Научная статья на тему 'ONA TILI VA ADABIYOT O‘QITUVCHILARINING KASBIY TAYYORGARLIGINI RIVOJLANTIRISH ILMIY-PEDAGOGIK MUAMMO SIFATIDA'

ONA TILI VA ADABIYOT O‘QITUVCHILARINING KASBIY TAYYORGARLIGINI RIVOJLANTIRISH ILMIY-PEDAGOGIK MUAMMO SIFATIDA Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
435
34
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
Har bir inson qanday fikrlashi / qaysi sohani tanlashi yo til va adabiyotga qiziqishi bor-yo‘qligidan qat’iy nazar / fikrlarni bayon etishni ona tili orqali / shaxsidagi ezgu ma’naviy sifatlarni adabiyot ta’sirida tarkib toptiradi.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Shodmonova Munira Burxonovna

Har bir inson qanday fikrlashi, qaysi sohani tanlashi yo til va adabiyotga qiziqishi bor-yo‘qligidan qat’iy nazar, fikrlarni bayon etishni ona tili orqali, shaxsidagi ezgu ma’naviy sifatlarni adabiyot ta’sirida tarkib toptiradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «ONA TILI VA ADABIYOT O‘QITUVCHILARINING KASBIY TAYYORGARLIGINI RIVOJLANTIRISH ILMIY-PEDAGOGIK MUAMMO SIFATIDA»

"RAQAMLI TA'LIMNING ZAMONAVIY TENDENTSIYALARI VA ULARNI TA'LIM-TARBIYA

JARAYONIGA TADBIQ QILISH YO'LLARF MAVZUSIDAGI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

25-oktabr 2023-yil

ONA TILI VA ADABIYOT O'QITUVCHILARINING KASBIY TAYYORGARLIGINI RIVOJLANTIRISH ILMIY-PEDAGOGIK MUAMMO SIFATIDA Shodmonova Munira Burxonovna

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti, Ona tili

ta'limi kafedrasi dotsenti, PhD https://doi.org/10.5281/zenodo. 10036836

Har bir inson qanday fkrlashi, qaysi sohani tanlashi yo til va adabiyotga qiziqishi bor-yo'qligidan qat'iy nazar, fikrlarni bayon etishni ona tili orqali, shaxsidagi ezgu ma'naviy sifatlarni adabiyot ta'sirida tarkib toptiradi. Shu sababli ham «...badiiy adabiyot vakillarining xalqimiz qalbini, uning oliy maqsadlari, bugungi hayoti, taqdiri va kelajagini yaqindan biladigan insonlar sifatida jamiyatimizdagi o'rni va ta'siri beqiyosdir», - degan fkr ayni haqiqatdir. Ana shu beqiyos ta'sirni yuzaga keltiradigan o'qituvchilar malakasini qay yo'sinda samaraliroq tarzda oshirish yuzasidan olimlar ko'plab izlanishlar olib borishgan.

MDH olimlari Y.Polat, A.Andreyev, N.Naydenova, G.Levkin, I.Varganova, N.Valyushina, R.Pimonov, N.Gavrilov, I.Zadorojnyaya, S.Berejnaya, M.A.Malisheva, S.Bogdanova va xorij olimlari A.Amadco, I.Allen, J.Seaman, D.Keegan, H.Kappel, B.Lehmann, J.Loeper, B.Holmberg, M.Dougiamas, P.Taylorlar masofadan o'qitish texnologiyalaridan foydalanishning nazariyasi va amaliyoti masalalari, uning didaktik va metodik asoslari, shuningdek, pedagog xodimlar malakasini oshirish tizimida masofadan o'qitish texnologiyalarini qo'llash muammolari, o'quv mazmunining variativligi masalalarini tadqiq etishgan.

V.V.Guzeyev, M.V.Klarin, Y.S.Polat, V.A.Slasteninlar 1980-yillarning oxirlariga kelib passiv va faol, balki interfaol modellarini ham ajratib ko'rsatishadi.

Malaka oshirish jarayonida o'qituvchilarni innovatsion faoliyatga tayyorlash masalalari L.Harvey, J.Goldberg, Bryan R.Cole, Ronald J.Fitzgerald, Jeffrey J.Burgard tomonidan tadqiq etilgan. A.Saltzman tomonidan ta'lim muassasalari rahbarlari kasbiy kompetentliligini rivojlantirish masalalari o'rganilgan.

MDH davlatlaridan O.Osipova, V.Paramzina, Y.Polat, A.Shabanov, K.Sharifzyanova va xorijiy davlatlarda Z.Berge, J.Daniel va boshqalar tomonidan masofaviy o'qitish, pedagog kadrlarning malakasini oshirish, o'qituvchilarning kasbiy kompetentligini rivojlantirish masalalari tadqiq etilgan.

Shu bilan birga uzluksiz ta'limda pedagog kadrlar malakasini oshirishning nazariy, psixologik-pedagogik va ijtimoiy-iqtisodiy asoslari, kasbiy tayyorgarlik tizimi, ta'lim sifati menejmentini takomillashtirish masalalari, o'qituvchining mahorati, shaxsiy sifatlari MDHning V.Gorshkova, I.Podlasiy, A.Solojin kabi olimlari tomonidan o'rganilib, ilmiy-metodik asoslari ishlab chiqilgan.

O'qituvchi kasbiy tayyorgarligini takomillashtirish zamonaviy pedagogika fanida alohida e'tiborda turgan ilmiy muammodir. Shu bois bu yo'nalishda dunyo tarbiyashunoslik ilmida turlicha qarashlar bayon etilgan. Jumladan, L.M.Mitina va O.V.Kuzmenkova singari rus olimlari o'qituvchilar kasbiy rivojlanishining pedagogik salohiyatdan tashqari, shaxsning ish faoliyatida o'z ijodiy imkoniyatlarini namoyon qilishiday muhim omillari ham mavjudligini qayd etadilar. Ijodiy imkoniyatni namoyon qilish uchun esa shaxs fkrlash tarzi hamda ma'naviy dunyosini ezgu sifatlar bilan uzluksiz boyita olish xususiyatiga egaligi asosiy omil sanaladi. Mualliflar kasbiy o'zlikni anglash darajasining o'sishi kasbiy shakllanishga qulay sharoit yaratishi mumkinligini

"RAQAMLI TA'LIMNING ZAMONAVIY TENDENTSIYALARI VA ULARNI TA'LIM-TARBIYA

JARAYONIGA TADBIQ QILISH YO'LLARF MAVZUSIDAGI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

25-oktabr 2023-yil

asoslab berishadi. O'qituvchining o'z ijodiy imkoniyatlarini kasbiy faoliyatiga tatbiq qila olishi uning mutaxassis sifatidagi rivojlanishi natijasi tarzida qabul qilinadi.

O'qituvchi faoliyatida muhim o'rin tutuvchi o'zini anglash tuyg'usi quyidagi bosqichlarda shakllanadi: o'z shaxsiga e'tibor; o'ziga ishonch; o'zgalarga xayrixoh munosabat; o'z aybini ko'ra bilish va o'zini tutish. Shu tarzda bino bo'lgan shaxsiy komillik o'qituvchini kasbiy kamolot, malaka sari yetaklaydi.

Shuningdek, rossiyalik olimlar masofadan o'qitish ham o'qituvchilar kasbiy ta'limini rivojlantirish shakllaridan biri bo'lib, bu jarayonda kompyuterlar va telekommunikatsion texnologiyalarga asoslangan holda o'qitishning eng yaxshi an'anaviy va innovatsion usul, vosita va shakllaridan uyg'unlikda foydalanlishi kerakligini ta'kidlashadi.

D.Faber esa ta'lim shaklining samaradorligini o'rganishga bag'ishlangan 248ta ilmiy tadqiqot natijalarini tahlil etib, bu ishlar kompetentlikni o'zgartirish borasidagi talabga to'la javob berolmaydi va binobarin, masofadan o'qitish, ya'ni ta'lim jarayonining sinf xonasidan ekranga ko'chirilishi interfaol texnologiyalarni qo'llashning samaradorligga to'la asos bo'la olmaydi, -degan xulosaga kelgan.

D.Karnevel ham masofadan o'qitish muammolariga bag'ishlangan «Teleta'lim - 99» anjumani ishlari natijalarini umumlashtirib o'qitishning an'anaviy va onlayn usullari elementlarini birlashtirish ta'lim oluvchilarni o'qitish sifatini oshirishga imkon berishini, ya'ni sof

an'anaviy yoki sof onlayn usulda o'qitishga qaraganda aynan «aralash» ta'limning samarali ekanligini ta'kidlaydi.

Latviya Respublikasi uzluksiz malaka oshirish tizimini tashkil etish va amalga oshirish tartibi 2010-yil 24-martda Davlat Standartlashtirish Assotsiatsiyasining umumiy yig'ilishida tasdiqlangan. Uzluksiz malaka oshirish shakllari quyidagicha:

- assotsiatsiya tomonidan tashkil etiladigan amaliy seminar, yozgi amaliy seminar-treninglar va boshqa tadbirlar;

- ilmiy-amaliy konferensiya va seminarlar, kongresslar;

- maxsus tashkil etilgan trening kurslar (masofadan o'qish va masofaviy kurslarni ham o'z ichiga oladi);

- rahbar va pedagog xodimlar har-yili kamida 30 (10 soat rasmiy; 20 soat norasmiy) soatlik uzluksiz malaka oshirish kursidan o'tgan bo'lishi zarur.

Ta'lim tizimi xodimlari assotsiatsiya a'zosi hisoblanadi va ular har-yili 31 yanvarga qadar faoliyati bo'yicha o'z hisobotlarini assotsiatsiyaga taqdim etishlari zarur.

Litva Respublikasi fan va ta'lim vazirligi tomonidan norasmiy ta'lim turlarini taklif etuvchi 90ta litsenziyali ta'lim muassasasi ro'yxatga olingan. Iqtisodiyot vazirligi tomonidan katta yoshdagilar va boshqa toifalar uchun o'z xizmatlarini taklif etgan 700ta muassasa ro'yxati mavjud. Shundan 63tasi davlat boshqaruvidagi kompaniyalar, 288tasi aksionerlik kompaniyalari, 271tasi yakka tartibdagi va 46 tasi chet el kompaniyalaridir.

Shuningdek, universitetlar qoshida kattalar malakasini oshirish bilan shug'ullanuvchi maxsus bo'limlar ham faoliyat olib boradi. Qayta tayyorlash va malaka oshirish uchun taklif qilinayotgan kurslar asosan pedagogika, psixologiya, maxsus va qo'shimcha ta'lim sohalarini qamrab oladi.

Buyuk Britaniya ta'lim tizimi mutaxassis xodimlari uchun malaka oshirish ikki yo'nalishda olib boriladi: 1. Universitetda maxsus o'quv dasturlari asosida; 2. Maktabda trening mashg'ulotlari asosida. Angliyada ko'pchilik o'qituvchilar "Mutaxassis o'qituvchi" maqomiga

"RAQAMLI TA'LIMNING ZAMONAVIY TENDENTSIYALARI VA ULARNI TA'LIM-TARBIYA

JARAYONIGA TADBIQ QILISH YO'LLARP MAVZUSIDAGI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

25-oktabr 2G23-yll

ega. O'qituvchilik faoliyatini olib bormoqchi bo'lgan talaba Ingliz tili va matematikadan sinovdan o'tib, "Ta'lim berish uchun umumiy darajadagi" guvohnoma (diplom) olishlari zarur. Boshlang'ich sinf o'qituvchilari tayanch o'quv rejadagi boshlang'ich sinflarda o'qitiladigan barcha fanlarni o'qitishga tayyorlanadi. Shuningdek, fan dasturlarini ishlab chiqish bo'yicha ko'nikmaga ham ega bo'lishlari mumkin. Malaka oshirishdan o'tgan o'qituvchilarning barchasi davlat tomonidan qabul qilingan malaka talablariga javob berishi zarur. Malaka talablari Davlat Kotibiyati tomonidan ishlab chiqiladi va o'rnatilgan tartibda tasdiqlanadi.

Malayziyada [160] ta'lim tizimi rahbar va mutaxassis xodimlarni malakasini oshirish quyidagi yo'nalishlarda amalga oshiriladi:

1) individual malaka oshirish - rahbar xodimlarning ta'limda yetakchilik va boshqaruv malakalarini rivojlantirish;

2) tashkiliy ishlar - ta'lim muassasasida sog'lom muhitni yaratish, hamkorlik dasturlarini takomillashtirish bo'yicha malaka oshirish;

3) master-trenerlarning malakasini oshirish;

4) ilmiy tadqiqot - ta'limda yetakchilik va boshqaruv yo'nalishida ilmiy ishlar olib borish malakalarini rivojlantirish;

5) ta'limni boshqaruvda axborot texnologiyalaridan foydalanish va xalqaro hamkorlikni rivojlantirish malakalarini yaxshilash;

6) ta'limda yetakchilik va boshqaruv bo'yicha bilimlarini shakllantirish va rivojlantirish.

Barcha yo'nalishlar bo'yicha davlat va malaka talablari Malayziya ta'lim vazirligi

«O'qituvchilar ta'limi bo'limi» va Aminuddin Baki Instituti tomonidan ishlab chiqilib, o'rnatilgan tartibda tasdiqlangan.

Hozirgi davrda o'qituvchilar malakasini oshirish, ularga ko'rsatiladigan metodik xizmatni yangicha tashkil qilish ta'lim tizimining amaliy ehtiyojini ta'minlovchi asosiy vositaga aylangan.

Ta'lim jarayonini yangicha - texnologik yondashuv asosida tashkil etish uchun esa, avvalo, o'qituvchilarning kasbiy tayyorgarligini hisobga olish, malaka oshirish tizimini takomillashtirish, izchillikka alohida e'tibor qaratish zarur. Shuningdek, «...bo'lg'usi o'qituvchi o'z pedagogik faoliyatiga didaktik jihatdan qayta ishlov bera olishi va uni tahlil qila bilishi; ... natijalarni boshqara olishi va ularga baho bera bilishi; mavjud pedagogik hodisalarni, shuningdek, professional ta'limning ijobiy xorij tajribasini tahlil qila olishi darkor. Psixologik-pedagogik fanlar tarkibi va mazmuniga bo'lajak pedagogning innovatsion imkoniyatlarini kengaytiruvchi tadqiqotchilik pedagogik faoliyatining metodologik bilim, ko'nikma va malakalarini shakllantirish vazifalari singdirilgan bo'lmog'i lozim».

Pedagog kadrlar malakasini oshirish samimiy, norasmiy, o'zaro ishonch va hamkorlikka asoslanishi, tinglovchi va ta'lim beruvchi umumiy javobgar bo'lishi, qiziqishlar uyg'un kechishi; malaka oshiruvchilar e'tibori guruhlarda ishlash, rolli o'yinlar, debat, loyihali, modulli ta'lim, ta'lim beruvchi yoki ishtirokchining o'zini-o'zi baholashi va shu kabilarga qaratilishi lozim.

Aynan malaka oshirish tufayli o'qituvchilar kasbiy tayyorgarligi yuksaladi, o'z ishiga boshqacha nazar bilan yondashib, yangiliklar qilishga, o'qitish samaradorligini oshirishga intiladi. Shu kabi kasbiy tayyorgarligi yuqori bo'lgan ona tili va adabiyot o'qituvchisi darsni yangicha yondashuv asosida tashkil etish uchun o'quv maqsadini aniq belgilashi va darsdan ko'zlangan natijaning kafolatlanishiga erishishi kerakligini biladi. Bunday yaxshi natijaga erishish uchun «Malaka oshirish kurslarida tinglovchiga o'zining faoliyatiga o'xshash, ya'ni men birovni o'qitaman, u meni eshitadi va men jarayonni boshqaraman, munosabati hukm surgan sharoitlar

"RAQAMLI TA'LIMNING ZAMONAVIY TENDENTSIYALARI VA ULARNI TA'LIM-TARBIYA

JARAYONIGA TADBIQ QILISH YO'LLARF MAVZUSIDAGI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

25-oktabr 2023-yil

vujudga keltirilsa, u malaka oshirish jarayonining passiv tinglovchisi bo'lib qoladi va har gal yangilikka duch kelganida shu yangilik oldida noqulaylik his qiladi. Aksincha, malaka oshirish kursida tinglovchini faollikka undovchi, uning har bir fikrini qadrlovchi sharoit yaratilsa va unga tajribalarni tahlil qilish, keragini ommalashtirish imkoniyatlari berilsa, u faol va yangilikni tanqidiy o'rganish asosida qabul qiluvchi ishtirokchiga aylanadi».

Malaka oshirish tizimida ona tili va adabiyot o'qituvchilarining kasbiy tayyorgarliklarini rivojlantirish kelgusida ular tomonidan tashkil etiladigan pedagogik jarayon samaradorligini kafolatlaydi. Unda ona tili va adabiyot o'qituvchilari kasbiy tayyorgarligining mavjud holatini o'rganish, tahlil etish, kasbiy tayyorgarligini rivojlantirish texnologiyalarining asoslarini ishlab chiqish, ularning samaradorligini tajriba-sinov ishlari vositasida aniqlash kabi vazifalar hal etiladi.

REFERENCES

1. Karimov I.A. Adabiyotga e'tibor - ma'naviyatga, kelajakka e'tibor. - Toshkent: O'zbekiston, 2009. - 17-b.

2. Митина Л.М., Кузменкова О.В. Психологические особенности внутриличностных противоречий учителя // Вопросы психологии. - Москва, 1998. - № 3. - С.29-31.

3. Митина Л.М. Учител как личност и профессионал. (психологические проблемы). -Москва: Дело, 1994. -с.90.

4. Farber Y/ The third circle: on education and distance learningg' // Sociologial perspectivesg' Beverly Hills/ 1998. V.41. №4. B. 797-814.

5. Carnevale D. Distance education can bolster the bottom line a professor argues. // The chronicle of higher education. N.Y. 1999. October 22. V.XLVI.№9. B.60.

6. Laird E. Distanse - learning instructors. // The chronicle of higher education. 1999. V.XLV.№38. may 28. B.6.

7. Шарифбаева Х.Я. Педагогические условия совершенствования подготовки преподавателей профессионалных колледжей (на основе сравнителных исследований): Автореф.дис... .канд. пед. наук.-Т.: 2005.-19 с.

8. Hurvaliyeva T.L. Maktab amaliyotchi psixologlari malakasini ilg'or pedagogik texnologiyalar asosida oshirish: Ped. fan. nom. ... dis. - Toshkent: O'zPFITI, 2008. - 176 b.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.