Научная статья на тему 'ZAMONAVIY TA’LIMNING O‘QUV-TARBIYA JARAYONIDAGI MOHIYATI'

ZAMONAVIY TA’LIMNING O‘QUV-TARBIYA JARAYONIDAGI MOHIYATI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
60
5
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Oriental Art and Culture
Область наук
Ключевые слова
musiqa / cholg‘u asbobi / uslub / qo‘shiq / kompazitor / nota / dars / mashg‘ulot / ko‘rgazma qurollar / an’ana

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Zilola Azamovna Zakirova

Ushbu maqolada umumiy o‘rta ta’lim maktablarida musiqa fanini tashkil etishda zamonaviy ta’limning o‘quv-tarbiya jarayonidagi mohiyati bilan bog‘liq ma’lumotlarni yetkazishning usullari hamda ushbu mavzuda qo‘shimcha ma’lumotlar berish yuzasidan ishlab chiqilgan taklif va tavsiyalar taklif qilingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «ZAMONAVIY TA’LIMNING O‘QUV-TARBIYA JARAYONIDAGI MOHIYATI»

ZAMONAVIY TA'LIMNING O'QUV-TARBIYA JARAYONIDAGI

MOHIYATI

Zilola Azamovna Zakirova Termiz davlat pedagogika inistituti

Annotatsiya: Ushbu maqolada umumiy o'rta ta'lim maktablarida musiqa fanini tashkil etishda zamonaviy ta'limning o'quv-tarbiya jarayonidagi mohiyati bilan bog'liq ma'lumotlarni yetkazishning usullari hamda ushbu mavzuda qo'shimcha ma'lumotlar berish yuzasidan ishlab chiqilgan taklif va tavsiyalar taklif qilingan.

Kalit so'zlar: musiqa, cholg'u asbobi, uslub, qo'shiq, kompazitor, nota, dars, mashg'ulot, ko'rgazma qurollar, an'ana

THE ESSENCE OF MODERN EDUCATION IN THE EDUCATIONAL

PROCESS

Zilola Azamovna Zakirova Termiz State Pedagogical Institute

Abstract: In this article, the methods of conveying information related to the essence of modern education in the educational process in the organization of music science in general secondary schools, as well as a proposal developed in connection with providing additional information on this topic and recommendations are offered.

Keywords: music, musical instrument, style, song, composer, note, lesson, exercise, visual aids, tradition

Hozirgi davr ta'lim taraqqiyoti yangi yo'nalish - innovatsion pedagogikani may donga olib chiqdi. «Innovatsion pedagogika» termini va unga xos bo'lgan tadqiqotlar G'arbiy Yevropa va AQSHda 60-yillarda paydo bo'ldi. Innovatsion faoliyat F.N.Gonobolin, S.M.Godnin, V.I.Zagvyazinskiy, V.A.Kan-Kalik, N.V.Kuzmina, V.A.Slastenin, A.I.Shcherbakov ishlarida tadqiq etilgan. Bu tadqiqotlarda innovatsion faoliyat amaliyoti va ilg'or pedagogik tajribalarni keng yoyish nuqtai nazardan yoritilgan, D.Gamelton, N.Gross, R.Karlson, M.Maylz, D.Chen ishlarida innovatsion jarayonlarni boshqarish, ta'limdagi o'zgarishlarni tashkil etish, innovatsiyaning «hayoti va faoliyati» uchun zarur bo'lgan shart-sharoitlar masalalari tahlil qilingan.

Yangilik kiritishning sotsial-psixologik aspekti amerikalik innovatik E.Rodjers tomonidan ishlab chiqilgan. U yangilik kiritish jarayoni qatnashchilarining toifa(tip)lari tasnifini, uning yangilikka bo'lgan munosabatini, uni idrok qilishga

shayligini tadqiq etadi.

Oliy maktab o'qituvchisining innovatsion faoliyati, oliy maktab pedagogikasining bosh muammolaridan biridir. Shu jihatdan ushbu bobda o'qituvchi shaxsi innovatsion faoliyatining shakllanish kontseptsiyasi, innovatsiyaning ijtimoiy-madaniy va hayot-faoliyati aspektlari haqida bahs yuritiladi.

Innovatsiya (inglizcha innovation) - yangilik kiritish, yangilikdir. Innovatsiya deganda muayyan ijtimoiy birlikka - tashkilot, aholi, jamiyat, guruhga yangi, nisbatan turgun unsurlami kiritib boruvchi maqsadga muvofiq o'zgarishlarni tushunadi. Bu innovator faoliyatidir.

Tadqiqotchilar innovatsion jarayonlar tarkibiy qismlarini o'rganishning ikki yondashuvini ajratadilar: yangilikning individual mikrosathi va alohida-alohida kiritilgan yangiliklarni o'zaro ta'siri mikrosathi.

Birinchi yondashuvda hayotga joriy etilgan qandaydir yangi g'oya yoritiladi.

Ikkinchi yondashuvda alohida-alohida kiritilgan yangilarning o'zaro ta'siri, ularning birligi, raqobati va oqibat natijada birining o'rnini ikkinchisi egallashidir.

Olimlar innovatsion jarayon mikrotuzilmasini tahlil qilishda hayotning davriyligi kontseptsiyasini farqlaydilar. Bu kontseptsiya yangilik kiritishga nisbatan o'lchanadigan jarayon ekanligidan kelib chiqadi.

Pedagogikaga oid adabiyotlarda innovatsiya jarayoni sxemasi beriladi. U quyidagi bosqichlarni qamrab oladi:

1. Yangi g'oya tug'ilishi yoki yangilik kontseptsiyasini paydo qilish bosqichi. U kashfiyot bosqichi deb ham yuritiladi.

2. Ixtiro qilish, ya'ni yangilik yaratish bosqichi.

3. Yaratilgan yangilikni amalda qo'llay bilish bosqichi.

4. Yangilikni yoyish, uni keng tadbiq etish bosqichi.

5. Muayyan sohada yangilikning hukmronlik qilish bosqichi. Bu bosqichda yangilik o'zining yangiligini yo'qotadi, uning samara beradigan muqobili paydo bo'ladi.

6. Yangi muqobillik asosida, almashtirish orqali yangilikning qo'llanish doirasini qisqartirish bosqichi.

V.A.Slastenin yangilik kiritishni maqsadga muvofiq yo'naltirilgan yangilik yaratish, keng yoyish va foydalanish jarayoni majmui, uning maqsadi esa insonlarning ehtiyoji va intilishlarini yangi vositalar bilan qondirish deb biladi. Yangilik kiritishning tizimli kontseptsiyasi tarafdorlari innovatsion j arayonlarning ikki muhim shaklini farqlaydilar.

Birinchi shaklga yangilik kiritish oddiy ishlab chiqish sifatida kiritiladi. Bu ilk bor mahsulot o'zlashtirgan tashkilotlarga taalluqlidir.

Ikkinchi shaklga yangilikni keng ko'lamda ishlab chiqish taalluqlidir.

Yangilik kiritish ham ichki mantiq, ham vaqtga nisbatan qonuniy rivojlangan va

uning atrof-muhitga o'zaro ta'sirini ifodalaydigan dinamik tizimdir.

Pedagogik innovatsiyada «yangi» tushunchasi markaziy o'rin tutadi. Shuningdek, pedagogik fanda xususiy, shartli, mahalliy va sub'ektiv yangilikka qiziqish uyg'otadi:

Xususiy yangilik V.A.Slasteninning aniqlashicha, joriy zamonaviylashtirishda muayyan tizim mahsuloti unsurlaridan birini yangilashni ko'zda tutadi.

Murakkab va progressiv yangilanishga olib keluvchi ma'lum unsurlarning yig'indisi shartli yangilik hisoblanadi.

Mahalliy yangilik konkret obektda yangilikning foydalanishi bilan belgilanadi.

Subektiv yangilik ma'lum obekt uchun obektning o'zi yangi bo'lishi bilan belgilanadi.

Ilmiy yo'nalishlarda yangilik va innovatsiya tushunchalari farqlanadi.

Yangilik - bu vositadir: yangi metod, metodika, texnologiya va boshqalar. Tadqiqotchilar yangi tushunchasiga ta'rif berib, pedagogikadagi yangi bu faqatgina g'oya emas, balki hali foydalanilmagan yondashuvlar, metodlar, texnologiyalardir. Lekin bu pedagogik jarayonning unsurlari majmua yoki alohida olingan unsurlari bo'lib, o'zgarib turuvchi sharoitda va vaziyatda ta'lim va tarbiya vazifalarini samarali hal etishning ilg'or boshlanmalarini o'zida aks ettiradi.

R.N.Yusufbekova pedagogik yangilikka, o'qitish-tarbiya berishda avval ma'lum bo'lmagan va avval qayd qilinmagan holat, natija, rivojlanib boruvchi nazariya va amaliyotga eltuvchi pedagogik voqelikning o'zgarib turishi mumkin bo'lgan mazmuni sifatida qaraydi.

Innovatsion jarayon tuzulmasining uch bloki mavjud:

• Birinchi blok - pedagogikadagi yangini ajratish bloki. Bunga pedagogikadagi yangi, pedagogik yangilikning tasnifi, yangini yaratish shart-sharoiti, yangilikning me'yorlari, yangining uni o'zlashtirish va foydalanishga tayyorligi, an'ana va novatorlik, pedagogikadagi yangini yaratish bosqichlari kiradi.

• Ikkinchi blok - yangini idrok qilish, o'zlashtirish va baholash bloki: pedagogik hamjamiyatlar, yangini baholash va uni o'zlashtirish jarayonlarining rang-barangligi, pedagogikadagi konservatorlik va novatorlik, innovatsiya muhiti, pedagogik jamiyatlarning yangini idrok etish va baholashga tayyorligi.

• Uchinchi blok - yangidan foydalanish va uni joriy etish bloki, ya'ni yangini tadbiq etish, foydalanish va keng joriy etish qonuniyatlari va turlaridir.

Ko'plab tadqiqotchilar kasbiy faoliyatning samarasini oshirish bilan yo'g'rilgan inson hayotining eng ijodiy davrlari, etuklik bosqichlari to'g'risida fikr yuritadilar. Ular etuk insonlarning professionalizmi, shaxs rivojlanishining gullagan davridagi psixik qonuniyatlari, professionalizmga etishdagi balandliklardan ota olish masalalari bilan shug'ullanganlar.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Zakirova, Z. (2023). O'ZBEK MILLIY MUSIQASINING SHAKLLANISHI VA TARAQQIY ETISH BOSQICHLARI. Interpretation and Researches, 2(1)

2. Azamovna, Z. Z. (2022). From the History of Uzbek National Musical Art. CENTRAL ASIAN JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES AND HISTORY, 3(12), 297-301.

3. Azamovna, Z. Z. (2022). Theoretical Foundations of the Formation of Music History. CENTRAL ASIAN JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES AND HISTORY, 3(12), 302-306.

4. Zakirova, Z. A. . (2022). Methods of Using Musical Means in Teaching the History of the Vienna Classical School in the General Educational Process. EUROPEAN JOURNAL OF INNOVATION IN NONFORMAL EDUCATION, 2(4), 95-99.

5. ЗА Закирова Методика использования музыкальных средств в обучении истории Европы в общеобразовательной школе Science and Education 3 (4), 615621

6. ZA Zakirova Methods of using information about the art of music in the teaching of history of Uzbekistan to students of 6-7 grades of secondary schools, ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal 11 (10 ...

7. ZA Zakirova Methods of using information about the art of music in teaching history to students of 9th and 10th grades of secondary schools, Asian Journal of Multidimensional Research 10 (10), 1508-1511.

8. ZZ Azamovna, MUSIC PEDAGOGY SKILLS OF A MUSIC CULTURE TEACHER, European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences Vol 8 (4)

9. Z Zakirova, SCIENTIFIC BASIS FOR INTRODUCING PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN MUSIC EDUCATION. Theoretical & Applied Science, 69-70

10. Ulug'Bek Karimjonovich Xuramov. "MUSIQA ASARLARIDAGI DAVRIYA TURLARI" Oriental Art and Culture, vol. 3, no. 4, 2022, pp. 198-204.

11. Karimjonovich, Xuramov Ulug'bek. "QADIMIY KUYLAR VA ULARNI TASHKIL ETUVCHI QISMLAR." Scientific Impulse 1.7 (2023): 74-81.

12. Khuramov, Ulugbek Karimjonovich. "FORMATION, DEVELOPMENT AND HISTORY OF HARMONY." Theoretical & Applied Science 12 (2019): 77-82.

13. Khurramov, U. K. "Processes of formation of performance traditions in folk instruments." Toshkent davlat pedagogika universiteti ilmiy axborotlari 9 (2021): 186192.

14. Karimjonovich, Xuramov Ulug'bek. "Important importance of elementary theory of music in the field of music education." TA'LIM VA RIVOJLANISH TAHLILI ONLAYNILMIY JURNALI (2022): 200-204.

15. Karimjonovich, Khurramov Ulugbek. "Sherna bakhshi's work and its place in sherobod school of friendship." Annals of the Romanian Society for Cell Biology 25.4 (2021): 13413-13417.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.