Научная статья на тему 'GO'DAKLIK DAVRINING O'ZIGA XOS PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI'

GO'DAKLIK DAVRINING O'ZIGA XOS PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

42218
1275
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
go‘daklik / ilk bolalik / maktabgacha yosh davri / tafakkur / xissiyot / idrok / iroda / intellekt. / infancy / early childhood / preschool / thinking / emotions / perception / will / intellect.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Bargida Baxadirovna Mirjalilova, Sojida Umrzoqovna Allayorova

Ushbu maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarning psixologik xususiyatlari muhokama qilingan. Ayniqsa go‘daklik davrida bolalarda paydo bo‘ladigan oliy psixik funksiyalarning paydo bo‘lish xususiyatlari keng yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

PSYCHOLOGICAL CHARACTERISTICS OF CHILDHOOD

This article discusses the psychological characteristics of preschool children. The characteristics of the development of higher mental functions in children, especially in infancy, are widely covered.

Текст научной работы на тему «GO'DAKLIK DAVRINING O'ZIGA XOS PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI»

GO'DAKLIK DAVRINING O'ZIGA XOS PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI

Bargida Baxadirovna Mirjalilova Sojida Umrzoqovna Allayorova

Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika Toshkent viloyati Chirchiq davlat

instituti magistranti pedagogika instituti magistranti

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarning psixologik xususiyatlari muhokama qilingan. Ayniqsa go'daklik davrida bolalarda paydo bo'ladigan oliy psixik funksiyalarning paydo bo'lish xususiyatlari keng yoritilgan.

Kalit so'zlar: go'daklik, ilk bolalik, maktabgacha yosh davri, tafakkur, xissiyot, idrok, iroda, intellekt.

PSYCHOLOGICAL CHARACTERISTICS OF CHILDHOOD

Bargida Baxadirovna Mirjalilova Sojida Umrzoqovna Allayorova

Master of Chirchik State Pedagogical Institute in Master of Chirchik State Pedagogical Tashkent region Institute in Tashkent region

ABSTRACT

This article discusses the psychological characteristics of preschool children. The characteristics of the development of higher mental functions in children, especially in infancy, are widely covered.

Keywords: infancy, early childhood, preschool, thinking, emotions, perception, will, intellect.

KIRISH

Ilk bolalik va maktabgacha yoshdagi bolalarning psixologik xususiyatlarini ilmiy, nazariy jihatlarini o'rganish oliy pedagogic ta'limda muhim amaliy ahamiyat kasb etadi. Shu nuqtai nazardan ta'kidlash lozimki, jamiyat - bu insonlar, shu jumladan bolalar muammosi majmuidir. Demokratik jamiyatning rivojlanishi va ma'naviy salohiyati ko'p jixatdan ana shu bolalarga beriladigan psixologik, tarbiyaviy ta'lim mazmuniga bog'liq. Har bir bola jamiyatda yashar ekan, u unda o'ziga xos o'rin va mustaqil mavqe egallashga intiladi, shuning uchun u o'ziga xos intilish, layoqat va faollik, intelektual mehnat namunalarini namoyish etadi. Bolalar o'rtasidaga o'zaro munosabatlarni hamda har bir shaxsning jamiyatdaga o'rni va uning turlicha ijtimoiy

munosabatlari tabiatini o'rganuvchi qator pedagogik fanlar mavjud bo'lib, ularning orasida psixologiya alohida o'rin egallaydi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Psixologiya fanida yosh davrlarini tabaqalash bo'yicha turlicha usullar mavjuddir. Bu inson shaxsini tadqiq qilishga turli nuqtai-nazardan yondashuvi va mazkur muammoning mohiyatini turlicha yoritadi.

Shveysariyalik psixolog J.Piajening aql-idrok nazariyasi, aql-idrok funksiyalari hamda uning davrlari haqidagi ta'limotni o'z ichiga oladi. Aql-idrokning asosiy vazifalari, moslashish va ko'nikishdan iborat bo'lib, bu uning doimiy vazifalar turkumini tashkil etadi. Muallif, bola aql-idrokini quyidagi psixik rivojlanish davrlariga tasniflaydi:

l.sensomotor intellekti-tug'ilgandan 2 yoshgacha; 2.operasiyagacha tafakkur-davri - 2 yoshdan 7 yoshgacha;

3.aniq operasiyalar davri-7,8 yoshdan 11, 12 yoshgacha;

4.rasmiy operasiyalar davri.

Fransuz psixologi A.Vallon esa yosh davrlarini quyidagi bosqichlarga. ajratadi:

1) homilaning ona qornidagi davri;

2) impulsiv harakat davri - tug'ilgandan 6 oylikkacha;

3) his-tuyg'u davri (emosional) - b oylikdan 1 yoshgacha;

4) sensomogor (idrok bilan harakatning uyg'unlashuvi) davri 1 yoshdan 3 yoshgacha;

5) personologizm (shaxsga aylanish) davri - 3 yoshdan - 5 yoshgacha;19

6) farqlash davri - 6 yoshdan - 11 yoshgacha;

7) jinsiy yetilish va o'spirinlik davri - 12 yoshdan -18 yoshgacha. L.S.Vigotskiy psixologlarning yosh davrlarini tabaqalash nazariyalarini tanqidiy

tahlil qilib, muayyan rivojlanishni vujudga keltiruvchi ruhiy yangilanishlarga tayanib, yosh davrlarini quyidagi bosqichlarga ajratadi;

1. Chaqaloqlik davri inqirozm.

2. Go'daklik davri - 2 oylikdan 1 yoshgacha, bir yoshdagi inqiroz.

3. Ilx bolalik davri - 1 yoshdan 3 yoshgacha - 3 yoshdagi inqiroz.

4. Maktabgacha davr - 3 yoshdan 7 yoshgacha - 7 yoshdagi inqiroz.

5. Maktab yoshi davri - 8 yoshdan 12 yoshgacha - 13 yoshdagi inqiroz.

6. Puberdat (jinsiy yetilish) davri - 14 yoshdan 18 yoshgacha, yoshdagi inqiroz. L.S.Vigotskiy o'zining yosh davrlarini tabaqalash nazariyasini ilmiy asoslab,

ta'riflab bera olgan. Olim eng muhim psixik yangilanishlar haqida Ilmiy va amaliy ahamiyatga molik mulohazalar bildirgan. Biroq, bu mulohazalarda ancha munozarali, bahodi o'rinlar ham mavjud. Umuman L.S.Vigotskiyning yosh davrlarini tabaqalash

nazariyasi Ilmiy tarixiy ahamiyatiga ega, uning rivojlanishni amalga oshiruvchi inqirozlar to'g'risidagi mulohazali va olga surgan g'oyalari hozirgi kunning talablariga mosdir.

NATIJALAR

Go'daklik davri bolaning tug'ilganidan bir yoshlarigacha bo'lgan davrni o'z ichiga olib, bu davrda bola tashqi muhitga moslashishi uchun ma'lum darajada yetilgan nerv tizimi bilan tug'iladi. Go'daklik davri inson hayotidagi organik ehtiyojlarni (kislorodga, ovqatga, issiq yoki sovuqqa) qondirishga nisbatan yo'naltirilgan xatti harakatlarning tug'ma, instinktiv shakllari sof holda kuzatiladigan yagona davr hisoblanadi. Insonga xos bo'lgan xatti-harakatlar, yangi tajribalarni egallash uchun beqiyos imkoniyatlarning borligi go'daklik yoshidagi bolalarning asosiy xususiyatlaridir. Agar organiq ehtiyojlar yetarli darajada qondirib borilsa, ular o'zlarining asosiy bo'lish ahamiyatini yo'qotadi: to'g'ri Tashqil etilgan kun tartibi, rejim va tarbiya natajasida bola psixik rivojlanishi uchun asos bo'ladigan taassurotlarga, harakatta, muloqotga nisbatan yangi turdagi ehtiyojlar turkumi yuzaga keladi. Bola tug'ilishning birinchi haftasidanoq uning ko'rish va eshitish sezgilari jadal suratda rivojlanadi. Bola harakatlanayotgan narsani kuzata boshlaydi. U turli ovozlarga, jumladan, kattalarning tovushlariga e'tibor bera boshlaydi, Yangi tug'ilgan chaqaloqning miya og'irligi kattalar miyasining % qismiga to'g'ri keladi, nerv hujayralarning soni esa xuddi kattalarniki kabi bo'lib, lekin ular yetarli darajada rivojlanmagan bo'ladi.

Ilk go'daklik davri - bu bolaning himoyasiz, kam harakat, harakat holatidan juda jadal ravishda rivojlanadigan, quvnoq bolaga aylanish davridir. U qisqa vaqt ichida23 kattalar bilan munosabat o'rnatadi, predmetlarni ushlashga va ulardan foydalanishga o'rganadi. U atrof olamdagi narsalarni kuzatadi, predmetlarni qo'li bilan ushlab, o'larni qandayligini bilishga intiladi, tovushlarga e'tibor beradi va predmetlar yordamida shu tovushlarni o'zi yaratishga harakat qiladi. U o'z onasi va boshqa yaqinlari bilan emosional munosabatga qirishadi. Go'dak yoshidagi bola ham jismonan, ham psixik, ham ijtimoiy jihatdan juda tez rivojlanadi. Juda qisqa vaqt ichida atrofidagi hodisalarga juda kam reaksiyasi bo'lgan boladan, faol, tez ilgaydigan, harakatchan yordamga chaqira oladigan, kattalarning yaqin kelishidan quvonadigan bolaga aylanadi.

MUHOKAMA

Go'daklik davridagi bolaning hayoti to'liq kattalar bilan hamqorlikdagi emosional munosabat bilan bog'liq bo'lib, bola kayfiyatining yaxshi bo'lishiga to'g'ridan-to'g'ri ta'sir ko'rsatadi. 4-5 oyligidan boshlab, bola o'z yaqinlarini begonalardan ajrata boshlaydi. Kattalar bilan emosional munosabat shu yoshdagi

bolalarning asosiy yetakchi faoliyati bo'lib, bola psixik taraqqiyotining asosi bo'lib hisoblanadi. Kattalarning doirniy ravishda bola bilan birga bo'lishi, unga nisbatan didatik qaratilishiga odatlanishi, uning o'yinchoqlarga nisbatan qiziqishning susayishiga olib kelishi rnurnkin. Tarbiyaning to'g'ri olib borilishi bolaning kattalar bilan bo'ladigan muomala-rnunosabatini predmetlar, o'yinchoqlar bilan rnunosabatining alrnashinishiga olib keladi. Kattalar yordarni bilan bajariladigan barcha xatti-harakatlari bolaning kelgusi psixik rivoji uchun asos bo'ladi. Kattalarning bolaga nisbatan ernosional rnunosabati, ularning gaplariga bolaning o'z diqqatini qaratish, javob qaytarishga harakat qilishi, ba'zi so'zlarni yodida saqlab qolib, ernosiya bildirishi, diqqat, xotira, nutq va boshqa bilish jarayonlarining rivojlanishiga zarnin bo'ladi. Ikki oylik davridan boshlab bolada oddiy ranglarni ajratish, 3-4 oyligidan boshlab, esa predrnetlarning shaklini ajratish layoqati yuzaga kela boshlaydi, Go'dak bola 2 oylik vaqtidan boshlab, o'z onasining yuzini va ovozini o'zgalarnikidan ajrata boshlaydi. 2-3 oylikdan boshlab esa, onasining tabassurni va kulgusiga tabassurn va turli harakatlar bilan javob qaytaradi. 3-4 oyligidan boshlab, bolalar yaqinlariga o'z harakatlari bilan ko'rish, eshitish yoki gapirishni xohlayotganligini ko'rsatadilar, 8 oyligidan boshlab esa, bola o'zgacha muhit va begonalar qo'liga tushsa, o'z xavotirini yigasi orqali narnoyon etadi. Bu xavotir 14-18 oyligida asta-sekinlik bilan karnaya boshlaydi. 2-З oylik bolalarda gozaga keladigan narsalarni ushlay olish harakatlarining shakllanishi ularda predrnetlarning shakli va xajrnini idrok qilishlarini rivojlanishiga olib keladi. Bir yeshga yettan bolada atrof rnuhitni bilishga qiziqishi va rivojlanayotgan bilish faolligi ko'zga tashlanadi.

XULOSA

Yoshning ulg'ayib borishi, psixik jarayonlarning inson rivojlanishidagi qonuniyatlari, undagi yetakchi omillar hamda inson hayot yo'lining turli bosqichlarida uning shaxsiga xos xususiyatlar yosh davrlari psixologiya fanining tadqiqot predrneti hisoblanadi. Ma'lumki, shaxs tarkib topish jarayonining psixologik qonuniyatlarini, uning ilmiy asoslarini mukammal bilmay turib, ta'lim va tarbiyaning nazariy hamda amaliy masalalarini muvaffaqiyatli hal etib bo'lmaydi. Ayniqsa go'daklik davrida vujudga keladigan psixologik xususiyatlarni tadqiq etrnasdan turib, ayni shu yosh davrida paydo bo'layotgan turli ko'rinishdagi muammolarni bartaraf etish irnkonsiz.

REFERENCES

1. Goziyev, E. (2010). Umumiypsixologiya. Yangi asr avlodi.

2. Davletshin, M. (2002). Urnurniy psixologiya. TDPU.

3. Suyarov, A. (201V). The present condition of tourisrn in Sarnarkand, the results of research survey frorn tourists in region. SCOPE Acad. HOUSE BM Publ. 103, 41-46.

4. Samarova Shoxista Rabidjanovna, Rakhmonova Muqaddas Qahramanovna, Mirzarahimova Gulnora, Ikromovna, Maratov Temur Gayrat ugli, Kamilov Bobir Sultanovich. (2020). Psychological aspects of developing creative personality and the concept of reduction of creativity to intellect. JCR. 7(17): 498-505. doi: 10.31838/jcr.07.17.69

5. Jabbor Usarov. (2019, June). Using Teaching Methods for Development Pupil Competencies. International Journal of Progressive Sciences and Technologies, 15(1), 272-274.

6. Jabbor Eshbekovich Usarov. (2017). Formation Competence at Pupils as the Factor of Increase of Education's Efficiency. Theoretical & Applied Science, 53(9), 79-82.

7. Mukhamedov Gafurdjan Isroilovich, & Usarov Djabbar Eshbekovich. (2020). Technologies for the Development of Competencies in Physics in General Secondary Education using Multimedia Resources. International Journal of Innovative Technology and Exploring Engineering, 9(3), 2677-2684.

8. Usarov Djabbar Eshkulovich, & Suyarov Kusharbay Tashbaevich. (2020). Developing Pupils' Learning and Research Skills on the Basis of Physical Experiments. International Journal of Psychosocial Rehabilitation, 24(02), 1337-1346.

9. Maratov Temur Gayrat ugli (2019) Scientific theoretical problems of perfect human category in the psychology. European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences. 7(8). 16-22.

10. NJ 3shnaev, TG' Maratov, G Mirzaraximova. (2020). O'zbek milliy kino san'ati va madaniyatida psixoprofilaktik xizmat tizimini joriy эtish masalalari. Oriental Art and Culture 03. 156-165.

11. Turakulov Buri Norboevich. (2020). Analysis of psychological theory of emotional intelligence. European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences. 8(3). 99-104.

12. Usarov Jabbor Eshbekovich, Eshnayev Nortoji Jumayevich, and Kodirov Ikrom Davronovich. (2020) "Problems of formation of learning motives in pupils", IEJRD -International Multidisciplinary Journal, vol. 5, no. 8, p. 6,

13. Usarov Jabbor Eshbekovich, Eshnayev Nortoji Jumayevich, and Haydarova Surayyo Abdusalomovna. . (2020) "Defects in scientific research of the problems of spiritual and moral crisis and its solution", IEJRD - International Multidisciplinary Journal, vol. 5, no. 8, p. 6.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.