Научная статья на тему 'MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNI KITOB O'QISHGA QIZIQTIRISHDA PSIXOLOGIYANING O'RNI'

MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNI KITOB O'QISHGA QIZIQTIRISHDA PSIXOLOGIYANING O'RNI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

12905
615
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
maktabgacha yoshdagi / psixologiya / metod / kuzatish / suhbat / kitobxonlik / preschool child / psychology / methodology / observation / conversation / reading

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Oyisha Kuchkarova

Ushbu maqola maktabgacha yoshdagi bolalarni kitob o‟qishga qiziqtirish vazifasini muhokama qilishga qaratilgan bo‟lib,mazkur vazifani hal qilishda psixologiyaning o‟rni qanchalik muhim ekanligi qator tajriba va ma‟lumotlar asosida isbotlab berilgan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE ROLE OF PSYCHOLOGY IN ENCOURAGING PRESCHOOL CHILDREN TO READ BOOKS

This article is devoted to the discussion of tasks to stimulate the interest of preschool children in reading books, on the basis of a number of experiments and data, the role of psychology in solving this problem is proved

Текст научной работы на тему «MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNI KITOB O'QISHGA QIZIQTIRISHDA PSIXOLOGIYANING O'RNI»

ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 4 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 DOI: 10.24411/2181-1385-2021-00552

MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNI KITOB O'QISHGA QIZIQTIRISHDA PSIXOLOGIYANING O'RNI

Oyisha Kuchkarova

Samarqand davlat tibbiyot instituti

ANNOTATSIYA

Ushbu maqola maktabgacha yoshdagi bolalarni kitob o'qishga qiziqtirish vazifasini muhokama qilishga qaratilgan bo'lib,mazkur vazifani hal qilishda psixologiyaning o'rni qanchalik muhim ekanligi qator tajriba va ma'lumotlar asosida isbotlab berilgan.

Kalit so'zlar: maktabgacha yoshdagi, psixologiya, metod, kuzatish, suhbat, kitobxonlik.

THE ROLE OF PSYCHOLOGY IN ENCOURAGING PRESCHOOL

CHILDREN TO READ BOOKS

Oyisha Kuchkarova

Samarkand State Medical Institute

ABSTRACT

This article is devoted to the discussion of tasks to stimulate the interest of preschool children in reading books, on the basis of a number of experiments and data, the role of psychology in solving this problem is proved.

Keywords: preschool child, psychology, methodology, observation, conversation, reading.

KIRISH

Ta'lim-tarbiya ishlarini takomillashtirish, uni jahon andozalari darajasiga ko'tarish, fan sohasidagi yangiliklarni amaliy hayotga tatbiq etish muhim masalalardan biri bo'lib qolmoqda. Ayniqsa yosh avlodga ta'lim-tarbiya berish, ularda fan asoslariga nisbatan bilim, ko'nikma, malakalarni shakllantirish davlat siyosatining ustuvor vazifalaridan hisoblanadi [1].

ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 4 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 DOI: 10.24411/2181-1385-2021-00552

Maktabgacha yoshdagi bolalaming kitobga bo'lgan qiziqishni uyg'otish o'z navbatida psixologiya,bolalar xarakteristikasini bilmay turib amalga oshmaydi.Chunki har bir bola o'z shaxsiyat va dunyo qarashga ega.Shaxs kamoloti va uning taraqqiy etishida psixologiyaning o'rni beqiyosdir [7]. Shuning uchun ham bolalarni kitob o'qishga qiziqtirishda psixologiya eng asosiy omil hisoblanadi.

Hozirgi zamon tarbiyachisi ijtimoiy-kasbiy vazifalarini bajarish uchun yuksak ma'naviy xislatlarga ega bo'lishi, umumiy va kasb madaniyati, ziyoliligi, axloqiy pokligi, faolligi, shaxsiy hissiyotlarga berilmasligi, ijodiy tasavvur egasi, psixik jihatdan sog'lom, davlatimiz fuqarosi sifatida mas'uliyatni his eta bilishi lozim. Tarbiyachilik kasbiga xos psixik holatlar va xarakter maktabgacha yoshdagi bolalar psixikasining o'ziga xos xususiyatlarini tarbiyalashning psixik asoslari va qonuniyatlari haqida bilim, ko'nikma va malakalar berishdan va ularni kasbiy faoliyatga tatbiq etishdan iborat.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Bolaning 3 yoshdan 7 yoshgacha bo'lgan maktabgacha yoshi bolalik davrining katta bir qismini tashkil etadi. Asosan mana shu davrdan boshlab bolaning mustaqil faoliyatlari rivojlanadi hamda shaxsiy individual xususiyatlari (shaxsiy fazilatlari) tarkib topa boshlaydi. Rus pedagoglaridan P.F.Les Gaining fikricha, insonning maktabgacha yoshidagi davri shunday bir davrki, ana shu davr mobaynida kelgusida qanday xarakter xislatlari paydo bo'lishi belgilanadi va axloqiy sifatlarining asoslari yuzaga keladi[3]. A.S.Makarenko bolalarni juda kichik davridan boshlab tarbiyalash zarurligi haqida gapirib, tarbiyaning eng muhim asoslari bolaning besh yoshgacha bo'lgan davri mobaynida yuzaga keltiriladi. Mana shu davrda qilingan butun tarbiya, tarbiya jarayonining 90% ini tashkil etadi, degan edi [12].

Maktabgacha yoshdagi bolalarda endigina narsalarni idrok etish, fikrlash tasavvur etish shakllanib boradi. Ular kitoblardagi qahramonlarning qiziqarli qiliqlari, kulgili voqea va hodisalarni tasodiflarni ko'proq eslab qoladilar. Agar tarbiyachi kitobni ovozli o'qib ularning diqqatini o'qilgan narsaga tartib tushuntirib bersa, bolalar uni eslab qoladilar. Bu yoshdagi bolalar o'yin orqali voqea va hodisalarni, kishilarning xarakteri va munosabatlarini bilib oladilar ko'rgan eshitgan, o'qigan narsalardagi holatlarni, kishilarni, hayvonlarni "yaxshi" va "yomon"ga ajratadilar va ularga o'z munosabatlarini bildiradilar. Bu yoshdagi bolalarni o'zlarini o'rab turgan muhit, tabiat va undagi hayvonlar, o'qimliklar qiziqtiradi.

ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 4 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 DOI: 10.24411/2181-1385-2021-00552

Shuning uchun ham ular o'z qiziqishlarini qondirish uchun kattalarni xilma-xil savollarga ko'mib tashlaydilar. Endi ular voqea va hodisalarga boshqacha ko'z bilan qaraydilar, voqeilikni bilishga intiladilar va xotirada saqlab qoladilar. "Nima uchun qaroqchi bo'ladi?", "Nima uchun qushlar uchadi-yu odamlar uchmaydi?", "Nima uchun qor yog'adi?" va boshqa savollar bilan kattalarga murojaat qiladilar. Chunki bu davrda ularning rivojlanishi alohida bir bosqichni tashkil etib, aqliy va jismoniy o'sishida, o'qitish va tarbiyalashda o'ziga xos yosh xususiyatlarga amal qilishini talab etadi.

Kitobxonlar uchun konkret narsani obrazli fikrlash xarakterlidir, o'qish davomida shu obrazli fikrlash orqali ularning tushunchalari o'sib boradi. Bu yoshda bolani kitobning yozlishi masalaning qo'yilishi emas, kitobdagi obraz, voqea va hodisa qiziqtiradi.

Tarbiyachi kitobxonlarning qiziqishlarini shakllantirishi va rivojlantirish ular o'qishga rahbarlik qilishi, haqiqiy kitobxonlar bilan til topishib ishlashi lozim. Biz bu yerda alohida kitobxonlarga ta'rif berdik xolos. Bolalar o'qishni sifatli ravishda tashkil etish va ularni davr talabiga javob bera oladigan kishilar qilib tarbiyalash uchun, avvalo ularni har tomonlama o'rganish lozim.

Ba'zi bolalar haqiqiy kitobsevar bo'lsa, boshqalari esa o'qishni yoqtirmaydilar. Shunga qaramay, barcha bolalarni ham kitob mutolaasiga qiziqtirish mumkin. Pedagoglar tomonidan berilgan quyidagi ko'rsatmalar bolalarni kitobga mehr qo'yishiga yordam beradi [8].

V.

Zamonaviy texnologiyalardan foydalanish

1-rasm. Bolalarni kitobga mehr qo'yishiga yordam beruvchi ko'rsatmalar

ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 4 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 DOI: 10.24411/2181-1385-2021-00552

Zamonaviy texnologiyadan foydalanish: Ota ona farzandining kitob o'qishini istaydi, u esa kompyuter o'yinini xohlaydi. Nima qilish kerak? Kitob mutolaasini ana shu jarayonga yaqinlashtirish, ya'ni zamonaviy texnologiyalardan foydalanish lozim. Ota-onalar internetda ko'plab bepul elektron kitoblar topishi va kompyuter yoki planshetdan foydalangan holda elektron kitoblardan o'qib berishi mumkin. Ularni on -layn o'qish yoki yuklab olish ham mumkin. Ba'zi elektron kitoblarning qog'oz nusxasiga nisbatan imkoniyatlari keng. Masalan, audio va video tasvirlar bilan boyitilganligi ularning imkoniyat darjasini yanada oshiradi. Bu esa bolalarni qiziqtirishi aniq.

Mutolaa burchagi qilish: Bolalarni chalg'itmaydigan, tashqi shovqin-surondan holi bo'lgan mo'jazgina "uycha" yoki burchak qilib berish ularrning kitobga bo'lgan qiziqishini yanada oshirishi mumkin. Ana shunday mo'jazgina chodirchalar ham bolalar uchun "uycha" sifatida xizmat qilishi mumkin.

Bolalarni tez-tez kutubxonaga olib boorish: Ota-onalar farzandida doimiy ravishda kitob o'qish ko'nikmasini shakllantirishni istashsa, haftasiga hech bo'lmagamda bir marta kutubxonaga olib borishi lozim.Chunki kutubxonada bola turli xil kitoblarni ko'radi va uning kitobga bo'lgan qiziqishi tobora oshadi

Kitoblarni tez-tez suhbat mavzusiga aylantirish: Agar ota-onalar bolalarini kitob o'qishga g'ayratini oshirmoqchi bo'lishsa, tez-tez ertaklar, hikoyalar aytib bering, umuman kitoblar va ularning mazmun - mohiyati haqida suhbatlashib turishi kerak. Hayotda sodir bo'lgan haqiqiy voqealarni bolalar o'qigan ertak va hikoyalar bilan bog'lashga harakat qilish lozim. Bu esa bolalarni nafaqat o'qishga chorlaydi, balki, mushohada qilishga o'rgatadi, tahlil qilish qobiliyatini shakllantiradi.

Bolalarga namuna bo 'l/sh: Bolalar ota-onasida namuna oladilar. Agar ota-onalar muntazam kitob mutolaa qilsangiz, boshqa oila a'zolaringiz bilan turli kitoblar to'g'risida tez-tez suhbatlashsa, kitobdan zavq olgangizni ko'rsatsa, bu o'z navbatida bolalar ongiga,psixologiyasiga ta'sir qiladi.Va natijada kitob o'qish asta-sekin bolalarning ham sevimli mashg'ulotiga aylanib boradi.

Har kun/ k/tob o 'q/b ber/vh: Agar ota-onalar vaqtni ayamasdan, bolalarga har kuni kitob o'qib bersa, u asta-sekin o'zi ham muntazam mustaqil tarzda kitob mutolaa qiladigan bo'ladi. Uning hayotida kitobxonlik an'anaga aylanadi.

Bolalarni kitobxonlikka o'rganish har xil usullarda olib borilsa ham quyidagi tamoyillarga asoslanadi [6].

ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 4 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 DOI: 10.24411/2181-1385-2021-00552

Asosiy tamoyillardan biri - yosh kitobxonni o'rganishni uning shaxsini o'rganish bilan bog'liq holda olib borish. Avvalo tarbiyachi suhbat, kuzatish va boshqalar birgalikda kitobxon haqida to'liq ma'lumot bera oladigan bo'lish lozim.

Shunday qilib biz yosh kitobxonning qiziqishi va talablarini o'rganish bilan birga uning o'zini ham o'rganamiz. Zero, kitobxonning qiziqishi, talabi uni o'rab turgan muhit (oila, maktabgacha ta'lim muassasasi, o'rtoqlari) bilan munosabatini qo'shib o'rganishga, u haqda to'liq ma'lumot beradi.

Ikkinchi tamoyil, pedagogik va psixologik xususiyatlardan kelib chiqadigan fikrlar va xulosalar asosida yosh kitobxonni o'rganish bilan birga uning qiziqishlarini to'g'ri yo'lga solib, yanada rivojlantirishdan iboratdir.

Uchinchi tamoyil bolalar kitobini ilmiy va estetik jihatdan o'rganish bilan uzviy alohida olib boriladi. Tarbiyachi bolalarga atalgan badiiy, ilmiy, ommobob kitoblarni yaxshi bilishi, uni pedagogik tomondan tahlil qila olish kerak. Tarbiyachi bu kitoblani o'zining mulohazasi va xulosalari bilangina baholab qolmasdan, kitobxonning yosh xususiyati, saviyasi hamda nuqtai nazarini ham hisobga olish lozim.

MUHOKAMA

Shu bilan birga bolalarni kitob o'qishga bo'lgan qiziqishini oshirish uchun psixologiyaning bir necha metodlaridan foydalaniladi:

Kuzatish va suhbat - kitoblarni chuqurroq o'rganish usuli bo'lib, tarbiyachi o'zining kundalik ishida kitobxonlar bilan yakkama- yakka ish olib borganda doimo shu usuldan foydalanadi.

Kuzatish metodi yordamida esa kutubxonachi yoki tarbiyachi kitobxonni kitob tanlayotganida, ommaviy ishlarda qatnashashyotganida, kitob o'qiyotganida (o'quv xonasida) bevosita ishlanadi.

Suhbat metodi orqali u kitobxon fikrini, bilishini, qobiliyatini, qiziqishini, so'zlab berish mahoratini bilib oladi.

Bu usulning tarbiyaviy ahamiyati juda katta. Birgalikda ko'ndalang qilish usuli orqali biror bir dolzarb muhokama kuzatiladi. Bu ayniqsa kitob haqida munozara bo'lgani bois o'tkazilganda yorqin namoyon bo'ladi. Tarbiyachilar o'zlarining kundalik faoliyatlarida shunday usullardan foydalanadilarki, u bir vaqtda ham kitobxonni o'rganadi, ham uning o'qishga rahbarlik qiladi. Tarbiyachi kitobxonlarni kitob tanlash, undagi rasmlarni ko'rish yoki bolalarni kitobni bir -biriga tavsiya etayotgan paytda ular aytgan so'zlarni bildirmasdan yozib oladi, bu ancha tabiiy

ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 4 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 DOI: 10.24411/2181-1385-2021-00552

chiqadi. Kitobxonlarning o'qishini o'rganishda va ular bilan yakka tartibda ishlashda eng samarali usullardan biri suhbatdir, bu kitobxon va tarbiyachi o'rtasidagi quruq savol va javob bo'lmay, balki tarbiyachi va tarbiyalanuvchi o'rtasida kitoblar haqida qiziqarli, maroqli fikr almashuv vositasidir [11].

Odatda tarbiyachi psixologiyaning suhbat metodining quyidagi uch xil turidan foydalaniladi:

O'qilgan kitoblar haqida suhbat

Tavsiyaviy suhbat

Bolaning kitobga qiziqishini tanishuv suhbati

2-rasm.Suhbat metodining uch xil ko'rinishi (muammoga ko'ra)

Tavsiyaviy suhbat bolaga kitob tanlashda yordam berishni, kitobga qiziqish uyg'otishni, o'ziga maqsad qilib qo'yadi. Tarbiyachi iloji boricha har qanday so'roqqa javobi tavsiya suhbati o'tkaziladi, kitobxonga mos keladigan kitoblarni tavsiya etadi. Bunda albatta xonadagi turli tavsiyaviy vositalar, kitob ko'rgazmalari, rasmli kartotekalardan foydalanib kitobxon diqqatini jalb etadi va qiziqiarli so'zlab berish orqali ularni kitobga bo'lgan qiziqishini orttiradi. Tavsiyaviy suhbatning qiymati shundaki u kitobxonni tartibli ravishda ko'proq mustaqil kitobni tanlash va dunyoqarashini kengaytirishga olib keladi. Tarbiyachi kitobxon bilan kitob almashtirayotganda davra suhbati bilan quyidagi foidalarga amal qiladi. S Suhbat kitobxon qiziqishga manoli bo'lish kerak, agar shunday bo'lmasa, kitob tavsiyasi va tarbiyachining maslahati zo'rma- zo'raki g'amxo'rligi keraksiz bo'lib qoladi.

ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 j ISSUE 4 j 2G21

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2G21: 5.723 DOI: 1G.24411/2181-1385-2G21-GG552

S Suhbat doimo bir maqsadga qaratilgan, bo'lib kitobxonning qobiliyatini takomillashtirishga yoráam berish lozim. Bolani suhbatlashishga majbrn- qilmasdan unda suhbatlashishiga moyillik uyg'otish kerak.

S Tavsiya etilayotgan materialning to'liq mazmunini aytib bernaslik lozim, unda kitobxonning materialga bo'lgan qiziqishi yo'qoladi.

S Tavsiya etilayotgan materialning qisqa ifodalik, qiziqarii qilib bayon etilishi kitobga bo'lgan qiziqishni orttiradi.

S Kitob haqida suhbatlashayotganda kiobni ko'rsatish, uning muallifi, rasmlari ba'zi joylarida o'qib berish ham mumkin bu esa suhbatini jonli o'tishiga yordam beradi. Ko'pgina maktabgacha yoshdagi bolalar qiziqarli kitoblar berishini so'raydilar [3, 4]. TaTbiyachi esa bola qiziqqan na^alai haqida u bilan birgalikda eslaydi, shundan so'ng qiziqishiga asoslanib, unga mos keladigan kitobni tavsiya etadi. Buni nazaráa tutib kutubxonaga kitobxon bilan suhbatini, kitobda nimalar bayon qilingan ekan? "degan umumiy savoldan emas, balki kitobdan uning uchun eng qiziqarii narea nimaligini so'rashdan boshlaydi va asta -sekin undan kitobni qanchalik tushunchanini bilib oladi. Zarur bo'lgan taqdirda unga muallif fikrini anglashga, qahramon xarakterini tushunishiga yoráam beradi, muhimi epizodni kitobxon bilan birgalikda o'qiydi, berilgan rasmlarni ko'rib chiqadi kitobxonga asar g'oyasini tushuntiriga yordam bemvchi suhbatini davom ettiradi.

Tartiyachi kitob tavsiya etar ekan, kitobxonlarga mustaqil гaivshda kitob taxlash malakasini ham singdirib beradi. Bundan tashqari har bir kitobxonning o'ziga xos tomoni, xarakteri, qiziqish mavjud bo'lib, tarbiyachi suhbat davomida bularni tezda ilg'ab olish lozim [12]. Shuning uchun tartiyachi imkoniyatini hisobga olib u^ bilan yakka holda ishlami va ularga yordam berish zarur. Bolaning ko'z oldida tartiyachi kitoblarni yaxshi biladigan, uning qiziq joylarini gapiгib beгa oladigan maslahatchi bo'lib gavdalanish lozim.

Tartiyachining tartiyaviy гoli biгinchi maгta kitobga qiziqqan bola bilan suhbati bog'liq. Tarbiyachi bolalar bilan suhbatlashib kitob bilan ishlash qonun qoidalarini ham aytib o'tishi lozim. Chunki bola olgan kitobiga javob berishi lozimligi uqtiriladi.

Maktabgacha yoshdagi bola^ kitob tanlashda kutubxonachiga yoki tartiyachiga muhtojdilaг. Shuning uchun ham kutubxonani yoki tartiyachi kitob tavsiyasining eng yaxshi usuli - suhbatdan foydalaniladi. Tavsiyaviy suhbat o'z oldiga quyidagi maqsadlarni qo'yadi:

ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 4 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 DOI: 10.24411/2181-1385-2021-00552

> bolaga kitob tanlashga yordam belish;

> kitobga nisbatan qiziqishni uyg'otish bolaning kitobga juda ham qiziqishi

kitobni oxirigacha yakunlashni yordam beradi;

> o'qishga qo'llanma berishdan iboratdir.

Tavsiyaviy suhbatda so'ralgan kitob xarakteriga, ya'ni so'roq motiviga bog'liq holda har xil tuziladi. Suhbat davomida bolalarga yoqqan yoki yoqishi mumkin bo'lgan bir necha kitoblarni ko'rsatadi, ular qiziqtira oladigan jizodlarni aytib beradi. Masalan mehr oqibat tuyg'usini shakllantiruvchi "Yoriltosh ertagini bilasizmi?" [2]. Bu kitob yetim qizlar Gulnora va Oymomo haqida. Gulnora juja chiroyli, chaqqon, mehribon, ishlab charchamaydigan qiz bo'ladi. Uning onasi vafot etganidan keyin otasi begona ayolga uylanadi. Ayol juda badjahil yolg'on bo'ladi. Gulnora singlisini o'padi-da zor -zor yig'lab qochib ketadi. Uni quvlab kelayotganlar yetay deganda tog'dagi tosh yorilib Gulnora uning uchiga kirib ketadi. Quvlaganlarning hammasi kirib yoriltosh desa ham tosh yorilmaydi. Lekin hech kim yo'g'ida singlisi kelib yoriltosh desa u ochilad i, nimaga shunday bo'lganini kitobni o'qisalaring bilib olasizlar deb kitobxonni qiziqtirib kitoblar tavsiya etiladi.

Shu bilan bir vaqtda kutubxonaga yoki tarbiyachi bolaning diqqatini tortadi, ularga o'zlari qanday qilib ko'rgazmadagi qiziq kitoblarni topishlari kerakligini tushuntirishi kerak. Kitobxon bir mavzu bo'yicha kitobning muallifi va nomini bilmogan holda kitob so'raganda ham tavsiyaviy suhbat o'tkazish kerak.

Kitobxon nomi aniq bo'lgan kitobni so'raganda ham tavsiyaviy suhbat zarur. Bu yoshdagi bolalarga kitobdagi alohida epizodlar, atamalar qiyinchilik terdirishini kutubxonachi o'z tajribasidan biladi. Bunday holda kutubxonachi yoki tarbiyachi bola nima uchun shu kitobni tanlayotganini, kitobni o'zi o'qiydimi yoki kattalar bilanmi? Shularni bilib oladi va bolani qiziqtirayotgan kitobni unga beradi. Ko'pgina bolalar tabiat haqida kitoblar so'raladi. Shuning uchun tarbiyachi tabiatning jami va jonsizga bo'linishini, o'simliklar, hayvonlar va odamlar, ozuqlanishi, nafas olishi, o'sish ko'payishini va bular jonni tabiat quyon, oy, yulduzlar, toshlar jonsiz tabiat jonligini tushuntiradi. Yerda eng qudratlisi inson ekanini, u tabiatni o'zgartirib turishiga qodirligi haqida so'zlab berib, kitobni o'qiganingda shunga e'tibor bergan deb tayinlanadi.

NATIJALAR

Maktabgacha yoshdagi bolalarga kitob tavsiya qilayotganda rasm ko'rsatish usuli ayniqsa muhimdir. Ular o'quv texnikasini yaxshi bilishmaydi, kitobdagi rasmlar ularni

ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 4 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 DOI: 10.24411/2181-1385-2021-00552

shu kitobga qiziqtiruvchi asosiy kuch bo'lib hisoblanadi. Tavsiya suhbati kitobxonni rasmni va matini chuqur qabul qilishga tayyorlaydi. Suhbat davomida bolaga kitobga chizilgan rasmni, kitob muallifining va rassomning familiyasini voqea sodir bo'lgan vaqti va joyini ko'rsatib, kitobxon diqqatini kitobning asosiy tomonlariga tortadi. Bolaga ertak kitoblar tavsiya qilinayotganda u shu kitobning boshdan ozgina o'qib berib, kitob qahramonini harakterlab beradi. Ertaklarda ko'rsatilgan rasmlar ham muhim rol o'ynaydi. Bunda rasmlarning hammasini birdan ko'rsatish maqsadga muvofiq mas. Rasmlar bolaning hayajonini kuzatgan holda asta - sekin ko'rsatish kerak. 1-2 ta asosiy rasmlarni ko'rgan bola kitob bilan birga shu kitobdagi epizodlarga, qahramonlarga, voqealarga, qahramonlarning harakteriga qiziqib qoladi. Masalan, Qadim Saidmurodovning "Men opamdan kattaman" kitobini tavsiya qilayotib, unda rassom Iambarov chizgan rang - barang, chiroyli rasmlarga bolalar va tibat tasviriga e'tibor beriladi [9, 10].

Bolalar asardagi badiiy detallarni esda yaxshi saqlab qoladilar. Asarni eslatishga va detallarni oydinlashtirishga qaratilgan savollar bolalarning asar mazmunini to'liq eslab qolishlariga yordam beradi. Ularning kuzatuvchanligini o'stiradi va so'zga mehr uyg'otadi. Ayrim paytda badiiy adabiyotlar yuzasidan o'tkazilgan suhbat davomida savollarga kitobxonning faktik tomonlarini qanday o'zlashtirganligini, u kitobni oxirigacha o'qigan yoki o'qmaganligini, uning mazmunini tushungan yoki tushunmaganligi kabilar bilib oladi. Bu kabi savollar o'qiganlarini yaxshi tushuna olmaydigan, kitobni oxirigacha o'qimaydigan o'quvchilar yoki bolalar bilan suhbat o'tkazilganda qo'llaniladi. Bunda tarbiyachi bolaning o'qiganlarini, asardagi yorqin epizodlarni yodga olishiga harakat qiladi.

Bu usul, bola kitobni topshirayotgan paytda kitobning qaysi joylarda ko'proq yoqib qolgani haqida gappirgan vaqtda qo'llaniladi. Bu esa kitobning qiziq - qiziq joylarini qayta o'qib chiqishga havas uyg'otadi. Bolalarning ma'lum asardagi qahramonlar va voqealarni tasvirlab chizgan rasmlari ham shu kitobning mazmunini esda yaxshi saqlab qolishda katta yordam beradi. Ko'pincha tarbiyachilar odatdagi savollar bilan, birga shu kitob qanday rasm chizish haqida ham uylab ko'rishni taklif qiladilar. Kitob bilan ommaviy ish olib borilganda, bolalarni vatanimiz va boshqa mamlakatlarda sodir bo'layotgan ijtimoiy -siyosiy voqealar va hodisalar, tabiatda yuzaga kelayotgan o'zgarishlar bilan tanishtiriladi.

Mashhur shoirlar va yozuvchilar, peadgoglar A.Avloniy, H.H.Niyoziy, S.Ayniy, S.Delimov, S.Rajavob, X.To'xtaboyevlar ifodali o'qishga yuqori baho

ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 4 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 DOI: 10.24411/2181-1385-2021-00552

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

berganlar. Ovozli o'qish va so'zlab berish bolani kitobga jalb qilishning tabiiy usuli bo'lib, undan oilada ham keng foydalaniladi[6,13]. Mashhur pedagog A.S.Makarenko oilada ovozli o'qish muhim ahamiyatga ega ekanligini ta'kidlab: Imkoni boricha o'qish har kuni va doimiy ravishda olib borilishi lozim[5]. Avvalo ota - onalar o'qib berilsa, so'ngra bu ishni bolalarning o'ziga topshirishsa maqsadga muvofiq bo'ladi" degan edi. Ovozli o'qish va so'zlab berish maktabgacha yoshdagi bolalar bilan ishlashda muhim o'rin egallaydi. Ular ham o'qish texnikasini yaxshi egallamagan bo'ladilar. Shuning uchun bu yoshdagi bolalar birinchi - ikkinchi yilda o'qishga qiynalishlari sababli o'qishdan ko'ra eshitishni yaxshi ko'radilar. Bundan tashqari, bolalar o'qishgagina emas, diqqat bilan eshitishga ham, eshitganlarini o'zlashtirishga va aytib berishga ham o'rganishlari kerak.

Ovozli o'qishga yoki so'zlab berishga xalq ertaklari juda qiziq manba bo'lib xizmat qiladi. Har xil fantastik sehrli ertaklarni so'zlab berish maqsadga muvofiq. Aniq va yorug' obrazli kichik, qiziqarli ma'nodor ertaklar bolalarni atroflarini o'rab turgan dunyo bilan tanishtiradi. Ularning ko'pgina savollarga javob beradi. Xalq ertaklariga xos bo'lgan xususiyat haqiqatni yomonini, rostni yolg'on ustidan g'alaba qilish xususiyati bolalarda haqgo'ylikni tarbiyalaydi. Natijalar ertaklar bolalarda badiiy adabiyotga qiziqish uyg'otadi. Ammo hamma xalq ertaklari ham bolalarga to'g'ri qilavermaydi. Ertak tanlayotganda bolalarning yosh xususiyatiga, ertakning g'oyasi va mazmuniga e'tibor berish kerak.

Maktabgacha yoshdagi bolalarni kitobxonlikka qiziqtirishning yana bir usuli so'zlab berishdir. So'zlab berish asar tanlangandan so'ng birinchi marta o'qib, hamma tomoniga e'tibor berish kerak. Uning mazunini bilan shunday tanishishi va eshituvchilarga ham hikoyaga asardan qanday ta'sirlangan bo'lsa, shunday ta'sirlanishlari kerak. Shundagina kitobdagi hamma narsalar eshituvchilarning esida qoladi, ular holatlarini hatto so'zma - so'z bilib olishadi. So'zlab berishda ma'noga amal qilish lozim [4].

XULOSA

Xulosa qilib aytganda bolalarni kitobxonlikka, kitob o'qishga qiziqtirishda psixologiyaning o'rni beqiyosdir. Chunki psixologiyaning qator metodlari orqali bolalarning kitobxonlik ko'nikmalarini shakllatirishning samaradorligi turli tajriba va tadqiqot ishlari tomonidan aniqlangan.

ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 4 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 DOI: 10.24411/2181-1385-2021-00552

Haqiqatan ham bolaning maktabgacha yoshidagi davri shu qadar mazmundor va faol davrdirki, bu davr bolaning kelgusi o'sishida albatta o'z aksini qoldiradi. Shuning uchun maktabgacha yoshidagi davr ta'sir o'tkazish kuchi jihatidan g'oyat mas'uliyatlidir.

Bola ilk yoshdan maktabgacha davrga o'tgach, uning butun yashash sharoitida jiddiy psixologik o'zgarishlar yuz beradi.

Birinchidan, bola bog'cha yoshiga o'tgach, uning faoliyat doirasi ancha kengayib, mustaqilligi yanada ortadi. Uning o'yinlari, xatti-harakatlari ham boshqacha mazmunga ega bo'la boshlaydi.

Ikkinchidan, bolaning butun faoliyatida nutqning roli orta boradi. Uchinchidan, bola maktabgacha yoshga o'tgach, muayyan dastur asosida maxsus pedagog tomonidan tarbiyalana boshlaydi. Maktabgacha yoshdagi bolaning yashash sharoitida yuzaga kelgan bu o'zgarishlar uning jismoniy va psixik jihatdan o'sib kamol topishniga ta'sir etmay qolmaydi.

Maktabgacha yoshdagi bolalarni kitobxonlikka mehr uyg'otishning holatini o'rganish dolzarb masala hisoblanib,umuman bolalarning yosh xususiyatlarini psixologiya fani o'rganadi. Kitobxonlik esa uning xulosalarga tayanib, bolalarning kitob o'qishicha, ularning yosh xususiyatlarini qnaday kitoblarni o'qish o'rganishga ta'sir etadi. Shunday qilib maktabgacha yoshdagi bolalarda, umuman bolalarda kitobga bo'lgan qiziqishni uyg'otishda psixologiyaning o'rni beqiyosdir.

REFERENCES

1. Maktabgacha ta'limning davlat standard. O'zPFITI. Т., 1995.

2. Hasanboyeva O.U. va boshqalar. Maktabgacha ta'lim pedagogikasi. T.: Ilm,ziyo,2006

3. M.G.Davletshin., Sh.Do'stmuxamedova, M.Mavlonov, S.To'ychiyev. —Yosh davrlari va pedagogi psixologiyall. O'quv qo'llanma. T., 2004-y. 8.2. b.t.

4. N.M.Kayumova "Maktabgacha pedagogika". "TDPU" nashriyoti, T:. 2013-y.

5. J.G'.Yo'ldashev —Interfaol ta'lim sifat kafolatil O'MOI T-2007

6. R.A. Mavlonova va boshqalar —Pedagogik texnologiyall Fan 2008-y.

7. Yusupova P. Maktabgacha tarbiya pedagogikasi. T.: O'qituvchi,1993.

8. Z.Nishonova, G.Alimova. —Bolalar psixologiyasi va uni o'qitish metodikasill. O'quv qo'llanma. O'zbekiston èzuvchilar uyushmasi Adabièt jamg'armasi.T., 2006-y. 10 b.t.

9. Sh.A.Sodiqova "Maktabgacha pedagogika". "Tafakkur sarchashmalari", T:. 2013-y.

ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 4 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 DOI: 10.24411/2181-1385-2021-00552

10. Умиров, И. (2021). Таълим жараёнида электрон таьлим воситаларини куллашнинг педагогик-психологик омиллари. Academic research in educational sciences, 2(2).

11. Iskandarovich, U. I. (2021). Theoretical Fundamentals of Introduction of Electronic Educational Tools to the Educational Process. Central asian journal of theoretical & Applied sciences, 2(1), 1-7.

12. Asqarov, I. B (2017). Bo'lajak kasb ta'limi o'qituvchilarini tadqiqot faoliyati uchun tayyorlashning asosiy bosqichlari. Sharqiy Evropa ilmiy jurnali, (5).

13. Аскаров, И. Б. (2017). Управление и планирование процессом формирования исследовательских умений и навыков будущих преподавателей профессионального образования. Школа будущего, (2), 10-15.

14. Аскаров, И. Б. (2017). Основные подходы и принципы подготовки будущих педагогов профессионального обучения к исследовательской деятельности. Актуальные научные исследования в современном мире, (2-6), 25-32.

15. Аскаров, И. Б. (2016). Подготовка к исследовательской деятельности будущего педагога профессионального обучения. In Педагогическое мастерство (pp. 39-42).

16. yhnp://wwwdetskiysad. ru/ped.

17. http://wwwdetskiysad. ru/ped/dp.064. himl.

18. www.expert.psychology.ru

19. www.psycho.all.ru

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.