"RAQAMLI TA'LIMNING ZAMONAVIY TENDENTSIYALARI VA ULARNI TA'LIM-TARBIYA
JARAYONIGA TADBIQ QILISH YO'LLARF MAVZUSIDAGI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
25-oktabr 2023-yil
RAQAMLI TA'LIM TARAQQIYOTIDA TASVIRIY SAN'ATNI O'QITISH JARAYONIDA INNOVATSION TEXNOLOGIYALAR, METODLARDAN FOYDALANISHNING SAMARADORLIGI Sayyora Djurayevna Saidova
Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institute San 'atchunoslik va
muzayshunoslik fakulteti dekan,dotsent https://doi.org/10.5281/zenodo. 1003 7049
Annotatsiya. Ushbu maqolada ayni vaqtda barcha jabhada o'z o'rnini chuqur egallab borayotgan innovatsion texnologiyalar vositasida san'atshunoslikning muhim bo'laklaridan biri bo'lgan tasviriy san'atni o'qitish jarayonlaridagi ahamiyatga molik jihatlari, shuningdek, innovatsion texnologiya va metodlardan foydalanish natijasida tasviriy san'atni o'qitish mobaynida erishiladigan samaradorlik haqidagi fikr-mulohazalar o'z aksini topadi. Hamda raqamli ta'lim muhitida kompyuter vositalarining o'rniga ham e 'tibor qaratiladi.
Kalit so'z va iboralar: Tasviriy san'at, innovatsiya, innovastion texnologiyalar, raqamli ta'lim, kompyuter vositalari, talaba, tasviriy san 'at mashg'ulotlari.
Аннотация. В данной статье одновременно с помощью инновационных технологий, занимающих свое место по всем направлениям, рассматриваются важные аспекты процесса обучения изобразительному искусству, которое является одной из важных частей искусствоведения, а также использование инновационных технологий и методов, в результате использования изобразительного искусства. Будут отражены отзывы об эффективности, достигнутой в ходе тренировки лошади. Также уделяется внимание месту компьютерных средств в цифровой среде обучения.
Ключевые слова: Визуальное искусство, инновации, инновационные технологии, цифровое образование, компьютерные инструменты, студент, занятия изобразительным искусством.
Abstract. In this article, at the same time, with the help of innovative technologies, which are taking their place on all fronts, the important aspects of the teaching processes of visual art, which is one of the important parts of art studies, as well as the use of innovative technologies and methods, as a result of the use of visual art Feedback about the efficiency achieved during the training of the horse will be reflected. Attention is also paid to the place of computer tools in the digital learning environment.
Keywords: Visual arts, innovation, innovative technologies, digital education, computer tools, student, visual arts classes.
Hozirgi kunda ta'lim jarayonida interaktiv metodlar, innovatsion texnologiyalar, pedagogik va axborot texnologiyalari o'quv jarayonida qo'llashga bo'lgan talab, qiziqish, e'tibor kundan kunga kuchayib bormoqda. Bunday bo'lishining sabablaridan biri — shu vaqtgacha an'anaviy ta'limda o'quvchi-talabalarni faqat tayyor bilimlarini egallashga o'rgatilganligidadir. Endi esa innovatsion ta'lim muhitining tobora rivojlanishi zamonaviy texnologiyalar ularni egallayotgan bilimlarini o'zlari qidirib topishlariga, mustaqil o'rganib, tahlil qilishlariga, hatto, xulosalarni ham o'zlari keltirib chiqarishlariga o'rgatish lozimligini talab qilyapti. O'qituvchi bu jarayonda talaba shaxsining rivojlanishi, shakllanishi, bilim olishi va tarbiyalanishiga sharoit yaratadi hamda shu bilan bir qatorda, boshqaruvchilik, yo'naltiruvchlik funksiyasini bajaradi.
"RAQAMLI TA'LIMNING ZAMONAVIY TENDENTSIYALARI VA ULARNI TA'LIM-TARBIYA
JARAYONIGA TADBIQ QILISH YO'LLARP MAVZUSIDAGI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
25-oktabr 2023-yil
Ta'lim jarayonida talaba asosiy figuraga aylanadi. Shuning uchun oliy o'quv yurtlari va fakultetlarida malakali kasb egalarini tayyorlashda zamonaviy o'qitish metodlari — interaktiv metodlar, innovatsion texnologiyalarning o'rni va roli benihoya kattadir. Pedogogik texnologiya va pedagog mahoratiga oid bilim, tajriba va interaktiv metodlar talabalarning bilimli, yetuk malakaga ega bo'lishlarini ta'minlaydi.
Bugungi davr ta'lim taraqqiyoti, ayniqsa, innovatsion ta'lim muhitining rivojlanishi yangi yo'nalish — innovatsion faoliyatni maydonga olib chiqdi. Axborot yuksak rivojlangan texnologiyalar asri deb yuritilayotgan XXI asrga kelib, ta'lim jarayoniga innovatsiyani keng joriy qilish masalasiga e'tibor yanada kuchaytirildi. O'zbekistonda ham so'nggi yillarda innovatsiya boshqa sohalarga qaraganda birinchilardan bo'lib ta'lim tizimiga kirib keldi va innovatsiyani ta'lim jarayonida qanday o'z aksini topganligini mamlakatdagi olay ta'lim muassasalaridagi ta 'lim jarayonlari, ularning e'lon qilingan yutuqlaridan ham bilish mumkin.
Ta'lim jarayonining samaradorligi bevosita zamonaviy o'qitish modeliga, shuningdek, fan va texnika sohasidagi aniq yutuqlarga bog'liq. Badiiy soha, tasviriy san'at, dekorativ san'at, garchi u muayyan shartlarni talab qilsa ham, bundan mustasno emas.
Zamonaviy tadqiqot va ishlanmalar hozirda turli fanlarni o'qitishda faol foydalanilmoqda. San'atshunoslik fanlari nomzodi L.A.Molchanovaning ta'rifiga ko'ra «San'atdagi innovatsiya — bu tadqiqot, ishlanma, yangi yoki takomillashtirilgan badiiy yechim, uni san'atda qo'llash orqali jamoatchilik e'tirofiga intilish natijasi». Demak, bundan anglash mumkinki, san'at sohasining biror yo'nalishida yaratilgan asarlarda ta'limda joriy bo'lgan, natijakorligi bilan faollik darajasi oshgan biror innovatsiyaning aks ettirilishi va uning jamoaga e'tiboriga, tushib e'tirof etilishi desak, mubolag'a emas.
Yo'nalishiga ko'ra talabalarning pedagogik intellekt darajasi hamda kasbiy layoqatini aniqlashga qaratilgan turli metodik usullardan, nostandart testlardan foydalanish ham mumkin. Bu kompyuter vositalari orqali amalga oshiriladi. Bunda testli vazifalar faqat so'zlar ifodasi emas, balki animatsiyali lavhalar ko'rinishida bo'ladi. Kompyuter texnologiyalarini qo'llash orqali talabalarda darsni tushunish, ma'lumotlarni tez qabul qilishi ta'minlanadi. Bundan tashqari talabalardagi shaxsiy xislatlarini ham tarbiyalaydigan ijodiy faoliyatlarga jalb qilinadi. Tasvirli badiiy bezaklar ijobiy ruhiy muhitni yaratib, ularda muayyan madaniy-axloqiy xususiyatlar shakllana boshlaydi, dunyoqarashlari kengayadi. Kompyuterdagi axborot almashish tamoyillari an'anaviy darsni tashkil etish bilan birgalikda uni qayta ko'rish imkoniyatlarini ochib beradi.
Ma'lumki, tasviriy san'at o'qitish usullarining evolyutsiyasi kashfiyotlar va ulkan jahon tajribasiga boydir. Masalan, misrliklar rasm chizishga har qanday yondashuvda o'zlarining kanonik tasvir qoidalarini o'rnatishga intilishgan, tayoq va qamchilar esa qat'iyatli va mashaqqatli ish uchun turtki bo'lib xizmat qilgan. Yunonlar tabiatni birinchi o'ringa qo'yishgan, kompozitsiyalarning matematik yechimi va barcha madaniy izlanishlar uchun asos, birinchi navbatda, inson va tabiat hisoblashgan. Yana shuni aytish kerakki, yunon o'qituvchilari geometriya va matematikadan ma'lumotsiz haqiqatni tasvirlashda to'liq tajribaga ega bo'lish mumkin emasligini o'rgatishgan.
Bu kabilarning barchasi bugungi kundagi innovatsion jarayonlarda mustahkam o'rin egallab borayotgan innovatsion texnologiyalar, axborot kommunikatsiya vositalarining eng ommabop turlaridan bo'lgan kompyuter vositalari singarilarning ta'limdagi ishtirokiga poydevor bo'ldi.
"RAQAMLI TA'LIMNING ZAMONAVIY TENDENTSIYALARI VA ULARNI TA'LIM-TARBIYA
JARAYONIGA TADBIQ QILISH YO'LLARF MAVZUSIDAGI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
25-oktabr 2023-yil
Innovatsion texnologiyalar yordamida tasviriy san'at asarlarini keng va yaxlit idrok etish uchun imkon beradigan mashg'ulotlarga ko'proq e'tibor qaratiladi. Kompyuterlar orqali tasviriy san'at asarlarini tahlil qilish, muzeylar va galereyalar bo'ylab virtual sayohatlar uyushtirishda har xil ovozli matnlar, musiqa, animatsion bezaklardan foydalanish bilan real hayotdagidek ko'rish imkoniyatiga erishiladi. Tasviriy san'at, dekorativ san'at, adabiyot, musiqa va umuman olganda, badiiy ijodkorlikda innovatsion texnologiyalarning o'zaro bog'liqligini amalda sinash talabalarning mashg'ulotlardagi faol ishtirokini jonlantirishga xizmat qiladi.
Ta'limning innovatsion texnologiyalar bilan o'zaro bog'liqligi talabalardagi bilim olish va san'atga qiziqishlarini oshiradi. Yangicha ta'lim usullari ta'sirida talabada keng fkrlash, yuqori izlanish, yangiliklar yaratish bilan uni asoslash, amaliyotga tadbiq etish vositasi sifatida munosabatda bo'lish ko'nikmalari rivojlanadi. Bu asosida kasbiy faoliyatga tayyorgarlik hissi shakllanib, mustaqil ijodkorlik tajribasi ham ortadi. Yangi avlod multimedia texnologiyalari bilan faol shug'ullanganda talabalardagi san'at asarlarini idrok qilish tezroq shakllanadi.
Tasviriy san'at mashg'ulotlarida innovatsion texnologiyalarning faol qo'llanilishi natijasida zamonaviy talabaning assotsiativ fikrlashi, tasavvur qilishi hamda badiiy tarzda his etish holati rivojlanadi. Yangi pedagogik texnologiya nazariyasi g'oyalaridan foydalanish asosida tashkil etilgan tasviriy san'at darslari yuqori malakali mutaxassisni tarbiyalashda yetakchi o'rinni egallaydi.
Buni tushunib yetgan ko'plab pedagog-rassomlar tasviriy san'at mashg'ulotlarida innovatsion texnologiyalarni qo'llashda kompyuter vositalaridan unumli foydalanib kelishmoqda. Ular bu vositalar orqali mavzuga oid «mahorat darslari», jahondagi mashhur san'at muzeylariga sayohat, buyuk rassomlar asarlaridan iborat 3D videoroliklar namoyishi, grafik organayzerlar va nostandart testlardan foydalanishadi. Shu jumladan, pedagogning shaxsan o'zi kompozitsiya yaratish jarayonini amalda ko'rsatib, amaliy mashg'ulotlarning qiziqarli o'tishiga erishmoqdalar.
Shunday qilib, hayotimizdagi yangi shart-sharoitlaridan kelib chiqib, o'quv jarayonida kompyuter vositalari va innovatsion texnologiyalardan foydalanishni axborot hajmining ko'payib ketganligi, jamiyatdagi ilmiy-texnologik rivojlanish bilan izohlash mumkin. Pedagogik faoliyat bosqichma-bosqichligini nazarda tutadigan innovatsion texnologiya bo'lajak mutaxassisni hayotiy hamda o'quv faoliyatini mustaqil ko'ra oladigan, unga kreativ yondasha oladigan faol, ijodkor shaxsni shakllantirishga qaratadigan zamonaviy jarayon hisoblanadi.
Ta'limga texnologik yondashuv pedagogik jarayonga samarali ta'sir etuvchi omillaridan biridir. Pedagogik innovatsiya — ta'lim jarayoni sifatini oshirish va pedagogik amaliyotni sifat jihatdan yaxshilashni maqsad qiladi. Shuni aytishimiz mumkinki, zamonaviy ta'limni kompyuter grafikasi kabi o'quv jarayonida qo'llash imkonini oshiradigan innovatsion texnologiyalarisiz tasavvur qilib bo'lmaydi. Taklif qilinayotgan tasvirni ko'rish bilan birga talabaning obrazli fikrlashi materialni yaxlit qabul qilishiga katta yordam beradi. Ularda nazariy va ko'rgazmali materiallarni o'zaro mujassamlashtirish imkoniyati paydo bo'ladi.
REFERENCES
1. F. Bozorov. Ijodiy to"garaklarda yoshlarni tasviriy san"atdan tasvirlash malaka va ko"nikmalarni shakllantirish metodikasi// "Science and Education" Scientific Journal / Impact Factor - 3.567 (SJIF) August 2022 / Volume 3 Issue - 8 pages - 130-137
"RAQAMLI TA'LIMNING ZAMONAVIY TENDENTSIYALARI VA ULARNI TA'LIM-TARBIYA
JARAYONIGA TADBIQ QILISH YO'LLARP MAVZUSIDAGI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
25-oktabr 2023-yil
2. Султанов Х.Э. Тасвирий санъат машгулотларида талабаларнинг ижодий кобилиятини ривожлантиришда инновацион технологиялардан фойдаланиш // "Замонавий таълим" илмий-амалий оммабоп журнали, No11, 2016. -59-64 б.
3. Султанов Х.Э. Тасвирий санъат таълимида кластер ёндашуви таълим-тарбия тизимини такомиллаштириш омили /Ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar, nazariy va amaliy strategiyalar tadqiqi No 4-sonli respublikasi ko"p tarmoqli, ilmiy konferensiya// 22-dekabr 2022-yil 236242 б.
4. Султанов Хайтбой Эралиевич, Алимова Нодира Шавкат кизи Zamonaviy ta"limda tasviriy san"atni o"qitish muammolari// INNOVATIVE DEVELOPMENTS AND RESEARCH IN EDUCATION: a collection scientific works of the International scientific online conference (23rd March, 2023) - Canada, Ottawa : "CESS", 2023. Part 13-18 p.