Научная статья на тему 'PEDAGOGIK AMALIYOTNING BO‘LAJAK O‘QITUVCHINING KASBIY TAYYORGARLIK FAOLIYATIDA TUTGAN O‘RNI'

PEDAGOGIK AMALIYOTNING BO‘LAJAK O‘QITUVCHINING KASBIY TAYYORGARLIK FAOLIYATIDA TUTGAN O‘RNI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

5894
402
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
kasbiy tayyorgarlik / pedagogik amaliyot / kasbiy ko„nikma va malaka / o„qituvchilik faoliyati / professional training / pedagogical practice / professional skills and qualifications / teaching activity

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — B. S. Siddiqov, Sh. N. Mexmonaliyev

Mazkur maqolada bo'lajak o'qituvchining kasbiy tayyorgarlik faoliyatida pedagogik amaliyot qanday o'rin tutishi ularda kasbiy ko'nikma va malakani tarkib toptirishning mazmuni, moxiyati, shakl va metodlari haqida so'z yuritiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

This article discusses the role of pedagogical practice in the professional training of future teachers, the content, essence, form and methods of building professional skills.

Текст научной работы на тему «PEDAGOGIK AMALIYOTNING BO‘LAJAK O‘QITUVCHINING KASBIY TAYYORGARLIK FAOLIYATIDA TUTGAN O‘RNI»

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 3 | ISSUE 1 | 2022

ISSN: 2181-1385 Scientific Journal Impact Factor (SJIF): 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2022-1-10-16

PEDAGOGIK AMALIYOTNING BO'LAJAK O'QITUVCHINING KASBIY TAYYORGARLIK FAOLIYATIDA TUTGAN O'RNI

B. S. Siddiqov

Farg'ona davlat universiteti dotsenti

Sh. N. Mexmonaliyev

Farg'ona davlat universiteti magistranti

ANNOTATSIYA

Mazkur maqolada bo'lajak o'qituvchining kasbiy tayyorgarlik faoliyatida pedagogik amaliyot qanday o'rin tutishi ularda kasbiy ko'nikma va malakani tarkib toptirishning mazmuni, moxiyati, shakl va metodlari haqida s o'z yuritiladi.

Kalit so'zlar: kasbiy tayyorgarlik, pedagogik amaliyot, kasbiy ko'nikma va malaka, o' qituvchilik faoliyati.

ABSTRACT

This article discusses the role of pedagogical practice in the professional training of future teachers, the content, essence, form and methods of building professional skills.

Keywords: professional training, pedagogical practice, professional skills and qualifications, teaching activity

KIRISH

Rivojlanib borayotgan O'zbekistonda ta'lim soxasiga juda kata e'tibor qaratilib kelinmoqda. 2020-yil 23-sentabrda qabul qilingan "Ta'lim to'g'risida"gi qonunning yangi tahriri ta'lim tizimiga juda katta o'zgarishlar kiritdi. Mazkur qonunning 35-moddasida "O'quv rejasida, qoida tariqasida, ta'lim jarayonining jadvali, o'qitishning boshlanishi, muddati va davriyligi, o'quv yillari, choraklar, semestrlar, amaliyot, ta'tillar hamda attestatsiya, ajratilgan haftalar soni, o'rganiladigan fanlar (modullar) va ularga ajratilgan soatlar (kreditlar) hamda boshqa zarur parametrlar aks ettiriladi".

Ta'lim oluvchilarning amaliyotni o'tash tartibi va uni tashkil etish ta'lim sohasidagi vakolatli davlat boshqaruvi organlari tomonidan belgilanadi[1]. deyilgan. Ta'lim oluvchilar kasbiy ko'nikmalarini mukammal egallashi uchun o'quv rejalari va

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 3 | ISSUE 1 | 2022

ISSN: 2181-1385 Scientific Journal Impact Factor (SJIF): 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2022-1-10-16

muayyan fanlarning o'quv dasturlarida o'quv va ishlab chiqarish amaliyotlarini o'tashlari shart.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Amaliyotlar bakalavr ta'lim jarayoninig majburiy qismi bo'lib, talabalarning kasbiy tayyorgarligi, amaliy ko'nikmalari va kompetensiyalarini shakllantirishga yo'naltiriladi. Bakalavrlar tayyorlashda ko'plab amaliyot turlari o'tkaziladi. Shulardan biri pedagogik amaliyotdir[2].

Pedagogik amaliyot bo'lajak mutaxassisni kasbiy tayyorlash tizimining asosiy va muhim bo'g'inidir.

Pedagogik amaliyot talabaning nazariy ta'limi va bo'lajak mustaqil faoliyatini bog' laydigan hamda kasbiy ko'nikma va malakalarni shakllantirishni ta'minlovchi jarayon bo'lib, dastlabki tajriba maktabi hisoblanadi.

Pedagogik amaliyot - bo'lajak o'qituvchilarni tayyorlashda o'quvpedagogik jarayonining asosiy qismi hisoblanadi. Pedagogik amaliyot namunaviy va ishchi o'quv rejasiga mos ravishda amalga oshiriladi. Pedagogik amaliyotning mazmuni amaliyot turiga qarab, kafedrada ishlab chiqilgan dasturiga mos b o'ladi. Pedagogik amaliyot o'quv mashg'ulotlaridan ajralgan holda tashkil etiladi.

Pedagogik amaliyotning maqsadi - bo'lajak o'qituvchilarni kasbiy faoliyatga tayyorlash, olgan bilimlarini amaliyotda sinab ko'rish, pedagogik faoliyat mas'uliyatini his etish va o'z ustida ishlash ko'nikmasini shakllantirish, shuningdek, tajribali o'qituvchilarning ish faoliyatini o'rganishdan iboratdir.

Pedagogik amaliyot vazifalari:[3].

• Talabalarda o'qituvchi kasbiga qiziqishni tarbiyalash;

• Pedagogik faoliyat haqida bir butun tushunchani shakllantirish;

• Pedagogik ko'nikma va malakalarni shakllantirish;

• Pedagogik faoliyat bo'yicha tajribani yaratish.

Pedagogik amaliyot bo'lajak o'qituvchining o'qituvchilik faoliyatiga qo'yayotgan ilk qadami hisoblanadi. Pedagogik amaliyot - kasb ta'limi yo'nalishlari uchun qo'llaniladi va pedagogik maxoratni oshirishga qaratiladi. Bo'lajak o' qituvchilarning kasbiy tayyorgarligi pedagogik amaliyot bilan birgalikda kechadi. Pedagogik amaliyotning eng muhim vazifalaridan biri bu bo'lajak mutaxassislarning kasbiy tayyorgarligini shakllantirishdir.

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 3 | ISSUE 1 | 2022

ISSN: 2181-1385 Scientific Journal Impact Factor (SJIF): 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2022-1-10-16

Pedagogik amaliyotning samaradorligi quyidagilarda ko'rinadi:

Talabaning Talabaning Ishga ijodiy

mustaqilligi faolligi yondoshishi

Kasbiy tayyorgarlik - zaruriy kasbiy bilim, ko'nikma va malakalarni o'zlashtirish asosida yuzaga keluvchi shaxs ijtimoiy kompetentligining o'ziga xos ko'rinishi sifatida izohlanadi. Kasbiy tayyorgarlik o'z-o'zidan yuzaga kelmay, balki aniq maqsadlar asosida rejalashtirilgan muayyan bosqichlarni qamrab oladi.

Shaxsda kasbiy tayyorgarlikning shakllanishi dastlab kasbga xos tasavvur, tushunchalarni tarkib topganligi bilan belgilansa, keyinchalik mutaxassislikka oid bilim, malaka va ko'nikmalarning o'zlashtirilishi, kasbiy sifatlarning qaror topishi hamda kasbiy moslashish darajasi bilan izohlanadi. Oliy ta'lim muassasalari va ulardagi o'quv-tarbiya jarayonini modernizatsiyalash, pedagog mutaxassislar tayyorlash tizimi sifat-monitoringini oshirish, bo'lajak o'qituvchilarni zamonaviy kasbiy bilim, malaka va ko'nikmalar bilan qurollantirish, ularda kasbiy faoliyatga nisbatan akmeologik motivatsiyani shakllantirish pedagog mutaxassislarning kasbiy tayyorgarligini shakllantirish jarayonidagi muhim vazifalardan sanaladi.

Pedagogik amaliyot talabalarda tanlangan mutaxassislikning o'ziga xosligidan kelib chiqqan holda intellekt va mantiqiy tafakkurni rivojlantirishdan iborat bo'lib, mazkur vazifani bajarish asosida ta'lim oluvchilarning kasbiy tayyorgarligi ta'minlanadi. Bunda kasbiy tayyorgarlikning asosiy mezonlari sifatida bo'lajak mutaxassisning faoliyatga amaliy tayyorgarligi va ixtisoslik doirasidagi bilim, ko'nikma va malakalarning o'zlashtirish, kasbiy faoliyat talablariga moslashish darajasi belgilanadi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Kasbiy tayyorgarlik mutaxassisning butun faoliyati davomida ma'naviy-axloqiy hamda kasbiy sifatlarining yanada takomillashishi, kasbiy kompetentlikning shakllanishi uchun zarur bo'lgan bilim, ko'nikma va malakalar darajasini ifodalaydi. Keltirilgan mazkur vazifalarning amaldagi ijrosi pedagogika oliy ta'lim muassasalari oldiga qo'yiladigan masalalardan eng muhimi, ya'ni bo'lajak o'qituvchilarni tayyorlash jarayoniga nisbatan innovatsion yondashuvlarni talab etadi:

- mehnat bozori talablari hamda ilm-fan, texnika, texnologiya va

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 3 | ISSUE 1 | 2022

ISSN: 2181-1385 Scientific Journal Impact Factor (SJIF): 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2022-1-10-16

iqtisodiyotning eng so'nggi yutuqlari asosida uzviy ravishda takomillashtirilib turiladigan kasbiy ta'lim dasturlarini yaratish;

- uzluksiz ta'lim, ilm-fan va ishlab chiqarish orasidagi o'zaro mustahkam integratsiyani yo'lga qo'yish;

- ta'lim muassasalarini zamonaviy moddiy-texnik baza va o'quv-uslubiy adabiyotlar bilan ta'minlansh;

- oliy ta'lim tizimiga yuqori malakali o'qituvchi, metodist va muhandis-pedagoglarni jalb etish;

- bo'lajak o'qituvchilarning bilish faolligi, kreativ qobiliyatlarini rivojlantirish, shuningdek, ularda faol kasbiy motivatsiyani qaror toptirish;

- oliy ta'lim muassasalari o'quv amaliyotiga innovatsion o'qitish texnologiyalarini keng tatbiq etish zaruriy omillardan hisoblanadi[5].

Kasbiy tayyorgarlik - maxsus nazariy bilim, amaliy ko'nikma va malakalar, shuningdek, ma'naviy-axloqiy sifatlarni o'zlashtirish asosida shaxsning kasbiy faoliyatni olib borishga nisbatan fiziologik, psixologik va jismoniy tayyorgarlik darajasi.

Kasbiy tayyorgarlikni shakllantirish - DTS talablari asosida shaxsda maxsus nazariy bilim, amaliy ko'nikma va malakalar, shuningdek, ma'naviy- axloqiy sifatlarni shakllantirish, bo'lajak mutaxassisni kasbiy faoliyatni muvaffaqiyatli olib borishga nisbatan fiziologik, psixologik va jismoniy tayyorgarlik jarayonidir.

Bo'lajak o'qituvchilarning pedagogik amaliyoti mobaynida ularga kerak bo'ladigan asosiy narsa bu - kasbiy bilimdir.

Kasbiy bilim - aniq mehnat faoliyati doirasida bajariladigan ishlar uchun zarur bo'lgan axborotlar va o'zlashtirilgan nazariy ma'lumotlar birlashmasidir .

Kasbiy ko'nikma va malakalar - amaliy faoliyat jarayonida paydo bo'ladigan, shaxsning o'zlashtirilgan kasbiy bilimlarini anglangan ish harakatlariga aylanishidagi avtomatlashgan usuldir.

O'rta maktab o'qituvchisining ixtisoslashgan tavsifnomasi -professiogrammasini yaratishda N.V. Kuzmina, Z.F. Esarova, M.G. Davletshin, M. Abdullajonova, T. Hamroqulov va boshqalar quyidagi kasbiy malakalarni farqlaydilar[4].

1. Gnostik malakalar.

2. Konstruktiv malakalar.

3. Kommunikativlik.

4. Tashkilotchilik malakalari.

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 3 | ISSUE 1 | 2022

ISSN: 2181-1385 Scientific Journal Impact Factor (SJIF): 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2022-1-10-16

Gnostik (yunoncha "gnosis" - "bilish") malakalar tarbiyachining bilim sohasiga taalluqli bo'lib, bolalarning individual-psixologik taraqqiyot darajasini aniqlay bilish, o'zining tajribasi va pedagogik faoliyatiga refleksiv yondashish, ilg'or tajribalarni o'rganish, novatorlik, pedagogik-psixologik adabiyotlardan foydalana bilish, empatiya va pedagogik ziyraklik doirasidagi malakalarni mujassam etadi.

Konstruktivlik (loyihalash qobiliyatiga egalik) - bu tarbiyachining pedagogik jarayonni metodik jihatdan to'g'ri loyihalashtirishi va tashkil etishi ko'zda tutiladi. Bunda ta'lim jarayoni natijalarini prognoz qilish, o'quv-tarbiya jarayonini maqsadli loyihalash, o'quvchilarning yosh va individual xususiyatlaridan kelib chiqib ta'limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi maqsadlarni to'g'ri belgilash va darsning texnologik tuzilmasini aniq belgilash, amalga oshirish bilan bog' liq malakalar nazarda tutiladi.

Kommunikativlik - bu tarbiyachi-pedagogning alohida xususiyati bo'lib, unda o'quvchilar va hamkasblari bilan o'zaro hamkorlik muloqoti nazarda tutiladi. Bunda tarbiyachining bolalarni o'ziga jalb etishni bilishi, o'quvchilar va ota-onalar bilan muloqotni tashkil etishi, boshqarishi va nazorat qilishi, ular bilan pedagogik-psixologik nuqtai nazardan maqsadga muvofiq o'zaro aloqa bog' lashga, shaxslararo munosabatlarni faollashtirishga qaratilgan malakalardir. O'quvchilar bilan muloqotda pedagogik tayyorgarlikning muvaffaqiyatli bo'lishi ko'p jihadan o'qituvchining kommunikativ ko'nikma va malakalarni uzluksiz ravishda egallab borishi, uni qo'llay olish layoqatiga bog'liq.

Tashkilotchilik - tarbiyachining o'quvchilar jamoasini uyushtira bilishi, jamoani jipslashtira olishi, o'quvchilarning bilish faolligini faollashtira olishi, shaxsiy tajribasi va ilg'or pedagogik g'oyalarni dars jarayoniga tatbiq eta olishi bilan tavsiflanadi[6].

Pedagogik amaliyot ishlarini tizimli yo'lga qo'yish va uning uslubiy ta'minotini yaratish kasbiy moslashtirish jarayonidagi muhim tashkiliy-metodik shart-sharoitlardan biri bo'lib hisoblanadi.

XULOSA

Xulosa o'rnida shuni aytib o'tish joizki, bo'lajak o'qituvchilarning faoliyatida pedagogik amaliyot beqiyos o'rin tutadi. Har bir pedogog qanday qobilyatlarga ega bo'lishi va gnostik malakalar, konstruktiv malakalar, kommunikativlik, tashkilotchilik malalkalarni egallashda pedagogik amaliyot muxim ahamiyatga ega. Albatta shuni ham aytish zarurki, talabalarning o'quv davri mobaynida egallagan

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 3 | ISSUE 1 | 2022

ISSN: 2181-1385 Scientific Journal Impact Factor (SJIF): 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2022-1-10-16

kasbiy ko'nikma va malakalarini amaliyotda qo'llash uchun ham eng qulay fursat pedagogik amaliyot hisoblanadi.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasining Qonuni Ta'lim to'g'risida Qonunchilik palatasi tomonidan 2020-yil.

2. O'zbekiston uzluksiz ta'limining davlat ta'lim standarti. Oliy ta'lim davlat ta'lim standarti 2021 -yil 16-iyul.

3. B.Xadjayev, A. Choriyev, Z. Saliyeva. Pedagogik tadqiqotlar metadologiyasi. Toshkent "IQTISODIYOT DUNYOSI" 2018.

4. Haydarov F.I., Xalilova N.I. Psixologiya fanlarini o'qitish metodikasi. O'quv qo'llanma. - T.: Nizomiy nomidagi TDPU, 2006. B- 18-32.

5. Tolipov O'.Q oliy pedagogik ta'lim tizimida umummehnat va kasbiy ko'nikma hamda malakalarni rivojlantirishning pedagogik texnologiyalari/ Monografiya. - T.: Fan, 2004.b - 73-80.

6. Xusnidinova Gulnoza Zoxidjon qizining Magistrlik dissertatsiyasi «Bo'lajak o'qituvchilarni kasbiy moslashtirishning pedagogikshart-sharoitlari ».

7. Baydjanov, B. (2021). Protection from the threat of harmful information that negatively affects the physical and mental development of students as a pedagogical problem. "Innovative technologies in sports and physical education of the younger generation". Collection of materials of the international online conference. (1). https://doi.org/10.47100/.v1i1.71

8. Karimova, M., & Tuychieva, R. (2019). THE PEDAGOGICAL BASICS OF TRAINING STUDENTS FOR PROFESSIONAL, MORAL AND EDUCATIONAL FUNCTION. Scientific Bulletin of Namangan State University, 7(10), 311-317.

9. Maksudov, U. K. (2020). ISSUES OF NATIONAL VALUES AND SOCIAL ACTIVITY OF STUDENTS IN THE DEVELOPMENT OF POSITIVE PSYCHOLOGY. In Психологическое здоровье населения как важный фактор обеспечения процветания общества (pp. 394-396).

10. SAIDKULOVICH, S. B., & UGLI, T. J. U. The Social Pedagogical Necessity of Developing Students' Aesthetic Culture in the Process of Globalization. International Journal of Innovations in Engineering Research and Technology, 8(1), 75-77.

11. Siddikov, B. S. (2020). THE IMPORTANCE OF SPORTS AND RECREATION ACTIVITIES FOR A HARMONIOUSLY DEVELOPED GENERATION.

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 3 | ISSUE 1 | 2022

ISSN: 2181-1385 Scientific Journal Impact Factor (SJIF): 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2022-1-10-16

In Психологическое здоровье населения как важный фактор обеспечения процветания общества (pp. 107-111).

12. Tuychieva, I., Aripov, S., Madaminova, D., & Mustaev, R. (2021). THE PEDAGOGICAL SYSTEM OF PREPARING BOYS FOR FAMILY RELATIONSHIPS IN GENERAL SECONDARY SCHOOLS.

48(8).

13. Ахмедов, Б. А. (2020). Сиддиков Бахтиёр Саидкулович, Джалалов Бахромжон Бегмурзаевич МОДЕРНИЗАЦИЯ ОБРАЗОВАНИЯ-ОСНОВНОЙ ФАКТОР В ФОРМИРОВАНИИ ИННОВАЦИОННОЙ КОМПЕТЕНЦИИ БУДУЩИХ УЧИТЕЛЕЙ. Academy, 9, 60.

14. Джалалов, Б. Б. (2018). РАЗВИТИЕ ПРОФЕССИОНАЛЬНОЙ КОМПЕТЕНТНОСТИ ПЕДАГОГИЧЕСКИХ КАДРОВ В УСЛОВИЯХ ГЛОБАЛИЗАЦИИ КАК ПЕДАГОГИЧЕСКАЯ ПРОБЛЕМА.

In INTERNATIONAL SCIENTIFIC REVIEW OF THE PROBLEMS AND PROSPECTS OF MODERN SCIENCE AND EDUCATION (pp. 53-55).

15. Закирова, Д. С. (2020). РАЗВИТИЕ КУЛЬТУРЫ МЕЖНАЦИОНАЛЬНОГО СОГЛАСИЯ У СТУДЕНТОВ. European science, (4 (53)).

16. Туйчиева, И. И., & Ганиева, Г. В. (2016). ХАРАКТЕРИСТИКА ПРИНЦИПОВ ПЛАНИРОВАНИЯ РАБОТЫ ПО РАЗВИТИЮ РЕЧИ. Ученый XXI века, 48.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

17. Уринова, Н. М., & Хусеинова, С. Б. (2021). Теоретико-практическая подготовка будущих учителей гуманитарного профиля к социально ориентированной воспитательной работе. Бюллетень науки и практики, 7(5), 434-440.

18. Уринова, Н. М., & Хусенова, С. Б. (2021). БУЛАЖАК УКДТУВЧИЛАРНИ ТАРБИЯВИЙ ИШЛАРГА ТАЙЁРЛАШНИНГ ТЕХНОЛОГИК МОДЕЛИ. ИННОВАЦИИ В ПЕДАГОГИКЕ И ПСИХОЛОГИИ, 4(7).

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.