Научная статья на тему 'YOSH O’SPIRINLARNING O’RGANISH PSIXOLOGIYASI NAZARIYASI'

YOSH O’SPIRINLARNING O’RGANISH PSIXOLOGIYASI NAZARIYASI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
664
42
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
psixologiya / maktab / yosh bolalar / Petrovskiy nazariyasi. / psychology / school / young children / Petrovsky's theory.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — G. Demegenova

Maqola orqali maktab davridagi bolalarning o’rganish psixologiyasi bo’yicha nazariy ma’lumotlar bilan tanishasiz. Bolalar psixikasini o’rganish bu yillar davomida davom etib kelayotgan jarayon hisoblanadi. Har sinf yoshidagi bolalarning o’z psixologik holati mavjud hisoblanadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THEORY OF THE PSYCHOLOGY OF LEARNING IN YOUNGER ADOLESCENTS

Thanks to the article, you will get acquainted with theoretical information on the psychology of teaching schoolchildren. The study of child psychology is a process that takes years. Children of each class age have their own psychological state.

Текст научной работы на тему «YOSH O’SPIRINLARNING O’RGANISH PSIXOLOGIYASI NAZARIYASI»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 5 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

YOSH O'SPIRINLARNING O'RGANISH PSIXOLOGIYASI NAZARIYASI Demegenova Gulnara Bekmuratovna

Shumanoy tumani 26-sonli maktabning targ'ibotchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.7059782

Annotatsiya. Maqola orqali maktab davridagi bolalarning o'rganish psixologiyasi bo'yicha nazariy ma'lumotlar bilan tanishasiz. Bolalarpsixikasini o'rganish buyillar davomida davom etib kelayotgan jarayon hisoblanadi. Har sinf yoshidagi bolalarning o'z psixologik holati mavjud hisoblanadi.

Kalit so'zlar: psixologiya, maktab , yosh bolalar,Petrovskiy nazariyasi.

ТЕОРИЯ ПСИХОЛОГИИ ОБУЧЕНИЯ МЛАДШИХ ПОДРОСТКОВ

Аннотация. Благодаря статье вы познакомитесь с теоретическими сведениями по психологии обучения школьников.Изучение детской психологии - это процесс, который идет годами. У детей каждого классного возраста свое психологическое состояние.

Ключевые слова: психология, школа, дети раннего возраста, теория Петровского.

THEORY OF THE PSYCHOLOGY OF LEARNING IN YOUNGER ADOLESCENTS

Abstract. Thanks to the article, you will get acquainted with theoretical information on the psychology of teaching schoolchildren. The study of child psychology is a process that takes years. Children of each class age have their own psychological state.

Keywords: psychology, school, young children, Petrovsky's theory.

KIRISH

Bolalar psixologiyasi - psixologiya fanining alohida tarmog'i bo'lib, bolaning tug'ilganidan to etuklik davrida psixik taraqqiyotini, turli yosh davrlardagi bola psixik taraqqiyotining qonuniyatlami, rivojlanishining turli bosqichlarida bola psixikasiga xos xususiyatlarini o'rganadi.

TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI

Bolalar psixologiyasi fanining asosiy e'tibori tug'ilganidan etaklik davrigacha Inson psixikasi va ongining qanday rivojlanishiga qaratilgan, ya'ni har bir shaxs uzoq bolalik davrini boshidan kechiradiki, bu davrda unda alohida psixik jarayon va xususiyatlar yuz beradi. Shuning uchun ham bu davrni fanda alohida ajratib o'rganiladi va uni ontogenetik (tug'ilgandan ulg'aygungacha o'sib yorilish davri) taraqqiyot yo'li deyiladi.

Bolalar psixologiyasi bola psixikasining taraqqiyoti hamda shaxsiy xususiyatlarining yuzaga kelishiga ta'sir qiluvchi omillarni ham o'rganadi. Bolalar psixologiyasi bu muammolami hal qilishda mustaqil fan sifatida o'ziga xos vazifalari hal etmog'i lozim.Bugungi kunda bolalar psixologiyasi fanining oldida bir qancha muhim nazariy va amaliy vazifalari turadi. Bolalar psixologiyasining nazariy vazifalari uning nazariy muammolarini yechishga qaratilgan.

A.V. Petrovskiy davrlarga ajratishda har bir yosh davr orasida bosqichlar o'ziga xos xususiyatlarini hisobga olib ifodalamagan.

Yuqorida keltirilgan ko'pchilik olimlarning bola kamolatini davrlarga ajratish muammolari o'zlariga xosligi bilan ajralib turadi. Oxirgi yillardagi adabiyotlarda bir qator olimlar tomonidan ularni ham fiziologik va ham psixologik taraqqiyoti, faoliyat turlarining o'zgarib turishi va organizmdagi sodir bo'ladigan xususiyatlarni hisobga olib bolalikni quyidagi davrlarga ajratish tavsiya etilgan:

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 5 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

Chaqaloqlik davri (0-1 oygacha );

Go'daklik davri (1 oydan -1 yoshgacha);

Ilk bolalik davri (1-3 yoshgacha );

Bog'cha yoshi davri (3-7 yoshgacha );

Kichik maktab yoshi davri (7-11 yoshgacha );

O'rta maktab yoshi yoki o'smirlik davri (12-15 yoshgacha );

Ilk o'smirlik (maktab, kollej, litsey ) davri (15-18 yoshgacha );

Albatta bu davrlarni bir-biridan qat'iyan bir yosh bilan chegaralab qo'yish mumkin emas. Bola o'zining o'sishda shu davrlarni ertaroq yoki kechroq kechiradi, ammo bu davrlar bir-biriga tabiiy bog'laib boradi va oldingisi keyingisiga zamin hozirlaydi. Har bir davrda bolaning ayrim ruhiy tomonlarigina emas, balki uning umumiy siymosi, afti angori ham boshqacha ko'rina boshlaydi va ularning yosh belgilariga qarab ta'lim tarbiya muassasalariga qabul qilinadi.

TADQIQOT NATIJALARI

Bolaning yosh belgisi uning taraqqiyoti darajasini ko'rsata olmaydi. Chunki ikkita bir yoshdagi bola belgisi jihatidan bir xil bo'lsa ham, taraqqiyot darajasi har xil bo'lishi mumkin. Shunga binoan bola shaxsining individual xususiyati va yoshlik xususiyati deb ularni bir-biridan farq qiladi.Har bir ota-ona, tarbiyachi va o'qituvchilar bola shaxsining xususiyatlarini bilishi va uning ko'ngliga yo'l topa olishi lozim. Uning amaliy vazifalariga turli yoshdagi bolalarning psixik taraqqiyoti xususiyatlariga doir bilimlarni tarbiyachilar , o'quvchilar, ota-onalar ya'ni jamoatchilar o'rtasida keng yoyishdan iborat. Bolalar psixologiyasining amaliy vazifasi keng jamoatchilik taraqqiyotiga, yoshlik xususiyatlari orasidagi farqlar ya ularga individual munosabatda bo'lish yo'llariga doir, ruhiy taraqqiyot qonunlariga doir psixologik bilimlardan bahramand bo'lmoqlarini ta'minlashdan iborat. Jamoatchilikni psixologik bilimlardan xabardor qilish, ro'znoma va oynomalarga maqolalar yozish, radio va teleko'rsatuvlarda turli oshirishlar tashkil qilish, ota-onalar bilan suhbalashish, mahallalarda bola tarbiyasi haqida ma'ruza, suhbat va hahslar uyushtirish yo'li bilan amalga oshiriladi. Bu vazifalari amalga oshirish komil insonni shakllantirishda muhim rol o'ynaydi, shuningdek o'rganilayotgan psixik protsessi bolalarda bir necha marta takrorlab o'rganish mumkin, yana qulay tomoni shundaki, bu metod kuzatish metodi singani ko'p vaqt talab qilmaydi. eksperiment metodi 3 ga bo'linadi: 1) laboratoriya eksperimenti, 2) tabiiy eksperiment. 3) pedagogik psixologik eksprement metodi Laboratoriya eksperimenti maxsus tashkil qilingan laboratoriyalarda turli asboblar yordami bilan o'tiladi. tabiiy eksperimentda biror psixik protsess o'rganilayotganda maxsus sharoit yuzaga keltiriladi. bolalar psixologiyasida eksperimenting har ikkala turidan keng foydalaniladi. biroq bu metodlardan bolalar psixologiyasida foydalanishning o'ziga xos tomoni shundaki, bog'cha yoshidagi bolalar laboratoriya sharoitida o'tkaziladigan eksperimentiar bilan tabiiy sharoitda o'tkaziladigan eksperimentiaming farqiga bormaydilar.

A. Seydullaev boshqargan 26-sonli bilim berish maktabimizda hozirda ko'pgina islohotlar olib borilmoqda. Shu jumladan,yil davomida o'quvchilarga yanada ko'proq bilim berish va ularning qobiliyatlarini yanada rivojlantirish uchun har xil to'garaklar ochilgan. Sport to'garagida shaxmat, shashka, tennis, futbol kabi o'yinlar uchun yetarlicha shart sharoitlar mavjud, bolalar esa bo'sh vaqtini maroqli o'tkazishadi.

Mehnat fanidan "Dastyor qo'llar", rasm fanidan "Yosh rassom", matematika fanidan "Yosh matematik, fizika fanidan "Yosh fizik", qoraqalpoq tili fanidan "Muomala madaniyati" singari to'garaklar ish olib bormoqda.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 5 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

Maktabimizda "Yosh qalamkashlar, to'garagini olib borilmoqda. Biz qobiliyatlimiz uni ko'rsatish o'z qo'limizda.To'garak a'zolarini qobilyatli, erkin fikrlay oladigan ham bilimli qilib tarbiyalashimiz shart. Maktabimizda "Eng kitobsevar o'quvchi" tanlovi bo'lib o'tti. Ziyatbaeva , Rustemova , Seytenovalar tanlov g'olibi bo'ldi. Bu tanlovlar orqali o'quvchilarning bilim darajasini orttirish yanada teran zukko bo'lishga undash mumkin. MUHOKAMA

Pedagogik eksperiment orqali biron ta'lim-tarbiya metodining effektivligi aniqlanadi. Masalan: Biron tadqiqotchi bolalarni son sanoqqa o'rgatishning qandaydir yangicha metodini ishlab chiqqan bo'lsa, uni pedagogik eksperiment metodi orqali sinab ko'radi. Buning uchun oldindan bog'cha ma'muriyati bilan kelishib 1 ta eksperimental va I ta nazorat guruhini belgilab oladi. Shundan so'ng tadqiqotchi eksperimental guruhda yangicha metod bilan elementar mavhum tasavvurlarni o'stirish mashg'ulotini o'tkazadi. Nazorat guruhida esa bu mashg'ulotlar odatdagi eskicha metod bilan davom ettirilaveradi. 1-2 oydan so'ng har ikkala guruhdagi bolalarning o'zlashtirishlari taqqoslab ko'riladi. Agarda eksperimental guruh bolalar yangicha metod bilan o'zlashtirishlari nazorat garuhdagi bolalaning o'zlashtirishlaridan anchagina samarali bo'lib chiqsa, bu metod boshqa hamma bog'chalarga ham tarqatiladi. Bordi-yu, agar natija nazorat guruhdagi bolalarning o'zlashtirishlaridan yaqshimas, ya'ni past bo'lib chiqsa, yangicha metod bilan mashg'ulot o'tish darhol to'xtatiladi. XULOSA

Xulosa qilib aytganda, bolalar psixologiyasida tadqiqot metodlari bilan tanishish tarbiyachilar va pedagoglar uchun amaliy ahamiyatga egadir. Bu metodlardan ta'lim-tarbiya ishlarida bolalarning psixik protsesslarini taraqqiyotini bilib olish uchun, shuningdek bolalar bilan individual munosabatda bo'lishda, ularning individual - psixologik xususiyalarini bilib olishda keng foydalaniladi. Agar pedagogika odamni xar jixatdan tarbiyalamoqchi bo'lsa, u oldin o'sha odamni harjihatdan bilib olishi kerak» deb yozgan edi, K.D.Ushinskiy. Shuning uchun ta'lim-tarbiyaviy ishlarni to'g'ri tahsil qilish uchun bu metodlar bilan tanish bo'lish lozim.

REFERENCES

1. Sayidahmedov N. Pedagogik mahorat va pedagogik texnologiya. - T.: OPI,2003. 2. Sultonova G.A. Pedagogik mahorat.-T: Nizam ly nomidagi TDPU, 2005.

2. Markova A.K. Psicologiya professionalizma.-M.: Znanlye, 1996.

3. Muslimov N.A. Bo'lajak kasb ta'limi pedagoglarini kasbiy shakllantirish / Monografiya-Te Fan, 2004 IV.UZ

4. Farxod-qizi, V. D., & Dilshoda, M. (2022). INGLIZ VA O'ZBEK TILLARIDAGI MAQOLLARDA" OVQAT" SEMASINING LINGVOKULTUROLOGIK TADQIQI. Gospodarka i Innowacje., 24, 662-664.

5. Mirzayeva, D. (2019). PROVERB AS A KIND OF PAREMIOLOGICAL FUND AND AS AN OBJECT OF LINGUISTIC AND METHODOLOGICAL RESEARCH. Мировая наука, (11), 33-36.

6. Mirzaeva, D. (2021). THE ROLE OF PAREMIA IN THE SYSTEM OF NATIONAL CULTURAL HERITAGE. Журнал иностранных языков и лингвистики, 2(3).

7. Mirzayeva, D. (2021). PROVERBS AND SAYINGS AS A PRODUCT OF THE NATION'S COGNITIVE THINKING. In Multidiscipline Proceedings of Digital Fashion Conference (Vol. 1, No. 2). Ismoilova, S., & Xalilova, G. (2022). RESEARCH ON THE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 5 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

ISSUE OF QUESTIONS IN LINGUISTICS. Development and innovations in science, 7(1), 17-19.

8. Soxibovna, M. G. (2022, August). THE ROLE OF LINVOCULTUREME IN THE STUDY OF NATIONAL AND CULTURAL FEATURES OF SPEECH UNITS. In INTERNATIONAL CONFERENCE: PROBLEMS AND SCIENTIFIC SOLUTIONS. (Vol. 1, No. 3, pp. 48-52).

9. Ikromjonovna, M. D. (2021). LINGVO-COGNITIVE AND LINGUCULTUROLOGICAL ASPECTS OF PROVERBS AND MATALS IN DIFFERENT SYSTEM LANGUAGES. ANGLISTICUM. Journal of the Association-Institute for English Language and American Studies, 70(3), 46-53.

10. Maxmudova, N. (2022). PRAGMATIC SIGNS OF ORNITHONYMS IN PROVERBS IN UZBEK AND ENGLISH LANGUAGES. Galaxy International Interdisciplinary Research Journal, 70(2), 88-91.

11. Maxmudova, N. (2021). BIRD NAMES REALLY MATTER: FEATURES OF ORNITHONYMES IN LANGUAGE. Theoretical & Applied Science, (5), 116-118.

12. Nurmatova, M. M., & Ismoilova, D. R. (2021). BUILDING THE STRATEGIC COMPETENCE IN THE HETEROGENEOUS COMMUNICATION. ВЕСТНИК МАГИСТРАТУРЫ,, 65.

13. Аббасова, Н. К. (2020). ИНТЕРАКТИВНЫЙ ПОДХОД В ОБУЧЕНИИ АНГЛИЙСКОГО ЯЗЫКА УЧАЩИХСЯ ОБЩЕОБРАЗОВАТЕЛЬНЫХ ШКОЛ. In АКТУАЛЬНЫЕ ВОПРОСЫ СОВРЕМЕННОГО ОБРАЗОВАНИЯ (pp. 49-53).

14. Aliyeva, N. (2021). ИЗОМОРФИЗМ АНГЛИЙСКИХ КОЛЛОКАЦИЙ И ФРАЗЕМ РУССКОГО И УЗБЕКСКОГО ЯЗЫКОВ С УЧЕТОМ ПЕРЕХОДНОСТИ ЗНАЧЕНИЯ. Журнал иностранных языков и лингвистики, 2(2).

15. Usmonova, D. (2022). TO STUDY THE IMPORTANCE OF TRANSPOSITION OF WORD CATEGORIES IN ENGLISH. O'ZBEKISTONDA FANLARARO INNOVATSIYALAR VAILMIY TADQIQOTLAR JURNALI, 7(10), 128-131.

16. Usmonova, D. (2022, July). NOMINATION-MOTIVATION BASIS OF NAMES IN ENGLISH AND UZBEKI. In INTERNATIONAL CONFERENCE: PROBLEMS AND SCIENTIFIC SOLUTIONS. (Vol. 1, No. 2, pp. 31-34).

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.