Научная статья на тему 'ZAMONAVIY TA’LIMDA INNOVATSION O’QITISHNING AHAMIYATI'

ZAMONAVIY TA’LIMDA INNOVATSION O’QITISHNING AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
696
58
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
innovatsiya / axborot texnologiyalari / funktsiya / komponent / evristik / kreativ / ijod maktabi. / innovation / information technology / function / component / heuristic / creative / creative school.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Abdunabiyeva Maftunaxon Solijon Qizi, Qosimjonova Xamidaxon Botirjon Qizi

Ushbu maqolada pedagogik jarayonni amalga oshirilishida innovatsion faoliyatning asosiy funktsiyasi, komponentlarini, maqsadi, ta’lim mazmuni, shakli, metodi, texnologiyasi, ta’lim vositalarini ta’lim mazmunini boyitgan holda o’zgartirish, shuningdek bu jarayonda axborot texnologiyalarining o’rni va ahamiyati haqida bayon etilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE IMPORTANCE OF INNOVATIVE TEACHING IN MODERN EDUCATION

In this article, the main function, components, purpose, content, form, method, technology of education, changes in the pedagogical process in the implementation of the pedagogical process, as well as the role and importance of information technology in this process described.

Текст научной работы на тему «ZAMONAVIY TA’LIMDA INNOVATSION O’QITISHNING AHAMIYATI»

ZAMONAVIY TA'LIMDA INNOVATSION O'QITISHNING AHAMIYATI Abdunabiyeva Maftunaxon Solijon qizi

Andijon davlat universitetining Pedagogika instituti Informatika va aniq fanlar kafedrasi magistranti Qosimjonova Xamidaxon Botirjon qizi

Andijon davlat universiteti Fizika-matematika fakulteti Fizika ta'lim yo'nalishi 3-

bosqich talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.6635717

Annotasiya. Ushbu maqolada pedagogik jarayonni amalga oshirilishida innovatsion faoliyatning asosiy funktsiyasi, komponentlarini, maqsadi, ta'lim mazmuni, shakli, metodi, texnologiyasi, ta'lim vositalarini ta'lim mazmunini boyitgan holda o'zgartirish, shuningdek bu jarayonda axborot texnologiyalarining o'rni va ahamiyati haqida bayon etilgan.

Kalit so'zlar: innovatsiya, axborot texnologiyalari, funktsiya, komponent, evristik, kreativ, ijod maktabi.

ЗНАЧЕНИЕ ИННОВАЦИОННОГО ПРЕПОДАВАНИЯ В СОВРЕМЕННОМ

ОБРАЗОВАНИИ

Аннотация. В данной статье описаны основные функции, компоненты, цель, содержание, форма, метод, технология обучения, изменения в педагогическом процессе при реализации педагогического процесса, а также роль и значение информационных технологий в этом процессе.

Ключевые слова: инновация, информационные технологии, функция, компонент, эвристика, креатив, творческая школа.

THE IMPORTANCE OF INNOVATIVE TEACHING IN MODERN EDUCATION

Abstract. In this article, the main function, components, purpose, content, form, method, technology of education, changes in the pedagogical process in the implementation of the pedagogical process, as well as the role and importance of information technology in this process described.

Keywords: innovation, information technology, function, component, heuristic, creative, creative school.

KIRISH

Respublikamizda mustaqillikning ilk yillaridanoq, jismonan sog'lom, ma'nan etuk shaxs yaratishga e'tibor berila boshlandi. Bu boradagi ishlarni aniq, maqsadli amalga oshirish uchun davlat ahamiyatiga molik dasturlar, rejalar ishlab chiqildi. Yoshlarni erkin fikrlashga tayyorlash, o'z-o'zini idora va nazorat qila bilishini shakllantirish, shaxsiy ishiga maqsadli yondoshuv hamda reja va amal birligi hissini uyg'otish zarur.

Yurtimizda tashkil etilayotgan yangi-yangi mfrnfbgacha ta'lim tashkiloti, umumta'lim maktablari, oliy o'quv yurtlari, nufuzli xorijiy universitetlarning filiallari, madaniyat va sport inshootlari, «Temurbeklar maktabi», «Prezident maktablari», «Ijod maktablari» deb nom olgan mutlaqo yangi namunadagi ta'lim maskanlari bugungi globallashuv sharoitida raqobatga qodir bo'lgan yetuk kadrlarning yangi avlodini tarbiyalashga xizmat qilmoqda.

TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI

Innovatsion faoliyat shunday vositalar yordamida kechadigan holatki, bunda pedagogik yangilanish g'oyasi paydo bo'ladi. U sotsial holatga undan ta'limdagi yangilikni tug'ilishi, paydo bo'lishiga olib keladi. Innovatsion jarayonning ba'zi yangiliklari lokal tadqiqotlar o'tkazish va tajriba - sinovlar orqali tatbiq qilishdan farqlash kerak[1]. Masalan maktabda qo'shimcha kursni innovatsion deb bo'lmaydi. Shunday qilib biror g'oyani yangilik darajasida yaratib, faoliyatga olib kirib, u jarayonni boshqarib borish mumkin bo'lsa, innovatsion faoliyat hisoblanadi.

TADQIQOT NATIJALARI

Axborot texnologiyalari, ta'lim texnologiyalari darsning maqsadi va mazmunidan kelib chiqqan holda tanlanadi. Shaxs xususiyatlarini rivojlantirishiga qarab quyidagi texnologiyalar ajratilish ham mumkin:

l.Operatsion texnologiyalar-fikrlash malakasini fikrlash refleksini rivojlantiruvchi texnologiyalar hisoblanadi. Ular har xil fikrlash turlarini shakllantirishga moslashgan bo'ladi.

2. Estetik - axloqiy xislatlarni shakllantirishga qaratilgan texnologiyalar

3. Boshqaruvchilik xususiyatini rivojlantiruvchi texnologiyalar.

4. Evristik - ijodiy yondashuvni rivojlantiruvchi texnologiyalar, talabalardan ijodiy yondashib masalaning yechimini topishni talab etadi.

5. Amaliy texnologiyalar - amaliy xatti-harakatlarni shakllantiruvchi texnologiyalardir. Pedagogik jarayonni tashkil etishda talabaning va o'qituvchining munosabati ham turlicha bo'lishi mumkin. Bu munosabatni qo'yidagi turlarini ajratish mumkin:

O'qituvchining ta'lim jarayonida axborot kommunikatsion texnoligiyalari orqali shuningdek, innovatsion faoliyatini samarali amalga oshirish bir qator shart-sharoitlarga bog'liq. Unga o'qituvchining muloqoti, aks fikrlarga nisbatan beg'araz munosabat, turli holatlarda ratsional vaziyatning tan olinishini uqtirishga tayyorligi kiradi[2]. Buning natijasida o'qituvchi o'z bilim va ilmiy faoliyatini ta'minlaydigan keng qamrovli mavzu (motiv)ga ega bo'ladi.

MUHOKAMA

Innovatsion faoliyat quyidagi asosiy funksiyalar kasbiy faoliyatning ongli tahlili, me yorlarga nisbatan tanqidiy yondashuvi bilan izohlanadi.

«Inversion ob'ektlar - bu an'analar birlashadigan va boyiydigan nuqtalardir» (M. A. Rozov) degan formulaga tayangan holda IFF inversionligi tushunchasi ostida biz uning muayyan tizim "choraha"sida turib o'zida shu tizim haqidagi ma'lumotlarni mujassam etishni tushunamiz. Adabiyotlar taxlili shuni ko'rsatadiki, faoliyat tuzilmasiga turlicha yondashuvlar mavjud bo'lib, shulardan ikkitasiga: faoliyatning umumiy tuzilmasiga va invariant tuzilmalariga to'xtalib o'tamiz. Integratsion pedagogik faoliyatning umumiy tuzilmasi o'z ichiga subye'ktlarni, predmetlarni, maqsad, jarayon, vosita, mahsulot va natijalarni qamrab oladi[3].

O'qituvchining innovatsion faoliyati taxlili yangilik kiritishning samaradorligini belgilovchi muayyan me'yorlardan foydalanishni talab qiladi. Bunday me'yorlarga - yangilik, maqbullik (optimallik), yuqori natijalilik, ommaviy tajribalarda innovatsiyani ijodiy qo'llash imkoniyatlari kiradi.

Innovatsion ta'lim

1) ta'lim sohasiga kiritilgan va kiritilayotgan yangiliklar;

2) yangilangan yangi texnologiyalar asosida tashkil etilgan ta'lim jarayoni. Innovatsion ta'lim muassasasi - yangi tipdagi ta'lim muassasalari: akademik litseylar, maktabgacha ta'lim

kompleksi, shaxsiy maktabgacha ta'lim muassasalari, ixtisoslashgan sinf va maktablar, gimnaziya, turli yo'nalishli, predmetlari chuqur o'rgatiladigan maktablar va x.k.

XULOSA

Innovatsion texnologiya - pedagogik taraqqiyotni ta'minlashga qaratilgan tashkiliy faollik jarayoni (faollik, didaktik o'yinlar, evristik, kreativ, muammoli, loyihashtirilgan, AKT texnologiyalari). Shakllantiruvchi faoliyat - bu ta'lim muassasalarida amalga oshiriladigan va o'quvchilarda integrativ harakatchanlik xislatlarini va xususiyatlarini rivojlantirishga yo'naltirilgan faoliyatdir. Shakllanuvchi IPF esa shakllantiruvchi faoliyatning mahsulidir. Shakllantiruvchi va shakllanuvchi faoliyat tuzilmalarining o'zaro mosligi hisobga olgan holda taxmin qilish mumkinki, birinchiga xos bo'lgan tavsif ikkinchiga o'tkazilishi yoki aksincha bo'lishi mumkin. Birinchi faoliyatning tarkibini inversionlik, polimodallik, polivalentlik tashkil etadi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Qurbonniyazova Z. "Tarbiyaviy ishlar jarayonidatarbiyalanuvchilaeda milliy o'zlikni anglashni shakllantirishning pedagogik asoslari" nom. dissert. Т., 2002.

2. Беспалько В.Педагогика и прогрессивные технологи обучения. M., 1995.

3. Tolipov O', M. Usmonboeva. Pedagogik texnologiya: naz. va amaliyot. T. 2005.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.