Научная статья на тему 'O‘QITUVCHINING INNOVATSION FAOLIYATI'

O‘QITUVCHINING INNOVATSION FAOLIYATI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

4446
295
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
innovatsiya / innovatsion faoliyat / innovator / innovatsion pedagogika / ta’limda innovatsion jarayonlarni boshqarish.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Baxtiyor Raxmonovich Adizov

Maqolada pedagogik fanlarni o‘qitishda o‘qituvchining innovatsion faoliyatinining o‘ziga xos jixatlari, innovatsion jarayon bosqichlari bayon etilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «O‘QITUVCHINING INNOVATSION FAOLIYATI»

O'QITUVCHINING INNOVATSION FAOLIYATI

Baxtiyor Raxmonovich Adizov

p.f.d., professor BuxDu huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ulaming malakasini oshirish mintaqaviy markazi direktori [email protected]

ANNOTATSIYA

Maqolada pedagogik fanlarni o'qitishda o'qituvchining innovatsion faoliyatinining o'ziga xos jixatlari, innovatsion jarayon bosqichlari bayon etilgan.

Kalit so'zlar. innovatsiya, innovatsion faoliyat,innovator, innovatsion pedagogika, ta'limda innovatsion jarayonlarni boshqarish.

Uzluksiz ta'lim tizimida ta'lim-tarbiya jarayonini rivojlantirish, takomillashtirish ehtiyoji bilan bu jarayonni amalga oshiruvchi o'qituvchilarning tayyorgarlik darajasining talab darajasida emasligi o'rtasidagi pozitiv (ijobiy) ziddiyatlar natijasida pedagogikada "innovatsiya", "innovatsion faoliyat", "innovator", "innovatsion pedagogika", "ta'limda innovatsion jarayonlarni boshqarish" kabi tushunchalar XX asrning 60-yillarida AQSh va G'arbiy Yevropa mamlakatlarida "Ta'lim texnologiyasi tushunchasi e'tirof etilgan vaqtda paydo bo'ldi. I.Shumpater va N.Kondratevlar "innovatsiya" tushunchasining ilk va ulkan nazariyachilaridan hisoblansalar, K.Angelovskiy, V.A.Slastyonin va boshqalar o'z ilmiy tadqiqotlarida innovatsion faoliyat pedagogik faoliyatning alohida shakli ekanligini isbotlashga harakat qildilar va bu borada muayyan natijalarga erishgan olimlar deb tan olindilar.

Innovatsiya (ing.innovations-kiritilgan yangilik, ixtiro) maqsadga qaratilgan o'zgarish bo'lib, qo'llanish sohasidagi tizimni bir holatdan sifat jihatidan yangi holatga o'tkazish, uni tubdan takomillashtirishni, innovatsion jarayon-yangilikni yaratish, o'zlashtirish, qo'llash va tarqatishdagi kompleks faoliyatni anglatadi.1

Pedagogik adabiyotlarda innovatsiya jarayonining quyidagi bosqichlari qayd etiladi:

l.Yangi g'oya tug'ilishi yoki konsepsiyasini paydo qilish bosqichi, u kashfiyot bosqichi deb ham yuritiladi.

2.Ixtiro qilish, ya'ni yangilik yaratish bosqichi.

1 .Сластёнин В.А., Подымова Л.С. Педагогика: инновационная деятельность. - Москва; 1997:-224 с.

June 3

95

3.Yaratilgan yangilikni amalda qo'llay bilish bosqichi.

4.Yangilikni yoyish, uni keng tadbiq etish bosqichi.

5.Muayyan sohada yangilikning hukumronlik qilish bosqichi. Bu bosqichda yangilik o'zining yangiligini yo'qotadi, uning samara beradigan muqobili paydo bo'ladi.

6.Yangi muqobillik asosida, almashtirish orqali yangilikning qo'llanish doirasini qisqartirish bosqichi.

Pedagogik innovatsiyada R.N.Yusufbekova innovatsion jarayon tuzulmasining uch blokini farqlaydi.

1-blok. Pedagogikadagi yangini ajratish bloki. Bunga pedagogdagi yangi, pedagogik yangilikning tasnifi, yangini yaratish shart-sharoiti, yangilikning me'yorlari, yangining uni o'zlashtiri va foydalanishga tayyorligi, an'ana va novatorlik, pedagogikadagi yangini yaratish bosqichlari kiradi.

2-blok. Yangini idrok qilish, o'zlashtirish va baholash bloki: pedagogik hamjamiyatlar, yangini baholash va uni o'zlashtirish jarayonlarining rang-barangligi, pedagogikadagi konservatorlik va novatorlik, innovatsiyalar muhiti, pedagogik jamiyatlarning yangini idrok etish va baholashga tayyorligi.

3-blok. Yangidan foydalanish va uni joriy etish bloki, ya'ni yangini tadbiq etish, foydalanish va keng joriy etish qonuniyatlari va turlaridir.2

Oliy maktabdagi innovatsion jarayonlar V.A.Slastenin, M.M. Levina, M.Ya.Vilenskiy va boshqalar tomonidan tadqiq qilingan. Oliy maktab innovatsion jarayonlari negizida quyidagi yondashuvlarni belgilash mumkin: madaniyatshunoslik jihatidan (insonni bilishning ustuvor rivojlanishi ) yondashuv; shaxsiy faoliyat jihatidan (ta'limdagi yangi texnologiyalar) yondashuv; ko'p sub'ektli (dialogik) yondashuv, kasbiy tayyorgarlikni insonparvarlashtirish; individual-ijodiy (o'qituvchi va talabalarning o'zaro munosabatlari)yondashuv.

Oliy maktabda innovatsion faoliyatning sub'ekti o'qituvchi, uning shaxsiy imkoniyati hisoblanadi. Bunda o'qituvchi shaxsining ijtimoiy-madaniy, intellektual va axloqiy imkoniyatlari yuksak ahamiyatga molik bo'ladi. Hozirgi jamiyat, madaniyat va ta'lim taraqqiyoti sharoitida o'qituvchi innovatsion faoliyatiga zarurat tug'ildi.

O'qituvchining innovatsion faoliyatini samarali amalga oshirsh bir qator shart-sharoitlarga bog'liq. Unga o'qituvchining tayinli muloqoti, aks fikrlarga nisbatan beg'araz munosabat, turli holatlarda ratsional vaziyatning tan

2 Юсуфбекова Н.Р. Общие основы педагогических инноваций. Опыт разработки теории инновационного процесса в образовании.М.,1991 г.

June 3

96

olinishini uqtirishga tayyorligi kiradi. Buning natijasida o'qituvchi o'z bilim va ilmiy faoliyatini ta'minlaydigan keng qamrovli mavzu (motiv)ga ega bo'ladi.

O'qituvchi faoliyatida o'z-o'zini faollashtirish, o'z ijodkorligi, o'z-o'zini bilish va yaratuvchiligi mavzu (motiv)lar muhim ahamiyat kasb etadi. Bu esa o'qituvchi shaxsining kreativligini shakllantirish imkoniyatini beradi. Yangilik kiritishning muhim sharti muloqotning yangi vaziyatini tug'dirishdir. Muloqotning yangi vaziyati-bu o'qituvchining o'z mustaqillik mavqeini mustahkamlashga, dunyoga, pedagogika faniga, o'ziga bo'lgan yangi munosabatni yarata olish qobiliyatidir. O'qituvchi o'z nuqtai nazarlariga o'ralashib qolmaydi, u pedagogik tajribalarning boy shakllari orqali ochilib, mukammallashib boradi. Bunday vaziyatlarda o'qituvchining fikrlash usullari o'zgarib boradi, hissiy tuyg'ulari rivojlanadi. Keyingi sharti -bu o'qituvchiningmadaniyat va muloqotga shayligi. O'qituvchining innovatsion faoliyati voqelikni o'zgartirishga, uning muammolari va usullarini yechishni aniqlashga qaratilgandir.

O'qituvchi va talaba o'rtasidagi muloqot namunasining o'zgarishi innovatsion faoliyat shartlaridan biridir. Yangi munosabatlar an'analarda bo'lganidek, qistovlar, hukmga bo'ysunish kabi unsurlardan xoli bo'lishi lozim. Ular tenglarning ham hamkorligi, o'zaro boshqarilishi, o'zaro yordam shaklida qurilgan bo'lishi darkor. Ular munosabatlaridagi eng muhim xususiyati bu o'qituvchi va talabaning ijoddagi hamkorligidir.

REFERENCES

l.Slastyonin V.A., Podbimova L.S. Pedagogika: innovatsionnaya deyatelnost.-Moskva; 1997:-224 s.

2. Yusufbekova N.R. Obщie osnovb pedagogicheskix innovatsiy. Opbt razrabotki teorii innovatsionnogo protsessa v obrazovanii.M.,1991 g.

3 .Mansurjonovich, J. M. (2022). METHODOLOGICAL FOUNDATIONS FOR IMPROVING THE CONTENT OF TRAINING FUTURE ICT TEACHERS IN THE CONDITIONS OF DIGITAL TRANSFORMATION OF EDUCATION. АКТУАЛЬНЫЕ ВОПРОСЫ СОВРЕМЕННОЙ НАУКИ И ОБРАЗОВАНИЯ, 9. 4. Juraev, M. M. (2021). Pedagogical conditions for the development of vocational education through interdisciplinary integration into the vocational education system. In НАУКА, ОБРАЗОВАНИЕ, ОБЩЕСТВО: АКТУАЛЬНЫЕ ВОПРОСЫ, ДОСТИЖЕНИЯ И ИННОВАЦИИ (pp. 110-112).

June 3

97

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.