Научная статья на тему 'INTEGRATIV YONDASHUV ASOSIDA BO‘LAJAK TARBIYACHILAR IJODIY FAOLIYATINI RIVOJLANTIRISH TIZIMINI TAKOMILLASHTIRISH'

INTEGRATIV YONDASHUV ASOSIDA BO‘LAJAK TARBIYACHILAR IJODIY FAOLIYATINI RIVOJLANTIRISH TIZIMINI TAKOMILLASHTIRISH Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
612
81
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
integrativ yondashuv / o‘qituvchi / ta’lim sifati / ijodiy faoliyat / mutaxassis / tafakkur / individuallik / tashabbus. / integrative approach / teacher / quality of education / creative activity / expert / thinking / individuality / initiative.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Razzakova Dilnoza Akramovna

Maqolada oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan bo‘lajak tarbiyachilarda ijodiy qobilyatni shakllantirishda integrativ yondashuvning ahamiyati va dolzarbligi haqida mulohaza yuritilgan. Faoliyatda qo‘llash mumkin bo‘lgan integrativ usullardan namuna keltirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

IMPROVING THE SYSTEM OF DEVELOPING THE CREATIVE ACTIVITY OF FUTURE TEACHERS ON THE BASIS OF INTEGRATIVE APPROACH

The article discusses the importance and relevance of an integrated approach to the formation of creative abilities in future educators studying in higher education institutions. Here are some examples of integrative techniques that can be used in practice.

Текст научной работы на тему «INTEGRATIV YONDASHUV ASOSIDA BO‘LAJAK TARBIYACHILAR IJODIY FAOLIYATINI RIVOJLANTIRISH TIZIMINI TAKOMILLASHTIRISH»

INTEGRATIV YONDASHUV ASOSIDA BO'LAJAK TARBIYACHILAR IJODIY

FAOLIYATINI RIVOJLANTIRISH TIZIMINI TAKOMILLASHTIRISH

Razzakova Dilnoza Akramovna

Qarshi Davlat Universiteti Pedagogika instituti Ta'lim tarbiya nazariyasi va metodikasi (Maktabgacha ta'lim) 1-kurs magistranti https://doi.org/10.5281/zenodo.6634947 Annotatsiya. Maqolada oliy ta'lim muassasalarida tahsil olayotgan bo'lajak tarbiyachilarda ijodiy qobilyatni shakllantirishda integrativ yondashuvning ahamiyati va dolzarbligi haqida mulohaza yuritilgan. Faoliyatda qo'llash mumkin bo'lgan integrativ usullardan namuna keltirilgan.

Kalit so'zlar: integrativ yondashuv, o'qituvchi, ta 'lim sifati, ijodiy faoliyat, mutaxassis, tafakkur, individuallik, tashabbus.

СОВЕРШЕНСТВОВАНИЕ СИСТЕМЫ РАЗВИТИЯ ТВОРЧЕСКОЙ ДЕЯТЕЛЬНОСТИ БУДУЩИХ УЧИТЕЛЕЙ НА ОСНОВЕ ИНТЕГРАТИВНОГО

ПОДХОДА

Аннотация. В статье рассматривается важность и актуальность комплексного подхода к формированию творческих способностей у будущих педагогов, обучающихся в высших учебных заведениях. Вот несколько примеров интегративных техник, которые можно использовать на практике.

Ключевые слова: интегративный подход, педагог, качество образования, творческая активность, эксперт, мышление, индивидуальность, инициатива.

IMPROVING THE SYSTEM OF DEVELOPING THE CREATIVE ACTIVITY OF FUTURE TEACHERS ON THE BASIS OF INTEGRATIVE APPROACH Abstract. The article discusses the importance and relevance of an integrated approach to the formation of creative abilities in future educators studying in higher education institutions. Here are some examples of integrative techniques that can be used in practice.

Keywords. integrative approach, teacher, quality of education, creative activity, expert, thinking, individuality, initiative.

KIRISH

Maktabgacha ta'lim tashkilotlari ta'lim-tarbiyaviy jarayon har tomonlama yuksak mahoratga ega bo'lgan kadrlar faoliyatini talab etmoqda. Bugun gi kunda ta'lim olayotgan bo'lajak mutaxassislarni kasbiy faoliyatga tayyorlashda mazkur ehtiyojga zarur shart sifatida qarashni talab etadi. Chunki to'liq ish jarayoniga kirib borayotgan mutaxassis o'zida kasbga oid bilimlarni shakllantirmas ekan, uning faoliyati samarasiz va eng achinarlisi, rivojlanish jarayonidagi bolalarning o'sish sur'atlariga putur yetishi kuzatiladi. Shuning uchun bo'lajak tarbiyachilarni tayyorlashda bugungi kundagi global muammolarga yechim topa oluvchi, faoliyatini hamisha mazmunli bo'lishini ta'minlovchi pedagog sifatida shakllantirish muhim sanaladi.

Bo'lajak tarbiyachilarni innovatsion faoliyatga tayyorlashda kasbiy kompetensiyalarning tarkib toptirilishiga alohida e'tibor qaratiladi. Kompetentlik ta'limni rivojlantiruvchi kuchi hisoblanadi. Shuning uchun har bir pedagog o'zida kompetentlikning

barcha ko'rinishlarini shakllantirishi zarur bo'ladi. yetuklikni shakllantiruvchi sifatlardan biri sanaladi.

Xususan, ijodiy faoliyat kasbiy

TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI

Integratsiyaning psixologik asoslari Ye.N.Kabanova Meller, Yu.A.Samarin, I.A.Mironenko, B.G.Ananyeva, P.K.Anoxin, S.L.Rubinshteyn, E.G'oziev, L.S.Vigotskiy. N.Poddyakova kabi olimlar ishlarida o'z aksini topgan.

Psixolog P.K.Anoxin, E.G'ozievlar miyaning ish faoliyati tizimli integratsiyalashgan axborotlarga bog'liq bo'lishi, axborotlarni integrallashgan ko'rinishda qayd qilish individiing o'zini boshqarish faolligini oshirishga. umumlashtirishga, ijodiy qobiliyatining shakllanishnga olib kelishini asoslab berganlar.

N.Poddyakova, B.G.Ananyevalar inson rivojlanishida ijtimoiy, tabiiy, psixofiziologik integrallashgan bilimlar uzluksiz zarurligini o'z tadqiqotlarida isbotlaydilar.

I.A.Mironenko XXI asrda zamonaviy insonda bioijtimoiy xarakter ruhiyatini shakllantirish, buning uchun ko'p strukturali formatsiyada hamkorlikda integratsiya va tizimli tadqiqot ishlarini olib borish imkoniyatini yaratish g'oyasini ilgari suradi. Bu maktablar oldida turgan asosiy muammolardan biridir, deb ta'kidlaydi.

L.S.Vigotskiy va S.L.Rubinshteynlar shaxs ruhiyatini rivojlanishida dunyo fanlarining ahamiyati va ularni to'liq integratsiyasiga sharoit yaratish g'oyasini ilgari surganlar.

Yu.A.Samarin assotsiativ fikrlash g'oyalari asosida integratsiyalab o'qitishning psixologik asosini yaratdi. Assotsiatsiya - lotincha so'z bo'lib, birlashish, uyushish ma'nosini anglatadi.

TADQIQOT NATIJALARI

Maktabgacha ta'lim yo'nalishida bo'lajak kadrlar salohiyatini oshirishdan maqsad bu -bolani maktab ta'limi jarayoniga har tomonlama tayyorlashdan iborat. Bolalarning intellektual shaxs bo'lib shakllanishida maktabgacha yosh davri muhim o'rinni egallaydi. Xususan 5 yoshga qadar bolada barcha shaxsiy sifatlar deyarli tarkib topib, rivojlanib bo'lishini hisobga oladigan bo'lsak, demak, maktabgacha ta'lim sohasida yangicha yondashuvlarga asoslangan ta'lim-tarbiya texnologiyalar sifatini yanada chuqurlashtirish naqadar zaruriy jarayon ekanligi anglab yetiladi. Bugungi kunda ta'lim sohasida ommalashib borayotgan yo'nalish sifatida integrativ yondashuv o'ziga xos o'ringa ega. Chunki bo'lajak tarbiyachilarda ma'naviy-axloqiy tarbiya va zamonaviy ta'lim sharoitlarini tashkil etishda integrativ yondashuv asosidagi loyihalarini yaratish ta'lim sifat-samaradorligini oshiradi. Talabaning kasbga tayyorlik darajasi deganda, uning mutaxassislikka oid bilimlari, axloqi hamda ijodiy rivojlanish ko'rsatkichlari nazarda tutiladi. Ayrim sabablar natijasida bu xususiyatlar barcha talabalarda bir maromda rivojlanmasligi mumkin. Integrativ yondashuvni joriy qilish natijasida talabalarning har tomonlama kasbiy faoliyatga tayyorlik xususiyatlarining rivojlanishiga erishiladi. Jahonning ko'plab mamlakatlarida rivojlantirib kelinayotgan bu tizim bir qator afzalliklarga ega. Shuning uchun ta'lim samaradorligini oshirish va talabalarda ijodiy tashabbuskorlik sifatlarini takomillashtirishga qaratilgan ta'limning noan'anaviy metodlari qatorida integrativ yondashuv asosidagi ta'limning ahamiyati dolzarb o'rinda turibdi.

Bo'lajak tarbiyachilar kasbiy faoliyati davomida bolalarni kelgusida tabiiy, aniq va ijtimoiy-gumanitar fanlarni to'g'ri o'zlashtirib borishlariga yordam beruvchi fundamental

bilimlarni ular ongiga singdirishda integrativ yondashuvdan foydalanish yuqori samara beradi. Integratsiyani bilimlarning o'zaro uyg'unlashuvi, bir-birini to'ldiruvchi va bir-birini tushuntiruvchi bilimlar yig'indisi, deb olsak, uning tub mohiyatini aniqlash osonroq kechadi. Integratsiya ta'lim maqsadi sifatida olam tizimining alohida qismlari bog'liqligini ko'rsatuvchi bilimlarni berish emas, bolani barcha elementlari bir-biriga bog'liq yaxlit olamni tasavvur qilishiga birinchi qadamlarida o'rgatishi kerak.[1] Integratsiya - predmetli bilimlar chegarasida yangi tasavvurlarni qabul qilish vositasi. Shunday qilib, bolada olamning turli-tumanligi haqida keng tasavvur hosil qilish va uni o'rganishga nisbatan maqsadli qiziqishni shakllantirishda integrativ ta'sir usuli tarbiyachi-pedagog uchun eng maqbul yo'l bo'lib maydonga keladi.[2]

Ijodiy faoliyat insonning musta'qil ravishda o'z bilimlarini mustahkamlash jarayonida unda shakllanuvchi mantiqiy tafakkur hisoblanadi. Ijodiy faoliyat insonning boy tafakkuri mevasi hisoblanadi. Psixologlarning ta'biricha, ishlash, ya'ni tafakkur - odam miyasida sodir bo'ladigan jarayon. Mulohaza yuritib, narsa va hodisalar o'rtasidagi munosabatlar, xossalar, xususiyatlar, ularni bir-biri bilan bog'lab yoki ajratib turuvchi vositalar hamda ularning faoliyati mexanizmlarini anglab yetadi. Bu haqiqatni A.Navoiy bundan necha yuz yillar ilgari: «har ishki qilmish odamizod, Tafakkur birla bilmish odamizod»,- deya ifodalaganlar. Tafakkurga xos bo'lgan teranlik, tiniqlik, mantiqlilik, erkinlik, mustaqillik, badiiylik, ijodiylik inson ishi darajasini ko'rsatuvchi xususiyatlardir.[3] Bundan ko'rinib turibtiki, talabalarda ijodkorlikni tarbiyalashda, avvalo, ularda boy tafakkur, mantiqiy fikrlashni tarkib toptirilishi zarur. Bunda integrativ yondashuv yuqori samaradorlikni berishi mumkin. Ta'limni amaliyot bilan bog'lash, tajriba-sinov ishlari bilan bog'lash va ijodiy topshiriqlar berib borish kabi usullarni dars jarayoniga uyg'unlashtirish bu integrativ yondashuvga misol bo'la oladi.

MUHOKAMA

O'qituvchining bo'lajak tarbiyachilar ijodiy individualligini oshirish bo'yicha faoliyati quyidagilardan iborat:

- intellektual - ijodiy tashabbus;

- bilimlar kengligi va chuqurligi intellektual qobiliyati;

- ziddiyatlarga nisbatan hushyorlik, ijodga tanqidiy yondashuv, vujudan yaratuvchilikka kurashuvchanlik qobiliyati;

- axborotlarga tashnalik, muammolardagi g'ayri odatiylikka va yangilikka bo'lgan his-tuyg'u, professionalizm, bilishga bo'lgan chanqoqlik.[4]

Ta'limdagi interfaol usullar bugungi kunda eng samarali yondashuvlardan biri sanaladi. Interfaol usullar asosida dars jarayonini tashkil etish - bu o'quvchini mavzuga qiziqishini oshiradi, faollik ko'rsatishga turtki beradi. Integrativ yondashuv asosida bo'lajak tarbiyachilar ijodiy faoliyatini takomillashtirishda quyidagi usullardan foydalanish mumkin:

Amaliyot bilan bog'liq tajriba darslari. Bunday darslarni bevosita maktabgacha yoshdagi bolalar bilan olib borish mumkin. Bolalar psixologiyasi, ijtimoiy moslashuv fanlarining amaliy qismini shunday usullarda tashkil etish orqali, nazariyani amaliyotda sinash orqali bilimlar mustahkamlanadi. Shuningdek amaliy topshiriqlar bevosita bolalar ishtirokida o'tganligi bois, yangicha fikrlar va yondashuvlarga tayanilgan yaxlit bilimlar shakllanadi.

Musta'qil tadqiqot natijalariga asoslangan integral darslar. Bunday darslarda keying dars uchun topshiriq beriladi va bu topshiriqlar mazmuni o'tilajak mavzu asosidagi musta'qil

izlanishga asoslanadi. Bo'lajak tarbiyachilar topshiriqni bevosita amaliyot ob'ektlarida bajaradilar va natijalarini dars jarayonida muhokama qiladilar.

Darslarda loyiha taqdimotlarini tashkil etish. Loyiha shaklini yaratish o'qituvchi tomonidan tushuntirilib turiladi. Talabalar kichik guruhlarga bo'lingan holda taqdimot yaratib, ushbu taqdimotni guruhda namoyish qiladilar.

Mazkur metodlarga yana qo'shimchalar kirgizish va yanada boyitish mumkin. Muhimi, barcha faoliyatlar bir yoqlama emas, ko'p turdagi faoliyatlardan tashkil topishi va bu faoliyatlarda mavzuga turli tomondan yondashuv tarkib topsin.

Fanlarni integratsiyalab o'qitishda integrativ materiallarga tayaniladi. Integrativ materiallar quyidagi talablarga javob berishi kerak: qiziqarli, ilmiy, o'quvchilar yosh xususiyati, psixo-fiziologiyasiga mos bo'lishi; oddiy, sodda tilda yozilgan, tushunarli tarzda bayon etilishi lozim. Integrativ material tarixiy, milliy, umuminsoniy xarakterga ega bo'lishi zarur.

Jahondagi ko'pgina mamlakatlar ta'lim tizimida integrativ xarakterdagi o'quv dasturlari va darsliklardan foydalanilmoqda, Jumladan, Angliyada tabiiy fanlar modulli integratsiya asosida, Vengriyada barcha tabiiy fanlar integratsiya asosida o'rganiladi. Gong-Kongda xam integrativ dasturlar joriy etilgan.

Respublikada fanlarni integratsiyalab o'qitish bo'yicha bir qancha ijobiy ishlar qilingan bo'lsada, hali ko'pgina muammolar hal etilmagan:

- oliy ta'lim muassasalari uchun integratsiyalashgan ta'lim kontseptsiyasi ishlab chiqilmagan;

- o'quv predmetlarining integratsiyalashgan mazmuni va uni o'qitish metodikasi yaratilmagan;

- o'quv predmetlari mazmunini integratsiyalashning shakl va metodlari ishlab chikilmagan;

- o'qituvchilar o'quv predmeti mazmunini integratsiyalab o'qitish metodlarini aniq tasavvur eta olmaydilar.[5]

XULOSA

Integrativ ta'lim asosida o'quvchi olamning fizik, biologik, ximik, matematik, texnik-texnologik manzarasi haqida to'liq tasavvurga ega bo'ladi. Tabiat go'zalligini his qila olish, undan zavqlanish, e'zozlashga oid estetik zavq shakllanadi.

Fanlarni integratsiyalash tendensiyasi, materiya harakatining o'zaro aloqa shaklini anglash va uning organik birlikda tuzilishini ilmiy metodologik asoslari orqali tushuntirishdan iborat.

Integratsiyalashgan ta'lim global texnik, texnologik, iqtisodiy ekologik muammolarni yechishga imkoniyat yaratadi. Shuning uchun integratsiyalashgan bilimlarga ega bo'lgan shaxslarni shakllantirish davlat siyosati darajasiga ko'tarildi.

Yurtimizda ta'limga e'tibor rivojlanayotgan bugungi sharoitda hech bir pedagog yangiliklarga befarq bo'lmasligi, faoliyatini innovatsion usullarda tashkil etishi lozim. Bu esa kelajakka tayyorlanilayotgan bo'lajak mutaxassislarni ijodiy qobilyatlarini rivojlantirishga xizmat qiladi. Integrativ yondashuv Talabani musta'qilikka va ijodkorlikka yo'naltiradi. Bu esa ta'lim sifatini ko'tarib, ilmiy rivojlanishlarga yetaklaydi. Odamning ishlashi qancha erkin bo'lsa, u shuncha izlanuvchan, ijodkor bo'ladi. Shakllanayotgan pedagog oilada kattalar, oliygohda o'qituvchilar hokimligidan qutulsa, uning ruhiy, aqliy, jismoniy imkoniyatlariga qarab ish tutilsa,

undada o'z hatti-harakati uchun javobgarlik hissi paydo bo'ladi. U o'z ishi, qarashiga ega bo'ladi. Ijod egasi hamisha o'z qarashlarini asoslaydi, kerak bo'lganda himoya qiladi. Shuning uchun yurtimizda mustaqil izlanuvchi shaxslardan iborat barkamol avlod tarbiyasiga alohida e'tibor siyosat darajasiga ko'tarila oldi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. R.A.Mavlonova. N.H.Rahmonqulova. "Boshlang'ich ta'limni integratsiyalashgan pedagogikasi" Toshkent - "ILM ZIYO" 2009 y. 56 b.

2. F.A.Boltayeva. The Essence of Integrating Innovative Technologies in Preschool Education. Pindus Journal Of Culture, Literature and ELT. 110 b https://literature.academicjournal.io/index.php/literature/article/view/256

3. A. Munavvarov tahriri ostida. Pedagogika. - T.: O'qituvchi, 1996. -200 b.

4. Nishonova Z. Mustaqil ish rivojlanganligining psixologik mezonlari. Xalq ta'limi. -2001. -3. -B.64-69.

5. Musaev UD. Integratsiya - ta'lim jarayonini optimallashtirishning muhim printsipi. // J. Xalq ta'limi, 2002. № 6. - 4-6 bet.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.