Научная статья на тему 'ONALAR TA’LIMI ORQALI BOLALARNI RUS TILIGA O’RGATISH'

ONALAR TA’LIMI ORQALI BOLALARNI RUS TILIGA O’RGATISH Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
353
20
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
erta ta’lim / miya fiziologiyasi / rus tili / aqliy rivojlanish / bola tarbiyasi / multfilm / erta rivojlanish / “Onalar maktabi” / o’qitish uslubi / loyiha. / early education / brain physiology / Russian language / mental development / child upbringing / cartoon / early development / "School for Moms" / teaching methodology / project.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — O'.Ashirova, M.Mannobova

Bola tug’ilganidan boshlab uning jismoniy rivojlanishi bilan bir qatorda aqlini ham rivojlantirib borishimiz kerak. Bu maqolada bolalarni erta yoshdan boshlab chet tillariga, hususan, rus tiliga o’rgatish usullari hamda bu ta’limni beradigan onalar haqida so’z boradi. Otaonalarga bu borada tavsiyalar berilgan. Til o’rgatishda onaning ro’li, oila a’zolarining o’rni ahamiyatli ekanligi ta’kidlangan. Maqolada yana onalar uchun mo’ljallangan “Onalar maktabi” loyihasi haqida ham ma’lumot berilgan. Bu loyiha orqali onalar uch yoshgacha bo’lgan bolasini ta’lim va tarbiyasida nimalarga e’tibor berishi kerakligi haqidagi bilimlarga ega bo’lishadi. Uch yoshgacha bolalar ta’limtarbiyasini biz “Erta ta’lim” deb atasak bo’ladi. Go’dakligidan bolada erta ta’limni qo’llasak, biz orzu qilgan natijaga erishishimiz mumkin.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

TEACHING CHILDREN RUSSIAN LANGUAGE THROUGH THE EDUCATION OF MOTHERS

From the moment a child is born, we must develop his mind as well as his physical development. This article talks about the methods of teaching children from an early age foreign languages, especially Russian, and about the mothers who provide this training. Recommendations are given to parents in this regard. The importance of the role of mother and family members in language learning is emphasized. The article also provides information about the "School of Moms" project for mothers. Through this project, mothers will receive knowledge about what to pay attention to in the education and upbringing of their children under the age of three. The upbringing of children up to the age of three can be called "early education". If you apply early education to a child from infancy, you can achieve the desired result.

Текст научной работы на тему «ONALAR TA’LIMI ORQALI BOLALARNI RUS TILIGA O’RGATISH»

UIF-2022: 8.2 SCIENCE AND INNOVATION 2022

ISSN: 2181-3337 INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL №4

ONALAR TA'LIMI ORQALI BOLALARNI RUS TILIGA O'RGATISH Ashirova O'g'iloy Abduvali qizi

Guliston davlat universiteti 2- bosqich magistranti Mannobova Mukarramxon Murodali qizi

Guliston davlat universiteti 2- bosqich magistranti https://doi.org/10.5281/zenodo.6881601

Annotatsiya. Bola tug'ilganidan boshlab uning jismoniy rivojlanishi bilan bir qatorda aqlini ham rivojlantirib borishimiz kerak. Bu maqolada bolalarni erta yoshdan boshlab chet tillariga, hususan, rus tiliga o'rgatish usullari hamda bu ta'limni beradigan onalar haqida so'z boradi. Ota- onalarga bu borada tavsiyalar berilgan. Til o'rgatishda onaning ro'li, oila a'zolarining o'rni ahamiyatli ekanligi ta'kidlangan. Maqoladayana onalar uchun mo'ljallangan "Onalar maktabi" loyihasi haqida ham ma'lumot berilgan. Bu loyiha orqali onalar uch yoshgacha bo'lgan bolasini ta'lim va tarbiyasida nimalarga e 'tibor berishi kerakligi haqidagi bilimlarga ega bo'lishadi. Uch yoshgacha bolalar ta'lim- tarbiyasini biz "Erta ta'lim" deb atasak bo'ladi. Go'dakligidan bolada erta ta'limni qo'llasak, biz orzu qilgan natijaga erishishimiz mumkin.

Kalit so'zlar: erta ta'lim, miya fiziologiyasi, rus tili, aqliy rivojlanish, bola tarbiyasi, multfilm, erta rivojlanish, "Onalar maktabi", o'qitish uslubi, loyiha.

ОБУЧЕНИЕ ДЕТЕЙ РУССКОМУ ЯЗЫКУ ЧЕРЕЗ ОБРАЗОВАНИЕ МАТЕРЕЙ

Аннотация. С момента рождения ребенка мы должны развивать его ум, а также его физическое развитие. В данной статье рассказывается о методах обучения детей с раннего возраста иностранным языкам, особенно русскому, и о матерях, которые обеспечивают это обучение. Даны рекомендации родителям по этому поводу. Подчеркнута важность роли матери и членов семьи в обучении языку. В статье также представлена информация о проекте «Школа мам» для матерей. Благодаря этому проекту матери получат знания о том, на что следует обращать внимание в обучении и воспитании своих детей в возрасте до трех лет. Воспитание детей до трех лет можно назвать «ранним образованием». Если применять раннее воспитание к ребенку с младенчества, можно добиться желаемого результата.

Ключевые слова: раннее обучение, физиология мозга, русский язык, умственное развитие, воспитание ребенка, мультфильм, раннее развитие, «Школа мам», методика обучения, проект.

TEACHING CHILDREN RUSSIAN LANGUAGE THROUGH THE EDUCATION OF

MOTHERS

Abstract. From the moment a child is born, we must develop his mind as well as his physical development. This article talks about the methods of teaching children from an early age foreign languages, especially Russian, and about the mothers who provide this training. Recommendations are given to parents in this regard. The importance of the role of mother and family members in language learning is emphasized. The article also provides information about the "School of Moms" project for mothers. Through this project, mothers will receive knowledge about what to pay attention to in the education and upbringing of their children under the age of three. The upbringing of children up to the age of three can be called "early education". If you apply early education to a child from infancy, you can achieve the desired result.

UIF-2022: 8.2 SCIENCE AND INNOVATION 2022

ISSN: 2181-3337 INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL №4

Keywords: early education, brain physiology, Russian language, mental development, child upbringing, cartoon, early development, "School for Moms", teaching methodology, project.

KIRISH

Mamlakatimiz mustaqillikka erishgandan so'ng xorijiy tillarni jadal o'rgatish ijtimoiy ehtiyojga aylandi va davlat siyosati darajasiga ko'tarildi. Tarixiy, ijtimoiy taraqqiyot tajribasi shu narsani isbotlaydiki, jamiyatda ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy qurilma o'zgarganda, bu o'zgarishlar, eng avvalo, ta'lim-tarbiya tizimini isloh qilishni, uning mohiyati va mazmunini o'zgartirishni talab qiladi. Dunyo globallashuv jarayoni insonlardan o'z ona tilidan tashqari yana bir necha xorijiy tillarni o'rganishni taqozo qilmoqda. Hozirgi tadqiqotlar ushbu jarayonni erta yoshda boshlash samariliroq bo'lishini ko'rsatadi.

TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI

Erta ta'lim berish degani chaqaloqlarni raqamlar va har xil ma'lumotlar bilan majburan aqliy rivojlantirishga erishish degani emas, albatta. Asosiysi, hamma tajriba va ta'lim usullarini "o'z vaqtida" qo'llay olishdadir. Erta ta'limni bolani doimo yonida bo'ladigan onadan boshqa hech kim uddalay olmaydi, aynan ona bola tarbiyasidagi "kerakli vaqt"ni aniq his qiladi.

Ona uchun eng muhim vazifa bolani jismonan hamda aqlan to'g'ri rivojlantirishdir. Ona nafaqat tarbiyachi balki, shifokor, dizayner, diyetolog, ma'naviy murabbiy, pedagog, psixolog bilimlariga ham ega bo'lsa farzandi kelajagi uchun foydali bo'ladi. Bola tarbiyasi ota- onalar tarbiyasidan boshlanadi. Bola tarbiyasini, ayniqsa, u kichikligida boshqa shaxsga topshirish kerak emas. Faqat ota- ona, ayniqsa, ona bu vazifani muvaffaqiyatli bajara oladi. Buning uchun ular doim ilm olishlari va fikr qilishlari kerak. Ona ilm olish asosida bolaning ta'lim- tarbiyasi uchun rivojlangan davlatlar tajribasini, buyuk allomalarimizning ta'lim- tarbiya to'grisidagi fikrlarini,

Hozirgi kunda ham erta ta'limga qarshi fikr bildiruvchilar bor, kichik bolalarga biror narsa o'rgatish befoyda degan fikrlar keng tarqalgan. Bola katta bo'lib, maktabdan o'zi uchun kerakli bilimlarni o'zlashtirib oladi deb hisoblovchi ota- onalar hali ham bor. Bunday ota- onalar farzandining ta'limiga deyarli e'tibor qaratishmaydi, u bilan shug'ullanishmaydi.

Biz salkam besh yildan beri maktabgacha ta'lim tizimi sohasi ichida yurgan kuzatuvchi talabamiz, mutaxassisligimizdan kelib chiqib, yosh bolalarni ta'lim va tarbiyasiga katta e'tibor qaratganmiz, ayniqsa, bolalarni aqliy rivojlantirishga, bolaligidan boshlab chet tillarini o'rgatishga, bu sohada chet el tajribasini ham o'rganmoqdamiz.

Masaru Ibukaning ta'kidlashicha: Nihoyat, bir tarafdan, miyaning fiziologik tadqiqoti, ikkinchi tomondan, bolalar psixologiyasini o'rganish natijalariga ko'ra shu narsa ma'lum bo'ldiki, bola aqliy qobiliyatining rivojlanish kaliti - bu uning birinchi uch yilda, ya'ni miya hujayralarining rivojlanish davrida olgan shaxsiy tajribasidir. Tug'ilgandan uch yoshgacha bo'lgan oraliqda insonning qobiliyati va fe'l- atvori deyarli shakllanib bo'ladi. Shuning uchun maktabga borganida qobiliyatli bola bilimni hech qanday qiyinchiliksiz, qobiliyati yetarlicha shakllantirilmagani esa doim uzoq vaqt sarflab, mashaqqat bilan o'zlashtirishiga to'g'ri kelishi adolatsizdek ko'rinsa- da, lekin bu hech qachon yo'qotib bo'lmaydigan holat sanaladi. Barchasi bola kelajagini hal qiluvchi hayotiy bosqich, ya'ni uch yoshgacha bo'lgan davrdagi go'dak miyasining rivojlanish darajasiga bog'liqdir. Shuning uchun ham tug'ilishdan uch yoshgacha

UIF-2022: 8.2 SCIENCE AND INNOVATION 2022

ISSN: 2181-3337 INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL №4

bo'lgan davr va shu yoshgacha berilgan ta'lim juda muhimdir. Ayni paytda, farzand tarbiyasini uning bolalar bog'chasiga chiqish davriga qadar qoldirish juda kechdir".

Ona o'z farzandiga ishonishi kerak. Agar bola uchun faqat ibtidoiy rasmli kitoblarni tanlasa, bola miyasining neyron tizimi shunday shakllanadiki, bu tizim ana shunday oddiy rasmlardan boshqa narsalarni qabul qila olmaydigan bo'ladi. Shu sababli u ulg'ayganida qiyinchiliklarga duch keladi.

Tushunadimi- yo'qmi - albatta harakat qilib ko'rish kerak. Kichik go'dakning miyasi qabul qilishi mumkin bo'lgan barcha narsani shimib oladi. Shunday yo'l bilan uning aqli rivojlanadi. Ko'plab olimlar bu fikrga qo'shiladilar.

Bola bir vaqtning o'zida so'zlarni eshitib, ularning yozilishini ko'rganda tovushlar yozma belgilar bilan to'ldiriladi, belgilar esa tovushlar bilan, shu zaylda ular bir- birini kuchaytiradi va esda yaxshiroq qoladi. Shunga qaramay, katta yoshdagilar endi gapirishni boshlagan go'dakka harf o'rgatish hali erta, bola uchun juda qiyin degan fikrni bildirishadi.

TADQIQOT NATIJALARI

Go'dak yangi so'zlarni o'rganganida unga imkon qadar so'zlar qanday yozilishini ko'rsatish kerak. U so'zlarni yozilishi bilan to'g'ri eslab qoladi va boshqa so'zlar bilan chalkashtirmaydi.

Uch yoshgacha bolaga bir vaqtning o'zida son jihatidan istalgancha chet tillarini o'rgatish mumkin, u barchasini o'zlashtiradi. Albatta, bunday fikrga ko'pchilik qo'shilmaydi. Lekin ota-onalar chet tillarini maktabda qanchalar mashaqqat bilan o'rganishganini eslaydilar. Ammo til o'rganishda qiynalganining sababi ular o'sha paytda ulg'ayib bo'lishganidir. Bu holatning yosh bolalarga umuman aloqasi yo'q. Tug'ilishidan keyinoq bir necha xorijiy tillar o'rgatilgan odamlar ko'p. Bunday insonlarni hayotimizda uchratganmiz, chet el tajribalarini ham o'qib, o'rganganmiz. Gavayida tilshunoslik bilan shug'ullanuvchi Sinika xonimning o'g'li Satosi tug'ilganidan boshlab ingliz, fin, yapon tillarini eshitib katta bo'lgan. U to'rt oyligida bu tillarnii farqlay olib, uchta tilni boshqa bolalar faqat bitta tilni o'rganganidan ko'ra tezroq o'zlashtirish olgan ekan.

Bolaga chet tillarini o'rgatish qanchalik erta boshlansa, shuncha yaxshi, lekin boshidan miya faqat bir tilga "moslashtirilsa", keyinchalik boshqasini o'rganish qiyin bo'ladi, zero, neyron aloqalar shakllanishi o'sha paytga kelib yakunlanadi. Demak, bola o'z ona tilida so'zlasha boshlagandan so'nggina xorijiy tilni o'rganishga kirishsa, bu kech hisoblandi. "Temirni qizig'ida bos, qotganida undan hech narsa chiqmaydi" deb, bejizga aytishmaydi.

Miyada ona tili ramzi shakllansa, boshqa ramzlarni qabul qilish qiyin kichadi. Go'daklikdan boshlab bolaga bir vaqtda bir necha tillarni o'rgatish mumkin, bu yoshda bolalar qiyinchiliksiz istalgan tilda o'z ona tilida so'zlashgandek gaplasha oladi. Bu davr o'tkazib yuborilsa, bolaga yoshlikda osonlik bilan o'rgatish mumkin bo'lgan narsa keyin ancha mushkul bo'ladi.

Buning isbotini Yaponiyalik Masao Nagata farzandlarida ko'rishimiz mumkin. Uning o'g'li ikki yarim yosh, qizi esa uch oylik edi. Bolalar yosh bo'lishiga qaramay ota ularga bor e'tiborini qaratib, ularning aqliy qobiliyatlarini namoyon qilishga kirishdi. Nagata farzandlariga ingliz, ispan, italyan, nemis, fransuz tillarida so'zlashuvni o'qitishni deyarli bir vaqtda boshlagan. U ko'pgina tillar bir paytda o'rgatilsa, o'qitish usulini umumlashtirish mumkin degan, hamda buni amaliyotda qo'llab ko'rgan. Ya'ni farzandlariga radioda fransuz tili darslari ingliz tilida tushuntirib borilgan. Ayni shu vaqtda farzandlari pianino chalishni o'rganish

UIF-2022: 8.2 SCIENCE AND INNOVATION 2022

ISSN: 2181-3337 INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL №4

jarayonida , ular o'rganayotgan notalar italyan tilida izohlangan, tajimasi esa ingliz, nemis va fransuz tillarida bo'lgan. Agar ular izohni tushunmasalar, chalishni ham o'rganolmas edilar. Shunday qilib ular bir necha tilni bir vaqtda o'zlashtirishgan.

O'rgatilayotgan tilga bolada qiziqish uyg'otish - bu eng yaxshi pedagogik usuldir. Ota-onalarning asosiy vazifasi bolaga o'rgatishni istagan tilga uni qiziqtirishdir. Masalan, bolaga tilni o'rgatishning o'rniga uni shu tildagi harflarga qiziqtirish mumkin. Unga yozishni o'rgatishdan oldin yozuv jarayoniga qiziqtiring. Bolaga harflarni o'rgatish jarayonida uni ko'p ko'zi tushadigan, oshxonadan yotoqxonagacha barcha xonalardagi jihozlarga rus tilidagi harflarni ilib yoki yopishtirib qo'yib, har safar bola harflar yoniga kelganda harflarni nomini aytib eslatib turishimiz kerak. Yoki harflar emas, rasmli tasvirlar ilishimiz mumkin, masalan, hayvonlar, texnika buyumlari, idish- tovoqlar kabi hamda bola qiziqib tasvir yoniga kelganda, rasmni ko'rsatib, uni ruscha nomini aytishimiz kerak. Bola katta bo'lib, gapirishni boshlaganda esa, unga rasmni ko'rsatib, nomini aytishni so'rash maqsadga muvofiqdir. Bu orqali bolani tilga qiziqishini kuzaytirib, uni rivojlantirishga sharoit yaratish mumkin.

Takrorlash bola miyasida shakllanadigan aloqalar uchun juda muhimdir. Yosh go'dakka boshqa tildagi musiqa asari bir necha marotaba takroran qo'yib berilsa, eslab qolishi mumkin. Bolaning ma'lumotni qabul qilish qobiliyati g'oyatda ulkandir. Ertak va qo'shiqlarni ko'p takrorlash orqali bola uni yod olib, biror- bir hikoya va qo'shiqni kuchliroq yoqtira boshlaydi. Qiziqish xohish- istaklarni uyg'otadi, keyin istakning o'zi insonni yuksaltiradi.

Bolaning miyasi o'z xotirasida yuzdan ikki yuzgacha kichik she'rlarni saqlashi mumkin. Biroq foydalanilmasa, xotira zanglaydi. Undan qanchalik ko'p foydalanilsa, shunchalik faol ishlaydi va rivojlanadi. Bola takrorlashdan zavq olishi davomida uning yodda saqlash qobiliyatini mashq qildirish lozim.

MUHOKAMA

Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqib shuni aytishimiz mumkin-ki, bolalarga chet tillarini o'rgatishda, aqliy rivojlantirishda erta ta'limning ahamiyati yuqoridir. Biz farzandlarimizni kelajakda qiynalmay bilim egallashlari uchun bugun ularning ta'limiga e'tibor berib, "erta ta'lim"ni ular tug'ilgan kundan boshlab qo'llay boshlashimiz kerak. Buni esa bola tug'ilganidan uning yonida kecha-yu kunduz parvona bo'ladigan onasigina uddalay oladi.

Shu kabi bilimlarga asoslangan "Onalar maktabi" loyihasini ishlab chiqilib, amaliyotga tadbiq etilmoqda. Istardikki, barcha ota- onalar bu loyihada ishtirok etib, o'zlariga kerakli bilimlarni olsinlar va farzandlarini yetuk shaxs qilib tarbiyalashda foydalansinlar. Farzandi haqida u hali kichik va hech narsani tushunmaydi deb o'ylaydigan onalar "Onalar maktabi"ni muvaffaqiyatli tugatganlaridan so'ng, qanchalar xato o'ylaganliklarini tushunib yetishadi.

Bizda ko'pchilik onalar o'zining onalik bilimini oshirishga deyarli mablag' sarflashmaydi. Shuni inobatga olib, "Onalar maktabi" loyihasi bepul ijtimoiy loyiha qilib yaratilgan. Bu maktabda barcha onalar bepul o'qishlari mumkin. Bu loyihadan asosiy ko'zlangan maqsad yurtimiz kelajagi, uning ravnaqi uchun o'zining munosib hissasini qo'sholadigan teran fikrli, o'ziga ishongan, mustaqil, iste'dodli, yutuk farzandlarni kamolga yetkazish. Bu ishni amalga oshirishda ularning onalarini o'qitib, ulardagi kamchiliklarni aniqlab, bartaraf etamiz.

Yosh bola ko'p narsani sezgi a'zolari orqali kattalarga taqlid qilib o'rganadi. Yurishni, turli harakatlar qilishni ko'rib, kuzatib o'rgansa, gapirishni eshitib o'rganadi. Agar bola kar bo'lib tug'ilsa, uning nutqi ham rivojlanmaydi, sababi u so'zlarni eshita olmasa, ularni talaffuz ham qila olmaydi. Agar o'zbek chaqalog'ini ingliz oilasi katta qilsa, u inglizcha muloqot qilib,

UIF-2022: 8.2 SCIENCE AND INNOVATION 2022

ISSN: 2181-3337 INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL №4

o'zbekchada umuman gapira olmaydi. Yoki yapon chaqalog'ini o'zbek oilasi kata qilsa ham shunday holat bo'ladi. Ya'ni bola ilk tug'ilgan kunidan boshlab qaysi tildagi so'zlarni eshitib katta bo'lsa, shu tilda erkin gapiradi.

Bu borada Masaru Ibuka quyidagi fikrlarni bildirgan: "Agar bolaga qiyofalarni anglash qobiliyati eng yaxshi ishlaydigan davrda turli ma'lumotlar berilmasa, uning aqli rivojlanmaydi. Kattalar xorijiy tillarni o'rganishi juda qiyin, chunki ularda bu qobiliyat zaiflashadi, ular biror narsani xotirada saqlashi uchun avval tahlil qilishi va tushunishi zarur. Shu bois avval chet tilining grammatikasini o'rgansangiz, keyin unda so'zlashish qiyin bo'ladi.

Grammatikani 5-6 sinfdan o'rganish kerak, go'daklikda to'tidek oddiygina takrorlash lozim. Chunki qiyofalar yoshida bola rivojlanishi uchun eng keraklisi tashqi rag'batlarni doimiy takrorlashdan iborat.

Yosh go'daklar ta'limida tahlil va nazariyaga darhol o'tish, chuqur tushunishga harakat qilish kerak emas".

Multfilmlar. Bolalar chet tilini o'rganish mobaynida multfilmdagi gaplarni tushunmasa-da, multfilmdagi qahramonlarning harakatlari orqali ular ishlatayotgan so'zlarni tushunishga harakat qiladi. Bu esa bolalar uchun til o'rganishda qiziq va samarali yo'l hisoblanadi. Bolalar uchun rus tili qo'shiqlaridan tortib she'r va hikoyalar, videoroliklar orqali rus tilini samarali o'rgatish mukin. Faqat multfilm tanlayotganda bola ruhiyatiga, uning tarbiyasiga yomon ta'sir qilmaydiganini tanlash kerak. Misol uchun "Qizaloq va maymoq" multfilmini psixologlar bolaga ko'rsatishni tavsiya qilishmaydi.

"Rasmdagi so'zlar o'yini". Bu o'yin bolalarni xotirasini charxlashga va topqir bo'lishga undaydi. Kartalarda har xil predmetlar rasmlari bor, masalan: koptok, guldon, kitob, ruchka, qalam, stol, stul va shu kabi rasmlar bor. Tarbiyachi rasmli kartalardan birini ko'rsatadi (daftar) va so'raydi: Что это? (Bu nima?) O'quvchilar o'zlarida xuddi shunday rasmni topadilar va javob beradilar: Эта тетрадь (Bu daftar). XULOSA

Xulosa qilib aytadigan bo'lsak, bolaga go'dakligidan ko'proq narsani o'rgatishga harakat qilishimiz kerak. Shu o'rinda ota- onalarga bir necha tillarni o'rganishni maslahat berardik. Bu orqali yangi tug'ilgan chaqaloq bilan otasi bir tilda, onasi boshqa tilda, qolgan yaqinlari o'zga tillarda muloqot qilishni boshlasa, bola bir necha tilni bir vaqtda oson o'rganadi. Lekin bir odam bir necha tilda bir vaqtda bolaga gapirishini ma'qullamayman, sababi bunda bolada chalkashlik kelib chiqishi mumkin, ya'ni tillarni bir- biriga aralshtirib yuborishi mumkin. Qo'shimcha tillarni o'rgana olmagan ota- onalarga Masao Nagataning go'daklarning aqliy qobiliyatlarini namoyon qiluvchi o'qitish uslubini qo'llashni tavsiya qilamiz. Yana bir tavsiya turli tillardagi allalar va qo'shiqlar tinglash ham bolaga yoshligidan chet tillarini o'rganishga yordam berishi mumkin.

Bola miyasiga imkon qadar tezroq uning rivojlanishini rag'batlantiruvchi va qobiliyatini ochib beruvchi turli ma'lumotlar berilishi kerak. Ko'pchilik psixologlar va miya fiziologiyasi bo'yicha mutaxasisslarning fikriga ko'ra, go'daklikdan miyaga keluvchi foydali ma'lumotlar bolaning qobiliyatlarini ochadi va unda mustaqillikni rivojlantiradi.

Bola tug'ilishidan uch yoshgacha bo'lgan davr - hujayralararo aloqalar eng faol shakllanadigan davrdir. Biz shu vaqtda bolaga ma'lumotlarni ko'p berishdan cho'chimasligim kerak, sababi bola o'ziga keragicha ma'lumotlarni oladi va qolganini qabul qilmaydi. Istaymizmi- yo'qmi, go'dak har soniyada atrofdan juda ko'p ma'lumot oladi. Masalan, yoqilgan televizor qarshisida qoldirilgan bola, unda qanday ko'rsatuv yoki dastur bo'lmasin, bola

UIF-2022: 8.2 SCIENCE AND INNOVATION 2022

ISSN: 2181-3337 INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL №4

ajratmasdan barcha ma'lumotlarni miyasiga singdirib oladi. Shunday ekan biz ota- onalar farzandimizga yoshligidan foydali ma'lumotlarni berishga harakat qilishimiz, bolani o'rab turgan muhitdagi narsalarga e'tiborli bo'lishimiz kerak. Hozirgi ota- onalarni ko'p kuzatamiz, ko'pchilik onalar bolasi go'dakligidan telefon internetini yoqib, qo'liga berib, o'zi bo'lsa ishlari bilan band bo'ladi. Hatto bola nima ko'rayotganiga ham e'tibor berishmaydi. Bunday e'tiborsizlik oqibatida bola nafaqat multfilm balki yomon tasvirli videolar ham ko'rib qolishi mumkin. "Bolam jimgina multfilm ko'rib o'tiribdi", deb o'ylovchi ota- onalar ham xato qilishlari mumkin. Sababi hamma multfilmlar ham foydali hisoblanmaydi, ya'ni ular orasida bola psixologiyasiga uning tarbiyasiga yomon ta'sir qiluvchilari ham bor. Yosh bola taqlidchi bo'ladi, yosh bo'lishiga qaramay, multfilm qahramonlari qiliqlariga taqlid qilishni boshlaydi. Bola ikki yoshga qadar qanday tarbiya qilinishi uning kelajagini belgilab beradi. Shuning uchun bu davrda ona o'z farzandining tarbiyasiga, uning atrofidagi narsalarga jiddiy qarashi muhim hisoblanadi.

Zamonaviy pedagog, psixologlar bola ta'limi va tarbiyasiga ota- ona birdek mas'ulligini, ikkisining ham o'z o'rni hamda vazifalari borligini ta'kidlashmoqda. Bu haqida go'daklik davridagi bolalar rivojlanishi to'g'risidagi yangi nazariyani yaratib, dunyoga tanilgan yaponiyalik Masaru Ibuka ham quyidagi fikrlarni bildirgan: "Uch yoshgacha go'dak miyasida neyron aloqalar tez hosil bo'ladi. Shu davr mobaynida onalar farzandi bilan aloqasini hech kimga bermaslikka tayyor bo'lishlarini hohlardim. Otalar onalarga bolani tarbiyalashning bunday muhim vazifalarini bajarishda yordam berishlari, bor kuchi bilan onani ham ruhan, ham moddiy jihatdan qo'llab- quvvatlashlari zarur". Yosh onalarning ko'pchiligi farzandini uyda yaqinlari qaramog'ida yoki enaga qo'lida qoldirib o'zlari ishga chiqishga shoshilishadi, ammo bilishmaydiki, onaning o'rnini hech kim bosolmaydi. Besh yillik kuzatuv va hayotiy tajribalarimizdan kelib chiqqan holda uch yoshgacha uyda onasining doimiy nazoratida to'g'ri tarbiya va mehr- e'tibor ko'rgan bola tarbiyali, is'tedodli, serg'ayrat bo'lib ulg'ayishi ko'p bor kuzatilgan, ya'ni bolani o'z onasichalik hech kim tushuna olmaydi.

Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqib shuni aytishimiz mumkin-ki, chet tillarini o'rgatishda, xususan, rus tilini o'rgatishda onaning o'rni, ahamiyati yuqoridir. Biz farzandlarimizni kelajakda yetuk shaxs bo'lishlari uchun, "erta ta'lim"ni ular tug'ilgan kundan boshlab qo'llay boshlashimiz kerak. Shundagina yuqori natijalarga erishishimiz mumkin.

REFERENCES

1. Masaru Ibuka "Uchdan keyin kech" Toshkent. "Akademnashr"2021.

2. Masaru Ibuka "Uchgacha ayni vaqti" Toshkent. "Akademnashr"2021.

3. M.M.Mannobova. Bolalarni rus tiliga o'rgatishning zamonaviy usullari.INTERNATIONAL CONFERENCE ON LEARNING AND TEACHING 2022/8.

4. M.M.Mannobova. "Maktabgacha yoshdagi bolalarga rus tilini o'rgatishning dolzarbligi."Maktabgacha talim tizimida integratsiyaviy-innovatsion yondashuvlar" nomli ilmiy-amaliy konferensiya. 16 aprel 2022

5. O'.A. Ashirova. Bolalarni aqliy rivojlantirishda erta ta'limning ahamiyati. Journal of new century innovations. 2022.

6. O'.A. Ashirova, S.Mavlonova "Bolalarni aqliy faoliyatini yuksaltirish va ularning mustaqilligini rivojlantirishda erta ta'lim, mayda matorika hamda mental arifmetikaning o'rni". ОБРАЗОВАНИЕ И НАУКА В XXI ВЕКЕ. 2022.

UIF-2022: 8.2 SCIENCE AND INNOVATION 2022

ISSN: 2181-3337 INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL №4

7. O'.A. Ashirova. "Erta ta'limni to'g'ri qo'llash orqali bolalarni jamiyatga ijtimoiy moslashtirish". "INTERNATIONAL CONFERENCE ON LEARNING AND TEACHING"2022/6 nomli xalqaro konferensiya. 2022

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.