Научная статья на тему 'MEHRLI MAKTABLARDA PSIXOLOG FAOLIYATINING O'RNI VA PSIXOLOGIK METODLARDAN FOYDALANISHNING AHAMIYATI'

MEHRLI MAKTABLARDA PSIXOLOG FAOLIYATINING O'RNI VA PSIXOLOGIK METODLARDAN FOYDALANISHNING AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
703
70
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
psixolog faoliyati / pedagogik ta`sir / metod / ruhiy yordam. / psychologist activity / pedagogical effect / method / mental help.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — D. Yusupova

Mazkur maqolada “Mehrli maktab”larda psixolog faoliyatining o'rni va psixologik metodlardan foydalanishning ahamiyati haqida so’z boradi. Maqola davomida turli xildagi pisixologik metodlar va ularning tasniflari keltirib o’tilgan. Shuningdek, pssixologiyaning bolalar hayotifagi ahamiyatiga alohida to’xtalib o’tilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE ROLE OF THE PSYCHOLOGIST IN COMPASSIONATE SCHOOLS AND THE IMPORTANCE OF USING PSYCHOLOGICAL METHODS

This article talks about the role of the psychologist in "Mehrli Maktab" and the importance of using different methods. Various psychological methods and their classifications are mentioned in the article. Also, the importance of psychology in children's life was emphasized.

Текст научной работы на тему «MEHRLI MAKTABLARDA PSIXOLOG FAOLIYATINING O'RNI VA PSIXOLOGIK METODLARDAN FOYDALANISHNING AHAMIYATI»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

MEHRLI MAKTABLARDA PSIXOLOG FAOLIYATINING O'RNI VA PSIXOLOGIK METODLARDAN FOYDALANISHNING AHAMIYATI

Yusupova Durdona Ravshanovna

Xalq ta'limi vazirligi huzuridagi "Mehrli maktab" davlat ta'lim mussasasi pedagog-

psixologi

https://doi.org/10.5281/zenodo.7231768

Annotatsiya. Mazkur maqolada "Mehrli maktab"larda psixolog faoliyatining o'rni va psixologik metodlardan foydalanishning ahamiyati haqida so'z boradi. Maqola davomida turli xildagi pisixologik metodlar va ularning tasniflari keltirib o'tilgan. Shuningdek, pssixologiyaning bolalar hayotifagi ahamiyatiga alohida to'xtalib o'tilgan.

Kalit so'zlar: psixolog faoliyati, pedagogik ta'sir, metod, ruhiy yordam.

РОЛЬ ПСИХОЛОГА В ШКОЛАХ СОСТРАДАНИЯ И ВАЖНОСТЬ ИСПОЛЬЗОВАНИЯ ПСИХОЛОГИЧЕСКИХ МЕТОДОВ

Аннотация. В данной статье говорится о роли психолога в «Мехрли мактаб» и важности использования различных методов. В статье упоминаются различные психологические методы и их классификации. Также была подчеркнута важность психологии в жизни детей.

Ключевые слова: деятельность психолога, педагогический эффект, метод, психологическая помощь.

THE ROLE OF THE PSYCHOLOGIST IN COMPASSIONATE SCHOOLS AND THE IMPORTANCE OF USING PSYCHOLOGICAL METHODS

Abstract. This article talks about the role of the psychologist in "Mehrli Maktab" and the importance of using different methods. Various psychological methods and their classifications are mentioned in the article. Also, the importance of psychology in children's life was emphasized.

Key words: psychologist activity, pedagogical effect, method, mental help.

KIRISH

Kamol topishda nuqsoni bor bolalarning kamchiligini o'z vaqtida bilish, kasalini davolash, pedagogik ta'sir ko'rsatish, muayyan ijtimoiy natijalarga erishish imkonini beradi hamda bu bolalarni kamol topishini ta minlaydi, ularni maktabda beradigan bilimlarni ozlashtirib olishga, so'ngra esa jamiyatning foydali azolari bolib etishishga yordam beradi. Bugungi kunda yurtimizda ta'limga katta e'tibor qaratilmoqda. Xususan, imkoniyati cheklangan bolalar uchun ham shart-sharoitlar yaratilmoqda. Fikrimiz isboti o'laroq joriy yilning 5-mayida "Bolalar gematologiyasi, onkologiyasi va klinik immunologiyasi markazida davolanayotgan bolalar uchun maktabgacha ta'lim va tarbiya hamda umumiy o'rta ta'lim berish tizimini joriy qilish chora-tadbirlari to'g'risida"gi Hukumat qarori (234-son, 05.05.2022-y.) qabul qilindi.

Qarorga ko'ra, Bolalar gematologiyasi, onkologiyasi va klinik immunologiyasi markazida davolanayotgan bolalarga maktabgacha ta'lim va tarbiya hamda umumiy o'rta ta'lim berish jarayonlarini samarali tashkil etish uchun "Mehrli maktab" davlat ta'lim muassasasi tashkil etildi. Mehrli maktab yuridik shaxs maqomiga ega bo'lib, Xalq ta'limi vazirligi huzurida tashkil etiladi. Mehrli maktabda quyidagi maktabgacha guruhlar faoliyat ko'rsatishi mumkin:

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

1. Maktabgacha ta'lim gospital guruhlari - statsionar davolanayotgan, sog'lig'i sababli maktabgacha ta'lim tashkilotlariga bora olmaydigan 2 yoshdan 7 yoshgacha bo'lgan bolalar uchun davolash-profilaktika muassasalarida tashkil etilgan guruhlar.

2. Ilk rivojlanish yoshidagi bolalarga mo'ljallangan o'yin guruhlari - 1,5 yoshdan 2 yoshgacha bo'lgan bolalar uchun statsionar davolash-profilaktika muassasalarida tashkil etiladigan guruhlar. Ularda parvarish qilish va nazorat qilish ishlari ota-onalarning faol ishtirokida tashkil etiladi.

3. Maktabgacha ta'lim gospital guruhlari, ilk rivojlanish yoshidagi bolalarga mo'ljallangan o'yin guruhlari.

Davolanayotganlarni maktabgacha gospital guruhlariga qabul qilish Mehrli maktab tomonidan taqdim etiladigan ro'yxatlar asosida amalga oshiriladi.

Markazda davolanayotganlar uchun alohida ishlab chiqilgan o'quv rejasi asosida 1-11-sinflar hajmida umumiy o'rta ta'lim beriladi.

Dars mashg'ulotining davomiyligi boshlang'ich ta'lim (maktab)ning 1-4 sinflarda - 35 daqiqa, 5-11 sinflarda - 40 daqiqa bo'ladi.

Bunda bir kunlik dars mashg'ulotlari 1-4 sinflarda 3 soatdan,

5-11 sinflarda 4 soatdan oshmasligi lozim. O'quv haftasi davomiyligi 5 kunlik asosida olib boriladi.

TADQIQOT METODI VA METODOLOGIYASI

Alohida ta'kidlab o'tish kerakki, "Mehrli maktab"da bolalarga umumta'lim fanlari o'tilishi bilan bir qatorda alohida bolalarning ruhiy rivojlanishi, pisixik holatini yaxshilash maqsadida har bitta bola bilan alohida mashg'ulot o'tkazuvchi pisixolog ko'magi ham yo'lga qo'yilgan. Bu esa davolanayotganlar uchun jud amuhim.

Bu kabi amaliy ishlar ularning individual xususiyatlarini hisobga olgan holda talim-tarbiyaning metodlarini ishlab chiqish hamda ularni jamiyatning foydali kishisi qilib tarbiyalashga xizmat qiladi.

"Mehrli maktab" o'z oldiga qator maqsadlarni qo'ygan, ular quyidagilardan iborat: -Mehrli maktabda davolanayotganlarning hayotga ijtimoiy moslashishini, ularning maktabgacha ta'lim tashkilotlari hamda umumta'lim muassasalarida ta'limni davom ettirishga tayyorligini ta'minlash;

-Mehrli maktabda davalanayotganlarning hayoti va sog'ligi muhofazasini ta'minlash; -ularga ta'lim va tarbiya xizmatlarini ko'rsatish.

Yuqoridagi maqsadlardan ko'rinib turibdiki, "Mehrli maktab"larda darslarni samarali tashkil qilish yuqori pedagogik mahoratni talab qilishi bilan bir qatorda mas'uliyatli ish hamdir.

Shu bilan bir qatorda "Mehrli maktab" o'z oldiga qator vazifalarni ham belgilab olgan bular quyidagilar:

- davolanayotganlarning umumiy o'rta ta'limning Davlat ta'lim standarti va o'quv dasturi asosida uzluksiz ta'lim olishlarini ta'minlash;

- davolanayotganlarning aqliy va jismoniy rivojlanishiga yordam beradigan shart-sharoitlar yaratish;

- davolanayotganlarning individual qobilyatlarini rivojlantirish, iqtidorli va qobilyatli bolalarni taqdirlash va qo'llab-quvvatlash uchun zarur shart-sharoitlar yaratish;

- davolanayotganlarning pisixofiziologik yosh xususiyati, qobilyati, qiziqishi hamda hayoti va sog'ligi muhofazasi talablariga muvofiq ravishda ta'lim olishlarini ta'minlash;

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

- ta'lim jarayonida davolanayotganlarning sog'ligini himoyalovchi dars jadvaliga rioya

etilishini ta'minlash;

- davolanayotganlarning darsdan tashqari vaqtlarida iqtidorini rivojlantirishga qaratilgan

to'garak mashg'ulotlarini olib borish.

TADQIQOT NATIJASI

Bilamizki, tibbiyot-inson salomatligi va kasalliklari, kasalliklarning oldini olish va ularni davolash, shuningdek, salomatlikni mustahkamlash haqidagi fan. Tibbiyot va psixologiyaning o'zaro hamkorligi natijasida psixosomatika - psixologik omillarniig salomatlikka kasalliklar kelib chiqishga ta'sirini o'rganadi. Bolalarda uchraydigan ko'pgina kasalliklarning manbai psixologik xarakterga egadir va ularning qanchallik tez tuzalib ketishlari ham ruhiy holatiga bog'iqligi sir emas. Masalan, tadqiqotlarning ko'rsatishicha, bronxial astma bilan og'rigan kasallarning ko'pchiligiga bolaligidan ota-onalari emotsiyalarni erkin ifodalash, tashabbus ko'rsatish imkoniyatini chegaralaganlardir.

Ko'plab tadqiqotlar maktabgacha yoshdagi bolalar juda egiluvchan va ta'sirga beriluvchan ekanligini tasdiqlaydi. Bu davrda bolalar juda ko'p narsani o'zlashtirishi mumkin ekanligi ko'plab tadqiqotlarda isbotlangan. Ammo bolaning imkoniyatlari cheksiz emas, bola imkoniyatlari yosh va psixofiziologik xususiyatlar bilan chegaralangan. Avvalo, shuni unutmaslik kerakki, bola bu davrda intensiv o'sayotgan bo'ladi. Bolalar bilan ishlash dasturi ishlab chiqilar ekan, albatta, biror narsani qilish uchun ular qancha nerv - psixik kuch sarf qilishini ham inobatga olish kerak.

Masalan, 3-7 yoshli bolalarga erkin harakatlanish imkoniyati berilsa, u ko'p harakatlar qilishi mumkin. Biroq u aniq harakat bajarishga majbur etilsa, u tez toliqib qoladi. Demak, maktabgacha yoshdagi bolalar imkoniyatlaridan samarali foydalanishning muhim sharti ular bilan ishlashda qo'llanayotgan metod va tarbiya shakllarining bolalar psixofiziologik xususiyatlariga mos bo'lishidir. Ta'lim - tarbiya jarayoni asosan didaktik o'yinlar, turli xil amaliy va tasviriy faoliyat shakllarida o'tkazilishi maqsadga muvofiqdir. Bolalar bilan an'anaviy maktab darsi shaklida zinhor - bazinhor ishlab bo'lmaydi. Psixolog uning mashg'ulotidan maqsad bilim va ko'nikma bilan qurollantirish emas, rivojlantirish ekanini unutmasligi kerak.

Psixolog rivojlantiruvchi ishlarining mohiyati shundaki, ular yordamida bolaning turli tuman bilish jarayonlari va shaxsiy xususiyatlari rivojlanishiga ijobiy turtki beriladi, ular takomillashtiriladi.

Maktabgacha yoshdagi bolalar bilan o'tkaziladigan rivojlantiruvchi ishlarning asosiy shakli o'yindir, chunki o'yin ushbu davrdagi yetakchi faoliyat sifatida bolaning psixik rivojlanishi uchun qulay sharoit yaratadi. Ayni vaqtda bola o'yin davomida yangi bilimlarni egallab boradi.

Bolalar psixologiyasi - yosh psixologiyasi fanining bo'limlaridan biridir. Yosh psixologiyasining, shu jumladan, bolalar psixologiyasining psixologiya fanidagi boshqa tarmoqlardan farqi shundaki, u psixik hodisalarniig o'zini emas, balki rivojlanishi va yosh bilan bog'liq ravishda o'zgarishini tadqiq etadi.

Yosh psixologiyasining bugungi kundagi eng muhim muammolari quyidagilardan iborat:

a) turli psixofiziologik funktsiyalarning yoshga oid me'yorlarini ilmiy jihatdan asoslab

berish;

b) individ, shaxsning yetuklik mezonlari va na'munalarini aniqlash;

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

v) hayotning turli bosqichlarida insonning real va potentsial imkoniyatlari qanday bo'lishini aniqlash;

g) inson hayotining dastlabki bosqichlari uning kelgusidagi tarqqiyotida qanday rol uynashini tushunish va ilmiy bashorat kilish.

Ushbu muammolarni hal etish uchun inson hayotining har bir bosqichida - bolalikda, uspirinlikda, yetuklik va qarilikda uning psixikasidagi o'zgarishlarni chuqur o'rganish talab etiladi.

MUHOKAMA

Bolalar gematologiyasi, onkologiyasi va klinik immunologiyasi markazida davolanayotgan bolalarga pisixologik ko'mak berish uchun turli metodlardan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Bular quyidagilar:

l.Kuzatish metodi. Kuzatish metodi tabiiy metodlar jumlasiga kiradi.

O'z - o'zini kuzatish esa odam o'zida kechayotgan biror o'zgarish yoki hodisani o'zi o'rganish maqsadida ma'lumotlar to'plash va qayd etish usulidir.

Erkin kuzatuv ko'pincha biror ijtimoiy hodisa yoki jarayonni o'rganish maqsad qilib qo'yilganda qo'llaniladi.

Tashqi kuzatuv mohiyatan kuzatiluvchi xulq - atvorini bevosita tashqaridan turib, kuzatish orqali ma'lumotlar to'plash usulidir.

Dars jarayonida bolalarning u yoki bu mavzu yuzasidan umumiy munosabatlarini bilish uchun ham ba'zan erkin kuzatish tashkil etilishi mumkin. Standartlashtirilgan kuzatuv esa, buning aksi bo'lib, nimani, qachon, kim va kimni kuzatish qat'iy belgilab olinadi va maxsus dastur doirasidan chiqmasdan, kuzatuv olib boriladi. Ijtimoiy hamda pedagogik psixologiyada guruhiy jarayonlarning shaxs xulq - atvoriga ta'sirini o'rganish maqsadida bevosita ichkaridan kuzatuv tashkil qilinadi, bunda kuzatuvchi shaxs o'sha guruh yoki oila hayotiga tabiiy ravishda qo'shiladi va zimdan kuzatish ishlarini olib boradi. Bu bir qarashda kontrrazvedkachilarning faoliyatini ham eslatadi. Shu yo'l bilan olingan ma'lumotlar bir tomondan tabiiyligi va mufassalligi bilan qimmatli bo'lsa, ikkinchi tomondan, agar kuzatuvchida konformizm xislati kuchli bo'lsa, o'zi ham guruh hayotiga juda kirishib ketib, undagi ayrim hodisalarni subyektiv ravishda qayd etadigan bo'lib qolishi ham mumkin. Guruhiy fenomenlarni tashqaridan kuzatish buning aksi - ya'ni kuzatuvchi guruhga yoki kuzatilayotgan jarayonga nisbatan chetda bo'ladi va faqat bevosita ko'zi bilan ko'rgan va eshitganlari asosida xulosalar chiqaradi. Umuman, kuzatish metodining ijtimoiy hayot, professional ko'rsatkichlarni qayd qilishda so'zsiz afzalliklari bor, lekin shu bilan birga kuzatuvchining professional mahorati, kuzatuvchanligi, sabr - qanoatiga bog'liq bo'lgan jihatlar, yana to'plangan ma'lumotlarni subyektiv ravishda tahlil qilish xavfi bo'lgani uchun ham biroz noqulayliklari ham bor, shuning uchun ham u boshqa metodlar bilan birgalikda ishlatiladi.

2.So'rov metodi psixologiyaning barcha tarmoqlarida birlamchi ma'lumotlar to'plashning an'anaviy usullaridan hisoblanadi. Unda tekshiriluvchi tekshiruvchi tomonidan qo'yilgan qator savollarga muxtasar javob qaytarishi kerak bo'ladi. Agar mabodo uning professional mahorati yoki tajribasi bunga yetarli bo'lmasa, so'rov o'z natijalarini bermasligi mumkin.

3. Test metodi. Ushbu metod yordamida inson ruhiy kechinmalariga aloqador bo'lgan noyob ma'lumotlarni to'plash imkoniga ega bo'ladi. Testlar turli bo'lishi mumkin:

1. Shaxs xususiyatlarini tekshiruvchi testlar.

2. Muloqot sistemasidagi o'rnini aniqlash.

3. Aqliy sifatlarini tekshiruvchi testlar.

Testlarni qollashni qulaylik tomoni shundaki bir test yordamida ma'lum ob'ektning u yoki bu xususiyatini bir necha marta takror-takror sinab korish mumkin. Lekin ularni umumiy deb bo'lmaydi, chunki u yoki bu test muayyan turdagi ob'ektda sinalgan bo'lsa, uni shunga o'xshash ob'ektlardagina qolash mumkin. Xolos, qolaversa undan olingan ma'lumotlar nisbiy xususiyat kasb etadi.

4.Psixologik tajriba yoki eksperiment metodi. Ushbu metod turli yoshdagi (chaqaloqlik, bolalik, o'quvchilik, o'spirinlik, yetuklik, keksalik) odamlar psixikasini chuqurroq, aniqroq tadqiq qilish metodlari ichida eng muhimi hisoblanadi. Tabiiy metod psixologik-pedagogik masalalarni hal qilishda qo'llaniladi. Metodning ilmiy asosi 1910-yilda F.Lazurskiy tomonidan ishlab chiqilgan. Tabiiy sharoitda inson psixikasini o'rganishda sinaluvchilar esperimentdan bexabar bo'lishi, tadqiqot dasturi shart-sharoit bilan muvofiqlashtirilishi hamda kundalik hayot tarzidan chetga og'ishlar bo'lmasiligi lozimdir.

5.Laboratoriya (klinika) metodi ko'pincha individual (goho guruh va jamoa) shaklida sinaluvchilardan yashirmay, maxsus psixologik asboblar, yo'l-yo'riqlar, tavsiyalar, ko'rsatma va ilovalardan foydalanib olib boriladi. Hozir inson psixikasidagi o'zgarishlarni aniqlaydigan asboblar, murakkab elektron hisoblash mashinalari (dispoleylar), qurilmalar, moslama va ji-hozlar mavjud. Ular odamdagi psixologik jarayonlar, holatlar, funksiyalar, vujudga kelayotgan yangi sifatlarni qayd qilish va o'lchashda qo'llannadi. Ko'pincha detektorlar, elektron va radio o'lchagichlar, sekundomer, refleksometr, xronorefleksometr, lyuksmetr, anomaloskop, tahistoskop, audiometr, esteziometr, elektromiogramma, elektro-ensefalogramma kabilardan foydalaniladi.

6.Eksperiment metodi - ko'pincha odamlar psixikasini chuqurroq, aniqroq tadqiq qilish metodlari ichida eng muhi-mi hisoblanadi. Eksperiment metodi yordamida sun'iy tushunchalarni shakllantirish, nutq o'sishini tekshirish, fav-quloddagi holatdan chiqish, muammoli vaziyatni hal qilish, bilish jarayonlari, shaxsning his tuyg'ulari, xarakteri va tipologik xususiyatlari o'rganiladi. Laboratoriya metodi yordami bilan diqqatning sifatlari, sezgi, idrok, xotira va tafakkurning xususiyatlari, emosional hamda irodaviy va aqliy zo'riqish singari murakkab psixik holatlar tekshiriladi. Asboblarning ko'rsatishi bo'yicha o'zgarishlar, rivojlanish dinami-kasi,

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

jismoniy va aqliy toliqish, hissiy-irodaviy, asabiy zo'riqish, jiddiylik, tanglik qanday sodir bo'layotganini ifodalovchi ma'lumotlar olinadi.

XULOSA

Aytish mumkinki, Psixologiya fanining eng muhim metodlari: kuzatish, test, so'rov, tajriba, modellashtirish bo'lib, bu metodlar orqali shaxsning turli vaziyatlarda xulqini diagnostika qilish mumkin. Hozirgi kunda psixologiya fanida tadbiqiy va amaliy sohalari hamda psixologiyaning maxsus tarmoqlaridan - yosh va pedagogik psixologiya, ijtimoiy psixologiya, iqtisodiy psixologiya, yuridik psixologiya, sanoat va ishlab chiqarish psixologiyasi, boshqaruv psixologiyasi, tibbiyot psixologiyasi, psixodiagnostika va differensial psixologiyalar mavjud bo'lib, ular ijtimoiy hayotning barcha sohalarida keng qo'llanilib kelmoqda. Bu metodlardan "Mehrli maktab"larda foydalanish, o'z o'rnida qo'llay olish o'ylaymizki, ijobiy samarasini ko'rsatmay qolmaydi. Albatta, yaxshi ta'sir qiladi. Chunki bolalarning ruhiy holati aniqlashtirib turiladi.

REFERENCES

1. G'oziev E.G, Mamatov M.M va boshqalar "O'spirin psixologiyasi". T., 1992y.

2. Nishonova ZT, Alimova G.K. "Bolalar psixologiyasi va uni O'qitish metodikasi" T.,2005y.

3. G'oziev E.T, O'tanov B. "hamkorlik psixologiyasi". T.,Tosh.DU.1992y.

4. G'oziev E.G. "Oliy maktab psixologiyasi" Tosh DU.1992y.

5. Lyaudis V.A."Metodika prepodavanie psixologii" URAO 2000g.

6. Davletshin M.G. "Obshaya psixologiya". T., 2002g.

7. Filatova O.G. "Sotsialnaya psixologiya". S.P. 2001g

8. Badmaev M. "Metodika pripodavaniya psixologii" M.,"Vados"2001g.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.