KREATIV FAOLIYATNING NAZARIY OMILLARI
Б.Э. Каримова
ТДПУ уцитувчиси, Azimova S.B.
ТДПУ талабаси.
Аннотация: Maqolada ta'lim oluvchi shaxsining kreativlikni muntazam faoliyatdagi kreativlikka taqlid qilish asosida o'zgartirib borish haqidagi qarashlariga qo'shilgan holda uni to'ldirib, kreativlik taqlid qilish, nusxa olish yo'li bilan rivojlanadi hamda taqlid qilish asosidagi ijod haqiqiy ijodga olib kelishini haqida bayon etadi.
Annotation: The article explains that creativity develops through imitation, copying, and creativity based on imitation, by complementing it with the views of the educational personality about changing creativity based on imitation of creativity in regular activities.
Аннотация: Статья дополняет взгляды личности обучающегося на преобразование креативности на основе подражания креативности в рутинной деятельности, дополняя их и заявляя, что креативность развивается путем подражания, копирования и что творчество на основе подражания ведет к реальному творчеству.
Tayanch tushunchalar: fikrining ravonligifikrni maqsadga muvofiq yo'llay olishi, o'ziga xoslik (originallik),qiziquvchanlik,farazlar yaratish qobiliyati, xayol qila olish, fanta&lik (fantaziya.)
A.I. Prigojin innovatsiya-kreativ deganda muayyan ijtimoiy birlikka - tashkilot, aholi, jamiyat, guruhga yangi, nisbatan turg'un unsurlarni kiritib boruvchi maqsadga muvofiq o'zgarishlarni tushunadi. Bu innovator faoliyatidir. Tadqiqotchilar (A.I. Prigojin, B.V. Sazonov, V.S. Tol^oy, A.G.Kruglikov, A.S.Axiezer, N.P.Stepanov va boshqalar) innovatsion jarayonlar tarkibiy qismlarini o'rganishning ikki yondashuvini ajratadilar: yangilikning individual mikrosathi va alohida-alohida kiritilgan yangiliklarni o'zaro ta'siri mikrosathi.
Kreativlik termini Angliya-Amerika psixologiyasida 60-yillarda paydo bo'ldi. U individning yangi tushuncha yaratishi va yangi ko'nikmalar hosil qilish qobiliyati, xislatini bil kreativlikni tavsiflaydigan qator individual qobiliyatlarni ko'rsatadi:
•fikrining ravonligi;
• fikrni maqsadga muvofiq yo'llay olishi;
• o'ziga xoslik (originallik);
• qiziquvchanlik;
• farazlar yaratish qobiliyati;
• xayol qila olish, fanta&lik (fantaziya.)
M.N.Gnatko kreativlikni kishining ijodiy imkoniyati, sotsial - ijodiy faollikni namoyon qila olish qobiliyati bilan shartlangan kishi individlarining qandaydir maxsus xislati deb qaraydi.
Ijod tushunchasini belgilashda u jarayon - natija tavsifidan, kreativlikni belgilashda esa subyekt - shartlilik tavsifidan foydalanadi.
- 34 -
Ijod mezonlari, uning psixologik mexanizmlari, ijodiy tafakkurning rivojlanish texnikasi V.A.Kan-Kalik, Ya.A.Ponomarev, S.Yu.Stepanov, T.V.Frolov va boshqalarning ishlarida tadqiq etilgan.
D.B. Bogoyavlenskaya ishlarida ijod tahlili birliklari belgilab berilgan. Bunday birlik sifatida muallif intellektual faollikni ko'rsatadi hamda uning uchta bosqichini ajratadi:
• rag'batlantirishningsamaraliyoki su&kashlik bosqichi. Shaxsning bu bosqichiga unga tashqaridan berilgan vazifalarni tashabbussiz qabul qilish xarakterlidir;
• intellektual faollikning evri&ik bosqichi. Bu bosqichda o'z faoliyati tarkibi va tuzilmasini tahlil qilish davom etadi, yangilik ochish, oqilona hal qilishga imkoniyat beradigan ayrim vazifalar qiyoslanadi;
• intellektual faollikning kreativ bosqichi. Bu bosqichda qo'lga kiritilgan empirik qonunlar kelgusi tadqiqotlar uchun maqsad bo'lib qoladi.
Rag'batlantiruvchi, samarali va evri&ik bosqichga qoloq (ek&ensiv) aqliy faoliyat, kreativ bosqichga intellektual faoliyat xosdir.
N.M. Gnatko kreativlik mexanizmlarni quyidagi bo'limlarga bo'lib o'rganishni taklif etadi:
• potensial kreativlik;
• faoliyatdagi kreativlik.
Potensial kreativlik N.M Gnatkoning fikricha, muayyan tashqi sharoitlarda faolkreativlikka aylanishga nazariy tayyor shaklda namoyon bo'ladigan individiumning potensial joylashishini anglatuvchi kreativ faoliyatdir. Potensial kreativlik ijodning zaruriy subyektiv shartidir.
Faoliyatdagi kreativlik - faoliyatning biror turida ijodiy faollik ko'rsatuvchining bevosita tayyorgarligini ta'minlaydigan faoliyatining u yoki bu turi tavsifli potensial kreativ individiumning individual tavsiflari aloqalarini yuzaga keltiradi. Faol kreativlik ijodning eng muhim subyektiv shartidir (N.M.Gnatko).
Tadqiqotlar ko'rsatadiki, potensial kreativlik amalga oshirish mumkin bo'lgan kreativlikdir. Uni faoliyatdagi kreativlikka o'tkazish muayyan faoliyat turini tashuvchi (subyekt) tomonidan uning o'zlashtirilishida tub o'zgartirishlar qilish orqali amalga oshadi.
V.A. Sla&enin, N.M.Gnatkoning potensial kreativlikni muntazam faoliyatdagi kreativlikka taqlid qilish asosida o'zgartirib borish haqidagi qarashlariga qo'shilgan holda uni to'ldirib, kreativlik taqlid qilish, nusxa olish yo'li bilan rivojlanadi hamda taqlid qilish asosidagi ijod haqiqiy ijodga olib keladi, deb hisoblaydilar.
Yangilik kiritishning muhim sharti muloqotning yangi vaziyatini tug'dirishdir. Muloqotning yangi vaziyati - bu o'qituvchining o'z mu&aqillik mavqeini, dunyoga, pedagogik fan, o'ziga bo'lgan yangi munosabatni yarata olish qobiliyatidir. O'qituvchi o'z nuqtai nazarlariga o'ralashib qolmaydi, u pedagogik tajribalarning boy shakllari orqali ochilib, mukammallashib boradi.
O'qituvchininginnovatsionfaoliyativoqeliknio'zgartirishga, uningmuammolari va usullarini yechishni aniqlashga qaratilgandir.
O'qituvchi va talaba o'rtasidagi muloqot namunasining o'zgarishi innovatsion faoliyat shartlaridan biridir.
Yangi munosabatlar an'analarda bo'lganidek, qi^ovlar, hukmga bo'ysunish kabi unsurlardan holi bo'lishi lozim. Ular tenglarning hamkorligi, o'zaro boshqarilishi, o'zaro yordam shaklida qurilgan bo'lishi darkor. Ular munosabatlaridagi eng muhim xususiyati bu o'qituvchi va talabaning ijoddagi hamkorligidir.
Innovatsion faoliyat quyidagi asosiy funksiyalar bilan izohlanadi:
• kasbiy faoliyatning ongli tahlili;
• me'yorlarga nisbatan tanqidiy yondashuv;
• kasbiy yangiliklarga nisbatan shaylik;
• dunyoga ijodiy yaratuvchilik munosabatida bo'lish;
• o'z imkoniyatlarini ro'yobga chiqarish, o'z turmush tarzi va intilishlarini kasbiy faoliyatida mujassam qilish. Demak, o'qituvchi yangi pedagogik kreativlar, nazariyalar, konsepsiyalarning muallifi, ishlab chiqaruvchisi, tadqiqotchisi, foydalanuvchisi va targ'ibotchisi sifatida namoyon bo'ladi.
Hozirgi jamiyat, madaniyat va ta'lim taraqqiyoti sharoitida o'qituvchi innovatsiya faoliyatiga bo'lgan zaruriyat quyidagilar bilan o'lchanadi:
• ijtimoiy-iqtisodiy yangilanish ta'lim tizimi, metodologiya va o'quv jarayoni kreativsining tubdan yangilashni talab qiladi. Bunday sharoitda o'qituvchining innovatsiya faoliyati pedagogik yangiliklarni yaratish, o'zlashtirish va foydalanishdan iborat bo'ladi;
• ta'lim mazmunini insonparvarlashtirish doimo o'qitishning yangi tashkiliy shakllarini, kreativlarini qidirishni taqozo qiladi;
• pedagogik yangilikni o'zlashtirish va uni tatbiq etishga nisbatan o'qituvchining munosabati xarakteri o'zgarishi.
O'qituvchining innovatsion faoliyati tahlili yangilik kiritishning samaradorligini belgilovchi muayyan me'yorlardan foydalanishni talab qiladi. Bunday me'yorlarga -yangilik, maqbullik (optimalno^), yuqori natijalilik, ommaviy tajribalarda innovatsiyani ijodiy qo'llash imkoniyatlari kiradi.
Yangilik pedagogik yangilik me'yori sifatida o'zida taklif qilinadigan yangini, yangilik darajasi mohiyatini aks ettiradi. Pedagog olimlar yangilikning qo'llanish mashhurligi darajasi va sohasiga ko'ra farqlanadigan mutlaq, chegaralangan mutlaq, shartli, subyektiv darajalarini farqlaydilar.
Maqbullik me'yori o'qituvchi va talabaning natijaga erishish uchun sarflangan kuch va vositalarini bildiradi.
Natijalilik o'qituvchi faoliyatidagi muayyan muhim ijobiy natijalarni bildiradi.
Pedagogik yangilik o'z mohiyatiga ko'ra ommaviy tajribalar mulki bo'lib qolishi lozim. Pedagogika yangilikni da^lab ayrim o'qituvchilarning faoliyatiga olib kiriladi. Keyingi bosqichda - sinalgandan va obyektiv baho olgandan so'ng pedagogik yangilik ommaviy tatbiq etishga tavsiya etiladi.
V.A.Sla^enin o'tkazgan tadqiqotlar o'qituvchining innovatsion faoliyatga kasbiy tayyorgarligini aniqlash imkoniyatlarini beradi. Ular quyidagi tavsiflardan iborat:
• mo'ljallangan yangilikni yalpi va uning alohida bosqichlari muvaffaqiyatini bashorat qilish;
• kelgusida qayta ishlash maqsadida yangilikning o'zidagi va uni tatbiq qilishdagi kamchiliklarni aniqlash;
• yangilikni boshqa innovatsiyalar bilan qiyoslash, ulardan samaradorlarini tanlab olish, ularning eng ahamiyatli vapishiqlik darajasini aniqlash;
• yangilikni tatbiq etishning muvaffaqiyatlilik darajasini tekshirish;
• yangilikni tatbiq etadigan tashkilotning innovatsiya qobiliyatiga baho berish.
Innovatsion faoliyatning samaradorligi pedagog shaxsiyati bilan
belgilanadi.V.A.Sla&enin tadqiqotlarida o'qituvchining innovatsion faoliyatga bo'lgan qobiliyatlarining asosiy xislatlari belgilab berilgan. Unga quyidagi xislatlar taalluqli:
shaxsning ijodiy-motivatsion yo'nalganligi. Bu - qiziquvchanlik, ijodiy qiziqish; ijodiy yutuqlarga intil ish; peshqadamlikka intilish; o'z kamolotiga intilish va boshqalar;
• kreativlik. Bu - xayolot (fanta&lik), faraz; qoliplardan holi bo'lish, tavakkal qilish, tanqidiy fikrlash, baho beraolish qobiliyati, o'zichamushohadayuritish, refleksiya;
• kasbiy faoliyatni baholash. Bu - ijodiy faoliyat metodologiyasini egallash qobiliyati; pedagogik tadqiqot metodlarini egallash qobiliyati; mualliflik konsepsiyasi faoliyat kreativsini yaratish qobiliyati, ziddiyatni ijodiy bartaraf qilish qobiliyati; ijodiy faoliyatda hamkorlik va o'zaro yordam berish qobiliyati va boshqalar;
• o'qituvchining individual qobiliyati. Bu - ijodiy faoliyat sur 'ati; shaxsning ijodiy faoliyatdagi ish qobiliyati; qat'iyatlik, o'ziga ishonch; mas'uliyatlilik, halollik, haqiqatgo'ylik, o'zini tuta bilish va boshqalar.
Innovatsion faoliyat tadqiqotlari o'qituvchining innovatsion faoliyatga hozirligi me'yorlarini belgilashga imkon berdi (V.A. Sla^enin):
• innovatsionfoliyatga bo'lgan zaruriyatni anglash;
• ijodiy faoliyatga jalb qilinishiga shaylik;
• shaxsiy maqsadlarni innovatsion faoliyat bilan moslashtirish;
• ijodiy muvaffaqiyatsizliklarni yengishga shaylik;
• innovatsion faoliyatni ijro etish uchun texnologik shaylik darajasi;
• innovatsion faoliyatning kasbiy mu&aqillikka ta 'siri;
• kasbiy refleksiyaga bo 'lgan qobiliyat.
Oliy maktabdagi innovatsiya jarayonlari xarakteri kiritilgan yangiliklar xususiyatlari, o'qituvchilarning kasbiy imkoniyatlari, yangilik kiritish tashabbuskorlari va ishtirokchilarining innovatsion faoliyatlari xususiyatlari bilan belgilanadi.
Innovatsion faoliyatda eng muhim masalalardan biri - o'qituvchi shaxsidir. O'qituvchi-novator sermahsul ijodiy shaxs bo'lishi, kreativlikni, keng qamrovli qiziqish va mashg'ullikni, ichki dunyosi boy, pedagogik yangiliklarga o'ch bo'lishi lozim.
O'qituvchini innovatsion faoliyatga tayyorlash ikki yo'nalishda amalga oshirilishi lozim:
• yangilikni idrok qilishga innovatsion shaylikni shakllantirish;
• yangicha harakat qila olishga o'rgatish.
Innovatsion faoliyatni tashkil etishda talabalarning o'quv-bilish faoliyati va uni boshqarish alohida ahamiyatga ega.
Innovatsiya jarayonlari, ularning funksiyalari, rivojlanish qonuniyatlari, mexanizmlari va uni amalga oshirish kreativlari, boshqarish tamoyillarining pedagogik asoslarini o'rganish oliy maktab o'quv jarayonini zamonaviy pedagogika hamda psixologiya fanlari yutuqlari asosida jahon ^andartlari darajasida tashkil etish imkonini beradi.
Xulosa:O'qituvchi faoliyatida o'z-o'zini faollashtirish, o'z ijodkorligi, o'z-o'zini bilishi va yaratuvchiligi mavzu (motiv)lar muhim ahamiyat kasb etadi. Bu esa o'qituvchi shaxsining kreativligini shakllantirish imkoniyatini beradi. O'qituvchining innovatsion faoliyati turli xildagi qarashlarning to'qnashuvi va o'zaro boyitilishi dinamikasida amalga oshishini ko'zda tutadi.
O'qituvchining innovatsion faoliyatini samarali amalga oshirish bir qator shart-sharoitlarga bog'liq. Unga o'qituvchining tayinli muloqoti aks fikrlarga nisbatan beg'araz munosabat, turli holatlarda ratsional vaziyatning tan olinishini uqtirishga tayyorligi kiradi. Buning natijasida o'qituvchi o'z bilim va ilmiy faoliyatini ta'minlaydigan keng qamrovli mavzu (motiv)ga ega bo'ladi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
1.N.N. Azizxo'jaeva. Pedagogik texnologiya va pedagogik mahorat. T. Nizomiy nomidagi TDPU. 2006.
2. R.A.Mavlonova, N.X.Raxmankulova. "Boshlang'ich ta'limda innovatsiya". T., TDPU 2007-y.
IJODKOR O'QITUVCHI JURNALI5 IYUN / 2022 YIL / 19 -SON3493. Okhunov, M., & Minamatov, Y. (2021). Application of Innovative Projects in Information Sy^ems. European Journal of Life Safety and Stability (2660-9630), 11, 167-168.4.Minamatov, Y. E. U. (2021).
KOMPYUTER LINGVISTIKASINI O'QITISH MUAMMOSINING PSIXOLOGIK-PEDAGOGIK, METODIK ADABIYOTLARDA O'RGANILISHI
Mamirov Ozodjon Baxtiyor o'g'li
Jizzax davlatpedagogika universiteti O'zbek tilini o'qitish metodikasi kafedrasi
Kata o'qituvchisi
Annotatsiya: Kompyuter lingvitfikasining yaratilish tarixi, pedagogik ahamiyati, metodik ishlanmalari ushbu maqolada keltirilgan. Globallashuv jarayonida kompyuter lingvitfikasining o'rni ochib berilgan. Kompyuter lingvitfikasida so'zlarni kiritish, tahlil, tahlil qilish va boshqa datfurlarni ishlab chiqish. Inson tarjimasi va mashina tarjimasi haqida ma'lumotlar berilgan.
Kalit so'zlar: Lingvitfika, kompyuter, tarjima, axborot, texnologiyalar, matnlar, platformalar, datfurlar, mashina tarjimasi, inson tarjimasi