Научная статья на тему 'MA’NAVIY-MA’RIFIY ISHLARNI TASHKIL ETISH VA UNDA INSONNI QADRLASH MASALALARI'

MA’NAVIY-MA’RIFIY ISHLARNI TASHKIL ETISH VA UNDA INSONNI QADRLASH MASALALARI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
3790
344
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Oriental Art and Culture
Область наук
Ключевые слова
ma’naviy-ma’rifiy ishlar / madaniy tadbirlar / ma’naviyat / ma’rifat / ijod / inson qadri / tarbiya / ma’naviy ehtiyoj / kreativ yondoshuv / estetik ehtiyoj

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Vahobjon Rustamov, Xumoyunmirzo Umarov

Ushbu maqolada ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etish va unda inson qadri masalalari bо‘yicha fikr va mulohazalar yuritilgan. O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan ma’naviy-ma’rifiy ishlar sohasidagi yutuq, kamchilik, muammo va ularning yechimlari, tashkil etilayotgan tadbirlarda insonlarni qadrlash, ularga g‘amxо‘rlik qilish tadbirlarni tashkil etishda tarbiyaviy jarayonlar haqida ma’lumotlar berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MA’NAVIY-MA’RIFIY ISHLARNI TASHKIL ETISH VA UNDA INSONNI QADRLASH MASALALARI»

MA'NAVIY-MA'RIFIY ISHLARNI TASHKIL ETISH VA UNDA INSONNI

QADRLASH MASALALARI

Vahobjon Rustamov vahobrustamov65@mail.com Xumoyunmirzo Umarov O'zbekiston davlat san'at va madaniyat instituti

Annotatsiya: Ushbu maqolada ma'naviy-ma'rifiy ishlarni tashkil etish va unda inson qadri masalalari bo'yicha fikr va mulohazalar yuritilgan. O'zbekistonda amalga oshirilayotgan ma'naviy-ma'rifiy ishlar sohasidagi yutuq, kamchilik, muammo va ularning yechimlari, tashkil etilayotgan tadbirlarda insonlarni qadrlash, ularga g'amxo'rlik qilish tadbirlarni tashkil etishda tarbiyaviy jarayonlar haqida ma'lumotlar berilgan.

Kalit so'zlar: ma'naviy-ma'rifiy ishlar, madaniy tadbirlar, ma'naviyat, ma'rifat, ijod, inson qadri, tarbiya, ma'naviy ehtiyoj, kreativ yondoshuv, estetik ehtiyoj

ISSUES OF THE ORGANIZATION OF SPIRITUAL AND EDUCATIONAL WORKS AND APPRECIATION OF HUMANS

Vahabjon Rustamov vahobrustamov65@mail.com Khomeunmirza Umarov Uzbekistan State Institute of Arts and Culture

Abstract: This article contains thoughts and opinions on the organization of spiritual and educational work and issues of human dignity. Information is given about the achievements, shortcomings, problems and their solutions in the field of spiritual and educational work in Uzbekistan, valuing and caring for people in organized events, educational processes in organizing events

Keywords: spiritual-educational work, cultural events, spirituality, enlightenment, creativity, upbringing of harmoniously developed generation, spiritual need, creative approach, aesthetic need

Yangilanyotgan O'zbekistonda amalga oshirilayotgan ishlar ko'lami kundan-kunga kengayib bormoqda. Davlatimiz rahbarining sayi-harakatlari, tashabbuslari bilan shiddat bilan taraqqiyot sari intilish O'zbekiston hayotida misli ko'rilmagan darajadagi rivojlanishning yuksak pog'onalarini ko'rib guvohi bo'lib turibmiz. Insonlarning tinch-hotirjam yashashi, ularning manfaatlarini himoya qilish,

I fctlT^^^^H 496 http://oac.dsmi-qf.uz

yurtimizni jahon arenasiga chiqarish, obro'yini ko'tarish, Prezidentimizning ta'birlari bilan aytganda, "xalqni rozi qilish" yo'lida qilinayotgan barcha ishlar, islohotlar jamiyatimiz taraqqiyotida muhim strategik masala sifatida qaralmoqda. O'zbekistonni yanada rivojlantirishning Harakatlar Strategiyasida belgilangan beshta, uning uzviyligini ta'minlash maqsadida amalga oshiriladigan yettita ustivor yo'nalishlarda belgilangan vazifalar va bunda ko'zda tutilgan maqsadlarning barchasining markazida "INSON"ning turishi, bir so'z bilan aytganda, chiqarilayotgan barcha xujjatlarning mazmunida shu yurtda yashayotgan xalqimizning moddiy va ma'naviy ehtiyojlarini qondirish, ularning farovon turmush tarzini yaxshilash, insonlar mehnatini qadrlash, yurtimizning jahon hamjamiyati oldida nufuzi, obro'yini oshirish va boshqa ulug' maqsadlar qo'yilganligidan dalolat berib turibdi.

Bunday ulug' ishlarni amalga oshirishda ma'naviy-ma'rifiy faoliyatning ahamiyati beqiyosdir.

"Ma'naviy-ma'rifiy faoliyat - bu insonlarning ma'naviy, ma'rifiy, ahloqiy qarashlariga oid tushunchalarni qamrab oladigan jarayonlardan hisoblanib, aniq reja asosida o'tkaziladigan tadbirlar asnosida amalga oshiriladigan ishlar majmuasidir"1.

Ma'naviy-ma'rifiy ishlar haqida olimlarimiz juda turli xil fikrlarni aytib o'tganlar. Madaniy oqartuv ishlari, madaniy-ma'rifiy ishlar, ma'naviy-ma'rifiy ishlar, madaniy tadbirlar kabi nomlar bilan atalib kelingan. Ushbu sanab o'tilganlarning barchasi deyarli bir xil mazmunga ega, ammo hozirgi kunga kelib asosan "ma'naviy-ma'rifiy ishlar" deb yuritish an'anaga aylangan.

Yurtimizda ma'naviy-ma'rifiy ishlarga juda katta strategik masala sifatida qaralib kelinmoqda. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning deyarli barchasi shu yurtda istiqomat qilayotgan insonlarning orzu-istaklarining ro'yobi uchun qilinayotgan ishlardir, deb qarasak, bizningcha to'g'ri bo'ladi. Barkamol avlod, komil inson, yosh avlod tarbiyasi kabi vazifalar aynan ma'naviy-ma'rifiy faoliyatni tashkil etish orqali amalga oshiriladigan jarayonlardir. Bu jarayonlarning barchasining markazida insonlarning farovon hayot kechirishlari, xalqimizni ehtiyojlarini qondirish, ularning yaxshi yashashi, sharoitlarini yaxshilash kabi vazifalar yotadi. Ayniqsa, yoshlar tarbiyasida bu faoliyatning muhimligini unutmasligimiz lozim. Zero, davlatimiz rahbari aytib o'tganlaridek, "barkamol avlodni shakllantirish, yoshlarni ma'naviy-axloqiy va jismonan sog'lom etib tarbiyalash, ularni olib borilayotgan islohotlarning faol ishtirokchisiga aylantirish"2 kabi masalalar ma'naviy-ma'rifiy soha xodimlari oldidagi katta ma'suliyat yuklaydi.

1 V.Rustamov. Ssenariynavislik mahorati. Toshkent, 2017 yil.33b.

2Yoshlarni ma'naviy-axloqiy va jismoniy barkamol etib tarbiyalash, ularga ta'lim-tarbiya berish tizimini sifat jihatidan yangi bosqichga ko'tarish chora-tadbirlari to'g'risida: O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori // Xalq so'zi. -2018. -15 avg.

I D^H^^Sl ^97 http://oac.dsmi-qf.uz

Hammamizga ma'lumki, "ma'naviyat" va "ma'rifat" tushunchalarining ko'pincha birgalikda qo'llanishi ma'naviy-ma'rifiy ishlarda ta'lim va tarbiya uyg'unligini nazarda tutadi. Ayniqsa, ta'lim muassasalarida buning ahamiyati, dolzarbligi yuz barobarga oshadi. Aytib o'tganimizdek, ma'naviyat bevosita ma'rifat tushunchasi bilan uzviy bog'liqdir. Chunki, bilish orqali juda ko'p muammolarni bartaraf qilish mumkin.

Manbalarda, "Ma'rifat (arabcha «arafa» - «bilmoq» so'zidan) - ta'lim-tarbiya, iqtisodiy, siyosiy, falsafiy, diniy g'oyalar majmui asosida kishilarning ong-bilimini, madaniyatini o'stirishga qaratilgan faoliyat"3 deb berilgan. "Ma'rifat" tushunchasi bilish, bilim, ma'lumot, tanish, tanishish ma'nolarida ham qo'llanilib kelinmoqda. Darhaqiqat, uning ma'nosi bilimdir. Atama sifatida esa u tabiat, jamiyat va inson mohiyati haqidagi turli-tuman bilimlar, ma'lumotlar majmuasini bildiradi. Ma'rifat degani bilimli, muayyan sohada ma'lumoti bor, degani bo'lib, insonparvarlik ma'naviyati zaminidagina o'z mohiyatiga ega bo'ladi. Kishilarning bilimini, madaniyati oshirishga qaratilgan ta'lim-tarbiyaga ham ma'rifat deb ham qaraladi. Bu so'z ilm-u urfon ma'nolarida ham ishlatiladi. Ma'rifat tushunchasi kengroq ma'noda qo'llanilib, bilim va ma'naviyatni yoyish va yuksaltirishning hamma turlari va sohalarini o'zida mujassam qilgan. Bu ikki sermazmun tushunchalarning birga qo'llanishi ta'lim-tarbiya masalalarining barcha jihatlarini, odob, ahloq, tarbiya, o'qish, bilim olish, o'rganish, mutolaa qilish, ilmli bo'lish, jamiyatga nafi tegadigan inson bo'lish va h.k. kabi qarashlar, fikrlarni o'zida qamrab oladi.

O'zbekistonda ijtimoiy-iqtisodiy sohalar qatorida ma'naviy-ma'rifiy ishlarga ham alohida o'rin berilgan. Jumladan, 2021-yil 6-noyabr kuni O'zbekiston Respublikasi Prezidentining lavozimga kirishishiga bag'ishlangan tantanali marosimida Shavkat Mirziyoyev kelgusi besh yilga mo'ljallangan ustuvor yo'nalishlar haqida so'zlagan nutqlarida "Harakatlar strategiyasidan - Taraqqiyot strategiyasi sari" degan tamoyilni asosiy g'oya va bosh mezon sifatida ilgari surganda, uni tinglagan, eshitgan har bir inson keyingi amalga oshiriladigan islohotlarda millat, yurt va Vatan taraqqiyotini his etdi. Taraqqiyot strategiyasida jamiyatni yanada rivojdantirish uchun muhim bo'lgan barcha siyosiy, iqtisodiy, xuquqiy masalalar bilan bir qatorda ma'naviy va ma'rifiy masalalarning qo'yilishi ham ushbu sohaning jamiyat taraqqiyotidagi ahamiyatini belgilaydi.

Taraqqiyot strategiyasida inson qadrini ulug'lash, erkin fuqarolik jamiyatini rivojlantirish orqali xalqparvar davlat barpo etish, adolat va qonun ustuvorligini mustahkamlash, inson qadr-qimmatini ta'minlash, milliy iqtisodiyotni rivojlantirish, adolatli ijtimoiy siyosat yuritish, inson kapitalini rivojlantirishning eng muhim omili hisoblangan sifatli ta'lim-tarbiya masalasi, ma'naviy va ma'rifiy sohani rivojlantirish, ekologik tahdidlarning salbiy ta'siri, mamlakatimizdagi tinchlik va xavfsizlikni

3Madaniyat va san'at atamalari izohli lug'ati/ Taxrirchi: B.Sayfullayev. -Toshkent;2014.-B. 87.

I îhSi^^Bl ^98 http://oac.dsmi-qf.uz

ta'minlash, xalqaro hamkorlikni rivojlantirish4 kabi masalalar kun tartibiga qo'yilgan bo'lib, bunda inson, uning qadr-qimmati, jamiyatda xotirjam yashashi, farzandalariga ta'lim-tarbiya berishda uning ortida davlat, Prezident turganligini his qilishi, yaxshi, farovon yashashi uchun barcha shart-sharoitlar yaratilajagi haqidagi fikrlarni anglash qiyin emas.

Taraqqiyot strategiyaning beshinchi ustuvor yo'nalishga asosan ma'naviy va ma'rifiy sohalar rivojlantirilishi haqidagi fikrlar bayon etilgan. "Shu maqsadda "Yangi O'zbekiston - ma'rifatli jamiyat" konsepsiyasi amalga oshiriladi. Madaniyat va san'atni yuksaltirish, yoshlarni sog'lom e'tiqod ruhida tarbiyalash, millatlararo hamjihatlik va o'zaro hurmatni mustahkamlashga ustuvor ahamiyat qaratiladi", deydi Prezidentimiz.

Darhaqiqat, ma'naviy-ma'rifiy ishlarni amalga oshirishda asosiy maqsad yoshlarni bo'sh vaqtlarini mazmunli o'tkazish, ularning ma'naviy, estetik ehtiyojlarini qondirish, ma'naviy dunyosini boyitish, vatanparvarlik, fidoyilik, mehnatsevarlik hissiyotlarini rivojlantirish, jamiyat taraqqiyotida o'z o'rnini egallashi, kelajakda jamiyatning faol a'zosi sifatida shakllanishi, ilmli, bilimli, zukko bo'lishi kabi ulug' maqsadlar qo'yilgan.

Hozirgi kunda bunday ishlar ta'lim muassasalarida bilan bir qatorda mahallalarda ham tashkil etilishi katta samara bermoqda. Mahallalalarda istqomat qilayotgan xalqimizni ma'naviy-ahloqiy tarbiyalash, ularning ma'rifiy va ijodiy qobiliyatlarini oshirish, dam olish va xordiq chiqarishini uyushtirish ham ma'naviy-ma'rifiy sohalarning ijtimoiy funksiyalarini belgilab bermoqda.

Davlatimiz rahbari Sh.Mirziyoyev tomonidan insonlarning ijtimoiy-iqtisodiy, ma'naviy ehtiyojlarini qondirish, xalqni rozi qilish, yashash sharoitlari, turmush tarzini yaxshilashga qaratilgan qator ishlar amalga oshirilmoqda. Insonlarning maroqli dam olishlari uchun dam olish maskanlarini, madaniyat markazlari, madaniyat va istirohat bog'lari, teatrlar, konsert zallari, sport o'yinlari o'tkaziladigan maydonlar, maktab, oliy ta'lim muassasalari, ishlab chiqarish korxonalarini yangidan qurish, mavjudlarini moddiy-texnika bazasini takomillashtirish, rivojlantirish, ularni ta'mirlash va boshqa ishlar shaxsan davlatimiz rahbarining tashabbuslari, taklif va ko'rsatmalari asosida tashkil etilmoqda. Ayniqsa, talaba yoshlarning yaxshi o'qishlari, ularning ma'naviy, estetik ehtiyojlarini qondirish, bo'sh vaqtlarini mazmunli o'tkazishga qaratilgan turli mavzulardagi tadbirlarning tashkil etilishi talaba yoshlarning bu boradagi imkoniyatlarini kengaytirmoqda.

Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev tomonidan 2021-yil 19-yanvar kuni "Ma'naviy-ma'rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish, bu borada davlat va jamoat tashkilotlarining hamkorligini kuchaytirish" masalalari bo'yicha videoselektor

4 O'zbekiston Respublikasi Prezidentining o'z lavozimiga kirishishiga bag'ishlangan tantanali marosimdagi nutqi. "Yangi O'zbekiston" ijtimoiy-siyosiy gazetasi. 2021 yil 7 noyabr.

V7ZYWZ^^Ml 499

http://oac.dsmi-qf.uz

yig'ilishida "Agar jamiyat hayotining tanasi iqtisodiyot bo'lsa, uning joni va ruhi ma'naviyatdir. Biz yangi O'zbekistonni barpo etishga qaror qilgan ekanmiz, ikkita mustahkam ustunga tayanamiz. Birinchisi - bozor tamoyillariga asoslangan kuchli iqtisodiyot. Ikkinchisi - ajdodlarimizning boy merosi va milliy qadriyatlarga asoslangan kuchli ma'naviyat5", deya ta'kilab o'tdilar.

Undan tashqari, davlatimiz rahbarining 2021-yil 26-martdagi "Ma'naviy-ma'rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-5040-son Qarori ham ushbu faoliyatga bugungi Yangilanayotgan O'zbekiston uchun muhim xujjatlardan biri ekanligini alohida qayd etish maqsadga muvofiqdir. Ushbu xujjatda "Bu borada olib borilayotgan muhim ishlarga qaramasdan, ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy sohalardagi yangilanishlar jarayonida ma'naviy-ma'rifiy islohotlarning samaradorligiga to'siq bo'layotgan bir qator tizimli muammolar saqlanib qolmoqda.

Ma'naviy-ma'rifiy jarayonlarni tashkil etishda yaxlit tizim mavjud emas, xalqimiz, ayniqsa yoshlarni ma'naviy tahdidlardan himoya qilish borasida yetarli darajada tashkiliy-amaliy va ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilmayapti, ushbu yo'nalishda davlat tashkilotlari, fuqarolik jamiyati institutlari, ommaviy axborot vositalari hamda xususiy sektorning ijtimoiy hamkorligi samarali yo'lga qo'yilmagan. Mavjud muammolarni hal etish, ma'naviy-ma'rifiy ishlarning samarasi va ta'sirchanligini oshirish, ko'lami va miqyosini yanada kengaytirish, mamlakat aholisi, avvalo, yoshlar qalbida amalga oshirilayotgan islohotlarga daxldorlik hissini kuchaytirish, sohadagi ishlarni muvofiqlashtirishning yagona tizimini yaratish maqsadida6 aniq, strategik, ustivor yo'nalishlar belgilandi.

Mazkur xujjatda oila, ta'lim tashkilotlari va mahallalarda ma'naviy tarbiyaning uzviyligini ta'minlash, madaniyat, adabiyot, kino, teatr, musiqa va san'atning barcha turlari, noshirlik-matbaa mahsulotlari, ommaviy axborot vositalarida ma'naviy-axloqiy mezonlar, milliy va umuminsoniy qadriyatlarning ustuvorligiga erishish, yoshlarimiz ongiga salbiy ta'sir etuvchi, ularni g'oyaviy jihatdan qaram etishga yo'naltirilgan harakatlarga qarshi samarali kurash olib borish hamda irodali, fidoyi, vatanparvar va o'z mustaqil fikriga ega avlodni tarbiyalash bo'yicha amaliy chora-tadbirlar dasturlarini ishlab chiqish7 kabi muhim masalalarga katta e'tibor qaratish lozimligi ta'kidlangan.

Juda ko'p hollarda ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar hisobot uchun o'tkazilishi sir emas. Tadbirlarni tashkil etishda aniq maqsadlar belgilanib, amalga oshiriladigan

5Sh.Mirziyoyevning 2021 yil 19 yanvar kuni "Ma'naviy-ma'rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish, bu borada davlat va jamoat tashkilotlarining hamkorligini kuchaytirish" masalalari bo'yicha videoselektor yig'ilishidagi nutqi. Xalq so'zi. 20 yanvar.

6Prezident Sh.Mirziyoyevning 2021 yil 26 martdagi "Ma'naviy-ma'rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-5040-son Qarori. Yangi O'zbekiston.27 mart.

7 O'sha manba.

I icclT^^^^H 500 http://oac.dsmi-qf.uz

ishlar rejasi puxta ishlanib, insonlarning bo'sh vaqtlarini hisobga olgan holda tashkil etish maqsadga muvofiqdir.

Ma'naviy-ma'rifiy ishlar sifatiga erishish uchun tadbirlar saviyasini ko'tarish haqida bosh qotirish lozim. Masalan, davra suhbatini olaylik. Odam savdosiga qarshi kurash mavzusi bo'yicha tadbir o'tkaziladigan bo'lsa, ma'ruzachi undagi faktlarni faqat aytib berish bilan chegaralansa, ya'ni (ma'ruzani o'qib yoki tushuntirib bersa) bu tinglovchida hech qanday hissiyotlarni uyg'otmasligi mumkin. Bunda turli metod va vositalardan to'g'ri va oqilona foydalanish - tadbirning sifat samaradorligiga erishishiga olib keladi. Bu yerda "tadbirni quruq ma'ruzani o'qish bilan emas, balki isbotlangan faktlar bilan, turli ko'rgazmalar, xujjatli filmlar, videoroliklar, sahna ko'rinishlari, shu mavzularga oid kuy va qo'shiqlar uyg'unligida o'tkazilsa, uning ta'sirchanligi va sifat darajasi oshadi hamda tinglovchi yoki tomoshabinning ongiga ijobiy ta'sir qiladi. Bunda ishontirish metodidan foydalanish mumkin, ya'ni chet ellarga, ya'ni o'zga yurtlarga borib, ko'p pul topishni istagan yoshlarga buning hammasi safsata ekanligiga ishontirish, u yerdagi shart-sharoit va ahvolning naqadar ayanchli ekanligini ko'rsatish (film, sahna ko'rinish orqali yoki aynan ana shunday sharoitlarga tushib qolgan insonlar o'zlari gapirib bersalar), o'z yurtining qadriga yetish kabi vazifalarni qo'ygan holda taqdim etilishi ko'pchilikning to'g'ri xulosa chiqarishiga sabab bo'la oladi8, deyish mumkin.

Bitta tadbirni o'tkazgan bilan inson o'zgarib yoki tarbiyalanib qolmaydi. Buning uchun tizimli ishlarni amalga oshirish zarur. Tadbir tashkilotchilari badiiy jihatda mukammal ssenariyni yaratish, uni sahnaga ko'chirish qonuniyatlarini yaxshi bilishi talab etiladi. Faqat kuy, qo'shiq yoki raqslardan iborat tashkil etilgan tadbirlar yaxshi samara bermasligi mumkin. Tadbirni g'oyaviy jihatdan aniq maqsadlarga yo'naltirish, tinglovchi yoki tomoshabinlarning didiga mos tarbiyaviy manbalardan foydalanish, bir so'z bilan aytganda, ma'naviy, estetik ehtiyojlarini qondirishga qaratilsa maqsadga muvofiq bo'ladi.

Madaniy-ma'rifiy faoliyat ertangi kun ish samaradorligiga erishishda muhim rol o'ynaydi. Chunki, yaxshi dam olgan kishi sidqidildan mehnat qiladi. Xotirjam bo'lmagan, yaxshi dam olmagan, charchagan insondan chin dildan mehnat talab qilish qiyin masalalardan biridir. Yaxshi, maroqli dam olgan odam ish faoliyatida aktivlashadi, oldinga intiladi, oldinga intilish esa juda ko'p kadrlarni o'z o'rnini egallashda asqotadi. Insonlarning dam olish, hordiq chiqarish masalalari ham muhim ijtimoiy-siyosiy, ma'naviy-ma'rifiy jarayonlardan hisoblanadi.

"Ma'naviy-ma'rifiy sohaning obekti INSON, insonning ma'naviy-madaniy olamidir. U, birinchidan, insonning ma'naviy-madaniy olamini o'ziga xos amaliy-tarbiyaviy vositalar va usullar bilan shakllantiruvchi, ikkinchidan esa xalq ijodini

8Sayfullayev B., Rustamov V. Madaniy tadbirlarni tashkil etish mahorati: o'quv qo'llanma. -Toshkent; 2017. -B.47 UTTTtX^^m 501

http://oac.dsmi-qf.uz

targ'ib qiluvchi kishilarning dam olishi va xordiq chiqarishini uyushtiruvchi, fuqarolarni ijtimoiy-madaniy hayotga jalb qiluvchi sohadir"9.

Xulosa sifatida shuni aytish kerakki, aniq maqsadlarni oldiga qo'ygan holda ma'naviy-ma'rifiy ishlarni maqsadli tashkil etish, u orqali insonlar ongida Vatanga muhabbat ruhini singdirish, ular orasida ijtimoiy-ma'naviy muhitni yaxshilash, ularni ertangi kunga ishonch bilan bunyodkorlik ishlariga jalb etish, ma'naviyatini yuksaltirish, ilmli, bilimli, amiyatga nafi tegadigan inson bo'lib yetishishlarida bu faoliyatning ahamiyati beqiyosdir.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Prezident Sh.Mirziyoyevning 2021-yil 26-martdagi "Ma'naviy-ma'rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-5040-son qarori. Yangi O'zbekiston. www.lex.uz

2. Prezident Sh.Mirziyoyevning Yoshlarni ma'naviy-axloqiy va jismoniy barkamol etib tarbiyalash, ularga ta'lim-tarbiya berish tizimini sifat jihatidan yangi bosqichga ko'tarish chora-tadbirlari to'g'risidagi Qarori. // Xalq so'zi. 2018-yil, 15-avgust

3. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining o'z lavozimiga kirishishiga bag'ishlangan tantanali marosimda so'zlagan nutqi. "Yangi O'zbekiston" ijtimoiy-siyosiy gazetasi. 2021-yil 7-noyabr.

4. V.Alimasov, Y.Manzarov. O'zbekistonda ma'naviy-ma'rifiy soha: nazariya va amaliyot. Toshkent, 2014.108b.

5. V.Rustamov. Ssenariynavislik mahorati. Toshkent, 2017 yil, 33b.

6. Madaniyat va san'at atamalari izohli lug'ati/ Taxrirchi: B.Sayfullayev. -Toshkent; 2014.-B. 87.

7. B.Sayfullayev B.,Rustamov V. Madaniy tadbirlarni tashkil etish mahorati: o'quv qo'llanma. -Toshkent; 2017. -B.47.

8. Genkin D.M.. Massoviye prazdniki. -Moskva; 1998. -S. 45.

9. O'zbek tilining izohli lug'ati /Taxrirchi: Z.Ma'rufov. -Moskva, 1981. -B.198.

9 V.Alimasov, Y.Manzarov. O'zbekistonda ma'naviy-ma'rifiy soha: nazariya va amaliyot. Toshkent, 2014.108b.

502

http://oac.dsmi-qf.uz

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.