BO'LAJAK O'QITUVCHILARNI TAYYORLASHDA ZAMONAVIY
YONDASHUVLAR
Sayyora Sa'dullayevna Hisomiddinova Sabohat Sa'dullayevna Hasanova
Toshkent viloyati Parkent tumani 30- Toshkent shahar Yangihayot tumani 285-umumiy o'rta ta'lim maktabi o' qituvchisi umumiy o'rta ta'lim maktabi o' qituvchisi
ANNOTATSIYA
Maqolada bo'lajak o'qituvchilarini tayyorlashga zamonaviy, kasbiy kompetentli yondashuv, innovatsion kompetentlilik, pedagogik faoliyat va amaliy-yo'naltirilgan ta'lim asosidagi yondashuvlar keltirilgan.
Kalit so'zlar: Ta'lim tizimi, o'qituvchi, zamonaviy, kompetentli, kasbiy, yondashuv, faoliyat, kompetensiya, kompetentli pedagog.
MODERN APPROACHES TO PREPARATION OF FUTURE TEACHERS
Sayyora Sadullaevna Hisomiddinova Sabohat Sadullaevna Hasanova
Teacher of the 30th comprehensive school Teacher of the 285th comprehensive school of Parkent district of Tashkent region of Yangihayot district of Tashkent
ABSTRACT
The article presents a modern, professionally competent approach to the training of future teachers, based on innovative competence, pedagogical activity and practice-oriented education.
Key words: Education system, teacher, modern, competent, professional, approach, activity, competence, competent educator.
KIRISH
Bugungi kunda kasbiy ta'lim sohasining mazmunini yangilash, rivojlantirish, takomillashtirish jarayonlari olib borilmoqda, buning natijasi ta'lim standartlarini modernizatsiyalash, ta'lim jarayonini tashkil etishning yangi shakllarini qo'llashga qaratilgan. Mamlakat ta'lim tizimini modernizatsiyalashning bosh maqsadi ijtimoiy-iqtisodiy shart-sharoitlarga to'la javob bera oladigan ta'limning yangi sifatiga erishish belgilangan.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA
Hozirgi kun o'qituvchisiga doimiy o'zgaruvchan sharoitlarda ish olib borishga to'g'ri kelmoqda, bu o'z navbatida uning kasbiy sifatlari takomillashtirilishini talab qiladi. Pedagogik nazariya va metodikalarning doimiy rivojlanishi, pedagogik
amaliyotga o'qitish va tarbiyalashning yangi texnologiyalarini ishlab chiqish hamda ularni joriy qilish hozirgi kun o'qituvchisining ta'lim texnologiyalari sohasida qo'shimcha tayyorgarlikka ega bo'lishi zarurligini ko'rsatmoqda [1-5].
Mamlakatimizda ta'limni rivojlantirishning maqsadli dasturiga muvofiq ta'lim tizimii modernizatsiyalash, kadrlarni qayta tayyorlash, o'quv jarayonini axborotlashtirish, axborot makonlarini yaratish kabilarni amalga oshirish zarur. Sanab o'tilgan talablar yangi milliy ta'lim tizimining shakllanishiga, inson kapitalining rivojlanishiga, mamlakatimiz iqtisodiyotiing mustahkamlanishiga olib keladi.
Pedagog kadrlarning bilimlarini, kompetensiyalarining doimiy yangilash va butun ta'lim tizimini takomillashtirish uchun shart-sharoitlarni yaratish lozim. Ta'lim jarayoniga innovatsion texnologiyalarning joriy qilinishi ta'lim oluvchilarni dolzarb bilimlar bilan ta'minlash uchun o'z kasbiy faoliyatiga yangi yondashuvlarni olib kirish va ularni o'zlashtirishi darajasining ortishiga imkon beradi. Ta'lim tizimini modernizatsiyalash ta'lim oluvchilarning ham ta'lim olish faoliyatidagi o'zgarishlarni ko'rsatadi [6-11].
MUHOKAMA
Bugungi kunda kompetentli yondashuvga tayanib, bu yondashuv nafaqat kasbiy faoliyat kometensiyalarining shakllanishini, balki bo'lajak mutaxassisning shaxsiy sifatlari yuzaga chiqarilishini ham ko'zda tutadi. Oliy ta'lim standartida bo'lajak mutaxassisga mehnat bozoridagi raqobatbardoshlilik, o'z kasbini erkin egallaganlik va faoliyatning turdosh yo'nalishlarida yo'nalishni topa olish imkoniyatlari haqida talablar qo'yiladi - bularning barchasini kompetentli yondashuv sharoitlaridagina yuzaga chiqarish mumkin.
"Kompetensiya" tushunchasining ta'riflaridan kelib chiqib (bu tushuncha esa o'z navbatida hamma tomonidan bir xilda talqin qilinavermaydi), ko'pchilik mualliflar uni mutaxassisning o'zi olgan bilimlarini amaliyotda qo'llay olishga tayyorligi, boshqalari esa muammolarni hal qila bilish qobiliyati tarzida ta'riflaydilar.
Lotinchadan tarjima qilinganda "kompetensiya" so'zi kishi biron-bir masala doirasida yaxshi xabardor ekanligini bildiradigan, tajribaga ega ekanligini ko'rsatadigan tushunchani ifodalaydi. Oliy ta'lim bo'yicha DTS ga muvofiq kompetensiya - bu ma'lum bir sohada muvaffaqiyatli faoliyat yuritish uchun bilim, mahorat va shaxsiy sifatlarni qo'llash qobilyatidir. Kompetentli yondashuv muammosiga murojaat qilish "kompetensiya" va "kompetentlilik" tushunchalarining bir-biridan ajratilishini talab qiladi, chunki, ularning pedagogik adabiyotlarda [6]. Yetarlicha ko'p ishlatilishiga qaramasdan mazkur tushunchalarni hozirgi vaqtlargacha bir xil ma'noda talqin qilish variantlari mavjud emas.
"Kompetentlilik" tushunchasi (lotincha sompetentia, compete - birgalikda erishaman, uddalayman, mos kelaman, to'g'ri kelaman ma'nolaridagi so'zidan hosil
qilingan) lug'atlarda bir xilda talqin qilinmaydi, balki "biron-bir narsa haqida fikr yuritishga imkon beruvchi bilimlarga egalik" va "xabardorlik, vakolatlilik", "obro'ga egalik, to'la huquqlilik" kabi variantlarda qo'llaniladi [2;3].
Kompetentli yondashuv g'oyalari bir qancha xorijiy tadqiqotchi-olimlaming ishlarida ko'rib chiqilgan. Kompetentli yondashuv oliy ta'lim muassasalarida mutaxassislarni kasbiy tayyorlashning maqsadi sifatida kompetentlilikning belgilanishiga asoslanadi. Kompetentli yondashuv ta'lim oluvchilar tomonidan har xil hayotiy va kasbiy vaziyatlarda samarali harakat qilishga imkon beruvchi turli hildagi mahoratning o'zlashtirilishini ko'zda tutadi.
NATIJA
Kompetentli yondashuv oliy ta'lim muassasalari bitiruvchilari modeli asosiga qo'yiladi va oliy ta'lim bo'yicha DTS doirasida yuzaga chiqarladi. Bitiruvchi modeli uning kasbiy malakasini ta'lim natijalariga umum o'quv fanlari talablari bilan birlashtiradi va buning natijasida bo'lajak informatika o'qituvchisining tayyorgarligi kompetentli yondashuv mantig'ida amalga oshirilishi hamda oliy ta'lim muassasasi bitiruvchisining kasbiy kompetentliligi shakllanishiga olib kelinishi lozim.
Kasbiy kompetentlilik "o'qituvchi tomonidan uning pedagogik faoliyatini, pedagogik muloqotini va o'qituvchi shaxsini ma'lum bir qadriyatlar, g'oyalar va pedagogik ong tashuvchisi sifatida shakllanganligini belgilovchi bilim, mahorat va ko'nkimalarning zaruriy hajmini egallaganligi" sifatida talqin qilinadi [4].
Pedagogik faoliyatni yetarlicha yuqori darajada amalga oshira oladigan, o'quvchilarning o'qitilganligi va tarbiyalanganligida yaxshi natijalarga erishadigan hamda shaxs sifatida o'zini yuzaga chiqara oladigan o'qituvchi kasbiy kompetentli bo'lib hisoblanadi [12-18].
- kasbiy pedagogik bilimlar bilan;
- kasbiy pedagogik mahorat bilan;
- o'qituvchining ham bilish sohasiga, ham motivatsion sohasiga tegishli bo'lgan kasbiy ahamiyatli sifatlari bilan;
- kasbiy pedagogik pozitsiyasi bilan;
- o'qituvchining xulq-atvorini belgilaydigan (o'quvchilarga, o'ziga, hamkasblariga) barqaror munosabatlari tizimi bilan.
O'qitish jarayonida shakllantiriladigan bilim, mahorat va ko'nikmalar ko'pincha real hayotdagi vaziyatlarda keraksiz bo'lib qoadi. Ularning bunday o'ziga xosligi bo'lajak o'qituvchilarning eng birinchi o'rinda, moslashuvchan, mobil bilimlari va ulardan turli xil, shu jumladan, tipik bo'lmagan vaziyatlarda ham foydalana olish mahoratining shakllantirilishiga qaratiladigan kasbiy hamda metodik tayyorgarligi mazmuniga bo'lgan o'ziga xos talablarni birinchi o'ringa olib chiqadi [19-24].
Modernizatsiyalash davrida o'qitishning amaliy-yo'naltirilgan jarayonini shunday tarzda tashkil etish dolzarb bo'lib qoladiki, bunda ta'lim natijasi talabalarda o'qitishning, fikrlashning, tasavvurning, ijodiy qobiliyatlarning, bilishga barqaror qiziqishning o'z ichki motivatsiyasi shakllanishida namoyon bo'lishi kerak. Hayotiy muhim, amaliy jihatdan kerakli bilim, mahorat va amaliy tajribalar tizimini shakllantirish zarur bo'lib, bu bo'lajak bitiruvchilarga hayotga yengil moslashish va unga faol, ijodiy munosabatda bo'lishga imkon beradi. Amaliy-yo'naltirilgan o'qitishning mohiyati ta'lim jarayonining yo'nalishini mazmun komponentlari -umumiy va kasbiy kompetensiyalarning, yangi bilim, mahoratni egallashning va hayotiy muhim vazifa hamda muammolarni hal qilishda ulardan foydalanishning amaliy tajribalarii shakllanishining yaxlitligi asosida tuzishdan iborat bo'ladi. Amaliy-yo'naltirilgan ta'lim asosida fundamental ta'lim va kasbiy-amaliy tayyorgarlikning oqilona uyg'unlashtirilishi yotadi. Amaliy-yo'naltirilgan o'qitish - bu o'qitishning bir turi bo'lib, uning asosiy maqsadi bo'lib ta'lim oluvchilarda bugungi kunlarda ish beruvchilar talabi mavjud bo'lgan amaliy ishning kasbiy kompetensiyalarini shakllantirish, shu jumladan, olingan kompetensiyalardan amaliyotda qanday qilib, qaerda va nima uchun foydalanilishi lozimligini tushunishning shakllantirilishi hisoblanadi [25-28]. O'qitishning kasbiy-yo'naltirilgan texnologiyalarining joriy etilishini eng samarali usuli bu talabalarda ularning kelgusi kasbiy faoliyatlarida ahamiyatli bo'lgan shaxsiy sifatlarning, shu jumladan, tanlab olingan mutaxassislik bo'yicha funksional majburiyatlarning sifatli bajarilishini ta'minlaydigan bilim, mahorat va ko'nikmalarning shakllanishiga yordam beradi. Amaliy-yo'naltirilgan ta'limning yuzaga kelishini kasbiy yo'nalishli va kasbiy yo'nalishga ega bo'lmagan o'quv fanlarini o'rganishning kontekstli imkoniyatlaridan foydalanish bilan bog'lanadi. Ta'lim jarayonida amaliy-yo'naltirilgan texnologiyalardan foydalanish o'quv faoliyatidagi urg'uni o'zgartiradi, ta'lim oluvchilarni reproduktiv faoliyatning ulushi qisqarishi hisobiga intellektual rivojlanishga undaydi. Amaliy-yo'naltirilgan o'qitish doirasida ta'lim oluvchilarnng ichki motivatsiyasi rivojlanadi, chunki muhokama qilinayotgan muammoning hal qilinish usullarini erkin tanlab olish imkoniyati paydo bo'ladi; ta'lim oluvchilar o'z kompetentliliklarini his qiladilar; o'z mustaqilliklarini boshdan kechiradilar [5]. Bilim, mahorat, kasbiy kompetensiyalarni izlab topish, egallash jarayonining intensifikatsiyalashuvi amaliy-yo'naltirilgan o'qitishning maqsadi bo'lib hisoblanadi. Amaliy faoliyata o'zi egallagan kompetensiyalardan foydalana oladigan mutaxassis amaliy-yo'naltirilgan yondashuvning natijasi bo'lib hisoblanadi [29].
XULOSA
Yuqorida aytilganlarni umumlashtirgan holda aytish mumkinki, kompetentli yondashuv - bu hozirgi zamon kasbiy ta'lim tizimini mehnat bozorining talab-ehtiyojlari bilan bir qatorga qo'yishga intilishdir [30]. Mana shunday yondashuv
o'qituvchidan o'quvchiga bilimlarning translyatsiya qilinishini emas, balki amaliy tajribalar, bilim, mahorat va ko'nikmalar asosida muvaffaqiyatli harakat qilish imkonini beradigan kasbiy kompetentlilikni shakllantirishni ko'zda tutadi. Pedagog-xodimlar uchun eng muhim vazifa bo'lib, kompetensiyalarni amaliy jihatdan egallash zarurati sanaladi.
REFERENCES
[1] Абдушохид Абдурашидович Хасанов, & Шарофат Бахрдир Кизи Уроцова (2021). ЦИФРОВИЗАЦИЯ ОБРАЗОВАНИЯ НА СОВРЕМЕННОМ ЭТАПЕ РАЗВИТИЯ ИНФОРМАТИЗИРОВАННОГО ОБЩЕСТВА. Scientific progress, 2
[1], 300-308.
[2] Abdurashidovich, X. A., & Nigmanovna, M. F. (2019). ACCESS TO ELECTRONIC EDUCATIONAL RESOURCES IN THE EDUCATION SYSTEM. European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences Vol, 7(12).
[3] Khasanov A.A. Methods and methods of forming economic education through interdisciplinary communication through information technology. Education, Science and Innovation // Spiritual-Educational, Scientific and Methodological Journal 2017, №3, P. 38- 44. 4.
[4] Urokova, S. B. (2020). Advantages and disadvantages of online education. ISJ Theoretical & Applied Science, 09(89), 34-37.
[5] Urokova, Sh., & Tuhtashev, U. (2019). Trends of electronic education development. European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences, Vol. 7 No. 12.
[6] Hasanov A.A., Gatiyatulina R.M. Interdisciplinary communication as a didactic conditions of increase of efficiency of educational process // Eastern European Scientific Journal Germany. Аш-is - kommunikations-Und verlagsgesellschaft mdh 52016. P. 107-111.
[7] D. Sharipov, A. Abdukadirov, A. Khasanov and O. Khafizov, «Mathematical model for optimal siting of the industrial plants,» 2020 International Conference on Information Science and Communications Technologies (ICISCT), Tashkent, Uzbekistan, 2020, pp. 1-3, doi: 10.1109/ICISCT50599.2020.9351476.
[8] Ravshanovna, P. N., & Abdurashidovich, K. A. (2019). ROLE OF INNOVATION IN SCHOOL DEVELOPMENT. European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences Vol, 7(12).
[9] Hasanov, A. A. (2020). PECULIARITIES OF PREPARING TEACHERS FOR THE DEVELOPMENT AND USE OF E-LEARNING RESOURCES. Theoretical & Applied Science, (9), p.15-17.
[10] Khasanov A.A. Didactic Foundations of Interdisciplinary Connections at Subject Teaching // Eastern European Scientific Journal. Germany -2018. No. 6. P. 127-130.
[11] Хасанов А. А., Маматкаримов К. З. Межпредметные связи как дидактическое условие повышения эффективности учебного процесса // Молодой ученый. — 2016. — №20. — С. 738-741.
[12] Хасанов, А.А. Межпредметные связи и их функции / А.А. Хасанов // Отечественная и зарубежная педагогика. - 2012. - № 2 (5). - С. 130-132.
[13] Saidaxbor BULATOV, Rustam JABBAROV. (2016) №2 National traditional basis of symbol of Khumo.Central Asian Journal of Education.Volume 1, https: //uzj ournals.edu.uz/cj edu/ pp-85-87.
[14] Расулов, М. (2021). НАУЧИТЬ СТУДЕНТОВ ВО ВНЕШКОЛЬНЫХ УЧЕРЕЖДЕНИЯХ СОСТАВЛЯТЬ КОМПОЗИЦИИ НА УРОКАХ РЕЗЬБЫ ПО ДЕРЕВУ. Збiрник наукових праць ЛОГО!!. https://doi.org/10.36074/logos-09.04.2021.v2.44
[15] Akhmedov , M.-U., & Kholmatova , F. (2021). FORMATION OF CREATIVE PROCESSES IN STUDENTS THROUGH TEACHING COMPOSITION IN FINE ARTS. Збiрник наукових праць ЛОГО!!. https://doi.org/10.36074/logos-09.04.2021.v2.03
[16] Talipov KH. N. Is graphics important in painting? ACADEMICIA: AN INTERNATIONAL MULTIDISCIPLINARY RESEARCH JOURNAL 2021, Volume: 11, Issue: 1, pp-984-990. ISSN:2249-7137 DOI: http://dx.doi.org/10.5958/2249-7137.2021.00117.8
[17] Talipov N.X, Aliev N.S. THE IMPORTANCE OF PERSPECTIVE IN TEACHING ART TO FUTURE FINE ARTS TEACHERS. AJMR:Asian Journal of Multidimensional Research (A Double Blind Refereed & Peer Reviewed International Journal) ISSN: 2278-4853, Vol 10, Issue 2, February, 2021. DOI: http://dx.doi.org/10.5958/2278-4853.2021.0005L3
[18] Жаббаров Рустам Равшанович (2019) Использование педагогического потенциала народных художественных промыслов как средства развития творческих способностей учащихся. INTERNATIONAL SCIENTIFIC PRACTICAL CONFERENCE "Improvement of the state and non-state preschool education sectors: new forms and education content". pp-144-146.
[19] Жаббаров Рустам Равшанович (2016) Узликни англашнинг психологик асослари. The organization of innovative activities of the teachers: Problems and solutions. pp-444-445.
[20] Saidaxbor BULATOV, Rustam JABBAROV. (2016) №2 National traditional basis of symbol of Khumo.Central Asian Journal of Education.Volume 1, https: //uzj ournals.edu.uz/cj edu/ pp-85-87.
[21] Валиев, А. Н., Туланова, Д. Ж., & Гуломова, Н. Х. (2018). Современные педагогические и инновационные технологии обучения на занятиях по черчению. Молодой ученый, (3), 183-184.
SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 2 I ISSUE 2 I 2021
ISSN: 2181-1601
[22] Туланова, Д. Ж., & Гуломова, Н. Х. (2018). Технология и условия проведения дидактических игр в процессе преподавания черчения в вузе. In Образование как фактор развития интеллектуально-нравственного потенциала личности и современного общества (pp. 89-93).
[23] Valiev, A. (2021). ABOUT THE FEATURES OF THE PERSPECTIVE OF SIMPLE GEOMETRIC SHAPES AND PROBLEMS IN ITS TRAINING. Зб1рник науковихпрацъ SCIENTIA. Вилучено i3 https://ois.ukrlogos.in.ua/index.php/scientia/article/view/10540
[24] Tashimov Nurlan, Samandar Zaitov. (2021) Improving the quality and efficiency of teaching descriptive geometry in a credit-modular system. ACADEMICIA: AN INTERNATIONAL MULTIDISCIPLINARY RESEARCH JOURNAL. Volume:11, Issue:2, pp-730-733. DOI : 10.5958/2249-7137.2021.00398.0
[25] Jabbarov Rustam Ravshanovich. (2021) PRIORITIES FOR THE DEVELOPMENT OF PAINTING. Конференции, 7(1). SECTION 1, pp-39-49, https://doi.org/10.47100/conferences.v1i1.952
Volume:11, Issue:2, pp-730-733. DOI : 10.5958/2249-7137.2021.00398.0
[26] Khalilov Ruslan. The creative technologies for teaching students to work in short-term colors. Academicia: An international multidisciplinary research journal 2021, Volume: 11, Issue: 2, ISSN: 2249-7137. pp-606-610 http://dx.doi.org/10.5958/2249-7137.2021.00448.1
[27] Jabbarov, R. (2021). DEVELOPING STUDENTS'CREATIVE ABILITIES THROUGH TEACHING "LANDSCAPE COLOR PICTURE" IN HIGHER EDUCATION SYSTEM. Конференции, 7(1). https://doi.org/10.47100/conferences.v1i1.1088
[28] Jabbarov, R., & Rasulov, M. (2021). FURTHER FORMATION OF STUDENTS' CREATIVE ABILITIES BY DRAWING LANDSCAPES IN PAINTING. Зб1рник наукових працъ ЛОГОХ. https://doi.org/10.36074/logos-30.04.2021.v2.09
[29] Xalilov, R. (2021). IMPORTANT FACTORS FOR TEACHING STUDENTS TO WORK ON LANDSCAPE COMPOSITION. Зб1рник наукових працъ ЛОГОХ. https://doi.org/10.36074/logos-30.04.2021.v2.10
[30] Jabbarov Rustam Ravshanovich. Formation Of Creative Abilities Of Students By Teaching The Genre "Landscape" Of Fine Arts. 2021/4. International Journal of Academic Pedagogical Research (IJAPR) ISSN: 2643-9123. Issue 4, pp-72-76, Washington DC, USA, http://www.iieais.org/iiapr/index.php/ijapr-5-4-2021/