Научная статья на тему 'PSIXODIAGNOSTIK METODIKANI VA TEKSHIRUV NATIJALARINI STANDARTLASHTIRISH MUAMMOSI'

PSIXODIAGNOSTIK METODIKANI VA TEKSHIRUV NATIJALARINI STANDARTLASHTIRISH MUAMMOSI Текст научной статьи по специальности «Энергетика и рациональное природопользование»

CC BY
3988
259
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Pedagogik-psixologik eksperiment / psixodiagnostik metodika / validlik tavsifi / empirik / standartlashtirish.

Аннотация научной статьи по энергетике и рациональному природопользованию, автор научной работы — Zarnigor Alisherova

Bu maqola orqali psixodiagnostika va uning psixologik tadqiqotlar sohasi sifatida shakllanguncha bo’lgan davrda psixodiagnostikaga oid bilimlar taraqqiyoti yoritilgan. Bunda bola psixik holati va shaxsi xususiyatlarining ba`zi belgilarining ko’rinishini o’rganish maqsadida tadqiqot olib borildi. Tadqiqotda olingan ma`lumotlar yordamchi xarakterga ega bo’lib, bola xulq-atvorining haqiqiy kuzatilgan xususiyatlari, uning psixik funktsiyalari taraqqiyot darajasi bilan taqqoslashda foydalanildi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «PSIXODIAGNOSTIK METODIKANI VA TEKSHIRUV NATIJALARINI STANDARTLASHTIRISH MUAMMOSI»

PSIXODIAGNOSTIK METODIKANI VA TEKSHIRUV NATIJALARINI STANDARTLASHTIRISH MUAMMOSI

Zarnigor Alisherova

Andijon davlat universiteti Filologiya va tillarni o'qitish: rus tili 3-kurs talabasi

ANNOTATSIYA

Bu maqola orqali psixodiagnostika va uning psixologik tadqiqotlar sohasi sifatida shakllanguncha bo'lgan davrda psixodiagnostikaga oid bilimlar taraqqiyoti yoritilgan. Bunda bola psixik holati va shaxsi xususiyatlarining bazi belgilarining ko'rinishini o'rganish maqsadida tadqiqot olib borildi. Tadqiqotda olingan malumotlar yordamchi xarakterga ega bo'lib, bola xulq-atvorining haqiqiy kuzatilgan xususiyatlari, uning psixik funktsiyalari taraqqiyot darajasi bilan taqqoslashda foydalanildi.

Kalit so'zlar: Pedagogik-psixologik eksperiment, psixodiagnostik metodika, validlik tavsifi, empirik, standartlashtirish.

I. Psixodiagnostika va eksperimental psixologiya predmeti va vazifalari.

Hozirgi zamon psixologiyasi har xil usullar bilan kishi amaliy faoliyatiga ta'sir qilish imkoniga ega. Shunday usullardan biri, bu turli toifadagi odamlarga psixologik yordam ko'rsatishdan iboratdir. Ammo psixologik yordam ko'rsatish uchun, avvalo, ulardagi psixik o'zgarishlar sabablarini va unga ta'sir qiluvchi omillarni aniqlash zarurati tug'iladi. Bunda biz psixodiagnostika faniga va uning metodlari hamda metodikalariga murojaat qilamiz. O'z-o'zidan savol tug'iladi: «psixodiagnostika» atamasi nimani anglatadi va u nimalarni o'rganadi hamda uning nazariy, amaliy vazifalari nimalardan iborat?

«Psixodiagnostika» atamasi psixologik tashxis qo'yish degan ma'noni anglatib, shaxsning ruhiy holati, to'liq biror-bir alohida xususiyati haqida xulosa chiqarishdir, bunda «tashxis» shaxsning taraqqiyot ko'rsatkichi va tavsifnomalarni birgalikda tahlil qilish asosida sinaluvchining holat va xususiyatlari haqidagi xulosalardan iborat. «Psixodiagnostika» atamasi ilk bor Rorshaxning «Psixodiagnostika» asari chop etilishidan so'ng psixiatriyada qo'llanilgan bo'lib, u tez orada tibbiyotdan tashqarida ham keng miqyosda ommalasha boshladi. «Diagnoz», ya'ni «tashxis» esa shaxs rivojlanishidagi har qanday og'ishlarni, hattoki uning holat va xususiyatlarining konkret taraqqiyot darajasini aniqlash demakdir.

Psixodiagnostika - bu maxsus bilimlar sohasi bo'lib, individ guruhning psixologik taraqqiyot ko'rsatkichlarini, holat va xususiyatlarini baholash uchun metodikalar majmuini ishlab chiqish bilan bog'liqdir. Psixologiya fani o'rganayotgan har qanday jarayon psixodiagnostikaning baholash ob'ekti bo'lishi mumkin. Psixodiagnostika fanining nazariy vazifalari quyidagilardan iborat:

I SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 3 I ISSUE 4 I 2022 _ISSN: 2181-1601

1. Psixik ko'rinishlar tabiati va ulami ilmiy jihatdan printsipial baholashning imkon darajasini aniqlashtirish;

2. Hozirgi paytda psixologik ko'rinishlarning miqdorini baholash va uning ilmiy asoslanganlik holatini o'rganish;

Psixodiagnostika fanining amaliy vazifalari psixolog faoliyatining maxsus sohasiga taalluqli bo'lib, amaliy psixologik tashxis qo'yish bilan bog'liqdir. Bunda masala nafaqat nazariy, balki psixodiagnostik tadqiqotni tashkil qilish va o'tkazishning amaliy jabhalarini qamrab oladi hamda quyidagi vazifalardan iboratdir:

1. Psixodiagnostga mutaxassis sifatida qo'yiladigan kasbiy talablarni aniqlashtirish;

2. Psixolog haqiqatdan ham u yoki bu psixodiagnostik metodlarni mutaxassis sifatida muvaffaqiyatli o'zlashtirib olgani haqida minimal amaliy shartlar, ya'ni kafolat sifatida;

3. Psixodiagnostika sohasida o'z ishini muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun psixolog o'zida mujassamlashtirishi shart bo'lgan bilim, ko'nikma va malakalar;

4. Psixologning psixodiagnostika sohasida malakali mutaxassis ekanligini hamda amaliy jihatdan tayyorgarligini baholash mezonlarini hamda dasturlarini ishlab chiqish.

Ushbu maqola O'zbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan keng ko'lamli islohotlar va asosiy vositalarni jadal yangilash zarurati sharoitida lizing xo'jalik yurituvchi sub'ektlarning investitsiya faoliyatini moliyalashtirish shakli sifatida alohida ahamiyatga ega.1

Zamonaviy dunyoda oila yangi shakllarga ega va bilan taqqoslaganda sezilarli darajada o'zgartirilgan oldingi avlodlar davomida qabul qilingan oilaviy munosabatlarning an'anaviy shakllari.

Bu vazifalar majmuasi, ya'ni psixodiagnostika fanining nazariy va amaliy vazifalari bir-biri bilan bog'liqdir. Ushbu sohada etuk mutaxassis bo'lib etishish uchun, psixolog nazariyani va amaliy psixodiagnostikaning asoslarini Yuqori darajada o'zlashtirib olgan bo'lishi shart. Amaliyotda individ, guruhning psixik taraqqiyot darajasi o'rganiladi.

1. Psixodiagnostika xususiy jihatdan quyidagi vazifalarni amalga oshiradi: Bola tug'ilgandan boshlab maktab ta'lim jarayoniga tayyorgarligi, yosh davrlarining psixologik taraqqiyot dinamikasini o'rganadi (bilish jarayonlari, intellektual qobiliyatlari, shaxs sifatlari hamda shaxslararo munosabatlarini).

1 Madumarov Talatbek Tolibjonovich, & Gulomjonov Odiljon Rahimjon o'g'li. (2021). PREREQUISITES FOR THE DEVELOPMENT OF A LEASING MECHANISM IN PUBLIC - PRIVATE PARTNERSHIP. International Engineering Journal For Research & Development, 6(SP), 5. https://doi.org/10.17605/OSF.IO/7MXR3

2 Abdullayev Akmal Nasriddinovich (2020). THE FEATURES OF APPEARING FAMILY IN MODERN SOCIETY. European science review, (3-4), 69-72.

Bunda har bir bolaga maxsus psixodiagnostik kartochka to'ldiriladi va uning rivojlanish ko'rsatkichlari har oyda yoki yilda qayd qilinib boriladi;

2. Har bir bolaning psixik va xulqiy rivojlanishidagi individual qobiliyatlarini tekshirish, uning o'rtacha standart me'yorlardan chetlashishlari, ya'ni ijobiy (rivojlanishda oldindami), salbiy (rivojlanishdagi qoloqligi) tomonlarini aniqlash;

3. Bolaning ta'lim va tarbiya jarayonidagi Yutuqlarini aniqlash maqsadida psixologik xizmat ko'rsatish va uning natijasida amaliy tavsiyalar ishlab chiqish;

4. Bolani yanada rivojlantirish maqsadida uning iqtidori, layoqati va individual qobiliyatlarini hamda qiziqishlarini tashxislash hamda ilmiy asoslangan psixologik maslahat va kasbga yo'naltirilish ishlarini olib borish;

5. Bolaning psixologik holati haqida ota-onalarga, o'qituvchilarga zarur bo'lgan har tomonlama ma'lumotlar to'planib, bolaga mos ravishda ta'lim va tarbiya metodlarini tanlash.

Psixodiagnostika fani psixologiya tarmoqlaridan biri bo'lib, shaxsning individual-psixologik xususiyatlarini, aqliy taraqqiyotini aniqlab o'lchash, ya'ni hisoblab chiqaruvchi metodlarini o'rgatuvchi fandir. Psixodiagnostika - shaxsning individual-psixologik xususiyatlarini (aniqlab o'lchashda) har xil metodlar bilan aniqlab o'lchasa-da, keyinchalik proektiv metodlar, so'rovnomalar paydo bo'lishi jarayoniga asos bo'lib xizmat qildi. Shu bilan birga psixodiagnostikaning rivojlanishida nazariy jihatdan metodikalarning kamligi ko'rinib qoldi. Psixodiagnostikaga matematik-statistik metodlar va korrelyatsiya hamda tahlil qilish, faktorli analiz paydo bo'lishi va takomillashuvi, psixometrik tadqiq qilish amaliy jihatdan juda katta samara berdi. Bolalarni psixodiagnostik tadqiq qilish yosh xususiyatlariga, u yoki bu yosh davri uchun etakchi faoliyat turining ta'siriga, individual tipologik tavsifnomalarning taraqqiyot darajasiga bog'liq ravishda ba'zi xususiyatlarga ega. Bola taraqqiyotining har bir yosh davri bolalar bilan ishlashning usullari va metodlarini, eksperimental tadqiqotning o'z maqsadlari va vazifalarini talab qiladi.

Psixodiagnostikaning rivojlanishidagi ikkinchi bosqich 50 - 60-yillarga to'g'ri keladi. Bu davrda aqliy taraqqiyotni o'rganishga katta e'tibor berildi. Jumladan, A.A.LYublinskaya tadqiqotlarida nutq va uning funktsiyalarining rivojlanish xususiyatlari o'rganilgan. A.R.Luriya rahbarligida faoliyatni boshqarishda nutqning roli o'rganildi. A.N.Leont'ev va A.V.Zaporojets rahbarligida asosiy psixik jarayonlarning rivojlanishida faoliyatning roli o'rganilgan. D.B.Elkonin rahbarligida nutqning rivojlanishi va bog'cha davrida o'yinning etakchi faoliyat turi sifatidagi roli aniqlandi. Bu tadqiqotlardan olingan natijalar bolalar uchun ta'lim va tarbiya dasturlarini tuzishda asos bo'lib xizmat qildi. Rus psixologlari tomonidan ishlab chiqilgan aqliy taraqqiyotni sifatiy tahlil qilish tamoyili qator vazifalarni hal qilishda o'z mahsuldorligini namoyon

qildi va ko'pgina tadqiqotlarda o'z aksini topdi (Z.I.Kalmikova, 1975, 1982; G.A.Vardanyan, 1979; L.A.Venger, 1974; K.M.Gurevich, 1980; V.I.Voytko, Yu.Z.Gilbux, 1981; D.B.Elkonin, 1982; V.V.Stolin, A.G.Shmelev, 1987; L.F.Burlachuk, S.M.Morozov, 1989 va boshqalar). Psixologik diagnostikaning kichik amaliy yo'nalishi u yoki bu hodisalarni bilishga va tavsiflashga qaratilgan. B.G.Ananev (1968) psixologik diagnostikani psixologik tadqiqotlarga qaratilgan yo'nalish, deb ta'riflaydi, uning maqsadi, psixofiziologik funktsiyalar, jarayonlar va shaxs xususiyatlari rivojlanish darajasini aniqlash, turli qo'zg'atuvchilar ta'sir qilganda inson holatini bilish, insonning mehnat qobiliyatini, layoqatini aniqlashdan iborat.

K.K.Platonov (1974) psixologik diagnostikani psixik hodisalarning xossa va xususiyatlarini o'rganish haqidagi fan, deb hisoblagan. K.N.Gurevich (1974) esa insonlarni psixologik va psixofiziologik belgilari bo'yicha ajratish va tavsiflash metodlari haqidagi fan deb hisoblaydi. V.V.Stolin va A.G.Shmelev (1984) psixodiagnostikani psixologik diagnoz qo'yish haqidagi fan deb bilishgan. Diagnoz (tashxis) - sinaluvchining alohida ko'rsatkich va xarakteristikalarini chuqur tahlil qilish asosida uning xususiyati va holati haqidagi xulosadir. Shu bilan birga psixodiagnostik tadqiqot, eksperimental tadqiqotdan tubdan farq qiladi. Psixodiagnostik tadqiqotda aniq individ, individlar guruhi haqida ma'lumot olinadi, eksperimental tadqiqotda nazariy faraz tekshiriladi. Shuning hisobiga psixodiagnostika maxsus metodik tamoyillarga bo'ysunadi. Lekin psixologik diagnostikaga turlicha ta'rif berishlariga qaramasdan, uning asosiy tushunchasi «psixologik diagnoz» tushunchasi bo'lib qoladi. Hayotda biz kasalxonalarda turli kasalliklarga diagnoz (tashxis) qo'yishlariga o'rganib qolganmiz. Bunda tashxisning to'g'riligi tekshirishning turli klinik metodlaridan foydalanishga bog'liq bo'ladi. Qator hollarda bunday diagnostika murakkab apparaturali test metodlaridan foydalangandan keyingina mumkin bo'ladi. Eksperimental diagnostikada ham tadqiqotchi turli metodlar, apparaturali testlardan foydalanadi. Olingan ma'lumotlar asosida psixolog sinaluvchining xulq-atvori, faoliyati haqida xulosa chiqaradi, ya'ni shaxsga psixologik diagnoz qo'yadi. Psixologik diagnoz qo'yishning umumiy sharoitlariga aloqador asosiy mezonlarni ajratib ko'rsatish mumkin: psixologik diagnoz insonga xos bo'lgan maxsus hodisa va xususiyatlarni ochib berishi kerak; har qanday diagnoz olingan natijalarni bayon qilish bilan chegaralanmasligi, u yoki bu belgining vujudga kelish sababi, oqibati, keyingi rivojlanishi ham namoyon bo'lishi kerak.

REFERENCES

1. Madumarov Talatbek Tolibjonovich, & Gulomjonov Odiljon Rahimjon o'g'li. (2021). PREREQUISITES FOR THE DEVELOPMENT OF A LEASING MECHANISM IN PUBLIC - PRIVATE PARTNERSHIP. International Engineering Journal For Research & Development, 6(SP), 5. https://doi.org/10.17605/OSF.IO/7MXR3

2. Abdullayev Akmal Nasriddinovich (2020). THE FEATURES OF APPEARING FAMILY IN MODERN SOCIETY. European science review, (3-4), 69-72.

3. Yugay A.X., Mirashirova N. "Obshya psixologiya" T.: TGPU 2011-yil.

4. Xaydarov F.I., Xalilova N.I. «Umumiy psixologiya» T.: TDPU 2010-yil.

5. Ivanov P.I., Zufarova M. «Umumiy psixologiya» T., 2008-yil.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.