Научная статья на тему '"MEHRLI MAKTAB" DA FIZIKA FANINI O'QITISHNI INDIVIDUALLASHTIRISH METODIKASI'

"MEHRLI MAKTAB" DA FIZIKA FANINI O'QITISHNI INDIVIDUALLASHTIRISH METODIKASI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
305
28
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
"Mehrli maktab" / klinik immunologiya / gospital pedagogika / statsionar davolash-profilaktika muassasalari. / "Mehrli maktab" / clinical immunology / hospital pedagogy / inpatient treatment-prophylactic institutions.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — N. Alimova, D. Xoliqulova

Mazkur maqolada Xalq ta'limi vazirligi huzuridagi ";Mehrli maktab" davlat ta'lim mussasasida fizika fanini o'qitishni individuallashtirish metodikasi va usullari haqida so’z boradi. Maqola davomida ushbu maktab tarixi va fizika o’qitishda duch kelinadigan muammolar hamda ularning yechimlariga alohida urg’u berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

METHODOLOGY OF INDIVIDUALIZATION OF PHYSICS TEACHING IN "MEHRLI MAKTAB".

This article talks about the methodology and methods of individualizing the teaching of physics at the state educational institution ";Mehrli Maktab" under the Ministry of Public Education. In the course of the article, special emphasis is placed on the history of this school and the problems encountered in teaching physics and their solutions.

Текст научной работы на тему «"MEHRLI MAKTAB" DA FIZIKA FANINI O'QITISHNI INDIVIDUALLASHTIRISH METODIKASI»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 6 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

"MEHRLI MAKTAB" DA FIZIKA FANINI O'QITISHNI INDIVIDUALLASHTIRISH

METODIKASI Nigora Alimova Isroilovna

Xalq ta'limi vazirligi huzuridagi "Mehrli maktab" davlat ta'lim mussasasi direktori

Xoliqulova Dilnoza Sheraliyevna

Xalq ta'limi vazirligi huzuridagi "Mehrli maktab" davlat ta'lim mussasasi umumiy o'rta ta'limni

tashkil etish bo'yicha pedagog xodim (fizika) https://doi.org/10.5281/zenodo.7187948

Annotatsiya. Mazkur maqolada Xalq ta'limi vazirligi huzuridagi "Mehrli maktab" davlat ta'lim mussasasida fizika fanini o'qitishni individuallashtirish metodikasi va usullari haqida so'z boradi. Maqola davomida ushbu maktab tarixi va fizika o'qitishda duch kelinadigan muammolar hamda ularning yechimlariga alohida urg'u berilgan.

Kalit so'zlar: "Mehrli maktab", klinik immunologiya, gospital pedagogika, statsionar davolash-profilaktika muassasalari.

МЕТОДИКА ИНДИВИДУАЛИЗАЦИИ ПРЕПОДАВАНИЯ ФИЗИКИ В «МЕХРЛИ

МАКТАБ».

Аннотация. В данной статье рассказывается о методике и методах индивидуализации преподавания физики в государственном образовательном учреждении «Мехрли мактаб» при Министерстве народного образования. По ходу статьи особое внимание уделяется истории этой школы и проблемам, возникающим при обучении физике, и их решениям.

Ключевые слова: «Мехрли мактаб», клиническая иммунология, госпитальная педагогика, стационарные лечебно-профилактические учреждения. METHODOLOGY OF INDIVIDUALIZATION OF PHYSICS TEACHING IN "MEHRLI

MAKTAB".

Abstract. This article talks about the methodology and methods of individualizing the teaching of physics at the state educational institution "Mehrli Maktab" under the Ministry of Public Education. In the course of the article, special emphasis is placed on the history of this school and the problems encountered in teaching physics and their solutions.

Keywords: "Mehrli maktab", clinical immunology, hospital pedagogy, inpatient treatment-prophylactic institutions.

KIRISH

Bugungi kunda yurtimizda olib borilayotgan islohotlar, ta'limga qaratilyotgan e'tibor va keng ko'lamli ishlarning natijasi o'laroq 2022-yilning 5-mayida "Bolalar gematologiyasi, onkologiyasi va klinik immunologiyasi markazida davolanayotgan bolalar uchun maktabgacha ta'lim va tarbiya hamda umumiy o'rta ta'lim berish tizimini joriy qilish chora-tadbirlari to'g'risida"gi hukumat qarori qabul qilindi.

Ushbu qarorning natijasi sifatida bolalar gematologiyasi, onkologiyasi va klinik immunologiyasi markazida davolanayotgan bolalarga maktabgacha ta'lim va tarbiya hamda umumiy o'rta ta'lim berish jarayonlarini samarali tashkil etish uchun "Mehrli maktab" davlat ta'lim muassasasi tashkil etildi va o'z faoliyatini boshladi.

Ushbu maktab "Zamin" fondi tomonidan Maktabgacha ta'lim, Xalq ta'limi va Sog'liqni saqlash vazirliklari bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan gospital pedagogika sohasidagi

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 6 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

katta loyihaning natijasi hisoblanadi. Maktabda Zamin Creative ijod studiyasi ham ochilgan. Unda bolalar musiqa, tasviriy san'at va mediadan saboq olmoqda. IT-laboratoriya va sensorli xona ham bor. Shu bilan birga, maktab to'siqsiz muhit yaratish uchun moslashtirilgan o'quv dasturlari, gospital pedagogika sohasida o'qituvchilarning malakasini oshirish modullari ishlab chiqiladigan va yaratiladigan metodologiya markazi sifatida ham xizmat qilmoqda.

"Mehrli maktab" yuridik shaxs maqomiga ega bo'lib, Xalq ta'limi vazirligi huzurida tashkil etiladi. "Mehrli maktab"da quyidagi maktabgacha guruhlar faoliyat ko'rsatishi mumkin:

• maktabgacha ta'lim gospital guruhlari - statsionar davolanayotgan, sog'lig'i sababli maktabgacha ta'lim tashkilotlariga bora olmaydigan 2 yoshdan 7 yoshgacha bo'lgan bolalar uchun davolash-profilaktika muassasalarida tashkil etilgan guruhlar;

• ilk rivojlanish yoshidagi bolalarga mo'ljallangan o'yin guruhlari - 1,5 yoshdan 2 yoshgacha bo'lgan bolalar uchun statsionar davolash-profilaktika muassasalarida tashkil etiladigan guruhlar. Ularda parvarish qilish va nazorat qilish ishlari ota-onalarning faol ishtirokida tashkil etiladi;

• maktabgacha ta'lim gospital guruhlari, ilk rivojlanish yoshidagi bolalarga mo'ljallangan o'yin guruhlari.

Alohida ta'kidlab o'tish kerakki, "Mehrli maktab" o'z oldiga qator maqsadlarni qo'ygan, ular quyidagilardan iborat:

-Mehrli maktabda davolanayotganlarning hayotga ijtimoiy moslashishini, ularning maktabgacha ta'lim tashkilotlari hamda umumta'lim muassasalarida ta'limni davom ettirishga tayyorligini ta'minlash;

-Mehrli maktabda davalanayotganlarning hayoti va sog'ligi muhofazasini ta'minlash;

-ularga ta'lim va tarbiya xizmatlarini ko'rsatish.

Yuqoridagi maqsadlardan ko'rinib turibdiki, "Mehrli maktab"larda darslarni samarali tashkil qilish yuqori pedagogik mahoratni talab qilishi bilan bir qatorda mas'uliyatli ish hamdir.

TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI

Davolanayotganlarni maktabgacha gospital guruhlariga qabul qilish "Mehrli maktab" tomonidan taqdim etiladigan ro'yxatlar asosida amalga oshiriladi. Markazda davolanayotganlar uchun alohida ishlab chiqilgan o'quv rejasi asosida 1-11-sinflar hajmida umumiy o'rta ta'lim beriladi. Dars mashg'ulotining davomiyligi boshlang'ich ta'lim (maktab)ning 1-4 sinflarida - 35 daqiqa, 5-11 sinflarda - 40 daqiqa bo'ladi. Bunda bir kunlik dars mashg'ulotlari 1-4 sinflarda 3 soatdan, 5-11 sinflarda 4 soatdan oshmasligi lozim. O'quv haftasi davomiyligi 5 kunlik asosida olib boriladi.

Maktab bolaning to'laqonli reabilitatsiya bo'lishi, moslashishi va ijtimoiylashishiga, bu jarayonda ota-onalar ham qatnashishiga xizmat qilmoqda. Gospital maktab uchun pedagog va psixologlar tanlov asosida tanlab olingan, ular gospital pedagogika bo'yicha maxsus treninglardan o'tgan. O'qituvchi va murabbiylar jamoasi tibbiy xodimlar bilan yaqindan hamkorlik qilmoqda. Bolalardagi immunitet tanqisligini hisobga olib, maktab o'ziga xos tibbiy talablarga muvofiq jihozlangan, gipoallergen materiallar bilan ta'minlangan. O'quv jarayonida faqatgina elektron darsliklar va har bir o'quvchiga alohida biriktirilgan kitoblardan foydalanilmoqda.

2022-yil 5-mayda Bolalar gematologiyasi, onkologiyasi va klinik immunologiyasi markazida davolanayotgan bolalarga maktabgacha va umumiy o'rta ta'lim berishni tashkil etish to'g'risida Nizom (O'zR VM 05.05.2022 y. 234-son qaroriga ilova) imzolandi. Ushbu Nizom

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 6 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

Bolalar gematologiyasi, onkologiyasi va klinik immunologiyasi markazida (keyingi o'rinlarda -Markaz) davolanayotgan bolalarga maktabgacha va umumiy o'rta ta'lim berish jarayonlarini tashkil etish tartibini belgilaydi. Markazda davolanayotgan bolalarga maktabgacha va umumiy o'rta ta'lim berish jarayonlarini tashkil etish uchun Xalq ta'limi vazirligi huzurida yuridik shaxs maqomiga ega bo'lgan "Mehrli maktab" davlat ta'lim muassasasi (keyingi o'rinlarda - Mehrli maktab) tashkil etiladi. Mehrli maktab o'z ustaviga, mustaqil balansga, shaxsiy g'azna hisob varaqlariga (davlat ta'lim muassasalari uchun), bank hisobvaraqlariga, Davlat gerbi tasviri tushirilgan va o'z nomi davlat tilida yozilgan muhrga, shtampga va blankalarga ega bo'ladi. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qo'llaniladi: davolanayotganlar

- markazda tibbiy xizmat ko'rsatilayotgan 18 yoshga to'lmagan voyaga yetmagan shaxslar;

-ta'lim va tarbiya xizmatlari - maktabgacha va umumiy o'rta ta'lim tashkil etish xizmatlari;

-asosiy maktab - davolanayotganlar doimiy yashash manzili bo'yicha ta'lim olayotgan davlat va nodavlat umumiy o'rta ta'lim tashkilotlari.

TADQIQOT NATIJALARI

Rossiyada esa bu kabi maktab - Pyotr 1 davridan o'z faoliyatini boshlagan. O'qituvchilar matematika yoki boshqa fanlarni emas, iloji boricha bolalarni rivojlantiruvchi mashqlar, masalalar bilan masalan, ularga ertaklar va xikoyalar orqali, savol javoblar tariqasida shug'ullanishgan. Bu kabi metodlar ularni shaxsiyatini bolalik davridan shakillanishiga yordam berishiga ishonishgan. Shuning uchun kasalxonada bolalarga avvalo bemor emas, balki shaxs sifatida e'zozlanishiga sabab bo'lgan. Sobiq sovet davrida hamshiralar o'rniga maktab o'qituvchilari tashrifini ta'minlash boshlandi. Bundan maqsad esa, mamlakatda savodsizlikka qarshi boshlangan 5 yillik reja va bu rejaning amalda qo'llashga qaratilgan buyuk maqsadlar edi. Ya'ni, o'quvchi sog'ayib jamiyatga qaytganida nazariy va amaliy bilimlardan qolib ketmasdan davom ettirishdan iborat edi. 20- asrning oxirida kasalxonalardagi bolalarni o'qitish metodlari va usullarini o'zgartirish kerakligini, aks holda bundan keyingi ta'lim zerikarli va foydasiz ekanligi aniq bo'lib qoldi. 1988-yil pediatr Pavel Kornxauzerning tashabbusi bilan, YUNESKO va JSST ko'magida Sloveniyada gospital o'qituvchilrar uchun birinchi Yevropa kongressi bo'lib o'tdi. Yevropa kasalxona maktablari assotsiatsiyasi, Yevropadagi Pedagoglarning kasalxona tashkiloti tuzildi. HOPE bolalar huquqlari va o'qituvchilarni rivojlantirish bilan shug'ullanadi. Ushbu tashkilotning sharofati bilan, gospital pedagogikasi xalqaro tushunchaga aylandi. Uyushma a'zolari xorijlik hamkasblari bilan o'z tajribalari va fikr mulohazalar almashadilar. Shu tariqa gospital pedagogika sohasida qilingan samarali texnika va metodlar boshqa mamlakatlarda ham o'zlashtiriladi. 20 - asrning oxiriga kelib mafkuraviy siyosat, mafkuraviy qarashlar, mafkuraviy dunyoqarash kengaydi va bu mamlakatlar o'rtasida asosiy siyosiy jarayonga aylandi. O'qituvchilar maktabda smenalar tashkil qilib ishlashni boshlashdi. Uzoq davolanadigan o'quvchilarga esa kasalxonalarga yoki uy ta'limiga jalb qilindilar. Maqsad esa hali ham o'sha -o'sha, bemor bolalarni ta'limdan, maktabdan uzoqlashtirmagan holda bilim berishdan iborat. So'nggi tadqiqotlar shuni ko'rsatdi-ki, gospital maktablarda o'qigan o'quvchilarning 85 foizi o'z qiziqishlari va orzulari haqida so'zlab bergan bo'lsa, maktabga qatnamagan bemor bolalrning 10 tadan faqat 2 tasigina kelajak rejalari haqida so'zlab bergan.

"Mehrli maktab"da o'qitilayotgan har bitta fanning maqsadidan kelib chiqqan holda aytish mumkinki, boshqa fanlar qatorida fizika fanining ham o'z o'rni va ahamiyoti bor.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 6 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

Bilamizki, ushbu maktabning asosiy vazifasi bolalar bilan individual ishlashdir. Shuni hisobga olgan holda ''Mehrli maktab''da fizika fanini o'qitish, avvalambor, o'quvchilarni zamonaviy fizika yutuqlari bilan tanishtirishni, ushbu fanning ilmiy-texnik taraqqiyotda tutgan o'rni va rolini ko'rsatib berishni hamda o'quvchilar ongida tabiiy-ilmiy dunyoqarashni shakllantirishni taqozo qiladi. Fizika tabiatdagi hodisa va voqealarni hamda ularning qonuniyatlarini o'rganuvchi fandir. Inson ham tabiatning bir bo'lagi sifatida u bilan bevosita, doimo munosabatdadir. Tabiatdagi hodisalarning sirini bilish, ularning qonuniyatlarini aniqlash. asosan, insoniyatning yashash sharoitini yaxshilash maqsadida olib boriladi. Shunday bo'lmasa, fizikaning yutuqlaridan foydalanib, tabiatni tubdan o'zgartirib yuborish mumkin edi. Jumladan, quyoshni xohlagan paytda chiqarib yoki botirib, yomg'irni esa kerak vaqtda yog'dirib, yozni qishga - kuzni yozga aylantirib qo'yar edik, Aslida esa bunday emas, bo'lshi ham mumkin emas. Shuning uchun ham, tabiatda yuz beruvchi hodisalarni o;rganib, ularning yordamida insoniyatning yashashi uchun kerakli tabiat boyliklarini saqlashga, ulardan samarali foydalanish yo'llarini o'rganishga ko'nikishimiz kerak. Tabiiy fanlarning ichida fizika alohida o'rin egallagani uchun u, barcha tabiiy fanlarning poydevorini tashkil qiladi, deb aytiladi. Chunki fizika barcha tabiiy fanlarning yutuqlariga o'zining munosib hissasini qo'shgan va qo'shib kelmoqda. Bunga misol qilib fizikaviy kimyo, kimyoviy fizika, biofizika, astrofizika, geofizika va boshqa duragay fanlarni ko'rsatish mumkin. Sir emaski, hozirgi kunda tibbiyotda ham fizikaning o'rni beqiyosdir, chunki uning hissasi dastlab Rentgen nurlaridan boshlangan bo'lsa, hozirgi kunda ultratovush va lazerlarning qo'llanilishi, qolaversa, kompyuter tomografiyasi orqali davom etmoqda. Shuningdek, insoniyatni energetik inqirozdan qutqarishda ham, fizika atom va yadro energiyalaridan foydalanishni kashf etishi orqali o'zining munosib hissasini qo'shmoqda va qo'shadi.

Hozirgi vaqtda ham bu sohada jadal tarzda ilmiy izlanishlar olib borilmoqda. Ular fizika fanini rivojlantirishadi, to'ldirishadi, insoniyatning yashashiga ijobiy ta'sir qiluvchi omillarini izlab topishadi. Fizikaning fan sifatida paydo bo'lishi va rivojlanishiga buyuk mutafakkirlarimiz Roziy, Forobiy, Beruniy, Ibn Sino va boshqalar o'z vaqtida munosib hissa qo'shishganini hech qachon unutmasligimiz lozim.

Respublikada qabul qilingan uzluksiz ta'lim tizimi va uning har bir bosqichini samarali amalga oshishi, yosh avlodga jahon andozasiga mos bilim berish, tarbiyalash va rivojlantirishni, ya'ni barkamol avlodni tarbiyalashni nazarda tutadi. Bu ishlarni amalga oshirish, birinchi navbatda, pedagog o'qituvchilarning intellektual salohiyatiga bevosita bog'liq. Fizika o'qituvchisi, ayniqsa, imkoniyati cheklangan bolalar bilan shug'ullanuvchi pedagoglar birinchi navbatda, chuqur bilim, yuksak pedagogik hamda metodik mahoratga va madaniyatga ega bo'lishi ilmiy-tadqiqot metodlarini egallagan bo'lishi zarur, shundagina uni yuqori ma'naviyatli jamiyat a'zosi deyish mumkin. Albatta, bunday darajadagi fizika o'qituvchisi, o'z sohasi bo'yicha yaxshigina tadqiqotchi bo'ladi, ya'ni pedagogik tajriba sinov ishlarini tashkil qilishni, uning maqsadini va olingan natijalarni tahlil qilishni yaxshi bilishi zarur. Qolaversa, bunday darajaga ega bo'lishi uchun, u, ilmiy metodologiyani va pedagogik tajriba-sinov ishlarining metodikasini yaxshi o'zlashtirgan bo'lshi kerak.

MUHOKAMA

Zamonaviy ta'lim kontseptsiyasi "Mehrli maktab" oldiga bir qator muammolarni qo'yadi, ularni hal qilish ko'pincha ta'limga yangi kompyuter texnologiyalarini keng joriy qilmasdan

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 6 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

mumkin emas. Har bitta o'quvchi bilan individual shug'ullanish va fizika fani haqida tasvvurga ega bo'lishi uchun sharoit yaratishning yagona yo'li bu-darslarni kompyuterlashtirishdir.

Bugungi kunda fizika darsida asosiy narsani to'liq o'zlashtirishni kafolatlash uchun minimal o'quv soatlari bilan yetarli miqdorda ma'lumot berish kerak. "Mehrli maktab"larni individuallashtirish o'qitishning yangi shakl va uslublarini faol joriy etishni ham taqozo etadi. Shu maqsadda o'quv jarayonida kompyuter texnologiyalari yutuqlaridan foydalanish samarali ko'rinadi.

8-9-10-11-sinf o'quvchilari bilan o'tkazilgan so'rov shuni ko'rsatdiki, o'quvchilarning salmoqli qismi qiyinchiliklarga duch keladi va fanga qiziqishi susayadi, ijodiy salohiyatini to'liq ro'yobga chiqarmaydi.

O'qitishga an'anaviy yondashuv bilan yangi bilimlarni o'zlashtirishga qiziqishning yo'qolishiga olib keladigan sabablar:

-An'anaviy o'qitishdan foydalanish cheklangan vaqt bilan ma'lumotlar oqimini ko'paytirishga mo'ljallangan, bu o'quvchilarning ijodiy salohiyatini to'liq ochib berishga imkon bermaydi.

Tadqiqot elementlari fizikani o'qitishda, laboratoriya va amaliy ishlarda muhim tarkibiy qism sifatida to'liq qo'llanilmaydi: jihozlarning etarli emasligi yoki eksperimental modelning soddalashtirilganligi sababli talabalar kerakli qiymatlarni hisoblash va o'lchash uchun ko'p vaqt sarflashadi. xatolar, turli parametrlar bilan tajribani qayta-qayta takrorlashning mumkin emasligi.

Jismoniy muammolarni hal qilishda rasmiy yondashuv (ularni faqat qog'ozda hal qilish va olingan natijani amalda tekshirishning mumkin emasligi);

yetarlicha mablag' ajratilmaganligi sababli ko'rgazmali jihozlar bilan ta'minlanmaganligi;

Ba'zi jismoniy tajribalarni maktab sharoitida ko'rsatishning mumkin emasligi, ularning yuqori narxi yoki yuqori xavfliligi.

XULOSA

Xulosa o'rnida aytish mumkinki, "Mehrli maktab"da fizika darslarini samarali tashkil qilish uchun, avvalo, vaqtni to'g'ri taqsimlay olishimiz kerak. Chunki bolalarning sog'ligi sabab vaqt ancha chegaralangan. Berilgan qisqa muddatdan samarali va o'rinli foydalanishimiz bolalarning fizika darslariga bo'lgan qiziqishlarini oshirishga sabab bo'ladi.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 6 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

REFERENCES

1. https://www.gazeta.uz/uz/2022/01/28/mirziyoyev/

2. https://lex.uz/docs/5992724

3. https://xs.uz/uzkr/post/talim-tarbiya-tizimi-taraqqiyotning-yangi-bosqichimuhokama-qilindi https://uza.uz/posts/33187

4. Узбекистан Республикасининг "Таълим тугрисида" ги ^онуни. //Олий таълим меъёрий хужжаталари. — Т.: Шарк, 2001. -ББ. 3-18

5. Ш.Мирзиёев. Узбекистон президенти Шавкат Мирзиёев Олий Мажлис палаталарининг кушма мажлисида сузлаган нут;и.2016 йил, 15 декабрь.

6. Afrina E.I; Fizika darslarida elektron pochtadan foydalanish. // Internet-ta'lim masalalari. -2003. - 1-son.

7. Baranova Yu.Yu., Perevalova EA, Tyurina EA, Chadin EA. O'quv jarayonida elektron darsliklardan foydalanish usuli. // Informatika va ta'lim. - 2000. - 8-son. - G.43-47.

8. 6. Bespalko V.P. Pedagogik texnologiyaning tarkibiy qismlari. - M .: Pedagogika, 1989 .-192 b.

9. Gomulina N.N., Mixaylov SV. Masofaviy ta'lim elementlari bilan interaktiv kompyuter kurslaridan foydalanish usuli // Fizika. - 2000 yil - 39-son. - 68-71.

10. Guzeev V.V. Mashg'ulotlarning tashkiliy shakllari va usullari. - M .: Xalq ta'limi, 2001 .-128 b.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.