BO'LAJAK TARBIYACHILARDA KASBIY SALOHIYATNI
SHAKLLANTIRISHDA INNOVATSION FAOLIYATNI SAMARALI
AMALGA OSHIRISH TIZIMI
Nazirova Gulasal Tohirjon qizi
FarDU Maktabgacha ta'lim magistranti
gulasalnazirova371 @gmail.com https://doi.org/10.5281/zenodo.7376241
Annotatsiya: Ushbu maqolada maktabgacha ta'lim tashkilotlari tarbiyachilarining kasbiy salohiyatini shakllantirishda innovatsion faoliyat, uni samarali amalga oshirish tizimi va uning tuzilish mexanizmlari, tarbiyachi faoliyati bilan bog'liqligi ko'rsatib o'tilgan.
Kalit so'zlar: maktabgacha ta'lim, innovatsion, salohiyat, faoliyat, vaziyat, kreativlik, ijodkorlik.
Tarbiyachining innovatsion faoliyatini samarali amalga oshirish bir qator shart-sharoitlarga bogliq. Unga o'qituvchining tayinli muloqoti, aks fikrlarga nisbatan beg'araz munosabat, turli holatlarda ratsional vaziyatning tan olinishini uqtirishga tayyorligi kiradi. Buning natijasida o'qituvchi oz bilim va ilmiy faoliyatini ta'minlaydigan keng qamrovli mavzu (motiv)ga ega boladi.
Tarbiyachi faoliyatida o'z-o'zini faollashtirish, oz ijodkorligi, o'z-o'zini bilishi va yaratuvchiligi kabi mavzu (motiv)lar muhim ahamiyat kasb etadi. Bu esa o'qituvchi shaxsining kreativligini shakllantirish imkoniyatini beradi.
Yangilik kiritishning muhim sharti muloqotning yangi vaziyatini tugMirishdir. Muloqotning yangi vaziyati - bu o'qituvchining oz mustaqillik mavqeini, dunyoga, pedagogik fanga, o'ziga bolgan yangi munosabatni yarata olish qobilyatidir. Tarbiyachi oz nuqtai nazarlariga o'ralashib qolmaydi, u pedagogik tajribalarning boy shakllari orqali ochilib, mukammallashib boradi. Bunday vaziyatlarda oqituvchining fîkrlash usullari, aqliy madaniyati o'zgarib boradi, hissiy tuyg'ulari rivojlanadi.
Keyingi sharti - bu o' qituvchining madaniyat va muloqotga shayligi.
Innovatsion faoliyat quyidagi asosiy funksiyalar bilan izohlanadi:
- kasbiy faoliyatning ongli tahlili;
- me yorlarga nisbatan tanqidiy yondashuv;
- kasbiy yangiliklarga nisbatan shaylik;
- dunyoga ij odiy yaratuvchilik munosabatida bo'lish;
- (o'z imkoniyatlarini ro'yobga chiqarish, oz turmush tarzi va intilishlarini kasbiy faoliyatda mujassam qilish).
Demak, pedogog-tarbiyachi yangi pedagogik texnologiyalar, nazariyalar, konseptsiyalarning muallifi, ishlab chiqaruvchisi, tadqiqotchisi, foydalanuvchisi va targ'ibotchisi sifatida namoyon bo'ladi.
Hozirgi jamiyat, madaniyat va ta'lim taraqqiyoti sharoitida o'qituvchi innovatsiya faoliyatiga bo'lgan zaruriyat quyidagilar bilan o'lchanadi:
- ijtimoiy-iqtisodiy yangilanish ta'lim tizimi, metodologiyavao'quv jarayoni texnologiyasining tubdan yangilashni talab qiladi;
- bunday sharoitda o'qituvchining innovatsiya faoliyati pedagogik yangiliklarni yaratish, o'zlashtirish va foydalanishdan iborat bo'ladi;
- mazmunini insonparvarlashtirish, doimo o'qitishning yangi tashkiliy shakllarini, texnologiyalarini qidirishni taqozo qiladi;
- pedagogik yangilikni oMzlashtirish va uni tatbiq etishga nisbatan o'qituvchining munosabati xarakteri o'zgarishi.
Bo'lajak tarbiyachining innovatsion faoliyati tahlili yangilik kiritishning samaradorligini belgilovchi muayyan me'orlardan foydalanishni talab qiladi. Bunday me'orlarga - yangilik, maqbullik (optimalnost), yuqori natijalilik, ommaviy tajribalarda innovatsiyani ijodiy qo'llash imkoniyatlari kiradi
Yangilik pedagogik yangilik me'ori sifatida ozida taklif qilinadigan yangini, yangilik darajasi mohiyatini aks ettiradi. Pedagog olimlar yangilikning qo'llanish mashhurligi darajasi va sohasiga ko'ra farqlanadigan mutlaq, chegaralangan mutlaq, shartli, subektiv darajalarini farqlaydilar.
Maqbullik me'ori o'qituvchi va talabaning natijaga erishish uchun sarflangan
kuch va vositalarini bildiradi. Natijalilik o'qituvchi faoliyatidagi muayyan muhim ijobiy natijalarni bildiradi.
Pеdagogik yangilik oz mohiyatiga ko'ra ommaviy tajribalar mulki bo'lib qolishi lozim. Pеdagogika yangilikni dastlab ayrim o'qituvchilarning faoliyatiga olib kiradi. Keyingi bosqichda - sinalgandan va obеktiv baho olgandan so'ng pеdagogik yangilik ommaviy tatbiq еtishga tavsiya etiladi.
V.A.Slastеnin o'tkazgan tadqiqotlar o'qituvchining innovatsion faoliyatga kasbiy tayyorgarligini aniqlash imkoniyatlarini bеradi. Ular quyidagi tavsiflardan iborat:
- mo'ljallangan yangilikni yalpi va uning alohida bosqichlari muvaffaqiyatini bashorat qilish;
- kеlgusida qayta ishlash maqsadida yangilikning o'zidagi va uni tatbiq qilishdagi kamchiliklami aniqlash;
- yangilikni boshqa innovatsiyalar bilan qiyoslash, ulardan samaradorlarini tanlab olish, ularning eng ahamiyatli va pishiqlik darajasini aniqlash;
- yangilikni tatbiq etishning muvaffaqiyatlilik darajasini tеkshirish;
- yangilikni tatbiq etadigan tashkilotning innovatsiya qobiliyatiga baho berish.
Xulosa qilib aytadigan bo'lsak, tarbiyachi mashg'ulot jarayonida yangi innavatsion texnologiya materiallaridan va tarbiyaning samarali metod va usullaridan foydalanilsa hamda bolaning ruhiyati, yosh va o'ziga xos ruhiy, fiziologik xususiyatlari inobatga olinsa, tarbiyaning samaradorligi ortadi. Maktabgacha ta'lim tizimi ta'lim tizimining boshlang'ich bo'g'ini sifatida bo'lajak tarbiyachilarning kasbiy salohiyatini yuqori bo'lishini,bu esa o'z navbatida doimiy izlanishni,yangi innovatsion metodlarni o'z faoliyatiga tadbiq etishni zamonaviy pedogogik texnologiyalar va metodlar bilan qurollantirishni talab etadi.
Adabiyotlar ro'yxati:
1. Ishmuhamedov R.J., M.Mirsoliyeva. O'quv jarayonida innovatsion ta'lim texnologiyalari. - T.: «Fan va texnologiya», 2014, 60 b.
2. Uljaevna, U. F., & Shavkatovna, S. R. (2021). Development and education of preschool children. Academicia: an international multidisciplinary research journal, 11(2), 326-329.
3. Uljaevna, U. F., & Shavkatovna, S. R. DOI: 10.5958/2249-7137.2021. 00358. X "Development and education of preschool children" ACADEMICIA. An International Multidisciplinary Research Journal.(Double Blind Refereed & Peer Reviewed Journal). ISSN, 2249-7137.
4. O'rinova, F. (2019). REPORT ON PROBLEMS IN THE PRE-SCHOOLS OF ORGANIZATIONAL PREVENTIVE CENTERS. Scientific Bulletin of Namangan State University, 1(11), 311-315.
5. Oljayevna, O., & Shavkatovna, S. (2020). The Development of Logical Thinking of Primary School Students in Mathematics. European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences, 8(2), 235-239.