CENTRAL ASIAN ACADEMIC JOURNAL ISSN: 2181-2489
OF SCIENTIFIC RESEARCH VOLUME 2 I ISSUE 3 I 2022
BO'LAJAK TARBIYACHILARDA AQLIY FAOLIYAT MADANIYATINI
SHAKLLANTIRISH
Feruzaxon Uljayevna O'rinova Dilyora Iskandarovna Yuldashboyeva
Farg'ona davlat universiteti
ANNOTATSIYA
Maqolada ta'limning zamonaviy sharoitida bo'lajak tarbiyachi pedagoglarni zamon talablari darajasida innovatsion faoliyatga tayyolash, hamda o'quv faoliyatida uning bajarilish holati bayon etilgan.
Kalit so'zlar: Raqobatbardosh mutaxassis, ta'lim, innovatsion faoliyat, model, aqliy faoliyat madaniyati, ta'limning inersion modeli, shaxsga yo'naltirilgan, reproduktiv, mahsuldor ta'lim.
FORMATION OF A CULTURE OF INTELLECTUAL ACTIVITY IN FUTURE
EDUCATORS
ABSTRACT
The article describes the preparation of future teachers for innovative activities at the level of modern requirements in modern conditions of education, as well as the state of its implementation in educational activities.
Key words: competitive specialist, education, innovative activity, model, culture of mental activity, inertial model of education, student-oriented, reproductive, productive education.
KIRISH
Ilm-fan taraqqiyoti g'oyat tezkorlik bilan borayotgan ushbu kunlarda, bugun egallangan eng yangi texnologiya oz vaqt o'tmay eskirib qolayotgan bir zamonda ta'lim-tarbiya muassasalarida mutaxassis yetishtirishga urinish zamonaviy avtomobilni piyoda quvib yetishga intilishga o'xshaydi . Ta'lim keng ma'noda insonning madaniyatini oshirishga xizmat qiladi, madaniyat esa, o'z o'rnida, ma'naviyat va bilim bilan bog'liq bo'lgan tushunchalarni qamrab oladi. Bugungi kunda ta'limning ushbu jihatiga e'tibor tobora oshib bormoqdaki, so'z bo'lajak tarbiyachi pedagoglar haqida borganda esa, bu talabning ahamiyati beqiyosdir.
Bunga ko'plab omillar ta'sir etadi, asosiysi - yuqori bilim va madaniyatga ega bo'lgan tarbiyachigina millat genofondi bo'lgan bolalarni aqlli madaniyatli qilib tarbiyalay olishi mumkinligini ko'rsatmoqda.
122
UZBEKISTAN | www.caajsr.uz
Boshqa sabablami ko'rsatadigan bo'lsak, bu hozirda jamiyatimizda demokratiyalashtirish jarayonlari amalga oshirilayotganligi sababli maktabgacha ta'limga har xil yondashuvlar, turli innovatsion pedagogik qarashlar, konseptsiyalar kirib kelayotganligi va bu bir tomondan tarbiyachi pedagogga ijodiy erkinlik, keng imkoniyatlar berayotgan bo'lsa, boshqa tomondan, tarbiyachi oldida ularning ichidan milliy mafkuramizga hamda maktabgacha ta'lim maqsadiga mos keladiganlarini tanlash zarurati paydo bo'lmoqda.
Boshqa sabablarni ko'rsatadigan bo'lsak, bu hozirda jamiyatimizda demokratiyalashtirish jarayonlari amalga oshirilayotganligi sababli maktabgacha ta'limga har xil yondashuvlar, turli innovatsion pedagogik qarashlar, konseptsiyalar kirib kelayotganligi va bu bir tomondan tarbiyachi pedagogga ijodiy erkinlik, keng imkoniyatlar berayotgan bo'lsa, boshqa tomondan, tarbiyachi oldida ularning ichidan milliy mafkuramizga hamda maktabgacha ta'lim maqsadiga mos keladiganlarini tanlash zarurati paydo bo'lmoqda.
ASOSIY QISM
Ta'lim mazmuni fan, texnika, ishlab chiqarish va madaniyatning taraqqiyoti bilan uzviy bog'liq tar-zda modernizatsiyalashtiriladi. Jamiyat taraqqiyotining hozirgi bosqichida uning globallashuv jarayoni kechmoqda. Bu esa, o'z o'zidan maktabgacha ta'lim mazmuni fan va ishlab chiqarish talablariga mos kelishi zarurligini taqozo qiladi.
Bugungi kunda dunyo pedagogikasida jadal olib borilayotgan innovatsion faoliyatlar pedagoglar tomonidan yangidan-yangi ta'lim modellarini yaratilishiga olib kelmoqda. Masalan, ta'limning informatsion modeli, talabalarni rivojlantirishga asoslangan ta'lim modeli, ta'limning faoliyatli modeli, ta'limning inersion modeli, ta'limning individual yo'naltirilgan modeli, shaxsga yo'naltirilgan modeli, integrativ ta'lim modeli va boshqalar . (Yevropa va Osiyo modeli)
Ta'lim jarayonining modeli ta'lim maqsadidan kelib chiqib tanlanar ekan, bugungi kunda O'zbekiston taraqqiyoti uchun qanday mutaxassis kerakligini aniqlab olishimiz darkor. Bunda yevropa standartlari darajasida milliy kadrlarni tayyorlash tayyorlash k.k.
Hozirda ta'lim jarayoni oldiga qo'yilgan asosiy buyurtma jamiyatga raqobatbardosh mutaxassisni yetishtirib berishdan iborat. Tadqiqotlar natijalariga ko'ra, ko'pchilik ish beruvchilar mustakil o'qib o'rganish, zarur hollarda tezkor va samarali qaror qabul qilish, o'z faoliyatini doimiy tahlil qilish (refleksiya) ko'nikmalariga ega bo'lgan xodim bilan shartnoma tuzishni ma'qul ko'radilar. Kadrlarni maqsadli va sifatli tayyorlash uchun ta'lim, fan va ishlab chiqarishning samarali integratsiyasini davlat talablari asosida ta'minlash amalga oshirilmoqda. Mazkur buyurtmani bajarish uchun esa ta'lim jarayoni sub'ektlari o'rtasida hamkorlikka asoslangan o'zaro munosabatlar o'rnatish talab etiladi. Zamonaviy mutaxassis inson va tabiat, shaxs va jamiyat, davlat
o'rtasidagi bog'lanishlar, ta'limiy jarayonlarning, qolaversa, o'z pedagogik faoliyatning jahon madaniyatida, xalq madaniyatida tutgan o'rni haqida tasavvurga ega bo'lishi kerak. Buning u.n esa xalqaro aloqalar , tajriba juda muhimdir. Bo'lajak tarbiyachi pedagoglarning madaniyatini oshirish jarayoni o'z ichiga quyidagilarni olishi samara berishi mumkin:
Talabalar ongida ularning hayotiy hamda kasbiy faoliyati asosi bo'lmish qadriyatlar tizimini (aksiologik qarash) shakllantirish;
- Talabalarda turli qiziqishlar, ma'naviy ehtiyoj, barkamol inson idealini shakllantirish;
- Mustaqil ijod uchun sharoit yaratish;
- Talabalarda o'z faoliyatini tashkillash, o'zini har tomonlama rivojlantirish (kvalimetrik tashxis) yo'llari bilan tanishtirish.
Bo'lajak tarbiyachilarda aqliy faoliyat madaniyatini shakllantirish ularni kelajakda aqliy faol bolalar bilan ishlashi uchun juda muhimlir. Bu maqsadga erishish esa milliy va horijiy pedagogik tajribalar talabada ta'lim olishning individual uslubini (TIU) rivojlantirishni nazarda tutadi. TIU kasbiy mahoratga samarali erishishni ta'minlovchi ta'limiy uslublar yig'indisidir.
TIUning uchta darajasi ko'rsatiladi: reproduktiv, mahsuldor va ijodiy. Olimlar izlanishlari natijasida individual uslub bilimlarni o'zlashtirish darajasini belgilashi aniqlandi. Demak, talabaning o'zlashtirish darajasini oshirish uchun uning ta'lim olish uslubini o'zgartirish zarur. Bu o'quv mashg'ulotlarini talabalarda aqliy faoliyat madaniyatini, ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishga qaratishni taqozo etadi.
Kasbiy shakllanganlik o'quv faoliyatida doimiy tizimli kechsa, u raqobatbardosh mutaxassislik sari boradi. Shuning uchun ham o'quv jarayonidan tashqari vaqtda ilmiy izlanish yo'nalishidagi to'garaklar tashkil etilsa, talabada mutaxassislik yuzasidan motivatsiyaning oshib borishiga turtki bo'ladi. Ularda motivatsiyaning kuchayishi orqali qo'shimcha ma'lumotlar olish asosida o'z bilimini boyitib borish ehtiyojini tug'diradi.
Farg'ona davlat universitetida ilk bor o'z faoliyatini boshlagan maktabgacha ta'lim yo'nalishi bakalavriat bosqichida kasbiy mutaxassislik fanlarini, xususan; maktabgacha pedagogika, tarbiyachining kasbiy mahorati fanlarini o'qitishda ushbu ko'rsatmalarga amal qilishga harakat qilinmoqda. Ushbu fanlardan ishlab chiqilgan uslubiy materiallar bunga yaqqol misol bo'la oladi. Mazkur fanlardan tuzilgan ishchi dasturlar, ma'ruza hamda tajriba mashg'ulotlari ishlanmalari, mustaqil ta'lim uchun ishlab chiqilgan uslubiy ko'rsatmalar o'z ichiga ham reproduktiv ham aqliy faoliyatning mahsuldor, ijodiy darajasida fikrlashni talab qiluvchi vazifalarni olgan. Ma'ruzalar matnida bu muammoli savol va muammoli vaziyatlarda ifodalangan bo'lsa, amaliy mashg'ulotlarda bu qo'llash, tahlil qilish, qiyoslash, umumlashtirish, hulosa chiqarish, baholash kabi
aqliy operatsiyalarni talab etuvchi vazifalardir. Mazkur fanlardan talabalarga mustaqil ta'lim olishni samarali tashkillay olishlari uchun yaratilgan uslubiy ko'rsatma esa o'z ichiga ijodiy yo'naltirilgan aniq vazifa tavsiloti, foydalanish uchun adabiyotlar ro'yxati, ularning mazmuni, shakli, usuliga qo'yiladigan talablar va baholash mezonlari ko'rsatilgan. Adabiyotlar ro'yxatida berilgan manbalar an'anaviy hamda elektron resurslar, Internet tarmog'ida joylashtirilgan materiallari bo'lib, talabalar o'z TlUsidan kelib chiqib tanlash imkoniyatiga egadirlar. Bu esa o'z navbatida bo'lajak tarbiyachi pedagoglarni innovatsion faoliyatga tayyolashda ijobiy samarasini bermoqda.
Ta'lim jarayonida ushbu uslubiy materiallarni qo'llash talabalarda yangi bilim, ko'nikmalarni shakllanishidan tashqari ularning TlUlari ham ma'lum o'zgarishlarga uchraganligini ko'rsatdi. Shunday qilib, agarda o'quv kursini boshlanishida talabalarning 8% ga yaqini mahsuldor hamda ijodiy xarakterga ega bo'lgan vazifalarni bajarishga tayyorligini bildirgan bo'lsalar, kurs yakunida bu ko'rsatkich 47% tashkil qildi.
O'ylaymizki, bu maktabgacha ta'lim yo'nalishidagi ishlarni nafaqat mutaxassislik fanlarini o'qitishda, balki o'quv rejadagi barcha fanlarni o'qitishga joriy qilinishi talabalarda aqliy faoliyat madaniyatining yanada o'sishini ta'minlaydi.
Zero, buyuk bobokalon ustoz Zamaxshariy ta'kidlaganidek "Savdogarning boyligi uning cho'ntagidagi pul, olim, allomalarning boyligi uning yozgan asarlari, tarbiyalagan shogirdlari. Savdogarning boyligi tugasa, uning hayoti barbod bo'ladi, olim-allomalarning esa hayoti, asarlari, ishlarining davomchisi shogirdlari tomonidan davom ettiriladi".
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR (REFERENCES)
1. Uljaevna, U. F. (2020). Didactic games in preschool educational system. Проблемы современной науки и образования, (4-2 (149)), 27-29.
2. Uljaevna, U. F., & Shavkatovna, S. R. (2021). Development and education of preschool children. ACADEMICIA: AN INTERNATIONAL MULTIDISCIPLINARY RESEARCH JOURNAL, 11(2), 326-329.
3. Уринова, Ф. У., & Эркинова, Ш. Ё. (2013). Значение инновационной индивидуальной работы в повышении эффективности самостоятельной учебной деятельности студентов. Актуальные проблемы гуманитарных и естественных наук, (12-2).
4. O'rinova, F. (2019). REPORT ON PROBLEMS IN THE PRE-SCHOOLS OF ORGANIZATIONAL PREVENTIVE CENTERS. Scientific Bulletin of Namangan State University, 1(11), 311
XULOSA
5. Уринова Ф. У., Отажонов Ж. М. К проблеме ситуационно-позиционного обучения педагогов системы повышения квалификации //Актуальные проблемы гуманитарных и естественных наук. - 2015. - №. 4-2.
6. Ismoilovich, I. M. (2021). THE SOCIETY IS AT A NEW STAGE OF DEVELOPMENT PRIORITY IN EDUCATION SYSTEM REFORM FUNCTIONS.
7. Кипчакова, Ё., Махмудова, М., & Умарова, З. (2021). МАКТАБГАЧА ЁШДАГИ БОЛАЛАР МЕХРАТИНИНГ УЗИГА ХОС ХУСУСИЯТИ. Студенческий вестник, (22-7), 9-10.
8. Кипчакова, Ё., Соибжонова, Ш., & Абдукаюмова, С. (2021). МАКТАБГАЧА ТАЪЛИМ ЖАРАЁНИДА СОЕЛОМ ТУРМУШ ТАРЗИНИ ШАКЛЛАНТИРИШНИНГ АХАМИЯТИ. Студенческий вестник, (22-7), 11-12.
9. Kipchakova, Y. X., & Kodirova, G. A. (2020). INNOVATIVE TECHNOLOGIES IN MODERN EDUCATION. Теория и практика современной науки, (5), 29-31.
10. Уринова Ф., Сидикова З. Кичик мактаб ёшидаги укувчиларни нутк маданиятини шакллантиришда китоб ва унинг ахдмияти //Scientific Bulletin of Namangan State University. - 2019. - Т. 1. - №. 12. - С. 344-347.
11. Sodirzoda, M. M. (2021). TO INCULCATE NATIONAL AND SPIRITUAL VALUES IN PRIMARY SCHOOL STUDENTS THROUGH ETIQUETTE LESSONS. Conferencea, 31-32.
12. Джалолова, М., Рахманова, Э. Ю., & Косимова, Х. Н. (2021). ВОСПИТАНИЕ СЕНСОРНОГО ВОСПРИЯТИЯ У ДЕТЕЙ ДОШКОЛЬНОГО ВОЗРАСТА. Scientific progress, 7(6).
13. Usmanov, N., Ganiev, B. S., & Karimova, G. Y. (2021). The Philosophical Basis For The Formation Of Spiritual Maturity Among Young People. Oriental Journal of Social Sciences, 33-37.
14. Rayimov, A. A., & Karimova, G. Y. (2021). Social Aspects Of The Formation Of Social Activity In Youth. Oriental Journal of Social Sciences, 29-32.
15. Каримов, У., Каримова, Г., & Каримов, У. (2021). ИЛМ-ФАН ВА ТАЪЛИМ СОХДСИДАГИ АХБОРОТЛАШУВ. Central Asian Academic Journal of Scientific Research, 1(1), 103-110.
16. Nurbek, A. (2021, December). THE COMBINATION OF SOCIAL RELATIONSHIPS AND PSYCHOLOGICAL HEALTH. In Conference Zone (pp. 268270).
17. Urinova F. A., Usmonova S. Y. Q. IN CONTINUOUS EDUCATION SYSTEM HUMANISTIC CHARAKTERISTICS OF PARTNERSHIP PEDOGOGY //Scientific Bulletin of Namangan State University. - 2019. - Т. 1. - №. 12. - С. 317-322.
18. Абдумаликов, А. А. (2019). HUMAN AND NATURAL HARMONY IN THE HISTORICAL PROCESS. Scientific Bulletin of Namangan State University, 7(5), 205209.
19. Abdumalikov, A. A. (2019). ENVIRONMENTAL ECOLOGICAL POLICY IN UZBEKISTAN AND NECESSITY OF FORMATION OF RATIONAL COMMUNICATION TO NATURE. Scientific Bulletin of Namangan State University, 1(9), 94-101.
20. Арипов, З. Т. (2020). ПРОЦЕСС ФОРМИРОВАНИЯ КОММУНИКАТИВНО-РЕЧЕВОЙ ГОТОВНОСТИ СТАРШИХ ДОШКОЛЬНИКОВ К ОБУЧЕНИЮ. ББК 74.268. 0 П 78 Рецензенты: доктор филологических наук ЕА Елина доктор филологических наук НМ Орлова, 108.
21. Uljaevna, U. F., & Shavkatovna, S. R. DOI: 10.5958/2249-7137.2021. 00358. X
"Development and education of preschool children " ACADEMICIA. An International Multidisciplinary Research Journal.(Double Blind Refereed & Peer Reviewed Journal). ISSN, 2249-7137.
22. Oljayevna, O., & Shavkatovna, S. (2020). The Development of Logical Thinking of Primary School Students in Mathematics. European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences, 8(2), 235-239.
23. Каримова, Г., Акбарова, М., Акрамжонов, К., & Йулдашева, Г. (2021). ЖАМИЯТ ИЖТИМОИЙ ТАРАККИЁТИДА ИННОВАЦИОН ТЕХНОЛОГИЯЛАРНИНГ АДАМИЯТИ. Интернаука, (10-3), 42-43.
24. Asadullaeva N. Pedagogical Factors Of Formation Of Active Life Position Among Young Generation //The American Journal of Social Science and Education Innovations. - 2021. - Т. 3. - №. 01. - С. 576-584.