Научная статья на тему 'BOLA TA’LIM-TARBIYASIDA OTA-ONANING TUTGAN O’RNI'

BOLA TA’LIM-TARBIYASIDA OTA-ONANING TUTGAN O’RNI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
22833
889
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
o’qituvchi / o’quvchi / ota-ona / bola / ilm / talim-tarbiya / maktab / odob-axloq / barkamol rivojlangan. / teacher / student / parent / child / science / education / school / morals / harmoniously developed.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — D. Karamatova, S. Abduvaliyeva

Ushbu maqolada ta’lim va tarbiyaning o’zaro bog’liqligi, bola tarbiyasi davlat miqyosidagi siyosiy muammo ekanligi, bolani tarbiyalash, unga ilm berish faqatgina ustozgagina xos emas, balki ota-onaga, butun jamyatga tegishli ekani, bola tarbiyasida yo’l qo’yiladigan xatoliklar haqida fikr yuritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ROLE OF PARENTS IN CHILD EDUCATION

In this article, the interdependence of education and upbringing, the fact that child upbringing is a political issue at the state level, that raising a child and imparting knowledge to him is not unique to the teacher, but belongs to parents and the whole society, is allowed in child upbringing. errors are discussed.

Текст научной работы на тему «BOLA TA’LIM-TARBIYASIDA OTA-ONANING TUTGAN O’RNI»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

BOLA TA'LIM-TARBIYASIDA OTA-ONANING TUTGAN O'RNI Karamatova Dilfuza Sadinovna

Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika unversiteti o'qituvchisi Abduvaliyeva Sevinchbonu Lazizbek qizi

Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti, Boshlang'ich ta'lim fakulteti,

2-bosqich talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.7217595 Annotatsiya. Ushbu maqolada ta'lim va tarbiyaning o'zaro bog'liqligi, bola tarbiyasi davlat miqyosidagi siyosiy muammo ekanligi, bolani tarbiyalash, unga ilm berish faqatgina ustozgagina xos emas, balki ota-onaga, butun jamyatga tegishli ekani, bola tarbiyasida yo'l qo'yiladigan xatoliklar haqida fikr yuritilgan.

Kalit so'zlar: o'qituvchi, o'quvchi, ota-ona, bola, ilm, talim-tarbiya, maktab, odob-axloq, barkamol rivojlangan.

РОЛЬ РОДИТЕЛЕЙ В ОБРАЗОВАНИИ ДЕТЕЙ Аннотация. В данной статье раскрывается взаимообусловленность образования и воспитания, то, что воспитание ребёнка является политическим вопросом на государственном уровне, что воспитание ребёнка и передача ему знаний принадлежит не только учителю, а принадлежит родителям и всему обществу, допускается в воспитании детей, ошибки обсуждаются.

Ключевые слова: учитель, ученик, родитель, ребенок, наука, воспитание, школа, нравы, гармонично развитый.

ROLE OF PARENTS IN CHILD EDUCATION Abstract. In this article, the interdependence of education and upbringing, the fact that child upbringing is a political issue at the state level, that raising a child and imparting knowledge to him is not unique to the teacher, but belongs to parents and the whole society, is allowed in child upbringing. errors are discussed.

Key words: teacher, student, parent, child, science, education, school, morals, harmoniously developed.

KIRISH

Ta'lim - bilim berish, malaka va ko'nikmalar hosil qilish jarayoni, kishini hayotga va mehnatga tayyorlashning asosiy vositasi. Ta'lim jarayonida ma'lumotlar olinadi va tarbiya amalga oshiriladi.

Ta'lim va tarbiya bir-biri bilan uzviy bog'liqdir. Inson ilmli bo'lishni istasa u eng avvalo tarbiyalanishi kerak.tarbiyali inson mukammal ilm sohibi bo'la oladi. Har bir mamlakatning bugungi va ertangi kuni o'sha yurtdagi maktablarning holatiga, ta'lim-tarbiyaning sifatiga bog'liq.

O'sib kelayotgan yosh avlodning bilimi va ularning kelajakda qanday inson bo'lishiga qarab, yurtimiz kelajagini tasavvur qilishimiz mumkin. Shuning uchun ham: "Kelajak yoshlarning qo'lidadir" - deyishadi. Bolaga tarbiya berish avvalo oiladan boshlanadi. Biz oilani "kichik vatan" deb ataymiz. Aynan shu Vatan bola uchun dastlabki tarbiya maktabi bo'ladi. Qaysidir ma'noda ota-ona farzandining birinchi o'qituvchisi hisoblanadi. Shuning uchun ota-onaning o'zi ham yuksak axloqiy sifatlarga ega bolmog'i kerak. Bolaga o'zi yaxshi fazilatlar bilan o'rnak

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

bo'la oladigan ota-onaning farzandi kelajakda go'zal xulqli, yuksak ilmli, xalqqa foydasi tegadigan barkamol shaxs bo'ladi.

"Taniqli pedagog A.S.Makarenko besh yoshgacha bo'lgan tarbiya bolaning shaxsiyati shakllanishida o'ta muhim ahamiyatga ega ekanini qayd etib o'tgan. Bu haqda u shunday deb yozgan: "...tarbiyaning bosh asosi besh yoshda nihoyasiga yetadi, demak, siz besh yoshgacha nima qilgan bo'lsangiz, bu tarbiyaviy jarayonning 90 foizini tashkil etadi, keyingi tarbiya esa qayta tarbiyalash negizida davom etadi" [1]. Aynan shu vaqt oralig'i ota-onadan katta mas'uliyatni talab etadi. Mana shu vaqtda ota-ona o'z farzandiga ko'proq e'tibor berishi, uning tarbiyasi bilan jiddiy shug'illanishi kerak. Ayna shu davrda bolaga to'g'ri tarbiya bera olish juda muhimdir.

TADQIQOT METODI VA METODOLOGIYASI

Yoshlarga ta'lim-tarbiya berish har bir ota-onaning Vatan oldidagi muqaddas burchidir. Bu burchga mas'uliyat bilan yondoshishi kerak. "Kelajagi kafolatlanishini istagan ota-onalar unga-bunga sarflaydigan vaqtini va harakatini ertaning buyuk insonlari bo'lgan farzandlarini ulg'aytirish uchun sarflashlari lozim. Boshqa yo'nalishlar uchun sarflangan mehnatlar bekor ketishi mumkin, ammo farzand kamoli uchun sarflangan mehnatlar bitmas-tuganmas xazinaga aylanadi" [2]. Farzand kamoli uchun sarflangan mablag' va vaqt ertangi farovon hayot uchun asos bo'ladi desak hech mubolig'a bo'lmaydi.

Agar ota-ona o'z farzandiga, uning tarbiyasiga e'tibor bermasa bu kelajakda muammolarni yuzaga chiqarishi mumkin. O'sha vaqtda esa muammolarni hal qilishga kech bo'lishi mumkin. Zero, bizni chaqqan ilonning ortidan chopsak, ilon zahrining butun tanamizga yoyilishiga sababchi bo'lamiz. Bu holatning oldini olish uchun ilonning ortdidan yugirish emas, uning oldini olish kerak. Shunday ekan bolaga yoshligidan befarq bo'lmay, uning tarbiyasiga, ilm olishiga e'tibor berishi kerak.

Har bir ota-ona tarbiya berar ekan, eng avvalo, salomlashishni, kattalarni hurmat qilishni o'rgatishi kerak. Chunki bejizga dono xalqimiz: "Gapning boshi - kalom, odob boshi - salom." -deb bejiz aytmagan.

Ota-bobolarimiz azaldan yosh avlodni chiroyli xulqli, odobli, ilmli, qobil farzand bo'lib ulg'ayishiga katta ahamiyat berishgan. Agar bola noqobil bo'lib ulg'aysa, undan faqat ota-onagina emas, balki el - yurt, jamiyat, davlat ham aziyat chekadi. Shuning uchun ham oilaviy tarbiya muhim siyosiy ahamiyatga ega. Murg'ak tasavvurli bola ilk tarbiyani oilada oladi. "Tarbiyani tug'ilgan kundan boshlamak, vujudimizni quvatlantirmak, zehnimizni ravshanlashtirmak lozim" [3].

Bolani tarbiyalash haqida xalqimiz orasida ko'plab afsonalar, rivoyatlar, maqollar, ertaklar yurishi ham bejiz emas. Donishmandlar bolani ona qornidan boshlab tarbiya qilish kerak deyishadi. Qachonki, bola tarbiyali bo'lsa u mukammal ilm sohibi, komil inson bo'la oladi. TADQIQOT NATIJASI

Shak-shubhasiz, ota-ona, oila, mahalla, maktablar bolalar tarbiyasida muhim ahamiyat kasb etadi. Hozirgi kunda bolani chiroyli odob-axloqli, ilmli, tarbiyali qilib voyaga yetkazish davlat miqyosidagi dolzarb masala hisoblanadi. "Bir bolaning tarbiyasiga yetti mahalla ota-ona" - deganlari ham bejiz emas [4].

Bolani tarbiyalashda agar maktab yoshida bo'lsa ota-ona va maktab hatto mahalla ham doimo yaxshi yo'lga qo'yilar ekan, o'sha oila, o'sha mahalla gullab-yashnaydi. Ammo hozirgi kunda bolalarning tarbiyasiga e'tibor bermayotgan kishilar ham ko'p uchraydi.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev o'z nutqlarida bolalar tarbiyasida mahallaning o'rni kamayib borayotganligi, ma'naviyatimiz uchun eng katta xavf - aksariyat odamlarimizdagi loqaydlik va beparvolik kuchayib borayotganligini qayd etdilar" [5]. Haqiqatdan ham, kundan kunga bunday insonlar soni ortib bormoqda. Yana shuni alohida ta'kidlash kerakki, hozirgi yoshlar ham kattalar tanbeh berganda "sizga nima?", "bu mening ishim, ishimga aralashmang", "kimsiz o'zi menga aql menga aql o'rgatadigan?" zaylidagi gaplarni aytishyapti. Bu ham tarbiyasizlikning bir namunasidir. Aynan shu inson oilada noto'g'ri tarbiya topgan yoki tarbiyasining qaysidir joyida xatolik ketgan.

Hayotning asl mazmun-mohiyatini anglab yetishga o'z umri va salohiyatini bag'ishlagan allomalarimizning asarlarida sog'lom avlod tarbiyasi bilan bog'liq masalalarga alohida o'rin berilgan.

MUHOKAMA

Sharq mutafakkirlari, pedagog olimlar barkamol insonni yetishtirish uchun tarbiya naqadar zarurligi haqida so'z yuritganlar. Jumladan, Imom Buxoriyning "al-Adab al-mufrad hadislar to'plami, Yusuf Xos Hojibning "Qutadg'u blig", Kaykovusning "Qobusnoma", Husan Koshifiyning "Ahloqi Muhsiniy", Jaloliddin Doniyning "Ahloqi Doniy", Abu Lays Samarqandiyning "Bo'stonul-orifin" asarida tarbiya va tarbiyalanishning ma'nosi, "Tanbehul g'ofiliyn" asarida farzandlarga yuksak insoniy fazilatlarni kamol toptirish va yana ko'plab mutafakkirlarimiz o'z asarlarida shunga o'xshash fikrlarni ilgari surgan. Bola birinchi tarbiyani oilasidan oladi. Shuning uchun bolaning ta'lim-tarbiya olishiga oilaning o'rni kattadir. Bolani tarbiyalashda yo'l qo'yiladigan xatoliklar haqida ko'rib chiqaylik:

1. Bolani doimiy ravishda tanqid qilish uni o'ziga bo'lgan ishonchini yo'qolishiga, mustaqil fikrlay olmasligiga olib keladi. Mustaqil fikriga ega bo'lmagan inson hayotda o'z o'rniga ham ega bo'lmaydi.

2. Ko'pchilik insonlar ular bilan suhbatlashadigan insonni emas, uni tinglaydigan insonni qidirishadi. Bola ham o'zini tinglaydigan insonni qidiradi. Agar bolani uyda fikri umuman tinglanmasa, qo'llab-quvvatlanmasa undagi ishtiyoq so'nadi, odamlarning orasida erkin bo'lolmaydi, o'z fikrini aniq, ravon bayon etolmaydi.

3. Bolani hamma aytganini qilaverish ham uning erkatoy, tantiq qisqa qilib aytganda tarbiyasining buzilishiga olib keladi.

4. "Qush uyasida ko'rganini qiladi." Shunday ekan bolaga to'g'ri tarbiya berishni istagan inson, avvalo, o'zini tarbiya qilishi, o'zi bolaga o'rnak bo'lmog'i kerak. Abu Ali Ibn Sino ham: "Kimga qanday pand nasihat qilsang, unga avvalo o'zing amal qil." - deb to'xtalib o'tgan. Bolaga nimadirni o'rgatmoqchi bo'lsangiz faqat gapda emas, harakatlar bilan ham buni ifoda eting. Har bir qilgan ishingiz bolaga o'rnak bo'lmog'i kerak.

5. Keragidan ortiq e'tibor ham bolani tarbiyasiga yomon ta'sir qiladi. Bolaga o'zi qila oladigan ishlarini qilishga imkoniyat yaratib berish kerak. Agar u qila oladigan har bir ishni qilib bersa bola ota-onaning ko'magiga o'rganib qoladi. Bu kelajakda ham ota-ona ko'magisiz hech bir ish qila olmaydigan inson bo'lishiga olib keladi.

6. "Urib jazolashdan tiyilish kerak. Bu bolani kelajakka yana xato qilmaslikka o'rgatmaydi" [6].

7. Bolani juda erkin qo'yib qo'yish, uning taltayishiga olib keladi.

8. Bolaga o'ta muloyimlik qilish ham uning tarbiyasiga salbiy ta'sir ko'rsatadi.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

Biz hozir bola tarbiyasidagi xatoliklardan ba'zilarini ko'rib chikdik. Ming afsuski, bolani tarbiyalashda mana shunday xatoliklar ko'plab uchrab turadi. Bu bolani noqobil bo'lib tarbiyalanishiga olib keldi.

Bolaning tarbiyasi bilim olishiga ham katta ta'sir qiladi. Ota-ona o'z bolasini ilmli, komil inson bo'lishini istasa bolasiga to'g'ri tarbiya beradi, o'qishidan xabardor bo'lib turadi, o'qituvchi bilan doim aloqada bo'ladi. Shundagina farzandidan yaxshi natija kutshi mumkin. O'z farzandini kamolotini ko'rishni istagan ota-ona hamma mas'uliyatni o'qituvchiga yuklamaydi, balki o'qituvchi bilan doimo birga faoliyat olib boradi. Ota-ona farzandiga ustozni hurmat qilishni, ustoz ikkinchi ona ekanini, maktab ikkinchi uy ekanini uqtirishi kerak. Shundagina bola ustozini hurmat qiladi, uning barcha o'rgatgan narsalarini xotirasida muhrlaydi. Bu esa shu o'rgangan narsalarini keyinchalik hayotida qo'lay olishiga yordam beradi.

"O'qituvchilar yomg'ir tomchisi bilan taqqoslanadi. Yomg'ir har bir donning hayotiyligini uyg'otar ekan, o'qituvchining asosiy maqsadi har bir o'quvchining ijodiy imkoniyatlarini ochib berishdir" [7]. Tomchi suvlar orqali suvga tashna yerga tushadi va u yerdan navqiron, yosh nihollar unib chiqadi. Ya'ni ilmga tashna o'quvchilarni kelajagi bor inson sifatida shakllantiradi. O'qituvchi bolalarga ta'lim-tarbiya bilan birga hayotda yashashni o'rgatadi. Hayotning oq-u qorasini ustoz tanitadi desak ham mubolag'a bo'lmaydi.

Maktabga birinchi kelgan bolani sayqallanmagan tosh desak, o'qituvchini esa sangtarosh deymiz. O'qituvchi ya'ni sangtarosh sayqallanmagan toshdan go'zal bir ko'hinur yaratadi. Bu jarayon oson bo'lmaydi, albatta. Bunda ota-ona ham o'qituvchi bilan hamkorlikda ishlashi kerak. Ikkala tomon ham bunga ancha mehnat sarflaydi. Shuncha mehnatning natijasi, albatta go'zal bo'ladi. Faqatgina o'qituvchi harakat qilib, ota-ona yoki o'quvchi harakat qilmasa, bunda ham natija bo'lmaydi. Ota-onalarning o'qituvchilar bilan uchrashib turishi kerak. Chunki ular o'z farzandlari to'g'risida ko'proq narsalarni bilib oladilar. Shuning uchun bola tarbiyasining tub mohiyatini tushungan va bolasining tarbiyasiga befarq bo'lmagan har bir ota-ona oila bilan maktab o'rtasidagi hamkorlikni mustahkamlashga intiladi.

"Bola maktabni tamomlagunga qadar ota-ona maktab bilan yaqin aloqa o'rnatishi, farzandining darslarini o'zlashtirishi, xulq-atvoridan xabardor bo'lib turishi, tarbiya masalalarida o'qituvchi bilan maslahatlashib turishi, bolaning darsdan so'ng nima bilan mashg'ulligi haqida o'qituvchini xabardor qilib turishi kerak" [8].

Shuning uchun hamma birdek harakat qilish kerak. "Ilm ko'p yog'gan yomg'irga o'xshaydi" [9]. Ana shu yomg'ir orqali o'qituvchi o'quvchilarni sug'oradi. Bu yomg'ir suvlaridan qonib-qonib ichish o'quvchining o'ziga bog'liq, ya'na ota-onasiga ham. Ota-ona bu suvlardan ichishi uchun farzandiga yordam bermog'i kerak.

Shunday ekan bolani komil inson bo'lishi uchun o'qituvchi, ota-ona va bolaning o'zi ham harakat qilmog'i kerak. Hamkorlikda ish qilinsa, bolani kamolotga yetkazish yo'lida o'sish bo'ladi. Shu sababli bolasini kamolotini istagan ota-ona ustoz bilan hamkorlikda ish olib boradi va bolasini o'qishini nazorat qiladi. Uning tarbiyasiga, ilm olishiga e'tibor beradi.

XULOSA

Xullas, bolaning kamol topishi uchun o'qituvchi ham, ota-ona ham xatto o'sha bolaning o'zi ham harakat qilishi kerak ekan. Shundagina o'sish bo'ladi, natija bo'ladi. Bolani tarbiyalashda ota-onaning o'rni beqiyosdir. Ota-ona o'z farzandini kamoli uchun uning tarbiyasiga, ilm olishiga e'tiborli bo'lishi kerak. Jamiyat taraqqiy etmog'i uchun tarbiya samarali bo'lishi kerak. Samarali tarbiya uchun ota-ona ilmli tarbiyali bo'lishi kerak. Farzandlarimiz ilmli

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

va tarbiyali bo'lishi uchun o'zimizni ma'naviy rivojlantirishimiz va atrofdagi bolalar tarbiyasiga ham befarq bo'lmaslik zarur.

REFERENCES

1. "Al-jome' as-sahih" asari. Ilm o'rganmoq va ilm o'rgatmoqning fazilati to'g'risidagi hadis.

2. Karamatova D.S. Sinfdan tashqari mashg'ulotlar orqali o'quvchilarni ijodiy faoliyatga yo'naltirish metodlari // Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS) ISSN: 2181-2484, Volume 1. ISSUE 2 2021. 4-9 b.

3. Karamatova D.S., Safarbayeva R.N., Murodova M.M. Bo'lajak pedagoglarning integrativ yondashuv asosida ekologik madaniyatini shakllantirish // "Образование и наука в XXI веке" Международный научно-образовательный электронный журнал. Выпуск № 25 (том 3), март, 2022. - В.950-955.

4. Karamatova D.S., Tolliyeva G.R., Qilichova M.J. O'quvchilarda ekologik ong va ekologik madaniyatni rivojlantirish dolzarb pedagogik muammo sifatida// "Образование и наука в XXI веке" Международный научно-образовательный электронный журнал. Выпуск № 25 (том 3), март, 2022. - В.956-962.

5. Karamatova D.S. Kichik maktab yoshidagi bolalarda tabiatga,jamiyatga va o'z-o'ziga nisbatan munosabatlarni tizimli rivojlantirish / International Scientific and Practical conference "Topical Issues of Science" Xalqaro konferensiyasi. - USA: NEW York university.

6. Karamatova D.S. Kichik maktab yoshidagi bolalarda tabiatga, jamiyatga va o'z-o'ziga nisbatan mas'uliyatli munosabatlarini tizimli rivojlantirish // "Образование и наука в XXI веке" Международный научно-образовательный электронный журнал. Выпуск № 25 (том 3), март, 2022.

7. Maktab oiladan boshlanadi. - Т.: Yangi asr avlodi. 2013.

8. Salaeva M.S. O'tmish mutafakkirlarimiz ota-ona va farzandlar munosabatlari xususida // Mahrifat yog'dusi. № 3. 2000.-B. 76-80.

9. Salaeva M.S. O'zbek oilalarida bolalarning o'z oilasidagi hayotga munosabatlarining etno-psixologik xususiyatlari. /«O'zbek oilasining iqtisodiy va ijtimoiy psixologik muammolari» Respublika ilmiy-amaliy anjumani mahruzalari to'plami. -TDIU. 24-25 may 2000 yil. -B. 81-82.

10. Salaeva M.S. Bola mahnaviyatini shakllantirishda o'zaro munosabatlarning tahsiri / «Kadrlar tayyorlash milliy dasturini amalga oshirish sharoitida yosh avlodni mahnaviy tarbiyalash shakl va usullari» Respublika ilmiy-amaliy konferentsiyasi materiallari. -T.: O'zPFITI. 2001. -B. 277-280.

11. Salaeva M.S. O'zbek oilalarida bolalarning o'z oilasidagi hayotga munosabatlarining etno-psixologik xususiyatlari Pedagogik tahlim. № 6. 2001. TDPU. -B. 27-28.

12. Salaeva M.S. Bola shaxsida kasb-kor moyilliklarining shakllanishida oilaning tahsiri / O'zbekiston Respublikasida «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»ni hayotga joriy qilishning II bosqichida pedagogika fa-nining vazifalari». Respublika ilmiy konferentsiyasi materiallari. -T.: O'zPFITI. 2002. -B. 70-73.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

13. Salaeva M.S. O'quvchilaming oiladagi o'zaro munosabatlari va dars // Xalq tahlimi. №1. 2002. -B. 49-52.

14. Salaeva M.S. Kichik maktab o'quvchilarining oila ahzolariga bo'lgan munosa-batlari xususiyatlari /O'qitishning pedagogik-psixologik muammolari». Respublika ilmiy-amaliy konferentsiyasi materiallari. BuxDU. 2002. -B. 86-87.

15. Salaeva M.S. Oiladagi kichkintoylar // Boshlang'ich tahlim. № 4. Iyulg'-avgust, 2002 yil. -B. 18-19.

16. Salaeva M.S., Djumabaeva M.B. Pedagogning kichik maktab yoshidagi bolalarni ijtimoiy mobilligini oshirishga tahsiri // IJTIMOIY FANLARDA INNOVASIYA ONLAYN ILMIY JURNALI, ISSN - 2181-2608. With Im'act Factor: 8.2 SJIF: 5.426 - B. 59-62. Retrieved from htt'://www.sciencebox.uz/index.'h7jis/article/view/1552

17. Salaeva M.S., Beknazarova X.X. Boshlang'ich tahlim o'quvchilarini ijtimoiy mobilligini rivojlantirish // EURASIAN JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES, 'HILOSO'HY AND CULTURE Innovative Academy Research Su''ort Center UIF = 8.2 | SJIF = 6.051 www.in-academy.uz Volume 2 Issue 4, A'ril 2022. ISSN 2181-2888. 'ages 136-139. htt's://doi.org/10.5281/zenodo.6511330

18. Salaeva M.S., Luxmanovna N.M. Kichik maktab yoshdagi o'quvchilarni ijtimoiy faolligini rivojlantirish // SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 3 I ISSUE 3 I March, 2022. ISSN: 2181-1601. Uzbekistan www.scientificprogress.uz Pages 380-383. http://www.scientificprogress.uz/storage/app/media/3-3.%20064.%20380-383.pdf

19. Salaeva M.S., Shoyunusova F.S. Bola shaxsini shakllantirishda ota-onalarning o'rni // Международный научно-образовательный электронный журнал «ОБРАЗОВАНИЕ И НАУКА В XXI ВЕКЕ». ISSN: 2658-7998. Электронный журнал. Выпуск №22 (том 5) (январь, 2022). - C.1099-1103. https://www.mpcareer.ru/_files/ugd/a62191_0b77bb588ae44c41874c43e8211ea9a8.pdf

20. Salaeva M.S., Urazova K.V. Boshlang'ich ta'limda o'quv faoliyatning kichik maktab yoshidagi o'quvchilar psixik rivojlanishiga ta'siri / «Бшм беру кызметг инновациялы; эдютер, к¥ралдар жэне тэсшдер» такырыбындагы халыкаралы; форум материалдары - Шымкент: «Кызмет» баспаханасы, 2022. - B.432-441. ISBN 978-601-06-8694-6

21. Салаева М.С., Маткаримова А.Р. Особенности взаимоотношений между братьями и сёстрами в семье / «Заманагей тэлим х,эм тэрбия технологиялары: тэжирийбелер, машкалалар х,эм перспективалар» атамасында Республикалы; илмий-эмелий конференция материаллары топламы. Некис. 2022 ж. - Б.228-231.

22. Салаева М.С., Павлова М.В.Арт-терапия как средство гармонизации и развития психики младших школьников/ «Заманагей тэлим х,эм тэрбия технологиялары: тэжирийбелер, машкалалар х,эм перспективалар» атамасында Республикалы; илмий-эмелий конференция материаллары топламы. Некис. 2022 ж. - Б.412-415.

23. Салаева М.С., Мамадалиева У.С.Развитие когнитивной мобильности учащихся в начальном образовании / "Xorijiy tillarni o'qitishda yangicha yondashuvlar" mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy onlayn anjumani. Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti - T.: "Firdavs-Shoh" nashriyoti, 2022 - B. 276-281.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.