Научная статья на тему 'FARZAND TARBIYASIDA OTA-ONALIK MA’SULIYATI'

FARZAND TARBIYASIDA OTA-ONALIK MA’SULIYATI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
8333
399
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Oila / jamiyat / ota-ona / farzand / burch / tarbiya / xulq-atvor / ma’naviy yetuklik / sog’lom avlod / psixologiya. / Family / society / parent / child / duty / upbringing / behavior / spiritual maturity / healthy generation / psychology.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Berdiyeva, Dilso’Z Rahmatillo Qizi

Ushbu maqola farzand tarbiyasi va unda ota-onaning o’rni, ma’suliyati hamda vazifa va burchlari masalalariga bag’ishlanadi. Shuningdek ushbu maqolada farzand tarbiyasi bu shunchaki tajriba, oddiy ko‘rsatma va bilimlar jamlanmasi emas, balki o‘z ichiga diniy-axloqiy bilimlar, tibbiyot, etika, psixologiya, pedagogika kabi sohalariga oid bilimlarni ham qamrab oladigan murakkab jarayon ekanligi ta’kidlangan. Shu boisdan bu kichik tadqiqot tarbiyachilar, pedagoglar, psixologlar va ota-onalar uchun muhim ahamiyatga ega.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

PARENTAL RESPONSIBILITY IN CHILDHOOD

This article focuses on parenting and the role, responsibilities, and duties of parents. The article also emphasizes that child rearing is not just a set of experience, simple instructions and knowledge, but also a complex process that includes knowledge in areas such as religious and moral knowledge, medicine, ethics, psychology, pedagogy. This small study is therefore important for educators, educators, psychologists, and parents.

Текст научной работы на тему «FARZAND TARBIYASIDA OTA-ONALIK MA’SULIYATI»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

О

R

VOLUME 2 | ISSUE 4 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

FARZAND TARBIYASIDA OTA-ONALIK MA'SULIYATI Berdiyeva Dilso'z Rahmatillo qizi

Navoiy viloyati Xatirchi tumani 57-umumiy o'rta maktabi amaliyotchi psixologi

Ushbu maqola farzand tarbiyasi va unda ota-onaning o 'rni, ma 'suliyati hamda vazifa va burchlari masalalariga bag'ishlanadi. Shuningdek ushbu maqolada farzand tarbiyasi bu shunchaki tajriba, oddiy ko 'rsatma va bilimlar jamlanmasi emas, balki o'z ichiga diniy-axloqiy bilimlar, tibbiyot, etika, psixologiya, pedagogika kabi sohalariga oid bilimlarni ham qamrab oladigan murakkab jarayon ekanligi ta 'kidlangan. Shu boisdan bu kichik tadqiqot tarbiyachilar, pedagoglar, psixologlar va ota-onalar uchun muhim ahamiyatga ega.

Kalit so'zlar: Oila, jamiyat, ota-ona, farzand, burch, tarbiya, xulq-atvor, ma'naviy yetuklik, sog'lom avlod, psixologiya.

Berdiyeva Dilso'z Rahmatillo qizi

Practitioner psychologist of the 57th comprehensive school of Khatirchi district of

Navoi region

This article focuses on parenting and the role, responsibilities, and duties of parents. The article also emphasizes that child rearing is not just a set of experience, simple instructions and knowledge, but also a complex process that includes knowledge in areas such as religious and moral knowledge, medicine, ethics, psychology, pedagogy. This small study is therefore important for educators, educators, psychologists, and parents.

Keywords: Family, society, parent, child, duty, upbringing, behavior, spiritual maturity, healthy generation, psychology.

РОДИТЕЛЬСКАЯ ОТВЕТСТВЕННОСТЬ В ДЕТСТВЕ Бердиева Дилсуз Рахматилло кизи

Практический психолог 57-й общеобразовательной школы Хатырчинского

района Навоийской области

ANNOTATSIYA

PARENTAL RESPONSIBILITY IN CHILDHOOD

ABSTRACT

АННОТAЦИЯ

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

О

R

VOLUME 2 | ISSUE 4 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

Эта статья посвящена воспитанию детей, а также роли, ответственности и обязанностям родителей. В статье также подчеркивается, что воспитание ребенка - это не просто набор опыта, простых инструкций и знаний, но и сложный процесс, включающий знания в таких областях, как религиозно-нравственные знания, медицина, этика, психология, педагогика. Поэтому это небольшое исследование важно для педагогов, воспитателей, психологов и родителей.

Ключевые слова: Семья, общество, родитель, ребенок, долг, воспитание, поведение, духовная зрелость, здоровое поколение, психология.

Yangilanayotgan O'zbekiston sharoitida oila qadriyatlarining tiklanishi va qarindoshlik munosabatlari, har bir oilaning iqtisodiy, madaniy, kasb-kor jihatdan ravnaq topishini anglatadi. Oila va oila muammolari hamisha davlatning diqqat-e'tibori va himoyasida bo'lib kelmoqda. Jamiyat taraqqiyotini harakatga keltiruvchi hujjat bo'lgan Qomusimiz - Konstitutsiyamizda oila masalasiga ham alohida urg'u berilgan. Konstitutsiyamizda: "Oila jamiyatning asosiy bo'g'inidir hamda jamiyat va davlat muhofazasida bo'lish huquqiga ega", deb belgilab qo'yilgan.

Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev ta'kidlaganlaridek, "Avlodlar davomiyligini ta'minlaydigan ma'naviyat qo'rg'oni bu - oiladir». Bugungi kunda barchamizning nainki asosiy vazifamiz, balki insoniy burchimiz barkamol avlodni tarbiyalashdir. Shu bois ham mamlakatimizda barcha xayrli ishlar avvalo oilalarni mustahkamlash va yosh avlodning yorug' kelajagini ta'minlash maqsadida amalga oshirilmoqda. Zero, oila sog'lom ekan, jamiyat mustahkam, jamiyat mustahkam ekan, mamlakat barqarordir. Bolalar tarbiasiga nafaqat oila, ta'lim-tarbiya muassasalari balki mahalla ham ma'suldir. Chunki, farzand tarbiasi ko'p omillarga, avvalo, axloqiy-m'naviy muhitga ham bog'liq. Ta'lim-tarbiya muassasalari bilan oila hamkorligi bunda muhim ahamiyatga ega.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR

Tadqiqot jarayonida Kadrlar tayyorlash milliy dasturi, Ta'lim to'g'risida qonun, Sh.Mirziyoev asarlari, mavzuga doir adabiyotlar hamda internet manbalaridan foydalanildi. Maqolani yozish davomida nazariy-deduktiv xulosa chiqarish, analiz va sintez, mantiqiylik tamoyillari qo'llanildi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Kishining jamiyatda tutgan mavqeiga bog'liq bo'lmagan bir kasb borki, u onalik va otalik kasbidar. Ota-onalar o'z bolalarining tarbiyasi uchun jamiyat oldida javobgardirlar.

KIRISH

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 4 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

Oila mustahkamligi, ma'naviy va jismoniy barkamol farzand jamiyat mustahkamligi va ma'naviy yetuklikning garovidir.

Sohibqiron bobomiz Amir Temur ham o'g'il uylantirish, kelin tanlash, farzand tarbiyasini davlat siyosati darajasiga ko'targanligi ham bejiz emas. Davlatning qudrati sog'lom fikrli, bilimli, axloq -odobli, xalq , millat, Vatan taqdiri uchun jonini tikkan insonlar qo'lida. Bunday insonlar ilk bor oilada tarbiyalanadilar.

Bolalarning xulq atvoridagi xatolar ota-onalarning xatolaridir. Oila, oila a'zolarining, ayniqsa ota-onaning axloqiy-ma'naviy yetukligi va ma'rifiy qarashlari farzand tarbiyasi va kamolida eng zarur va muhim omillaridan biri hisoblanadi. Oila bolalarni kelajakdagi er-xotinlik, shuningdek oilaviy hayotiga tayyorlovchi maktabdir.

Har bir ota-ona farzand tarbiyasida o'zlarining burch va ma'suliyatlarini chuqur anglashlari lozim. Oilada ruhiy xotirjamlik, samimiy munosabat, ota-ona obro'sining yuqori bo'lishi, bolalarga talab qo'yishda oila kattalari o'rtasidagi birlikning saqlanishi, bola shaxsiyatini tarbiyalashga alohida e'tibor berish, bolani sevish va izzatini joyiga qo'yish, oilada qat'iy rejim va kun tartibini o'rnatish, bolaning yosh va shaxsiy xususiyatlarini hisobga olish, boladagi o'zgarishlarni kuzatib borish, undagi mustaqillikka intilish va tashabuskorlik sifatlarini qo'llab-quvvatlash ota-onalarning pedagogik bilimlarga ega ekanligini ko'rsatadi.

Oila tarbiyasi ijtimoiy tarbiya bilan uzviy aloqada bo'lsagina, kutilgan natijalarga erishish mumkin. Bu borada ota-onalarning oilada farzand tarbiyasi va ma'naviy -axloqiy, ruhiy hamda jismoniy kamoloti uchun zarur bo'lgan ijobiy ota-onalik ko'nikmalarini o'zlashtirib borilishi katta ahamiyatga ega. Har bir ota-ona o'z farzandini dunyodagi eng toleyi baland, ma'rifatli va saodatli bo'lishini istaydi hamda bunga erishish yo'lida harakat qiladi. Shunday ekan, biz maktabgacha ta'lim tizimi xodimlari, ota-onalar mahalla bilan hamkorlikda bolalar tarbiyasiga hech qachon befarq bo'lmaylik. Farzandlarimiz ta'lim-tarbiyasiga bo'lgan e'tiborni o'zligimiz va kelajakka bo'lgan e'tibor deb bilib, yosh avlodga g'amxo'rlik ko'rsatish, ularning sog'lom o'sishi, to'g'ri tarbiya hamda ta'lim olishini ta'minlash barchamizning burchimizdir.

Oila-jamiyatning tayanchi. Farzandlarimiz ongida elu yurtga, Vatanga muhabbat tuyg'ulari oilada, yashab turgan mahallada shakllanadi. Mamlakatning ertangi kuni, tinch va obod bo'lishi eng oldin mana shu kichik jamiyatda o'sib-unayotgan bolalarimizga bog'liq. Qaysi oilada, qaysi mahallada tarbiya yaxshi yo'lga qo'yilar ekan, o'sha oila, o'sha mahalla gullab-yashnaydi.

Farzand tarbiasini qachondan boshlamoq kerak, degan savol ko'pchilikni o'ylantiradi. Ko'pchilik olimlar unga turlicha javob berib kelganlar. Xususan, Ibn

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 4 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

Sino bola tarbiasi bilan uning tug'ilishidan avvalroq, ona qornidan boshlaboq shug'ullanish lozim, deb javob bergan. Oila, odob-axloq va ta'lim-tarbiaga e'tibor qon-qonimizga singib ketgan burchlarimizdandir. «Bir bolaga etti qo'shni ota-ona» degan ibratli maqol ham aynan xalqimizga xos. Mana shu maqolning o'zi ham farzand tarbiasi, oilaparvarlik biz uchun nechog'lik muhim ekanini bildiradi. Mahalla ahli, ayniqsa keksalar ko'chada nobop ish qilayotgan bola oldidan hech qachon beparvo o'tib ketmagan, shu zahotiyoq tanbeh berib to'g'ri yo'lga chaqirgan. Zero, har tomonlama chiroyli, odobli, go'zal xulqli bo'lish, nafsni poklashga buyuruvchi muqaddas dinimiz oilaga katta ahamiyat beradi.

Farzand tarbiyalayotgan ota-ona har bir harakati, yurish turishi, muomalasi, boshqalar bilan o'zaro munosabatida oliyjanob fazilatlarni namoyon eta bilishi kerak. Chunki bola tabiatan nihoyatda taqlidchan va kuzatuvchan bo'ladi. Shuning uchun uning atrofdagilari o'z odatlari bilan ba'zan o'zlari sezmagan holda ularga ta'sir qiladilar. Oiladagi qo'pol munosabatlar, ko'p yolg'on gapirish, yoqimsiz xatti-harakat bola tarbiasiga salbiy ta'sir qiladigan nosog'lom muhitni keltirib chiqaradi.

Farzand tarbisida ota-onaning muomalasi muhim o'rin tutadi. Bola ota-ona tomonidan qo'pol, dag'al so'zlar eshitib, kaltak yeb katta bo'lsa, bu uning tabiatiga salbiy ta'sir qiladi. Bu esa o'z navbatida oiladagi nosog'lom muhitda tarbiyalanayotgan boladan «ma'naviy kasal» insonlar shakllanadi. Ular esa jamiyat ma'naviyatiga ham salbiy ta'sir ko'rsatadi.

Albatta bola tarbiyasi o'ta murakkab va ma'suliyatlidir. Bu har bir ota-onadan o'z ustida muntazam ishlashni, bolalar tarbiyasiga oid barcha ma'lumotlardan baxobar bo'lib borishni talab etadi. Farzand tarbiyasi bu shunchaki tajriba, oddiy ko'rsatma va bilimlar jamlanmasi emas, balki o'z ichiga diniy-axloqiy bilimlar, tibbiyot, etika, psixologiya, pedagogika kabi sohalariga oid bilimlarni ham qamrab oladigan murakkab jarayondir.

Farzand tarbiya qilganda odatda o'g'il bolalar tarbiyasi bilan ko'proq ota, qiz bola tarbiyasi bilan esa ona shug'ullanadi. Albatta bunda farzandning saviyasini inobatga olish muhim. Bolani biror-bir yutuqqa erishishida, natijani ko'rishga shoshmaslik kerak. Masalan ikki yoshgacha faqat shirin so'z bilan, erkalash orqali tarbiya qilinadi. Besh yoshgacha bola atrofni o'rganadi, asosiy ma'lumotni shu yosh oralig'ida egallaydi. Bu davrda biz ko'proq amaliy jihatdan namuna bo'lishga urinishimiz, sog'lom oilaviy muhitni yaratishimiz zarur bo'ladi. Oilada otaning bolalariga loqayd bo'lishi oxiri xunuk oqibatlarga sabab bo'ladi. Loqaydlik yomon illat bo'lib, u bola tarbiyasining buzilishiga katta yo'l ochadi. Keyingi davr esa bir oz talabchanlik va intizomni talab etadi. Bu davr o'smirlik payti bo'lib, bola oq-qorani

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 4 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

ayni shu davrda ajratadi. Yaxshilikka mukofot, yomonlikka jazo muqarrarligini shu bosqichda o'rganadi. Bu davrda farzand to'g'ri yo'lga solinsa, tarbiyali do'stlarga hamroh qilinsa, uning odobli bo'lib, yaxshi inson bo'lishi uchun muhim qadam qo'yiladi. Odatda onalar o'z bolalarining xato va kamchiliklarini otasidan yashirishga harakat qiladilar. Aytsam urishadi, bolamga qattiq tegadi deb, yo'l qo'ygan xatolari, qo'l urgan yomon ishlarini otaga aytmaydilar. Oqibatda bola o'z vaqtida tanbeh olmaganidan keyin bora-bora kattaroq jinoyatlarni ham qo'rqmasdan qilaverishi mumkin.

Mehr-muhabbat berishda ham me'yorni saqlay bilish kerak. bolaning barcha aytganlarini qilish, barcha to'g'ri-noto'g'ri xatti-harakatlarini ma'qullash yoki xatto indamaslik farzandning umuman tarbiyasiz bo'lib o'sishiga olib keladi. Ortiqcha taltaytirib erkalash bolani har jihatdan sustlashtirib qo'yadi, mehr ko'rsatish esa uni yanada faol bo'lishga undaydi. Erka o'sgan bola faqatgina shaxsiy manfaatlarini ko'zlaydigan, ma'suliyatsiz bo'lib voyaga yetadi. Shuning uchun farzandning barkamol inson bo'lib yetishida onaning xizmati juda zarur va muhimdir. Bolalik chog'ida farzandning qalbi o'ta yumshoq va ta'sirga beriluvchan bo'ladi. Shu bois diniy ta'limotlarda bolalarni mehr bilan erkalash, farzandning bolalik davrini xursand o'tkazishga alohida e'tibor qaratiladi. Ayniqsa, qiz bolaning ko'ngli nozik bo'lishini hisobga olib, ularga alohida mehr ko'rsatishga chaqiriladi. Diniy ta'limotlarda ota-ona o'z farzandlariga ta'lim-tarbiya berishi ham dolzarb vazifalardan deb qaraladi. Bu haqda Muhammad (alayhissalom): "Farzandlaringizga ta 'lim bering, chunki ular sizniki bo'lmagan vaqt uchun tug'ilganlar", deb har bir ota-onani bolaning o'z zamonasi ilm-fani, ta'limiga befarq qaramaslikka chaqirganlar.

Tarbiyada eng muhim vosita bu mehr va shirinso'zlik bilan tarbiyalashdir. Bu ikki vosita bir bo'lib, bolani shakllantiradi. Shu jumladan, ta'limni ham g'azab va jazolash bilan amalga oshirmagan ma'qul. Zero, zo'rlab berilgan ta'lim bola xotirasidan tezda o'chib ketadi. Oqibatda uning shu sohaga nisbatan qiziqishi so'nishi mumkin. Bundan ko'rinadiki, ta'limning avvali ham yaxshi tarbiyadan boshlanadi.

Tarbiyadan tashqaridan bo'ladigan salbiy ta'sir bu, eng katta xatardir. Chunki farzandga oilada bu boradagi erkinlikka yo'l qo'yilmagach, u o'z qiziqish va rag'batlarini qondiradigan sabablarni tashqaridan izlay boshlaydi. Demak, ota-ona farzandining tashqi hayotiga ham katta e'tibor qaratishi talab etiladi. Ya'ni, ular farzandi maktabdan keyin qayerga borishi, nima bilan shug'ullanishini nazorat qilish lozim.

Farzandiga bilim olish uchun sharoit yaratish ham ota-onaning vazifasidir. Ota-ona farzandiga vaqtni unumli o'tkazishni o'rgatishida vosita sifatida foydalanishi

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 4 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

mumkin bo'lgan usullardan yana biri zamonaviy axborot texnologiyalaridan oqilona foydalanishdir. Ushbu zamonaviy kommunikatsiya vositalari muhim aloqa vositalari bo'lishi bilan birga ba'zi ma'naviyati to'liq shakllanmagan yoshlarga salbiy ta'sir ko'rsatmoqda. Ijtimoiy tarmoq ta'siriga tushib qolgan yoshlarga ota-onalar, o'quv muassasalari bilan birgalikda aloqa vositalarining asl mohiyatini tushuntirib berishlari lozim.

Ota-ona bolada estetik tarbiya, go'zal manzaralardan zavq olish hissini shakllantirish uchun uni o'zi bilan birga tabiatdagi manzarali joylarga, muzeylarga olib borishi va shu bilan birga uning qalbida go'zallik latofatini singdirishi juda muhim.

O'zbekiston Respublikasi Oila qonunchiligida voyaga yetmagan bolalarning bir qator shaxsiy nomulkiy huquqlari ko'rsatilgan, ya'ni har bir bola oilada yashash va tarbiyalanish, o'z ota-onasini bilish, ularning g'amho'rligidan foydalanish, ular bilan birga yashash huquqiga ega. Bola o'z ota-onasi tomonidan tarbiyalanishi, o'z man'faatlari ta'minlanishi, har taraflama kamol topishi insoniy qadr-qimmatlari hurmat qilinishi huquqiga ega. Shuningdek, ota-ona o'z bolalariga nisbatan teng huquq va majburiyatlarga egadirlar. Ota-onaning bola oldidagi teng huquqliklari unga g'amho'rlik qilish, ta'lim tarbiya berish, uni parvarish qilish va x.k. iboratdir. Bolaning oldida o'z huquqlarini bajarish ota-ona uchun faqat axloqiy qoida bo'lib qolmay, balki konstitutsiyaviy huquq va burchlaridan biridir.

XULOSA VA TAKLIFLAR

Insonlar farzandli bo'lishdek baxtga erishish bilan birga ota-onalik vazifasini va mas'uliyatini ham to'la anglab yetishlari lozim deb o'ylayman. Chunki jamiyatimizning baxtli kelajagi uchun barchamiz mas'ulmiz.

"Odobli bilimdon, aqlli, mehnatsevar, iymon -e'tiqodli farzand nafaqat ota-onaning, balki butun jamiyatning eng katta boyligidir".

Bolalar- oila va jamiyatning ko'zgusidir. Bolalarning yosh qalbiga hamma narsadan ko'ra o'rnak ko'rsatish kuchli ta'sir etadi, ota-onalarning ko'rsatadigan o'rnagi (ibrati) esa ularning qalbida boshqa hamma kishilarning o'rnagiga qaraganda chuqurroq va mustahkamrok iz qoldiradi.

Oilaviy tarbiya doimo mavjudligi, ko'rsatmaliligi va serjiloligi bilan ajralib turadi. Unda odobga doir tadbirlarni bolaga to'g'ri o'rgatish, maslahat berish, kattalar tajribasigina emas, balki oilaning yashash tarzi, muhiti, ota-onalarning kasb hunari, oila a'zolarining ma'naviy- ruhiy munosabatlari katta rol o'ynaydi.

Shunisi quvonarliki, hozirda oilalarda ota-onalarning farzand tarbiasiga bo'lgan e'tibori kundan-kunga kuchaymoqda. Bunga sabab muhtaram yurtboshimiz

Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 4

educational, natural and social sciences ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947

Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7

tomonidan xalq manfaatlari uchun barcha sohalarga bo'lgan e'tibor, olib borilayotgan islohotlar, yaratilayotgan shart-sharoitlar, berilayotgan imkoniyatlardir. Bunday imkoniyatlardan to'laqonli foydalanib kelayotgan ota-onalar farzandlari tarbiasiga o'ta ma'suliyat bilan qaramoqdalar. Chunki, farzand Olloh tomonidan ato etilgan ulug' ne'mat bo'lishi bilan birga, u ota-onaga topshirilgan ma'suliyat hamda omonatdir. Bolalar - kelajagimiz ekan, ularni ham jismonan, ham ruhan, ham ma'nan sog'lom bo'lib kamolga etkazish barchamizning asosiy vazifamiz bo'lib qolishi kerak.

Mustaqil yurtimiz ravnaqi uchun munosib farzandlarni tarbiyalab voyaga yetkazishdek mas'uliyatli va ulkan vazifani o'z oldiga maqsad etib qo'ygan hamda undan fahrlana oladigan insonlar chinakam fidoyi ota-onalardir. Farzandlarimiz bor ekan, ana shunday fidoyi ota-ona bo'lish har birimizning burchimizdir.

Ma'naviy immunitetli, o'zining fikrlarini ravon ayta oladigan, yuqori marralarga erishuvchan avlodni tarbiyalash uchun ota-ona, oila muhiti juda katta ahamiyat kasb etadi. Insonlarning qalbi va ongini egallash, ayniqsa, yoshlarning ma'naviy dunyosini zaharlashga qaratilgani turli xavf-xatarlar kuchayib borayotgani bugungi kunda o'zining kimligini, kimlarning vorislari ekanini teran anglab, ona yurtga muhabbat va sadoqat hissi bilan yashaydigan, imon-e'tiqodi mustahkam yosh avlodgina muqaddas zaminimizni yot va begona ta'sirlardan, balo-qazolardan saqlashga, Vatanimizni har tomonlama ravnaq toptirishga qodir bo'ladi. Farzanlarimizga shunday tarbiya berayliki, ular o'z ota-bobolariga, o'z tarixi, Vatani, ona tiliga, millati, diniga va an'nalariga sodiq bo'lib kamol topishsin.

REFERENCES

1. Ta'lim to'g'risida. O'zbekiston Respublikasining Qonuni. - T.: O'zbekiston, 2020.

2. Mirziyoev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan quramiz. - T.:O'zbekiston, 2017.

3. 2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishlari bo'yicha harakatlar strategiyasi// https://www.lex. Uz

4. 2022 — 2026-yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi// https://www.lex.Uz

5. G'oziev E.G. Umumiy psixologiya. Toshkent. 2002.1-2 kitob.

6. Дружинина В.. "Психология ". Учебник. "Питер", 2003.

7. Inson huquqlari bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Milliy markazi. "Bola huquqlari to'g'risidagi konvensiya va uning fakultativ protokollari". Toshkent-2009.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.