Научная статья на тему 'SHAXS TUSHUNCHASI TARIXI VA UNI PSIXOLOGIK TARZDA TUSHUNISH. SHAXS TUZILISHIDA BIOLOGIK VA IJTIMOIY NISBATLAR MUAMMOSI'

SHAXS TUSHUNCHASI TARIXI VA UNI PSIXOLOGIK TARZDA TUSHUNISH. SHAXS TUZILISHIDA BIOLOGIK VA IJTIMOIY NISBATLAR MUAMMOSI Текст научной статьи по специальности «Энергетика и рациональное природопользование»

CC BY
14744
545
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Individ / endopsixika / ekzopsixika / e’tiqodlar / ijtimoiy obraz / ijtimoiy-tarixiy taraqqiyot.

Аннотация научной статьи по энергетике и рациональному природопользованию, автор научной работы — Zarnigor Alisherova

Ushbu maqola orqali psixologiya fanining bunyodga kelishi va taraqqiyoti jarayonida «psixik», «ijtimoiy» va «biologik» tushunchalar o‘rtasidagi mavjud bo‘lishi mumkin bo‘lgan aloqalar ko‘rib chiqilgan. Psixik taraqqiyot to‘laligicha ham biologik va ijtimoiydan mustaqil bo‘lgan muayyan jarayon sifatida, ham faqat biologik yoki faqat ijtimoiy rivojlanishning hosilasi sifatida, yoki ularning intividga ko‘rsatadigan parallel ta’sirining natijasi sifatida tushuntirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «SHAXS TUSHUNCHASI TARIXI VA UNI PSIXOLOGIK TARZDA TUSHUNISH. SHAXS TUZILISHIDA BIOLOGIK VA IJTIMOIY NISBATLAR MUAMMOSI»

SHAXS TUSHUNCHASI TARIXI VA UNI PSIXOLOGIK TARZDA TUSHUNISH. SHAXS TUZILISHIDA BIOLOGIK VA IJTIMOIY NISBATLAR

MUAMMOSI

Zarnigor Alisherova

Andijon davlat universiteti Filologiya va tillarni o'qitish: Rus tili 3-kurs talabasi

ANNOTATSIYA

Ushbu maqola orqali psixologiya fanining bunyodga kelishi va taraqqiyoti jarayonida «psixik», «ijtimoiy» va «biologik» tushunchalar o'rtasidagi mavjud bo'lishi mumkin bo'lgan aloqalar ko'rib chiqilgan. Psixik taraqqiyot to'laligicha ham biologik va ijtimoiydan mustaqil bo'lgan muayyan jarayon sifatida, ham faqat biologik yoki faqat ijtimoiy rivojlanishning hosilasi sifatida, yoki ularning intividga ko'rsatadigan parallel ta'sirining natijasi sifatida tushuntirilgan.

Kalit so'zlar: Individ, endopsixika, ekzopsixika, e'tiqodlar, ijtimoiy obraz, ijtimoiy-tarixiy taraqqiyot.

I.Shaxslarlararo muloqot muhiti.

Individ - biologik turning umumiy irsiy xossalarini tashuvchi biologik organizm (har bir odam individ bo'lib tug'iladi).

Endopsixika - shaxs psixik tuzilishining ichki qismlari sifatida psixik elementlar va funksiyalarning o'zaro bog'liqligi.

Ekzopsixika - shaxs munosabatlarining tizimini va uning qiziqishlari, mayllari, ideallari, maslagi, hukmron hissiyotlari, egallagan bilimlari, tajribalari.

E'tiqodlar - shaxsni o'z qarashlari, tamoyillari, dunyoqarashiga muvofiq ravishda harakat qilishga undovchi motivlar tizimi.

Shaxs tushunchasi «yuz», «soxta qiyofa» so'zlaridan kelib chiqadi. Qadimgi rus tilida «soxta qiyofa» so'zi «rol», ya'ni, odam boshqalar bilan muloqotda bo'lganida kiyib oladigan biror-bir ijtimoiy niqob ma'nosini anglatuvchi «rol»ni bildirar edi. Lotincha persone so'zi ham shu ma'noni anglatadi(Per sonare - niqob ortidan so'zlashish). Qadimgi yunon, keyinchalik esa qadimgi rim teatrlarida aktyor sahnaga u yoki bu - yovuz, laganbardor, payg'ambar, qahramon xarakterlari chizilgan niqobda chiqardi. Niqobning bo'yoqlari ijtimoiy vazifani bajaruvchi, u yoki bu rolni ijro etayotgan insonning ahloqiy belgilariga ishorat edi.

Qadimgi Yunonistonda «shaxs» tushunchasiga mos keluvchi atama ishlab chiqilmagan edi. O'zining betakror taqdiriga ega bo'lgan shaxs haqida Aflotun bilmas edi, bilishni ham xohlamasdi. Uning o'rnini ruh egallagan edi. Arastuning «Jon haqida» asari hozirgi zamon psixologiyasiga yo'l ochib berdi.

Qadimgi Rim oldinga qadam tashladi. Rim huquq ilmida yunoncha boshning yuz qismini, tashqi ko'rinish, bundan tashqari, tragediyada ishtirok etuvchi ijrochini belgilovchi prosopon o'rniga, lotincha persona so'zi qo'llanildi, bu so'z avvaliga, yunoncha so'zga o'xshab, tragediyadagi aktyorning roli va niqobini anglatar edi. Lekin keyinchalik alohida individning nomi sifatida saqlanib qoldi. Rim fuqarosi huquqiy va diniy zot, avlodlar ismi-sharifi va mulk egasi sifatida ta'riflanadi. Sharqda umuman boshqacha holat edi. Induizm va buddizmda shaxs inkor etilib, faqatgina «o'zlik» e'tirozsiz tan olinadi.

Hozirgi kunda psixologiya shaxsni insonning jamiyatdagi hayotida shakllanadigan ijtimoiy-psixologik hosila sifatida tushuntiradi. Odam ijtimoiy mavjudot sifatida boshqa odamlar bilan munosabatlarga kirishganida va bu munosabatlar uning shaxsini shakllantiruvchi hal qiluvchi omilga aylanganida, u yangi sifatlarga ega bo'ladi.

Chet el psixologiyasida inson shaxsi sifatida barqaror belgilar majmuasini tashkil etuvchi temperament, sezgirlik, motivlar, layoqatlar, mayllar, turli hayotiy vaziyatlarga moslashayotganida aynan shu insonga xos bo'lgan fikrlar oqimi va hulq-atvorini belgilab beradigan ma'naviyat tushuniladi. J. Godfruaning fikricha, shaxs umumiy holda ham irsiy, ham ijtimoiy-madaniy ta'sirlar bilan belgilanadi. «shaxs» tushunchasi o'z ichiga tabiiy xossalar (jins, temperament va h.k.) asosida ijtimoiy muhit (oila, maktab, «boshqa ahamiyatlilar») va faoliyat (o'yin, bilish, mehnat) bilan faol o'zaro ta'sirlar jarayonida hosil bo'lgan individga xos bo'lgan ijtimoiy sifatlar yig'indisini birlashtiradi. Inson shaxsi, keng tarqalgan tasavvurlarga qarshi o'laroq, 30 yoshga yetgunicha o'zgarmasdan qolmaydi. Misol keltiradigan bo'lsak, Kaliforniya Universitetining bir guruh olimlari 130 mingdan ortiq odamlarning «Katta Beshlik» (vijdoniylik, murosaga kelish layoqati, nevrotizm va ekstravertlik) nomi bilan ma'lum shaxsiy sifatlarini tahlil qilganlar. Bu sifatlar kayfiyatga bog'liq emas, shuning uchun yetarlicha ishonchli tarzda namoyon bo'ladi. Odamlar yosh o'tishi bilan hayotiy ixtiloflarni tezda bartaraf etishga o'rganadilar, xususan, shafqatliroq va mehribonroq bo'lishga intiladilar.

Aniqlanishicha, ayollarda, erkaklardan farqli o'laroq, yosh o'tishi bilan nevroz holatlari kamayadi. Ikki jins vakillarida samimiylik bir oz kamayadi. Olimlarning fikriga ko'ra, 20 - 30 yoshlilarda murakkab vazifalarni bajarishda va tashkilotlar tuzishda ko'mak beradigan vijdoniylikning kuchayishi kuzatiladi. Murosaga kelishga moyillik, aksincha, ko'pchilik holatlarda 30 yoshdan so'ng yorqin namoyon bo'ladi.

II. Shaxs tuzulishi.

Shaxs asosini uning tuzilishi tashkil etadi, bu esa shaxsning yaxlit hosila sifatida har taraflama nisbiy barqaror aloqa va o'zaro ta'sirga ega bo'lishidan iborat. Psixologlar shaxs tuzilishida turli tarkibiy qismlarni ajratadilar. S.L. Rubinshteyn temperament, xarakter, layoqatlarda; bilimlar, malakalar va ko'nikmalarda;

I SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 3 I ISSUE 4 I 2022 _ISSN: 2181-1601

yo'nalganlikda namoyon bo'ladigan individual-tipologik xususiyatlami ko'rsatib o'tadi. A.G.Kovalev yo'nalganlik, xarakter, imkoniyatlar va mashqlar tizimini ajratadi. M.I.Enikeev temperament, yo'nalganlik, layoqatlar va xarakterni sanab o'tadi. Mashhur psixolog K.K.Aflotunov yo'nalganlik tarkibini, ijtimoiy tajriba tarkibini, psixologik tarkibni va biologik asoslangan tarkibni ajratib ko'rsatadi. Shunday bo'lsada, shaxs tuzilishida tarkibiy qismlarni ajratishdagi tafovutlarga qaramay, mualliflar o'z yondoshuvlarida etakchi tarkibiy qism sifatida yo'nalganlikni alohida ajratib ko'rsatadilar. Bu tushuncha turlicha, masalan, «o'sish sur'ati tendensiyasi (S.L.Rubinshteyn), «ma'no kasb etuvchi motiv» (A.N.Leontev), «dominantlik munosabati» (V.N.Myasi^ev), «asosiy hayotiy yo'nalganlik» (B.G.Ananev), «inson mohiyatli kuchlarini dinamik tarzda tashkil etish» (A.S.Prangishvili) sifatida talqin etiladi.

Bizlar nima uchun odam harakatlari faollashganining sababini aniqlashda ehtiyojlar mohiyatining tahlilini o'tkazamiz, lekin bu faollikning oqibatlarini bilish uchun uning yo'nalganligi nima bilan belgilanishini tahlil qilishimiz lozim. Yo'nalganlik deb, shaxs faoliyatini yo'naltiruvchi va xususiy vaziyatlardan nisbatan mustaqil bo'lgan barqaror motivlar yig'indisiga aytiladi. Masalan, o'quvchi hulq-atvori yaxlitligicha ko'rib chiqilganida, uning psixologiyasi tahlilida barqaror motivlarni aniqlash zarur. Mana shu holatdagina o'smirning harakati tasodifiyligi yoki qonuniyatga asoslanganligiga baho berish, uning takrorlanish imkoniyatlarini oldindan ko'ra olish, shaxs sifatlarining ba'zilarini bartaraf etish, boshqalarining rivojlanishini esa rag'batlantirish mumkin. Motivlar u yoki bu darajada anglangan yoki umuman anglanmagan bo'lishi mumkin. SHaxs yo'nalganligida asosiy o'rinni anglangan motivlar egallaydi.

Ushbu maqola O'zbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan keng ko'lamli islohotlar va asosiy vositalarni jadal yangilash zarurati sharoitida lizing xo'jalik yurituvchi sub'ektlarning investitsiya faoliyatini moliyalashtirish shakli sifatida alohida ahamiyatga ega.1

Zamonaviy dunyoda oila yangi shakllarga ega va bilan taqqoslaganda sezilarli darajada o'zgartirilgan oldingi avlodlar davomida qabul qilingan oilaviy munosabatlarning an'anaviy shakllari.

Havas - bu sub'ektning ajratilmagan, anglanmagan yoki yetarlicha anglanmagan ehtiyojlarini ifodalovchi ruhiy holat. Istak faoliyat motivi sifatida ehtiyojning etarlicha aniq anglanganligi bilan ifodalanadi. Bunda uning obyektigina emas, balki uni qondirish yo'llari ham anglanadi. Intilish istak tuzilishiga irodaviy

1 Madumarov Talatbek Tolibjonovich, & Gulomjonov Odiljon Rahimjon o'g'li. (2021). PREREQUISITES FOR THE DEVELOPMENT OF A LEASING MECHANISM IN PUBLIC - PRIVATE PARTNERSHIP. International Engineering Journal For Research & Development, 6(SP), 5. https://doi.org/10.17605/OSF.IO/7MXR3

2 Abdullayev Akmal Nasriddinovich (2020). THE FEATURES OF APPEARING FAMILY IN MODERN SOCIETY. European science review, (3-4), 69-72.

tarkibiy qism qo'shilganida yuzaga keladi. Qiziqish - bu shaxsning yo'nalganligini faoliyat maqsadlarini anglash bilan ta'minlovchi bilish ehtiyoji ifodalanishining maxsus shakli. Subyektiv tarzda qiziqish ob'ektni chuqurroq o'rganish, u haqda ko'proq ma'lumotga ega bo'lish, uni tushunish istagida bilish jarayoniga ega bo'ladigan ijobiy emotsional tonda namoyon bo'ladi. Odatda, shaxs yo'nalganligini ifodalovchi qiziqishning qondirilishi uning so'nishiga sabab bo'lmasdan, uni ichdan o'zgartiradi, boyitadi va chuqurlashtiradi, bilish faoliyatining yuqori darajasi talablariga javob beruvchi yangi qiziqishlarni uyg'otadi. E'tiqodlar - bu shaxsni o'z qarashlari, tamoyillari, dunyoqarashiga muvofiq ravishda harakat qilishga undovchi motivlar tizimi. E'tiqodlar shaklidagi ehtiyojlar mazmuni - bu tabiat va jamiyatni o'rab turgan olam haqidagi bilimlar, ularni muayyan tarzda anglash. Bu bilimlar tartibli va ichdan tashkil topgan qarashlar (falsafiy, etika, estetika, tabiiy-ilmiy) tizimini hosil etganida, ular insonning dunyoqarashi sifatida o'rganilishi mumkin.

III. Shaxs haqida psixologik nazariyalar.

Tadqiqotlarning birinchi davri qadimgi allomalarning ishlari bilan boshlangan bo'lib, XIX asrning boshlarigacha davom etdi. Falsafiy-adabiyot davrida shaxs psixologiyasining asosiy muammolari insonning ahloqiy va ijtimoiy tabiati haqidagi masalalardan iborat bo'ldi. SHaxs haqidagi birinchi ta'riflar yetarli darajada kengroq edi. Ular o'z ichiga insonda mavjud narsalarni va shaxsan o'ziniki bo'lgan: uning biologiyasi, psixologiyasi, mol-mulki, hulq-atvori, madaniyati va h.k.larni jamlagan edi.

XIX asrning birinchi o'n yilliklarida shaxs psixologiyasi muammolari bilan faylasuflar bilan bir qatorda shifokor-psixiatrlar ham shug'ullana boshladi. Ular birinchilar qatorida klinika sharoitlarida bemor shaxsi ustidan muntazam ravishda kuzatuvlar olib bordilar, uning hulq-atvorini yaxshiroq tushunish maqsadida bemor hayoti tarixini o'rgandilar. Psixiatrlarning diqqat markazida bemor odamda, odatda, aniqlanadigan shaxs xususiyatlari bo'ldi. Keyinchalik ular tomonidan aniqlangan o'ziga xos xususiyatlar sog'lom odamlarning deyarli barchasida mavjudligi, lekin ularda kuchsiz holatda, bemorlarda esa o'ta kuchli tarzda ifodalanishi aniqlandi. Bu, masalan, xavotirlik va rigidlik, qo'zg'aluvchanlik holatlariga tegishlidir. Shaxsni aniqlash qirralari shifokor-psixiatrlar tomonidan shunday atamalar bilan belgilangan ediki, ular yordamida ham normal, ham patologik, ham shaxsga ta'rif berish mumkin edi. Shunga qaramasdan, ushbu yondashuv psixologiya nuqtai nazaridan mukammal deb hisoblanmaydi. Bunday yondashuvlar normal shaxsni yaxlit holda ta'riflash uchun juda qisqa va yetarli emas. Bunday aniqlash turiga turli sharoitlarda aniq ifodalanuvchi, doimo ijobiy, «mutanosib» bo'lgan shaxs xususiyatlari kiritilmagan edi. Bularga misol qilib, layoqatlar, ahloqiy sifatlar va boshqa shaxs xususiyatlarini keltirish mumkin.

XX asrning dastlabki o'n yilliklariga kelibgina, shaxs ungacha inson holatlari va bilish jarayonlarini tadqiq etish bilan shug'ullanayotgan psixologlar tomonidan o'rganila boshladi. XX asrda psixologiyada tajriba tadqiqotlari jadal olib borilgani

uchun, ularga farazlarni aniq tekshirish va asoslangan faktlarga ega bo'lish maqsadida ma'lumotlarni matematik-statistika usulida hisoblash qo'llanildi. Shu asosda, psixologlar uchun uzoq yillar davomida mutanosib shaxsni tadqiq etishning ishonchli va valid test metodlarini ishlab chiqish birinchi navbatdagi vazifa bo'lib qoldi. Shaxsga tegishli bo'lgan nazariyalar va konsepsiyalarni tasniflashga nisbatan yondoshuvlarning turli xillari mavjud. Masalan, R.S. Nemov shaxsga doir nazariyalarning 48 tasini keltiradi, ularning har biri tasniflashga asos bo'ladigan besh ko'rsatkich bo'yicha baholanishi mumkin. Bularga hulq-atvorni tushuntirib berish usuli; shaxs haqida ma'lumotlarga ega bo'lish usuli; shaxsga burchak ostidan qarash; yosh darajalari; shaxsni tasvirlab beruvchi tushunchalar kabi ko'rsatkichlar kiradi. Mavjud bo'lgan shaxs nazariyalarining barchasini hulq-atvorni tushuntirib berish usuli bo'yicha psixodinamik, ijtimoiydinamik va interaksion nazariyalarga bo'lish mumkin. Psixodinamik nazariyalarga shaxsning ruhiy yoki ichki xususiyatlaridan kelib chiqib, uni ta'riflovchi va hulq-atvorini tushuntirib beruvchi nazariyalar kiradi. Ijtimoiydinamik nazariyalarning nuqtai nazariga ko'ra, hulq-atvor determinatsiyasida asosiy o'rinni tashqi vaziyatlar egallaydi. Interaksion nazariyalar insonning dolzarb faoliyatini boshqarishdagi ichki va tashqi omillarning o'zaro harakati tamoyiliga asoslangan.

Shaxs haqida ma'lumotlarga ega bo'lish usuliga ko'ra barcha nazariyalarni eksperimental va noeksperimentallarga bo'lish mumkin. Eksperimental shaxs nazariyalariga tajriba o'tkazish yo'li bilan to'plangan ma'lumotlarni tahlil qilish va umumlashtirishga asoslangan nazariyalar, noeksperimentallarga esa - mualliflari tajribaga murojaat qilmasdan turib, hayotiy taassurotlarga, kuzatishlar va tajribaga tayangan holda nazariy bilimlarni umumlashtiradigan nazariyalar kiradi.

Navbatdagi nazariyalarni tasniflashga asos bo'lib, xizmat qiladigan nuqtai nazar mualliflarning shaxsni tuzilishga ega bo'lgan yoki dinamik hosila sifatida tasvirlovchi qarashdir. Tuzilishga ega bo'lgan nazariyalar qatoriga tushunchalar tizimi yordamida tasvirlanuvchi shaxs tuzilishini aniqlash asosiy muammo bo'lib hisoblanadigan nazariyalar kiritiladi. Dinamik nazariyalar deb, asosiy mavzusi shaxs taraqqiyotida qayta tuzish, o'zgartirish, ya'ni, uning dinamikasiga taalluqli bo'lgan nazariyalarga aytiladi. Shuningdek, yosh va pedagogik psixologiyada yuzaga kelgan bir qator shaxs nazariyalari mavjud. Bunday nazariyalar shaxs taraqqiyotining inson tug'ilganidan boshlab maktabni bitirishigacha bo'lgan, chegaralangan yosh davrini ko'rib chiqishga asoslangan. Bundan tashqari, mualliflari o'z oldilariga shaxs taraqqiyotini insonning butun umri davomida kuzatish vazifasini quygan nazariyalar ham mavjud.

Shaxs nazariyalarini tasniflash uchun asos bo'ladigan yana bir holat, bu nazariyalardagi shaxsning ichki xossalari, qirralari va sifatlari yoki uning tashqi ifodalanishi, masalan, hulq-atvori va harakatlariga qaratilgan e'tibordir. Shu asosda qirralar nazariyalarini ajratish mumkin. Nazariyalar ushbu guruhining holatlarga ko'ra,

barcha odamlar bir-biridan alohida, mustaqil qirralarning rivojlanganligining to'plami va darajasi bilan farqlanadi, shaxs haqidagi ma'lumotlarni esa, test yoki shaxs qirralarini aniqlash va tasvirlashning boshqa usuli yordamida, masalan, ma'lum insonni kuzatgan turli odamlarning hayotiy kuzatishlarini umumlashtirish asosida olish mumkin. Shaxs qirralariga baho berishning ikkinchi usuli barcha odamlarni tipologik guruhlarga birlashtirishdan iborat. Bunda bir xil tipologik guruhga tegishli bo'lgan odamlar yaqin psixologik xususiyatlarga ega bo'ladilar va ular o'zlarining hulq-atvori bilan bir-birlariga juda o'xshash bo'ladilar.

REFERENCES

1. Madumarov Talatbek Tolibjonovich, & Gulomjonov Odiljon Rahimjon o'g'li. (2021). PREREQUISITES FOR THE DEVELOPMENT OF A LEASING MECHANISM IN PUBLIC - PRIVATE PARTNERSHIP. International Engineering Journal For Research & Development, 6(SP), 5. https://doi.org/10.17605/OSF.IO/7MXR3

2. Abdullayev Akmal Nasriddinovich (2020). THE FEATURES OF APPEARING FAMILY IN MODERN SOCIETY. European science review, (3-4), 69-72.

3. G'oziev E.G. Umumiy psixologiya. Toshkent. 2002.1-2 kitob.

4. Югай A.X., Мираширова Н.А. "Общая психология" - Tашкент 2014.

5. Дружинина В. "Психология " Учебник. "Питер", 2003.

6. Болотова А.К., Макарова И.В. Прикладная психология: учебник для вузов. -М., Аспект Пресс, 2002.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.