ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 1 | 2021
ISSN: 2181-1385
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723
BOLALARDA BUNYODKORLIK HISSINI TARBIYALASHNING NAZARIY
ASOSLARI
Nargis Saydullayeva
JizzaxDPI, 2-kurs magistranti [email protected]
ANNOTATSIYA
Ushbu maqolada bolalarda bunyodkorlik hissini tarbiyalashda bolalarda ijodkorlik qobiliyatini tarbiyalash, kognitiv bo'lmagan ko'nikmalar: insonning o'ziga bo'lgan ishonch, motivatsiya, e'tibor, qat'iyatlilik va impultslarni boshqarish qobiliyati haqida so'z yuritilgan.
Kalit so'zlar: bunyodkorlik hissi, ijodkorlik qobiliyati, ishonch, motvatsiya, e'tibor.
THEORETICAL FUNDAMENTALS OF EDUCATION OF A CREATIVE
SENSE IN CHILDREN
Nargis Saydullayeva
Jizzakh SPI, 2nd year master student [email protected]
ABSTRACT
This article examines the development of creative abilities in children, non-cognitive skills: self-confidence, motivation, attention, perseverance and the ability to control impulses in the development of a sense of creativity in children.
Keywords: creativity, confidence, motivation, attention.
KIRISH
Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev boshchiligida Respublika rahbariyati va hukumati olib borayotgan tinchliksevarlik, xalqparvarlik, siyosati barcha soxalar bilan birga maktabgacha ta'lim muassasalari faoliyatini tubdan islox qilish ularni rekontruksiyadan chiqarish uchun ustuvor zamin bo'lib hizmat qilmoqda. Buning isboti sifatida shuni e'tirof etish yetarliki, "2017-2021-yillarda maktabgacha ta'lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida" gi Qarori ayni paytda maktabgacha ta'lim tizimini yanada takomillashtirish uchun dasturilamal hisoblan adi. Qarorda maktabgacha ta'lim tizimini yanada takomillashtirish, moddiy-texnika
ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 1 | 2021
ISSN: 2181-1385
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723
bazasini mustahkamlash, maktabgacha ta'lim muassasalari tarmog'ini kengaytirish, malakali pedagog kadrlar bilan ta'minlash, bolalarni maktab ta'limiga sifatli tayyorlash darajasini tubdan yaxshilash, ta'lim-tarbiya dasturlari va texnologiyalarini tadbiq etish, bolalarni har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratishi ko'zda tutilgan bo'lib aziz farzandlarimizga bo'lgan munosabatni tubdan o'zgartirishga amaliy xizmat qiladi. Shunga ko'ra maktabgacha ta'lim tashkilotlarida murg'ak qalblarga ta'lim tarbiya berayotgan tarbiyachilarning oldilarida eng muhim vazifalaridan biri ham bolalarning bunyodkorlik hislarini tarbiyalash, ijodkorlik va kreativlik ko'nikmalarini tarbiyalash, qolaversa tabiat yaratgan boyliklardan oqilona foydalanish ruhida tarbiyalashdan iborat bo'lmog'i lozim.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA
Maktabgacha yohdagi bolalarda bunyodkorlik hissini tarbiyalash borasida olimlarning bildirgan fikrlarini tahlil qilishni maqsadga muvofiq deb bildik. Jumladan, N.L.Figurin, M.P.Denisova, M.Yu.Kistyakovskaya, A.Vallon, D.B.Elkonin, Ye.A.Arkin, S.Fayans, Sh.Byuler, F.I.Fradkinalarning asarlari alohida ahamiyatga molikdir. SHuningdek, Xekmen tadqiqotlariga alohida to'xtalib o'tishni joiz deb bildik. Uning tadqiqotlari natijalariga ko'ra bolalarda bunyodkorlik hissini tarbiyalash bir qancha omillarga bog'liq. Masalan, bolalarning sog'lig'i, vaqtdan unumli foydalanish, moddiy daromad, ijtimoiy tengsizlik va hokazo.
NATIJALAR
Shuni ta'kidlash kerakki, maktabgacha yoshdagi bolalarda bunyodkorlik hissini tarbiyalashda ularning ijodkorlik qobiliyati, kreativligi, ijobiy ko'nikmalar faqat maktab ta'limi va sinov ballarini anglatmaydi. Ingliz tilida bu personality skills, ya'ni "individual ko'nikmalar" deb ataladi. Ularni "inson xarakteri" yoki "fe'li" deb ham bilamiz. Bu yerda kognitiv bo'lmagan ko'nikmalar: insonning o'ziga bo'lgan ishonch, motivatsiya, e'tibor, qat'iyatlilik va impultslarni boshqarish qobiliyati haqida so'z yuritilyapti.
Psixologiya fani moliyaviy muvaffaqiyatni qat'iylik va o'zini tarbiyalash bilan bog'liq shaxsiy ko'nikmalar mavjudligi bilan tushuntiradi.Ushbu ko'nikmalar kognitiv qobiliyat bilan uyg'un bo'lsagina, hayotda muvaffaqiyatga erishish ehtimolini oshiradi. O'zbekistonda o'z kuchi bilan muvaffaqiyat qozongan kishilar bolalikdagi erta ta'limning muhimligini yuqori baholaydi. Misol uchun, ular ota-onalari bilan vaqtni mazmunli o'tkazib, erta yoshdan boshlab rivojlanish to'garaklariga qatnagan bo'lib chiqadi. Bugungi maqsad mamlakatimizda bolalarni
ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 j ISSUE 1 j 2G21
ISSN: 2181-1385
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2G21: 5.723
maktabgacha ta'lim tizimiga ko'proq jalb etish va kelajakda ular imkoniyatlarini kengaytirishdir.
MUHOKAMA
Birinchidan, turli ijtimoiy toifaga mansub bolalarning erta yoshda rivojlanishida paydo bo'lgan farq ular kelajakda erishadigan muvaffaqiyat va yutuqlar orasidagi tafovut ortishiga sabab bo'ladi. Ammo maktabgacha bo'lgan davrdagi ta'lim orqali buning oldini olish mumkin.Bolalarni erta yoshdan rivojlantirishga mablag' sarflash keyinchalik ular orasidagi rivojlanish farqi darajasini "yopish"dan ko'ra ancha samaralidir.
Ikkinchidan, bu bolalarning sog'lig'iga ijobiy ta'sir ko'rsatadi. Kam daromadli oilalarda tug'ilgan bolalar uchun erta yoshdan boshlab ta'lim olish imkoniyatlarini yaratish, ularning sog'lom va to'laqonli ovqatlanishiga ko'maklashish sog'ligiga bevosita ijobiy ta'sir ko'rsatadi.
Uchinchidan, bu kelajakda fuqarolarning daromadi oshishiga olib keladi. Masalan, Hekman tadqiqoti natijalariga ko'ra, Yamaykadagi kambag'al bolalarning AQSHdagi xonadonlarga mehmon bo'lish dasturi kelajakda ular ish haqlarining boshqalarga nisbatan 25 foiz ko'tarilishiga sabab bo'ldi.
To'rtinchidan, "mantiqiy chora". Maktabgacha yoshdagi bolalar dasturlariga mablag' ajratish ahamiyatli ekani dunyoning ko'plab mamlakatlarida e'tirof etilmoqda.
XULOSA
Motivatsiya va qat'iyatlilikning yetishmasligi odamlarni orzularidan voz kechishga, mehnat bozoridan chetda qolishiga va jamiyat rivojiga o'z hissasini qo'shmaslikka yetaklaydi. Ularning ma'lum qismi uyushgan jinoyatchilik, giyohvandlik, odam savdosi kabi noqonuniy yo'llarga kirib ketishi mumkin. Bularga qarshi kurashish qimmatga tushadi, shu sababli bolalar kelajagiga mablag' sarflab (sarmoya kiritib), jinoyatlarning oldini olish iqtisodiy jihatdan samaralidir.
Qobiliyatli va iste'dodli yoshlar rivojlangan va mustahkam jamiyat quruvchilaridir. Davlat idoralari muhtoj oilalar uchun erta yoshdan ta'lim olish imkoniyatini oshirish uchun ko'proq harakat qilishi, xalqaro tashkilotlar bilan bu masalada hamkorlikni kengaytirishi va ajratilgan mablag'lardan maqsadli foydalanishi lozim. Bular Jahon bankining yangi loyihasini muvaffaqiyatli amalga oshirishda muhim ahamiyatga ega.
ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 1 | 2021
ISSN: 2181-1385
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723
REFERENCES
1. M. Usmanova. Oquvchi shaxsiga yo'naltirilgan pedagogik texnologiyalar Ta'lim texnologiyalari. 2016 yil. 4-son.
2. M. Usmanova .Pedagogik jarayon loyihasi - mashg'ulotlar samaradorligini ta'minlash vositasi sifatida Boshlang'ich ta'lim va jismoniy madaniyat yo'nalishida sifat va samaradorlikni oshirish: muammo va yechimlar Xalqaro ilmiy konferentsiya. Toshkent. 25 may, 2017 yil
3. G. I. Xasanova "Ta'lim jarayonida dasturlashtirilgan o'qitish texnologiyasidan foydalanishning afzalliklari" Jizzax: 2020. 420 bet. 223-225b
4. Hasanova G. I. "Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida xalq og'zaki ijodi vositalaridan foydalanishning pedagogik mazmuni" Mug'allim hsm Yzliksiz bilimlendirio' 2020 .160. 143-147
5. F. N. Vaxobova, SH. B. Nabixanova, D. Karimova - Maktabgacha yoshdagi bola shaxsini rivojlantirishga yo'naltirilgan ta'lim asoslari - -Toshkent-2015
6. Muslimov N. A., Usmonboeva M. H., Sayfurov D.M., To'raev A.B. Pedagogik kompetentlik va kreativlik asoslari. - Toshkent, 2015. - 120 bet.75