Научная статья на тему 'YANGI O‘ZBEKISTON TARAQQIYOTIDA TALABA-YOSHLAR TARBIYASIDAGI MUAMMO VA YECHIMLAR'

YANGI O‘ZBEKISTON TARAQQIYOTIDA TALABA-YOSHLAR TARBIYASIDAGI MUAMMO VA YECHIMLAR Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

77
158
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Oliy ta’lim / tyutor / talaba-yoshlar / ta‘lim-tarbiya / odob-axloq / ma’naviyat / ma’rifat / ilm-fan .

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — F. O. Xodjiyeva, Z B. O‘tapov

Yuksak ma’naviyatli, qat’iy hayotiy pozitsiya, keng dunyoqarashga ega bo‘lgan fidoyi va vatanparvar yoshlarni tarbiyalashda xalqaro standartlar asosida yuqori malakali, kreativ va tizimli fikrlaydigan, mustaqil qaror qabul qila oladigan, o‘zining shaxsiy pozitsiyasiga ega kadrlar tayyorlash.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «YANGI O‘ZBEKISTON TARAQQIYOTIDA TALABA-YOSHLAR TARBIYASIDAGI MUAMMO VA YECHIMLAR»

YANGI O'ZBEKISTON TARAQQIYOTIDA TALABA-YOSHLAR TARBIYASIDAGI MUAMMO VA YECHIMLAR

F. O. Xodjiyeva

Navoiy davlat pedagogika instituti Pedagogika va psixologiya kafedrasi dotsenti

Z. B. O'tapov

Pedagogika nazariyasi va tarixi mutaxassisligi 2- kurs magistranti

ANNOTASIYA

Yuksak ma'naviyatli, qat'iy hayotiy pozitsiya, keng dunyoqarashga ega bo'lgan fidoyi va vatanparvar yoshlarni tarbiyalashda xalqaro standartlar asosida yuqori malakali, kreativ va tizimli fikrlaydigan, mustaqil qaror qabul qila oladigan, o'zining shaxsiy pozitsiyasiga ega kadrlar tayyorlash.

Kalit so'zlar: Oliy ta'lim, tyutor, talaba-yoshlar, ta'lim-tarbiya, odob-axloq, ma'naviyat, ma'rifat, ilm-fan .

O'zbekiston Respublikasida oliy ta'limni tizimli isloh qilishning ustuvor yo'nalishlarini belgilash, zamonaviy bilim va yuksak ma'naviy-axloqiy fazilatlarga ega, mustaqil fikrlaydigan yuqori malakali kadrlar tayyorlash jarayonini sifat jihatidan yangi bosqichga ko'tarishni davrning o'zi taqozo etmoqda.

Tarbiya va ta'limni bir-biridan alohida ajratib bo'lmaydi. Bu ikki jarayon o'zaro uyg'un, uzluksiz asosda tashkil etilgandagina odobli, axloqiy fazilatlarga ega, yuksak ma'naviyatli, shu bilan birga bilimdon, zukko, ruhan va jismonan sog'lom, keng dunyoqarash va tafakkurga ega, zamonaviy kasb-hunar egasi bo'lgan vatanparvar yoshlarni yetishtirib beradi.

Oliy ta'limda talaba-yoshlar tarbiyasini globallashuv davrda zamonaviy talab asosda isloh qilish borasida olib borilayotgan ishlar uni bugungi kun ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda ilmiy asoslangan tayanch kompetensiyalar, fazilatlar asosida shakllantirishni talab etmoqda va bir qator muammolar ko'zga tashlanmoqda.

Vatanga sadoqat, burch va mas'uliyat, tashabbuskorlik va boshqa fazilatlar talabalar ongida nazariy tushunchalar sifatida qolib ketgani holda ularning tabiatida amaliy odatlarga aylanmayotgani kuzatilayapti. Buning oqibatida ularning ushbu fazilatlar haqidagi so'zlari bilan amallari orasida tafovut namoyon bo'lmoqda. Bu esa har yili mustaqil hayotga

June 3

75

kirib kelayotgan yigit-qizlarning hayotda o'z o'rinlarini topishlarida bir qator muammolarni yuzaga keltirmoqda.

Ayrim talaba-yoshlarda yuksak maqsadlarning shakllanmaganligi, o'zini o'zi o'qishga safarbar qilish, iroda, matonat, tirishqoqlik, harakat fazilatlari yetarli rivojlanmaganligi ta'lim sifatiga ham zarar ko'rsatmoqda.

Shuningdek, oliy ta'limda ma'naviy-axloqiy mazmunni kuchaytirish, yoshlarni milliy qadriyatlarga hurmat, insonparvarlik va yuksak ma'naviy g'oyalar asosida vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularda yot g'oya va mafkuralarga qarshi immunitetni mustahkamlash borasidagi ishlarni yanada rivojlantirish zarurati mavjud.

Ta'lim-tarbiya sohasidagi muammolarni bartaraf etishda hukumatimiz tamonidan bir-qator islohotlar amlga oshirildi va bu muammolar yechimining huquqiy asoslarini farmon hamda qarorlar bilan belgilab berdi. Jumladan: O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ma'naviy-ma'rifiy ishlar samaradorligini oshirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida" 2019-yil 3-maydagi PQ-4307-son qarori; O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8 oktabrdagi "O'zbekiston Respublikasi Oliy ta'lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida"gi PF-5847-son Farmoni; O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 31-dekabrdagi "Uzluksiz ma'naviy tarbiya konsepsiyasini tasdiqlash va uni amalga oshirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi 1059-son qarori; O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 26-martdagi "Ma'naviy-ma'rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-5040-son qarori; 2023 yil 28-yanvar kuni O'zbekiston Prezidentining 2022-2026 yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekiston taraqqiyot strategiyasi to'g'risidagi farmoni shular jumlasidandir.

Oliy ta'lim muassasalarida talaba-yoshlarni ma'naviy-axloqiy tamoyillar asosida tarbiyalashda inobatga olinishi lozim bo'lgan jihatlar:

- ma'naviy-ma'rifiy va tarbiyaviy ishlar ta'sirchanligini oshirish;

- talaba-yoshlarda zamonaviy bilimlarni egallash, media madaniyatni rivojlantirish;

- kasbiy-ma'naviy ko'nikmalarni mustahkamlash, o'zini-o'zi tarbiyalashga o'rgatish;

- faol fuqarolik pozitsiyasini kuchaytirish;

- ilmiy, ma'naviy-axloqiy, siyosiy dunyoqarash va sog'lom diniy e'tiqodni shakllantirish;

- ayrim talaba-yoshlarimizdagi loqaydlik, beparvolik kabi illatlarni bartaraf etish;

June 3

76

- talabalarda g'oyaviy va axborot xurujlariga qarshi mafkuraviy immunitetini mustahkamlash va ma'naviy barkamol avlodni tarbiyalash;

- kelajakka ishonch va mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlarga daxldorlik tuyg'usini kuchaytirish.

Bizga ma'lumki, yuqorida ko'rsatilgan muammolarning yana bir yechimi sifatida O'zbekiston Respublikasining 2021 yil 26 martdagi "Ma'naviy-ma'rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi qarori hamda Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirining 2021 yil 13 sentabrdagi buyrug'iga asosan, oliy ta'lim muassasalarida tyutorlik faoliyatini tashkil etish tartibi, uning maqsad-vazifalari, huquq-majburiyatlari belgilab berildi.

Respublikamiz oliy ta'lim tizimida endigina paydo bo'lgan tyutorlik faoliyatining o'ziga xos xususiyatlari quyidagilardan iborat[3]:

Tyutor - oliy ta'lim muassasasida faoliyat yuritadigan, tegishli malaka talablarga javob beradigan, yuksak axloqiy fazilatlarga ega bo'lgan xodim bo'lib, u o'ziga biriktirilgan talabalarning ta'lim olishi, darsdan bo'sh vaqtini mazmunli tashkil etishida ko'maklashuvchi inson bo'lib, talabalarni

Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalash, Yangi O'zbekiston taraqqiyot strategiyasi doirasida tashkil etiladigan to'garak va klublarga jalb etish, yuzaga keladigan muammo va kamchiliklarni o'rganib, ularga atroflicha yechim topish bilan shug'ullanadi.

2. Tyutorlarning — ta'lim va tarbiya jarayonini samarali tashkil etishda oliy ta'lim muassasalarida talabalar o'rtasidagi munosabatlarni mustahkamlash, talabalarning institut, universitet hayoti va ta'lim jarayoniga moslashishiga ko'maklashish, ularga uslubiy, ijtimoiy va psixologik yordam ko'rsatish va talabalarda tanlagan kasbiga muhabbatni oshirishdir.

3. Ta'lim va tarbiya jarayonini samarali tashkil etishda universitet va talabalar o'rtasidagi munosabatlarni mustahkamlash, talabalarning universitet hayoti va ta'lim jarayoniga moslashishiga ko'maklashish, ularga uslubiy, ijtimoiy va psixologik yordam ko'rsatish va talabalarda tanlagan kasbiga muhabbatni oshirishdir. Shu bilan birga ular yigit-qizlarning dars mashg'ulotlarini muntazam tahlil qilib boradi va sifatini oshiradi, ularning darsdan bo'sh vaqtlarini mazmunli o'tkazishini ta'minlaydi hamda ijtimoiy ahvolidan doimiy xabardor bo'lib turadi.

4. Tyutorlar ma'naviy-ma'rifiy va ahloqiy-tarbiya, o'quv va o'quvuslubiy hamda ilm-fan, innovatsion va ilmiy-tadqiqot yo'nalishlarida o'z

faoliyatini olib boradi.

June 3

77

5. Har bir tyutor o'ziga biriktirilgan guruh talabalarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qiladi, ularning ta'lim olishi, ilm bilan shug'ullanishi, yashashi va dam olishi uchun sharoitlar yaratishga ko'maklashadi va bu boradagi yangiliklardan xabardor qilib boradi.

6. Talabalarning o'quv intizomini mustahkamlash, ularda ijodiy fikrlash, halollik, to'g'ri so'zlik kabi xislatlarni shakllantirish borasida tizimli ishlarni yo'lga qo'yadi. Iqtidorli va iste'dodli talabalarni aniqlab, ularning turli tanlov va olimpiadalarda munosib ishtirok etishiga hamda talabalarning loyiha va startaplarini amalga oshirishga ko'maklashadi.

7. Tyutorlar talabalarni o'ylantiradigan qator masalalar, xususan, talabalarni turar joy bilan ta'minlash, qoldirilgan darslarni o'zlashtirishiga yordam berib boradi. talabaga tavsifnoma va akademik ta'til berish masalasini hal qilishda ishtirok etish, ularni rag'batlantirilishi yoki jazolanishi, turli stipendiyalarga tavsiya qilishda xulosa va fikrnoma berish huquqiga ega.

8. Har bir tyutor talabalarning sha'ni va qadr-qimmatini, obro'sini hurmat qilish, ularning jismoniy, ruhiy va psixologik holatidan muntazam xabardor bo'lish, o'quv, ma'naviy va ilmiy faoliyatini monitoring qilib borish, yigit-qizlarning darslarda ishtirokini nazorat qilish, yoshlarning ota-onalari va o'zi bilan doimiy muloqot qilib borishga majburdir.

Xulosa o'rnida xalqaro standartlar asosida yuqori malakali, kreativ va tizimli fikrlaydigan, mustaqil qaror qabul qila oladigan, o'zining shaxsiy pozitsiyasiga ega kadrlar tayyorlash, ularning intellektual qobiliyatlarini rivojlantirish va ma'naviy barkamol shaxs sifatida tarbiyalash Uchinchi Renessans poydevorini barpo etish uchun zamin yaratadi.

REFERENCES:

l.O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8 oktabrdagi "O'zbekiston Respublikasi Oliy ta'lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida"gi PF-5847-son Farmoni;

2.O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 26-martdagi "Ma'naviy-ma'rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-5040-son qarori

3.N.M. Orinova, H. Abdullayeva. Tyutorlik faoliyatining shakllanishi, uning tarixiy va zamonaviy xususiyatlari. Academic Research in Educational Sciences. VOLUME 3 | ISSUE 1 | 2022.

June 3

78

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.