XITOY TILINI O'RGANISHDA ZAMONAVIY POLIGLOTLAR TAJRIBASIDAN FOYDALANISH
d 10.24412/2181-1784-2021-1-315-320
Shasaidova Lola Shamaksudovna
O'zDJTU (Phd)
Annotasiya. Xitoy tili yoki boshqa biron tilni o 'rganishda, albatta buni samarali uddalagan insonlar tajribasidan foydalanish mumkin.
Maqolada tilga olingan mashhur poliglotlar hamkasblari orasida til o 'rganish sohasidagi mutaxassislar sifatida tanilgan. Shuningdek, o 'rgangan tillari turkumida xitoy tili ham borligi, ularning taklif va maslahatlarini o 'z tajribalari mahsuli sifatida, mazkur tilni o 'rganishda katta amaliy ahamiyat kasb etadi.
Kalit so'zlar. xitoy tili, poliglot, o'qitish usullari, tajriba, uslub.
Using the experience of modern polyglots in learning Chinese
Annotation. Even if you just want to learn Chinese or know a few words in another language, it might help to get advice from people who have done it multiple times over.
We're going to describe more about some of the world's most famous polyglots, and their motivational perspectives on language learning. Each of the famous polyglots below are well-known by their peers as experts on language learning.
Key words. Chinese, polyglot, teaching methods, experience, style.
Poliglot atamasi uchdan ortiq tilda so'zlasha oladiganlar uchun ishlatiladi. Dunyo aholisining atigi 3 foizi to'rt yoki undan ortiq tilda so'zlasha oladigan insonlardir.
Xitoy tili ta'limida dunyoning eng mashhur poliglotlari va ularning til o'rganish tajribalari, tavsiyalarini inobatga olish yaxshi samara beradi deb, bemalol aytish mumkin. Zamonaviy poliglotlarning har birinining o'z tajribasi, o'zgacha yondashuvi, tavsiyalari mavjud bo'lib, birgina maqolaning o'zida yoritib berishning imkoni yo'q. Quyida keltirilgan poliglotlarning o'rgangan tillar turkumida xitoy tili ham bor. Ularning tajribalari xitoy tilini o'rganayotgan yoki o'rganishni maqsad qilganlar uchun metodik va motivasion ko'mak beradi degan, umiddamiz.
315
Stiv Kaufman. Tilni keng qamrovda matn o 'qish va tinglab tushunish orqali o 'zlashtirish usuli.
Stiv Kaufman kanadalik poliglot bolib, 75 yoshida ham tillarni o'rganayotgani, motivatsion muammosi bo'lgan har bir til o'rganuvchini jiddiy ilhomlantiradi.
Stiv yigirmadan ortiq tilda muloqot qila oladi. Shu bilan birga taniqli YouTube blogeri sifatida Lingq.com 1 kanalida mazmunli kontent orqali til o'rganish kurslarini olib boradi.2 Stivning til o'rganish bo'yicha o'z uslubini yaratishiga maktablarda qo'llaniladigan til o'qitish usullaridan qoniqmasligi, natijada tillarni yaxshi o'rgana olmagani sabab bo'lgan. U har bir tilni o'rganish tarixi, metodi va natijada nimalarga erishganligi haqida barcha bilan o'rtoqlashib boradi.
Stivning xitoy tilini o'rganish tarixi Kanadaning Gonkongdagi tashqi ishlar sohasidagi faoliyati bilan bog'liq. Stiv Kaufman Kanada tashqi ishlar xizmatining Xitoyga tashrif buyurgan ilk xodimlaridan biridir. U mazkur tilni intensiv tarzda har kuni to'rt soat shug'ullanish orqali bir yil muddatda o'zlashtirgan. 3 Aynan shu
davrda Stiv intuitiv ravishda matnlarni o'qish va tinglash yordamida tilni o'rganishga qaratilgan mualliflik metodikasini yaratadi. Stiv Kaufmanning mualliflik metodikasida tinglab tushunish gapirishdan ham muhimroqdir. Buni u kichik bolalar avval so'zlarni tushunishni, shundan keyingina talaffuz qilisni o'rganishlariga qiyoslaydi. Uning fikricha, tilni noldan o'rganayotganlar ilk oylarda gapirishga urinmasliklarini tavsiya qiladi. Buning o'rniga har kuni o'qish va tinglash mashqlarini bajarishni taklif qiladi. Bunda til o'rganuvchi matnlarni o'zi tanlashi kerak bo'ladi. Yangi so'zlar yodlash orqali emas, balki ularni turli kontekstlarda bir necha bor uchratish natijasida o'zlashtiriladi. Til o'rganuvchi yetarli so'z boyligiga ega bo'lgandagina gapirish va yozish vaqti keladi. Gapirish va yozish passiv so'zlarni faollashtiradi. Poliglotning LingQ nomli til amaliyoti darslari turli linklarga biriktirilgan podkast, kitob va matnlarni muntazam o'qish va tinglashdan iborat bo'lib, doimo til sohiblari bilan suhbatlar, yozishmalar olib boorish bilan uyg'unlashtirilgan. Grammatik qurilmalar esa matnlarni o'qish, qoidalarni mustaqil o'rganish va til sohiblari bilan suhbatlashish orqali o'rganiladi.
1 https://www.lingq.com/
2 Betros. You're never too old to learn a language. Japan Today (1 July 2008).
3 Kaufmann, Steve. The Linguist: A Personal Guide to Language Learning (PDF). West Vancouver: Linguist Institute. 2003.
Luka Lampariello. "Til sohibi darajasidagi nutqqa ega bolish " usuli.4
Luka Lampariello italiyalik poliglot bo'lib, uning til kolleksiyasida 13dan ortiq tillar mavjud. Ular orasida xitoy tilining ham borligi, mazkur poliglotning til o'rganish tajribasidan foydalanishimiz mumkinligini izohlaydi. Lukaning Youtube kanalidagi birinchi video-maslahatlari uni mashhur qilib yubordi. Chunki u obunachilari bilan til o'rganishdagi muvaffaqiyatlari bilan birga
muvaffaqiyatsizliklarini ham baham ko'radi. Til sohibi darajasida tilni o'zlashtirish
uchun vaqt va kuch sarflashga tayyor bo'lish kerak. Til sohibi - bu maqsadli tilda o'ylay va fikrlay oladigan kishi bolib, uning ifodasi verbal va noverbal muloqotda namoyon bo'ladi. Albatta, bunday darajaga ko'p yillar o'sha mamlakatda, o'sha xalq ichida yashab, erishish mumkin. Ammo buning iloji bo'lmasa, Lukaning tilni idealga yaqinlashtirishga yordam beradigan bir nechta strategiyalari bor:
Nutq faoliyati turlarini teng rivojlantirish.
Nutq tezligi va ravonligiga erishish. Nutq tezligi va ravonligi tilni o'zlashtirish darajasini baholashga imkon beradi. Tez jumla tuzish uchun tilni mukammal o'zlashtirgan bolish shart emas. Umumiy ravonlik darajasiga maishiy mavzuda, shaxsiy ravonlik darajasiga esa kasb yo'nalish doirasida fikrni erkin ifoda etish orqali erishish mumkin.
Vaqt omili. Tilni o'rganishga kuniga 5, 10, 20 minut vaqt ajratish unchalik qiyin emas. Bu vaqtda o'nlab yangi so'zlarni o'rganish, chet el gazetasini o'qish yoki radio tinglash mumkin. Asosiysi, buni muntazam bajarish kerak bo'ladi.
Tilni sevish. "Til yangi dunyoga eshiklar ochadi", deydi poliglot. Uning so'zlariga ko'ra, yangi tilni o'rganish uchun barcha to'siqlarni unutib, tili o'rganilayotgan mamlakatga, odamlariga va hatto milliy oshxonasiga ham oshiq bo'lish kerak.
O'z usulini topish. Til o'rganuvchi o'zi uchun qulay va samarali usulini topishi kerak. Buning uchun ko'plab usullarni tajribadan o'tkazishga to'g'ri keladi, kimdir uchun o'quv dasturlari, kimgadir onlayn kurslar, ba'zilarga individual yondashuv mos keladi. Asosiysi, tanlangan usul o'rganuvchining ishtiyoqi va motivatsiyasini oshira olishi kerak.
Talaffuz ustida ishlash . Qo'pol xatolarni har safar tuzatmaslik uchun, yangi tilni o'rganishning boshidanoq talaffuzga e'tibor qaratish lozim.
4 https://www.lovelylanguage.ru/start/motivation/how-to-reach-native-like-fluency
317
Taslim bo'lmaslik. "Agar tilni o'rganishda bir usul ishlamasa, uni o'zgartirish kerak", - deidi Luka. U yapon tilini o'rganishda shundai to'siqqa uchraydi. Natijada, u tilni emas, o'qitish usulini o'zgartiradi.
"Qiyin" degan nomga ega bo 'lgan tillarni o'rganishdan qo 'rqmaslik.
Luka xitoy tili juda qiyin ekanligidan uni o'rganishni xohlamagan. Keyinchalik, Youtube kanalidagi ilk videosining muvaffaqiyati unga yangi vazifalarni yukladi. U mustaqil ravishda xitoy tilini o'rgana boshladi. Uning fikricha, Xitoy tilini o'rganish boshqa tillarga qaraganda qiyin emas. Asosiysi, ohang va ierogliflni yaxshi o'zlashtirishdir.
Mualliflik yondashuvining asosiy g'oyasi tilning o'ziga hos lingvomadaniy jihatlariga e'tibor qaratish, til muhitiga kirish orqali, til sohiblarining verbal va noverbal xatti-harakatlari, o'ziga xosliklarini hisobga olgan holda, tilni his qilish
orqali o'zlashtirishdir.
Benni Luis. Fluent in 3 Months Benni Luis Internetda sevimli "til xakeri" va mashhur Fluent in 3months.com5 saytining yaratuvchisi sifatida tanilgan.
Benni yangi tilni qiziqarli mashg'ulot orqali tez fursatda o'rgatish bilan mashhur. Benni shaxsiy tajribasini internet blogida va bestseller kitobida yoritib beradi. Uning til o'rgatish uslubi tez gapirishni faollashtiradigan xaklar va metodlardan iborat. Benni Luisning mazkur tavsiyalari ayniqsa yosh til o'rganuvchilarga mos:
Maqsadli tildagi bloggerlarga obuna bo'lish. YouTube kanalidada istalgan mavzuda vlog topishi mumkin. Filmlar va dastur kabi videolarni mashq sifatida ham ko'rib chiqish mumkin. Bunda talaffuzga, so'zlarni yozilishiga, iboralar va jumlalarni tarjimasiga e'tibor berish lozim.
Poliglot kanallariga obuna bo 'lish.
Poliglotlar yangi tilni o'rganishda duch kelgan barcha qiyinchiliklar, ularni bartaraf etish imkoniyatlari, samarali usullar haqida hayotiy va professional maslahatlar bilan bo'lishishlari mumkin.
Internetda izoh qoldirish. Bu eng jasur til o'rganuvchilar uchun maslahat: biron video, kontent, dasturga o'rganayotgan tilda izoh berish. Ijobiy tomoni shundaki, kuzatuvchilar mutlaqo bepul xatolarni ko'rsatib berishadi.
Organilayotgan tilda videolar yoki bloglar yaratish.
5 http://www.fluentin3months.com
Mualliflik videolari yoki bloglar orqali minglab insonlarning nigohida bo'lishga imkon yaratadi. Albatta, bu jasoratni talab qiladi, shu bilan birga omma oldida qo'rquvini yengishga, kuzatuvchilar ichida hamfikrlarni topishga yordam beradi. O'rganayotgan tilida kanal ochishga jur'at etadiganlar uchun Lyuisda maslahatlar to'plami mavjud. 6
Yekaterina Matveeva. Amolingua metodi. 2015 yildagi dunyoning 20 ta eng yaxshi startaplaridan biri bo'lgan Amolingua (EuropeOnline) ta'lim startapining asoschisi Yekaterina Matveevaning maslahatlari har qanday tilni o'rganishga yordam beradi. Poliglot 8 ta tilni biladi va o'nlab tillarni tushunadi.
Uning tavsiyalarini inobatga olish qiyinchilik tug'dirmaydi:
1. Bir necha soat suhbat qurish mumkin bo'lgan sevimli mashg'ulotni topish. Chet tilida ushbu mavzu bo'yicha materiallarni o'qish / tinglash / tomosha qilish. Shundagina o'rganish zavqli bo'ladi.
2. Ilk qadamdanoq gapirish. Chet tilida so'zlashni sevadigan hamfikr hamsuhbat topish. ( Skype, Facebook, forumlar)
3. Kreativ bo'lish. Atrofdagi hamma narsani tarjima qilishga harakat qilish. Chet tilida kompaniyalar, mahsulotlar va reklama shiorlarining nomlari ortida nima yashiringani ba'zida insonni hayron qoldiradi.
4. Yozish. Hikoyalar yozishdan tortib, uy yumushlari rejasigacha. Kundalik tutish. Bularning barchasi vizual va hissiy xotirani faollashtiradi.
5. O'rganilayotgan til madaniyati bilan bog'liq biror narsaga qiziqish: oshpazlik, tarix, choy marosimi va h.k. Madaniyatning yangi qirralarini ochish orqali, tilni o'rganish qiziqroq bo'ladi.
6. Til sohiblarining gapirish uslubiga, imo-ishoralariga, yurishlariga, qarashlariga, turli vaziyatlardagi reaktsiyalariga e'tibor berish va nusxa ko'chirish.
Ko'rinadiki, zamonamiz poliglotlarining til o'rganish yondashuvlari, strategiyalari, uslublari turlicha. Ammo tilni zavqlanish orqali egallash lozim, degan umumiy fikr mavjud. Demak, xitoy tilini o'rganishdagi har bir faoliyatimizni sevib bajarishimiz kerak bo'ladi. Shunda yosh, vaqt, pul va boshqa omillar tilni o'rganish uchun to'siq bo'la olmaydi. Duhyoda hech qaysi o'qitish usuli universal bo'lmagani kabi, poliglotlar orasida ham eng universal, eng samarali uslub muallifi deb, bir nomni ko'rsatishdan yiroqmiz. Maqsadimiz murakkab tillardan biri bo'lgan
6 https://www.youtube.com/channel/UC0rlgUogwE4p0T4Rm87qeCA
319
xitoy tili o'rganuvchilarini zamonaviy imkoniyatlardan foydalanishga, o'rganishda yangi qirralarni ochishga yo'naltirishdir.
til
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1. Матвеева Е. Полиглот по собственному желанию. Уникальный метод Amolingua: Техники изучения нескольких языков одновременно. Animedia; Прага. 2016.
2. Betros. You're never too old to learn a language. Japan Today . 2008.
3. Kaufmann, Steve. The Linguist: A Personal Guide to Language Learning (PDF). West Vancouver: Linguist Institute. 2003.
4. https://www.lingq.com/
5. https://www.lovelylanguage.ru/start/motivation/how-to-reach-native-like-fluency
6. http://www.fluentin3months.com
7. https://www.youtube.com/channel/UC0rlgUogwE4p0T4Rm87qeCA
8. N.S. Anvarovna THE ISSUE OF LEXICAL COMPETENCE FORMATION IN THE PROCESS OF TEACHING CHINESE LANGUAGE- ББК 66.4 (5 Кит) А 251, 2017