Научная статья на тему 'Ta’limni rivojlantirish davlat siyosatining asosiy yo’nalishlaridan biri sifatida'

Ta’limni rivojlantirish davlat siyosatining asosiy yo’nalishlaridan biri sifatida Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
3851
295
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and Education
Область наук
Ключевые слова
Ta’lim tizimi / Prezident qarori / konsepsiya / ta’lim istiqboli / QSWUR / THE / ARWU

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Ziyodaxon Latipovna Xodjayeva

Mazkur maqolada yurtimizda ta’lim tizimini rivojlantirish davlat siyosatining muhim yo’nalishi ekanligi va ta’lim taraqqiyoti ildamlashida davlatning ta’limga bo’lgan e’tibori haqida fikr-mulohazalar yuritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «Ta’limni rivojlantirish davlat siyosatining asosiy yo’nalishlaridan biri sifatida»

Ta'limni rivojlantirish - davlat siyosatining asosiy yo'nalishlaridan biri sifatida

Ziyodaxon Latipovna Xodjayeva Andijon davlat universiteti

Annotatsiya: Mazkur maqolada yurtimizda ta'lim tizimini rivojlantirish davlat siyosatining muhim yo'nalishi ekanligi va ta'lim taraqqiyoti ildamlashida davlatning ta'limga bo'lgan e'tibori haqida fikr-mulohazalar yuritilgan.

Kalit so'zlar: Ta'lim tizimi, Prezident qarori, konsepsiya, ta'lim istiqboli, QSWUR, THE, ARWU

Development of education is one of the main directions of state

policy

Ziyodakhan Latipovna Khodjayeva Andijan State University

Abstract: This article discusses the fact that the development of the education system in our country is an important direction of state policy and the state's attention to education in the direction of educational development.

Keywords: Education system, Presidential decision, concept, educational perspective, QSWUR, THE, ARWU

"Yoshlarimizga munosib ta'lim berish, ularning ilm-fanga bo'lgan intilishlarini ro'yobga chiqarishimiz kerak. Shu maqsadda maktabgacha ta'lim tizimini rivojlantirishimiz, o'rta va oliy o'quv yurtlarining moddiy-texnik bazasini, ilmiy va o'quv jarayonlari sifatini tubdan yaxshilashimiz kerak". Sh.Mirziyoyevning

Bugun yangi O'zbekiston jahon hamjamiyati safida o'z o'rniga ega bo'lib bormoqda. Mamlakatdagi har bir soha zamonga xos va mos tarzda rivojlantirilib, har bir sohada yangilanish nafasi ufurmoqda.

Keling uzoqqa bormay birgina ta'lim sohasidagi islohotlar haqida to'xtalaylik. Sababi so'ngi yillarda yurtimizda maktab, o'rta maxsus va oliy ta'lim tizimida raqobat muhitini shakllantirish, davlat-xususiy sherikchilik va xususiy sektor resurslaridan keng foydalanish, aholining oliy ta'lim bilan qamrab olinishini rivojlangan davlatlar darajasiga yetkazishga alohida e'tibor qaratilmoqda.

Ta'lim tizimini yanada rivojlantirish uchun O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "O'zbekiston Respublikasi oliy ta'lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida"gi farmonni imzoladi.

Ushbu farmonga asosan, O'zbekiston Respublikasida oliy ta'limni tizimli isloh qilishning ustuvor yo'nalishlarini belgilash, zamonaviy bilim va yuksak ma'naviy-axloqiy fazilatlarga ega, mustaqil fikrlaydigan yuqori malakali kadrlar tayyorlash jarayonini sifat jihatidan yangi bosqichga ko'tarish, oliy ta'limni modernizatsiya qilish, ilg'or ta'lim texnologiyalariga asoslangan holda ijtimoiy soha va iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirish maqsadida quyidagilar:

O'zbekiston Respublikasi oliy ta'lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasining 1-ilovasiga muvofiq quyidagilar nazarda tutilgan:

❖ oliy ta'lim sohasida davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish, hududlarda davlat va nodavlat oliy ta'lim muassasalari faoliyatini tashkil etish asosida oliy ta'lim bilan qamrov darajasini 50 foizdan oshirish, sohada sog'lom raqobat muhitini yaratish;

❖ O'zbekiston Milliy Universiteti va Samarqand davlat universitetini mamlakatimiz oliy ta'lim muassasalarining flagmaniga aylantirish;

❖ Respublikadagi kamida 10 ta oliy ta'lim muassasasini xalqaro e'tirof etilgan tashkilotlar (Quacquarelli Symonds World University Rankings, Times Higher Education yoki Academic Ranking of World Universities) reytingining birinchi 1 000 ta o'rindagi oliy ta'lim muassasalari ro'yxatiga, shu jumladan, O'zbekiston Milliy universiteti va Samarqand davlat universitetini birinchi 500 ta o'rindagi oliy ta'lim muassasalari ro'yxatiga kiritish;

❖ Oliy ta'lim muassasalarida o'quv jarayonini bosqichma-bosqich kredit-modul tizimiga o'tkazish;

❖ Xalqaro tajribalardan kelib chiqib, oliy ta'limning ilg'or standartlarini joriy etish, jumladan, o'quv dasturlarida nazariy bilim olishga yo'naltirilgan ta'limdan amaliy ko'nikmalarni shakllantirishga yo'naltirilgan ta'lim tizimiga bosqichma-bosqich o'tish;

❖ Oliy ta'lim mazmunini sifat jihatidan yangi bosqichga ko'tarish, ijtimoiy soha va iqtisodiyot tarmoqlarining barqaror rivojlanishiga munosib hissa qo'shadigan, mehnat bozorida o'z o'rnini topa oladigan yuqori malakali kadrlar tayyorlash tizimini yo'lga qo'yish;

❖ Oliy ta'lim muassasalarining akademik mustaqilligini ta'minlash;

❖ Oliy ta'lim muassasalarida ta'lim, fan, innovatsiya va ilmiy-tadqiqotlar natijalarini tijoratlashtirish faoliyatining uzviy bog'liqligini nazarda tutuvchi "Universitet 3.0" konsepsiyasini bosqichma-bosqich joriy etish;

❖ Xorijiy investitsiyalarni keng jalb qilish, pullik xizmatlar ko'lamini kengaytirish va boshqa byudjetdan tashqari mablag'lar hisobiga oliy ta'lim muassasalarida texnopark, forsayt, texnologiyalar transferi, startap, akselerator

markazlarini tashkil etish hamda ularni tegishli tarmoq, soha va hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini tadqiq qiluvchi va prognozlashtiruvchi ilmiy-amaliy muassasalar darajasiga olib chiqish;

❖ Oliy ta'lim muassasalari professor-o'qituvchilari, ilmiy izlanuvchilari, doktorantlari, bakalavriat va magistratura talabalarining yuqori impakt-faktorga ega nufuzli xalqaro ilmiy jurnallarda maqolalar chop etishi, maqolalarga iqtiboslik ko'rsatkichlari oshishi, shuningdek, respublika ilmiy jurnallarini xalqaro ilmiy-texnik ma'lumotlar bazasiga bosqichma-bosqich kiritilishini ta'minlash;

❖ O'zbekiston oliy ta'lim tizimini Markaziy Osiyoda xalqaro ta'lim dasturlarini amalga oshiruvchi "xab"ga aylantirish;

❖ oliy ta'limning investitsiyaviy jozibadorligini oshirish, xorijiy ta'lim va ilm-fan texnologiyalarini jalb etish;

❖ talaba-yoshlar ta'lim-tarbiyasi uchun qo'shimcha sharoitlar yaratishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni o'z ichiga olgan beshta tashabbusni amaliyotga tatbiq etish;

❖ oliy ta'lim muassasalarining infratuzilmasi va moddiy-texnik bazasini, shu jumladan, xalqaro moliya institutlarining imtiyozli mablag'larini keng jalb qilish hisobiga yaxshilash, ularni bosqichma-bosqich o'zini o'zi moliyalashtirish tizimiga o'tkazish va moliyaviy barqarorligini ta'minlash;

❖ ta'limning ishlab chiqarish korxonalari va ilmiy-tadqiqot institutlari bilan o'zaro manfaatli hamkorligini yo'lga qo'yish;

❖ aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlari, shu jumladan, imkoniyati cheklangan shaxslarning oliy ta'lim bilan qamrov darajasini oshirish, ular uchun infratuzilmaga oid sharoitlarni yaxshilash;

❖ O'zbekiston Respublikasi oliy ta'lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini 2019-yilda amalga oshirish bo'yicha "Yo'l xaritasi" 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

Konsepsiya tegishli davrga mo'ljallangan maqsadli parametrlar va asosiy yo'nalishlardan kelib chiqib, har yili alohida tasdiqlanadigan "Yo'l xaritasi" orqali bosqichma-bosqich amalga oshirilishi belgilab qo'yilsin.

Global o'zgarishlar davrida ta'lim-tarbiyaga extiyoj ortib boradi. Chunki hayot o'zgarish sur'atlari tezlashadi. Bu bir tomondan, turli xalqlar hayot soxalarida imkoniyat doirasida umumiy jihatlarni, qulayliklarni yaratib bersa, ikkinchi tomondan axborot makoni kengayadi. Turli maqsad va manfaatlarga yo'naltirilgan har xil g'oya, qarashlar, uni targ'ibot qilish texnologiyalari ijtimoiy ong va tafakkuriga ta'sir ko'rsatish maqsadida "jozibador"ligini oshirgan xolda samaradorlikka erishish uchun harakat qiladi.

Ta'lim-tarbiyaning "sovetcha" modeli o'rnida yangi, ya'ni hozirgi zamonda ta'lim-tarbiya soxasida dunyoda erishilgan yutuqlarga, axborot kommunikasiya tizimi,

pedagogik texnologiyalarni joriy etgan xolda ta'limni amalga oshirishga, ta'lim soxasiga yangi innovasiyalarni joriy etishga davlat siyosati darajasida e'tibor berilmokda. Uning yutuqlarini esa dunyo e'tirof etmoqda. Masalan, ta'lim sohasida innovasiyalarni joriy etishga bo'yicha O'zbekiston Respublikasini ikkinchi o'rinni olganligi ham bunga dalildir.

Umuman olganda globallashuv davrida ta'lim-tarbiya jarayoni zamon kuyayotgan talablarga javob berishi, undan orqada kolmasligi muhim ahamiyatga ega. Bu mamlakatimizda belgilangan demokratik jamiyat qo'rish vazifalarini amalga oshirishda xal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. Ta'lim soxasidagi yutuqlar taraqqiyotning kaliti bo'lsa, tarbiya soxasidagi o'ziga xoslik O'zbekistonni mustaqil taraqqiyot yo'lidan rivojlanishini kafolatlab beradi.

Davlatimiz rahbari Sh.Mirziyoyev o'zining "Tanqidiy tahlil, qat'iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik - har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo'lishi kerak" asarida ta'lim va ilm-fan, davlatning yoshlarga doir siyosatini amalga oshirish, ta'limning yangi, zamonaviy usullarini, jumladan, axborot-kommunikasiya texnologiyalarini joriy etish sohasidagi ishlar axvoli tanqidiy tahlil qilib, bir qator vazifalarni amalga oshirishga e'tibor qaratdilar.

Shu o'rinda hammamiz uchun ayni paytda juda muhim ahamiyatga ega bo'lgan masala, ya'ni kitobxonlikni keng yoyish va yoshlarimizning kitobga bo'lgan muxabbatini, ularning ma'naviy immunitetini yanada oshirishga qaratilgan ishlarimizni yangi bosqichga olib chiqish vazifasi turibdi.

O'tgan yillar davomida ta'lim tizimini isloh qilish jarayonida respublikamizda mustahkam huquqiy, tashkiliy, moddiy-texnik baza yaratildi, bu intellektual salohiyati yuqori va barkamol yosh avlodni o'qitish va tarbiyalashning mazmunini yangilashga ko'maklashdi. Mustaqillik yillarida respublikamizda ta'lim-tarbiya tizimi va barkamol avlodni tarbiyalash davlat siyosatining asosiy ustuvor yo'nalishlari darajasiga ko'tarildi. Biroq, o'tkazilgan tahlillar ta'lim sohasida olib borilayotgan ishlarning samarasi va natijasi yetarli darajada emasligini ko'rsatmoqda. Shu bilan birga, umumiy o'rta va o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi rivojlanishini tahlil qilish natijalari tizimning bugungi kun talablariga javob bermasligini va tub islohotlarga muhtojligini ko'rsatdi.

Oliy ta'lim tizimida o'z yo'nalishlari bo'yicha dunyoning yetakchi ilmiy-ta'lim muassasalari bilan yaqin hamkorlik aloqalari o'rnatish, o'quv jarayoniga ilg'or xorijiy tajribalarini joriy etish, ayniqsa, istiqbolli pedagog va ilmiy kadrlarni xorijning yetakchi ilmiy-ta'lim muassasalarida stajirovkadan o'tkazish va malakasini oshirish borasidagi ishlar yetarli darajada olib borilmayapti.

Tahlillarning ko'rsatishicha, oxirgi yillarda o'qituvchilar, pedagoglar va tarbiyachilarning kattagina qismi yaxshi tayyorgarlik ko'rmaganligi, ularning bilim va kasb saviyasi pastligi jiddiy muammo bo'lib qolmoqda, malakali pedagog kadrlar yetishmasligi sezilmoqda. Ta'lim-tarbiya va o'quv jarayonlarining tarkibini,

bosqichlarini bir-biri bilan uzviy bog'lash, ya'ni uzluksiz ta'lim-tarbiya tizimini tashkil qilish muammolari hal qilingan emas. Mutaxassislar tayyorlash, ta'lim-tarbiya tizimi jamiyatda bo'layotgan islohotlar, yangilanish jarayonlari talablari bilan yetarli darajada bog'lanmagan. Aholi turli toifalarini "Hayot davomida ta'lim olish" prinsipi bo'yicha kasbga tayyorlash tizimining yetarli rivojlanmaganligi aksariyat katta yoshli aholi, shuningdek, ishsiz yoshlar va nogiron shaxslarning mehnat bozorida keraksiz bo'lib qolishiga olib kelmoqda.

Shuningdek, bugungi kunda mamlakatimiz oliy ta'lim tizimida kadrlar tayyorlash tizimining demokratik o'zgarishlar va bozor islohotlari talablariga muvofiq emasligi, o'quv jarayonining moddiy-texnika va axborot bazasi yetarli emasligi, yuqori malakali ilmiy-pedagog kadrlarning yetishmasligi, sifatli o'quv-uslubiy va ilmiy adabiyotlar hamda didaktik materiallarning kamligi, ta'lim tizimi, fan va ishlab chiqarish o'rtasida samarali o'zaro hamkorlik va o'zaro foydali integrasiyaning yo'qligi kadrlar tayyorlashning mavjud tizimidagi jiddiy kamchiliklar sirasiga kiradi.

Yuqorida ta'kidlanganlardan kelib chiqib xulosa qiladigan bo'lsak, hozirgi davrda har bir mamlakat raqobatbardoshligi avvalo, uning ta'lim va fan darajasiga bog'liq. Iqtisodiyot va jamiyat rivojlanishining zamonaviy holati inson faoliyatining kasbiy va kasbiy tayyorgarlik sifati darajasiga har qachongidan ham ko'proq talablar qo'ymoqda. Zamonaviy xodimning ma'lum bir ish faoliyatiga moslik darajasini baholash borasidagi talablar doimiy ravishda o'zgarib va kuchayib bormoqda. Bunda "Kasbiy kompetentlik" sifatida uning nafaqat kasbiy bilimlari, malaka va ko'nikmalari, balki mantiqiy fikrlashi, tashabbuskorligi, uddaburonligi, guruhda ishlash va hamkorlik qilishga bo'lgan qobiliyati, ma'lumotliligi va boshqa sifatlari muhim ahamiyat kasb etadi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 16 fevraldagi "Oliy o'quv yurtidan keyingi ta'lim tizimini yanada takomillashtirish to'g'risida" gi PF -4958 sonli Farmoni.

2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 20 apreldagi "Oliy ta'lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-2909-sonli Qarori.

3. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 27 iyuldagi "Oliy ma'lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining ishtirokini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-3151-sonli Qarori.

4. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 30 sentyabrdagi "Maktabgacha ta'lim tizimi boshqaruvini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PF-5198-sonli Farmoni.

5. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 25 yanvardagi «Umumiy o'rta, o'rta maxsus va kasb-hunar ta'limi tizimini tubdan takomillashtirish chora -tadbirlari to'g'risida»gi PF-5313-son Farmoni.

6. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 30 maydagi «Istiqbolli boshqaruv kadrlarini tanlov asosida tanlab olishning zamonaviy tizimini yaratish chora-tadbirlari to'g'risida»gi PQ-3755-sonli Qarori.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.