INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337
MAKTABGACHA TA LIM TASHKILOTLARIDA PSIXODIAGNOSTIK
TADQIQOTLAR O'rinova Feruzaxon Uljayevna
Dotsent, pedagogika fanlari nomzodi, "Sport psixologiyasi, ijtimoiy tabiiy fanlar" kafedrasi, Jismoniy tarbiya va sport mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish
instituti Farg'ona filiali https://doi.org/10.5281/zenodo.7423891
Annotatsiya. Maqolada bolalarning psixik taraqiyotining asosiy qonuniyatlari, psixodiagnostik tadqiqotlarning vazifalari va xususiyatlari, eksperimental psixologik tadqiqotlarni bolalar psixologiyasini o'rganishda muhimligini va bola tafakkuri ijtimoiy hayot sharoitida qay darajada shakllanganligi to'g'risida so'z boradi.
Kalit so'zlar: Psixik, eksperimental, diagnostika, metodikalar, psixofiziologik, individual, psixologik, mantiq, intellektual, ahloqiy, rivojlanish, shaxs.
ПСИХОДИАГНОСТИЧЕСКИЕ ИССЛЕДОВАНИЯ В ДОШКОЛЬНЫХ ОБРАЗОВАТЕЛЬНЫХ УЧРЕЖДЕНИЯХ
Аннотация. В статье рассматриваются основные закономерности психического развития детей, задачи и особенности психодиагностического исследования, значение экспериментально-психологического исследования в изучении детской психологии, степень формирования мышления ребенка в условиях социальной жизни.
Ключевые слова: Психические, экспериментальные, диагностические, методы, психофизиологические, индивидуальные, психологические, логические, интеллектуальные, нравственные, развитие, личность.
PSYCHODIAGNOSTIC STUDIES IN PRESCHOOL EDUCATIONAL INSTITUTIONS
Abstract. The article discusses the main laws of children's mental development, the tasks and characteristics of psychodiagnostic research, the importance of experimental psychological research in the study of child psychology, and the extent to which the child's thinking is formed in the conditions of social life.
Keywords: Psychic, experimental, diagnostic, methods, psychophysiological, individual, psychological, logic, intellectual, moral, development, personality.
Maktabgacha ta'lim tashkilotida o'quv-tarbiya jarayoni bolalarning qobiliyati va layoqatlarini har tomonlama rivojlantirishga, ular shaxsini shakllantirishga qaratilgan. Pedagogik jarayonning mahsuldorligi pedagogning bolani yaxshi bilishga, ta'lim na tarbiyaning xilma-xil metodlarini qo'llashiga bog'liq. Albatta, pedagogika fan sifatida tarbiyachiga pedagogik psixologiya sohasidagi tayyor «retseptlarni" bera olmaydi. Bunday ko'nikmalar bolalar bilan bevosita muloqot jarayonida, ular xulq-atvorining motivlarini, hissiy-shaxsiy xususiyatlarini tahlil qilish jarayonida egallanadi.
Bola taraqqiyotining har bir yosh davri bolalar bilan ishlashning usullari va metodlarini, eksperimental tadqiqotning o'z maqsadlari va vazifalarini talab qiladi. Kichik yoshdagi bolalarni psixodiagnostik tekshiruv yosh va pedagogik psixologiyaning sohasi hisoblanadi. Olingan natijalar yordamchi xarakterga ega bo'lib, pedagog tomonidan bola psixik taraqqiyoti xususiyatlarini aniqlashda qo'llaniladi. Bunda ta'lim va tarbiya dasturi, turli hayotiy sharoitlarda (faoliyatda, muloqotda va boshqalarda) shaxs xulq-atvori xarakteristikalarini tuzishda hisobga olinadi. Eksperimental tadqiqotdan olingan natijalar oilada, bog'chada, maktab va boshqa jamoat
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337
joylarida individual va guruhiy tarbiyaviy-pedagogik tadbirlar sxemasi tuzishda qo'llanilishi mumkin. Tarbiyachi o'z ishida doimo bolalar psixofiziologik masalalari bilan to'qnashadi. Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida psixodiagnostik tadqiqotlar quyidagi vazifalami hal qiladi:
1. Diagnostika uchun zarur ma'lumotlarni olish. Bunda bola psixik holati va shaxsiy xususiyatlarining ba'zi belgilari ko'rinishini o'rganish maqsadida tadqiqot olib boriladi. Tadqiqotda olingan ma'lumotlar yordamchi xarakterga ega bo'lib, bola xulq-atvorining haqiqiy xususiyatlari, uning psixik funksiyalari taraqqiyot darajasi bilan taqqoslashda foydalaniladi. Masalan: olib borilgan faoliyatlarda bola diqqatining barqaror emasligi, diqqatini bir joyga to'plashga qiynalishi, aqliy ish qobiliyatining pastligi, tez chalg'ishi va boshqalar bilan ajralib turadi. Lekin xulq-atvorning ko'rsatilgan belgilari bola xulq-atvori ehtiyojlari va motivlari o'zgarishi natijasi bo'lishi mumkin.
Tarbiyachi qanchalik ko'p eksperimental psixologik tadqiqotlarni o'tkazsa, uning tajribasi shunchalik ortib bordi. U quyidagilarni o'z ichiga oladi: bola faoliyatining xususiyatlarini o'yin va o'quv vaziyatlarida tahlil qilish; maktab, bolalar bog'chasi, oila sharoitiga moslashish, moslasha olmaslik darajasini aniqlash; bolaning ichki hayotini tushunib olish istagi; shaxsiy xususiyatlarini har tomonlama rivojlantirishda unga har qanday yordam ko'rsatish kabi. Masalan, maktabgacha yoshidagi bolalarni qiziqtirish uchun, bolalar eksperimentator xonasida ko'proq bo'lib, uning hamma talablarini baja- rishga intilishi kerak. Bunda bolalarga qiziqarli rasmlarni ko'rsatib, ularni hikoya qilib borish yoki kubiklardan har xil narsalar yasash orqali erishish mumkin. Bolada qiziqish paydo bo'lishi bilan birga uning xotirasi, diqqati, mantiqiy jarayonlari o'rganiladi, tadqiqot o'tkazgan paytda ular bilan shunday kirishib ketish kerakki, bolalarda tajribaga qiziqish, tadqiqotchiga ishonch va o'z ichki dunèsini ochish istagi paydo bo'lsin. Shuni ta'kidlash kerakki, ham ma bolalar ham tekshiruvga qiziqadilar. Lekin ba'zi hollarda, ular takroran tadqiqotda ishtirok etishdan bosh tortadilar.
Ko'pincha bu tengdoshlariga nisbatan yomon natijalar olganda, yoki eksperimentator tomonidan ortiqcha so'z eshitganda paydo bo'lishi mumkin. Bunday bolalarga o'zgacha munosabatda bo'lish darkor. Ular arzimas sabab uchun ham maqtovga muhtojlar. Eksperimental-psixologik tadqiqot natijalari ishonchli bo'lishi uchun, tadqiqotchi uni o'tkazishda ma'lum sxema (umumiy reja)ga amal qilishi kerak. Dastlab tadqiqotchi bolaning hayoti uning jismoniy va psixik taraqqiyotining xususiyatlarini, oilada, bog'chada ta'lim va tarbiyaning ijtimoiy madaniy sharoitlarini aks ettiradigan materiallar bilan tanishishdan boshlash kerak. Tadqiqotchi bola tug'ilishining 3 yoshgacha bo'lgan davrdagi taraqqiyotning xususiyatlari haqida ham ma'lumot muhimdir (nevrologiya va tanasida kasallik mavjudligi - titrab qaltiraydigan huruj, kunduzgi va tungi enurez, duduqlanish, bosh miya va markaziy nerv sistemasi kasalliklari, bola qachondan boshlab yura boshlagan, gapira boshlagan, bog'chaga va maktabga kelishdan oldin qanday rivojlangan). Bu ma'lumotlarni ota-onalar bilan tanishganda, bola shaxsiy daftari bilan tanishganda, u bilan bevosita suhbatlashganda olish mumkin. Bola rivojlanishi haqida ma'lumotlarni xronologik ketma-ketlikda bayon etish maqsadga muvofiqdir. Bolaning jismoniy va psixik rivojlanish xususiyatlari.
1. Bolaning F.I.O.
2. Tug'ilgan yili
3. Ota onasi xaqidagi ma'lumot
4. Tug'ilishning ba'zi xususiyatlari
5. Sog'lig'i
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337
б. Jismoniy va psixik rivojlanish xususiyatlari
Tarbiyachi yangi ma'lumotlarni qo'shib boradi, bu bolaning jismoniy va psixik taraqqiyotini rivojlanishida kuzatish imkonini beradi. Bolaning individual-psixologik xususiyatlarini o'yin faoliyatida, topshiriqlarni bajarish jarayonida, o'quv faoliyatida, psixologik pedagogik eksperiment sharoitlarida bola xulq-atvorini kuzatib ham o'rganish mumkin.
Kuzatishda olingan ma'lumotlar oldindan tayyorlangan tadqiqot qaroriga yoziladi. Eksperimental-psixologik tadqiqot sharoitida kuzatish jarayoni ixtiyoriy bo'lib, odatda hayotiy sharoitlarda esa pedagog ixtiyoriy ravishda kuzatadi. Bog'chada, bo'lajak tarbiyachining ishi ixtiyoriy va ixtiyorsiz kuzatish malakalarini bir xilda rivojlantirishni talab qiladi. Eksperimental-psixologik tadqiqot o'tkazishdan oldin pedagog-tadqiqotchi bola bilan suhbatlashadi. Bunda u bola bilan ijobiy-hissiy aloqa o'rnatib, bajariladigan topshiriqning maqsad va vazifalarini tushuntirib beradi. Suhbat psixologik tadqiqot metodi sifatida bola haqida ma'lumot olishga imkon beradi. Suhbat oldindan tayyorlangan savollar asosida o'tkazilishi yoki ixtiyorsiz xarakter kasb etishi mumkin. Bunda tadqiqotchi suhbat jarayonida bolaga uning oilasiga yoki tengqurlariga tegishli bo'lgan, bolaga yoqmaydigan savollarni bermasligi kerak. Suhbatda bola shaxsining xususiyatlari, o'zining jismoniy va psixik holatiga, ishchanligiga baho berishi aniqlanadi. Tekshiruvchining ijtimoiy-madaniy darajasi, ma'lumoti, qi- ziqishlari, ehtiyojlari, o'zaro fikrlashuv qobiliyatlari aniqlanadi. Ba'zi hollarda suhbat psixoprofilaktik va psixoterapevtik maqsadlarda o'tkaziladi, bunda bola boshidan kechirayotgan qo'rqish, xavotirlanish, o'ziga ishonmaslik kabi holatlar yo'qotiladi. Shunday qilib, tarbiyachi suhbat jarayonida tadqiqot oldiga quygan vazifaga bog'liq ravishda bola hayoti haqida muhim ma'lumot olishi kerak.
Eksperimental psixologik tadqiqot o'zining quyidagi shartli sxemasiga ega. Bolalarning maktabga tayyorgarligini aniqlash psixodiagnostik baholash kompleksiga kuyidagilar kiradi:
I. Atrof-muhitda umumiy mo'ljal olish. 2. Bolalarning maktab ta'limiga munosabati. 3. Diqqat-e'tibor. 4. Xotira. 5. Tafakkur. 6. Nutq. 7. Badiiy-tasviriy qobiliyat. S. Maktab malakasi va ko'nikmalari. 9. Muvaffaqiyatga erishish motivlari, 10. Shaxs xususiyatlari. II.Shaxslararo munosabatlar.
Bu to'plamdagi metodikalardan foydalanib, bolaning maktabga tayyorligi yoki tayyor emasligini baholash va o'z rivojlanishidan oldinda borayotganligini aniqlash mumkin. Bu usullar bolaning qobiliyatlarini aniqlash va u bilan maqsadga muvofiq holda mashg'ulot olib borishga yordam beradi. Metodikalar to'plami ma'lum bir tarbiyaviy ishlarning samaradorligini to'g'ri baholash imkonini berish bilan birga 6-7 yoshdan IG-11 yoshgacha bo'lgan bolalarni o'rganishda qo'llash mumkin bo'lgan usullarni ham o'z ichiga oladi. Bu usullar yordamida olingan baholar bitga yagona standart tizimga o'tkaziladi va kichik maktab yoshidagi bolaning psixologik rivojlanishi individual xaritasiga yoziladi.
REFERENCES
1. Davletshin M.G, To'ychiyeva M. Umumiy psixologiya. T.2GG2.
2. Uljayevna u. F. The activity of developmental centers in the formation of children's abilities //science and innovation. - 2G22. - т. I. - №. B2. - с. IG7-IIG.
3. Uljayevna o. R. F., qizi a. Z. N. Tarbiyachining innovatsion faoliyatga tayyorlashning didaktik komponentlari //science and innovation. - 2G22. - т. I. - №. B3. - с. 34G-344.
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337
4. Уринова ф. У. Особенности развития психологии ребёнка дошкольного и младшего школьного возраста //science and innovation. - 2022. - т. 1. - №. B2. - с. 68-71.
5. Uljayevna o. R. F. Maktabgacha talim tashkiloti tarbiyachisining kasbiy pedagogik kompetensiyani takomillashtirish xususiyatlari //science and innovation. - 2022. - т. 1. - №. B2. - с. 88-91.
6. Uljayevna o. R. F., Saydamatovna s. Z. Maktabgacha yoshdagi bolalarning ijodiy faoliyatini shakllantirishning o'quv-uslubiy ta'minoti //science and innovation. - 2022. - т. 1. - №. B3. - с. 349-355.
7. Feruzaxon Uljayevna O'rinova, Dilyora Iskandarovna Uuldashboyeva. Bo'ajak tarbiyachilarda aqliy faoliyat madaniyatini shakllantirish. Central asian academic journal of scientific research. Issn: 2181-2489. Volume 2 I issue 3 I 2022. Www.caajsr.uz
8. Uljayevna o. F. Et al. Bo'lajak tarbiyachilarning kasbiy salohiyatini takomillashtirishda ilmiy faoliyatga tayyorlashning metodik tizimi //barqarorlik va yetakchi tadqiqotlar onlayn ilmiy jurnali. - 2022. - с. 660-667.
9. Uljayevna u. F. Et al. Creolized texts, their features and possibilities //barqarorlik va yetakchi tadqiqotlar onlayn ilmiy jurnali. - 2022. - с. 668-673.
10. Uljayevna O'. F. Et al. Maktabgacha ta'lim tashkilotlaridagi tayyorlov guruhi tarbiyalanuvchilarini maktabga tayyorlash tamoyillari //barqarorlik va yetakchi tadqiqotlar onlayn ilmiy jurnali. - 2022. - с. 654-659.
11. Uljaevna u. F. Et al. Development of creative activity of preschool children in art game as a psychological and pedagogical problem //Barqarorlik va yetakchi tadqiqotlar onlayn ilmiy jurnali. - 2022. - с. 47-51.
12. Uljaevna u. F. Et al. Necessary conditions for the development of creative thinking in future teachers //Modern journal of social sciences and humanities. - 2022. - т. 4. - с. 444-448.
13. Sadikova Zinnura, Urinova Feruza Uljayevna. Methodological-didactic principles of forming the creative activity of preschool children. Galaxy international interdisciplinary research journal (giirj) issn (e): 2347-6915 vol. 10, issue 11, nov. (2022)
14. Usmonova Shaxnoza Yoqubjon qizi. Basics of comparative study of cosmonims (sun,moon ...) In uzbek and english languages. British journal of global ecology and sustainable development.volume-02, march, 2022 issn (e): 2754-9291
15. Usmonova Shaxnoza Yoqubjon qizi. Comparative study of cosmonims (sun, moon ...) In uzbek and english. In volume 7, of eurasian journal of humanities and socialsciences april, 2022.
16. Usmonova Shaxnoza yoqubjon qizi. Ingliz va o'zbek tilida landshaft so'zlarining qiyosiy tahlili va frazealogiya". Uzbek scholar journal volume- 04, may, 2022. Www.uzbekscholar.com
17. Usmonova Shaxnoza, "Ingliz va o'zbek tilida landshaft so'zlarining qiyosiy tahlili va frazealogiya". uzbek scholar journal 4 (2022): 53-55.
18. Shaxnoza, Usmonova. (2022, january). The concept of cosmonics and its nature. In conference zone (pp. 132-133).
19. Usmonova Shaxnoza Yoqubjon qizi. The concept of cosmonics and its nature". International conference on studies in humanity, education and sciences helsinki, finland.issn: 2249-7137 vol. 11, issue 2, january 10th 2022
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337
20. Urinova Feruzakhon Uldzhaevna, Abdurakhmanova Zilola Patidinovna. Forming a culture of professional activity in future teachers. Journal of intellectual prperty and human rights. Volume: 01 issue: 10 | october - 2022 issn: 2720-6882.
21. Urinova Feruza Uljayevna, Valiyeva Hojirakhon Ilhomjon kizi. Development of intellectual abilities of preschool children. Through developing technologies. Modern journal of social sciences and humanities. Issn: 2795-4846. Vol. 4 (2022). Https://mjssh.academicjournal.io/index.php/mjssh.
22. O'rinova Ozodaxon. Fanlararo aloqadorlik bo'lajak kimyo o'qituvchilarini kasbiy faoliyatga tayyorlashning samarali omili sifatida. Ta'lim, fan va innovatsiya. 4-son, 2022-yil. Issn 2181-8274.93-100bet.
23. Uljaevna u. F. Et al. Necessary conditions for the development of creative thinking in future teachers //modern journal of social sciences and humanities. - 2022. - т. 4. - с. 444-448.
24. Уринов Рустамбек Ёкубжонович. Специфика англоязычной технический документации в сфере информационных технологий. Science and innovation. International scientific journal volume 1 issue 7 uif-2022: 8.2 | issn: 2181-3337
25. O'rinova Feruzaxon Uljayevna. Nazirova Gulasal Toxirjon qizi. Bo'lajak tarbiyachilarning kasbiy salohiyatini takomillashtirishda ilmiy faoliyatga tayyorlashning metodik tizimi. Journal of advanced research and stability. Issn: 2181-2608. "academic excellence on science and research" special issue | 2022. 660 -667