Научная статья на тему 'BO‘LAJAK INFORMATIKA FANI O‘QITUVCHILARI METODIK TAYYORGARLIGINING METODOLOGIK ASPEKTLARI'

BO‘LAJAK INFORMATIKA FANI O‘QITUVCHILARI METODIK TAYYORGARLIGINING METODOLOGIK ASPEKTLARI Текст научной статьи по специальности «Энергетика и рациональное природопользование»

1079
143
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
kredit-modul / metodik turkum / intellektual salohiyat / ilmiymetodik / ob’yektiv bilim. / credit-module / methodical series / intellectual potential / scientificmethodical / objective knowledge

Аннотация научной статьи по энергетике и рациональному природопользованию, автор научной работы — Jasur Amirddinovich Mardonqulov

Bo‘lajak informatika fani o‘qituvchilari metodik tayyorgarligi darajasini oshirish jarayonlarining mazmunini takomillashtirish, axborotlarni qidirish, qayta ishlash va foydalanishning innovasion usullardan xabardor bo’lish, axborot oluvchi uchun ularni moslashtirish, sharhlash, ilm-fan taraqqiyoti va o‘zgarib borayotgan ijtimoiy amaliyot sharoitida o‘z nuqtai nazarini qayta ko‘rib shiqish, ishlashning innovasion shakl va metodlarini tanlash.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Improving the content of the process of improving the methodological training of future teachers of computer science, awareness of innovative methods of information retrieval, processing and use, their adaptation for the recipient, interpretation, in the context of scientific development and changing social practice to reconsider their point of view, to choose innovative forms and methods of work.

Текст научной работы на тему «BO‘LAJAK INFORMATIKA FANI O‘QITUVCHILARI METODIK TAYYORGARLIGINING METODOLOGIK ASPEKTLARI»

Zamonaviy ta'limda matematika, fizika va raqamli texnologiyalarning dolzarb muammolari va yutuqlari

Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti

BO'LAJAK INFORMATIKA FANI O'QITUVCHILARI METODIK TAYYORGARLIGINING METODOLOGIK ASPEKTLARI

Jasur Amirddinovich Mardonqulov

Toshkent viloyati Chirchiq Davlat pedagogika instituti, Chirchiq, O'zbekiston

j asurmardonqulov@gmail .com

ANNOTATSIYA

Bo'lajak informatika fani o'qituvchilari metodik tayyorgarligi darajasini oshirish jarayonlarining mazmunini takomillashtirish, axborotlarni qidirish, qayta ishlash va foydalanishning innovasion usullardan xabardor bo'lish, axborot oluvchi uchun ularni moslashtirish, sharhlash, ilm-fan taraqqiyoti va o'zgarib borayotgan ijtimoiy amaliyot sharoitida o'z nuqtai nazarini qayta ko'rib shiqish, ishlashning innovasion shakl va metodlarini tanlash.

Kalit so'zlar: kredit-modul, metodik turkum, intellektual salohiyat, ilmiy-metodik, ob'yektiv bilim.

АННОТАЦИЯ

Совершенствование содержания процесса совершенствования методической подготовки будущих учителей информатики, осведомленности об инновационных методах поиска, обработки и использования информации, их адаптации для получателя, интерпретации, в контексте научного развития и изменения социальной практики пересмотреть с их точки зрения, выбирать инновационные формы и методы работы.

Ключевые слова: кредит-модуль, методический ряд, интеллектуальный потенциал, научно-методические, объективные знания.

ANNOTATION

Improving the content of the process of improving the methodological training of future teachers of computer science, awareness of innovative methods of information retrieval, processing and use, their adaptation for the recipient, interpretation, in the context of scientific development and changing social practice to reconsider their point of view, to choose innovative forms and methods of work.

Key word: credit-module, methodical series, intellectual potential, scientific-methodical, objective knowledge.

Zamonaviy ta'limda matematika, fizika va raqamli texnologiyalarning dolzarb muammolari va yutuqlari

Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti

Jamiyatning zamonaviy taraqqiyoti, inson hayoti hamda faoliyatining turli sohalarida jahon tizimlarining globallashuvi va integrasiyalashuvi, O'zbekistonda bozor iqtisodiyotiga o'tilishi, kasb egalarining o'z sohasining yetuk mutaxassis sifatida shakllanganligiga tobora yuqori talablar qo'ymoqda. Yuzaga kelgan kasb raqobati informatika o'qituvchilarining shaxsiy fazilatlari va uning kasb faoliyatiga jamiyat talablarida bir qator o'zgarishlarni yuzaga keltirdi. Shunga bog'liq ravishda mehnat bozorida raqobatbardosh o'qituvchiga, intellektual, muloqot, axborot va boshqa sohalarda asosiy kompetensiyalar to'plamiga ega shaxsga ehtiyoj yuzaga keldi.

Ta'lim jarayoni, birinshi navbatda, bo'lajak informatika o'qituvchisini professional darajada, ta'lim-tarbiya berish bilan birga yosh avlodning keljakda o'z kasbinining yetuk mutaxassisi bo'lib yetishini ta'minlashiga, hozirgi zamon talabi bilan hamnafas bo'lib, qisqa muddatda aniq qarorlar qabul qila olish qobiliyatlarini shakllantirishga erishishi, qo'shimsha ravishda kasb-hunar egallashi tamoyili asosida tashkil etiladi. O'zbekiston Respublikasining ta'lim sohasidagi siyosati milliylik xarakteriga egaligi, tez suratlar bilan rivojlanib borayotgan iqtisodiyotning turli jabhalari uchun raqobatbardosh kadrlar tayyorlashga qaratilganligi bilan ajralib turadi. Hozirgi ta'lim jarayonida talaba-yoshlarning erkin fikrlash qobiliyatlarini shakllantirishga erishishini ta'minlashi kerak. Jahonda ro'y berayotgan pandimeya, turli tabiiy ofatlar sharoitida ta'limning nafaqat kunduzgi, kechki (smenali), masofaviy (onlayn), eksternat shakllarida kadrlar tayyorlanayotganligi, integrasiyalashuv va globallashuv jarayoniga bog'liq holda ta'limning mazmun-mohiyati informasion muhit ta'sirida o'zgarishiga olib kelmoqda. Shu sababli bo'lajak informatika o'qituvchilari oldiga muhim vazifa - o'z-o'zini idrok etish salohiyati, yangi intellektual darajaga ega bo'lgan mustaqil fikrlovchi shaxsni shakllantirish asosiy vazifalardan biri sifatida vazifasi qilib qo'yilmoqda. Bunday tayyorlangan kadrlar nazariy tafakkur yuritish, ijodiy faoliyatni amalga oshirish, o'z xatti-harakatlari va faoliyatini mustaqil boshqarish imkoniyatiga ega bo'lishlari bilan birga o'zining pedagogik faoliyatida kelajak avlodga ta'lim berishda juda katta mas'ulyat, pedagogga xos bo'lgan umumiy psixologiya, umumiy pedagogika, ta'limda axborot texnologiyalari, o'qitish metodi va o'z kasbining mohir mutaxassisi bo'lishi lozim. Shu ma'noda bo'lajak informatika o'qituvchilarining metodik tayyorgarligini takomillashtirish masalasi dolzarb hisoblanadi. Chunki, umumiy o'rta, professional ta'lim mussasalarida tahsil olayotgan o'quvchi-yoshlarni maqsadga yo'naltirilgan holda o'qitish va tarbiyalash, fikrlash qobiliyatini shakllantirish, ularda malakani to'g'ri shakllantirish jarayoni aynan informatika fani o'qituvchilaridan juda katta mahorat va matonat talab qilinadi.

Zamonaviv ta'limda matematika, fizika va raqamli texnologivalarning dolzarb muammolari va vutuqlari

Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti

O'zbekiston Respublikasining "Ta'lim to'g'risida"gi Qonuni hamda Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi qabul qilingandan so'ng mamlakatimiz ta'lim tizimida, xususan, ta'lim tizimida keng qamrovli ijobiy o'zgarishlar amalga oshirildi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Prezidentining "2021/2022 o'quv yilida O'zbekiston Respublikasining oliy ta'lim muassasalariga o'qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari to'g'risida" 2021 yil 22 iyundagi PQ-5157-son qarori bilan respublikamiz oliy ta'lim muassasalarida xalqaro ta'lim standrtlariga asoslangan o'qitishning kredit-modul tizimi joriy qilindi. Matematika ta'lim yo'nalishi malaka talabi, o'quv rejasi va yangi o'quv dasturlari (sillabuslar) ishlab shiqilib, bosqishma-bosqish ta'lim jarayoniga joriy etildi. Davlat ta'lim standarti va yangi o'quv dasturlari asosida o'qitishning kredit-modul tizimiga asoslangan darsliklarning yangi avlodi yaratildi. O'quvchi-yoshlarni zamonaviy darsliklar bilan to'liq ta'minlashga erishish uchun barsha shart-sharoitlar yaratib berildi.

Bugungi kunda oliy pedagogik ta'lim tizimi oldiga yangisha metodik tayyorgarlikka ega bo'lgan pedagog-kadrlarni tayyorlash vazifasi qo'yildi. Pedagog-xodim va o'qituvchilarni tayyorlashda psixologik-fiziologik o'ziga xosliklarini hisobga olish, shakllantirish va rivojlantirish tajribasini egallashi lozimligi asosan diqqat markazida bo'lishi kerak. Ma'lumki, bo'lajak informatika o'qituvchisining ta'lim jarayonidagi metodik tayyorgarligini takomillashtirish texnologiyalarini ishlab chiqish ustuvor o'rin egallaydi. Buning uchun talabalardan, oliy ta'lim muassasalarida pedagogika, psixologiya, metodik turkumdagi va informatikani nazariy jihatdan o'rgatishga qaratilgan o'quv mashg'ulotlarni olib boruvchi professor-o'qituvchilardan, zamonaviy talablarga javob beradigan, mustaqil fikrlaydigan, intellektual salohiyat, shuqur bilim, zamonaviy dunyoqarashga va puxta metodik tayyorgarlikka ega shaxs bo'lgan moderator, tyuter va zarur bo'lsa arator bo'lish talab etiladi.

Hozirgi kunda an'anaviy o'qitish o'rnini shaxsga yo'naltirilgan yondashuvlar,

masofaviy ta'lim shakllarni, o'qitishda aralash ta'lim (gibrid usullar) egallamoqda,

nafaqat egallamoqda, balki bosqishma-bosqish joriy etilmoqda. Shu nuqtai nazardan,

talaba-yoshlarlarning egallagan bilimi, ko'nikma va malakalarini muntazam nazorat

qilish, ularning olayotgan bilimlaridagi bo'shliqlarni o'z vaqtida to'ldirib borish,

iqtidorli talaba-yoshlardagi intellektual salohiyatning muntazam rivojlanishi uchun

shart-sharoit yaratish, kattalar bilan hamkorlikda faoliyat ko'rsatishga qiziqtirish,

ularning salomatligini muhofaza qilish va mustahkamlashga qaratilgan pedagogik

yondashuvlar va tajribalarni boyitish, istiqboldagi va maqsadli rejalarni ishlab shiqish,

o'quv-tarbiya jarayonida innovasion pedagogik texnologiyalardan hamda pedagogika

fanining ilg'or yutuqlaridan muntazam foydalanish, ya'ni, ta'lim jarayoniga masofaviy

Zamonaviy ta'limda matematika, fizika va raqamli texnologiyalarning dolzarb muammolari va vutuqlari

Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti

ta'lim, axborot-kommunikasiya texnologiyalari elementlarini olib kirish, ulardan samarali foydalanish, o'qituvchilarning ota-onalar bilan hamkorlikda faoliyat yuritishini yo'lga qo'yish, informatika o'qituvchilarini qayta tayyorlash va ularning malakalarini muntazam oshirib borishda innovasion metodlardan foydalanish, xorijiy davlatlarning yetakshi oliy ta'lim muassasalari va ilmiy markazlarida qayta tayyorlash va malaka oshirish, stajirovka, doktorantura tahsil olishlarini yo'lga qo'yish kabi vazifalar dolzarb tus olmoqda. Ta'limga oid o'quv-me'yoriy-huquqiy hujjatlarda ham uzluksiz ta'limning barsha bo'g'inlari uchun informatika o'qituvchilarini tayyorlash masalasiga alohida e'tibor qaratiladi.

Informatika fani o'qituvchilarining metodik tayyorgarlik darajasiga qo'yiladigan asosiy talablarni ko'rib shiqamiz:

-o'z kasbining shaxsiy va ijtimoiy ahamiyatini his qiladi;

- ilmiy-insonparvar dunyoqarashga ega;

- ilmiy bilishning shakl va metodlarini hamda ularning evolyusiyasini biladi, jahonda yuz berayotgan ta'limga oid o'zgarishlar va yangiliklarni bilish va uni o'zlashtirishning turli metodlariga ega bo'ladi;

- jamiyat taraqqiyotida ilm-fan qanshalik ahamiyatli ekanligini tuchunadi;

- axborotlarni qidirish, qayta ishlash va foydalanishning innovasion usullardan xabardor, axborot oluvchi uchun ularni moslashtirish va sharhlash qobiliyatiga ega bo'ladi;

- ilm-fan taraqqiyoti va o'zgarib borayotgan ijtimoiy amaliyot sharoitida o'z nuqtai nazarini qayta ko'rib shiqish, ishlashning innovasion shakl va metodlarini tanlashga qodir bo'ladi;

- turli fanlararo bilim sohalarida ishlashga psixologik va metodik tayyorlangan bo'ladi;

- odam shaxsi rivojlanish davrida o'ziga xos davr sifatida bolalikning ahamiyatini his qiladi[1].

Afsuski, hozirgi kunda ta'lim muassasalari professor-o'qituvchilarning kasbiy madaniyati shakllanishini, pedagogik faoliyatga oid nazariy va amaliy ko'nikmalarini yetarli emasligi sababli, ayrim hollarda ta'lim dasturlarini talaba-yoshlarning to'liq o'zlashtirilishida sezilarli darajada ta'minlay olmayapti. Oliy ta'lim muassasalarida o'qitish amaliyoti ilmiy-metodik adabiyotlarda yoritilgan, mavjud an'anaviy pedagogik ta'lim tizimida qator muvaffaqiyatlar qo'lga kiritilgan bo'lsa-da, undagi ayrim muammo va kamshiliklarni ko'rsatib o'tish mumkin. Bizning fikrimizsha, unda turli darajalilik, mobillik, moslashuvshanlik, uzluksizlik, uzviylik, ko'pqirralilik yetishmaslik holatlarini kuzatish mumkin bo'ladi.

Zamonaviy ta'limda matematika, fizika va raqamli texnologivalarning dolzarb muammolari va vutuqlari

Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti

Oxirga paytlarda respublikamizdagi pedagogik kadrlar tayyorlaydigan oliy ta'lim muassasalarida kadrlar tayyorlash uchun ishlab shiqilayotgan o'quv rejalarda "ko'p fanlilik" (fanlar sonini ko'payib ketganligi) kabi muammolarga ro'para kelishayotgani, bunda talabalar bir vaqtning o'zida ko'pinsha bir-biri bilan yaxshi bog'lanmagan, fanlarning o'qitilishi va shtarkibi shakllantirilishida ba'zan uzviylik va uzluksizlik tamoyillarining ishlamasligi, bir-ikkinshisini takrorlovchi o'n ikkitagasha mustaqil o'quv fanlarini o'rganishiga to'g'ri keladi[2]. Ko'p fanlilik bilan bir qatorda o'qituvchi tayyorlashning "elementlar bo'yisha" tendensiyasi rivojlanib, u alohida elementlar, qismlardan tarkib topib, ularning har biri tegishli fanga oid nazariy ma'lumotlar hamda u belgilab beruvchi nazariy bilim, ko'nikma va malakalardan vujudga keladi.

Nafaqat matematika o'qituvchisini tayyorlash, umuman pedagog-kadrlarni tayyorlash yuzasidan olimlarning fikricha, fanlar soninining ko'p bo'lishi, auditoriya mashg'ulotlarining keskin ko'paytirish holatlari amaliyotda shaxcning butun ijodiy calohiyati yuzaga chiqishini ta'minlamay olmaydi, "chunki talabalar tomonidan turli fanlar bo'yicha o'zlashtirilayotgan bilimlar ko'pincha yaxlit ilmiy manzara hocil qilmaydi, chunki o'zaro bog'langan emac, balki alohida elementlar ko'rinishida taqdim etiladi"

Ijodiy shaxsni tayyorlashga to'sqinlik qiladigan kamchiliklar qatoriga nafaqat psixologik-pedagogik o'quv fanlari o'qitilishida uzluksizlik yo'qligini, balki quyidagilarni ham kiritishimiz mumkin:

- metodik, ixtisoslashtirilgan va gumanitar fanlar o'rtasida fanlararo aloqadorlik yetarlicha ishlab chiqilmaganligi;

- mehnat faoliyatiga taalluqli ta'lim shakllarining optimal nisbatini belgilash muammosi hali ham hal etilmaganligi, ma'ruza, seminar, laboratoriya va amaliy mashg'ulotlar hamda maktabda amaliyot o'rtasidagi nomutanosiblik avvalgidek ko'zga tashlanib turishi;

- kasbiy tayyorgarlikning nazariy va amaliy qismi o'rtasidagi optimal nisbat masalasi hanuz hal etilmaganligi;

- oliy ta'lim muassasalaridagi o'quv-tarbiyaviy jarayonda kasbiy-shaxsiy shakllanishga, shuningdek, texnologik yangiliklar (bilim, ko'nikma va malakalarga integrasiyalashuv qobiliyatini shakllantirish, axborot-kommunikasiya texnologiyalari va boshqalardan foydalanish)ni joriy etishga yetarlicha e'tibor qaratilmaganligi, shiddat bilan rivojlanayotgan jahon ta'lim muhitida kadrlar tayyorlash sifatiga alohida etibor qaratish kerakligi namoyon bo'layotganligi;

Zamonaviy ta'limda matematika, fizika va raqamli texnologiyalarning dolzarb muammolari va yutuqlari

Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti

- ijtimoiy, boshqaruv, axborot-muloqot kompetensiyalari shakllanishiga imkon beruvchi fanlararo o'quv fanlarini o'rganish amaliyoti deyarli mavjud emasligi;

-oliy ta'limning o'quv dasturlarida nafaqat informatika o'qituvchilari va boshqa sohadagi mutaxassislarni kacbga tayyorlashning integrativ jihatlariga yetarlicha e'tibor qaratilmayotganligi nazariy tayyorgarlik qanchalik chuqurlashtirilmasin, unga qanchalar ko'p o'quv soatlari va fanlar ajratilmasin, uning o'zi kelgusi pedagogik faoliyatning ilmiy asosi bo'la olmaydi.

REFERENCES

1. AMocoBa П.В. Мeтoдикo-мaтeмaтичecкaя пoдгoтoвкa cтудeнтoв пeдaгoгичecких фaкултeтoв к рвзвитию твoрчecкoй личнocти шкoлникa при oбучeнии мaтeмaтикe: Дисс... дoк.пeд.нaук., AcTpaxaH, 1999.

2. Baбaнcкий Ю.К. Пeдaгoгикa. - MocKBa: Прocвeщение, 1988.

3. А.Ж. Сейтов, Ф.Х. Абдумавлонова. Решение геометрических задач с помощью математического пакета MAPLE. Academic research in educational sciences, 2021. T.2 №6 Pp.933-941.

4. S.Kh.Khasanova A.J.Seytov, A.J. Khurramov, S.N.Azimkulov, M.R.Sherbaev, A.A.Kudaybergenovю. Optimal control of pumping station operation modes by cascades of the Karshi main canal. International Journal of Advanced Research in Science, Engineering and Technology, 2021. Tom 8. №4. Pp. 17177-17185.

5. А. Ж. Сейтов А. Р. Кутлимурадов Р. Н. Тураев Э. М. Махкамов Б. Р. Хонимкулов. Оптимальные управления водных ресурсов крупных магистральных каналов с каскадом насосных станций ирригационных систем. academic research in educational sciences volume 2 | ISSUE 2 | 2021 ISSN: 2181-1385 Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 DOI: 10.24411/2181-1385-202100193. Стр. 265- 273.

6. А.В. Кабулов, А.Ж. Сейтов, А.А. Кудайбергенов. Критерий управления задач оперативного управления водными ресурсами объектов водохозяйственных систем. ILIM ham JAMIYET. Стр. 6-8

7. АЖ Сейтов, БР Ханимкулов, М Гаипов, О Хамидуллаева, НК Мурадов.

Численные алгоритмы решения задач оптимального academic research in

educational sciences volume 2 | ISSUE 8 | 2021 ISSN: 2181-1385 Scientific Journal

Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research

Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89 DOI: 10.24412/2181-1385-2021-8-153-160

Academic Research, Uzbekistan 159 www.ares.uz Управления объектами

Google Scholar Scientific Library of Uzbekistan

Academic Research, Uzbekistan 755 www.ares.uz

Zamonaviy ta'limda matematika, fizika va raqamli texnologiyalarning dolzarb muammolari va yutuqlari

Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti

каршинского магистрального канала. Academic research in educational sciences. T. 2 № 3 pp. 1145- 1145.

8. А.Ж. Сейтов, Б.Р. Ханимкулов, М.А. Гаипов, М.Р. Юсупов. Зарафшон дарёси окимининг хосил булишига атмосфера ёгинлари ва хаво хароратининг таъсири. Academic research in educational sciences. T.2 №5. Стр. 156-162.

9. A.A. Kudaybergenov A.J. Seytov, A.R. Kutlimuradov, R.N. Turaev, N.K. Muradov. Mathematical model of optimal control of the supply canal to the first pumping station of the cascade of the Karshi main canal. International Journal of Advanced Research in Science, Engineering and Technology. T. 8 № 3 pp. 16790-16797.

10. A.J.Seytov, A.J. Khurramov, S.N.Azimkulov, M.R.Sherbaev, A.A.Kudaybergenov. S.Kh.Khasanova. International Journal of Advanced Research in Science, Engineering and Technology. T. 8 №2 ISSN: 2350-0328. Pp. 17177- 17185.

11. Рахимов Ш.Х., Сейтов А.Ж. Теоретико-множественная модель насосной станции, оснащенная осевыми поворотно-лопастными насосными агрегатами. Материалы республиканской научной онлайн конференции молодых ученых «современные проблемы математики и прикладной математики» посвященной 100 летию академика С.Х.Сираждинова (21 мая 2020 г.) Стр. 78-82.

12. Сейтов А. Ж., Кудайбергенов А. А., Хонимкулов Б. Р. Моделирования двумерного неустановившегося движения воды на открытых руслах на основе проекционного метода. сборник докладов Республиканской научнотехнической конференции «Инновационные идеи в разработке информационно -коммуникационных технологий и программных обеспечений» 15-16 мая 2020 года. САМАРКАНД. Стр. 60-63.

13. Рахимов Ш. Х., Сейтов А. Ж., Кудайбергенов А. А. Критерии управления задач оперативного управления водными ресурсами объектов водохозяйственных систем. Abstracts of IX International Scientific and Practical Conference Kharkiv, Ukraine 2-4 August 2020. Стр. 125-131. 14. Mekhriban Salaeva, Kakhramon Eshkaraev, Aybek Seytov. Solving mathematical problems in unusual ways with excellent limits. European Scientific Conference. Пенза, 17 мая 2020 года рр. 254-257.

14. А.Сейтов. Оптимальные методы управления водных ресурсов в крупных магистральных каналах ирригационных систем. AGRO ILM - O„ZBEKISTON QISHLOQ VA SUV XOJALIGI. Махсус сон. 2020. Ташкент. Стр. 84-86.

15. Ш.Х. Рахимов, А.Ж. Сейтов, А.А. Кудайбергенов. Оптимальное управление распределением воды в магистральных каналах ирригационных систем. ILIM

Zamonaviy ta'limda matematika, fizika va raqamli texnologiyalarning dolzarb muammolari va yutuqlari

Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti

ham JAMIYET. SCIENCE and SOCIETY Scientific-methodical journal Series: Natural-technical sciences. Social and economic sciences. Philological scienes. pp. 810. ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 8 | 2021 ISSN: 2181-1385 Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89 DOI: 10.24412/2181-1385-2021-8-153-160 Academic Research, Uzbekistan 160 www.ares.uz

16. А.В.Кабулов, А.Ж.Сейтов, А.А.Кудайбергенов, Критерий управления задач оперативного управления водными ресурсами объектов водохозяйственных систем. ILIM ham JAMIYET. science and society Scientific-methodical journal Series: Natural-technical sciences. Social and economic sciences. Philological scienes №2 2020. Pp.6-7.

17. Ш. Х. Рахимов, А. Ж. Сейтов, М. Р. Шербаев, Д. Жумамурадов, Ф. Ж. Дусиеров. Структура базы данных и программные модули для моделирования управления водными ресурсами каскада насосных станций каршинского магистрального канала. Мелиорация 2019 3(89) стр. 85-91. (№5, web of science IF=0.144)

18. А. Ж. Сейтов А. Р. Кутлимурадов Р. Н. Тураев Э. М. Махкамов Б. Р. Хонимкулов. Оптимальные управления водных ресурсов крупных магистральных каналов с каскадом насосных станций ирригационных систем. academic research in educational sciences volume 2 | ISSUE 2 | 2021 ISSN: 21811385 Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: (№5, web of science IF=5.723)

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.