Научная статья на тему 'JISMONIY TARBIYA VA SPORT MUTAXASSISLARI MALAKASINI OSHIRISH TA’LIMIGA VARIATIV TAMOYILDA YONDOSHUV – KASBIY KOMPETENTLIKNI TAKOMILLASHTIRISH OMILLARI'

JISMONIY TARBIYA VA SPORT MUTAXASSISLARI MALAKASINI OSHIRISH TA’LIMIGA VARIATIV TAMOYILDA YONDOSHUV – KASBIY KOMPETENTLIKNI TAKOMILLASHTIRISH OMILLARI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

299
204
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
malaka oshirish ta’limida variativ tamoyil / demokratlashuv / liberallashuv / kasbiy kompetentsiya / kreativ yondoshuv / variable principle in professional development education / democratization / liberalization / professional competence / creative approach

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Ilhomjon Axmedovich Tursunaliyev

Maqolada malaka oshirish ta’limining dolzarb muammolaridan variativ tamoyil, demokratlashtirish, liberallashtirish, innovatsion talablar, moslashtiruvchi, kasbiy kompetentsiya, kreativ yondoshuvlar bayon qilingan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

A VARIED APPROACH TO THE TRAINING OF PHYSICAL EDUCATION AND SPORTS SPECIALISTS FACTORS FOR IMPROVING PROFESSIONAL COMPETENCE

The article describes the current problems of professional development, the principle of variability, democratization, liberalization, innovative requirements, adaptive, professional competence, creative approaches

Текст научной работы на тему «JISMONIY TARBIYA VA SPORT MUTAXASSISLARI MALAKASINI OSHIRISH TA’LIMIGA VARIATIV TAMOYILDA YONDOSHUV – KASBIY KOMPETENTLIKNI TAKOMILLASHTIRISH OMILLARI»

JISMONIY TARBIYA VA SPORT MUTAXASSISLARI MALAKASINI OSHIRISH TA'LIMIGA VARIATIV TAMOYILDA YONDOSHUV -KASBIY KOMPETENTLIKNI TAKOMILLASHTIRISH OMILLARI

Ilhomjon Axmedovich Tursunaliyev

Jismoniy tarbiya va sport bo'yicha mutaxassislarni ilmiy - metodik ta'minlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish markazi direktori, dotsent tursunaliev 1971 @mail .ru

ANNOTATSIYA

Maqolada malaka oshirish ta'limining dolzarb muammolaridan variativ tamoyil, demokratlashtirish, liberallashtirish, innovatsion talablar, moslashtiruvchi, kasbiy kompetentsiya, kreativ yondoshuvlar bayon qilingan.

Kalit so'zlar: malaka oshirish ta'limida variativ tamoyil, demokratlashuv, liberallashuv, kasbiy kompetentsiya, kreativ yondoshuv.

A VARIED APPROACH TO THE TRAINING OF PHYSICAL EDUCATION AND SPORTS SPECIALISTS - FACTORS FOR IMPROVING PROFESSIONAL COMPETENCE

Ilhomjon Akhmedovich Tursunaliyev

Director of the Center for Scientific and Methodological Support, Retraining and Advanced Training of Specialists in Physical Culture and Sports, Associate Professor

tursunaliev 1971 @mail .ru

ABSTRACT

The article describes the current problems of professional development, the principle of variability, democratization, liberalization, innovative requirements, adaptive, professional competence, creative approaches.

Keywords: variable principle in professional development education, democratization, liberalization, professional competence, creative approach.

KIRISH

So'nggi yillarda jismoniy tarbiya va sport bo'yicha mutaxassislarning kasbiy bilim, malaka va ko'nikmalarini rivojlantirishga keng imkoniyatlar yaratilmoqda. Qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslari o'quv jarayoniga o'qitishning

zamonaviy shakl va texnologiyalari, jumladan masofaviy ta'lim, vebinar texnologiyalari, avtomatlashgan monitoring, elektron portfolio axborot tizimlari joriy etilmoqda.

Shu bilan birga, jismoniy tarbiya va sport bo'yicha mutaxassislar malakasini oshirishning amaldagi tartibi samaradorligini yanada oshirish, zamonaviy talablarga javob beradigan tizim yaratish uchun ushbu jarayonga innovatsion yondashuvlarni joriy etishni hamda kadrlarning kasbiy kompetentligini doimiy rivojlantirish mexanizmlarini qo'llashni talab etmoqda.

Professionallik deganda, pedagog o'qituvchilarning kasbiy mahorat darajasi tushuniladi, va bu kasb egasiga xos rivojlangan malakaning mutaxassislikka oid yuqori ko'rinishi bilan ham tavsiflanadi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Kasbiy mahorat kasbiy kompetentlik mohiyatini ochuvchi pedagogik kategoriyalardan biri bo'lib, u pedagogik jihatdan shaxsga xos quyidagi sohalarini qamrab oladi. Bu borada tadqiqotchi S.A.Drujilov quyidagilarni ajratadi. Ya'ni kasbiy mahoratining to'rt muhim jihati deb quyidagilarni nazarda tutadi:

1. Motivatsion-ixtiyoriy komponent (motivlar, maqsadlar, ehtiyojlar va qadriyatlar);

2. Funktsional komponent (ma'lum bir faoliyat usullari haqidagi bilimlar);

3. Kommunikativ komponent (fikrlarni to'g'ri ifoda etish, tahlil qilish, ishontirish, gapirish, muloqotni tashkil qilish va axborotni uzatish qobiliyati);

4. Refleksiv komponent (o'z faoliyati natijalarini boshqarish va baholash qobiliyati).

Demak, professionallik tushunchasi bo'yicha quyidagicha xulosa qilishimiz mumkin:

- ma'lum bir kasbiy faoliyat turi uchun zarur bo'lgan bilim, ko'nikmalarni o'z ichiga oladi;

- umumiy va qiyin vaziyatlarda atrofdagi voqelikni aniq anglash, shuningdek, kasbiy muammolarni hal etish san'atining puxta egallanganligi kabilarni.

Yuqorida keltirilgan tasniflardan ko'rinadiki, hozirga qadar "kompetentlik", "kasbiy mahorat", "kasbiy kompetentsiya" kabi tushunchalarining aniq ta'riflari mavjud emas. Barcha ta'riflar bir xil mazmunda ya'ni kompetentsiya - kasbiy faoliyat jarayonida yuzaga keladigan turli muammolarni hal qilishdagi shaxsning alohida qobiliyati. SHuningdek, kompetentsiya shaxsning ajralmas xususiyati, o'quv

jarayonida qo'lga kiritilishi mumkin bo'lgan ijobiy kasbiy fazilatlari majmui ham sanaladi.

I.A.Zimney fikricha, kasbiy kompetentlik bu - shaxsning ma'lum bir sohada muvaffaqqiyatli faoliyat yuritishi uchun bilim, ko'nikma va malakalarni qo'llash imkoniyatini beruvchi ichki imkoniyatlar ya'ni aqliy daraja, shaxsiy fazilatlar va qadriyatlar tizimidir.

Ta'lim oluvchi trenerlarning kasbiy kompetentligini shakllantirish jarayonini hisobga olganda, ularni o'qitish bilan bog'liq bo'lgan jarayonni e'tiborga olish maqsadga muvofiq sanaladi. Ya'ni bunda maxsus fanlarni o'qitish va o'quv jarayonini tashkil etishda quyidagilar hisobga olinadi:

- Tinglovchilar guruhi va o'qituvchilarning o'zaro aloqalari;

- Mashg'ulotlar vaqtini qat'iy tartibga solish, jumladan mashg'ulotlarga faqat mashg'ulot guruhlari ya'ni belgilangan tarkibning kirishi va unga qo'yilgan maxsus vaqt.

- Sport kasbiy faoliyatining tobora yangilanib borayotganligi hamda yuqori kasbiy kompetentlikni shakllantirish bilan bog'liq shart-sharoitlar va hokazo.

Tadqiqotchilardan S.E.Shishov, V.A.Kalneylarning fikriga ko'ra, kasbiy kompetentsiya - bu o'qituvchining malakali va qobiliyatli ekanligini namoyish etuvchi bilim, ko'nikma, tajriba va shaxsiy fazilatlarning integratsiyasi. O'qituvchining kasbiy kompetentsiyasi - bu pedagogik faoliyat muammolarining eng yaxshi yechimi uchun o'qituvchida mavjud bo'lgan nazariy va amaliy tajribalar, yoki bilim va ko'nikmalarining kombinatsiyasidir.

Yurtimizda jismoniy tarbiya va sport bo'yicha mutaxassislarni malakasini oshirish, kasbiy bilim, malaka va ko'nikmalarini rivojlantirishda, malaka oshirish ta'limida variativ va bir - birini to'ldirish tamoyillaridagi shakllarni amaliyotga joriy etishini ta'minlash, monitoring olib borish bilan kadrlarning malakasini oshirish, kasbiy kompetentligini muntazam rivojlantirish mexanizmlarini qo'llash O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 27 avgustdagi "Oliy ta'lim muassasalari rahbar va pedagog kadrlarining uzluksiz malakasini oshirish tizimini joriy etish to'g'risida"gi PF-5789-son Farmoni va Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 23 sentyabrdagi "Oliy ta'lim muassasalari rahbar va pedagog kadrlarining malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi 797-son Qarorida "...Malaka oshirishning bevosita va kasbiy faoliyatga aloqador bilvosita shakllarini variativ va bir-birini to'ldirish tamoyillari asosida amaliyotga joriy etishini ta'minlash va monitoring olib borish... Rahbar va pedagog kadrlarda Internet jahon axborot tarmog'i, mulbtimedia tizimlari va masofadan

o'qitish usullaridan foydalangan holda, ilg'or pedagogika, axborot-kommunikatsiya va innovatsion texnologiyalarni egallash va ularni o'quv jarayoniga faol tatbiq etish ko'nikmalarini rivojlantirish."- ta'kidlab o'tilgan.

NATIJALAR

Jismoniy tarbiya va sport bo'yicha mutaxassislarni ilmiy - metodik ta'minlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish Markazida oliy ta'lim, jismoniy tarbiya va sport vazirligi tizimidagi ta'lim muassasalari rahbarlari, trener - o'qituvchilar, umumiy o'rta ta'lim va maktabgacha ta'lim muassasalarining jismoniy tarbiya o'qituvchi va mutaxassislarining malaka oshirish ta'limiga variativ tamoyilda yondoshuvda zamonaviy ta'lim metodlari, axborot kommunikatsiya texnologiyalari va innovatsion texnologiyalar, ilg'or xorijiy tajribalarni keng joriy etgan holda malaka talablari, ishchi dasturlarini muntazam yangilab borilishi, malaka oshirish jarayoniga demokratlashuv, liberallashuv talablarida yondoshuvlar, tinglovchining kasbiy faoliyatida kompetentlik bilim va ko'nikmalarini takomillashtirishda yuqori samaradorlikni ta'minlaydi (variativlik, variatsiya - lotincha - variftio o'zbek tilida o'zgarish - ma'lum bir majmuani tashkil qiluvchi tarkibiy qismlardagi o'zgarishlardagi farqlar ma'nosini anglatadi).

Malaka oshirish ta'limining demokratlashuvi - jarayon sifatida, jismoniy tarbiya va sport bo'yicha mutaxassislarni kasbiy, metodik mahoratini davriy, aniq maqsadga yo'naltirilgan bilim, ko'nikma va malakalar majmuasi sifatida jamiyatning ob'ektiv ehtiyojlari: kasbiy kompetentsiyasini takomillashtirish, moslashtirish, kreativ yondoshuv asosida, ixtisoslashtiruvi faoliyatlarida o'zgarishni sifat jihatidan baholanishidir.

Malaka oshirish ta'limini demokratlashuvi talablari:

- tinglovchilarning mutaxassisligi bo'yicha nazariy va metodik tayyorgarligini kirish testi natijalariga muvofiq, tabaqalashgan holda malakasini oshirish shakllarini taklif qilish;

- ishchi dasturlarga tinglovchilarning talab, ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda tegishli o'zgartirishlar kiritish;

- professional treninglarda kurs tinglovchisiga ilg'or texnologiya imitatorlaridan foydalanish imkoniyatlarini yaratish;

- kreativ yondoshuv ko'nikmalarini chuqurlashtirish va takomillashtirish;

- malaka oshirish va qayta tayyorlashda innovatsion, pedagogik texnologiyalar va interfaol usullar,mulbtimediya, mediata'limni qo'llash;

- tinglovchilar faolligini oshirishda va zamonaviy metodlar hamda shakllarini tanlashga liberallashgan yondoshuv;

- internet global tarmog'i bilan ishlash bo'yicha amaliy ko'nikmalarni shakllantirish;

- sport fanlari metodologiyasini rivojlantirishning ilmiy - pedagogik yo'nalishlari bo'yicha bilimlarni chuqurlashtirish;

- malaka oshirish jarayonining yuqori samaradorligini ta'minlashda, tinglovchilarning tashabbuskorligini, ilmiy - metodik va ijodiy mahoratini rag'batlantirish;

- jismoniy tarbiya va sport bo'yicha mutaxassislarning malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash mazmuni bo'yicha ilmiy - tadqiqot hamda o'quv-metodik ishlarni olib borish ko'nikmalarini takomillashtirish.

MUHOKAMA

Malaka oshirish ta'limini liberallashuvi - tinglovchining kurs davomida, ilmiy va amaliy tadqiqotlar, modullar bo'yicha innovatsiyalar, malaka oshirish jarayonida zamonaviy uslublar bo'yicha sohalaridagi bilim va ko'nikmalarini chuqurlashtirishda Markazning rahbar va professor - o'qituvchilarining malaka oshirish jarayonini tartibga solish uchun eng qulay shart - sharoitlar yaratish, tinglovchilar bilan kommunikativ hamkorligidir (kommunikativlik - shaxslar orasidagi o'zaro axbort almashinuv, munosabat).

Rekvalifikatsiya - tinglovchilarni avvalgi malaka oshirish kurslarida o'zlashtirilgan bilim, ko'nikma va malakalar bilan navbatdagi kurslar orasidagi tafovutni zamon talablari asosida yangilash va chuqurlashtirishdir.

Jismoniy tarbiya va sport bo'yicha mutaxassislarning kreativ faoliyati -ta'lim jarayoniga innovatsion shakl, uslub g'oyalarni ishlab chiqishga tayyorlikni tavsiflovchi hamda mustaqil omil sifatida iqtidorlilikning tarkibiga kiruvchi ijodiy qobiliyati. Kreativlik - jismoniy tarbiya va sport bo'yicha mutaxassislarning faoliyatida duch keladigan muammolar yechimiga doir huquqiy, me'yoriy, metodik va nazariy masalalarga innovatsion ijodiy yondoshuv asosida muqobil taqqoslash , tekshirish va tegishli korrektsiyalar kiritish asosida ularning optimal yechimlarini topish bo'yicha muayyan harakatlarning ziddiyatliliga nisbatan yangicha, ijodiy yondoshuvni ifodalaydi. (ingliz tilida "create " - o'zbek tilida yaratish, "creative " yaratuvchi, ijodkor ma'nolarni anglatadi.)

Kreativ yondoshuv - jismoniy tarbiya va sport bo'yicha mutaxassislarning jismoniy tarbiya jarayoniga an'anaviy yondoshuvidan farqli

ravishda mashg'ulot samaradorligi ta'minlashga xizmat qiluvchi mavjud muammolarni ijobiy hal qilishga bo'lgan kompetentlikdir. Aniq belgilangan maqsadga erishish uchun mavjud qiyinchiliklarni bartaraf etish qobiliyati sifatida, tasodifiy muammolarni oqilona, odilona hal qilish layoqati.

XULOSA

Xulosa sifatida jismoniy tarbiya va sport bo'yicha rahbar va mutaxassislarning malakasini oshirish va qayta tayyorlashni variativ tamoyili asosida demokratlashuvi va liberlashtirilishi tinglovchilarni kasbiy mahoratini takomillashtirilishi, ilmiy va amaliy tadqiqotlar, texnologik taraqqiyot hamda ta'lim modullari bo'yicha innovatsiyalar, zamonaviy uslublarda, bilim, ko'nikma va malakalarini takomillashtirish bilan bir qatorda mehnat bozoridagi o'zgarishlarga binoan, tinglovchilarning shaxsiy ehtiyojlarini hisobga olgan holda kasbiy mahorat , bilim va ko'nikmalarni yangilashda, professional treninglarning ilg'or texnologiyalari, zamonaviy fan yutuqlarini talab qiluvchi texnologiya jarayonlarini tanlash va amaliyotda qo'llash, tinglovchilarni passiv iste'molchidan, faol ishtirokchi sifatida kasbiy, metodik faoliyatlariga munosabatlarini zamon talablariga mos ijobiy o'zgartirish va moslashtirish, takomillashtirishga yordam beradi.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 27 avgustdagi "Oliy ta'lim muassasalari rahbar va pedagog kadrlarining uzluksiz malakasini oshirish tizimini joriy etish to'g'risida"gi PF-5789-son Farmoni.

2. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 23 sentyabrdagi "Oliy ta'lim muassasalari rahbar va pedagog kadrlarining malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi 797-son Qarori.

3. Дружилов С.А. Психология профессионализма: Инженерно-психологические аспекты: Учеб. пособие.- Новокузнецк: Сиб. гос. индустр. ун-т, 2000. 64 с.

4. Зимняя И.А. Педагогическая психология М.: Изд. МПСИ, 2010. 178 с.

5. Шишов, С.Е., Кальней В.А. Структура и содержание проектной деятельности. Стандарты и мониторинг. - 2005. - №2. С.33-37

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.