Academic Research in Educational Sciences Volume 3 | Issue 7 | 2022
ZAMONAVIY PSIXOLOGIYANING PEDAGOGIKA BILAN UZVIY
BOG'LIQLIGI
Baxtigul Baxodirovna Ergasheva
Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti Filologiya fakulteti
3-bosqich talabasi
ANNOTATSIYA
Ushbu maqola Pedagogik psixologiya nima ekanligi, qaysi davrda tashkil topganligi, Pedagogika va psixologiyaning qay yo'sinda bog'liqligi va bu sohada olib borilayotgan ishlar haqida yoritilgan.
Kalit so'zlar: psixologik yo'nalishlar; ta'lim jarayoni; psixologik asoslar; Pedagogik bilimlar; Pedagogik psixologiya.
KIRISH
Pedagogik psixologiya - ta'lim va tarbiya muammolarini tadqiq qiladigan psixologiya sohasi. U shaxsning maqsadga muvofiq rivojlanishini, bilish faoliyatining va insonda ijtimoiy ijobiy sifatlarni tarbiyalashning psixologik muammolarini o'rganadi. Pedagogik psixologiyaning maqsadi — shartsharoit va boshqa psixologik omillardan kelib chiqqan holda o'qitishning oqilona rivojlantiruvchi ta'sirini kuchaytirish. Pedagogik psixologiya 19-asrning 2yarmida vujudga kelgan. Eksperimental psixologiya tadqiqotchilari Pedagogik psixologiya rivojiga katta hissa qo'shganlar. Pedagogik psixologiyaning fan sifatida taraqqiy etishida o'sha davrda yuzaga kelgan psixologik yo'nalishlar ham turtki berdi. Bixevioristik (qarang Bixeviorizm) psixologiya yo'nalishi tarbiyachi va o'quvchiga tashqi muhitning ta'sirini Pedagogik psixologiya uchun asos qilib oladi. Pedagogik psixologiya umumiy va bolalar psixologiyasi, shuningdek, pedagogika bilan uz-viy bog'liq. Pedagogik psixologiya, asosan, ta'lim psi-xologiyasi va tarbiya psixologiyasiga bo'linadi. Ta'lim psixologiyasida o'quv jarayonida xotira, tafakkur, nutq, xayol, irodaning roli, shuningdek, o'quvchilarning individual xususiyatlari (temperamenti, harakte-ri, qiziqishlari), o'quv predmetlarining o'ziga xos'tomonlari, ta'lim jarayonini boshqarishning psixologik tamoyillari va boshqa o'rganiladi. Hozirgi zamon ta'lim psixologiyasida o'quvchilarga doimiy yangilanib turadigan axborotlarni mustaqil o'zlashtirish imko-niyatini beradigan, ilmiy-texnika yangiliklaridan orqada qolmaslikni ta'minlaydigan tafakkur sifatlarini o'rganish muhim masaladir. Tarbiya psixol o giyasining asosiy vazifasi — maktabdagi tarbiyaviy ishlar jarayonida
July, 2022
82
Academic Research in Educational Sciences Volume 3 | Issue 7 | 2022 ISSN: 2181-1385_Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,12 | SJIF: 5,7 | UIF: 6,1
shaxsning shakllanishi masalasini ishlab chiqish. Unda shaxsning axloqiy sifatlarining shakllanishiga alohida ahamiyat beriladi. Pedagogik psixologiya tadqiqotlari o'quv materiali mazmunini tanlash, o'quv dasturlari, darsliklar tuzish, ta'limning har xil bosqichlarida o'qitish metodlari tizimini tashkil qilishda muhim ahamiyatga ega.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA
Ta'lim-tarbiyaning shaxsni kamol toptirish ishiga bog'liqligi milliy g'oyani shakllantiruvchi, takomillashtiruvchi va uni ommaga yetkazuvchi kuchlarga bog'liqdir. Pedagogik - psixologiya fani ham jahon fani taraqqiyoti hamda va uning takomillashib borish jarayonini, fanga kirib kelishi kutilgan yangiliklarni yanada aks ettiradi, albatta. Bu asosiy vazifa sifatida ilk bor qonuniy asoslarga ega bo'lmoqda va pedagogik psixologiya fani oldiga muhim nazariy vazifalarni hal qilish qo'yilmoqda:
1) pedagogik psixologiyaning muhim vazifalaridan biri ta'lim jarayonini yanada takomillashtirish, faollashtirishning psixologik asoslarini ishlab chiqish;
2) ta'lim - tarbiya jarayonida turli yoshdagi bolalarning aql-idrokiga, irodasiga, uni shaxs sifatida shakllantirishga ta'sir etuvchi omillarni o'rganish;
3) o'quvchilar shaxsni tarkib topishi jarayonini, bu jarayonning umumiy qonuniyatlarini va individual farqlarni, turli tarbiyaviy tadbirlarning o'quvchilarga ko'rsatadigan ta'sirini o'rganish;
4) ta'lim va tarbiya jarayoni bir-biriga bog'liqdir, bu jarayonda aqliy qobiliyatlarni, axloqiy sifatlarni, shaxsni hissiy va irodaviy sifatlarini shakllantirishning maksimal rivojlanishi shart-sharoitlarini aniqlash;
5) mustaqil bilim olish, materialni chuqur yoki yetkazishning psixologik masalalarini ishlab chiqish;
6) bilish faoliyatini o'zaro tashkil qila bilish shart-sharoitlarini aniqlash;
7) o'z-o'zini tarbiyalashning psixologik asoslarni aniqlash;
8) o'qituvchi shaxsni va o'qituvchi shaxsini xususiyatlarini, milliy o'qituvchining sifatlarini aniqlash;
9) pedagogik bilimlar, ko'nikma va malaka, qobiliyatlarning tarkib topishi hamda taraqqiyotining psixologik jarayonlarini aniqlash;
10) o'z-o'zini tarbiyalash, milliy g'urur va vatanparvarlik jarayoni uning psixologik muammolarini nazariy jihatdan asoslab berishdan iboratdir;
11) shuningdek jahon tajribalari bilan birga, milliy xususiyatlarimiz, undagi eng ilg'or tomonlar, muhimi, pedagogik tarbiyalanuvchilar, o'quvchilar, talabalar bilan imkoni boricha ko'proq muloqotda bo'lish, o'quvchi shaxsining barcha xususiyatlarini hisobga olib,
July, 2022
83
Academic Research in Educational Sciences ISSN: 2181-1385
Volume 3 | Issue 7 | 2022 Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,12 | SJIF: 5,7 | UIF: 6,1
bilim va tarbiya berish, ya'ni yagona pedagogik jarayonni ta'minlash, masalalari ham nazarda tutiladi;
12) pedagogik psixologiyaning eng asosiy vazifalaridan biri o'zlashtirishning sifat darajasini aniqlash usullarini ishlab chiqishdan iborat.
Pedagogik psixologiyaning amaliy vazifasi esa yoshlarni o'zlashtirishning psixologik shart-sharoitlari, tarbiyaning psixologik masalalari, bolaga ta'lim-tarbiya berishda ularni yoshlik va individual xususiyatlarini hisobga olish, yoshlarda bilim, ko'nikma va malakalarini shakllanishi, mustaqil fikrlashga o'rgatish, ilmiy tushun-chalar hosil qilish, o'z ustida ishlash, o'z-o'zini tarbiyalash, yosh o'qituvchilarni psixologik faoliyatga mehr-muhabbatini shakllantirish psixologiya fanining yutuqlarini, psixologik bilimlarni keng jamoat-chilik e'tiboriga havola qilinishi, ota-onalar, tarbiyachi va o'qituv-chilarni bulardan bahramand qilishdan iboratdir. Amaliy vazifalar radio va tele ko'rsatuvlarda, jurnallarda, ma'ruza va maxsus ko'rsatuvlar orqali chiqish, mahalla, maktab va ota - onalar bilan suhbatlashish orqali amalga oshiriladi.
Biz shu narsaga erishishimiz kerakki, keng jamoatchilik bola ruhiy taraqqiyotiga doyir psixologik bilimlardan bahramand bo'lsin. Ana shundagina biz yoshlarga haqiqiy ta'lim-tarbiya bera olamiz va uni muvaffaqiyatli amalga oshiramiz. Pedagogik psixologiya o'z predmetining mazmuniga qarab umumiy psixologiyada amal qiladigan ko'pgina metodlardan foydalanadi. Chunki zarur bo'lgan dalillarni qidirish, ularni sodir bo'lish sabablarini aniqlash va isbotlash turli xil metodlar vositasida bajariladi. Qaysi metoddan foydalanishdan qa'ti nazar, bu metodlar faqat xususiy ilmiy tadqiqot ishlari uchungina emas, balki amaliy ta'limtarbiya maqsadlarida bolani chuqurroq o'rganishni tashkil qilish uchun muhimdir. Ta'lim-tarbiya ishlarini to'g'ri tashkil etish uchun pedagogik psixologiyada qo'llanadigan tadqiqot metodlari o'quvchilarning individual psixologik xususiyatlarini, tarbiyaviy ta'sir ko'rsatishda maqsadga muvofiq va eng samarali metodlarni tanlashga asos bo'ladigan o'quvchilar shaxsining o'ziga xosligini yaxshi bilish lozim. Pedagogik psixologiyada qo'llanadigan metodlar ham psixologiya fanining tamoyillari va usullariga qo'yilgan talablarga rioya qilishi maqsadga muvofiqdir.
1. O'rganish lozim bo'lgan har bir jarayon, holat va xususiyatlarni bir- biriga bog'lab tekshirish lozim. Har bir o'rganiladigan psixik hodisalarni nevrofiziologik asoslardan yoki xotirani diqqatdan, idrokni tafakkurdan ajratib o'rganish yaramaydi.
2. Tekshirilayotgan psixik hodisalarni rivojlanish qonuniyatlarini bilmasdan turib uni har tomonlama o'rganish mumkin emas. Shuningdek,
turli yoshsagi bolalarning psixik rivojlanish xususiyatlarini
July, 2022
Academic Research in Educational Sciences ISSN: 2181-1385
Volume 3 | Issue 7 | 2022 Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,12 | SJIF: 5,7 | UIF: 6,1
bilmasdan turib o'rganilayotgan yosh davrning o'ziga xos xususiyatlarini tushuntirish va tavsifnoma berish mumkin emas.
Tekshirish jarayonida kishining butun psixikasida, ongida aks etadigan jamiyatning moddiy nigizi undagi ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar bilan birgalikda o'rganiladi. Ta'lim-tarbiya jarayonida psixik hodisalarning miqdor o'zgarishlarini sifat o'zgarishlarga o'tishi va bir sifat holatining ikkinchi sifat holatiga o'tishini kuzatib borish lozim . Masalan: o'quvchi psixikasining taraqqiy etishini o'rganib «ko'rib, bilim olish, tajribalar to'plash jarayonida o'quvchining bilish qobiliyatini, ya'ni xotira, tafakkur, fikr yuritishdagi sifat o'zgarishini bilib olsa bo'ladi.
REFERENCES
1. M.Toxtaxodjayevaning umumiy tahriri ostida. Pedagogika. Darslik. T.: O'zbekiston faylasuflari Milliy jamiyati, 2010.
2. Hoshimov K., Nishonova S. Pedagogika tarixi. Darslik. - T.: "A.Navoiy nomidagi O'zbekiston Milliy kutubxonasi 2001.
3. Hoshimov K., Nishonova S., Inomova M., Hasanov R. Pedagogika tarixi. O'quv qo'll. - T.: O'qituvchi 1996.
4. Hoshimov K., C.Ochil. O'zbek pedagogikasi antologiyasi. O'quv qo'll. I-jild. -T.: O'qituvchi, 2010.
5. . Ibragimov X.I., Abdullayeva Sh.A. Pedagogika nazariyasi. Darslik. - T.: "Fan va texnologiyalar" nashriyoti, 2008.
6. Xasanboyev J., To„raqulov X., Xaydarov M., Xasanboyeva O. Pedagogika fanidan izoxli lug'at. - T., 2008.
7. Egamberdiyeva N.M. "Ijtimoiy pedagogika" - T.: A.Navoiy nomidagi O'zbekiston Milliy kutubxonasi nashriyoti, A.Navoiy, 2009.
8. Mavlonova R. va boshqalar "Ijtimoiy pedagogika" - T.: Istiqlol, 2009.
9. Karimova V. M. «Psixologiya» T.Sharq 2002y.
10. G'oziyev E. G'. «Umumiy psixologiya» 1-2 tom. Toshkent. 2002.
11. Ivanov P.I., Zufarova M. «Umumiy psixologiya» T.:O'zbekiston faylasuflar milliy jamiyati, 2008.
12. Xaydarov F.I., Xalilova N.I. «Umumiy psixologiya» T.: Fan va texnologiyalar 2010 yil
XULOSA
July, 2022