Научная статья на тему 'TALABALARDA IJODKORLIK QOBILYATINI RIVOJLANTIRISHDA EVRISTIK FAOLIYATNI TEXNOLOGIYALASHTIRISH'

TALABALARDA IJODKORLIK QOBILYATINI RIVOJLANTIRISHDA EVRISTIK FAOLIYATNI TEXNOLOGIYALASHTIRISH Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
800
114
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Scientific progress
Область наук
Ключевые слова
ijod / ijodkorlik / evristik / muammoli ta’lim / ijodiy faoliyat / fiziologik sifatlar / intellektual sifatlar / sezgirlik / izlanuvchi vaziyat. / creativity / creativity / heuristics / problem-based learning / creative activity / physiological qualities / intellectual qualities / sensitivity / search situation.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Sherjahon Abduazimovich Abdufatayev, Atham Amrullayevich To’ychiyev

Maqolada oliy pedagogik ta’lim muassasalarida bo’lajak texnologiya o’qituvchisini ijodkorlik faoliyatiga tayyorlashning samarali yo’llarini aniqlash va uning o’ziga xos mazmunini tanlash bilan bir qatorda bo’lajak mutaxassislarning o’quv jarayonida texnik ijodkorligi, ijtimoiy va kasbiy tayyorgarligini umumlashtirishning aniq usul va vositalarini ko’rsatilib o’tilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

TECHNOLOGY OF HEURISTIC ACTIVITY IN THE DEVELOPMENT OF CREATIVE ABILITIES IN STUDENTS

The article identifies effective ways to prepare future technology teachers for creative activities in higher pedagogical education institutions and selects its specific content, as well as technical creativity, social and professional training of future professionals in the educational process. specific methods and means of generalization are indicated.

Текст научной работы на тему «TALABALARDA IJODKORLIK QOBILYATINI RIVOJLANTIRISHDA EVRISTIK FAOLIYATNI TEXNOLOGIYALASHTIRISH»

TALABALARDA IJODKORLIK QOBILYATINI RIVOJLANTIRISHDA EVRISTIK FAOLIYATNI TEXNOLOGIYALASHTIRISH

Sherjahon Abduazimovich Abdufatayev Atham Amrullayevich To'ychiyev

Guliston davlat universiteti o'qituvchisi Guliston davlat universiteti o'qituvchisi

ANNOTATSIYA

Maqolada oliy pedagogik ta'lim muassasalarida bo'lajak texnologiya o'qituvchisini ijodkorlik faoliyatiga tayyorlashning samarali yo'llarini aniqlash va uning o'ziga xos mazmunini tanlash bilan bir qatorda bo'lajak mutaxassislarning o'quv jarayonida texnik ijodkorligi, ijtimoiy va kasbiy tayyorgarligini umumlashtirishning aniq usul va vositalarini ko'rsatilib o'tilgan.

Kalit so'zlar: ijod, ijodkorlik, evristik, muammoli ta'lim, ijodiy faoliyat, fiziologik sifatlar, intellektual sifatlar, sezgirlik, izlanuvchi vaziyat.

TECHNOLOGY OF HEURISTIC ACTIVITY IN THE DEVELOPMENT OF

CREATIVE ABILITIES IN STUDENTS

Sherjahon Abduazimovich Abdufataev Atham Amrullaevich Tuychiev

Lecturer at Gulistan State University Lecturer at Gulistan State University

ABSTRACT

The article identifies effective ways to prepare future technology teachers for creative activities in higher pedagogical education institutions and selects its specific content, as well as technical creativity, social and professional training of future professionals in the educational process. specific methods and means of generalization are indicated.

Keywords: creativity, creativity, heuristics, problem-based learning, creative activity, physiological qualities, intellectual qualities, sensitivity, search situation.

KIRISH

Olam taraqqiyoti insonlar kashf etgan yangiliklar bilan to ldirib borilaveradi. Bu ob'ektiv haqiqat. Insoniyat tarixidagi taraqqiyot bosqichlarining mazmuni, mohiyati, nomlanishi qanday bo'lishidan qat'iy nazar inson omili, unga ta'lim berish, uni tarbiyalash jamiyat rivojining ijtimoiy buyurtmasi bo'lib qolavergan. Chunki, "Barkamol shaxs - jamiyat taraqqiyotining asosi" sanaladi. Mamlakatimizda mustaqil, ijodiy fikrlovchi kompitentli barkamol avlod tarbiyasiga alohida e'tibor qaratilmoqda va u ustuvor vazifalar sirasiga kiritilganligi bejiz emas, albatta.

Jumladan, talim oluvchini ijodkorlik faoliyatiga o'rgatish, ularda ijodiy tafakkur elementlarini shakllantirish hamda ularning bu boradagi tushuncha va tasavvurini yanada o'stirish, takomillashtirish imkoniyatlari mavjud.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Psixolog olim N.D.Levitov ijodiy faoliyatni quyidagi mezonlar asosida vujudga kelishini isbotladi1:

- tafakkurning mustaqilligi;

- o'quv materialining o'zlashtirilishi, tezligi va mustahkamligi;

- standart bo'lmagan vazifalarni hal qilishda, aqliy chamalashning (topqirlikning) tezligi;

- o'rganib chiqilayotgan hodisalarning mohiyatiga chuqur kirib borish orqali muhim bo'lmagan narsadan muhimini ajrata bilish.

Talabalarda ijodiy faoliyatini shakllantirish shart-sharoitlari deganda, avvalo ana shu shart-sharoitlarning paydo bo'lishi, amalga oshishi hamda rivojlanishi jarayoni tushiniladi.

Ular quyidagilardan iborat :

1. Talabalarning ijodiy faoliyatini shakllantirishda ularning bu borada egallashi lozim bo'lgan bilim, ko'nikma va malakalari.

2. Ijodiy faoliyatni shakllantirishda nazariy bilimlar bilan amaliyotning aloqadorligi.

3. Ijodiy faoliyatni shakllantirishga doir mashg'ulotlar evristika muammoli vaziyatlar yaratish.

4. Talabalarning ijodiy faoliyatini shakllantirishga texnologik yondashuv. Bu shart-sharoitlar quyidagicha amalga oshadi :

O'quvchilarning ijodiy faoliyatini shakllantirishda ular egallashi lozim bo'lgan bilim,

malaka, ko'nikmalarga quyidagi talablar qo'yiladi.

-dastur materiallarni qay darajada o'zlashtirganligi ;

-mavzularga doir asosiy tushuncha va qoidalarni o'zlashtirganligi;

-tanlagan mavzu bo'yicha topshiriqlarni mustaqil bajara olishi ;

-o'rganilayotgan mavzulardagi asosiy muammolarni anglab olishi ;

-topshiriqlarni bajarishda o'quv ashyolari va texnika vositalar, axborot texnologiyasidan

foydalana olishi ;

- o'z qobiliyatini namoyon etishi va uni rivojlantira olishi ;

-mavzu bo'yicha o'z oldiga erishiladigan maqsadlarni qo'ya olishi, rejalar tuzishi va

natijalarni baholay olishi ;

-mavzularni o'rganishda o'z fikrini dalillay olishi;

1 Левитов Н.Д. Субъект. Объект. Познание.- М. : Знание, 1999.- 23 с

-o'z variantini tavsiya eta olishi va hokazolar.

Mazkur talablar o'qituvchiga talabalarning o'qishga bo'lgan qiziqishlari, ularning o'quv-biluv faoliyati, individual moyilliklarini bilish imkoniyati paydo bo'ladi va bu borada o'quv jarayoni tuzilmasini belgilab olishga yordam beradi.

MUHOKAMA

Yuqoridagi talablar asosida muammoga doir ta'limni maqsadga muvofiq tashkil etishning ustuvor yo'nalishlari belgilab olinadi.

Maqsadga muvofiq yondashuv deganda o'quv- biluv jarayoni yoki ta'lim mazmuni, metod va shakllari tizimining ijodiy faoliyatni rivojlantirishga doir maqsadli yo'naltirilgan maxsus tashkil etilgan tuzilmasi tushiniladi.

Pedagogikaning asosiy vazifalaridan biri tahsil oluvchilarning ijodiy faoliyati har tomonlama rivojlanishini ta'minlaydigan shart-sharoitlar yaratishdan iborat. Shu bilan bir qatorda muayyan sohalarda chuqur qiziqishlarini, intilishi va qobiliyatini namoyon qilayotgan o'quvchilarni aniqlash, ularga bundan keyingi rivojlanishi uchun barcha imkoniyatlarni yaratib berish lozim. Buning uchun esa: talabalarning ijodiy faoliyatini rivojlantirishga doir shart-sharoitlar yaratish muhim ahamiyat kasb etadi. Bu borada:

1. Talabalarning ijodiy faoliyatini rivojlantirishga doir innovatsion faoliyatga tayyorlash.

2. O'qituvchi va talabalarning munosabatida hamkorlik faoliyatini vujudga keltirish.

3. Ijodiy faoliyatni rivojlantirishda bilishga doir innovatsion texnologiyalardan foydalanish.

Hozirgi davrda o'quvchilarning biror- bir haqiqatni mustaqil izlashi va kashf etishi bilan bog'liq bo'lgan evristik va muammoli ta'lim o'quv-biluv jarayoniga faol kirib kelmoqda.

Evristika (yun. peshtzko — izlayman, topaman) degan ma'noni anglatadi. Evristik faoliyatni texnologiyalashtirish talabalarning ijodiy qobiliyati qanday bo'lsa shu qadar zaruriy va qonuniy jarayondir.

Yagona o'quv mashg'uloti, o'quv kursi bo'yicha tizimli mashg'ulotlar,

л

evristik yo'naltirilgan faoliyat asosida sodir bo'ladi . NATIJA

Evristik vaziyatlar yaratish va rivojlantirish bo'yicha texnologik harakat ijodkorligi natijalarini ta'minlash yo'lidir. Quyida evristik vaziyatlar tayyorlash va o'tkazish bo'yicha o'qituvchilar uchun texnologik yo'l-yo'riqlar haqida fikr yuritamiz:

2 Х.Ибрагимов, Ш. Абдуллаева . Педагогика- Т.: "Фан", 2004 й, 110-116 б.

1. Izlanuvchi vaziyatning asosiy ta'limiy ob'ektini (narsa, tushuncha, hodisa, jarayon, an'ana, buyum va boshqalar). Bunda ob'ekt va talabalar uchun qiziqarli bo'lgan muammoni aniqlash; talabalrga ularning o'rganilayotgan ob'ekt bilan shaxsiy ichki aloqasini topishga yordam berish, ular uchun shaxsan ahamiyatli muammolarni qanday tayyorlash bo'yicha o'ylashga yo'naltiradi. Buning uchun shaxsiy tajriba va o'quvchilarning qo'yiladigan ta'limiy natijalari taxminlanadi.

2. Talabalarga echimi noma'lum bo'lgan muammo yoki topshiriq beriladi. Ushbu topshiriqni amalga oshirish sinfda ta'limiy ko'tarinkilik hamda talabalar topshiriqni bajarish orqali o'zlarining faolligini namoyon etgandagina samarali bo'ladi.

Topshiriqning ta'riflanishi muammoni jamoa bo'lib muhokama qilishning natijasi bo'lishi mumkin. Talabalar tomonidan ta'riflangan topshiriq shunchaki qiziqarli emas, balki o'qituvchi uchun yangilik bo'lsagina maqsadga erishilgan bo'ladi.

3. Talabalarning o'zida paydo bo'lgan yoki yaratilgan vaziyat (topshiriq)ni shaxsan hal etishga imkoniyat yaratish. Evristik vaziyatning asosiy bosqichi sanaladi. Bunda har qanday ta'lim natijasidan ijod belgisini aniqlash lozim.

4. Talabalarning ta'limiy ijod namunalarining namoyish etish: topshiriqlar, ta'riflar, ramzlar, rasmlar, loyihalar, maketlar va shu kabilarni jamoada muhokama etib, ko'rgazmalar tashkil etish, o'zaro yozma taqrizlar yozdirish, ma'ruzalar bilan chiqishlar qilish.

5. Ta'limiy ijod namunalari namoyish etilgandan keyin rasmlar, rivoyatlar, ta'riflar, olimlarning fikrlari, darsliklaridagi ma'lumotlar, shaxsiy bilim va tasavvurlari bilan asoslay olish.

6. Talabalarning ijod namunalarini qiyoslash, solishtirish, tasniflash bo'yicha faoliyatini tashkil etish. Talabalar tomonidan o'z qarashlari yoki ijod namunalarini aniqlash hollari yuz bersa, ularga o'z nuqtai nazarlarining o'zgarish sababalrini tushunishlarida ko'maklashiladi. Ta'limiy vaziyatlarning rivojlanishi ta'minlanadi.

7. Talabalarning bilishga oid qo'llanilgan usullarni, paydo bo'lgan muammo va uni yechish yo'llarini tushunishi bo'yicha fikr yuritish, tahlil etish. Talabalarning individual tarzda erishgan natijalarini aniqlashda ko'maklashishi. Jamoa bo'lib yaratilgan ta'limiy natijalarini aniqlash.

Izlanishli ta'limiy vaziyatlarning asosiy texnologik elementlari: motivatsiya, muammolar qo'yish, vaziyat ishtirokchilari tomonidan muammoni echish, ta'limiy natijalarni namoyon etish, ularni bir-birlari bilan qiyoslashdan iborat.

XULOSA

Ta'limiy vaziyat o'qituvchi tomonidan quyidagi tarzda tashkil qilinadi: kerakli material va ta'limiy ob'ekt ajratiladi, ular o'rtasidagi munosabatlar o'rganiladi, asosiy tushunchalar tanlanadi. Tadqiqotning umumiy ob'ekti, uning ma'nosini izlash, faoliyatning yangi usullari hamda turlarini izlash zarurati evristik vaziyatning asosi bo'lishi mumkin.

REFERENCES

1. Ananev B.G. O problemax sovremennogo chelovekoznaniya. - SP b.: «Piter», 2001. -S. 272.

2. Ananev B.G. Psixologiya chuvstvennogo poznaniya. - M.: APN RSFSR, 1960. -S. 486.

3. Kuznin B.C. Voproso' izobrazitelnogo iskusstva. - M.:«Prosvehenie», 1971.

4. Vishnyakova N.F. Kreativnaya psixopedagogika. Psixologiya tvorcheskogo obucheniya. - Minsk: Izd. NIORB «Poli Big», 1995. -S. 129.

5. Sh.Abdufatayev va boshqalar Uzluksiz ta'lim tizimida o'quvchilarning ijodkorlik qobilyatlarini rivojlantirish. Pedagogika va psixologiyada innovatsiyalar. 2020

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.