INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
BOSHLANG'ICH TA'LIMDA DIDAKTIK O'YINLI TA'LIM TEXNOLOGIYALARINING SAMARADORLIGI Sarvinoz Rahimjonova To'lqin qizi
Qo'qon universiteti bakalavrianti https://doi.org/10.5281/zenodo.6660387
Annotatsiya. Maqolada boshlang'ich sinflarda tabiatshunoslik fanini o'qitish jarayonida didaktik o'yinlardan foydalanish va uning metodologiyasi haqida so'z yuritilgan.
Kalit so'zlar: O'qitish metodi, ta'lim texnologiyalari, verbal muloqot, ta'lim jarayoni, shaxs, didaktika.
ЭФФЕКТИВНОСТЬ ДИДАКТИЧЕСКИХ ИГРОВЫХ ОБРАЗОВАТЕЛЬНЫХ ТЕХНОЛОГИЙ В НАЧАЛЬНОМ ОБРАЗОВАНИИ
Аннотация. В статье освещены место и значение использования дидактико-игровых образовательных педагогических технологий, а также методика их применения в процессе обучения природоведению в начальных классов.
Ключевые слова: Mетод обучения, образовательные методы, вербальное общение, процесс обучения, личность, дидактика.
EFFECTIVENESS OF DIDACTIC GAME EDUCATION TECHNOLOGIES IN
PRIMARY EDUCATION
Abstract. In the article is lightened the place and importance of didactic game educational technologies implementation in teaching of nature studies in the primary classes and its methodics in the teaching process.
Keywords: teaching method, educational methods, oral speech, teaching process, personality, didactics.
KIRISH
Ushbu muammolarni tahlil qilishdan avval quyidagi ma'lumotlar, tushuncha va atamalar ustida to'xtab o'tish lozim. Zamonaviy pedagogik texnologiyalar mohiyati o'quvchiga bilim berish, ularni to'liq o'zlashtirishdan iborat. Ta'lim muassasalarida pedagogik texnologiyalar asosida dars o'tishda asosiy talab o'quvchining hayotiy tajribasi, avval o'zlashtirgan bilimi va qiziqishlari asosida yangi bilim berishni ko'zda tutadi.
Ta'lim jarayonida pedagogik texnologiyalardan foydalanish samaradorligi o'zining ko'p qirraliligi bilan namoyon bo'lmoqda. "O'quvchining ruhiy holatlari, uning kelajakda rivojlanishi (yoki pasayishi) qanday hisobga olinyapti?", degan savollarning yechimiga bog'liq. Shu jihatdan olganda, pedagogik texnologiya shaxs rivojlanishi bosqichlarini loyihalashtirish, tashxislash va differensiyalash imkoniyatlariga ega. Bu pedagogning ta'lim texnologiyalaridan foydalanish qobiliyatiga bog'liq.
Uzluksiz ta'lim tizimida zamonaviy pedagogik, axborot texnologiyalaridan foydalanish o'quv materiallarini o'quvchi tomonidan qabul qilish va o'zlashtirish samarasini oshiradi.
Shu bois shaxsiy kompyuterlar ta'lim vositasiga aylanmoqda. Bu shaxsiy kompyuter o'qituvchining barcha funksiyalarini o'z zimmasiga oldi, degani emas, albatta. Balki o'quvchining shaxsiy kompyuter bilan ishlashi ta'lim jarayonini samarali tashkil qilishga imkoniyat yaratadi.
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
Bugungi kunda har bir sohaning takomillashishi, rivojlanishi uchun xilma-xil metodlar qo'llanilayotganidek, ta'lim-tarbiya sohasida ham turli xil metodlardan foydalanilmoqda. Shundan tabiat haqidagi fan - tabiatshunoslik darslarini o'qitishda didaktik o'yinli texnologiyalarning metodlaridan foydalanish maqsadga muvofiqdir, chunki tabiatshunoslik darslarida qo'llaniladigan metodlarning xilma-xilligi o'quvchida fanni bilishga qiziqishini orttiradi.
TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI
Didaktik o'yinli ta'lim texnologiyasining o'ziga xos jihati, an'anaviy ta'limdagidan farq qilib, boshlang'ich sinf o'quvchilarining mustaqilligi va o'quv fani faoliyatini ta'qiqlamasdan, balki belgilangan maqsadga yo'naltirish o'quv faoliyatini hamkorlikda tashkil etishni talab etadi. Ularni faoliyatiga ongli ravishda yo'llash biror-bir faoliyatni buyruq orqali amalga oshirmasdan, balki samarali tashkil etish orqali o'quvchilarda fan asoslarini o'rganishga bo'lgan qiziqishlarini orttirish, shaxsning ehtiyoji, qiziqishi imkoniyatlarini chegaralamasdan erkin tanlash huquqini berish sanaladi.
Bunday darslarni olib borishda o'quvchining tabiatshunoslik fanidan to'liq bilim olishi, axloqli bo'lishi, biror-bir kasb tanlash iste'dodini ravnaq toptirish, xalqimizning yaxshi fazilatlarini egallashi uchun avvalo o'qituvchining ijodiy mehnat qilishi talab etiladi. O'qituvchi o'quvchiga nisbatan sergak, ziyrak bo'lib, uning qiziqishi, qobiliyatini hisobga olib, murabbiylarcha muomalada bo'lishi darkor. Shundan keyingina darslarda foydalaniladigan didaktik o'yinli texnologiyalar o'quvchilarning bilish faoliyatini faollashtirib, darslik va qo'shimcha adabiyotlar ustida mustaqil ishlash, nutq va muloqot madaniyatini rivojlantirish, ularni ongli ravishda kasbga yo'llash, didaktik o'yin davomida vujudga kelgan qiyinchiliklarni bartaraf etishda mo'ljalni to'g'ri olish, har xil vaziyatlarni tahlil qilib, to'g'ri xulosa chiqarishga zamin tayyorlaydi.
Metodist o'qituvchilarning ko'p yillik tajribalari va kuzatishlaridan didaktik o'yinlar boshqa fanlar qatori tabiatshunoslik darslari va darsdan tashqari mashg'ulotlarning mazmunli bo'lishida eng qulay va samarali usullardan biri hisoblanishi qayd qilingan. Darsda didaktik o'yinlardan foydalanish o'quvchilarning qiziqishi, hozirjavobligini bilishni chuqur egallashga qaratilgan ko'nikma va malakalarni oshirishi ko'rsatib o'tiladi. Shuningdek, ta'lim jarayonining samaradorligini oshirish maqsadida bir qator innovatsion texnologiyalar, jumladan, tabiatshunoslik darslarida rolli o'yinlar, klaster, ishbilarmonlar o'yini va boshqalardan foydalanish zarurligi haqida ham fikr yuritilgan.
M.Xolmetov maktabgacha yoshdagi bolalar ta'lim-tarbiyasiga qo'yiladigan davlat talablarining asosiy maqsadida kelajak avlodni jismonan va ruhan sog'lom tarbiyalash, maktabgacha tayyorgarlik tushunchasi bolaning aqliy va maxsus tayyorgarlik yo'nalishlarini o'z ichiga olganligi, avvalo jismoniy tayyorgarlik deganda, kichkintoy o'ziga mos milliy o'yinlarning qoidalari, unda faol ishtirok etishi belgilangan topshiriqlarni bajara olishi haqida fikr yuritgan.
J.Tolipova va N.Numanovalar uzluksiz ta'lim tizimining mustaqil turi tarkibiga kirgan barcha vazifalarni amalga oshirish uchun zamonaviy ta'lim texnologiyalaridan foydalanish mumkinligi haqida to'xtalganlar. Unda umumiy o'rta ta'lim maktablaridagi ta'lim-tarbiya jarayonida modulli ta'lim, didaktik o'yinli ta'lim, muammoli ta'lim texnologiyalaridan foydalanish yo'llari ko'rsatilgan.
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
Darslarda foydalaniladigan didaktik o'yinli texnologiyalar o'quvchilaming bilim faoliyatini faollashtirish, darslik va qo'shimcha adabiyotlardan mustaqil foydalanish, nutq va muloqot madaniyatini rivojlantirish, ularni ongli ravishda kasbga yo'llash, didaktik o'yin davomida vujudga kelgan qiyinchiliklami bartaraf etishda mo'ljalni to'g'ri olish, har xil vaziyatlarni tahlil qilib, to'g'ri xulosa chiqarishga zamin tayyorlaydi.
A.Zikiryayev va boshqalarning fikricha, ta'lim jarayonida didaktik tamoyillar muammosi barcha davrlarda o'quvchilarning diqqat-e'tiborida bo'lgan. Ular bu borada mutaxassislarning erishgan yutuqlari bilan birga hozirga qadar ta'lim tamoyillari tizimining ilmiy asoslari mukammal ishlab chiqilmaganini qayd etishgan.
A.Yusupova, R.Qurbonniyozovlar fikricha, "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi"da ta'limda eng zamonaviy hisoblangan pedagogik texnologiyalarni qo'llashga erishish masalalariga hamda inson omiliga alohida e'tibor qaratilgan bo'lib, uning negizida "tizimli yondashuv" yotadi. Pedagogik texnologiyaning asosini ham "tizimli yondashuv" tashkil etadi va uning eng muhim belgisi hisoblanadi. Uzluksiz ta'limda pedagogik texnologiyaning asosini tizimli yondashuv loyihalari va shu bilan birga boshlang'ich ta'limda pedagogik texnologiyadan samarali foydalanishda nimalarga e'tibor berish lozimligi ko'rsatilgan.
Undan tashqari ma'lumki, an'anaviy ta'limda, ta'lim maqsadi, mazmuni, o'qitish uslublari, nazorat natijalarini baholash kabi ko'plab jarayonlar ma'lum bir tizimsiz amalga oshirilgan, ya'ni ularni bajarish oldidan loyihalashtirilmagan. Boshlang'ich ta'limda o'quvchilarga tayyor ma'lumotlar berib, o'quvchilar ularni xotiralarida saqlab qolishlarini ta'minlashdan iborat bo'lgan eski ta'limda kafolatlangan natijaga erishish fikri yuritilmagan. Boshlang'ich ta'limda har bir masalaga chuqur yondashib, oldindan loyihalashtirilgan ma'lumotlarni faqat o'qituvchi beribgina qolmay, balki o'quvchilarni mustaqil ishlashi, darsda o'qituvchi bilan fikr almashishishiga e'tibor qaratilgan va kafolatlangan natijaga erishish haqida fikr yuritilib, an'anaviy va noan'anaviy ta'limni taqqoslab, ularning afzalliklari ochib berilgan.
TADQIQOT NATIJALARI
O.Berdiyeva hozirgi iqtisodiy o'tish davrida ta'lim jarayonini isloh etishda muammolar mavjudligi va shu muammolarning bir qismini hal etishda o'qituvchidan tashabbuskorlik, izlanuvchanlik va ijodkorlik talab qilinishi va ta'lim jarayonida yangi pedagogik texnologiyaning maqsadi, maqsadga erishish uchun undan samara berilishiga to'xtalib, yangi mavzuni tushuntirishda o'qituvchi reja asosida savol-javob, chizma, kerakli kompyuter vositalaridan foydalanishi lozimligini keltirgan. Shundagina o'qituvchining xotirasida mavzu uzoq vaqt saqlanib qolishi to'g'risida fikr yuritilib, o'qituvchi dars o'tishda nimalarga e'tibor berishi kerakligi haqida ma'lumotlar keltirgan.
R.Safarova va L.Shermatov o'z asarlarida pedagogika fanining muammosi va ularni qanday yechish kerakligi to'g'risida to'xtalganlar. Ta'lim-tarbiya bo'yicha uning samaradorligini oshirish uchun ilmiy jihatdan shaxsni rivojlantirish va uning manfaatlarini uyg'unlashtirish, dunyoqarashini moddiy jihatdan rivojlantirish haqida ham fikr yuritganlar. Bunda o'quvchi jamiyat taraqqiyotini faol rivojlantirishda ijtimoiy va siyosiy, texnikaviy apparatlardan foydalanib, o'z ustida ko'proq ishlashi lozimligi ko'rsatib berilgan.
U.Nishonaliyev tadqiqotlarida dasturli texnologik vositalar majmuasi va ularni kompyuter orqali ta'lim jarayoniga tatbiq etish, o'quvchi shaxsini rivojlantirish orqali ta'lim maqsadiga erishish uchun ta'lim-tarbiya jarayonini loyihalash, axborot va pedagogik
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
texnologiyaning metodlaridan foydalanish, o'qituvchi va o'quvchilaming hamkorlikda faoliyat ko'rsatish imkoniyatlari va vositalari, o'quvchilaming ijobiy, shaxsiy sifatlari to'g'risida aytib o'tilgan va shunga amal qilish lozimligi qayd etilgan.
Pedagogik texnologiyalarni amalga oshirish uchun o'ziga xos vositalar zarur bo'ladi. Har bir pedagogik texnologiyada qo'llaniladigan vositalar umuman o'xshash bo'lib, ularning turlari ko'p. Ularni shartli ravishda quyidagi turlarga ajratish mumkin: verbal, noverbal, vizual, studiya, tabiiy, o'quv anjomlari hamda maktab jihozlari.
Verbal vositalarning asosini axborot tashkil qiladi. Bular so'zlar bilan ifodalanadigan axborotlar bo'lib, ularni so'z orqali ifodalab berish uchun o'qituvchi uni o'zlashtirgan bo'lishi, ya'ni shu axborot haqida bilimga ega bo'lishi kerak. Boshqacha aytganda, pedagogik texnologiyalarning verbal vositalari o'qituvchining bilimlari darajasidagi axborot hisoblanadi. Shu sababli hozirgi ta'lim jarayonida faqat o'qituvchi va o'quvchilarning ishtirok etishi yetarli bo'lmay qoldi.
Zamonaviy ta'limni amalga oshirishning yana bir zarur sharti o'quv fanlari bo'yicha axborot manbalari, shu jumladan, yangi axborot texnologiyalaridan tez va qulay foydalanish imkonini beruvchi turlaridan har bir o'qituvchi va o'quvchi erkin foydalana oladigan sharoit yaratishdan iborat. Ya'ni, hozirda sifatli ta'lim berish uchun o'qituvchi o'quvchiga zarur axborotlarni yetkazib turuvchi xizmatdan iborat faoliyatni tashkil qilish zarur. Bu yo'nalish axborot texnologiyalarini ta'lim-tarbiya jarayoniga joriy qilish yo'nalishi deb nomlanadi. Shu axborotlarni o'quvchilar tushuna oladigan mantiqiy shakllarda ifodalash o'quvchi bilan o'qituvchining verbal muloqotini tashkil qiladi.
Verbal muloqot shakllari turli bo'lib, ularning asosiylari nutq so'zlash, suhbatlashish, savol berish, savolga javob berish, bahs, munozara, xabar berish, maslahat, nasihat, tanbeh, tabrik, salomlashish, xayrlashish kabilarni o'z ichiga oladi. Ushbu verbal muloqot shakllarida qo'llaniladigan nutq intonatsiyalari so'zlovchining fikri uning maqsadiga muvofiq bo'lgan ma'no-mazmunni chuqurlashtirish, yaqqollashtirish imkonini beradi. O'qituvchi o'quvchi uchun ma'lum bo'lgan tushunchalarga asoslangan holda yangi axborotlar bilan tanishib, uni tushuntirib beradi. Bu jarayonda o'quvchilar diqqatni jamlash, tinglash, eshitish, anglash, idrok qilish, mantiqiy fikrlash, xotirada saqlash, qayta eslash faoliyatlari bilan band bo'ladilar. Bunda o'quvchining qiziqishi, ehtiyoji, manfaatdorligi, qobiliyat, iste'dod, iqtidori uning muvaffaqiyati asosi bo'ladi.
Ko'pchilik olimlar ta'lim obyekti deb, o'qitish jarayonining maqsadi, mazmuni, qonuniyatlari, metodlari va tamoyillarini ko'rsatadilar. Ta'lim-tarbiya tizimini takomillashtirishni bevosita zamonaviy pedagogik texnologiyalarni joriy qilishning innovatsiya jarayoni deb qarash mumkin. Biz bunda "innovatsiya"ni biror-bir sinf o'quvchilari faoliyatini takomillashtirish uchun kiritilayotgan va bu innovatsiya sub'ekti tomonidan yangilik deb qabul qilingan yondashuvni tushunamiz.
Zamonaviy pedagogik texnologiyalarning pedagogik jamoada muvaffaqiyatli joriy qilinishi va yaxshi samara berishi bir qator omillarga bog'liq. Ularni uchta katta guruhga ajratish mumkin: birinchi guruh omillari kiritilayotgan yangilikning mazmuni, sifati va boshqa xususiyatlari bilan bog'liq. Bunda yangilikning mukammalligi, tajribada sinab ko'rilganligi va milliy-mahalliy sharoitga mosligini chuqur o'rganish va tahlil qilish muhim ahamiyat kasb etadi. Ikkinchi guruh esa yangilikni kiritishga oid yondashuv bilan bog'liq omillarni qamrab oladi:
SCIENCE AND INNOVATION
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
yangilik kiritishning rejalashtirilganligi, bosqichma-bosqichlilikka amal qilinganligi. Uchinchi guruh ijtimoiy-psixologik omillar bo'lib, uning tarkibiga yangilikka pedagogik jamoa munosabati, rahbarlik uslubi va boshqalar kiradi. Har qanday yangilik kiritilishi, shu jumladan, zamonaviy pedagogik texnologiyaning joriy qilinishi va zaruriy samara berishi pedagogik jamoa a'zolarining yangilikni qanday qabul qilishi, unga bo'lgan munosabatiga bog'liq.
Odatda yangilikning kiritilishi jarayonida yangilikka nisbatan psixologik g'ov paydo bo'ladi. Psixologik g'ov yangilikka tegishli bo'lgan pedagogik jamoaning o'z yangiligiga nisbatan befarq yoki salbiy munosabatida namoyon bo'ladi. Kishilarda bunday psixologik g'ov ochiq yoki yashirin holda uchrashi kuzatiladi. Tadqiqot natijalarining ko'rsatishicha, bunday g'ov kishilarning odatdagi faoliyat uslubini afzal ko'rishi, noaniqlikdan qo'rqishi, ortiqcha ishlarning paydo bo'lishi, innovatsiyaning zaruriyati yoki muhimligini tushunmasliklari bilan bog'liq.
Zamonaviy pedagogik texnologiyalarni ta'lim jarayoniga tatbiq etish samaradorligiga pedagogik jamoa rahbarlarining yangilikka munosabati, boshqaruv uslubi, rahbar va xodimlar o'rtasidagi o'zaro munosabatlar xususiyatlari kuchli ta'sir ko'rsatadi. Pedagogik jamoa a'zolarining bu yangilik haqida to'liq zaruriy ma'lumotlar bilan ta'minlanishi hamda ularning bu munosabatni yaxshilashga yo'naltirilgan tadbirlar olib borishi zarur.
Ta'lim jarayonida didaktik o'yin texnologiyalari didaktik o'yinli dars shaklida qo'llaniladi. Ushbu darslarda o'quvchilarning bilim olish jarayoni o'yin faoliyati bilan uyg'unlashgan darslar didaktik o'yinli darslar deb ataladi. Didaktik o'yinli darslar o'quvchilarning bilim olish faoliyati o'yin faoliyati bilan uyg'unligi, mazmuni va mohiyatiga ko'ra syujetli-rolli o'yinlar, ijodiy o'yinlar, ishbilarmonlik o'yini, konferensiyalar va o'yin mashqlariga ajratiladi. Darsda didaktik o'yin texnologiyalaridan foydalanishdan oldin bunday o'yinga mos keluvchi mavzuni tanlash lozim.
Dars o'tishda didaktik o'yinli texnologiyalardan foydalanganda dars davomida didaktik jarayon ketadi. Didaktik jarayon bosqichlarini muayyan ketma-ketlikda yo'lga qo'yish o'quvchilarning bilimini belgilangan maqsadlarga mos holda tanlangan o'qitish metodlari yordamida tashkil etishdir. O'qitish metodlari o'z mohiyati va mazmuniga ko'ra ma'lum pedagogik nazariyaga asoslangan u yoki bu tasnifga tegishli bo'ladi. Ularning samaradorligi to'g'risida fikr yuritilganda o'qitish jarayonini izga soladigan va uni maqsadli yo'naltira oladigan, o'qituvchi va o'quvchining hamkorligidagi faoliyatini ta'minlash asosida jamiyat tomonidan maktab akademik litsey, kasb-hunar kolleji oldiga qo'yilayotgan maqsadga nechog'lik erishilayotganini ko'zda tutish kerak. Yoxud o'qitish metodlari bevosita ta'lim amaliyotida alohida o'rin tutadi.
MUHOKAMA
O'qitish metodi dastlab pedagog ongida faoliyatning umumlashgan loyihasi tarzida mavjud bo'ladi. Bu loyiha amaliyotga o'qituvchi faoliyatining o'zaro tutashuvi tekisligida, o'qitishning aniq harakatlar, amallar yoki metodlar majmuasi sifatida joriy etiladi. Pedagogik nashrlarda o'qitish metodlarini faol va sust guruhlarga ajratish hollari mavjud. Agar har bir metod belgilangan u yoki bu maqsadni yechishda o'z o'rnida ishlatilsa, shubhasiz, faoldir. Pedagogik texnologiyalar ham darsda o'quvchilar faolligining yuqori darajasini ta'minlash asosida oldindan belgilangan maqsadga erishishga qaratiladi.
Quyida umumiy o'rta ta'lim maktablarining boshlang'ich sinflarida o'qitiladigan "Tabiatshunoslik" o'quv fanini o'qitishda didaktik o'yinli ta'lim texnologiyalariga asoslangan dars ishlanmalari keltirilmoqda.
Darsning mavzusi: Yirtqich hayvonlar (Tabiatshunoslik, 3-sinf).
Darsning ta'limiy maqsadi: Tabiatshunoslikni o'qitishda o'quvchilarni hayvonot dunyosining o'ziga xos xususiyatlari va ahamiyati bilan tanishtirish.
Darsning tarbiyaviy maqsadi: O'quvchilarga tabiatshunoslikni o'qitish orqali mustaqil fikr va ilmiy dunyoqarashni shakllantirish.
Darsning rivojlantiruvchi maqsadi: O'quvchilarning umumiy va xususiy tabiatshunoslik tushunchalari, darslik va qo'shimcha adabiyotlar ustida mustaqil ishlash, mustaqil fikr yuritish ko'nikmalari, nutq va muloqot madaniyatini rivojlantirish.
Darsni jihozlash: Mavzuga oid ko'rgazmali vositalar, tarqatma va didaktik materiallar.
Darsda foydalaniladigan texnologiya: Didaktik o'yinli ta'lim texnologiyasi (ijodiy o'yin metodi).
Darsning borishi.
I. Tashkiliy qism: salomlashish, navbatchi axboroti, o'quvchilarni darsga tayyorlash.
II. O'tgan mavzuni so'rash: o'tgan mavzu yuzasidan o'quvchilarning o'zlashtirgan nazariy bilimi, amaliy ko'nikma va malakalarini nazorat qilish va baholash.
III. Yangi mavzu bilan tanishtirish: o'quvchilarni dars mavzusi va darsning borishi bilan tanishtirish. O'qituvchi o'tgan mavzu yuzasidan o'quvchilarning bilimini reyting mezoni asosida baholagandan so'ng, yangi mavzuning maqsadi, vazifalari haqida, shuningdek, didaktik o'yinli ta'lim texnologiyasi va uning ijodiy o'yin metodi haqida ilmiy tushunchalar berib, sinf o'quvchilarini 3 guruhga: "Tabiatshunos", "Pedagog", "Psixolog" guruhlariga ajratadi va dars jarayonini o'tkazish texnologiyasini amalga oshiradi. Darhaqiqat, o'qituvchi mashg'ulotni boshlashdan avval tinglovchilarni ijodiy o'yin metodini o'tkazishga qo'yilgan talablar va qoidalar bilan tanishtiradi.
Har bir guruhdagi tinglovchilar o'z mavzulari bo'yicha kerakli materiallar, dalillar misollar, aniq fikrlar, o'z fikrini tasdiqlovchi ko'rgazmali materiallar, imkoni bo'lsa videofilm, maqolalar, mutafakkir va olimlarning so'zlari va boshqalarni tayyorlaydilar. Guruhdan bir kishini himoya uchun tanlaydilar, qolganlar esa o'z fikrlarini qo'shimcha qilishlari mumkin. O'qituvchi sinf o'quvchilarining tayyorgarlik ko'rish imkoniyatlarini hisobga olgan holda vaqt beradi.
Guruhlar himoyaga tayyor bo'lgach, o'qituvchi guruhlarning biriga himoya uchun so'z beradi (himoyaga chiqish ixtiyoriy ravishda bo'lishi mumkin). Guruh vakili guruh nomidan so'zga chiqib, ularga berilgan mavzuni tayyorlangan materiallar, dalillar asosida himoya qilishga kirishadi. Guruh vakili so'zini tugatgach, guruhning qolgan a'zolari qo'shimcha fikrlar bildirishlari mumkin.
Mashg'ulotlarning 2-bosqichidagi kabi bu bosqichda ham o'qituvchi navbatdagi guruh vakiliga himoya uchun so'z beradi. Ikkinchi guruh ham birinchi guruh kabi o'z mavzusini himoya qiladi. Himoya tugagach, o'qituvchi mashg'ulotning keyingi bosqichiga o'tadi. Har
1-bosqich.
2-bosqich.
3-bosqich.
ikkala himoya vaqtida o'qituvchi iloji boricha o'z fikr va mulohazasini bildirmaslikka, savol bermaslikka harakat qiladi, hech qaysi guruhga yon bermagan holda muloqotni boshqaradi, guruh himoyasi vaqtida tartib saqlanishi va muloqotni o'tkazishga qo'yilgan talab-qoidalarning to'liq bajarilishiga erishishga harakat qiladi. Bu bosqichda, asosan uchala guruhdagi boshlang'ich sinf o'quvchilari erkin, mustaqil faoliyat ko'rsatishlari kerak bo'ladi.
Guruhlar bir-birlariga savol berishni boshlaydi. Guruhlar tomonidan beriladigan savollar ular himoyasi vaqtida aytilgan dalillar, misollar, fikrlarni yanada oydinlashtirish maqsadida, shuningdek, o'z guruhlarining fikrlarini yanada ta'kidlab, isbotlab, qolganlarni ham shu fikrga qo'shilishlariga da'vat qilish uchun berilishi mumkin. Tinglovchilar erkin holda o'zlarining chiqishlari bilan barchaga ta'sir ko'rsatishga, o'z fikrlarini ma'qullashga harakat qiladilar. O'qituvchi bunday holatga sharoit, imkoniyat yaratadi, ya'ni u bahs-munozarani samimiylik bilan boshqaradi.
O'qituvchi har ikki tomonning bir-birlariga savollari, ma'qullaydigan so'zlari tugagach har ikki guruh tomonidan aytilgan fikrlarni umumlashtiradi va o'zini bu masala haqidagi fikr-mulohazasini bayon etadi va guruh tinglovchilari tomonidan tushgan savollarga kerakli javoblarni berishga harakat qiladi. Mashg'ulot oxirida o'qituvchi har uchala guruhning mashg'ulot jarayonidagi faoliyatlarini tahlil etib, ularga minnatdorchilik bildiradi va faol o'quvchilarni rag'batlantiradi.
IV. Yangi mavzuni o'rganish: o'qituvchi dars jarayonida o'quvchilarga yangi mavzuni tushuntirishda dars sifati va mazmuniga e'tibor bergan holda quyidagi ketma-ketlikni amalga oshiradi: o'quvchilarga yirtqich hayvonlar: sher, arslon, yo'lbars, ayiq, bo'ri, o'txo'r hayvonlar haqida (ekranda yirtqich hayvonlar tasviri namoyish etiladi) ilmiy-nazariy bilimlar beriladi; "Tabiatshunoslik" darsligidan "Yirtqich hayvonlar" mavzusi konspekt qilinadi.
V. Yangi mavzuni mustahkamlash: o'quvchilar guruhi o'qituvchining tavsiyasiga ko'ra yangi mavzu yuzasidan egallagan bilimlariga tayangan holda ko'rgazmali qurollar asosida mavzuni tushuntirib berishadi. So'ngra o'quvchilar o'rtasida bahs-munozara o'tkaziladi.
VI. O'quvchilarni rag'batlantirish va reyting mezoni asosida baholash.
VII. Darsni yakunlash. Darsda faol ishtirok etgan o'quvchilar rag'batlantiriladi va baholar e'lon qilinadi. Dars tabiatdagi o'simlik va hayvonlarga ehtiyotkorona munosabatda bo'lish, ularni asrab-avaylab, bizga in'om etilgan boyliklardan tejab-tergab foydalanish kabi fikrlar, da'vatlar bilan xulosalanadi.
VIII. Uyga vazifa berish. "Yirtqich hayvonlar" mavzusini o'qib, o'quvchilarga o'zlari yashayotgan xududdagi noyob o'simlik va hayvonlar haqida kichik hikoya yozib kelish vazifasi topshiriladi.
Boshlang'ich sinflarda tabiatshunoslikni o'qitish jarayonida foydalaniladigan didaktik o'yinli darslarning quyidagi afzalliklari mavjud:
- o'quvchilar didaktik o'yinli darslarga katta qiziqish bilan tayyorgarlik ko'radilar, natijada yangi bilimlarni o'zlashtirish samaradorligi sifatli bo'ladi;
- didaktik o'yinli darslar boshlang'ich sinf o'quvchilarining ilk bor kasb tanlashida o'z kuchi, bilimi, iqtidorini sinab ko'rishda, shuningdek, ularni hayotga tayyorlashda muhim
4-bosqich.
5-bosqich.
XULOSA.
SCIENCE AND INNOVATION
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
ahamiyat kasb etadi. Shundan kelib chiqib, boshlang'ich sinflarda tabiatshunoslikni o'qitishda yoshga xos xususiyatlarni e'tiborga olgan holda ta'limning zamonaviy shakl va metodlarini takomillashtiruvchi o'quv-metodik qo'llanmalarni yaratish;
- xalq ta'limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish institutlarida o'quvchilarning nazariy bilim, amaliy ko'nikma va malakalarini yanada takomillashtirish maqsadida boshlang'ich sinf o'qituvchilarining zamonaviy bilim, ilmiy-metodik tayyorgarligini keltirilgan uslubga ko'ra takomillashtirish tavsiya etiladi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro'yhati
1. Berdiyeva O. Ta'lim jarayonida yangi pedagogik texnologiyalar. // "Xalq ta'limi" jurnali,
2003, 1-son. -16-b.
2. Zikiryayev A. va boshqalar. O'quvchilar bilimini tekshirishda innovatsion texnologiyalar.
// "Xalq ta'limi" jurnali, 2001, 6-son. -19-b.
3. Nishonaliyev U. Yangi pedagogik va axborot texnologiyalari muammolari va yechimlari.
// "Pedagogik ta'lim" jurnali, 2000, 3-son. -11-b.
4. Norbutayev X. Mejpredmetnbie svyazi pri obuchenii prirodovedeniyu. // "Nachalnaya
shkola". M., 2011, № 11. -S. 25.
5. Safarova R, Shermatov L. Pedagogikaning taraqqiyot yo'li. // "Xalq ta'limi" jurnali,
2002, 2-son. -14-b.
6. Xolmetov M. Tarbiyada didaktik o'yinlarning ahamiyati. // "Ma'rifat", 2002, 6-son. -16-
b.
7. Yusupova A, Qurbonniyozov R. Yangi pedagogik texnologiyalarni qo'llash muammolari.
// "Pedagogik ta'lim" jurnali, 2000, 3-son. -18-b.