Научная статья на тему 'BO’LAJAK JISMONIY TARBIYA O‘QITUVCHILARINING INNOVATSION FAOLIYATINI TASHKIL QILISH ZARURIYATI VA OMILLARI'

BO’LAJAK JISMONIY TARBIYA O‘QITUVCHILARINING INNOVATSION FAOLIYATINI TASHKIL QILISH ZARURIYATI VA OMILLARI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
292
39
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
innovatsiya / innovatsion faoliyat / tendensiya / novatsiya / moderator / modernizatsiya / deontologiya / taʼlim sifati. / innovation / innovative activity / tendency / novation / moderator / modernization / deontology / quality of education.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — G. Karimova

Ta’lim tizimini mazmunan isloh qilish jarayonida pedagog kadrlar obro‘-e’tibori, mas’uliyati va kasb ko‘nikmasini oshirish yuzasidan sobitqadamlik bilan davlat siyosati olib borilmoqda. Ushbu maqolada innovatsion faoliyat va uning shakllanish omillari, zaruriyati haqida fikrlar yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE NEED AND FACTORS OF ORGANIZING INNOVATIVE ACTIVITY OF FUTURE PHYSICAL EDUCATION TEACHERS

In the process of substantive reform of the educational system, the state policy is being steadily implemented to increase the prestige, responsibility and professional skills of pedagogues. In this article, ideas about innovative activity and the factors of its formation and necessity are highlighted.

Текст научной работы на тему «BO’LAJAK JISMONIY TARBIYA O‘QITUVCHILARINING INNOVATSION FAOLIYATINI TASHKIL QILISH ZARURIYATI VA OMILLARI»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

BO'LAJAK JISMONIY TARBIYA O'QITUVCHILARINING INNOVATSION FAOLIYATINI TASHKIL QILISH ZARURIYATI VA OMILLARI Karimova Gulhayo Botirjon qizi

O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Farg'ona filiali Umumkasbiy, gumanitar va tabiiy fanlar kafedrasi o'qituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.7423897

Annotatsiya. Ta'lim tizimini mazmunan isloh qilish jarayonida pedagog kadrlar obro'-e 'tibori, mas'uliyati va kasb ko'nikmasini oshirish yuzasidan sobitqadamlik bilan davlat siyosati olib borilmoqda. Ushbu maqolada innovatsion faoliyat va uning shakllanish omillari, zaruriyati haqida fikrlar yoritilgan.

Kalit so'zlar: innovatsiya, innovatsion faoliyat, tendensiya, novatsiya, moderator, modernizatsiya, deontologiya, ta'lim sifati.

НЕОБХОДИМОСТЬ И ФАКТОРЫ ОРГАНИЗАЦИИ ИННОВАЦИОННОЙ ДЕЯТЕЛЬНОСТИ БУДУЩИХ УЧИТЕЛЕЙ ФИЗКУЛЬТУРЫ

Аннотация. В процессе содержательного реформирования системы образования неуклонно реализуется государственная политика по повышению престижа, ответственности и профессионального мастерства педагогов. В данной статье выделены представления об инновационной деятельности и факторах ее формирования и необходимости.

Ключевые слова: инновации, инновационная деятельность, тенденция, новация, модератор, модернизация, деонтология, качество образования.

THE NEED AND FACTORS OF ORGANIZING INNOVATIVE ACTIVITY OF FUTURE PHYSICAL EDUCATION TEACHERS

Abstract. In the process of substantive reform of the educational system, the state policy is being steadily implemented to increase the prestige, responsibility and professional skills of pedagogues. In this article, ideas about innovative activity and the factors of its formation and necessity are highlighted.

Keywords: innovation, innovative activity, tendency, novation, moderator, modernization, deontology, quality of education.

KIRISH

Raqobatga asoslagan mehnat muhitini vujudga keltirishning asosiy omillaridan biri o'qituvchilarni innovatsion faoliyatga yo'naltirish va bu faoliyatga tayyorlash orqali ta'lim jarayoniga ilg'or pedagogik texnologiyalarni tadbiq etish, talabalarga bilim berishni kafolatlash hamda ta'lim samaradorligiga erishishdan iborat.

Ta'lim tizimini mazmunan isloh qilish jarayonida pedagog kadrlar obro'-e'tibori, mas'uliyati va kasb ko'nikmasini oshirish yuzasidan sobitqadamlik bilan davlat siyosati olib borilmoqda. Bu borada o'qituvchi faoliyatini yangilash va innovatsiyalarni ta'lim jarayoniga kiritish asosiy vazifa hisoblanadi. Har qanday boshqa soha mutaxassislari kabi o'qituvchilarning ham kasbiy tayyorgarlik darajasi ularning bilim, ko'nikma va malakalari, ijodiy salohiyati hamda nostandart tafakkurlarida o'z aksini topuvchi kasbiy layoqati bilan baholanadi.

Jismoniy tarbiya o'qituvchilarni innovatsion faoliyatini tahlil qilib, uning shakllanish bosqichlarini quyidagicha belgilash mumkin:

Birinchi bosqich -tayyor metodik tavsiyanomalar aniq qilib ko'chiriladi.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

Ikkinchi bosqich -mavjud tizimga ayrim yangi moslama (modifikatsiya)lar, metodlar kiritiladi.

Uchinchi bosqich - yangi g'oyani amalga oshirish mazmuni, metodlari va shakli to'la ishlab chiqiladi.

To'rtinchi bosqich - o'qituvchi o'qitish va tarbiyalashning o'z konsepsiyasini va metodikasini ishlab chiqadi.

O'qituvchi innovatsion faoliyatning shakllanishidagi birinchi bosqichda quyidagi vazifalarni bajarishi lozim:

-pedagogik faoliyatda ijodiy yo'nalishni shakllantirib borish; -pedagogik jarayonda sub'ekt-sub'ekt hamkorligini yo'lga qo'yish; -pedagoglik kasbini rivojlantirish va bunga qiziqishni orttirib borish; -keng qiziqish doirasini shakllantirish, pedagogik muloqotda ochiqlikni ta'minlash; -«men-g'oyalar» ijodiy fikrlash yo'nalishini rivojlantirib borish;

-pedagogik vazifalarni hal qilishga ijodkorlik bilan yondashuv, tahlil qilish malakalarini rivojlantirib borish;

-ijodiy ishlash texnologiyasini shakllantirish.

Bu jarayonda shaxsiyatni o'stirish treningi, muammoli o'qitish texnologiyasi, faol ta'lim metodikasidan foydalanish va yangilik kiritish jarayoni bilan tanishtirib borish lozim. Birinchi bosqichning asosiy mazmunini umumiy psixologik-pedagogik bilimlarni egallash, o'z faoliyatini tahlil qilish ko'nikma va malakalarini shakllantirish tashkil etadi. Mazkur bosqich oliy ta'lim muassasalaridagi ta'lim jarayonida shakllantirilishi lozim.

O'qituvchilarda innovatsion faoliyatni shakllantirishning ikkinchi bosqichida quyidagi vazifalar bajarilishi lozim:

-pedagogik faoliyatni variativ rivojlantirish; -ma'naviy-madaniy bilimlarni oshirish;

-pedagogik yangiliklarni o'zlashtirish ehtiyojini shakllantirish; -pedagogik refleksni rivojlantirish;

-yangi turdagi faoliyat sifatida innovatsion axborot fondini shakllantirish. O'qituvchilarni mazkur vazifalarni bajarishga tayyorlashda muammoli o'qitish, o'zini anglash bo'yicha treninglar tashkil etish, o'qitishning rivojlantiruvchi texnologiyalari bilan tanishtirib borish, o'qitishning shaxsga mo'ljallangan texnologiyalaridan foydalanish, mualliflik konsepsiyalarini izohlash, o'qitish metodlarini tanlashga o'rgatish, darsni kompozitsiyalash, pedagogik texnika va texnologiya treninglarini, mustaqil ishlarni tashkil etish orqali pedagogik faoliyatni muntazam takomillashtirib borish lozim.

Innovatsion faoliyatni shakllanishining 3-va 4-bosqichlarida quyidagi vazifalarni bajarish

lozim:

- pedagogik faoliyat va bir butun holatda pedagogik muloqot texnologiyasini zamonaviylashtirish;

-innovatsion faoliyat texnologiyasini o'zlashtirib olish. ADABIYOTLAR SHARHI

Bunda mualliflik dasturlarini tuzish metodikasini bilish, kiritilayotgan yangiliklarni tajriba-sinov bosqichlariga ajratib, uning rejasini ishlab chiqish, yangilikni tahlil qilish, pedagogik jarayonga yangilikni kiritish, tuzatishlarni amalga oshirish, pedagogik tajriba-sinov ishlari natijalarini baholash talab etiladi. Bu bosqichni shakllantirishda, asosan, quyidagi

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

texnologiyalardan foydalanish maqsadga muvofiq: tashkiliy-faoliyatli o'yinlar, innovatsion refleksli amaliyot, mualliflik konsepsiyalarini o'rganish, mualliflik dasturlari, ishlanmalarini yaratish, innovatsion tipdagi o'quv muassasalarida amaliyot o'tash, malaka oshirishning turli shakllarida va muammoli kurslarda ishtirok etish, pedagogik mahoratni mustaqil oshirish.

Innovatsion faoliyatga tayyorlashdagi mavjud muammolardan biri-bu psixologik to'siqning mavjudligi. Tarixdan ma'lumki, noma'lum va yangi narsalar har doim insonlarda qo'rquv va xavotirni, tashvishlanish holatini keltirib chiqargan.

Jismoniy tarbiya o'qituvchilarni innovatsion faoliyatga tayyorlashda qiyinchiliklarga duch kelinishining qator sabablari bor. Ular quyidagilardan iborat:

-pedagoglarda konservatizmning mavjudligi va moslashuvchanlikning yo'qligi;

-ta'lim beruvchi va ta'lim oluvchining samarali o'zaro ta'sirini tashkil eta olmaslik;

-yangi pedagogik texnologiyalarni o'zlashtirishga nisbatan qiziqishning past darajadaligi;

-ta'lim berishning an'anaviy metodlaridan voz kechib, zamonaviy metodlarini qo'llay olmaslik.

TADQIQOT METODOLOGIYASI VA EMPIRIK TAHLIL

Pedagogik jarayonda innovatsion faoliyat muhim o'rin egallaydi. Ayni bir vaqtda, bir xil sharoitlarda o'qitish sifat-samaradorligi har bir o'qituvchida turli xil bo'lishi mumkin. Bilimning barcha sohalaridagi jadal jarayon tufayli amalda qo'llanilayotgan o'quv materiallarida keltirilgan axborotning ma'lum bir qismi tezda o'z dolzarbligini yo'qotadi va yangilashni taqozo etadi. Ayniqsa, bu ijtimoiy-gumanitar fanlarga taalluqli. Asosiy maqsad talabaga beriladigan bilim sifatini oshirish va samaradorlikka erishishdan iborat ekan, o'qituvchilarni innovatsion faoliyatga tayyorlash va qayta tayyorlash jarayonida pedagogika va texnologiya sohasidagi so'nggi yutuqlarga, o'quv jarayonida zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo'llash mexanizmiga katta e'tibor berish kerak.

NATIJALAR

SHunday qilib, jismoniy tarbiya o'qituvchilarini innovatsion faoliyatga va innovatsion jarayonlarga tayyorlash ishlarining ancha murakkabligi haqida xulosa chiqarish mumkin. Bu bir qancha ob'ektiv va sub'ektiv sabablar, eng avvalo, o'qituvchilarning axborot texnologiyalari bo'yicha boshlang'ich tayyorgarlik darajasining pastligi, ta'lim jarayonida zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanish borasida malakasining etarli emasligi, zaruriy o'quv axborotlarini mustaqil holda o'zlashtira olish malakasi yo'qligi bilan bog'liq.

Jismoniy tarbiya o'qituvchilarining innovatsion faoliyati haqida gapirganda bu faoliyatning ilmiy-metodik o'ziga xosligi haqidagi savol paydo bo'ladi. Bu faoliyatning imkoniyatlari ta'lim tizimi ko'lamida innovatsion g'oyalar, loyihalar, texnologiyalarni joriy qilishda va shaxsni rivojlantirishda namoyon bo'ladi. Bu faoliyat imkoniyatlari o'zida quyidagilarni jamlaydi:

- o'qituvchining yangilikni qo'llashga tayyorgarligi;

- o'qituvchining pedagogik yangilikni qabul qilishi;

- jamoada o'qituvchining novatorlik darajasi;

- o'qituvchi kommunikativ qobiliyatining rivojlanganligi;

- o'qituvchining ij odkorlik darajasi.

O'qituvchilarning yangilikni o'zlashtirishga tayyorgarlik mezonlari esa o'qituvchi motivatsiyasi, malaka tayyorgarligi, pedagogik tajriba-sinov ishlarini amalga oshirish

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

borasidagi bilim va malakalari, innovatsiya yo'lidagi to'siqlarni bartaraf eta olish mahorati bilan belgilanadi.

O'qituvchi innovatsion faoliyatining asosiy belgilaridan biri uning ijodiy faolligi, ijodkorligi hisoblanadi. O'qituvchidan yangiliklarni o'zlashtirib borish bilan birga ularni o'z faoliyatida qo'llashi va pedagogik jamoa o'rtasida targ'ib qilishi talab etiladi. Innovatsion faoliyat pedagogik mahoratning yuqori bosqichi bo'lib, bunda jamoa a'zolari bir-birini qo'llab-quvvatlashi, kiritilayotgan yangilikning maktabda o'z o'rnini topishiga ishonch bilan qarash, qiyinchiliklarga duch kelganda ruhan tushkunlikka tushmasdan, o'z xatolarini ko'ra bilish va ularni tuzatishga harakat qilish talab etiladi. O'z-o'zini tarbiyalab borish, o'z ustida tinmay ishlashga harakat qilish innovatsion faoliyatning asosiy sharti hisoblanadi.

Ta'lim sifatini oshirish jamiyatning barcha jabhalarida hayotni yaxshilashga olib keladi. YAngilik kiritish ta'lim sifatini oshirishning samarali vositasi bo'lganligi uchun ham rivojlangan davlatlar ta'lim jarayoniga uzluksiz yangilik kiritishga harakat qiladilar. Ko'pgina mamlakatlar tajribasi shuni ko'rsatadiki, innovatsion jarayonlarda ta'lim tizimidagi barcha bo'g'inlar ishtirok etishi lozim. Ammo innovatsion jarayonlar yuqoridan pastga qarab harakatlansa va bunda o'qituvchi bo'ysunuvchi, ya'ni yangilikning faqat iste'molchisi bo'lib qolsa, u holda bu jarayon byurokratik tus oladi.

Innovatsion faoliyatga tayyorlash jarayonida maqsad aniq belgilanib, o'qituvchining oldingi faoliyatini tashxislash asosida tashkil etilishi maqsadga muvofiq.

O'qituvchi innovatsion faoliyatining natijasi quyidagilarda ko'rinadi: -bajarilishi lozim bo'lgan ishning maqsadini aniqlay olishida; -nostandart vaziyatlarni tahlil etib, tezkor xulosalar chiqara bilishida; -o'quv jarayoni bilan bog'liq masalalarni echish usullarini egallaganligida; -muammolarni hal etishning maqbul vosita va usullarini izlab topish, kuzatish va tajriba natijalarini tizimlashtirishda;

-o'z ustida mustaqil ishlashni rejalashtira olishida; -o'z ishi natijasini nazorat va tahlil qila olishida;

-yangi axborot texnologiyalaridan foydalanish malakasining mavjudligida; -yangi g'oyalarni izlab topa olishi, pedagogik masalalarni algoritmlashtirish malakasiga egaligida.

XULOSA VA MUNOZARA

Innovatsion faoliyatning shakllanganlik darajasi o'qituvchida o'z faoliyatini tanqidiy tahlil qilish ko'nikma va malakalari tarkib topganligi, o'qituvchi o'z faoliyatida innovatsiyalarni, pedagogik texnologiyalarni qo'llay olish mahoratiga egaligi bilan tajriba-sinov ishlari rejasini va dasturini tuzishi va uni amalga oshirish malakasiga egaligi, o'zidan boshqa pedagoglar tajribalarini tahlil qilib, uni amaliyotda qo'llay olishi, fikr va tajriba almashib, metodik yordam ko'rsata olishi, mualliflik konsepsiyalarini yarata olish mahoratiga egaligi, ziddiyatlar oldini olish, pedagogik vaziyatlarda to'g'ri qaror qabul qilishi bilan belgilanadi.

O'qituvchining yangilikni o'zlashtirib olishga tayyorligi o'ziga xos mezonlarga ega bo'lib, ular quyidagilarda o'z ifodasini topadi:

-o'qituvchining yangilik haqidagi ma'lumotlarga egaligi; -o'qituvchi motivatsiyasi; -o'qituvchining malakaviy tayyorgarligi;

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

-pedagogik tajriba-sinov ishlarini amalga oshirish haqidagi bilim, ko'nikma va malakalarga egaligi;

-innovatsiyaga qarshi bo'lgan to'siqlarni bartaraf eta olishi.

YUqorida bayon etilgan mulohazalarga asoslanib, quyidagi xulosaga kelish mumkin: innovatsion faoliyat bir necha bosqichlarda tarkib topadigan faoliyat bo'lib, o'zining nazariy va amaliy asoslariga ega bo'lgan pedagogik faoliyatning alohida bosqichi.

Innovatsion faoliyat infratuzilmasini shakllantirish, ya'ni innovatsion faoliyatni amalga oshirish uchun zarur bo'lgan xizmatlarni taklif etuvchi tashkilotlar faoliyatini takomillashtirish taqozo etiladi.

REFERENCES

1. Uljayevna u. F. The activity of developmental centers in the formation of children's abilities //science and innovation. - 2022. - т. 1. - №. B2. - с. 107-110.

2. Uljayevna o. R. F., qizi a. Z. N. Tarbiyachining innovatsion faoliyatga tayyorlashning didaktik komponentlari //science and innovation. - 2022. - т. 1. - №. B3. - с. 340-344.

3. Уринова ф. У. Особенности развития психологии ребёнка дошкольного и младшего школьного возраста //science and innovation. - 2022. - т. 1. - №. B2. - с. 68-71.

4. Uljayevna o. R. F. Maktabgacha talim tashkiloti tarbiyachisining kasbiy pedagogik kompetensiyani takomillashtirish xususiyatlari //science and innovation. - 2022. - т. 1. - №. B2. - с. 88-91.

5. Uljayevna o. R. F., Saydamatovna s. Z. Maktabgacha yoshdagi bolalarning ijodiy faoliyatini shakllantirishning o'quv-uslubiy ta'minoti //science and innovation. - 2022. - т. 1. - №. B3. - с. 349-355.

6. Feruzaxon Uljayevna O'rinova, Dilyora Iskandarovna Uuldashboyeva. Bo'ajak tarbiyachilarda aqliy faoliyat madaniyatini shakllantirish. Central asian academic journal of scientific research. Issn: 2181-2489. Volume 2 I issue 3 I 2022. Www.caajsr.uz

7. Uljayevna o. F. Et al. Bo'lajak tarbiyachilarning kasbiy salohiyatini takomillashtirishda ilmiy faoliyatga tayyorlashning metodik tizimi //barqarorlik va yetakchi tadqiqotlar onlayn ilmiy jurnali. - 2022. - с. 660-667.

8. Uljayevna u. F. Et al. Creolized texts, their features and possibilities //barqarorlik va yetakchi tadqiqotlar onlayn ilmiy jurnali. - 2022. - с. 668-673.

9. Uljayevna O'. F. Et al. Maktabgacha ta'lim tashkilotlaridagi tayyorlov guruhi tarbiyalanuvchilarini maktabga tayyorlash tamoyillari //barqarorlik va yetakchi tadqiqotlar onlayn ilmiy jurnali. - 2022. - с. 654-659.

10. Uljaevna u. F. Et al. Development of creative activity of preschool children in art game as a psychological and pedagogical problem //Barqarorlik va yetakchi tadqiqotlar onlayn ilmiy jurnali. - 2022. - с. 47-51.

11. Uljaevna u. F. Et al. Necessary conditions for the development of creative thinking in future teachers //Modern journal of social sciences and humanities. - 2022. - т. 4. - с. 444-448.

12. Sadikova Zinnura, Urinova Feruza Uljayevna. Methodological-didactic principles of forming the creative activity of preschool children. Galaxy international interdisciplinary research journal (giirj) issn (e): 2347-6915 vol. 10, issue 11, nov. (2022)

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

13. Usmonova Shaxnoza Yoqubjon qizi. Basics of comparative study of cosmonims (sun,moon ...) In uzbek and english languages. British journal of global ecology and sustainable development.volume-02, march, 2022 issn (e): 2754-9291

14. Usmonova Shaxnoza Yoqubjon qizi. Comparative study of cosmonims (sun, moon ...) In uzbek and english. In volume 7, of eurasian journal of humanities and socialsciences april, 2022.

15. Usmonova Shaxnoza yoqubjon qizi. Ingliz va o'zbek tilida landshaft so'zlarining qiyosiy tahlili va frazealogiya". Uzbek scholar journal volume- 04, may, 2022. Www.uzbekscholar.com

16. Usmonova Shaxnoza, "Ingliz va o'zbek tilida landshaft so'zlarining qiyosiy tahlili va frazealogiya". uzbek scholar journal 4 (2022): 53-55.

17. Shaxnoza, Usmonova. (2022, january). The concept of cosmonics and its nature. In conference zone (pp. 132-133).

18. Usmonova Shaxnoza Yoqubjon qizi. The concept of cosmonics and its nature". International conference on studies in humanity, education and sciences helsinki, finland.issn: 2249-7137 vol. 11, issue 2, january 10th 2022

19. Urinova Feruzakhon Uldzhaevna, Abdurakhmanova Zilola Patidinovna. Forming a culture of professional activity in future teachers. Journal of intellectual prperty and human rights. Volume: 01 issue: 10 | october - 2022 issn: 2720-6882.

20. Urinova Feruza Uljayevna, Valiyeva Hojirakhon Ilhomjon kizi. Development of intellectual abilities of preschool children. Through developing technologies. Modern journal of social sciences and humanities. Issn: 2795-4846. Vol. 4 (2022). Https://mjssh.academicjournal.io/index.php/mjssh.

21. O'rinova Ozodaxon. Fanlararo aloqadorlik bo'lajak kimyo o'qituvchilarini kasbiy faoliyatga tayyorlashning samarali omili sifatida. Ta'lim, fan va innovatsiya. 4-son, 2022-yil. Issn 2181-8274.93-100bet.

22. Uljaevna u. F. Et al. Necessary conditions for the development of creative thinking in future teachers //modern journal of social sciences and humanities. - 2022. - т. 4. - с. 444-448.

23. Уринов Рустамбек Ёкубжонович. Специфика англоязычной технический документации в сфере информационных технологий. Science and innovation. International scientific journal volume 1 issue 7 uif-2022: 8.2 | issn: 2181-3337

24. O'rinova Feruzaxon Uljayevna. Nazirova Gulasal Toxirjon qizi. Bo'lajak tarbiyachilarning kasbiy salohiyatini takomillashtirishda ilmiy faoliyatga tayyorlashning metodik tizimi. Journal of advanced research and stability. Issn: 2181-2608. "academic excellence on science and research" special issue | 2022. 660 -667

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.