Научная статья на тему 'SHAXS KAMOLOTI VA FAOLIYAT (MULOQOT), ULARNI BOSHQARISH MA’RIFIY PEDAGOGIC MUAMMO SIFATIDA'

SHAXS KAMOLOTI VA FAOLIYAT (MULOQOT), ULARNI BOSHQARISH MA’RIFIY PEDAGOGIC MUAMMO SIFATIDA Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

10589
454
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
preformistik nazariya / teologik nazariya / ekzistensialistik (o‗ta Shaxsiyatparastlik) nazariya / biologik nazariya / psixoanalitik nazariya / biologiyalashgan nazariya / motiv / muloqot / psixoanalitik / psixologiya / biologiyalashgan yo‗nalish / preformist theory / theological theory / existentialist theory / biological theory / psychoanalytic theory / biologicalized theory / motive / dialogue / psychoanalytic / psychology / biologized direction

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Fotima Uralovna Jumanova, Nargiz Shuxratovna Artikova

Ushbu maqolada ―Shaxs kamoloti jismoniy, aqliy, siyosiy, xuquqiy, axloqiy, ekologik va estetik jihatga egaligi bilai tavsiflanadi. Insonning jismoniy kamoloti 50 ming yil oldin qanday bo‗lgan bo‗lsa, xozir ham deyarli shunday kechmoqda. Biroq odamning aqliy kamolotida tafakkurning rivojlanishi hisobiga juda katta ijobiy (oldinga) siljishlar kuzatilgan. Pedagogika Shaxs kamolotini barcha tarkibiy qismlari bilai birgalikda o‗rganadi. Aloxida tashkil etilgan sharoitlarda, ya‘ni ta‘lim-tarbiya muassasalarida inson Shaxsini kamol toptirish pedagogika nazariyasi va amaliyotining eng murakkab va hal qiluvchi muammolaridan biridir

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

PERSONAL DEVELOPMENT AND ACTIVITY (COMMUNICATION), THEIR MANAGEMENT AS AN EDUCATIONAL AND PEDAGOGICAL PROBLEM

This article describes a person as having physical, mental, political, legal, moral, ecological and aesthetic maturity. Man's physical maturity is almost the same as it was 50,000 years ago. However, due to the development of thinking in the mental maturity of man, there have been significant positive (forward) shifts. Pedagogy studies the development of the individual together with all its components

Текст научной работы на тему «SHAXS KAMOLOTI VA FAOLIYAT (MULOQOT), ULARNI BOSHQARISH MA’RIFIY PEDAGOGIC MUAMMO SIFATIDA»

SHAXS KAMOLOTI VA FAOLIYAT (MULOQOT), ULARNI

BOSHQARISH- MA'RIFIY- PEDAGOGIC MUAMMO SIFATIDA

Fotima Uralovna Jumanova

TVCHDPI dotsenti e-mail: zumanovafatima@gmail .com

Nargiz Shuxratovna Artikova

TVCHDPI magistranti e-mail: nargizartikova! [email protected]

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada "Shaxs kamoloti jismoniy, aqliy, siyosiy, xuquqiy, axloqiy, ekologik va estetik jihatga egaligi bilai tavsiflanadi. Insonning jismoniy kamoloti 50 ming yil oldin qanday bo'lgan bo'lsa, xozir ham deyarli shunday kechmoqda. Biroq odamning aqliy kamolotida tafakkurning rivojlanishi hisobiga juda katta ijobiy (oldinga) siljishlar kuzatilgan. Pedagogika Shaxs kamolotini barcha tarkibiy qismlari bilai birgalikda o'rganadi. Aloxida tashkil etilgan sharoitlarda, ya'ni ta'lim-tarbiya muassasalarida inson Shaxsini kamol toptirish pedagogika nazariyasi va amaliyotining eng murakkab va hal qiluvchi muammolaridan biridir.

Kalit so'zlar: preformistik nazariya,teologik nazariya, ekzistensialistik (o'ta Shaxsiyatparastlik) nazariya, biologik nazariya, psixoanalitik nazariya, biologiyalashgan nazariya, motiv, muloqot, psixoanalitik, psixologiya, biologiyalashgan yo'nalish.

PERSONAL DEVELOPMENT AND ACTIVITY (COMMUNICATION), THEIR MANAGEMENT AS AN EDUCATIONAL AND PEDAGOGICAL

PROBLEM

Fotima Uralovna Jumanova

Associate Professor, CPSI e-mail: [email protected]

Nargiz Shukhratovna Artikova

Master student, CSPI e-mail: nargizartikova! 982@gmail .com

ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 4 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 ABCTRACT

This article describes a person as having physical, mental, political, legal, moral, ecological and aesthetic maturity. Man's physical maturity is almost the same as it was 50,000 years ago. However, due to the development of thinking in the mental maturity of man, there have been significant positive (forward) shifts. Pedagogy studies the development of the individual together with all its components

Keywords: preformist theory, theological theory, existentialist theory, biological theory, psychoanalytic theory, biologicalized theory, motive, dialogue, psychoanalytic, psychology, biologized direction.

KIRISH

Shaxs kamoloti jismoniy, aqliy, siyosiy, xuquqiy, axloqiy, ekologik va estetik jihatga egaligi bilai tavsiflanadi. Kamolotning bu jihatlari notekis, ya'ni har xil sur'atda kechadi. Masalan, odamning jismoniy kamoloti 50 ming yil oldin qanday bo'lgan bo'lsa, xozir ham deyarli shunday kechmoqda. Biroq odamning aqliy kamolotida tafakkurning rivojlanishi hisobiga juda katta ijobiy (oldinga) siljishlar kuzatilgan. Pedagogika Shaxs kamolotini barcha tarkibiy qismlari bilai birgalikda o'rganadi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Shaxs kamoloti va uning boshqarilishini anglash uchun quyidagi masalalarga diqqat-e'tibor karatilishi kerak:

Shaxs kamolotining o'ziga xos xususiyatlari: a) qaytarilmasligi; b) rivojlanish va inqirozlarniig uzviy bog'liqligi; v) bir maromda kechmasligi; g) egri-bugriligi; d) bosqichli darajalardan o'tishi; e) barqarorlikka intilishi (moyilligi).

Shaxs kamoloti konsepsiyalari:

a) biologiyalashgan yo'nalish:

b) ijtimoiylashgan yo'nalish; v) bioijtimoiy yunalish: g) zamonaviy pedagogika va psixologiyaning konseptual qoidalari

1 Faoliyat va muloqot - Shaxs kamoloti omillari: a) faoliyat va muloqot. ularning etakchi turlari; b) faoliyat va muloqotga qo'yiladigan talablar; v) Shaxs kamolotining yosh xususiyatlari

2 Ma'rifat va kamolotning o'zaro bog'liqligi: rivojlantiruvchi ma'rifiy texnologiyalar.

Har bir Shaxs va Shaxslar guruhini o'z ichiga olgan jamoalar (jamiyat) muayyan makon va zamonda shakllanadi, faoliyat ko'rsatadi va oxir-oqibat, o'z

o'mini yosh avlodlarga bo'shatib beгadi. Demak, avlodlar yangilanishi (almashinuvi), ya'ni avlodlariing ijtimoiy takror barpo etilishi, vorisligi uzluksiz davom etadigan doimiy jarayondir.

Aloxida tashkil etilgan sharoitlarda, ya'ni ta'lim-tarbiya muassasalarida inson Shaxsini kamol toptirish pedagogika nazariyasi va amaliyotining eng murakkab va hal qiluvchi muamшolaridan biгidiг. Bu muammo tuгli jihatlarga ega bo'lib, Ыг qatoг tabiiy va ijtimoiy fanlar tomonidan o'гganiladi.

Shaxsiing shakllanishi va kamol topishi shaxe kamoloti darajasining yuksalishiga olib keluvchi miqdor va sifat o'zgaгishlaгi, izchil qayta o'zgarishlar jarayoni bilan tavsiflanadi. Shaxs kamoloti haqida bir kancha nazariyalar vujudga kelgan:

1. preformistik nazariya - jinsiy (tuxum, urng') hujayralarda embгion гivojlanishi va undan paydo bo'ladigan organizmning xususiyatlaгini oldindan belgilab bemvchi moddiy tuzilmalaг mavjud bo'lishi xaqidagi ta'limot; odam Shaxsi oldindan berilgan yoki belgilab qo'yilgan "dastur" asosida shakllanishi va odamning fazilatlari, xususiyatlaгi o'z-o'zidan гivojlanishi, taгbiya va ijtimoiy sharoitlaT faqat bunga yordam berishi haqidagi nazariya (Antoni Levenguk, Marchello Malpigi va boshq).

2. teologik nazariya - Shaxs kamolotining ichki dasturi odamning ilohiy vazifasi, burchi bilan bog'liqligi, ya'ni Shaxs kamolotini Olloh belgilashi. Odam — ikki ibtido, ya'ni jismoniy va ma'naviy manbalar (omillar) uyg'unligidir. Ma'naviy ibtido - "o'lmas jon" odamni tabiatdan ustun qo'yadi, Xudo bilan muloqot qilishning kafolati bo'lib xizmat qiladi. Inson xayotining ma'nosi imon-e'tiqod orqali oshkor bo'ladigan "o'ta hissiy olam"ni chuqur tushunishdan iborat (F. Akvinskiy, J. Mariten, D. Treysi va boshq.);

3. ekzistensialistik (o'ta Shaxsiyatparastlik) nazariya - jamiyat Shaxsga salbiy ta'sir qiladi va odam faqat undan ajralgan holda komillikka erishadi, ya'ni uning o'zi va tabiat Shaxs kamolotini oldindan belgilaydi. Boshqacha aytganda, odamning kamol topishi uchun hech narsa va hech kimning keragi yo'q (S.Kerkegor, K.Yaspers, M.Xaydegger va boshq.);

4. biologik nazariya-individning homiladan boshlab rivojlanishi odamning tur sifatida taraqqiy etishi jaгayonida o'talgan boshqa baгcha bosqicЫaгini takroгlaydi, ya'ni odam o'zida mavjud bo'lgan tug'ma his-tuyg'ular, mayllar va extiyojlar bilan bog'lik hatti-harakatlar (xulk-atvor) asosida irsiyat (tabiat) qonunlariga muvofiq Shaxs sifatida kamol topadi (CH. Darvin, I. Myuller. G. Xoll va boshq.);

5. o'z-o'zidan kamol topish nazariyasi - odam faqat irsiy omillarga (ko'z rangi, qon guruhi, rezus-faktor, shizofreniya va h.k.) tayangan holda, ularning ta'sirida rivojlanadi, kamol topadi;

6. psixoanalitik (ruhiy taxlil) nazariya - ruhiy quvvat ta'siridagi jinsiy mayl (istak, intilish) darajasi qanchalik yuqori bo'lsa, odam shunchalik tez rivojlanadi, kamol topadi (3. Freyd va boshq.)

Bu nazariyalarni keltirishdan maqsad Shaxs kamoloti muammolarini o'rganishda pedagogika fani tayanadigan tegishli nazariyalarni aniqlashdan iboratdir. SHu sababli Shaxs muammosiga oid pedagogik va psixologik ilmiy tadqiqotlarda Shaxs kamolotining biologiyalashgan, ijtimoiylashgan va bioijtimoiy yunalishlari farqlanadi:

1. Biologiyalashgan yunalish vakillari Shaxsni alohida tabiiy mavjudot deb hisoblashadi, odamning hulk-atvorini unga tug'ma berilgan tabiiy extiyojlar, mayllar va his-tuyg'ular bilan izohlashadi (3. Freyd va boshq.). Bu yo'nalish vakillarining fikricha, odam jamiyat talablariga bo'ysunishga majbur, biroq bunda Shaxsning tabiiy extiyojlari jamiyat tomonidan qandaydir darajada sun'iy tarzda bostirib turiladi. YA'ni tabiiy extiyojlarning qondirilmasligi qandaydir faoliyat turlari buyicha mashg'ulotlar bilan almashtiriladi va odamning o'z-o'zi bilan doimiy ichki kurashi qay bir darajada niqoblanib, yopib turiladi.

2. Ijtimoiylashgan yunalish vakillari odam biologik mavjudot sifatida dunyoga kelsa xam, o'z hayoti jarayonida o'zi muloqotda bo'lgan ijtimoiy guruhlar ta'sirida asta-sekinlik bilan ijtimoiylashib boradi, deb xisoblaydilar. Shaxsning kamolot darajasi qanchalik past bo'lsa, unda biologik xususiyatlar, eng avvalo, egalik qilish, vayron qilish, jinsiy mayl kabi tug'ma his-tuyg'ular (beixtiyor xarakatlar) shunchalik yorqin, kuchli namoyon bo'ladi. Bu yo'nalish vakillarining fikricha, bola - "toza kog'oz" kabi; uning kamoloti atrof-muxitdagi sharoitlar va ma'rifatga to'liq bog'liq bo'ladi.

3. Bioijtimoiy yo'nalish vakillari odamda kechadigan psixik jarayonlar (sezgi, idrok, tafakkur biologik tabiatga ega, biroq Shaxsning intilishi, qiziqishi, qobiliyati ijtimoiy hodisa sifatida shakllanadi, deb hisoblaydilar.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Zamonaviy pedagogika Shaxsni biologik va ijtimoiy jihatlari chambarchas (uzviy) bog'langan bir butun (yaxlit) mavjudot sifatida qarab chikadi. Shaxs biologiyasidagi o'zgarishlar nafaqat faoliyat xususiyatlariga, balki hayot (turmush) tarziga ham ta'sir ko'rsatadi. Shaxs kamolotida muayyan motivlar, qiziqishlar, maqsadlar, ya'ni ijtimoiy

xayot natijalari hal kiluvchi rol o'ynaydiki, ular Shaxsning butun kiyofasini belgilab, o'z-o'zini rivojlantirish uchun kuch bagishlaydi. YA'ni o'zidagi jismoniy kamchiliklar va fe'l-atvor xususiyatlarini (tez achchiqlanish, serjaxllik, damduzlik (odamovi) va sh.k.) imkon qadar bartaraf qila oladi.

Shaxs psixologiya fanida asosiy ruxiy tavsiflar (psixik jarayonlar, xolatlar va xususiyatlar) nuqtai nazaridan qarab chiqilsa, pedagogika fanida biologik va ijtimoiy jixatlari uzviy boglangan yaxlit bioijtimoiyi majmui sifatida karab chikiladi. Shaxs kamolotida biologik (irsiy) va ijtimoiy jixatlar chatishib ketadi va ularning birligida ijtimoiy omillarning axamiyati yakkol kurinib turadi.

Shaxsning asosiy vazifasi - jamiyatda shakllangan ijtimoiy tajribani ijodiy o'zlashtirish va o'zini ijtimoiy munosabatlar tizimiga kiritishdan iborat. Shaxsning barcha jihatlari (tomonlari) faqat faoliyat va muloqotda namoyon bo'ladi. Faoliyat va muloqot ijtimoiy hayotning ikki xususiyatini, ya'ni inson hayotining ikki tarzini tashkil qiladi.

Faoliyat - insonning hayot kechirish usuli va mavjudlik shakli bo'lib, atrofdagi olamni maqsadga muvofiq qayta o'zgartirishga qaratilgan faolligidir. Faoliyatning asosiy turlari - o'yin, o'qish va mexnat faoliyati. Faoliyat turlarining har xil tasniflari mavjud: sotsiologiyada - mehnat, ijtimoiy-siyosiy, badiiy-ijodiy, ilmiy-tadqiqiy faoliyat; pedagogikada - mehnat. o'qish va o'yin faoliyati; psixologiyada - ruhiy jarayonlar (sezish, xotirada saqlash va esga tushirish, tafakkur va h.k) bilan bog'liq faoliyat turlari farqlanadi (1.1-rasm).

Faoliyat odamning mavjudlik usuli va yashash (turmush kechirish. tirikchilik) shakli sifatida:

a. inson hfyoti moddiy shart-sharoitlarining yaratilishini. insonning tabiiy extiyojlari qondirilishini ta'minlaydi;

2) insonning ma'naviy dunyosini rivojlantirish omiliga, uning madaniy ehtiyojlarini qondirish shakli va shartiga aylanadi;

3) Odamning o'z Shaxsiy imkoniyatlari, hayotiy maqsadlari va muvaffaqiyatlarini ruyobga chiqarish sohasi xisoblanadi;

4) odamning ijtimoiy munosabatlar tizimida o'zligini namo yon qilishi va ijtimoiy intilishlarini amalga oshirishi uchun shart-sharoitlar yaratadi;

5) ilmiy bilish, uz-uzini bilish va o'z-o'zini kamol toptirish manbai va mezoni hisoblanadi;

6) atrofdagi olamni bilish va qayta o'zgartirishni ta'miplaydi

Shaxs kamolotida faoliyat va muloqot

Muloqot- inson faoliyatining aloxida turi.

Faoliyat turlarining tasnifi:

Pedagogika- mehnat , o'qish va o'yin faoliyati

Sosiologiyada- mehnat,

ijtimoiy- siyosiy, badiiy -

ijodiy, ilmiy tadqiqiy faoliyat va

-J

Psixologiyada - ruhiy jarayonlar (asab tizimi tuzilmalari; bosh miyada olingan axborotlrni yodlash, saqlash va eslash; tafakkur va h.k bilan bog'liq faoliyat.

1-rasm. Shaxs kamolotida faoliyat va mulokotning tutgan o'rin

Faoliyat faol va sust bo'lishi mumkin. Faollik, masalan. kilim jarayonida ukuvchiga ijtimoiy tajribani tez va muvaffaqiyatli o'zlashgirishga imkon beradi, o'zaro fikr almashinuv bilan bog'liq bo'lgan qobiliyatlarini rivojlantiradi, atrofdagi borliqqa munosabatini shakllantiradi. Bilish faolliti bolaning aqliy kamlotini ta'minlaydi. Mehnat faolligi Shaxs ma'naviy va ahloqiy dunyosining tez va

muvaffaqiyatli shakllanishini rag'batlantiradi, mehnatga muvaffakiyatli tayyorgarlikni belgilaydi. Faollikning barcha kurinishlari faqat extiyojlarga asoslanadi. Inson extiyojla rining turli-tumanligi faoliyatning xilma-xil turlarini vujudga keltiradi.

O'quvchilar faoliyatini muvaffaqiyatln tashkil etish uchun bo'lg'usi pedagog quyidagilarni bilishi lozim:

1) o'quvchi faoliyatinnng psixik (ruhiy) tuzilmasi, uning rivojlanish qonuniyatlari;

2) o'quvchi Shaxsining ehtiyojlari va faoliyat motivlari xususiyatlari;

3) Shaxs kamolotinnng turli (yosh) davrlarida etakchilik qiladigan faoliyat turlari.

Shuningdek, bo'lg'usi pedagog quyidagilarni eplay olishi lozim:

1) o'quvchilar faoliyatini rejalashtira olish: ularning yoshi, o'ziga xos xususiyatlari, qiziqishlari va imkoniyatlarini hisobga olgan xolda faoliyat ob'ektlari va predmetini aniklash;

2) o'quvchilarda faoliyat motivlarini shakllantirish va ragbatlantirish;

3) faoliyat tarkibiy qismlarining (maqsadi, uni rejalashtirish, muayyan hatti-harakatlar, amallarni bajarish, o'z-o'zini nazorat qilish va baholash) bolalar tomonidan o'zlashtirilishini ta'minlanish.

XULOSA VA TAKLIFLAR

Xulosa qilib aytganda Shaxs kamoloti - Shaxsning jismoniy, ruhiy va ma'naviy xususiyatlarida miqdor o'zgarishlaridan sifat o'zgarishlariga dialektik o'tish bilan tavsiflanadigan murakkab, uzoq davom etadigan ziddiyatli jarayon. Shaxs kamoloti psixologiya va pedagogika fanlarining umumilmiy kategoriyasi bo'lib, psixologiya -Shaxs ruxiy kamolotining qonunlarini izohlab bersa, pedagogika - komil inson va barkamol avlodni shakllantirish maqsadlarini ko'zlab Shaxs kamolotini boshqarish haqidagi nazariyani yaratadi.

REFERENCES

1. Asqarova O\ (2005). Педагогикадан амалий машклар ва масалалар / Укув кулланма.- Тошкент. Истклол.

2. Choriyev A. (1998). Инсон фалсафаси. Инсон тугрисидаги фалсафий фикрлартарккиёти. Биринчи китоб.-Т: Chinor ENK,.

3. G'oziyev E. (2010). Психология . - Т: Укитувчи.

4. Ismailova Z. (2001). Педагогикадан амалий машгулотлар.- Т.: Фан.

5. Jabbor Eshbekovich Usarov. (2017). Formation Competence at Pupils as the Factor of Increase of Education's Efficiency. Theoretical & Applied Science, 53(9), 79-82.

6. Jabbor Usarov. (2019, June). Using Teaching Methods for Development Pupil Competencies. International Journal of Progressive Sciences and Technologies, 15(1), 272-274.

7. Maratov Temur Gayrat ugli (2019) Scientific theoretical problems of perfect human category in the psychology. European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences. 7(8). 16-22.

8. Mukhamedov Gafurdjan Isroilovich, & Usarov Djabbar Eshbekovich. (2020). Technologies for the Development of Competencies in Physics in General Secondary Education using Multimedia Resources. International Journal of Innovative Technology and Exploring Engineering, 9(3), 2677-2684.

9. N.J. Eshnaev, TG' Maratov, G Mirzaraximova. (2020). O'zbek milliy kino san'ati va madaniyatida psixoprofilaktik xizmat tizimini joriy etish masalalari. Oriental Art and Culture 03. 156-165.

10. Nortoji Jumaevich Eshnaev. (2021). Ma'naviy-axtoqiy muammolarni ilmiy tadqiq etishning o'ziga xos jihatlari. ACADEMIC research in educational sciences. vol.2, no. 2. p. 364-369.

11. Quronov M. (2007). Миллий Tap6^. -Т.: Мaънaвият.

12. Usarov Djabbar Eshkulovich, & Suyarov Kusharbay Tashbaevich. (2020). Developing Pupils' Learning and Research Skills on the Basis of Physical Experiments. International Journal of Psychosocial Rehabilitation, 24(02), 13371346.

13. Usarov Jabbor Eshbekovich, Eshnayev Nortoji Jumayevich, and Haydarova Surayyo Abdusalomovna. . (2020) "Defects in scientific research of the problems of spiritual and moral crisis and its solution", IEJRD - International Multidisciplinary Journal, vol. 5, no. 8, p. 6.

14. Usarov Jabbor Eshbekovich, Eshnayev Nortoji Jumayevich, and Kodirov Ikrom Davronovich. (2020) "Problems of formation of learning motives in pupils", IEJRD -International Multidisciplinary Journal, vol. 5, no. 8, p. 6,

15. Ziyomuhamedov B. (1998). Мaърифaт aсослaри - Т. Chinor 3NK.

16. Кaджaспировa Г. М (2016). Пeдaгогикa в cxeMax и тaблицaх: Учебное пособие. -М.: Проспект.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.