Научная статья на тему 'ILK YOSHDAGI VA BOG’CHA YOSHIDAGI BOLALARNING PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI'

ILK YOSHDAGI VA BOG’CHA YOSHIDAGI BOLALARNING PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
9206
396
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
ilk yoshdagi bola / psixikasi / go‘daklik davri / nerv sistemasi. / early childhood / psyche / infancy / nervous system

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Rustamova Shahzoda Rasulbek Qizi

Maqolada ilk yoshdagi bolaning jismoniy va psixik jixatdan parvarish qilinishi, bolaning psixikasi, xulq-atvori katta yoshdagi kishining psixikasidan ancha farq qilinishi, bola psixikasining moddiy negizi bo‘lgan nerv sistemasi o‘ziga xos xususiyatlari haqida fikrlar keltirilgan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

PSYCHOLOGICAL CHARACTERISTICS OF EARLY AND KINDERGARTEN CHILDREN

The article discusses the physical and mental care of an early child, the child’s psyche, the behavior of which differs significantly from the psyche of an adult, the peculiarities of the nervous system, which is the material basis of the child’s psyche.

Текст научной работы на тему «ILK YOSHDAGI VA BOG’CHA YOSHIDAGI BOLALARNING PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI»

ILK YOSHDAGI VA BOG'CHA YOSHIDAGI BOLALARNING PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI

Rustamova Shahzoda Rasulbek qizi Urganch Davlat Universiteti

Annotatsiya: Maqolada ilk yoshdagi bolaning jismoniy va psixik jixatdan parvarish qilinishi, bolaning psixikasi, xulq-atvori katta yoshdagi kishining psixikasidan ancha farq qilinishi, bola psixikasining moddiy negizi bo'lgan nerv sistemasi o'ziga xos xususiyatlari haqida fikrlar keltirilgan .

Kalit so'zlar: ilk yoshdagi bola, psixikasi, go'daklik davri, nerv sistemasi.

PSYCHOLOGICAL CHARACTERISTICS OF EARLY AND KINDERGARTEN CHILDREN

Rustamova Shahzoda Rasulbek qizi Urgench State University

Abstract: The article discusses the physical and mental care of an early child, the child's psyche, the behavior of which differs significantly from the psyche of an adult, the peculiarities of the nervous system, which is the material basis of the child's psyche.

Keywords: early childhood, psyche, infancy, nervous system.

Bola bir yoshgacha bo'lgan davrda jismoniy va psixik jixatdan tez usadi. Bu davrda bola kup jixatdan ojiz bo'lib, kattalarning doimiy va to'g'ri parvarish qilishiga muhtojdir. Bolaning to'g'ri kelgusida sog'lom bo'lishi va psixik jihatdan normal o'sishi uning bir yoshgacha bo'lgan davrda to'g'ri parvarish qilinishiga bog'liq bo'ladi. Yangi tug'ilgan bolaning jismoniy qiyofasi o'ziga xos bo'lib, kattalarning jismoniy qiyofasidan ancha farq qiladi. Yangi tug'ilgan bola gavdasining sondan bo'yingacha bo'lgan qismi juda uzun, oyoqlari kalta, boshi nisbatan katta, buyni qisqa bo'ladi. Katta yoshdagi kishining boshi gavdasining sakkizdan bir qismini, yangi tug'ilgan bolaning boshi esa gavdasining to'rtdan bir qismini tashkil etadi. Yangi tug'ilgan bolaning gavdasi yuqori qismi pastki qismiga qaraganda ancha uzun bo'ladi. Yangi tug'ilgan bolaning buyi urta hisobda 48-52 sm bo'ladi. Uning yuzi juda kichkina bo'ladi. Go'dak bir minutda 50-60 marta nafas olib, nafas chiqaradi. Ammo katta yoshdagi kishi esa bir minutda 16-14 marta nafas oladi. Yangi tug'ilgan bolaning nafas olish yo'li hali juda tor bo'ladi. Bundan go'dakning dastlabki kunlarda toza va sof xavoga ayniqsa muhtoj ekanligi ravshan ko'rinib turadi. Bola o'rniga

I ("O^^^^^BI http://oac.dsmi-qf.uz

ungay holatda yotqazilmasa qisib yurgaklansa uning nafas olishi uchun qo'shimcha qiyinchilik yuzaga keladi. Agar bola goMaklik davrida noto'g'ri parvarish qilinsa, uning skeletidagi turli qismlar turlicha, bazan bolaning biror yeri qiyshiq bolib o'sishi mumkin. Ko'pincha bunday qiyshiq o'sish umurtqasida sodir boladi, chunki umurtqasi suyagi juda elatsik va yumshoq boladi.

Bir yoshgacha bolgan davrda bolaning jismoniy qiyofasida katta o'zgarishlar ruy beradi. Uning vazni va buyi sezilarli uzgaradi. Keyinroq borib, vaznining ortishi bir muncha sekinlashadi.va yoshi qanchalik ulg'aysa,vaznining ortishi shuncha sekinlashadi. Bola bir yoshgacha uning vazni taxminan 6 kg ga ortsa (bir yoshli bolada vazn taxminan 9 kg boladi), keyingi 2 y davomida yani bir yoshdan uch yoshgacha uning vazni 5 kg ga ortadi (3 yoshli bolaning vazni taxminan 14 kg boladi). Bola bir yoshga tulguncha uning gavda qismlarining nisbatida ham katta o'zgarishlar ruy beradi. Uning qo'l-oyoqlari, ayniqsa oyog'i tez usadi. Ko'krak qafasi uzayadi, ko'krak qafasining xajmi kengayadi,buyni uzayadi, boshi gavdasiga nisbatan kichikroq bolib qoladi. Bola bir yoshga to'lish oldidan uning jismoniy o'sishi atrof-tevarakdagi sharoitga ancha moslashib qoladi va tashqi muhitning noqolay tasiriga kamroq beriladigan bo'ladi. Malumki, bolaning psixikasi, xulq-atvori katta yoshdagi kishining psixikasidan ancha farq qiladi. Uning sababi shuki, bola psixikasining moddiy negizi bo'lgan nerv sistemasi o'ziga xos xususiyatga egadir.

Bolaning, ayniqsa, tug'ilganiga bir necha oygina bolgan bola nerv sistemasining qo'yi bolimlari katta yoshdagi kishilar nerv sistemasining qo'yi bolimlariga qaraganda beqiyos katta rol uynaydi. Nerv sistemasining qo'yi bolimlari ancha ilgari paydo boladi va tezroq yetiladi. Shartsiz reflekslar nerv sistemasining mana shu qismlari orqali vujudga keladi. Shu tufayli chaqaloqning dastlabki tamshanish, yutish, sulak chiqarish va shu kabi reflekslar qondiriladi. Bola tug ilganidanoq unda bir qator analizatorlar normal yaxshilab turadi. Bazan analizatori ana shular jumlasidandir. Yangi tug'ilgan bola badanining sezgirligi katta yoshdagi kishi badanining sezgirligidan kuchliroq boladi. Shu sababli yangi tug'ilgan bolaga badaniga qattiq botmaydigan kiyimlar kiydirish kerak. Tanasiga tegilsa bola turli xarakatlar bilan javob beradi. To'g'ri bu xarakatlarning ko'pchiligi tartibsiz tarzda, lekin juda muayyan shartsiz reflektor reaktsiyalar xam boladiki, bunday reaktsiyalar faqat yangi tug'ilgan bolalargina xos xarakterli reaktsiyalardir. Chaqaloqning labiga tegishingiz bilan unda darhol emish xarakatlari sodir boladi. Kaftiga qolingizni tegizsangiz u barmoqlarini yumib oladi. Chaqaloqni ko'tarsangiz xam u qoliga ushlab olgan barmoqlaringizni quyib yubormaydi. Robinzon refleksi deb ataluvchi bunday refleks bola bir necha xaftalik bolganida paydo boladi va u ikki oyga tolganidan keyin esa yo'q bo'lib ketadi.

Bola usib 2oppis sari unda juda ko'p yangi shartli reflekslar paydo boladi. Bu shartli reflekslar tobora murakkablashib, bola psixikasining o'sishida fiziologik negiz

I ("O^^^^^BI http://oac.dsml-qf.uz

bo'líb qoladi. Bolaning bir yoshlik davri uning psixikasining tez suratlar bilan o'sishi davridir. Bola tug'ilgan kunlarda uning faoliyati faqat eng zarur ehtiyojlarni qondirish bilan cheklanadi. Yangi tug'ilgan bola sutkasiga 20 soatga yaqin uxlaydi. Faqat qorni ochkaganida, chanqaganida, sovuqni sezganida uyg'onadi. Ehtiyoji qondirilginidan keyin yana uyquga ketadi. Bu davrda uxlashni bolaning normal xolati deyish mumkin. Uzoq ( uxlashdan keyin ) tufayli bola energiyasining asosiy qismi uning tez o'sishiga va jismoniy jihatdan chiniqishiga sarf bo'ladi, chunki yuqorida aytib o'tilganidek, bola tug'ilganidan 3oppis dastlabki vaqtlarda jismoniy jihatdan ayniqsa tez usadi. Bola sekin kamroq uxlaydigan bo'ladi va atrofdagi narsalarning tasiriga ko'proq qiziqadigan bo'ladi. Bir oylik bola narsalarning xarakatiga qarab, boshini burishi mumkin, ikkinchi oyga utganda u tovush kelgan tomonga qarab boshini buradi, keyinroq esa ovozni eshitib, gapirgan kishini kozi bilan qidira boshlaydi. Umumlashtirishda nutq muhim ahamiyat kasb etadi. Masalan, soat deyilishi bilan bola qoT soatini yoki devordagi osma soatni ham tushunishi mumkin, Lekin, ular turlicha bo'lganligi bois, ularda umumiylikni 3oppish bola uchun birmuncha qiyinroq hisoblanib, bu borada fikrlash yordamga keladi va umumlashtirishni tashkil etadi. 2-3 yoshli bolalar malum bir predmetlarning o'rniga ularning o'rnini bosishi mumkin deb hisoblagan boshqa narsalardan ham foydalanadilar. Masalan, o'yin jarayonida bola qoshiq yoki termometr o'rnida, yog'ochdan yasalgan krovat yoki mashina o'rnida foydalanishi mumkin. Bir predmetni boshqasi o'rnida qo'llaniladi.Xulosa qilish mumkinki ilk yoshdagi bolaning psixologik jihati juda muhim hisoblanib bu jarayonda bolaning har bir xarakteri va holati bolaning psixikasi uning ruhiy holati va ulg'ayishi uchun muhim rol o'ynaydi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. «Psixologiyadan maruzalar matn». Toshkent.1999y

2. «Umumiy psixologiya» M.V.Voxidov. Toshkent. 1992 yil.

3. «Umumiy psixologiya» A.V.Petrovskiy. Moskva.1976

References

1. «Psixologiyadan maruzalar matn». Toshkent.1999y

2. «Umumiy psixologiya» M.V.Voxidov. Toshkent. 1992 yil.

3. «Umumiy psixologiya» A.V.Petrovskiy. Moskva.1976

190

http://oac.dsmi-qf.uz

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.