Научная статья на тему 'CHET ELLIKLARGA O`ZBEK TILINI INTEGRATIV YONDASHUV ASOSIDA O'QITISH METODIKASINI TAKOMILLASHTIRISH'

CHET ELLIKLARGA O`ZBEK TILINI INTEGRATIV YONDASHUV ASOSIDA O'QITISH METODIKASINI TAKOMILLASHTIRISH Текст научной статьи по специальности «Биологические науки»

528
91
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
til / pedagogika / integrativ yondashuv / kommunikativ / o„zbek tili.

Аннотация научной статьи по биологическим наукам, автор научной работы — Gulruxsor Nurmatzod Ergasheva

O„zbek tilini xorijiy til sifatida o„qitishga bo„lgan talab oshib borayotgan bir vaqtda , ilmiymetodik tadqiqotlarga bo„lgan ehtiyoj ham dolzarblashmoqda. Xorijiy til o„qitish tarixida grammatik tarjima, audio-lingual, kommunikativ va boshqa yondashuvlardan foydalanib kelingan. Integrativ yondashuv asosida o„qitish til egallashning barcha ko„nikmalarini( o„qib tushunish, tinglab tushunish, gapirish, yozish) qamrab olishi bilan ham boshqa yondashuvlarga nisbatan samaraliroq. Maqolada o„zbek tilini integrativ yondashuv asosida o„qitishni takomillashtirish bo„yicha kichik tajribalar va ishlanmalar keltirilgan. Integrativ yondashuv asosida o„qitishning o„ziga xosliklari, afzalliklari va darslarda ishlatish mumkin bo„lgan materiallar hamda ularning tahlili keltirilgan. Maqoladan o„qituvchilar, tadqiqotchilar, magistrantlar va qiziquvchilar ma‟lumot olishlari mumkin.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «CHET ELLIKLARGA O`ZBEK TILINI INTEGRATIV YONDASHUV ASOSIDA O'QITISH METODIKASINI TAKOMILLASHTIRISH»

CHET ELLIKLARGA O ZBEK TILINI INTEGRATIV YONDASHUV ASOSIDA O'QITISH METODIKASINI TAKOMILLASHTIRISH

Gulruxsor Nurmatzod Ergasheva

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti

tayanch doktoranti

ANNOTATSIYA

O'zbek tilini xorijiy til sifatida o'qitishga bo'lgan talab oshib borayotgan bir vaqtda , ilmiy- metodik tadqiqotlarga bo'lgan ehtiyoj ham dolzarblashmoqda. Xorijiy til o'qitish tarixida grammatik tarjima, audio-lingual, kommunikativ va boshqa yondashuvlardan foydalanib kelingan. Integrativ yondashuv asosida o'qitish til egallashning barcha ko'nikmalarini( o'qib tushunish, tinglab tushunish, gapirish, yozish) qamrab olishi bilan ham boshqa yondashuvlarga nisbatan samaraliroq. Maqolada o'zbek tilini integrativ yondashuv asosida o'qitishni takomillashtirish bo'yicha kichik tajribalar va ishlanmalar keltirilgan. Integrativ yondashuv asosida o'qitishning o'ziga xosliklari, afzalliklari va darslarda ishlatish mumkin bo'lgan materiallar hamda ularning tahlili keltirilgan. Maqoladan o'qituvchilar, tadqiqotchilar, magistrantlar va qiziquvchilar ma'lumot olishlari mumkin.

Kalit so'zlar: til, pedagogika, integrativ yondashuv, kommunikativ, o'zbek

tili.

KIRISH

O'quv jarayonini tashkil etishdagi eng asosiy vazifa pedagogik texnologiyadan samarali ва o'rinli foydalanish ekanligi ayni haqiqatdir. Ammo shu kunga qadar foydalaniladigan pedagogik texnologiyaning aksariyati nazariy muammolarga bag'ishlangan shuning uchun ham ularning, amaliyotga ta'siri kamroq. Buning uchun zamonaviy texnologiyalarni tezroq amaliyotga joriy etish usullarini ishlab chiqish talab etiladi.

Ta'limda o'quvchilarga ma'lum bilimlar tizimini yetkazib,ularni faqat eslab qolib bilim shaklida saqlashni o'zi yetarli emas. Bilimlar amaliyotga tadbiq etilishi, zamonaviy bilim olishda motivatsiya uyg'otishi, mustaqil bilim olish ishtiyoqini hosil qilishi va integratsiya asosida ta'lim berish dolzarb vazifalardandir.

February, 202

988

Pedagogik texnologiya ana shunday maqsadni ro'yobga chiqarishga yo'naltitilgan ta'lim tizimidir. Texnologiyalarning asosiy talabi-o'quvchilarning puxta bilim olishi, bilimlarni o'zlashtirishda faollik ko'rsatishi, mustaqil fikrlashi, ta'limda aniq samarador natijaga erishishdir. Pedagogik texnologiya turli-tuman qirralarga ega. Biz ushbu bobda o'zbek tilini xorijiy til sifatida integrativ o'qitish masalasi va shu orqali samarali natijaga erishish yo'l-yo'riqlari haqida to'xtalmoqchimiz.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

"Integratsiya"-ayrim bo'laklarning yoki elementlarning bir-biriga qo'shilishi, bir butunga aylanishi, yaxlitlanishidir . "Integratsiya" tushunchasi XVIII asrdayoq Spenser tomonidan izohlangan edi"

Integratsiya - «butun» degan ma'noni bildiradi, demak, bu tafakkur o'sishi jarayonining turli qism va elementlarini bitta butunga birlashtirish bo'lib hisoblanadi. Texnologiyalar va yondashuvlar asrlar davomida sayqallanib bugungi kunda maromiga yetish holati bilan birga yangi turlari va yondashuvlar ham kirib kelmoqda.

Integratsiya fanlarning mexanik birlashishi emas, bu sintez, yangi narsaning kelib chiqishi, kashfiyotdir. Alohida sistemalarning yaqinlashishi, bog'lanishi va yagona bir yangi narsaning yaratilishidir.

"Integratsiya - differensiatsiyaning aksi bo'lib, unga teskari bo'lgan jarayondir. Uni quyidagi yo'nalishlarda tatbiq etish maqsadga muvofiq:

a) o'quv predmetlari va fanlar doirasidagi mazmunni integratsiyalab o'rganish;

b) turli o'quv predmetlaridan tahsil beruvchi shaxslarning faoliyatlarini integratsiyalash;

v) ta'lim-tarbiya ishini tashkil etish shakllari yoki o'quv kunini integratsiyalash.

Tadqiqotchi B.S.Abdullayeva ham fanlararo aloqadorlikni quyidagi turlarga ajratadi: 1) mazmunli; 2) operatsion; 3) metodik; 4) tashkiliy" Umuman o'quv jarayonida yuqorida qayd etilgan integratsiya turlaridan to'la foydalaniladi. Odatda, g'arb metodikasi tomonidan biror yondashuv va metod haqida, uning yangiligi va samaralari haqida ma'lumot berilganda sharq metodistlari " Bu bizda avvaldan bor edi, biz doim buni qo'llaganmizku" deyishadi. Aslida ham hamma usullar va metodlar doimo qo'llangan faqat o'rinli qo'llana boshlangandan keyingina ular faollashadi. Abdullayeva ta'kidlaganidek, ko'nikma, malakalar fikrlash operatsiyalari orqali o'quv -tarbiya jarayonini tashkil etadi.

Bugungi kunda ta'lim sohasida talaygina o'zgarishlar o'qitish dasturlari va darsliklariga ham o'z ta'sirini ko'rsatish

bilan bir qatorda xorijiy til o'qitish tizimini ham

February, 202

takomillashtirmoqda. Integrativ yondashuv asosida o'qitish ommalashib ko'plab davlatlar integrativ ta'lim talabiga mos darsliklar ishlab chiqmoqdalar

Jumladan, Buyuk Britaniya ta'lim tizimida asosan integrativ fanlar joriy qilingan bo'lsa, Koreya va Shveysariyada integratsiyalashgan fanlar, Vengriyada madaniyat yo'nalishidagi o'quv fanlari, Irlandiyada fan va texnika kabi bloklarda barcha o'quv fanlari mujassamlashtirilgan holda o'qitiladi.

A.G'ulomov hamda H.Ne'matovlar ta'kidlashicha, boshqa fanlardan olingan ma'lumotlardan foydalanib, o'quvchilarni nutq uslublari bilan tanishtirish imkoniyatiga ega bo'lmoq lozim. O'quvchilar badiiy uslubni adabiyot, ilmiy uslubni biologiya, kimyo, fizika, matematika, ish qog'ozlari uslubini huquq asoslari fanlaridan olingan materiallar asosida o'rganishlari zarur.

Bizningcha, til ta'limida fanlararo bog'lanish (integratsiya) tamoyilini ijobiy hal etish uchun dastur hamda darsliklarda berilgan materiallarning amaldagi tizimini alohida ishlab chiqish lozim. Bu jarayonlarda o'qituvchining ijodkorligi muhim ahamiyatga ega.

O'qituvchining ijodkorligi shundaki, ular fan uchun ma'lum, ammo o'quvchi bilmaydigan tomonlarni, avvalo, o'zi loyihalaydi va o'quvchilarini ham shunga undaydi. Integratsiya insonning dunyoni kengroq tushunishi uchun bir yo'l bo'lib, u orqali o'quvchilar dunyoqarashi kengayadi insoniyat qonuniyatlarini chuqur anglaydi, aloqadorlikni bilib oladi. O'quvchilarni ijod qilishga o'rgatish, izlanishga yo'naltirish, tasavvur, fantaziyani hosil qilish, o'qitishning zamonaviy usullariga kiradi.

Xo'sh, xorijiy til o'qitishda qanday qilib integrativ usuldan samarali foydalanish mumkin? Buning afzalliklari nimada?

O'zbek tilini xorijiy til sifatida integrativ o'qitishning mazmuni ikkinchi prinsipga ko'ra chet tildagi nutq farqlanib, til materiali esa yaxlit tarzda o'rganiladi. Chunki gapirish, tinglab tushunish, o'qish va yozuv o'ziga xos xususiyatga molik.

Integral yondashuv til aspektlarini o'qitishdir. Bu o'zida til o'rgatishning tinglab tushunish, gapirish, o'qib tushunish, yozish kabi ko'nikmalarni rivojlantirishni qamrab oladi. Richard va Rogers (2001) buni shunday ta'riflaydi: " Til ko'nikmalarini o'qitishning integrallashgan yondashuvi bu - o'qish, yozish, tinglash til ko'nikmalarini o'rgatish va bir- biri bilan birgalikda gapirish, chunki dars tinglash va o'qish va yozish orqali gaplashish bilan bog'liq faoliyatni o'z ichiga oladi. Afanning so'zlariga ko'ra(2014), til o'rgatishning integrativ yondashuvi samarali til o'rgatish yondashuvi bo'lgani uchun ham muhimdir. Bu dars jarayoniga yoki topshiriqlarda ikki tildagi ko'nikmani kiritish demakdir.

Integratsiyalash til ko'nikmalarini o'rgatishning to'liq

February, 202

yondashuvi yoki ko'p malakali o'quv dasturlari asosida o'rgatish sifatida tavsiflanadi.

Bu yondashuvda barcha til ko'nikmalari birgalikda o'rgatiladi. Til ko'nikmalarini o'rgatishning integratsiyalashgan yondashuvi butun til yondashuvidir. Ya'ni dars jarayonida yoki umuman darsdan tashqari ham avval o'qish, keyin tinglash, gapirish va yozish qobilyatlari bilan ham shug'ullanadi. Bu yondashuv akademik bilimga qo'shimcha ravishda muloqotga urg'u beradi. Har bir ko'nikmaning mustahkamlash bosqichi muloqotga kirishish biln yakun topadi. Masalan boshlang'ich daraja A2 uchun foydalanilgan "Sevimli mashg'ulotim " mavzusi 7 qismdan iborat:

1. Lug'at

2. O'ziga xos mashhurlik(o'qib tushunish)

3. Buyruq mayli, qila olmoq.( grammatika)

4. Bo'sh vaqtingizni qanday o'tkazasiz?(tinglab tushunish)

5. Mening sevimli...(gapirish)

6. Teatr yoki kino(yozish)

7. Andijon polkasi haqida eshitganmisiz?(madaniyat)

Integrativ yondashuv asosida tuzilgan ushbu dars ishlanmada barcha darslar suhbat bilan boshlanadi va gapirtirishni rivojlantirish bilan yakunlanadi. Quyida "O'zbekona" (A2) darsligining 9- mavzusi asosida tayyorlangan dars ishlanmasi keltiriladi. Integrativ yondashuv asosida til o'qitishda har bir ko'nikmani o'qitishniboshlashdan avval shu mavzu bo'yicha til o'rganuvchining akadem bilimlarini charxlab olish mavzuni o'zlashtirish jarayonini tezalshtirish bilan birga darsga maqsadli ravishda pozetiv ruh olib kiradi.mavzuning birinchi qismiga kirishishdan avval Rasmlarni tasvirlang sharti asosida berilgan L1 topshirig'i til o'rganuvchiga o'tiladiga dars mavzusi haqida signal beradi. Bu xuddi och qoringa suv ichib "oshqozonga ovqat kelyapti" degan ogohlantirishni berganga o'xshaydi. Har bir mashq va topshiriq osondan murakkabga qarab rivojlanib boradi. Yakunlovchi mashq yoki topshiriq shu qisim bo'yicha umumiy javob berishi mumkin bo'lgan savol bilan tugallanadi ya'ni butun mashqlar davomida shu va shunga o'xshash savollarga javob beraolishga tayyorlandi degan maqsadda.

L6. Juftlikda ishlang. Do'stingizdan so'rang.

Sizning sevimli mashg'ulotingiz nima?

Mening sevimli mashg'ulotim_,chunki_

Ko'rinib turganidek, lug'at qismini o'zlashtirish orqali til o'rganuvchi o'zining, do'stining, oila a'zolarining sevimli mashg'uloti haqida gapira oladi. O'qib tushunish qismida berilgan materiallarni o'zlashtirish

orqali esa quyidagi savollarga javob bera oladi:

February, 202

Sizning sevimli mashhurlaringiz bormi ?

Ular nimani yaxshi ko'radi?

Nimani yomon ko'radi?

Nimaga qiziqadi?

Siz ularga taqlid qilganmisiz?

Namuna: mening sevimli__. U_ni yaxshi ko'radi,

_ni yomon ko'radi._ga qiziqadi.

Tinglab tushunish ko'nikmasini rivojlantirish uchun berilgan audio topshiriqlar va mashqlarni o'zlashtirish orqali esa mavzuga oid quyidagi savolga javob bera oladi. T4. Juftlikda ishlang. Do'stingizdan so'rang. Siz bo'sh vaqtingizni qanday o'tkazasiz?

NATIJALAR VA MUHOKAMA

Integrativ yondashuv asosida o'qitishda gapirish ko'nikmasini takomillashtirish uchun lug'at, o'qib tushunish, grammatika, tinglab tushunish kabi qismlari o'zlashtirish talab etiladi. To gapirish qismiga kelgunga qadar til o'rganuvchi lug'at bazasi va gapirish uchun sturkturalani o'zgalashtiradi bu esa gapirish qismida til o'rganuvchini mavzu yuzasidan fikrlani bemalol ifodalay olishi uchun imkoniyat yaratib berish bilan bir qatorda "gapirib berdim", "yaxshi gapirdim", "ayta oldim" degan ichki ishonchni shakllantiradi, psixologik jihatdan pozetivlik til o'rganish uchun zaruriy motivatsiyani bera oladi.

Gapirish qismi gapirishni intensiv usulda turli xildagi mashq va topshiriqlar orqali rivojlantirishga qaratilgan. E'tibor bering:

S1.Siz bu filmlar bilasizmi? Ularning nomlarini belgilang. (Uyda yolg'iz B kelinlar qo'zg'aloni d) Titanik e) Kavkaz asirasi)

Bu akadem bilimlarni aniqlash uchun gapirtiruvchi kiruvchi mashq.

S2. Tinglang va savollarga javob bering.

U qaysi filmni yaxshi ko'radi?

Filmning qahramonlari kimlar?

Film nima haqida?

Filmning aktyorlari kimlar?

Tinglash orqali gapirish ko'nikmasiga ta'sir etuvchi rivojlantiruvchi mashq.

Albatta, gapirish qismida har bir mavzuga oid sayqallovchi qism bo'lishi zarur. Sayqallovchi qism til o'rganuvchini jonli tilga yanada yaqinlashtiradi nutqiga reallik baxsh etadi.

February, 202

Nutqimizni boyitamiz

Ammo\lekin biroq

Afsuski,

Balki,

Yaxshi borib keling Maroqli Esda qolarli Unutilmas

Kino\musiqa yulduzi

Berilayotgan barcha topshiriqlar va mashqlar har bir qismda so'zdan boshlab rivojlantirib gap va matngacha yetkaziladi shartlar ham soddadan murakkabga qarab 1 shartli, 2 shartli 3 shartli 4 shartli kabi o'sib boradi.

Juftlikda ishalang. Do'stingizda so'rang jadvalni to'ldiring va aytib bering.

Sening kasbing nima?

Sevimli musiqangiz qaysi?

Sevimli musiqa asbobingiz qaysi?

Sevimli sportingiz qaysi?

Sevimli taomingiz qaysi taom?

Sevimli mashg'ulotingiz nima?

Sevimli filimingiz qaysi?

Sevimli aktyoringiz kim?

Uch shartli mazkur topshiriq dastlab savollarni tushunish, do'stidan so'rash orqali javobni tushunish, jadavlni to'g'ri to'ldirish va aytib berish kabi to'rt xil faoliyatni taqazo etadi. Bu topshiriq til o'rganuvchi o'zlashtirgan bilimini guruhdagilari bilan taqqoslash bilan bir qatorda, mustahamlash vazifasini ham bajaradi.

Ko'rinib turganidek, bu sinfdagi haqiqiy vaziyat orqali integrativ o'qitish mumkin. So'zlashuv ko'nikmalarini mashq qilish orqali, nafaqat, gapirishga balki, tinglashga ham e'tibor qaratadi.

XULOSA

Xulosa qilib aytganda, integrativ yondashuv orqali til o'rgatish, nafaqat, andragogik ta'limda, balki bolalar ta'limida tez va yuqori samara bera oladi. Shuning uchun ham, o'zbek tilini xorijiy til sifatida o'qitish bo'yicha integrativ yondashuv asosidagi dastur va darsliklarini yaratish hamda amaliyotga tadbiq etish muhim.

February, 202

993

REFERENCES

1. Yusupova Sh., Rejapova D. Integratsiyali darslarni tashkil etish metodikasi. Andijon 2007. -B. 3

2. Yusupova Sh., Rejapova D. Integratsiyali darslarni tashkil etish metodikasi. Andijon 2007. -B. B. 4

3. Ta'lim taraqqiyoti . -T.: Sharq, 1999.-B. 48.

4. G'ulomov A., Ne'matov Sh. Ona tili ta'limi mazmuni-T.: O'qituvchi, 1995.-B. 38

5. Ergasheva G. Adilova S va MO'TUL jamoasi.O'zbekona A2.-T.: Muharrir, 2021.-B. 300

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

© • ©

February, 202^

©

994

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.