TARBIYACHINING INNOVATSION FAOLIYATGA TAYYORLASHNING DIDAKTIK
KOMPONENTLARI O'rinova Feruzaxon Uljayevna
pedagogika fanlari nomzodi, Farg'ona davlat universiteti Maktabgacha va boshlang'ich ta'lim fakulteti dotsenti Azizmatova Zaxro Nurmuxammad qizi, magistr
Maktabgacha va boshlahg'ich ta'lim fakulteti, Farg'ona davlat universiteti https://doi.org/10.5281/zenodo.6727168 Annotatsiya. Maqolada ta 'limning zamonaviy sharoitida bo 'lajak tarbiyachi pedagoglarni zamon talablari darajasida innovatsion faoliyatga tayyorlash, hamda o'quv faoliyatida uning bajarilish holati bayon etilgan.
Kalit so'zlar: Raqobatbardosh mutaxassis, ta'lim, innovatsionfaoliyat, model, aqliy faoliyat madaniyati, ta'limninginersion modeli, shaxsgayo'naltirilgan, reproduktiv, mahsuldor ta'lim. ДИДАКТИЧЕСКИЕ КОМПОНЕНТЫ ПОДГОТОВКИ ВОСПИТАТЕЛЯ К
ИННОВАЦИОННОЙ ДЕЯТЕЛЬНОСТИ Аннотация. В статье описывается подготовка будущих педагогов к инновационной деятельности на уровне современных требований в современных условиях образования, а также состояние ее реализации в образовательной деятельности.
Ключевые слова: конкурентоспособный специалист, образование, инновационная деятельность, модель, культура мыслительной деятельности, инерционная модель образования, личностно-ориентированное, репродуктивное, продуктивное образование. DIDACTIC COMPONENTS OF EDUCATOR TRAINING FOR INNOVATION Abstract. The article describes the preparation of future teachers for innovative activities at the level of modern requirements in modern conditions of education, as well as the state of its implementation in educational activities.
Key words: competitive specialist, education, innovative activity, model, culture of mental activity, inertial model of education, student-oriented, reproductive, productive education.
KIRISH
Innovatsion texnologiyalar jadallik bilan rivojlanib borayotgan bugungi davrda, ushbu texnologiyalar maktabgacha ta'limda ham ustuvor ahamiyat kasb etmoqda. Ayniqsa yurtimizda keyingi yillarda ko'plab izlanishlar natijasi sifatida yangicha yondashuvdagi ta'limiy faoliyatlar amaliyotga tadbiq etilmoqda. Chunki innovatsion texnologiyalar ta'lim samaradorligini ta'minlabgina qolmay, bolalarda tarbiyaviy ta'sir ko'rsatishda ham beqiyos o'rinni egallaydi. Zero, yurtboshimiz Sh. Mirziyoyev aytganlaridek: "Bugun biz davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarini tubdan yangilashga qaratilgan innovatsion rivojlanish yo'liga o'tmoqdamiz. Bu bejizga emas, albatta. Chunki zamon shiddat bilan rivojlanib borayotgan hozirgi davrda kim yutadi? Yangi fikr, yangi g'oyaga, innovatsiyaga tayangan davlat yutadi.
TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI
Innovatsiya - bu kelajak degani. Biz buyuk kelajagimizni barpo etishni bugundan boshlaydigan bo'lsak, uni aynan innovatsion g'oyalar, innovatsion yondashuv asosida boshlashimiz kerak".
O'quvchi-talabalarning shaxsiy xislatlari pedagogik jarayonning subyekti sifatidan quyidagilarni o'z ichiga oladi: o'qitishning hozirgi va kelgusi bosqichlari uchun qabul qilingan o'quv-tarbiya jarayonining maqsadi, vazifasi va ko'rsatmalarni anglay bilish; intellektual mehnat-ning yangi turlarini egallash; maqsadga muvofiq kasbiy o'z-o'zini tar-biyalash va mustaqil tahsil olish, qiyinchiliklarni a'lo darajada yenga bi-lish, o'sish va mustahkam o'rin egallashning kengayayotgan intellek-tual va kasbiy imkoniyatlari, istiqbollari bilan qoniqish, o'zining ijtimoiy roli funksiyasini bajarishda faol munosabatda bo'lish va hokazo.
Innovatsion pedagogik jarayonning eng muhim yo'nalishlaridan biri o'quvchi-talabalarning bilish faoliyatini rivojlantirish. Bunday yo'nalish o'quvchi-talabalarning o'quv jarayonini faollashtirishni, ularning kasbiy ixtisoslashishini aniqlab olish faolligini o'z ichiga oladi.
O'quvchi-talabalarning innovatsion faoliyatini yaratuvchilik jarayo-ni va ijodiy faoliyat sifatida baholash mumkin. Innovatsion faoliyatga aksiologik yondashuv insonning o'zini yangilik yaratish jarayoniga bax-shida qilishi, u tomonidan yaratilgan pedagogik qadriyatlar yig'indisini anglatadi.
Aksiologiya insonga oliy qadriyat va ijtimoiy taraqqiyotning birdan-bir maqsadi sifatida qaraydi.
O'qituvchining innovatsion faoliyati tuzilmasi kreativlik va reflek-siya komponentlaridan
iborat.
O'qituvchi innovatsion faoliyatining eng muhim tavsifi kreativlik-dir. Kreativlik individning yangi tushuncha yaratishi va yangi ko'nikma-lar hosil qilish qobiliyati, xislatini bildiradi.
O'qituvchining innovatsion faoliyatini samarali amalga oshirish bir qator shart-sharoitlarga bog'liq. Unga o'qituvchining tayinli muloqoti, aks fikrlarga nisbatan beg'araz munosabat, turli holatlarda ratsional va-ziyatning tan olinishini uqtirishga tayyorligi kiradi. Buning natijasida o'qituvchi o'z bilim va ilmiy faoliyatini ta'minlaydigan keng qamrovli mavzu (motiv)ga ega bo'ladi.
O'qituvchi faoliyatida o'z-o'zini faollashtirish, o'z ijodkorligi, o'z-o'zini bilishi va yaratuvchiligi kabi mavzu (motiv)lar muhim ahamiyat kasb etadi. Bu esa o'qituvchi shaxsining kreativligini shakllantirish imko-niyatini beradi.
Yangilik kiritishning muhim sharti muloqotning yangi vaziyatini tug'dirishdir.
Muloqotning yangi vaziyati - bu o'qituvchining o'z mustaqillik mavqeyini, pedagogika faniga, o'ziga bo'lgan yangi munosabatni yarata olish qobiliyatidir. O'qituvchi o'z nuqtayi nazarlariga o'ralashib qol-maydi, u pedagogik tajribalarning boy shakllari orqali ochilib, mukam-mallashib boradi. Bunday vaziyatlarda o'qituvchining fikrlash usullari, aqliy madaniyati o'zgarib boradi, hissiy tuyg'ulari rivojlanadi.
Keyingi sharti - bu o'qituvchining madaniyat va muloqotga shayligi.
O'qituvchining innovatsion faoliyati voqelikni o'zgartirishga, uning muammolari va usullarini yechishni aniqlashga qaratilgan.
O'qituvchi va o'quvchi-talaba o'rtasidagi muloqot namunasining o'zgarishi innovatsion faoliyat shartlaridan biridir.
TADQIQOT NATIJALARI
Innovatsion texnologiyalar kun sayin rivojlanib borayotgan bugungi shiddatkor zamonda yosh avlodning ma'naviy-ilmiy dunyoqarashini kengaytirish borasida samaradorlikka erishish zarurati o'sib bormoqda. Bo'lajak pedagog kadrlar faoliyatining innovatsion xarakter kasb etishi ja'miyat ehtiyojiga aylandi. Yurtimizda yangi Renesans davri poydevorini qurish oliy maqsadimizga aylanar ekan, buning uchun avvalo kelajak davomchilari bo'lmish farzandlarimiz ta'lim-tarbiyasining har tomonlama mukammal bo'lishi muhim mas'uliyatdir. Shuning uchun bolani erta yosh davridan boshlab yetuk malakali pedagoglar tarbiyasini olishi g'oyatda zarur hisoblanadi. Bilimli va ijodkor murabbiy, albatta, bolani ijobiy rivojlantirishda zamonaviy va sifatli natijalarni kafolatlay oladigan innovatsion metodlarni bolalar faoliyatida foydalanish yo'llarini izlab topadi.
Bizga ma'lumki, innovatsiyalar uzluksiz ta'lim tizimini rivojlantirishning yetakchi omillaridan hisoblanadi. Ular ta'lim jarayonida bolalarning sifatli bilim olishlarini kafolatlabgina qolmay, ularning intellektual qobiliyati, mustaqillik tafakkurini shakllantirishga olib keladi.
Demak, innovatsiyalar yangiliklar asosida vujudga keladi va ta'lim jarayonini rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega bo'ladi. Ta'lim jarayonida innovatsiyalardan o'rinli foydalanish tarbiyachi uchun ham bola uchun ham ko'plab qulayliklarni yaratib beradi. Shuning uchun bo'lajak tarbiyachilarni innovatsion ta'lim asosidagi ta'limiy jarayonlarga tayyorlash faqat va faqatgina samaradorlikning oshishiga olib keladi.
Ta'lim jarayonining modeli ta'lim maqsadidan kelib chiqib tanlanar ekan, bugungi kunda O'zbekiston taraqqiyoti uchun qanday mutaxassis kerakligini aniqlab olishimiz darkor. Bunda yevropa standartlari darajasida milliy kadrlarni innivatsion faoliyatga tayyorlash kerak bo'ladi.
Hozirda ta'lim jarayoni oldiga qo'yilgan asosiy buyurtma jamiyatga raqobatbardosh mutaxassisni yetishtirib berishdan iborat. Tadqiqotlar natijalariga ko'ra, ko'pchilik ish beruvchilar mustaqil o'qib o'rganish, zarur hollarda tezkor va samarali qaror qabul qilish, o'z faoliyatini doimiy tahlil qilish (refleksiya) ko'nikmalariga ega bo'lgan xodim bilan shartnoma tuzishni ma'qul ko'radilar. Kadrlarni maqsadli va sifatli tayyorlash uchun ta'lim, fan va ishlab chiqarishning samarali integratsiyasini davlat talablari asosida ta'minlash amalga oshirilmoqda. Mazkur buyurtmani bajarish uchun esa ta'lim jarayoni sub'ektlari o'rtasida hamkorlikka asoslangan o'zaro munosabatlar o'rnatish talab etiladi. Zamonaviy mutaxassis inson va tabiat, shaxs va jamiyat, davlat o'rtasidagi bog'lanishlar, ta'limiy jarayonlarning, qolaversa, o'z pedagogik faoliyatning jahon madaniyatida, xalq madaniyatida tutgan o'rni haqida tasavvurga ega bo'lishi kerak. Buning u.n esa xalqaro aloqalar , tajriba juda muhimdir. Bo'lajak tarbiyachi pedagoglarning madaniyatini oshirish jarayoni o'z ichiga quyidagilarni olishi samara berishi mumkin:
Talabalar ongida ularning hayotiy hamda kasbiy faoliyati asosi bo'lmish qadriyatlar tizimini (aksiologik qarash) shakllantirish;
- Talabalarda turli qiziqishlar, ma'naviy ehtiyoj, barkamol inson idealini shakllantirish;
- Mustaqil ijod uchun sharoit yaratish;
- Talabalarda o'z faoliyatini tashkillash, o'zini har tomonlama rivojlantirish (kvalimetrik tashxis) yo'llari bilan tanishtirish.
Bo'lajak tarbiyachi pedagoglarni innovatsion faoliyatga tayyolashda aqliy faoliyat madaniyatini shakllantirish ularni kelajakda aqliy faol bolalar bilan ishlashi uchun juda muhimlir. Bu maqsadga erishish esa milliy va horijiy pedagogik tajribalar talabada ta'lim olishning individual uslubini (TIU) rivojlantirishni nazarda tutadi. TIU kasbiy mahoratga samarali erishishni ta'minlovchi ta'limiy uslublar yig'indisidir.
TlUning uchta darajasi ko'rsatiladi: reproduktiv, mahsuldor va ijodiy. Olimlar izlanishlari natijasida individual uslub bilimlarni o'zlashtirish darajasini belgilashi aniqlandi. Demak, talabaning o'zlashtirish darajasini oshirish uchun uning ta'lim olish uslubini o'zgartirish zarur. Bu o'quv mashg'ulotlarini talabalarda aqliy faoliyat madaniyatini, ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishga qaratishni taqozo etadi.
MUHOKAMA
Kasbiy shakllanganlik o'quv faoliyatida doimiy tizimli kechsa, u raqobatbardosh mutaxassislik sari boradi. Shuning uchun ham o'quv jarayonidan tashqari vaqtda ilmiy izlanish yo'nalishidagi to'garaklar tashkil etilsa, talabada mutaxassislik yuzasidan motivatsiyaning oshib borishiga turtki bo'ladi. Ularda motivatsiyaning kuchayishi orqali qo'shimcha ma'lumotlar olish asosida o'z bilimini boyitib borish ehtiyojini tug'diradi.
Bo'lajak tarbiyachi pedagoglarni ta'lim jarayonida ushbu uslubiy materiallarni qo'llash talabalarda yangi bilim, ko'nikmalarni shakllanishidan tashqari ularning TlUlari ham ma'lum o'zgarishlarga uchraganligini ko'rsatdi. Shunday qilib, agarda o'quv kursini boshlanishida talabalarning 8% ga yaqini mahsuldor hamda ijodiy xarakterga ega bo'lgan vazifalarni bajarishga tayyorligini bildirgan bo'lsalar, kurs yakunida bu ko'rsatkich 47% tashkil qildi.
XULOSA
O'ylaymizki, bu maktabgacha ta'lim yo'nalishidagi ta'limiy ishlarni nafaqat mutaxassislik fanlarini o'qitishda, balki o'quv rejadagi barcha fanlarni o'qitishga joriy qilinishi talabalarda aqliy faoliyat madaniyatining yanada o'sishini ta'minlaydi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Azizxo'jaeva N.N. O'qituvchi mutaxassisligiga tayyorlash texnologiyasi. -T.: TDPU, 2000. - 52 b.
2. Urinova Feruzakhon Uljaevna. Botirova Zuhra Abdurahmonova, Mirjalol Turgunov Mirzahamdam ugli. NECESSARY CONDITIONS FOR THE DEVELOPMENT OF CREATIVE THINKING IN FUTURE TEACHERS. Modern Journal of Social Sciences and Humanities. ISSN: 2795-4846 Vol. 4 (2022). https://mjssh.academiciournal.io/index.php/missh
3. Usmonova Shaxnoza. Comparative Study of Cosmonims(Sun, Moon ...) In Uzbek and English. In volume 7, of Eurasian Journal of Humanities and SocialSciences April, 2022 . ISSN (E): 2795-7683. JIF: 7.925
4. O'rinova, F. (2019). REPORT ON PROBLEMS IN THE PRE-SCHOOLS OF ORGANIZATIONAL PREVENTIVE CENTERS. Scientific Bulletin of Namangan State University, 1(11), 311-315.
5. Oljayevna, O., & Shavkatovna, S. (2020). The Development of Logical Thinking of Primary School Students in Mathematics. European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences, 8(2), 235-239.
6. Uljaevna, U. F. (2020). Didactic games in preschool educational system. Проблемы современной науки и образования, (4-2 (149)), 27-29.
7. Uljaevna, U. F., & Shavkatovna, S. R. (2021). Development and education of preschool children. ACADEMICIA: AN INTERNATIONAL MULTIDISCIPLINARY RESEARCH JOURNAL, 11(2), 326-329.
8. Uljaevna, U. F., & Shavkatovna, S. R. DOI: 10.5958/2249-7137.2021. 00358. X "Development and education of preschool children" ACADEMICIA. An International Multidisciplinary Research Journal.(Double Blind Refereed & Peer Reviewed Journal). ISSN, 2249-7137.
9. Urinova F. A., Usmonova S. Y. Q. IN CONTINUOUS EDUCATION SYSTEM HUMANISTIC CHARACTERISTICS OF PARTNERSHIP PEDOGOGY //Scientific Bulletin of Namangan State University. - 2019. - Т. 1. - №. 12. - С. 317-322.
10. Urinova F. NEW PEDAGOGICAL TECHNOLOGY IN EDUCATIONAL CONTENT: DIRECTIONS, PROBLEMS, SOLUTIONS //Теория и практика современной науки. -2019. - №. 5. - С. 74-76.
11. Уринова Ф. У., Отажонов Ж. М. К проблеме ситуационно-позиционного обучения педагогов системы повышения квалификации //Актуальные проблемы гуманитарных и естественных наук. - 2015. - №. 4-2.
12. Уринова Ф., Сидикова З. Кичик мактаб ёшидаги укувчиларни нут; маданиятини шакллантиришда китоб ва унинг ахдмияти //Scientific Bulletin of Namangan State University. - 2019. - Т. 1. - №. 12. - С. 344-347.
13. Уринова, Ф. У. ПЕДАГОГИЧЕСКАЯ АКСИОЛОГИЯ КАК ЧАСТЬ ПЕДАГОГИЧЕСКОЙ ИННОВАТИКИ. УЧЕНЫЙ XXI ВЕКА, 36.
14. Уринова, Ф. У., & Эркинова, Ш. Ё. (2013). Значение инновационной индивидуальной работы в повышении эффективности самостоятельной учебной деятельности студентов. Актуальные проблемы гуманитарных и естественных наук, (12-2).
15. Giyosova, N. K Sabirov (2021). FAIRY TALES OF THE RUSSIAN AND UZBEK PEOPLES (COMPARATIVE APPROACH) Functioning of fairy-tale as one of the variety of folklore text in oral folk art VGIYOSOVA Scientific journal of the Fergana State University 1 (6), 124-126
16. Уринова Ферузахон Улжаевна. Боланинг огзаки нуткини ривожлантириш методикаси. CURRENT IISSUES OF MODERN LIINGUIIS TIIC S AND IINNOVATIIVE APPROACHES IIN FOREIIGN LANGUAGE TEACHIINGII. Fergana May 25, 2022
17. Urinova Feruza Uljaevna, Bolalarning o'zga tildagi nutqini o'stirish va rivojlantirishga turlicha yondashuvlar. "Zamonaviy tilshunoslikning dolzarb muammolarii va xorijiy tillarni o'qitishda innovatsion yondashuv" mavzusiidagii III xalqaro onlayn ilmiy--amaliy anjumani materiallari. Farg'ona, 2022 yil.