Научная статья на тему 'TEXNOLOGIYA FANINING UZVIYLIK VA UZLUKSIZLIGINI TA’MINLASH VA TAKOMILLASHTIRISH OMILLARI'

TEXNOLOGIYA FANINING UZVIYLIK VA UZLUKSIZLIGINI TA’MINLASH VA TAKOMILLASHTIRISH OMILLARI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

2722
221
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
ta’lim / uzluksiz ta’lim / uzviylik / texnologiya / dastur / ustaxona / metodik taʻminot / moddiy-texnik baza / elektron darslik / masofaviy taʻlim / education / continuing education / technology / workshop / curriculum / distance learning / methodological complex / electronic textbook

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — X. Muxamedova

Mavjud oliy taʻlim muassasalarida zamonaviy texnologiya fani yoʻnalishida oʻqituvchi pedagog-kadrlarni tayyorlash sifati bugungi kun talablariga mos kelmasligi texnologiya fanini oʻqitishni tubdan qayta koʻrib chiqish va zamon talabiga mos ravishda yangilashni taqazo etmoqda

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

FACTORS TO ENSURE AND IMPROVE THE MEMBERSHIP AND CONTINUITY OF TECHNOLOGY

The fact that the quality of teacher training using modern technologies in existing higher educational institutions does not meet today’s requirements requires a radical rethinking and modernization of teaching technologies.

Текст научной работы на тему «TEXNOLOGIYA FANINING UZVIYLIK VA UZLUKSIZLIGINI TA’MINLASH VA TAKOMILLASHTIRISH OMILLARI»

TEXNOLOGIYA FANINING UZVIYLIK VA UZLUKSIZLIGINI TA'MINLASH VA TAKOMILLASHTIRISH OMILLARI

X. Muxamedova

Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Professional ta'lim o'qituvchisi

ANNOTATSIYA

Mavjud oliy ta'lim muassasalarida zamonaviy texnologiya fani yo'nalishida o'qituvchi pedagog-kadrlarni tayyorlash sifati bugungi kun talablariga mos kelmasligi texnologiya fanini o'qitishni tubdan qayta ko'rib chiqish va zamon talabiga mos ravishda yangilashni taqazo etmoqda.

Kalit so'zlar: ta'lim, uzluksiz ta'lim, uzviylik, texnologiya, dastur, ustaxona, metodik ta'minot, moddiy-texnik baza, elektron darslik, masofaviy ta'lim.

FACTORS TO ENSURE AND IMPROVE THE MEMBERSHIP AND CONTINUITY OF TECHNOLOGY

Kh. Mukhamedova

Teacher of Tashkent State Pedagogical University named after Nizami

ABSTRACT

The fact that the quality of teacher training using modern technologies in existing higher educational institutions does not meet today's requirements requires a radical rethinking and modernization of teaching technologies.

Keywords: education, continuing education, technology, workshop, curriculum, distance learning, methodological complex, electronic textbook.

KIRISH

Ma'lumki, 2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasini "Faol tadbirkorlik, innovatsion g'oyalar va texnologiyalarni qo'llab-quvvatlash yili"da amalga oshirishga oid Davlat dasturida "Ta'lim to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasi qonunining yangi tahrirdagi loyihasini ishlab chiqish va qabul qilish belgilangan. Mamlakatimizda ham istiqlolning dastlabki yillaridan boshlab ta'lim-tarbiya tizimini tubdan isloh qilishga alohida e'tibor qaratilib, farzandlarimizning jahon andozalari

darajasida zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni egallashi, jismonan va ma'nan yetuk insonlar bo'lib ulg'ayishi, ularning qobiliyat va iste'dodini, intellektual salohiyatini yuzaga chiqarish, yosh avlod qalbida Vatanga sadoqat va fidoyilik tuyg'ularini yuksaltirish borasida ulkan ishlar amalga oshirib kelinmoqda.

Ammo, bugun shiddat bilan o'zgarayotgan zamon, jahon bozoridagi keskin raqobat va yuqori malakali kadrlarga bo'lgan talabning ortib borayotgani ushbu sohani ham isloh qilib borishni taqozo etmoqda. Taraqqiyotning navbatdagi bosqichiga qadam qo'ygan mamlakatimizda ham o'tgan ikki yilda jamiyatimizning barcha sohalarida amalga oshirilayotgan yangilanishlarning mazmuniga mos ravishda ta'lim tizimini tubdan isloh qilishga qaratilgan muhim chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Keng jamoatchilik va ota-onalarning fikr-takliflari asosida yurtimizda 11 yillik majburiy maktab ta'limi qayta joriy etildi, kadrlarga bo'lgan ehtiyojdan kelib chiqib, o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi tizimi ham manzilli va maqsadli ravishda isloh qilinmoqda. Oliy ta'lim muassasalariga qabul kvotalari ko'paytirildi, xorijdagi nufuzli oliy ta'lim muassasalari diplomlarini nostrifikatsiyalash tizimi soddalashtirildi, talab yuqori bo'lgan qator sohalar bo'yicha sirtqi ta'lim yo'lga qo'yildi, davlat test sinovlari tizimi takomillashtirildi.

Shu bilan birga, oliy ta'limdan keyingi ta'lim tizimi ham xalqaro andozalarga asosan takomillashtirilib, olimlarni har tomonlama qo'llab-quvvatlash, ularning ilmiy va innovatsion faoliyatiga keng sharoitlar yaratilmoqda.

METODOLOGIYA

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 6 noyabrdagi «Ta'lim tarbiya tizimini yanada takomillashtirishga oid qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida»gi qaroriga muvofiq, inspeksiya hamda tegishli ta'lim vazirliklariga maktabgacha, umumiy o'rta, professional, oliy ta'lim o'quv dasturlari va fanlarning uzluksizligini ta'minlash bo'yicha vazifalar belgilab berilgan. Bunda maktabgacha, umumiy o'rta, professional va oliy ta'lim fan dasturlari uzviyligini ta'minlash va ta'lim jarayoniga yangi o'quv dasturlari va rejalarini joriy etish ko'zda tutilgan. Bugungi kunda mazkur vazifalar ijrosini ta'minlash yuzasidan tegishli yo'l xaritasi ishlab chiqildi.

Uzluksiz ta'lim tizimida fan dasturlarining uzviyligi ta'minlanmagani ta'lim sifati va samaradorligiga salbiy ta'sir ko'rsatmoqda. Jumladan, ta'lim turlariaro mavzularning takrorlanishi, ayrim mavzularga haddan ziyod ko'p soatning ajratilgani, fan mazmuni deyarli nazariy ma'lumotlarga asoslanganligi hamda xalqaro tadqiqotlar singdirilmaganligi kabi muammolar mavjud. Ta'lim bosqichlari mazmuni tahlilida 10-

15 foiz mavzulaming takror berilayotganligi, 50-60 foiz mavzularda uzviylik ta'minlanmaganligi tahlillarda ko'rindi.

Oldimizda ta'lim mazmunini belgilashga xizmat qiluvchi, uzluksiz ta'lim tizimining me'yoriy hujjatlari, o'quv dasturlarining uzviyligini tahlil qilish, ularning har bir fan bo'yicha bosqichlar orasida takroriyligining oldini olish bo'yicha ishlar hamda uzviyligi ta'minlangan fan dasturlari asosida darsliklar mazmunini ham muvofiqlashtirish kabi dolzarb vazifalar turibdi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

O'quvchilarni ma'naviy dunyosini boyitish, borliqni idrok etishda uning yaxlitligi, takrorlanmasligi va uyg'unligini anglash, hayotiy tasavvurini amaliy faoliyatida ifodalash orqali tafakkurini o'stirish, ijodkorlikni rivojlantirish, innovatsion g'oyalarni yaratish hamda kundalik hayotga tatbiq etishga o'rgatish amaliy fanlar blok -moduli orqali amalga oshiriladi.

Mavjud oliy ta'lim muassasalarida zamonaviy texnologiya fani yo'nalishida o'qituvchi pedagog-kadrlarni tayyorlash sifati bugungi kun talablariga mos kelmasligi texnologiya fanini o'qitishni tubdan qayta ko'rib chiqish va zamon talabiga mos ravishda yangilashni taqazo etmoqda. Shu bilan bir qatorda texnologiya fanini o'qitishda, ya'ni, amaliy mashg'ulotlarni olib borishda ancha yillardn beri yechimini topmayotgan muammolar hali ham mavjud.

Texnologiya o'quv fani o'quvchilarda texnik ijodkorlikni, qobiliyatni, tafakkurni rivojlantirish, dars jarayonida tabiiy, metall va metallmas materiallarga texnologiya asosida ishlov berish usullarini o'rgatish orqali kasb -hunarga yo'naltirishni yanada kuchaytirish, hunarmandchilik asoslari, ishlab chiqarish va ro'zg'orshunoslik asoslari, elektrotexnika ishlari, elektronika asoslari, ijodiy loyiha tayyorlash texnologiyasi, kasb-hunarga yo'llash bo'yicha o'zlashtirgan bilim, ko'nikma va malakalarini hayotda qo'llay olish layoqatini shakllantirishni ko'zda tutgan. O'quv predmetini o'qitish orqali o'quvchilarning texnik ijodkorlik qobiliyati, kreativ ko'nikmalarini rivojlantirishga alohida e'tibor qaratiladi.

Texnologiya fanini rivojlantirish uchun ta'limning barcha bosqichlarida texnologiya fanini o'qitish tizimini yaratish, texnologiya fanining ilmiy metodik ta'minotini rivojlantirish, texnologiya fanining moddiy-texnik ta'minotini mustahkamlash, zamonaviy texnika va texnologiyalar bilan ta'minlash, texnologiya ta'limi jarayoniga raqamli texnologiyalar va zamonaviy usullarni joriy etish orqali innovatsion infratuzilmasini shakllantirish, umumiy o'rta ta'lim fanlari bilan o'zaro bog'liqligi va o'quvchilarni kasb-hunarga yo'naltirish ishlarini tashkil etish, fan

doirasida o'rgatiladigan va mamlakatimiz iqtisodiyoti uchun istiqbolli deb tanlangan kasblar hamda mutaxassislarni tayyorlashning tayanch bosqichi sifatida xizmat qilishi, fanning mazmuni, o'ziga xos xususiyatlari, malaka talablari va shakllantiriladigan kompetensiyalardan kelib chiqqan holda baholash tizimini ishlab chiqish lozim bo'ladi

Texnologiya fani moddiy-texnik bazasini mustahkamlash zarur. Buning uchun xalqaro tajribalarni hisobga olgan holda yangi turdagi zamonaviy o'quv ishlab chiqarish ustaxonalarini (laboratoriya) barpo etish va muqaddam qurilgan o'quv ishlab chiqarish ustaxonalarini zamonaviy ustaxona (laboratoriya) namunasiga moslashtirish, zamonaviy mebel, jihozlar, asbob-uskuna va moslamalar, o'quv-uslubiy materiallar, kompyuter, interaktiv doska, planshet va multimedia texnikalari, internet, videokuzatuv tizimlari bilan jihozlash, ularni o'z vaqtida yangilab borish, ustaxonalarda (laboratoriya) o'tkaziladigan amaliy mashg'ulotlar uchun kerakli xom ashyo materiallarini davlat budjeti, homiy tashkilotlar va ta'lim muassasasining budjetdan tashqari mablag'lari hisobidan ta'minlashni yo'lga qo'yish kerak.

Texnologiya fani bo'yicha elektron kitoblarni mobil uskunalarga yuklab va ko'chirib olish maqsadida QR-kod yordamida o'quv-metodik majmualar (darslik, mashq daftari, o'qituvchi uchun metodik qo'llanma, darsliklarning multimediali ilovasi) haqidagi axborotlarni joylashtirish tizimini yaratish, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida masofaviy ta'lim dasturlarini tashkil etish, nazariy va amaliy mashg'ulotlarni onlayn kuzatish va o'zlashtirish imkonini beruvchi, shuningdek ularni elektron axborot saqlovchilarga yuklovchi platformalardan (Edu Market interfaol-virtual ta'lim dasturi) hamda ta'lim jarayonlarida "bulutli texnologiyalar"dan foydalanish, masofadan turib foydalanish imkonini beruvchi elektron kutubxona tizimiga texnologiya fani bo'yicha ishlab chiqilgan o'quv-metodik majmualarni, elektron ta'lim rusurslarini joylashtirish hamda ulardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish, ta'lim jarayonida elektron resurslar salmog'ini bosqichma-bosqich oshirib borish, elektron o'quv adabiyotlar yaratish, ularni mobil qurilmalarga yuklab olish maqsadida QR-kod yordamida elektron resurslar haqidagi axborotlarni joylashtirish tizimini yaratish maqsadga muvofiq bo'lardi.

XULOSA

Yuqorida ko'rsatilgan talablar to'liq amalga oshirilsa, o'quvchilar texnologik jarayon davomida bajariladigan operatsiyalar yuzasidan olgan bilim, ko'nikma va malakalarini mustaqil amaliy faoliyatda qo'llay oladigan, kasb-hunar tanlash, milliy va umuminsoniy qadriyatlar asosida ijtimoiy munosabatlarga kirisha oladigan, mehnat bozorida zarur bo'ladigan kompetensiyalari shakllangan, texnologik savodxonlik,

tanqidiy, kreativ va tizimli fikrlaydigan, mustaqil qaror qabul qila oladigan, o'z intellektual qobiliyatlarini namoyon eta oladigan va ma'naviy barkamol shaxs sifatida shakllanadilar.

Texnologiya fani ta'lim, fan va ishlab chiqarish integratsiyasini harakatlantiruvchi kuch, O'zbekiston iqtisodiyotining tayanchi hisoblanadi. Iqtisodiyot sohasidagi globallashuv, ijtimoiy madaniy o'zgarishlar, kadrlar tayyorlashda sifat ko'rsatkichlarini yaxshilash, texnologiya fani maqomi va nufuzini oshirish, o'quvchilar o'rtasida ijodkorlik muhitini shakllantirish, iqtidorli o'quvchi-yoshlarni aniqlash, respublika miqyosida intellektual yetuk o'quvchi-yoshlar seleksiyasini tashkil etish tizimini shakllantirish orqali amalga oshirish mumkin.

REFERENCES

1. Ilyos Saxatov. "Adolat" muxbiri" Ta'lim to'g'risida"gi qonun: yangi tahrirdagi loyiha ishlab chiqildi. Adolat gazetasi №17 2018 y.

2. "Yangi O'zbekiston" va "Pravda Vostoka" gazetalari 2020 y.

3. Umumiy o'rta ta'limning milliy o'quv dasturi. Texnologiya. O'zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi. Respuplika ta'lim markazi. 2020 y.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.