Научная статья на тему 'UZLUKSIZ TA'LIM TIZIMIDA ADABIYOTNING O‘QITILISHI (O'ZBEK, TURK VA OZARBAYJON OLIY TA'LIM TIZIMI MISOLIDA)'

UZLUKSIZ TA'LIM TIZIMIDA ADABIYOTNING O‘QITILISHI (O'ZBEK, TURK VA OZARBAYJON OLIY TA'LIM TIZIMI MISOLIDA) Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
70
83
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
uzluksiz ta’lim / metodika / adabiyotning o‘qitilishi / zamonaviy yondashuv / nazariy va amaliy / ta’lim va tarbiya / kasbiy kompetentlik

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Akhmedova Mohinur

Maqolada uzluksiz ta'lim tizimida adabiyotning o‘qitilishi o'zbek, turk va ozarbayjon oliy ta'lim tizimi misolida, ularning xususiyatlari muhokama qilinadi. Uzluksiz ta’lim tizimida ishlaydigan har bir mutaxassis kasbiy pedagogik ma’lumotga ega bo’lish bilan cheklanmasdan, aynan shu yoshdagi o‘quvchilarga ta’lim va tarbiya berishga maxsus tayyorgarlik ko‘rgan bo‘lishi, metodik va zamonaviy yondashuvlarga alohida e’tibor qaratgan bo’lishi maqsadga muvofiqdir. Uzluksiz ta’lim tizimida adabiyotning o’qitilish metodikasini modernizatsiya qilish tendentsiyalari: talabalarni adabiyotning o‘qitilishi mazmuni, shakllari va texnologiyalari, kasbiy faoliyatga nazariy va amaliy tayyorgarlik ko‘rish yo‘nalishlari ochib berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «UZLUKSIZ TA'LIM TIZIMIDA ADABIYOTNING O‘QITILISHI (O'ZBEK, TURK VA OZARBAYJON OLIY TA'LIM TIZIMI MISOLIDA)»

"RAQAMLI TA'LIMNING ZAMONAVIY TENDENTSIYALARI VA ULARNI TA'LIM-TARBIYA

JARAYONIGA TADBIQ QILISH YO'LLARF MAVZUSIDAGI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

25-oktabr 2023-yil

UZLUKSIZ TA'LIM TIZIMIDA ADABIYOTNING O'QITILISHI (O'ZBEK, TURK VA OZARBAYJON OLIY TA'LIM TIZIMI MISOLIDA)

Akhmedova Mohinur

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti

1-bosqich doktoranti https://doi.org/10.5281/zenodo. 10036696 Annotatsiya. Maqolada uzluksiz ta'lim tizimida adabiyotning o'qitilishi o'zbek, turk va ozarbayjon oliy ta'lim tizimi misolida, ularning xususiyatlari muhokamaqilinadi. Uzluksiz ta'lim tizimida ishlaydigan har bir mutaxassis kasbiy pedagogik ma'lumotga ega bo'lish bilan cheklanmasdan, aynan shu yoshdagi o'quvchilarga ta'lim va tarbiya berishga maxsus tayyorgarlik ko'rgan bo'lishi, metodik va zamonaviy yondashuvlarga alohida e 'tibor qaratgan bo'lishi maqsadga muvofiqdir.

Uzluksiz ta'lim tizimida adabiyotning o'qitilish metodikasini modernizatsiya qilish tendentsiyalari: talabalarni adabiyotning o'qitilishi mazmuni, shakllari va texnologiyalari, kasbiy faoliyatga nazariy va amaliy tayyorgarlik ko'rish yo'nalishlari ochib berilgan.

Kalit so'zlar: uzluksiz ta'lim, metodika, adabiyotning o'qitilishi, zamonaviy yondashuv, nazariy va amaliy, ta'lim va tarbiya, kasbiy kompetentlik

Abstract. The article discusses the teaching of literature in the continuous education system on the example of the Uzbek, Turkish and Azerbaijani higher education systems, their features. Each specialist working in the continuing education system should not only have professional pedagogical knowledge, but also have special training for teaching and training students of this age, special attention to methodical and modern approaches. it is appropriate to have focused.

The trends of modernizing the teaching methodology of literature in the continuous education system: the content, forms and technologies of teaching students, directions of theoretical and practical preparation for professional activity are revealed.

Keywords: continuous education, methodology, teaching of literature, modern approach, theoretical and practical, education and training, professional competence

Аннотация. В статье рассматривается преподавание литературы в системе непрерывного образования на примере систем высшего образования Узбекистана, Турции и Азербайджана, их особенности. Каждый специалист, работающий в системе непрерывного образования, должен не только обладать профессиональными педагогическими знаниями, но и иметь специальную подготовку по обучению и воспитанию учащихся этого возраста, особое внимание к методическим и современным подходам.

Выявлены тенденции модернизации методики преподавания литературы в системе непрерывного образования: содержание, формы и технологии обучения студентов, направления теоретической и практической подготовки к профессиональной деятельности.

Ключевые слова: непрерывное образование, методика, преподавание литературы, современный подход, теоретический и практический, образование и подготовка, профессиональная компетентность.

Kirish. «Adabiyot o'qitish metodikasi» pedagogik fanlar tizimiga mansub o'laroq, ilmning alohida turi bo'lish uchun qo'yiladigan uch talabning barchasiga [1] javob bera oladi. Birinchidan, adabiyot o'qitish metodikasi o'rganadigan soha ilmdagi boshqa biror o'quv fani tomonidan

"RAQAMLI TA'LIMNING ZAMONAVIY TENDENTSIYALARI VA ULARNI TA'LIM-TARBIYA

JARAYONIGA TADBIQ QILISH YO'LLARF MAVZUSIDAGI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

25-oktabr 2023-yil

o'rganilmaydi. Ikkinchidan, mazkur fan ishlaydigan soha, ya'ni adabiyot darslarida badiiy asarlar o'qitilishining optimal va samarali yo'llarini tadqiq etish, adabiy ta'limning nazariy asoslarini ishlab chiqish ulkan ijtimoiy ahamiyat kasb etadi. Uchinchidan, adabiyot o'qitish metodikasi fani o'ziga xos ilmiy-tadqiqot usullariga ega. Adabiyot o'qitish metodikasi badiiy adabiyot o'qitilish jarayoniga bog'liq qonuniyatlarni o'rganadi. Unda adabiyotshunoslik bilan pedagogikaning ayrim xususiyatlari uyg'unlashadi. Ya'ni adabiyotshunoslik alohida fan sifatida adabiyot tarixi, nazariyasi va adabiy jarayon muammolari bilan shug'ullansa, pedagogika bola tarbiyasi qonuniyatlari bilan mashg'ulligi ma'lum. Ammo bu ikkala fan ham uzluksiz ta'lim jarayonida adabiyotdan nimani va qanday o'qitilishi kerakligi masalasini hal qilib bera olmaydi. Shu ma'noda adabiyot o'qitish metodikasi alohida fan sifatida flologik ta'lim uchun zarur hisoblanib, uning o'z obyekti va predmeti, maqsad va vazifalari, mazmuni va metodlari mavjud.

Bizgacha yaratilgan soha darsliklariga [2] tayangan holda «Adabiyot o'qitish metodikasi» fanining obyektini uzluksiz ta'lim tizimidagi adabiyot darslari, deya ko'rsatish mumkin. Mazkur fanning predmeti esa uzluksiz ta'lim tizimida badiiy adabiyotning o'qitilishiga doir didaktik ashyolar va qonuniyatlar hamda badiiy asarni o'rganishda o'qituvchi-o'quvchi munosabatlaridagi hamkorlik jarayonidir. «Adabiyot o'qitish metodikasi» fanining maqsadi bo'lajak o'qituvchining kasbiy kompetentliligini shakllantirish, ularga yoshlar ma'naviyatini qaror toptirishda badiiy asarning ta'sir kuchidan oqilona va samarali foydalanish yo'llarini o'rgatishdan iborat.

Tadqiqotning metodologiyasi va obyekti.Adabiyot o'qitish metodikasi fani adabiyot darslarining ta'lim muassasalarida o'rganiladigan boshqa o'quv fanlaridan farqini ko'rsatish; adabiy ta'limdagi an'anaviy va novatorlik yondashuvga xos jihatlarni o'rganish; pedagoglarda adabiy ta'lim uchun optimal variantlarni belgilashda zarur bo'ladigan ko'nikmalarni shakllantirish; adabiyot darslarida o'qituvchi va o'quvchi faoliyati hamda ularning o'zaro munosabatidagi o'ziga xosliklar bilan tanishtirish singari vazifalarni o'z ichiga oladi.

Shundan kelib chiqiladigan bo'lsa, «Adabiyot o'qitish metodikasi» fanining vazifalari o'qitish jarayonida ta'limning samarali metod va usullaridan foydalanish yo'llarini o'rgatish, badiiy asar tahlilida o'quvchi ma'naviyatiga ijobiy ta'sir ko'rsatadigan jihatlarni ochish hamda undan maqsadga muvofiq tarzda foydalana bilishga yo'naltirishdan iborat. «Adabiyot o'qitish metodikasi» fanining mazmuni ta'lim metodlari, usullari, shakllari va ularning o'ziga xos xususiyatlari, badiiy asar bilan bog'liq nazariy va didaktik tushunchalar, adabiy matn bilan ishlash jarayonida o'qituvchi va o'quvchi faoliyatini tashkil etish yo'llarini o'z ichiga oladi.

Tadqiqot natijalari va muhokamasi. Hozirga kunda mamlakatimiz ta'lim tizimiga innovasion-pedagogik, modulli texnologiyalar va zamonaviy ta'lim vositalarini ta'lim jarayoniga keng tatbiq etish davr talabi bo'lib qolmoqda. Bu o'z navbatida, ta'lim jarayonini oldindan loyihalashtirishni amalga oshira oladigan, texnologik bilimlar tizimiga ega bo'lgan zamonaviy o'qituvchilarga bo'lgan talabni oshiradi.

Tan olish kerakki, keyingi yillarda, o'zbek oliy ta'lim tizimi misolida, inovasion-pedagogik va modulli texnologiyalar bo'yicha mamlakatimiz olimlari tomonidan samarali ishlar amalga oshirildi. Lekin, chop etilgan ko'plab ilmiy-metodik adabiyotlarda munozoraga sababchi bo'layotgan kamchiliklarga yo'l qo'yib qilinmoqda. Jumladan, pedagogik amaliyotda keng qo'laniladigan "metodika" va "texnologiya" tushunchalari mohiyatini tavsiflashda ko'plab adabiyotlarda turli yondashuvlar mavjud bo'lib, ular ma'lum ma'noda ta'lim jarayonini samarali tashkil etishga to'sqinliq qilmoqda. Shu nuqtai-nazardan olib qaraganda, mazkur masala yuzasidan ayrim mulohozalarni ta'kidlab o'tish maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz.

"RAQAMLI TA'LIMNING ZAMONAVIY TENDENTSIYALARI VA ULARNI TA'LIM-TARBIYA

JARAYONIGA TADBIQ QILISH YO'LLARF MAVZUSIDAGI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

25-oktabr 2023-yil

Ozarbayjonning uzluksiz ta'lim tizimida c fanining quyidagi sakkizta shakli mavjud:

1)faoliyatga kirishish;

2) o'qituvchi bilan o'quvchi hamkorlikda bajaradigan mustaqil harakatlar;

3) o'qituvchi harakatni boshlab beradi va unga o'quvchini jalb etadi;

4) taqlid harakatlari (o'qituvchidan ibrat olgan o'quvchi ana shu namuna asosida harakat

qiladi);

5) madad harakatlari (o'qituvchi o'quvchiga oraliq maqsadni va unga erishish usullarini tanlashda yordam beradi hamda oxirgi natijani nazorat qiladi);

6) o'z-o'zini boshqarish harakatlari (o'qituvchi faqat umumiy maqsadni ko'rsatishda va oxirgi natijani baholashda ishtirok etadi);

7) o'z-o'zini ko'rsatuvchi harakatlar;

8) o'z-o'zini uyushtiruvchi harakatlar [3].

Uzluksiz ta'lim tizimida adabiyotning o'qitilishini takomil bosqichiga o'tish jarayonida o'zaro ta'sir o'tkazish harakatini baholashdan o'z-o'zini baholash darajasiga ko'tarilishi sodir bo'ladi. Ushbu jarayonda Ozarbayjonning uzluksiz ta'lim tizimida adabiyotning o'qitilish dinamikasining revojlanayotganidan dalolat beradi.

Turkiyada uzluksiz ta'lim jarayonini tizimli o'rganish Turkiya ta'lim tizimini takomillashtirish bo'yicha hali ko'p ishlar qilinishi kerakligini aniqlash imkonini berdi. Ta'kidlash joizki, bu ishda o'quv jarayoni kontseptsiyasini qayta ko'rib chiqish, uni o'qituvchining faoliyati va talabalar faoliyati bilan bog'liq bo'lmagan o'quv jarayonining haqiqiy kursiga moslashtirish muhim rol o'ynaydi, ta'lim mazmuni bilan, lekin bu tarkibni o'zida mujassam etgan shakl sifatida ta'lim vazifalari bilan. Ushbu yondashuv o'ta muhim, ammo amaliyotda hali etarli darajada amalga oshirilmagan, axborot-ta'lim muhitida talabalarning mustaqil ishini tashkil etish muammosini e'tiborga oladi [3].

Turkiya oliy ta'lim tizimida adabiyotning o'qitilish metodikasi o'qituvchilar talabalar bilan birgalikda ta'lim veb-saytlari va virtual fan kabinetlarini yaratadilar; tarmoq uslubiy birlashmalar faoliyat yuritadi, internet resurslaridan foydalangan holda ma'ruzalar o'tkaziladi, tele - va videokonferensiyalar, suhbatlar tashkil etiladi. Rivojlanayotgan axborot muhiti bo'lajak o'qituvchi oldiga bir qator talablarni qo'yadi. Undan adabiyotning o'qitilish metodikasi jarayonida talab qilinadi:

- axborot-ta'lim muhitida ta'lim jarayonini tashkil etishning psixologik-pedagogik asoslarini bilish;

- zamonaviy axborot-ta'lim muhiti didaktikasi asoslarini bilish;

- kompyuterda ishlash asoslarini bilish, shuningdek, ta'lim axborot makoniga kirish va undan foydalanish qobiliyati;

- kasbiy takomillashtirish maqsadida shaxsiy ma'lumotlar maydonini tashkil qilish qobiliyati;

- Internetda ishlash asoslarini bilish, axborot resurslaridan samarali foydalanish.

Shunday qilib, Turkiyadagi oliy ta'lim muassasalarida adabiyotning o'qitilish jarayonni

tashkil etishning zamonaviy yondashuvlarini tahlil qilish ushbu hodisaga xos bo'lgan asosiy xususiyatlarni ajratib ko'rsatish va shu asosda kasbiy faoliyatga yondashuvni belgilab beruvchi fundamental pozitsiyalarni aniqlash imkonini berdi. Turkiya universitetlarida mutaxassislarni pedagogik tayyorlash.

"RAQAMLI TA'LIMNING ZAMONAVIY TENDENTSIYALARI VA ULARNI TA'LIM-TARBIYA

JARAYONIGA TADBIQ QILISH YO'LLARF MAVZUSIDAGI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

25-oktabr 2023-yil

Avvalo, adabiyotning o'qitilish metodikasining tizimli modeli bo'lib, u o'qitishning muhim va doimiy xususiyatlarini o'zida aks ettiradi va universitet o'qituvchilari ta'limining mazmuni, tuzilishi va vazifalarini nazariy tushunishga xizmat qiladi. Ushbu modelni yaratish va amalga oshirishning asosiy printsipi yaxlitlikdir. Faqat uning barcha tarkibiy qismlarining o'zaro bog'liqligi va o'zaro ta'sirini nazarda tutuvchi yaxlit adabiyotning o'qitilish metodikasi jarayonida mutaxassisni tashkiliy va tartibli uzviy kasbiy-pedagogik tayyorlash imkoniyatini beradi. Ushbu treningning samaradorligi o'qituvchi va talabalarning pedagogik jarayonning yaxlitligi, o'z faoliyatini boshqarishning integrativ natijasi sifatida bilish darajasiga bog'liq. Maqsadlar, vazifalarni amalga oshirish, muammoli kasbiy va pedagogik vazifalarni hal qilishni rejalashtirish va tashkil etish, nazorat qilish, tuzatish va baholashga qaratilgan pedagogik jarayon sub'ektlarining (ularning harakatlari, usullari) o'quv va tarbiyaviy faoliyati, adabiyotning o'qitilish metodikasi natijalari, ya'ni shaxsan muhim motivlar, ushbu elementlarning har biriga munosabat va ularni yaxlitlik sifatida anglash uchun asosdir. Shu munosabat bilan talabalarning o'quv faoliyatini adabiyotning o'qitilish metodikasi asosida tashkil etish va boshqarishning ilmiy asoslangan tizimi universitetda mutaxassislarni samarali kasbiy va pedagogik tayyorlash uchun shart-sharoitlarni ifodalaydi.

Xulosa. Mamlakatimizda ta'limni rivojlantirishning maqsadli dasturiga muvofiq ta'lim tizimi modernizatsiyalash, kadrlarni qayta tayyorlash, o'quv jarayonini axborotlashtirish, axborot makonlarini yaratish kabilarni amalga oshirish zarur. Sanab tilgan talablar yangi milliy ta'lim tizimining shakllanishiga, inson kapitalining rivojlanishiga, mamlakatimiz iqtisodiyotining mustahkamlanishiga olib keladi.Ta'lim jarayoniga innovatsion texnologiyalarning joriy qilinishi ta'lim oluvchilarni dolzarb bilimlar bilan ta'minlash uchun kasbiy faoliyatiga yangi yondashuvlarni olib kirish va ularni o'zlashtirishi darajasining ortishiga imkon beradi. Ta'lim tizimini modernizatsiyalash ta'lim oluvchilarning ham ta'lim olish faoliyatidagi o'zgarishlarni krsatadi

Yuqorida aytilganlarni umumlashtirgan holda aytish mumkinki, kompetentli yondashuv -bu hozirgi zamon kasbiy ta'lim tizimini mehnat bozorining talab va ehtiyojlari bilan bir qatorga qyishga intilishdir. Mana shunday yondashuv o'qituvchidan o'quvchiga bilimlarning translyatsiya qilinishini emas, balki amaliy tajribalar, bilim, mahorat va ko'nikmalar asosida muvaffaqiyatli harakat qilish imkonini beradigan kasbiy kompetentlilikni shakllantirishni ko'zda tutadi. Pedagog-xodimlar uchun yeng muhim vazifa bo'lib, kompetensiyalarni amaliy jihatdan egallash zarurati sanaladi.

REFERENCES

1. Adabiyot o'qitish metodikasi. (Pedagogika institutlari va uniersitetlarning filologiya fakultetlari uchun dasturiy qo'llanma). Tuzuvchilar: Q. Yo'ldoshev, O. Madayev, A. Abdurazzoqov. - T.: 1994. 11 - 12-betlar.

2. To'xliyev B. Adabiyot o'qitish metodikasi. - T.: Alisher Navoiy nomidagi O'zbekiston Milliy kutubxonasi, 2021.

3. Sharipov T.M. (2022). Features of training students of higher educational institutions of Azerbajan and Turkey//Bulletin of Science and Education, (4 (52)), 156-168.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.