bo'ladigan integrativ sifati tarzida tushuniladi.

Mediakompetentlik-mediasavodxonlik (media competence/media literacy - turli

"5

shakllardagi xabarlarni (messages) qo'llash, tahlil qilish, baholash va uzatish qobiliyati .

Ma'lum bir mediakompetentlikni o'zlashtirgan shaxs deganda o'z sohasiga loyiq bilim va malakasi shakllangan, ijobiy fikr va samarali harakat qila oladigan shaxs tushuniladi. Agar bu tushunchalarning mohiyatiga chuqur nazar tashlasak, «mediakompetenlik» - shaxsning ma'lum bir fanlar doirasidagi bilim, ko'nikma va malakalar bilan harakatlarning o'zaro bog'liq sifatlari yig'indisi, «mediakompentetlilik» insoning harakatiga mos kompetenlikni o'zlashtirish.

Mediakompetentlik yuqori darajasiga ega bo'lgan shaxs uchun quyidagi xususiyatlar harakterlidir:

yangi ma'lumotlarni olish uchun harakat qilish (intilish);

hayotining turli sohalarida o'z shaxsiy kompetentligini va har turdagi mediamadaniyat dunyosiga intilish;

o'qish uchun zaruriy ilmiy materiallar izlap topish; media mahsulotlar bilan "doimiy" muloqotda bo'lish;

media olamida mustaqil ravishda mediamatnlarni shakllantirish va tarqatish (mustaqil yoki guruh bilan birgalikda tayyorlash) malakasiga ega bo'lish;

mediaga bog'liq bo'lgan (o'yinbop, badiiy, tadqiqot va. h.k) yorqin faoliyat yurita olishi4.

Shunday qilib, pedagog shaxsning o'z-o'zini takomillashtirish mediakompetentligi ma'naviy, motivatsion, intellektual va amaliy jihatdan o'z-o'zini rivojlanitirish, irodaviy va hissiy jihatdan o'z-o'zini boshqara olishga qaratilgan. Malaka oshirish jarayonida umumta'lim maktablari o'qituvchilarining malakasini oshirish mediakompetentligini rivojlantirish jarayonida ishtirok etuvchi sub'ektlarning xatti-harakati, yurish-turishi, muomalasi, ma'naviy-axloqiy qiyofasi, ijtimoiy faolligi, shaxslararo munosabati va axborot vositalarining kasbiy rivojlantirishga ko'rsatayotgan ta'siri va ishtirokini inobatga olish.

Xulosa qilib aytganda, malaka oshirish jarayonida o'qituvchilarda mediakompetentlikni rivojlantirishning o'ziga xos jihatlarida inovatsion ta'lim muhit talablari asosida ta'lim-tarbiya jarayonini tashkil etish va boshqarish asosida quyidagilarga e'tiborni qaratish lozim:

o'qituvchilarning barcha toifalari kesimida mutaxassislik fanlari bo'yicha malaka talablarini shakllantirishda kompetensiyaviy yondashuvning mazmun-mohiyatiga e'tibor qaratish;

3 Kubey, R. (1997). Media Education: Portraits of an Evolving Field. In: Kubey, R. (Ed.) Media Literacy in the Information Age. New Brunswick & London: Transaction Publishers, p.2.

4 Никитина Е.Ю., Милютина А. А. Формирование медиакомпетенции младших школьников на уроках русского языка. Монография. - М., 2015.

kompetensiyaviy yondashuv asosida vujudga keltiriladigan innovatsion ta'lim muhiti talablarini e'tiborga olish;

o'qituvchilarning malakasini oshirish kurslarini ehtiyojga asoslangan holda tashkil etish;

malaka oshirish kurslarida o'qituvchilarning pedagogik tayyorgarligini kasbiy diagnostik tahlil qilishni yo'lga qo'yish;

o'qituvchini kasbiy-pedagogik jihatdan tayyorlashda asosiy e'tiborni o'quv fani vositalari, pedagogik faoliyat mazmuni va o'quvchining shaxsiy imkoniyatlarini inobatga olish ko'nikmalarini rivojlantirishga qaratish;

Natijada mediakompetentlikga ega mutaxassis o'z bilimlarini izchil boyitib, yangi axborotlarni o'zlashtirib, davr talablarini chuqur anglab, yangi bilimlarni izlab topib, ularni qayta ishlaydi va o'z amaliy faoliyatida samarali qo'llay olishga xizmat qiladi.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi «O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha Harakatlar strategiyasi to'g'risida» PF-4947-son farmoni. // O'zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to'plami. 2017 y., 6-son, 70-modda.

2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 25 yanvardagi "Xalq ta'limi sohasidagi ilmiy-tadqiqot faoliyatini qo'llab quvvatlash hamda uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimini joriy qilish chora-tadbirlari to'g'risida"gi 4963-sonli qarori.

3. Kubey, R. (1997). Media Education: Portraits of an Evolving Field. In: Kubey, R. (Ed.) Media Literacy in the Information Age. New Brunswick & London: Transaction Publishers, p.2.

4. Никитина Е.Ю., Милютина А.А. Формирование медиакомпетенции младших школьников на уроках русского языка. Монография. - М., 2015.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.