MOSLASHISH JARAYONI SEKIN KECHAYOTGAN OLTI YOSHLI BOLALAR BILAN ALOHIDA MASHG'ULOTLAR TASHKIL ETISH
BO'YICHA TAVSIYALAR
Rizaeva Nasiba Muxammadiyevna
Navoiy viloyati Xatirchi tumani 19-umumiy o'rta ta'lim maktabi amaliyotchi
psixologi
ANNOTATSIYA
Ushbu maqolada maktabga qabul qilingan olti yoshli bolalarni yangi ijtimoiy muhitga moslashtirish, ular bilan turli xil mashg'ulotlar olib borishdagi tavsiyalar o 'rin olgan. Har tomonlama yetuk, barkamol shaxsni tarbiyalash hozirgi kun ta'lim tizimi oldidagi dolzarb muammolardan biridir. Barkamol shaxsni tarbiyalashda u dunyoga kelganidan boshlab, to maktabgacha tarbiya yoshigacha bo'lgan davrdagi psixologik xususiyatlarini bilish tarbiyachilar, pedagoglar va psixologlar, ota-onalar uchun muhim ahamiyatga ega. Tadqiqotda maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalik, ya'ni bola tug'ilganidan boshlab, maktab yoshigacha bo 'lgan davrini qamrab olgan. Shuningdek, bolalar psixologiyasining hozirgi vaqtdagi dolzarb muammolari ko 'proq o'z aksini topgan.
Kalit so'zlar: Psixologiya, pedagogika, maktab, ta 'lim, fiziologik o 'zgarishlar, motivatsiya, psixofiziologik holat, individuallik, "psixologik salomatlik".
RECOMMENDATIONS FOR ORGANIZING SEPARATE ACTIVITIES
WITH SIX-YEAR-OLD CHILDREN WHO ARE SLOWING THE
COORDINATION PROCESS
Rizaeva Nasiba Muhammadiyevna
Practitioner psychologist of the 19th comprehensive school of Khatirchi district
of Navoi region
ABSTRACT
This article provides tips for adapting six-year-olds to a new social environment and engaging them in a variety of activities. Raising a mature, well-rounded person is one of the most pressing issues facing the education system today. It is important for educators, educators, psychologists and parents to know the psychological characteristics of a well-rounded person from birth to pre-school age.
The study covered pre-school age, ie the period from birth to school age. It also reflects the current problems of child psychology.
Keywords: Psychology, pedagogy, school, education, physiological changes, motivation, psychophysiological state, individuality, "psychological health".
РЕКОМЕНДАЦИИ ПО ОРГАНИЗАЦИИ ОТДЕЛЬНЫХ МЕРОПРИЯТИЙ С ШЕСТИЛЕТНИМИ ДЕТЯМИ, ЗАМЕДЛЯЮЩИЕ
ПРОЦЕСС КООРДИНАЦИИ
Ризаева Насиба Мухаммадиевна
Практический психолог 19-й общеобразовательной школы Хатырчинского района Навоийской области
АННОТAЦИЯ
В этой статье представлены советы по адаптации шестилетних детей к новой социальной среде и привлечению их к различным занятиям. Воспитание зрелого, разностороннего человека - одна из самых актуальных проблем, стоящих сегодня перед системой образования. Педагогам, педагогам, психологам и родителям важно знать психологические особенности разностороннего человека от рождения до дошкольного возраста. Исследование охватывало дошкольный возраст, т.е. период от рождения до школьного возраста. Также он отражает актуальные проблемы детской психологии.
Ключевые слова: Психология, педагогика, школа, образование, физиологические изменения, мотивация, психофизиологическое состояние, индивидуальность, «психологическое здоровье».
KIRISH
"Ta'lim to'g'risida"gi qonunda e'tirof etilganidek umumta'lim maktablarining 1-sinflariga bolalar 6-7 yoshdan qabul qilinadilar. Jismonan sog'lom, aqlan va ma'nan yetuk hamda tibbiy jihatdan mutloq sog'lom deb topilgan olti yoshli bolalar, psixologik-pedagogik tashxis natijalariga ko'ra umumta'lim maktablarining 1-sinflariga qabul qilinadi. Ma'lumki, maktabgacha yosh davrida bolalar uchun asosiy faoliyat turli o'yinlar hisoblanadi. Kuzatishlardan ma'lumki, maktabga uydan kelgan bolalarga nisbatan maktabgacha ta'lim muassasalaridan kelgan bolalarning o'qish faoliyatiga moslashuvi ancha osonroq kechadi.
Bolaning maktab ta'limiga psixologik moslashuvi birinchidan, bilim olish uchun bolada moyillik va o'quvchining ijtimoiy yo'nalishi shakllangan bo'lishi, ikkinchidan, o'z tengdoshlari bilan muloqot qila bilishi, o'qituvchining talablarini bajarishi, o'z xulqini nazorat qila olish kabi jihatlarining shakllanganligiga bog'liq. Bular bolani o'quv faoliyatiga "silliq" o'tishini ta'minlaydi.
Maktabga qabul qilingan olti yoshli bolalarni yangi ijtimoiy muhitga moslashtirish maktab psixologi va boshlang'ich sinf o'qituvchisi faoliyatida muhim o'rin tutadi.
Olti yoshli bolalarning maktabga moslashuvi va rivojlanish dinamikasini o'rganish uchun maktab amaliyotchi psixologlari va boshlang'ich sinf o'qituvchilari tomonidan trening mashg'ulotlari va korreksion rivojlantirish mashg'ulotlarini o'tkazilishi muhimdir.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR
Tadqiqot jarayonida Kadrlar tayyorlash milliy dasturi, Ta'lim to'g'risida qonun, Sh.Mirziyoev asarlari, mavzuga doir adabiyotlar hamda internet manbalaridan foydalanildi. Maqolani yozish davomida nazariy-deduktiv xulosa chiqarish, analiz va sintez, mantiqiylik tamoyillari qo'llanildi.
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Bolalarning maktab sharoitiga moslashuvini bir necha bosqichlarga bo'lib o'rganish mumkin, ularning har biri o'ziga xos xususiyatga ega bo'lib, organizm funksional tizimining turli zo'riqqanlik darajasi bilan tavsiflanadi.
Birinchi bosqich - mo'ljal oluvchi bo'lib, bunda tizimli muloqot boshlanishi bilan bog'liq yangi ta'sirlar majmuasiga organizmning deyarli barcha tizimlari jo'shqin reaksiyalar bilan javob qaytaradi. Bu "fiziologik o'zgarishlar" uzoq davom etadi (2-3 hafta).
Ikkinchi bosqich - beqaror moslashuv, organizm bu ta'sirlarga qandaydir maqbul yoki qulayroq bo'lgan variantlarni izlaydi. Bu bosqichda "noodatiy holatlar" asta-sekin susayadi.
Uchinchi bosqich - nisbatan barqaror moslashuv davri. Bunda organizm bosimga qarshi kamroq zo'riqish talab etuvchi variantlarni topadi. O'quvchi qanday ishni bajarmasin, bu xoh yangi bilimlarni o'zlashtiruvchi faoliyat bo'lsin, xoh statistik bosim yoki turli jamoalardagi muloqotdagi psixologik bosim bo'lsin organizm aniqrog'i, uning har bir tizimi zo'riqish faoliyati bilan javob beradi. Shuning uchun har bir tizim qanchalik ko'p zo'riqsa, organizm shunchalik ko'p zahirasini yo'qotadi. Biz bilamizki bola organizmining imkoniyatlari u darajada ko'p
emas. Uzoq davom etuvchi zo'riqish, charchoq esa, boladan ko'p energiyani talab etadi.
Moslashuvni 3-bosqichining davomiyligi taxminan 5-6 hafta davom etadi, o'quv yilining birinchi oyi eng murakkab moslashuv davri bo'lib hisoblanadi.
Moslashish jarayoning muvaffaqiyati bolaning sog'lom holati va o'qishga psixologik tayyorligi bilan aniqlanadi.
Psixologik tayyorlik bolaning umumiy tavsifnomasi sifatida ko'riladi, ularda psixologik sifatlarning rivojlanish bosqichlari ochib beriladi. Bu esa o'z navbatida bolani maktab sharoitiga me'yorida moslashishi va o'quv faoliyatini shakllantirish uchun muhim asos hisoblanadi. Bu psixologik sifatlar ma'lum tarzda guruhlashtirilgan bo'lib, maktabga psixologik tayyorlikni tarkibiy qismi sifatida ko'riladi. Maktabga psixologik tayyorlikning asosiy tarkibiy qismlari quyidagilarni tashkil etadi:
- maktabga aqliy tayyorlik;
- maktabga motivatsion tayyorlik;
- maktabga hissiy-irodaviy tayyorlik;
- sinfdoshlar va o'qituvchi muloqotiga tayyorlik;
Bolanig psixik rivojlanishi qanchalar nomuvofiq kechsa, unig yangi mikroijtimoiy sharoitlarga moslashishi shunchalik qiyinroq kechadi.
Maktabga qabul qilingan olti-yetti yoshli bolalar moslashish jarayonining dastlabki oyida ayrim qiyinchiliklarning vujudga kelishiga sabab bo'luvchi omillar quyidagilardan iborat:
- o'quvchida kompleks moslashuvlarning vujudga kelishi;
- shart-sharoitlarning yaratilmaganligi;
- yangi bilimlarni o'zlashtirish jarayonida bosh miya yarim sharlari aqliy ishchanlik qobiliyatining dinamika(yuqori va past)si;
- 35 daqiqalik aqliy mehnatga tayyor bo'lishi;
- shaxslararo munosabatlarning keskin kechishi;
- bola organizmining toliqishi va zo'riqishi;
- psixofiziologik holat (charchoq, mudroq, zerikish)ning kuzatilishi;
- yangi mavzuni o'zlashtirishdagi ko'nikma va malakalarning yetishmasligi; notanish odat va muhitga moslashuvi;
- irodaviy sifatlarning yetarli darajada shakllanmaganligi; o'quvchilarning individual psixologik xususiyatlarining e'tiborga olinmaganligi.
Olti yoshli bolaning ijtimoiy rivojlanishi:
- olti yoshli bolalar nafaqat tanish balki notanish bo'lgan muhitda ham yaxshi moslashadilar;
- tengdoshlari, kattalar bilan muloqotga kirisha oladilar, muloqotning asosiy qoidalarini biladilar;
- o'z xulqlarini boshqara oladilar; birinchilardan, eng yaxshilardan bo'lishga intiladilar, omadsizliklarda juda xafa bo'ladilar;
- kattalarning ularga bo'lgan munosabatini o'zgarishiga katta ahamiyat beradilar, kattalarning kayfiyatiga e'tibor qaratadilar.
Olti yoshli bolaning intellektual rivojlanishi, tafakkuri:
- har qanday yangi ma'lumotni katta qiziqish bilan qabul qiladilar, kuzatuvchan bo'ladilar, ko'p savol beradilar;
- 6-7 yoshda ko'ruv-obrazli va harakat-obrazli va mantiqiy tafakkur jarayonlari yaxshi rivojlangan; predmetlar va hodisalarni tizimlashtiradilar, guruhlashtiradilar va sinflarga ajrata oladilar;
- oddiy sabab-oqibatli hodisalarni tahlil qila oladilar.
Olti yoshli bola diqqati, idroki va xotirasining rivojlanishi:
- ixtiyoriy va ixtiyorsiz diqqat turlari mavjud bo'lib, bu yoshda ixtiyorsiz diqqat ustunlik qiladi;
- ixtiyoriy diqqatning barqarorligini saqlab qolish muhit va bolaning individual xususiyatlariga bog'liq;
- bu yoshda ixtiyorsiz xotira turi ustun bo'lib. faol idrok jarayonida samaradorligi ortadi;
- bir vaqtning o'zida idrok qilinadigan ob'ektlar miqdori(1-2)ga diqqatlarini bir faoliyatdan boshqasiga tez ko'chira olmaydilar.
- Olti yoshli bolaning shaxsiy rivojlanishi, o'zini anglashi va o'zini baholashi.
- Kattalar va tengdoshlari bilan munosabatlarda o'z xatti-harakatlarini anglay oladilar;
- kattalarning talablarini bajarishga intiladilar, bajarayotgan u yoki bu faoliyatlarida omadga erishishga intiladilar;
- barcha faoliyat turlarida o'ziga bo'lgan baho turlicha bo'lishi mumkin;
- o'zini bir xil baholay olmaydi, u ma'lum darajada kattalar tomonidan (bolaga) beriladigan bahoga bog'liq (o'qituvchi, ota-ona).
Harakat motivlari:
- faoliyatning yangi turlariga qiziqadilar;
- kattalar dunyosiga qiziqadilar, ularga o'xshashga intiladilar;
- barcha narsalarni bilishga qiziqadilar;
- kattalar va tengdoshlari bilan ijobiy munosabatlarni shakllantirishga va saqlab qolishga intiladilar;
- shaxsiy yutuqlar, tan olinishlar va rag'batlantirishga intiladilar;
- 6 yoshda "O'ynab bilib olaman" faoliyati ustunlik qiladi.
Maktab sharoitiga moslashuvlarida qiyinchiliklarni oldini olish va aniqlash bo'yicha olib boriladigan ishlar:
- 1 -guruh xavf omillari;
- sog'liqni yomonlashuvi;
- Sodir bo'ladigan qiyinchiliklar;
- asab tizimining tez charchash va toliqishi;
- jadal jismoniy va ruhiy-emotsional zo'riqishni ko'tara olmaslik.
Nevrologik holat hamda funksional rivojlanish buzilishlarida (tafakkur, idrok,
xotira, motorika, nutq)- yozuv, o'qish, matematikani o'qitishda va guruh bilan ishlay olmaslikda umumiy qiyinchiliklar kuzatiladi. Tajribalar shuni ko'rsatadiki maktabdagi o'zlashtirmaslikni asosiy sabablaridan biri bolalarni ta'limga tayyor emasligi, ularning "etilmaganligidan"dir. Ana shu "etilmaganlik"ni o'z vaqtida aniqlab, bartaraf qilish bolaning maktabda o'qishiga moslashtirish va psixiokorreksion ishlar mazmunini belgilaydi.
"Men yaxshi ko'rgan meva" o'yini
Maqsad: O'quvchilarning diqqat ko'lamining kengligi va qobiliyatini rivojlantirish.
O'yinning borishi: Ishtirokchilar doira shaklida turishadi. Har bir ishtirokchi o'z nomi va yaxshi ko'rgan mevasi nomini aytadi. Birinchi ishtirokchi o'z nomi va yaxshi ko'rgan mevasi nomini aytadi-ikkinchi ishtirokchi o'zidan oldingi ishtirokchining nomi va u yaxshi ko'rgan mevasi nomini aytadi hamda o'z nomi va yaxshi ko'rgan mevasi nomini aytadi. Shu tarzda o'yin davom etadi, qatorda turgan oxirgi ishtirokchi o'zidan oldingi barcha ishtirokchilar nomlari va ular yaxshi ko'rgan mevalar nomini aytib berishi kerak. Eng ko'p meva va ishtirokchilar nomlarini to'g'ri aytgan ishtirokchi g'olib hisoblanadi.
"Adashmayman ", "Kuzatuvchanlik» ", "Selektor» ", "Uchadi-uchmaydi", "Mening tug'ilgan kunim", "Kaftlar", "Eyiladi-yeyilmaydi", "Eng diqqatli", "Telefon" mashqlari ham bolalar psixikasini rivojlantirishda juda foydali hisoblanadi.
Olti yoshli bolalarning moslashuvi bo'yicha tavsiyalar:
- O'qish va o'qishdan tashqari ishlarni tizimli tashkil etish;
- ta'lim dasturini murakkablashtirish va jadallashtirishdan qochish;
- qo'shimcha topshiriqlarni cheklash;
- nevrologik kasalliklar va funksional buzilishlarda individual korreksion rivojlantiruvchi ishlarni tashkil etish;
- dars jarayonida guruhiy va individual yondashuvni tashkil etish;
- materialni tushuntirish, yozuvga o'rgatish bo'yicha individual yondashuvni tashkil etish;
- yetarli shart-sharoitlar yaratish;
- o'quvchilar asab tizimi va ish qobiliyatining qayta tiklanishini hisobga olib, qiyin fanlarni osonroq o'zlashtiriladigan fanlar bilan oralatib qo'yilishini ta'minlash;
- o'quvchilar toliqish va charchashini hisobga olib tanaffussiz va qo'shaloq darslarni o'tilishiga yo'l qo'ymaslik;b
- bosh miya yarim sharlari ishchanlik darajasining faolligiga qarab o'quv darslarini boshlang'ich sinflarda har kuni 3-4 soatdan o'tilishini ta'minlash;
- 1-sinf o'quvchilarining maktab sharoitiga moslashuvlarini yengilashtirish maqsadida bosqichma-bosqich o'quv darslarini sentyabr oyida 35-daqiqadan har kuni 3-soat, 2-chorakda 35 daqiqadan kuniga 4 soatdan o'tilishini ta'minlash;
- shaxslararo munosabatlarning keskin kechishi;
- bola organizmining toliqishi va zo'riqishi;
- psixofiziologik holat (charchoq, mudroq, zerikish)ning kuzatilishi;
- yangi mavzuni o'zlashtirishdagi ko'nikma va malakalarni rivojlantirish bo'yicha individual ishlarni tashkil etish;
- o'quvchilardagi charchash va mudroq holatlarini bartaraf etuvchi qisqa muddatli psixologik o'yinlar va treninglardan foydalanish;
- o'quvchilarda emotsional his-tuyg'ular va irodaviy sifat (qat'iyatlilik)larni shakllantirish;
- o'quvchilar bilish psixik jarayonlarini rivojlantirish bo'yicha korreksion-rivojlantiruvchi o'yinlar tashkil etish;
- mayda qo'l motorikasi va ko'ruv harakat koordinatsiyasini rivojlantirish bo'yicha mashg'ulotlar tashkil etish;
- dars jarayoniga barcha o'quvchilarni (a'lochimi yoki past o'zlashtiruvchimi) jalb etish;
- o'quvchining o'ziga bo'lgan ishonch hissini oshirish;
- o'quvchilarda kommunikativ (o'zaro fikr almashinuv) qobiliyatlarni rivojlantirish;
- o'quvchilaming psixofiziologik holatlar (charchash, zerikish, chalg'ish)ini bartaraf etish maqsadida psixologik o'yin ("Mening sevimli mevam", "Adashib ketmayman", "Kuzatuvchanlik", "Qarsaklar" v.b.) mashqlaridan foydalanish;
- darsni tortinchoqlik va zo'riqish kabi holatlardan xoli bo'lgan vaziyatlarda tashkil etish, shaxslararo munosabatlar muhitini yaratish;
- o'quvchilarda charchash va zo'riqish kabi holatlarni oldini olish uchun relaksatsiya mashqlarini tashkil etish;
- moslashish jarayoni qiyin kechayotgan bolalar bilan korreksion mashg'ulotlarni olib borish hamda ularning ota-onalari bilan hamkorlik ishlarini tashkil etish;
- past o'zlashtiruvchi o'quvchilar bilan individual yondashuvni tashkil etish hamda ularni rag'batlantirish maqsadida jomoa ishlarida yetakchi vazifalarni topshirish.
XULOSA VA TAKLIFLAR
Xulosa qilib aytganda, Eng avvalo bolaning psixologik salomatligi uchun g'amxo'rlik ko'rsatgan holda, o'yin faoliyatidan asta-sekin o'quv faoliyatiga o'tishni ta'minlash zarur.
Shu nuqtai nazardan kelib chiqqan holda, bolalarni yangi hayot bosqichiga moslashuviga yordam beradigan, muayyan maqsadga yo'naltirilgan rivojlantiruvchi mashg'ulotlarga zarurat tug'iladi.
Asosiy mezonlardan biri bolaning sog'lom, chidamli bo'lishidir, aks holda dars va butun o'qish kunida unga beriladigan yuklamalarga chidam berishi qiyinlashadi.
"Psixologik salomatlik " dasturi asosida guruh sharoitida bolaning shaxsiy, aqliy faolligi oshiriladi.
Mashg'ulotlar jarayonida bolaning bilish psixik jarayonlari (diqqati, fikrlashi, idroki, tasavvuri, xotirasi) o'yinlar yordamida rivojlantiriladi. REFERENCES
1. Kadrlar tayyorlash milliy dasturi. - T.: Sharq, 1997.
2. Ta'lim to'g'risida. O'zbekiston Respublikasining Qonuni. - T.: O'zbekiston,
3. Mirziyoev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan quramiz. -T.:O'zbekiston, 2017.
4. 2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishlari bo'yicha harakatlar strategiyasi// https://www.lex.Uz
5. G'oziev E.G. Umumiy psixologiya. Toshkent. 2002.1-2 kitob.
6. Югай А.Х., Мираширова Н.А. "Общая психология" - Ташкент 2014.
7. Дружинина В.. "Психология " Учебник. "Питер", 2003.