Научная статья на тему 'MAKTABGACHA TARBIYA YOSHIDAGI BOLALARDA BILISH JARAYONLARINING RIVOJLANISH XUSUSIYATLARI'

MAKTABGACHA TARBIYA YOSHIDAGI BOLALARDA BILISH JARAYONLARINING RIVOJLANISH XUSUSIYATLARI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
16646
713
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
bilish / sezgi / idrok / bola / o„yin / faoliyat / akseleratsiya / psixika.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Sevara Najmiddin Qizi Erkinova

Maqolada psixologiyada bilish jarayonlarining tasnifi va ularning maktabgacha ta‟lim muassasalarida tarbiyalanayotgan bolalarda namoyon bo„lish shart-sharoitlari nazariy tahlillar asosida yoritib berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MAKTABGACHA TARBIYA YOSHIDAGI BOLALARDA BILISH JARAYONLARINING RIVOJLANISH XUSUSIYATLARI»

MAKTABGACHA TARBIYA YOSHIDAGI BOLALARDA BILISH JARAYONLARINING RIVOJLANISH XUSUSIYATLARI

Sevara Najmiddin qizi Erkinova

Nizomiy nomidagi TDPU magistri

ANNOTATSIYA

Maqolada psixologiyada bilish jarayonlarining tasnifi va ulaming maktabgacha ta'lim muassasalarida tarbiyalanayotgan bolalarda namoyon bo'lish shart-sharoitlari nazariy tahlillar asosida yoritib berilgan.

Kalit so'zlar: bilish, sezgi, idrok, bola, o'yin, faoliyat, akseleratsiya, psixika.

KIRISH

Psixologiya fanining bugungi kundagi vazifalari, tabiiy, uning predmetiga biroz o'zgarishlar kiritadi. Zero, inson ongi va qalbi uchun kurash muammosi butun dunyo miqyosida dolzarb turgan masala sifatida qaralishini inobatga olsak, jamiyatimizning har bir a'zosi, mustaqil yurt fuqarolari ongining milliy-madaniy muhit ta'sirida, milliy hamda umuminsoniy qadriyatlar asosida shakllanishi, ular qalbida sof imon va sog'lom dunyoqarashlar, mustaqil fikrlashning shakllanishi mexanizmlarini o'rganish ham fanning muhim predmeti hisoblanadi. Ayniqsa, buguni yoshlarda aniq maqsad va maslakning bo'lishi, milliy iftixor va g'urur tuyg'ularining to'g'ri tarbiyalanganligi yaxlit xalq va millat manfaatlari bilan uyg'undir. Psixologiya fan sifatida aynan har bir shaxsda o'ziga, yurtdoshlariga, turli faoliyat turlari hamda dunyoga nisbatan to'g'ri munosabatlarni shakllanishi yo'llarini ham o'rganishi kerak. Aks holda yoshlar ongidagi o'zgarishlarni aniq bashorat qilolmaslik, ularni to'g'ri tarbiyalash vositalarini tanlashda xatoliklarni keltirib chiqaradi. Inson psixikasi - psixika taraqqiyotning eng oliy bosqichidir.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Psixologiya sohasida tadqiqotlar boshlanganiga davrga sal kam 160 yil bo'ldi. Shu davr ichida juda ko'plab ilmiy tadqiqot natijalarini o'z ichiga olgan monografiyalar, darsliklar, qo'llanmalar yozildi. Lekin, bu bilan fan o'zining jamiyat oldidagi vazifalarini to'laqonli bajara oldi, degan xulosa chiqarib bo'lmadi. Sababi, psixologiya sohasida faoliyat ko'rsatgan barcha olimlar ko'proq diqqatlarini mavhum shaxs va individual psixologiyaga qaratdilar. Vaholanki, inson, uning barkamolligi, jamiyat taraqqiyotiga bevosita ta'siri masalasi o'tib borayotgan asrimizning oxiriga kelib, o'ta dolzarb va muhim muammolar qatoridan joy oldi.

Yosh davrlari psixologiyasi predmeti ta'lim va psixik taraqqiyot muammosining o'zaro munosabatini ilmiy asosda talqin etib, bu ikki jarayon bir-biri bilan uzviy bog'liq ekanligini e'tirof etadi. Mazkur muammo yuzasidan tadqiqotlar olib borgan olimlarning fikricha, ta'lim bolaning psixik taraqqiyotidan oldinda borib, uni o'z ortidan ergashtirishi lozim (L.S.Vbigotskiy, B.G.Anan'ev va boshqalar). O'zbekistonda psixologiya fanining hozirgi ahvoli ilgarigidan ancha rivojlangan. Chunki bu fanni o'qitish muassasa tayyorlov qurollar va markazlar ochilib kishilar ongiga yetib bormoqda. Bundan tashqari psixologiya tarmoqlari bo'yicha turli xil muammolarni yechishda asosiy rol o'ynaydi. Bu fanni rivojlanishida hozirgi kunda o'zbek psixologlari, ya'ni B.R. Qodirov, Ye.G'. G'oziev, G'.B. Shoumarov, V.M. Karimova, A.M. Jabborov, N. S. Safaev, Sh.R. Barotov, B.M. Umarov, Z.T. Nishonova, D.G. Muhammedova va boshqa olimlarning hissasi katta. Hozirgi kunda psixologiya fani ham o'z tarmoqlarini rivojlantirmoqda.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Har bir yosh davri psixik taraqqiyotning maxsus bosqichidir va bola taraqqiyotining ma'lum bosqichida shaxs strukturasidagi o'ziga xosliklar majmuini tashkil etadigan o'zgarishlar to'plami bilan xarakterlanadi. L.S.Vigotskiy yoshni taraqqiyotning ma'lum davri deb qaragan. Uning fikricha 1 yosh davrdan boshqasiga o'tganda ilgari yosh davrida mavjud bo'lmagan yangi narsa paydo bo'ladi, taraqqiyotning borishi o'zgaradi va qayta quriladi. Yosh xususiyatlari ko'p sharoitlar majmui bilan belgilanadi. Ularga xayotning ma'lum bosqichida bolaga quyiladigan talablar sistemasi ham, munosabatlar ham, u egallaydigan faoliyat va bilimlar tipi ham bu bilimlarni o'zlashtirish usullari ham kiradi. Yoshning xususiyatini belgilaydigan sharoitlar mazmuniga bola jismoniy taraqqiyotining xar xil tomonlari xususiyatlari ham kiradi. Shunday qilib, yosh davri xayot sharoitlari va taraqqiyotning ma'lum davrida bolaga quyiladigan talablar xususiyatlari va uning atrofdagilar bilan munosabatlari, bola shaxsi psixologik tuzilishidagi taraqqiyot darajasi bilan uning tafakkuri va bilimlari taraqqiyoti darajasi hamda ma'lum fiziologik xususiyatlar majmui bilan xarakterlanadi.

Yosh davrini atrofdagilarga munosabat taraqqiyot darajasi bilan bilimlar, usullar, qobiliyat taraqqiyoti darajasi o'rtasidagi aloqa belgilaydi. D.B.Elkoninning ta'kidlashicha, taraqqiyot jarayonining bu 2 turli tomonlar o'rtasidagi munosabatning o'zgarishi keyingi yosh davrlarda muxim ichki asosni tashkil etadi. Masalan, go'daklik davrida bolaning tashqi muxit bilan aloqasi uning kattalar bilan munosabati orqali amalga oshiriladi. Bola xuddi shunday munosabatlar sistemasi sifatida ma'lum malakalarni egallaydi. Unda tasavvurlarning sodda bosqichlari shakllanadi. Kattalar

bilan muloqat usullari kengayadi, nutqi rivojlanadi va boshqalar. Bularning bari bolaning mustaqil xarakat qilish imkoniyatlarining kengayishi uchun asos yaratadi. So'ngra atrofdagilar bilan munosabat usullari ham o'zgaradi. Bu esa psixik taraqqiyotning keyingi borishi sharoitini o'zgartiradi. Bunday vaziyat o'smirlik davrida ham vujudga keladi. Bunda oldingi taraqqiyot yutuqlari majmui bola xayot sharoitlari o'zgarishi bolaning atrofdagilar bilan munosabat usullarining o'zgarishiga olib keladi.

Psixologlar tomonidan yosh davrlarning tabaqalashlarning nazariy masalalari ishlab chiqilgan. Ular ontogenetik qonuniyatlarni yoritishga katta xissa bo'lib qo'shiladi, amaliy va nazariy muammolarning xal qilishda keng qo'llanilmoqda.

Keyingi yillarda bolalar va maktab o'quvchilarining jismoniy va psixik rivojlanishida akseleratsiya (lotincha - «tezlanish») xodisasi ro'y bermoqda.

Olimlar akseleratsiya xodisasining ham biologik ham ijtimoiy sabablarini ko'rsatmoqda.

1. Biologik sabablari oz miqdordagi ionlashgan nurlarning va radio to'lqinlarining ta'siri qishloq xo'jaligi va meditsinada o'sish va rivojlanishni, stimullashtiruvchi biologik faol moddalarning qo'llanilishi, inson ozuqasida hayvon oqsil moddalari miqdorining oshishi.

2. Ijtimoiy sabablari-hayot tipining kuchayishi, hayot tonusining ortishi, televideniya, radio, kino orqali bolaning o'smirlik chog'idan boshlab miyasiga yig'iladigan g'oya ko'p miqdordagi informatsiyalar, ma'lumot oqimining ta'siridan iboratdir.

Faoliyati davomida shaxsdan juda ko'p bilimlarni hamda malakalarni talab qiladi. Nima uchun u yoki bu kasbni tanlaganini anglab yetgan shaxs (motivlar muammosi), endi o'z faoliyati va qobiliyatlarini boshqara bilishi va o'z ustida muttasil ishlab, malakalarini orttirib borishi shart. Professional bilimdonlik shu nuqtai nazardan shaxs umumiy madaniyatining shunday yo'nalishiki, unga faqat kasbiga taalluqli bo'lgan bilimlardan tashqari, shu bilimlarning hosil bo'lish yo'llari va malakalarning takomillashuvini ta'minlovchi psixologik jarayonlar va holatlarni bilishni ham taqozo yetadi. Bu psixologiyada bilish jarayonlari va ularning mohiyatini va kechishini bilish demakdir.

V.M.Karimova (2010)ning yozishicha, ongning muhim aks yettirish shakllari bo'lmish bilish jarayonlariga: idrok, sezgi, xotira, diqqat, tafakkur, iroda va hissiyotlar kiradi.

Bilish jarayonlari - bu shunday psixik jarayonlarki, ular shaxsga o'zini o'rab turgan atrof-muhitning ma'lum va muhim xususiyatlarini anglashga, tushunishga va

ular o'stida o'ziga zarur xulosalar chiqarib, o'z xulq-atvorini rejalashtirishga imkon beradi. Bu jarayonlar insonga juda yaqin va tanish.

Tadqiqotlarning ko'rsatishicha, bilish jarayonlari ham ma'lum ma'noda boshqariladigan jarayonlar bo'lib, agar siz o'z imkoniyatlaringizni kengaytirish yoki iqtidor darajangizni orttirmoqchi bo'lsangiz, bu jarayonlarga oid ma'lum qoidalar va xususiyatlarni bilib olishingiz kerak.

Inson ongi bir qarashda yaxlit narsa, aslida u ayrim alohida jarayonlardan iborat. Shuning uchun ham atrof-muhitni, o'zimizni bilishimizga imkon beruvchi ongni o'rganish uchun uni alohida psixik jarayonlarga bo'lib o'rgana boshlaganlar. Bu jarayonlar - sezgilar, idrok, xotira, diqqat, tafakkur, nutq va boshqalardir. Bu jarayonlar shu qadar bir-birlari bilan bog'liqki, birini ikkinchisiz tasavvur qilishning o'zi qiyin. Masalan, ko'rib idrok qilib turgan narsangizni fikrlamay ko'ringchi, uning mohiyatini bilasizmi?

3-7 yoshgacha bo'lgan davr bog'cha yoshi davri hisoblanadi. Maktabgacha yoshdagi bolalar psixologiyasida juda tez sifat o'zgarishlari bo'lishini inobatga olgan xolda 3 davrga (3-4yosh) kichik maktabgacha davri, (4-5yosh)kichik bog'cha yoshi, o'rta maktabgacha davr( o'rta bog'cha yoshi) 6-7 yosh va katta maktabgacha davr katta bog'cha yoshlilarga ajratish mumkin. Bola rivojlanish jarayonida odamlarning ilgari o'tgan avlodlari tomonidan yaratilgan predmet va xodisalar olami bilan alohida maxsus munosabatga kirishadi. B ola insoniyat ko'lga kiritgan barcha yutuqlarni faol ravishda o'zlashtirib, egallab boradi. Bunda predmetlar olamini, hamda ular yordamida amalga oshiriladigan xatti-harakatlarni, tilni, odamlar orasidagi munosabatlarni egallab olishi, faoliyat motivlarining rivojlanishi, qobiliyatlarning o'sib borishi, katta yoshli kishilarning bevosita yordamida amalga oshirilib borilmog'i kerak Asosan mana shu davrdan boshlab bolaning mustaqil faoliyati kuchaya boshlaydi.

Bog'cha yoshdagi bolalarning ko'zga tashlanib turuvchi hususiyatlaridan biri ularning serharakatligi va taqlidchanligidir. Bola tabiatinining asosiy qonunini shunday ifodalash mumkin: bola uzluksiz faoliyat ko'rsatishni talab qiladi, lekin u faoliyat natijasidan emas, balki faoliyatning bir xilligi va bir tomonlamaligidan charchab qoladi. Mana shu so'zlardan bog'cha yoshidagi bola tabiatining asosiy qonuni bo'lmish serharakatliligini ortiqcha cheklab tashlamay, balki maqsadga muvofiq ravishda uyushtirish kerakligi yaqqol ko'rinib turibdi.

Kattalar va tengdoshlari bilan bo'lgan munosabat orqali bola ahloq normalari, kishilarni anglash, shuningdek, ijobiy va salbiy munosabatlar bilan tanisha boshlaydi. Bog'cha yoshidagi bola endi o'z gavdasini juda yaxshi boshqara boshlaydi. Uning harakati muvofíklashtirilgan xolda bo'ladi. Bu davrda bolaning nutqi jadal rivojlana

boshlaydi. U yangiliklarni egallashga nisbatan o'zi bilganlarini mustaxkamlashga ehtiyoj sezadi. O'zi bilgan ertagini qayta-qayta eshitish va bundan zerikmaslik shu davrdagi bolalarga xos hususiyatdir.

Bog'cha yoshidagi bolalar ehtiyoji va qiziqishlari jadal ravishda ortib boradi. Bu avvalo keng doiraga chiqish ehtiyoji, munosabatda bo'lish, uynash ehtiyojlarinig mavjudligidir. Bu davrda bolalarda hamma narsani bilib olishga bo'lgan ehtiyoj kuchayadi. Bog'cha yoshidagi bola tabiatiga xos bo'lgan kuchli ehtiyojlardan yana biri uning har narsani yangilik sifatida ko'rib, uni har tomonlama bilib olishga intilishidir.

Bog'cha yoshidagi bolalar hayotida va ularning psixik jihatidan o'sishida qiziqishning roli ham kattadir. Qiziqish xuddi ehtiyoj kabi bolaning biror faoliyatga undovchi omillardan biri bo'lib xizmat qiladi. Shuning uchun ham qiziqishni bilish jarayoni bilan bog'lik bo'lgan murakkab psixik xodisa desa bo'ladi.

Maktabgacha yoshdagi bolalarning yetakchi faoliyati bu o'yindir. Bog'cha yoshidagi bolalarning o'yin faoliyati masalasi asrlar davomida juda ko'p olimlarning diqqatini o'ziga jalb qilib kelmokda. Bog'cha yoshidagi bolalar o'zlarining o'yin faoliyatlarida ildam qadamlar bilan olg'a qarab borayotgan sermazmun hayotimizning hamma tomonlarini aks ettirishga intiladilar.

Bog'cha yoshidagi bola atrofidagi narsalar dunyosini bilish jarayonida shu narsalar bilan bevosita amaliy munosobatda bo'lishga intiladi. Bu o'rinda shu narsa harakterliki bola bilishga tashnaligidan atrofdagi o'zining haddi sig'adigan narsalari bilangina emas, balki kattalarga mansub bo'lgan o'zining kuchi ham yetmaydigan, xaddi sig'maydigan narsalar bilan ham amaliy munosobatda bo'lishga intiladi.

XULOSA

3-7 yoshgacha bo'lgan davr bog'cha yoshi davri hisoblanadi. Maktabgacha yoshdagi bolalar psixologiyasida juda tez sifat o'zgarishlari bo'lishini inobatga olgan xolda 3 davrga (3-4yosh) kichik maktabgacha davri, (4-5yosh)kichik bog'cha yoshi, o'rta maktabgacha davr( o'rta bog'cha yoshi) 6-7 yosh va katta maktabgacha davr katta bog'cha yoshlilarga ajratish mumkin

B ola insoniyat ko'lga kiritgan barcha yutuqlarni faol ravishda o'zlashtirib, egallab boradi. Bunda predmetlar olamini, hamda ular yordamida amalga oshiriladigan xatti-harakatlarni, tilni, odamlar orasidagi munosabatlarni egallab olishi, faoliyat motivlarining rivojlanishi, qobiliyatlarning o'sib borishi, katta yoshli kishilarning bevosita yordamida amalga oshirilib borilmog'i kerak.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi "O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha Harakatlar strategiyasi to'g'risida" PF-4947-son Farmoni. O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to'plami. - 6(766)-son. - 70-modda

2. Y3ÖeKHCTOH PecnyönHKacn npe3HgeHTHHHHr 2017 HHH 9 ceHTaöpgarn "Y3ÖeKHCTOH PecnyönHKacnga MaKTaörana TatnHM th3HMHHH «Haga TaKOMHnnarnTHpHffl öyHHna" n^-3261-coH Kapopn

3. Karimova V.M. Ijtimoiy psixologiya: Darslik. - T., 2012. - 196 b.

4. G'oziyev E. Umumiy psixologiya: Psixologiya mutaxassisligi uchun darslik / E.G'oziyev; O'zR OO'MTV, M.Ulug'bek nomidagi O'zMU. - T.: "O'zbekiston faylasuflari milliy jamiyati" nashriyoti, 2010. - 544 b.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.