INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337
MUSIQA O'QITUVCHISINING INNOVATSION-PEDAGOGIK FAOLIYATI Najmetdinov G'ayrat Mamadjanovich
Qo'qonDPI dotsenti Turdaliyeva Diyora G'ayratjon qizi
FarDU magistranti https://doi.org/10.5281/zenodo.7357505
Annotatsiya. Ushbu maqolada zamonaviy o'qituvchi hamda musiqa darslari samamradorligida pedagogik texnologiyalninn o'rni haqida fikrlar yuritilgan.
Kalit so'zlar: kelajak, bunyodkor, pedagogika, texnologiya, konsepsiya, ishlab tadqiqotchi, targibotchi, mahorat, dastur.
ИННОВАЦИОННАЯ ПЕДАГОГИЧЕСКАЯ ДЕЯТЕЛЬНОСТЬ УЧИТЕЛЯ МУЗЫКИ
Аннотация. В данной статье рассматривается современный учитель и роль педагогических технологий в эффективности уроков музыки.
Ключевые слова: будущее, творец, педагогика, технология, концепция, исследователь, промоутер, мастерство, программа.
INNOVATIVE PEDAGOGICAL ACTIVITY OF A MUSIC TEACHER
Abstract. This article discusses the modern teacher and the role of pedagogical technologies in the effectiveness of music lessons.
Keywords: future, creator, pedagogy, technology, concept, researcher, promoter, skill, program.
Kirish
Innovatsiya - bu kelajak degani. Biz buyuk kelajagimizni barpo etishni bugundan boshlaydigan bo'lsak, uni aynan innovatsion g'oyalar, innovatsion yondashuv asosida boshlashimiz kerak.
Bugungi kunda ta'limning jamiyat rivojlanish sur'atlaridan ortda qolayotganligi, ta'lim jarayonida qo'llanilayotgan texnologiyalarning zamonaviy talablarga to'liq javob bermasligi haqidagi masala dunyo hamjamiyati tomonidan tez-tez e'tirof etilmoqda.
Mamlakatimiz Prezidenti Shavkat Mirziyoev, mamlakatimizni 2016 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yakunlari va 2017 yilga mo'ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo'nalishlariga bag'ishlangan Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisida yurtimizdagi tinchlik va farovonlikni mustahkamlash, xalqimizni hayotdan rozi qilish eng muhim vazifa ekanligini ta'kidlab o'tdilar: "... bu islohotlarning asosiy maqsadi - aholi uchun munosib hayot darajasi va sifatini ta'minlashdir... Tanqidiy tahlil, qat'iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik har bir rahbarni - ... ular faoliyatining kundalik qoidasi bo'lib qolishi kerak", - deya ta'kidladilar
Muxokama va natijalar
Haqiqatan ham, mamlakatimizda izchillik bilan amalga oshirilayotgan o'zgarish va yangilanishlar, eng avvalo, odamlarni o'ylantirayotgan dolzarb masalalarning oqilona yechimini topib xalqimizning o'z turmushidan mamnun bo'lib yashashi uchun barcha sharoitlarni yaratishga, "Inson manfaatlari hamma narsadan ustun" degan olijanob g'oyaning hayot bilan hamnafas ekanligini ta'minlashga xizmat qilmoqda.
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337
Zamonaviy o'qituvchi - kelajak bunyodkori, yangi pedagogik texnologiyalar, nazariyalar, konsepsiyalarning muallifi, ishlab chiqaruvchisi, tadqiqotchisi, foydalanuvchisi va targ'ibotchisidir.
"Kadrlar tayyorlash milliy dasturi", "Talim to,g,risida»gi "Ozbekiston Respublikasi Qonunlari asosida milliy tajribaning taxlili va talim tizimida jaxon miqyosidagi yutuqlarga tayanib yuksak umumiy va kasb-hunar madaniyatiga, ijodiy va ijtimoiy faollikka, ijtimoiy-siyosiy hayotda mustaqil ravishda moljalni to'g'ri ola bilish, istiqbol vazifalarini ilgari surish va xal etishga qodir kadrlarning yangi avlodini shakllantirishga yo'naltirishda pedagog mahorati alohida orin tutadi.
Milliy dasturda kozda tutilgandek, zamonavaiy axborot texnologiyalari va kompyuterlar mukammalashib, o'quv jarayoniga tatbiq etib borilyapti.
O'qituvchining pedagogik mahorati - o'quv jarayonining barcha shakllarini eng qulay va samarali holatda tashkil etish, ularni shaxs kamoloti maqsadlari tomon yo naltirish, talaba-oquvchilarda dunyoqarash qobiliyatini shakllantirish, jamiyat uchun zarur bo'lgan faoliyatga moyillik uyg'otish asosiy vazifalardan hisoblaniladi.
Pedagogik maqsadning oziga xosligini quyidagilarda bilish mumkin:
Pedagogik faoliyatning maqsadi jamiyat tomonidan belgilanadi, ya'ni pedagogik faoliyatning natijasi jamiyat manfaatlari bilan bog'liqdir. Uning mehnati yoshlar shaxsini har tomonlama kamol toptirishga yo'naltirilgan. Pedagogik faoliyat avlodning ijtimoiy uzviyligi (ketma-ketligi)ni taminlaydi. Bir avlod tajribasini, ikkinchi avlodga otkazadi, ijtimoiy tajriba orttirish uchun insondagi tabiiy imkoniyatlarni ro'yobga chiqaradi.
Pedagog faoliyati doimo shaxs faoliyatini boshqarish bilan bog'liq. Bunda pedagogik maqsad o'quvchi maqsadiga aylanishi muhimdir. Pedagog oz faoliyati maqsadini va unga erishish yo'llarini aniq tasavvur qilishi hamda bu maqsadga erishish o'quvchilar uchun ham ahamiyatli ekanligini ularga anglata olishi zarur. Gyote ta'kidlaganidek: «Ishonch bilan gapir, ana shunda soz ham, tinglovchilarni mahliyo qilish ham oz-ozidan kelaveradi».
Pedagogik talim-tarbiya jarayonida o'quvchi faoliyatini boshqarish shuning uchun ham murakkabki, pedagog maqsadi doimo o quvchi kelajagi tomon yo naltirilgan boladi. Buni anglagan holda mohir pedagoglar oz faoliyatining mantiqini o'quvchilar ehtiyojlariga muvofiq holda loyihalaydilar. Hamkorlik pedagogikasining tub mohiyati ham ana shundan iborat.
Shunday qilib, pedagogik faoliyat maqsadining oziga xosligi o'qituvchidan quyidagilarni talab qiladi:
- jamiyatning ijtimoiy vazifalarini tola anglab, oz shaxsiga qabul qilishi. Jamiyat maqsadlarining «o'sib», uning pedagogik nuqtai nazariga aylanishi;
- muayyan harakat va vazifalarga ijodiy yondashishi;
- o'quvchilar qiziqishlarini e'tiborga olish, ularni pedagogik faoliyatning belgilangan maqsadlariga aylantirish.
Pedagogik faoliyatning oziga xosligi quyidagilarda namoyon boladi:
Inson ozining alohida xususiyatlariga ega bo'lgan, ro'y berayotgan voqealarni idrok qila oladigan va ularga o zicha baho beradigan takrorlanmaydigan faol mavjudotdir. Psixologiyada ta'kidlanganidek, har bir shaxs takrorlanmasdir. U pedagogik jarayonning oz maqsadi, ishtiyoqi va shaxsiy xulqqa ega bo'lgan ishtirokchisi hamdir.
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337
Pedagog doimo o'sib-o'zgarib boradigan inson bilan ishlaydi. Ularga yondashishda bir xil qolip, shakllanib qolgan hatti-harakatlardan foydalanish mumkin emas. Bu esa pedagogdan doimo ijodiy izlanib turishni talab qiladi.
Shu bilan bir vaqtda, jamiyatning rivojlanishi alohida mamlakatlarda va umuman jaxonda insonparvar falsafiy asosdagi yangi pedagogik texnologiyalarni yaratdi. Har bir
darsning alohida xususiyati mavjud. Musiqa o'qituvchisining ham o'ziga xos sirlari bo'ladi. Musiqaga muhabbat, qiziqish bilan qarash, o'quvchi- bolalarga bor bilimlarini berishga intilish va ishga sidqidiladan yondashish, insonning ish jarayonidagi hayoti bilan yashash maqsadga muvofiqdir. Tajribada pedagoglar musiqa fanini murakkabligini va o'qituvchi bilan sozandaning bog liqligini ko'rsatib o'tganlar.
Musiqa o'qituvchisi o'quv va tarbiya ishlarini olib boradi. U faqatgina keng bilimga ega bo'lib qolmay, o'zining fanini ham yaxshi va chuqur bilishi lozimdir. Bolalarni musiqa san'ati bilan tarbiyalashda dunyoqarashi, fikrlashi, tushunchasi birinchi darajali ahamiyatga egadir. Musiqa kishi xissiyotini, ayniqsa emotsional estetik xissiyotini vaol rivojlantiradi.
Musiqa o'qituvchisi yaxshi sozanda va yaxshi san'atkor bo lishi lozimdir.
Musiqa cholg'usida yaxshi chalish, ijro eta olish, yaxshi ovozga ega bo lishi, notaga qarab yaxshi ijro qilishi, bolalar qobiliyatini ajrata bilishi lozimdir. Musiqa o'qituvchisi musiqa asbobida yaxshi ijro etishi juda muhimligi quyidagida belgilanadi. Birinchidan: Jonli ijro etish -sinfda kayfiyatni yaxshilaydi.
Ikkinchidan: Jamoa bo'lib (xor) ijro etayotganda hohlagan epizodni yoki ( taktik) jumlani qaytarish mumkin.
Uchinchidan: Musiqa asbobida ijro eta oladigan musiqa o'qituvchisi o'z tarbiyalanuvchilariga musiqani o'zi ijro etish naqadar qiziqarliligini va muhimligini amaliyotda ko'rsatib o'tadi.
Musiqa o'qituvchisi musiqa asbobini yaxshi ijro etishi bilan cheklanib qolmay yaxshi tovush, dirijyorlik jesti bilan, musiqa nazariyasini mukammal bilmog'i va ijod qilishi lozimdir. O'qituvchining shaxsiy namunasi va bilim darajasi musiqa fanining taqdirini hal qiladi.
O'qituvchi bulardan tashqari darslarni kuzatib borishi ham lozimdir. Doimiy kuzatishlar orqali o'qituvchi pedagogik mahoratini egallab boradi. U vaziyatni (situatsiyani ) baholashga, o'quvchilarning ichki tuyg'ularini sezishga o'rganadi. Kuzatish 1-7 sinflar davomida amalga oshiriladi. Eng asosiysi: o'qituvchi asarni ijro etibgina qolmay, balki uning mazmuni bilan ham tanishtirishi lozim, buning uchun o'qituvchining nutqi ravon, qisqa, hamda tushunarli bo'lishi kerak.
Xulosa
Musiqa madaniyati darsida o'qituvchining mahorati har tomonlama yuksak darajada bo'lishi lozim. Uning asar haqidagi kirish so'zi va dars mavzusini tushuntirib berishi, o'quvchilarni ajoyib va sehrli san'at - musiqa olamiga olib kiradi. Va qiziqarli suhbat bilan bolalar diqqatini musiqa mavzulariga yo'naltirishi mumkin. O'qituvchining musiqa asari haqidagi hikoyasi qisqa, qiziqarli bo'lishi kerak va o'quvchilarni badiiy idrok etishga erishtirishi lozimdir.
Dars davomida o'qituvchi o'quvchilar bilan muloqot usulini qo'llasa, musiqa haqida to'g'ri mulohaza yuritishga, aniq xulosalar chiqarrishga yordam beradi. Suhbat jarayonida ko'proq o'quvchilar baxsga o'tadilar. Bu faoliyatida o'qituvchi rejissyor singari ularni boshqarib, to'g'ri xulosalarga erishtirilishi lozim._
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337
REFERENCES
1. Karimova Musiqiy pedagogik mahorat acoclari.T. Iqtisod moliya. 2008.
2. RJ.Ishmuxammedov Innovatsion texnologiyalar yordamida ta'lim
3. samaradorligini oshirish yo'llari. T.Nizomiy nomidagi TDPU
4. Namozova Dilorom. Bo'lajak musiqa o'qituvchilarining kreativ kompetentligini musqa tarixi fanini o'qitish vositasida shakllantirish. O'zbekiston Davlat san'at va madaniyat institut xabarlari 2 (6), 75
5. Namozova Dilorom. Renessans-bo'lajak musiqa o'qituvchisining kompetatsion takomili sifatida. Uzluksiz ta'lim 2091 (5594), 19