Научная статья на тему 'MAKTABGACHA TARBIYA YOSHIDAGI BOLALARNING INTELLEKTUAL SALOHIYATI RIVOJLANISHIDAGI DOLZARB MASALALAR'

MAKTABGACHA TARBIYA YOSHIDAGI BOLALARNING INTELLEKTUAL SALOHIYATI RIVOJLANISHIDAGI DOLZARB MASALALAR Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

1901
313
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
intellektual salohiyat / qobiliyat / iste`dod / o`yin / syujetli-rolli o‘yinlar / abstrakt bilimlar / genetika va irsiyat. / intellectual potential / ability / talent / play / role-playing games / abstract knowledge / genetics and heredity.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Guliniso Rasulova, Feruza Tashtayeva

O`zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyev ta’kidlaganlaridek “Maktabgacha ta`lim ertangi kunimizga zamin” dir. Bugungi kunda maktabgacha ta`lim tarbiyalanuvchilarining intellektual salohiyatini rivojlantirish dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Mazkur maqolada maktabgacha ta`lim tarbiyalanuvchilarining intellektual salohiyatini rivojlantirish va takomillashtirish dolzarb masalalari yoritib berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

CURRENT ISSUES OF THE DEVELOPMENT OF INTELLECTUAL POTENTIAL OF PRESCHOOL CHILDREN

As the president of the Republic of Uzbekistan Shavkat Miromonovich Mirziyoyev noted, “preschool education is the basis of our future”. Today, the development of the intellectual potential of preschool children is one of the most important issues. This article covers topical issues of developing and improving the intellectual potencial of preschool children.

Текст научной работы на тему «MAKTABGACHA TARBIYA YOSHIDAGI BOLALARNING INTELLEKTUAL SALOHIYATI RIVOJLANISHIDAGI DOLZARB MASALALAR»

MAKTABGACHA TARBIYA YOSHIDAGI BOLALARNING

INTELLEKTUAL SALOHIYATI RIVOJLANISHIDAGI DOLZARB

MASALALAR

Guliniso Rasulova Feruza Tashtayeva

Chirchiq davlat pedagogika instituti Toshkent davlat sharqshunoslik

talabasi universiteti talabasi

ANNOTATSIYA

Ozbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyev ta'kidlaganlaridek "Maktabgacha talim - ertangi kunimizga zamin" dir. Bugungi kunda maktabgacha talim tarbiyalanuvchilarining intellektual salohiyatini rivojlantirish dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Mazkur maqolada maktabgacha talim tarbiyalanuvchilarining intellektual salohiyatini rivojlantirish va takomillashtirish dolzarb masalalari yoritib berilgan.

Kalit so'zlar: intellektual salohiyat, qobiliyat, isteMod, o'yin, syujetli-rolli o'yinlar, abstrakt bilimlar, genetika va irsiyat.

CURRENT ISSUES OF THE DEVELOPMENT OF INTELLECTUAL POTENTIAL OF PRESCHOOL CHILDREN

Guliniso Rasulova Feruza Tashtayeva

Student of Chirchik State Pedagogical Tashkent State University of Oriental Institute Studies

ABSTRACT

As the president of the Republic of Uzbekistan Shavkat Miromonovich Mirziyoyev noted, "preschool education is the basis of our future". Today, the development of the intellectual potential of preschool children is one of the most important issues. This article covers topical issues of developing and improving the intellectual potencial of preschool children.

Keywords: intellectual potential, ability, talent, play, role-playing games, abstract knowledge, genetics and heredity.

KIRISH

Bilim va faoliyat uslubining murakkablashishi ta'lim jarayonida bolalar rivojlanishining asosiy va belgilovchi tomonini tashkil etadi. Masalan, Shvetsariyalik

psixolog J. Piaja o'zi olib borgan tadqiqotlar asosida ta'kidlashicha, 7-8 yoshdan kichik bolalar raqam bilan bog'liq faoliyatga qodir emas. Shuningdek, bolaning psixik rivojlanishida ta'lim mazmunining o'zgarishi va uning ta'siri haqida L.A.Venger, P.YA.Galperin, D.B.Elkonin, V.V.Davidov va boshqalar asarlarida keng tadqiq etilgan. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar tarbiyasining asosiy vazifalari-jismoniy, aqliy, axloqiy, mehnat tarbiyasi, estetik tarbiya berib borishdan iboratdir. Psixologlar fikricha bu yoshda bolada bilish jarayonlari rivojlanib borganligi sababli unga o'rgatilgan har bir yangilikni tez ilg'ab oladi, ongiga singdirib boradi.Bolalikda aqliy rivojlanish asosini bolada shakllanayotgan idrok etish va fikrlash harakatlarining yangi turlari tashkil etadi. Bu yoshda avtodidaktik, o'zi o'rgatuvchi o'yinchoqlar (matryoshkalar, qutichalar, kubchalar, mozaika va boshqalar) bola ongini tez rivojlantiradi.Intellektual-psixologik oyinlar bolani har tomonlama komil shaxs bolib shakllanishidagi asosiy vositalardan biridir. Maktabgacha ta' lim davridagi bolani har tomonlama komil inson bolib shakllanishida didaktik oyinlar asosiy vosita bolib xizmat qiladi. Intellektual-psixologik o yinlarning barchasini quyidagi uch turga ajratish mumkin:

1. Buyumli oyinlar(oyinchoqlar, tabiiy materiallar)

2. Stol ustida o'ynaladigan oyinlar

3. Soz oyinlari

Ta lim jarayonida zamonaviy interfaol usullardan foydalanish bolalar intellektiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyev 2017-yil 30-sentabrda PF5198 - sonli "Maktabgacha ta'lim faoliyatini tashkil etish va boshqaruv tizimini tubdan takomillashtirish chora tadbirlari to'grisida" gi farmoni qabul qilinib, unda maktabgacha ta'lim muassasalarining davlat va nodavlat tarmoqlarini yanada kengaytirish, davlat va nodavlat maktabgacha ta'lim muassasalari o'rtasida sog lom raqobat muhitini shakllantirish sharoitlarini yaratish, davlat va xususiy sektor sherikligi shartlarida maktabgacha ta'lim muassasalarining yangi shakllarini joriy etish, shuningdek, O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligi faoliyatini samarali tashkil etishni ta'minlash asosiy maqsad qilib belgilangan.Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarning intellektual salohiyatining rivojlanishida ulardagi tugma qobiliyat va iste'dod muhim ahamiyatga ega. Tugma qobiliyatga ega bo'lgan bolalarimiz kattalarning har bir ta'limiy, tarbiyaviy va kasbiy ta'limotlarini tez ilgab oladilar va tez o'zlashtirib, hayotga tatbiq etadilar. Ammo, barcha yoshlarimizga ham birdek tug ma talant, qobiliyat va iste'dod nasib

etavermaydi. Shunday ekan, qobiliyatni shakllantirib borish, yoshlarning iste'dodini oshirib borishdek muhim vazifa birinchi navbatda pedagoglarimiz va keng jamoatchilik zimmasiga ya'ni oila, o'quv muassasalari, korxona, tashkilot, ustaxona boshqaruvchilari zimmasiga tushadi. Kattalar tugma aql sohiblari bolgan bolalarning yolini tosishni yaxshi koradilar. Bolaga "uni qilma", "bu senga foyda keltirmaydi" kabi so'zlarni ko'p ishlatishadi. Unga xato qilib, xulosa chiqarib, uni to'g'irlash uchun yo'l topishiga sharoit yaratib bermaydilar. Kattalarning talab hamda vazifalaridan charchagan bolalar bora-bora hafsalasiz va umidsiz bolib, xushchaqchaq kongillarini berkitib oladilar, qalblarida borini o rtoqlashmay qo yadilar. Fikrlarini ochiq bildirmaydilar. Bolaga bunday munosabatda bo lish ularni o z ichki olamlariga badarg'a qilish, demakdir. Natijada esa, ularni u olamdan ortga qaytarish qiyin kechadi.

MUHOKAMA

Maktabgacha yoshdagi bolalarning intellektual salohiyatini rivojlantirishidagi dolzarb masalalar Chirchiq davlat pedagogika instituti va Toshkent viloyati maktabgacha ta lim boshqarmasi bilan hamkorlikda Chirchiq shahar 35-sonli maktabgacha talim tashkilotida 2018-yil 8-dekabr kunidan, Qibray tumani 20-sonli maktabgacha talim tashkilotida 2020-yil 10-sentabr kunidan ishini boshladi. Maktabgacha yoshdagi bolalarning intellektual salohiyatini rivojlantirish bu fikriy faoliyatning ko'rgazmali-harakatli, ko'rgazmali-obrazlidan abstrakt, nazariyga o'zgarishidir. Bolada tushunchalar va tushunchalar tizimi muntazam shakllanib boradi. Bolaning anglash va fikrlash rivojlanishi darajasi qancha yuqori bo'lsa, u o'zlashtirgan, foydalanayotgan tushunchalar shuncha murakkab bo'ladi. Shu tarzda, umumiy holda bola psixik rivojlanishi jarayonini uch asosiy yo'nalishga bo'lish mumkin:

1) ta'lim jarayonida bilim va faoliyat usullarining rivojlanishi,

2) o'zlashtirilgan usullar qo'llash psixologik mexanizmlarining rivojlanishi,

3) shaxsning umumiy xususiyatlari rivojlanishi.

Ushbu mavzu yuzasidan davra suhbatlari o tkazildi. Maktabgacha ta lim tashkilotlari psixologlari bilan tajribalar almashildi.

NATIJALAR

Bolada intellekt ona qornidan rivojlanishni boshlaydi. Bolalarda Asosiy intellektual rivojlanish bosqichi maktabgacha va maktab yoshiga tog ri keladi. Genetika va irsiyat intellektual salohiyatga oz tasirini korsatadi. Kimdir tabiatan tez hisoblaydi, kimdir tug ilganidan boshlab matematikani yaxshi koradi, kimdir gapirishdan oldin kuylaydi. Bolalarda aloqa va bilim qobiliyatlarini rivojlantiradigan

faoliyatning muntazamligini ta'minlash orqali intellektni rivojlantirish mumkin. Temperament va xarakter xususiyatlarini o'rganish maktabgacha ta'lim tarbiyalanuvchisining intellektini rivojlantiruvchi omil hisoblanadi. Ota-ona bilan munosabat va oiladagi emotsional muhitni me'yoriy darajaga keltirish bola intellektini rivojlantirishga poydevor bo'lib xizmat qiladi. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar ota-onalari bilan intellekt, intellektual salohiyat va uni rivojlantirishning dolzarb masalalari to'g'risida suhbat uyushtirildi. Ota-onalar o'zlariga kerakli ma'lumotlarga ega bo'lishdi.

XULOSA

Faoliyatning umumiy turi aniqlangach, bolalar tomonidan ayrim usullar turli darajada qo'llanilishi mumkin. O'quvchilar faoliyatning nisbatan yuqori shakllari va turlariga (shuningdek, aqliy) masalan, aniq va abstrakt bilimlarni bog'lay olish va o'zaro nisbatini aniqlay bilishga o'rgatilishi lozim. Bolaning fikrini ham tez-tez inobatga olib turilsa, uning o'z-o'ziga bo'lgan ishonch hissi ortadi. Rivojlanish jarayonida faqat bilim va faoliyat usullarining o'zgarishi va murakkablashishi sodir bo'lib qolmaydi. Bolaning psixik rivojlanishi uning butun shaxsidagi o'zgarishlarni, ya'ni shaxs umumiy xususiyatlarining rivojlanishini o'z ichiga oladi. Rivojlanish jarayonida bolalar psixik faoliyatining turli jihatlari o'zgaradi, usullar yig'ilishi va o'zgarishi sodir bo'ladi. Bola ko'p miqdordagi turli harakatlarni bajara oladi, bilim va tasavvurlari o'zgaradi. Qizlar va o'g'il bolalar yetuk va komil shaxs bo'lib voyaga yetishi uchun yana bir muhim omil hayot tarziga aylanishi zarur. U ham bo lsa zamonaviy axborot texnologiyalaridan oqilona foydalanishdir. Bunda ota-ona, oila muhiti muhim o'rin egallaydi. O'rgimchak to'ridek dunyoni egallab olgan elektron olam bolalarning ongu shuurini butunlay egallab olmasidan oldinroq ularda hayotda har bir narsaning me'yorini bilish ko'nikmasini hosil qilishimiz va bunga o'zimiz ham amal qilishimiz juda zarur. Zero bola aytganni emas, ko'rganini qiladi. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarning intintellektual salohiyatini rivojlantirish orqali yuksak intellekt sohiblarini tarbiyalashimiz bizning asosiy maqsadlarimizdan hisoblanadi.

REFERENCES

1. Ta'lim to'g'risidagi qonun T.: 23 sentabr 2020-yil

2. O'zbekiston respublikasining qonuni Maktabgacha ta'lim va tarbiya to'g'risida Qonunchilik palatasi tomonidan 2019-yil 22-oktabrda qabul qilingan Senat tomonidan 2019-yil 14-dekabrda ma'qullangan (1)

3. N.M Aksarina, Go'dak bolalar tarbiyasi, T.:1983.(50)

4. R.G.Qodirov, yosh davrlari va pedagogik psixologiya T.:2005,(6-9)

5. G.R Toxtasinova, T.I. Ormonova, Bolalar bogchasida intellektual psixologik oyinlar T.:2005(4-5)

6. Bolalar iqtidorini erta aniqlashning psixologik-pedagogik metodikalari majmuasi, T.: 2010.

7. M. Atayev, Islomda bolalar huquqlari, T.: 2017.

8. Гармонично поколение-условие стабилъного развития Республики Узбекистан. Узбекский научно-исследователъский институт педагогических наук имени Т.Н Кари-Ниязи. Сборник научно-методических статей. Ташкент 2019. 3 том. С (325-327)

9. U. Xushvaqtova, Malikalar kitobi yoxud Temuriy malikalar qanday tarbiyalanadi? T.: 2019.(50-52)

Развитие интеллекта у детей дошкольного возроста 5-октября 2019

10. Usarov, J. (2019). Using Teaching Methods for Development Student Competencies. International Journal of Progressive Sciences and Technologies, 15(1), 272274.

11. Usarov, J. E. (2017). Formation Competence at Pupils as the Factor of Increase of Education's Efficiency. Theoretical & Applied Science, 53(9), 79-82.

12. Абдусаматова, Ш. С., & Исматов, И. И. (2020). Межличностные отношения к проблеме влияния человеческого темперамента. Высшая школа нучно-практический журнал, 1, 36-39.

13. Абдусаматова, Ш. C. (2020). Хдрбий хизмтчиларни амалиётга тайёрлашнинг ижтимоий-психологик жихдтлари. Харбий фаолиятда психологик ва социологик хизматнинг тутган урни уамда роли" мавзусидаги республика илмий-амалий конференцияси, 25-28.

14. Абдусаматова, Ш. C. (2020). Талаба ёшларнинг интеллектуал ижодий салохиятини ривожлантириш. "Замонавий педагогиканинг долзарб муаммолари" илмий мацолалар туплами, 1, 203-205.

15. Абдусаматова, Ш. С. (2020). Интерактивное обучение как специальная форма организации познавательной деятельности. "Замонавий педагогиканинг долзарб муаммолари" илмий мацолалар туплами, 2, 191-194.

16. Абдусаматова, Ш. С. (2020). Харбий фаолиятда психологик тадцицот услубиятининг урни. Харбий фаолиятда психологик ва социологик хизматнинг тутган урни уамда роли" мавзусидаги республика илмий-амалий конференцияси, 48-51.

17. Kaldibayeva, D. O. (2020). TALABALARNING MANTIQIY TAFAKKURINI SHAKLLANTIRISHNING PEDAGOGIK OMILLARI. Science and Education, 1 (Special Issue 3).

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.